Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet54/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
349
sifatida ham maydonga chiqqan. Sh. aslida zamindor guruhlar o‘rtasidagi hokimiyat 
uchun kurash oqibatida vujudga kelgan bo‘lsa-da, bu ixtiloflar ko‘pincha diniy 
ta’limotdaga tafovut shaklida namoyon bo‘lgan. Sh. tarafdorlari (shialar) sunniylar kabi 
Qur’onni ilohiy deb e’tirof etadi, lekin ayrim o‘ta reaktsion ruhdagi oqimlari xalifalar 
davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi. Sh. ilohiyotchilari 
Qur’onning mazmunini majoziy talqin qilish yo‘li bilan o‘z ta’limotlarini asoslaydi. 
Sunnada hadislar masalasida esa, ular faqat Ali(kv) va uning tarafdorlari nomi bilan 
bog‘liq bo‘lgan hadislarni tan olgan va shunday hadislardan iborat mustaqil to‘plamlar 
tuzgan. Bu to‘plamlar Axbor deb atalgan. Sunniylikda e’tirof etilgan diniy aqidalardan 
farq qilib, Sh.da tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat 5 ta aqidaga e’tiqod 
qilinadi. Bulardan 4 aqida - tavhid (Allohning yagonaligani e’tirof etish), adl (adolat, 
Allohning odilligi, ya’ni takdir aqidasi), nubuvvat (payg‘ambarlik), qiyomat yoki ma’od 
(oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi), asosan, sunniylik ta’limoti bilan mos 
tushadi. 5-aqida imomat (imomlar hokimiyatini e’tirof etish) esa, sunniylikka va sunniy 
xalifapar hokimiyatiga zidliga bilan farq qiladi. Sh. Ali(kv) va uning avlodlaridan iborat 
o‘n ikki imom hokimiyatini tan oladi. Shu munosabat bilan barcha xalifalarni, xususan 
dastlabki xalifalardan Abu Bakr, Umar va Usmonni hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab 
olgan shaxslar sifatida qoralaydi. 874-878 y.lar orasida 7-9 yoshida bedarak yo‘qolgan 
12-imom Muhammad al-Mahdiyni ular "yashiringan" hisoblaydi, zamona oxir bo‘lganda 
uning qaytib kelishini va adolat o‘rnatishini kutadi (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon). 
Bu tasavvur malum darajada sunniylikda ham tarqalgan. Ba’zi urf-odat va 
marosimlarda, shariat normalarida ham Sh. bilan sunniylik o‘rtasida ma’lum tafovutlar 
bor. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani muqaddas hisoblash bilan birga, Karbalo, 
Najaf sh.larida joylashgan TTT. imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladi. Sh. shariatida 
ja’fariylik mazhabi hukmron bo‘lib, shialar imom Husaynga motam tutadi, shaxsey-
vaxsey deb nom olgan motam yurishlari o‘tkazadi va h.k. O’rta asrlarda Sh. ichida 
ixtiloflar yuz bergan, natijada ko‘p firqalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, 
ismoiliylar, ibodiylar va b. hozir ham mavjud. Sh. hoz. vaqtda Eronda hukmron e’tiqod 
hisoblanadi. Iroq, Afgoniston, Hindiston va Pokistonda shialar bor. Ozarbayjon va 
Tojikistonda (Pomirda ismoiliylar) aholining muayyan qismi Sh.ka e’tiqod qiladi.  
 
 
SHIBLIY, Abu Bakr Dulaf ibn Jahdar (ibn Ja’far) (861-946) - bag‘dodlik so’fiy, al-Junayd 
va al-Hallojning eng yaqin shogirdi va safdoshi. Samarrada tug‘ilgan, otasi xalifaning 
bosh hojibi, amakisi -Iskandariyada amir ul-umaro bo‘lgan. Sh.ning o‘zi xalifa al-
Muvaffaqning hojibi vazifasida ishlagan. 40 yoshida Shim. Erondagi Damovand viloyati 
voliysi etib tayinlangan, biroq to‘satdan bundan voz kechib, Bag‘dodning mashhur 
so’fiylaridan Xayr an-Nassoj huzurida (majlis) "tavba" qilib so’fiylikni ixtiyor etgan. 
Dastlabiga hissiyotga o‘ta beriluvchan xarakterli Sh. al-Halloj targ‘ib etgan "o‘ta" 
so’fiylikka moyillik bildirgan. Biroq, ta’qib etishlar, so‘ngra al-Hallojning qatl etilishi uni 
o‘z qarashlarini o‘zgartirishga majbur etib, al-Junayd va tarafdorlari kabi ehtiyotkorona 
mavqeni tutishiga sababchi bo‘lgan bo‘lsa kerak. Sh. al-Hallojdan yuz o‘girib, uni 
mumtoz shaxslar mulki bo‘lgan "sirlar"ni ochganlikda qoralaganligi haqida ma’lumotlar 
bor. Al-Halloj qatlidan so‘ng Sh.ning hulqi juda g‘alati bo‘lib qolgan. Uning g‘alati qiliqlari 
(qimmatbaho kiyimlari va mushk anbarlarini yoqib yuborishi, o‘zini o‘zi qiynoqqa solishi 
va b.) hissiyotga o‘ta beriluvchanligi uni telba deb hisoblashlariga olib keldi, shuning 
uchun bu davrda g‘ayrifikrlovchilar va bid’atga qarshi kurash olib borayotgan Bag‘dod 
hukmron doiralari unga e’tibor bermaganlar. Sh.ni shuningdek, badavlat xonadonda 
tug‘ilganligi va o‘sha paytda shu kurash tashabbuskorlaridan bo‘lgan molikiylar 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
350
mazhabiga mansubligi ham kutqarib qolgan bo‘lsa kerak. Huquqiy va Qur’on ilmlarida 
Sh., olimlarning fikricha, bu sohadagi eng kuchli allomalardan qolishmagan va hatto 
ulardan ustun turgan. Sh.ga nisbat beriladigan so’fiyona she’rlar badiiy qimmatga ega. 
Uning tarjimai holiga oid parchalar, aytgan so‘zlari va she’rlarini barcha mo’tabar 
so’fiylik risolalaridan topish mumkin. Uning Bag‘doddagi qabri saqlangan va bugungi 
kunda ham ziyoratgoh sanaladi.  
 
 
SHIRK - sherik keltirish. Allohning sherigi bor deb e’tiqod qilish. Sh. - Alloh taologa xos 
bo‘lgan sifatlarni Undan o‘zgaga sobit qilishdir. 
Sh.ning shar’iy tushunchasi - Maxluqni Robbil olamiynga 5 ishdan birida 
tenglashtirishdir. Ya’ni, Allohning zotida, sifatlarida, ismlarida, ishlarida va hukmlarida 
sherigi bor, deb e’tiqod qilishdir. Sh.ning turlari: 
1) ibodatda Sh. keltirish. 2) duoda Sh. keltirish. Bandalarning toqatidan tashqari 
narsalarda, oddiy sabablardan ustun narsalarda Allohdan boshqadan nusrat va yordam 
so‘rab duo qilishi - Sh. bo‘lib, bu ish insonni tavhid sohasidan chiqarib, kufr doirasiga 
kiritadi. 3) robbilikda Sh. keltirish. 4) hukmda Sh. keltirish. 5) mulk va sultondagi Sh. 
keltirish. 6) xalq-yaratishdagi Sh. keltirish. 7) itoatda Sh. keltirish. 8) tashri’dagi Sh. 
keltirish. Bundan tashqari, imom Dehlaviy fikricha, Sh.ning quyidagicha 8 xil turi 
mavjud: 1-Sajdada Sh. keltirish. Islomdan avval sanamlarga va yulduzlarga sajda qilar 
edilar. Allohdan o‘zgaga sajda qilish man qilindi. Alloh taolo: "Kuyoshga ham, oyga ham 
sajda qilmanglar, ularni yaratgan Allohga sajda qilinglar" (Fussilat surasi, 37), dedi. 2-
Yordam so‘rashdagi Sh. keltirish. Islomdan avvallari bemorga shifo berish, kambag‘alga 
boylik kabi hojat talab ishlarda Allohtsan o‘zgadan yordam so‘rar edilar. Nazr qilishdagi 
Sh. keltirish ham shu jumlaga kiradi. Chunki, Allohdan o‘zgaga nazr qiluvchi, o‘ziga 
kelgan yordamga shukr qilish maqsadida yoki bo‘lajak yordamdan umid qilib nazr 
ataydi. Mushriklar sanamlariga nazr atar va o‘sha nazr tufayli ulardan maqsadlariga 
erishtirishlarini kutar edilar. Barakot umidida ularning ismlarini tilovat qilar edilar. Alloh 
taolo ularga namozda, "Iyyaka na’budu va iyyaka nastaiyn" (Fotiha surasi, 4), deb 
aytishni vojib qildi. Bu sajda va ibodatda Sh. keltirishdan, shuningdek, yordam so‘rashda 
Sh. keltirishdan qaytarish edi. Alloh taolo: "Alloh bilan birga birovga duo qilmang!" (Jin 
surasi, 18), degan. Chunki, duo yordam so‘rash uchun bo‘ladi. Shuning uchun ham, 
hojatlarda, musibat va alamlarda Allohdan boshqaga duo qilish man qilingan. 3-Uluhiyat 
(ibodatga sazovor)likdagi Sh. keltirish. 
Ular o‘zlarining ba’zi sherik xudolarini Allohning qizlari, o‘g‘illari, deb atashar va buni 
ularning ilohning juz’i bo‘lganlari uchun uluhiyat haqqini berish uchun qilar edilar. 
Batahqiq bu ishdan juda ham qat’iy ravishda qaytarildilar. 4-Tashri’dagi Sh. keltirish. 
Yahudiylar o‘z axbor (diniy olim)lari va rohiblarini Allohdan o‘zga Robbilar qilib olar 
edilar. O’shalar halol degan narsani, qilsa bo‘laveradigan halol narsa, ular harom qilgan 
narsani esa, gunoh bo‘ladigan harom narsa, deb e’tiqod qilar edilar. Harom qilishning 
ma’nosi falon narsa uchun jazo chorasi ko‘riladi, deyishdir. Halol qilishi esa, falon narsa 
uchun jazo chorasi ko‘rilmaydi, deyishdir. Bas, jazo chorasini ko‘rish va ko‘rmaslik 
Allohning sifatlaridandir. 
5-Allohdan o‘zgaga atab so‘yishlik ila Sh. keltirish. 
Mushriklar sanamlarga va yulduzlarga qurbat hosil qilish maqsadida ularga atab jonlik 
so‘yar edilar. Bunda ular yoki o‘sha narsalarning nomini aytib so‘yishar, yoki maxsus 
butlariga olib borib so‘yar edilar. Bas, bundan Allohning quyidagi so‘zlari ila qaytarildilar: 
"Allohdan boshqaning nomi aytib so‘yilgan 
narsa" (Moida surasi, 173) va "Allohning ismi zikr qilinmagan narsadan yemanglar' 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
351
(An’om surasi, 119). 
6-Allohdan o‘zganing nomi ila qasam ichish bilan Sh. keltirish. 
Ular ba’zi kishilarning ismlarini muborak ulug‘, deb e’tiqod qilishar, ularning ismi bilan 
yolg‘ondan qasam ichganning molu dunyoga va axliga nuqson yetadi, deb o‘ylar edilar. 
Shuning uchun, bu ishni qilishmas va talashib qolgan odamlardan o‘shalarning ismlari ila 
qasam ichishni talab qilar edilar. Bas, bu ishdan man qilindilar. 
7-Allohdan o‘zgaga haj yoki ziyorat qilish ila Sh. keltirish. 
Ya’ni, o‘sha Allohga Sh., deb e’tiqod qilinayotganlarga xos tabarruk joylarga borib, 
ularga kurbat hosil qilishga urinish Shariatda bu ishdan ham man qilingan Payg‘ambar 
(as): "Faqat uchta masjidgagina ko‘ch bog‘lab (ziyoratga) boriladi", dedilar. 8-Nom 
qo‘yishdagi Sh. keltirish. Mushriklar o‘z bolalariga Abdul Uzzo, Abdush Shams kabi 
nomlarni qo‘yar edilar. Payg‘ambar (as) Sh.ka ishora qiluvchi ko‘plab ismlarsh 
o‘zgartirdilar. "Ismlarning eng afzali Abdulloh va Abdurahmon", dedilar. Islomda Sh. 
hech kimdan kechirilmas gunoh hisoblanadi  
 
 
SHIRKAT, shirka ("sheriklik" "kooperatsiya") - bitim (akd)ning maxsus turi Unga ko‘ra, 
ikki va undan ortiq kishi umumiy ish olib borish uchun (savdo, hunarmandchili* yoki 
boshqa sohada) birlashadilar. Buning uchun ular o‘z mablag‘larini o‘rtaga qo‘yib, 
birgalikda harakat qilishadi. Bunda har bir sherik umumiy mulkdan foydalanish huquqiga 
ega va umumiy ishda qatnashishga majburdir. Daromad: va zarar har bir Sh. 
qatnashchisining qo‘shgan ulushiga qarab, yoki kelishuvga asosan taqsimlanadi. 
Sh.ning 4 turi bor: 1) To‘liq Sh., unda qatnashchilar teng ulush qo‘shib o‘z 
imkoniyatlariga ko‘ra teng bo‘ladilar, ya’ni ular bir kasb-hunar bilan shug‘ullanadilar yoki 
bir savdoda mashg‘ul bo‘lib erkin musulmon hisoblanadilar; 2) To‘liq bo‘lmagan Sh., 
unda faqat o‘zaro bitim talab etilib, ulushlarning tengligi talab etilmagan; 3) Maqsadli 
Sh.. unga ko‘ra, umumiy mablag‘ bo‘lmasligi mumkin. lekin kreditga qilish mumkin 
bo‘lgan umumiy ish bor; 4) Sh. - kooperatsiya, unda turli kasb-hunar kishilari umumiy 
ish yuritish uchun birlashadilar (ko‘nchilar, egarchilar, etikdo‘zlar, quyuvchilar, 
temirchilar va b.). Ayrim mazhablarga ko‘ra, Sh.ning so‘nggi 2 turini ularda umumiy 
mablag‘ bo‘lmagani tufayli e’tirof etish mumkin emas. Sh. tartibi hozirda islom 
mamlakatlari iqtisodiy hayotining barcha jabhalarvda to‘liq saqlanib qolgan bo‘lib, yangi 
sharoitlarga moslashib bormoqda. 
 
 
SHIS (as) - payg‘ambar. Odam (as)ning Hobil o‘ldirilganidan keyin tug‘ilgan 3-o‘g‘li. 
Injilda Sif deb atalgan. Xudojo‘y kishi bo‘lgan, Allohdan unga vahiy kelib turgan. Vahiy 
50 sahifani tashkil etgan, deb hisoblanadi. Makkada yashagan, haj marosimini 
muntazam ravishda ado etgan. Loy va toshdan Ka’ba binosini kurgan. Odamato va 
Momohavo bilan birga Makka yaqinidaga Abu Qubays tog‘ining g‘orida dafn etilgan.  
 
 
SHOZILIYLAR, ash-Shoziliya - Shim. Afrikadagi eng yirik so’fiylik tariqati. Asoschisi - 
Abu-l-Hasan ash-Shoziliy (1196/ 97-1258) mag‘riblik bo‘lib, shajarasini shayx Ibn 
Xorazm (1236 y. v.e.) orqali mashhur Abu Madyonga bog‘lagan. Sh.ga g‘oyaviy asos 
bo‘lgan Shoziliy ta’limoti o‘zining asosiy qoidalarida mo’tadil so’fiylik g‘oyalariga 
asoslangan. Ular o‘z davrida al-Junayd va b. "mo’tadil" so’fiylar tomonidan ishlab 
chiqilgan bo‘lib, Abu Madyon tomonidan Shim. Afrika sharoitiga moslashtirilgan. Shoziliy 
Tunisdagi o‘z tarafdorlariga yo‘llagan maktubida va og‘zaki va’zlarida itoatda bo‘lishga, 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
352
Allohdan qo‘rqishga, hukumat bilan hamkorlik qilmaslikka, shariat ko‘rsatmalariga qat’iy 
rioya etishga, Rasululloh (sav) sunnatlariga ergashishga, dunyo lazzatlaridan yuz 
o‘girishga da’vat etgan. 
Sh. bir necha asr mobaynida Afrikaning Sudandan to Maligacha bo‘lgan ichki 
viloyatlarida muvaffaqiyat bilan islomni tarqatgan. Sh. va uning tarmoqlari Marokash, 
Tunis, Jazoir, Sudan va b. Afrika mamlakatlarida bugungi kunda ham mavjud. ShOM - 5 
vaqt o‘qiladigan namozning biri. Sh. namozining o‘qilish vaqti Kuyosh botgandan 
boshlab, mag‘rib ufqidagi qizil shafaqning ko‘rinmay ketadigan vaqtigacha deb 
belgilangan. Bu taqriban 60 daqiqaga teng. Sh. namozi 3 rakaat farz, 2 rakaat sunnat 
o‘qishdan iborat. Sh., xufton va bomdod namozlarining farzi jamoat bilan o‘qilganda 
imom qiroatni jahriy (ovoz chiqarib) o‘qishi vojib amallardan hisoblanadi. Yakka o‘qigan 
odam uchun bu ixtiyoriydir. 2) Quyosh botgan payt ham Sh. deb ataladi. 
 
 
SHOFI’IY, to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shofi’iy (767-
820) - imom, shofi’iylik mazhabining asoschisi, sayyidlardan. 2 yoshida onasi Makkai 
Mukarramaga olib kelgan va shu yerda Qur’oni karimni yod olgan. 10 yil arab olamida 
shirin tili va fasohati bilan mashhur bo‘lgan Huzayl qabilasida yashagan, natijada yirik 
arab tilshunosi, she’riyat bilimdoni bo‘lib yetishgan. Ko‘p yerlarga safar qilgan. Makka 
muftisi Muslim Xolid az-Zanjiy va Madinai munavvarada Imom Molik huzurlarida ta’lim 
olgan. Imomi A’zamning shogirdi Muhammad ibn Hasan bilan Bag‘dodda yaqin 
muloqotda bo‘lib, unga shogird tushgan va shu yerda o‘z mazhabini tuzgan. Imom 111. 
mazhabi, asosan, Misrda, Hind okeani davlatlarida, ayrim orollarda tarqalgan. 
Sh. bir qancha muddat goh Iroqda, goh Hijozda istiqomat qilgan. 815 y. Qohirada 
muqim turib qolib, shu yerdagi "Amr ibn Os" jome’ masjidida fiqhdan dars bergan. 
Sh.ning "ar-Risola", "al-Umm" asarlari islom olamida mashhurdir va shofi’iy ulamolar 
uchun eng zarur manba bo‘lib xizmat qiladi. Sh. "Usul al-fiqh" ilmiga asos solgan. 
Boshqa faqihlar o‘zlariga manba deb hisoblagan "Istihson"ni qabul qilmagan, uni xato 
deb tushungan. 
Bu zot haqida Imom Axmad ibn Hanbal shunday degan: "Siyoxdon ko‘targan har bir 
kishining zimmasida Shofi’iyning haqqi bor". Boshqa olimlar esa: "Muhaddislar g‘aflat 
uykusida edilar, Imom Shofi’iy ularni uyg‘otdilar", deyishgan. 
 
 
SHOFI’IYLIK - sunniylikdagi diniy-huquq mazhablaridan biri. Imom Shofi’iy asos 
solgan. Sh. huquq tizimi xanafiylar va molikiylarning diniy-huquqiy ta’limotini o‘ziga 
singdirgan bo‘lsa-da, ko‘proq molikiylarga yaqin turadi. 111. qiyosni va ra’yni cheklab 
ko‘llaydi. Sh. Qur’on va sunnaga yagona manba sifatida qaraydi. Sh.ga ko‘ra, sunna 
Qur’onni to‘ldiradi, xolos, sunnaning o‘zi qiyoslab o‘rtacha hukm chiqarish uchun asos 
bo‘lolmaydi. Sh. tarafdorlari madinalik rivoyatchilarning hadislarini ustuvor hisoblab, ular 
aytgan hadis yoki ijmo’ga tayanib ish ko‘rish mumkin, deb biladi. Sh. Suriya va Misrda 
shakllangan. O’rta asrlarga kelib Yaqin Sharq mamlakatlarida keng garqalgan. 
Keyinchalik bu mazhabning ta’sir tsoirasi torayib borgan. Hoz. vaqtda Misr, Indoneziya, 
Shimoliy Kavkaz musulmonlari orasida, Sharqiy Afrika mamlakatlarining ba’zilarida, 
qisman Suriyada va jan. arab sultonliklarida Sh. mazhabi diniy-huquq gizimiga amal 
qiluvchilar bor.  
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
353
SHOH VALIULLOH Axmad Abdurahim (1703-62) - islom mafkurasining yirik 
namoyandasi, 18-a.da Hindiston musulmonlari o‘rtasida boshlangan diniy islohotchilik 
harakatining asoschisi. Yirik ruhoniyning o‘g‘li. Diniy maktabni tamomlab, otasi asos 
solgan ;'Madrasai Rahimiya"da falsafa, ilohiyot va mantiqdan dars bergan. Hindistonda 
boburiylar saltanati inqirozga uchragan davrda uning ta’limoti saltanat shuhratini 
tiklashga qaratildi. Sh.V. zodagonlar va ulamolar doirasidan tashqari, keng musulmonlar 
o‘rtasida ham ilm va ma’rifatni, axloqiy garbiyani kuchaytirish, ilmsizlik va jaholatga 
qarshi kurash tarafdori bo‘lib maydonga chiqqan. Sh.V.ning falsafa va ilohiyotga doir 50 
dan ortiq asari bor.  
 
 
SHOHI ZINDA ANSAMBLI Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (11-12-a.) Afrosiyob 
tepaligi janubidagi maqbaralardan iborat ansambl. Ularning eng qadimiysi Qusam ibn 
Abbos maqbarasi bo‘lib, xalq orasida Shohi Zinda (Tirik shoh) degan afsona bor. Sh.z.a. 
bir-biri bilan yo‘lak orqali bog‘langan uch guruh binolar (14-a. o‘rtalari va oxirlari hamda 
15-asrda qurilgan)dan iborat.  
 
 
SHOHID - guvoh. Sh.ning sud jarayonida ishtirok etishi an’anaviy sud yuritishning 
muhim qismidir. Sh. har 2 tarafning biri tomonidan sudga taklif etilishi va b. bir garaf 
tomonidan izohsiz rad etilmasligi lozim. Sh.dan zo‘rlab ko‘rsatma olish mumkin emas, 
lekin sababsiz ko‘rsatma berishdan bosh gortish diniy majburiyat(farz)ni jiddiy buzish 
deb baholanadi. Har qanday huquqiy layoqatli kishi, uning ijtimoiy mavqei va dinidan 
qat’i nazar Sh. sifatida taklif qilishi mumkin. Biroq g‘ayridin faqat dinga aloqador 
bo‘lmagan masalalar yuzasidan guvohdik berishi mumkin, qaram kishi esa, o‘z xojasi, 
homiysi yoki qarindoshi ishi yuzasidan guvoxlik bera olmaydi. Haqiqatni aniqlash uchun 
2 ozod kishining Sh.ligi kifoya. Bitta erkakning guvoxdigi 2 ayol yoki 2 cho‘rinish 
guvohligiga tenglashtiriladi. Faqat go‘dak tug‘ilishini tasdiqpash chog‘ida bir cho‘rining 
guvoxdigi yetarli hisoblanadi. Soxta guvoxlik bergan Sh. jinoiy javobgarlikka tortilib. 
uning keyingi guvohliklari qabul qilinmaydi. 
Ijtimoiy hayotda Sh. - ijtimoiy va xizmat yuzasidan tug‘iladigan turli holatlarni o‘z so‘zi 
bilan tasdiqlash majburiyatini olgan shaxs. Hoz. paytda notarial idoralar va o‘zaro 
kafolatlarning turli shakllari taraqqiy etishi bilan Sh o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. 
 
 
SHOHIMARDON (fors. "erlar shohi": "mardlar shohi") - choryorlarning to‘rtinchisi Aliga 
berilgan nomlardan biri. Hazrat Ali janglarda jasurlik, mardlik ko‘rsatib shu nomga 
sazovor bo‘lgan. Farg‘ona viloyati Hamzaobod qishlog‘ining sobiq nomi Sh. edi. 
Ma’lumki, xorijiylardan bo‘lgan Ibn Muljam Alining boshiga qilich urib, og‘ir yarador 
qilgan va 2 kundan so‘ng Ali vafot etgan. Naql qilinishicha, o‘limi oldidan o‘g‘illari imom 
Hasan va imom Husaynni chaqirib: "jigarbandlarim, bugun sizlar bilan abadiy 
vidolashsam kerak. Ertaga ertalab ok tuya mingan bir badaviy (arab) kelib, sizlardan 
mening jasadimni so‘raydi. Sizlar darhol jasadimni unga topshiringlar! Ammo, zinhor 
uning orqasidan ergashmanglar", deb vasiyat qiladi. O’g‘illari yig‘lashib, "Uning ortidan 
bormasak, qabringazni qaerdan izlab topamiz" deb so‘raydi. Ali, qaerda 3 tomoni tog‘ 
bilan o‘ralgan tekislik bo‘lsa, o‘sha yer mening qabrim bo‘ladi, deb dunyodan ko‘z 
yumadi. Dunyo bo‘yicha ana shunday maskandan bugungi kunda yettitasi mavjud. 
Farg‘onadagi Sh. nomli qishloq ham ana shulardan bittasidir.  
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
354
 
SHUAYB (as) - Qur’onda tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Arab millatiga mansub 
bo‘lgan 4 payg‘ambardan (Hud (as), Solih (as), Muhammad (sav) bilan birga) biri. Sh. 
(as) o‘z qavmini fasohatli usullar bilan imonga da’vat etganligidan "payg‘ambarlar xatibi" 
deb nom olgan. Sh. va uning qavmi Arabiston ya.o.ning Qizil dengaz qirg‘og‘idagi 
Madyon degan joyda yashab o‘tgan. Bu qavm, asosan, savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. 
Ular Allohga ibodat qilish o‘rniga turli ilohlarga sig‘inadigan, moddiy boylik orttirishga 
hirs qo‘ygan, bu yo‘lda har qanday razolat, nohaqliklardan qaytmaydigan kishilar edi. 
Savdo qilganlarida tosh-tarozidan urib qolishga odatlanishgandi. Sh. (as) o‘z qavmini 
savdoda halollikka, kishilar haqqiga xiyonat qilmaslikka da’vat eta boshladi. Sh. (as)ning 
nasihatlariga ko‘nmagan qavmning barchasi zilzila yuz berishi natijasida halokatga 
uchradi. Qur’onda payg‘ambarlarga bo‘ysunmagan qavmlarni Alloh qattiq azobga duchor 
qilishi eslatiladi. Sh. (as) va uning o‘z qavmini da’vat qilgani va gumroh qavmning 
boshiga tushgan azob-uqubatlar haqida Qur’onda A’rof surasi, 85-87-oyatlar, Hud 
surasi, 87-90-oyatlarda bayon qilingan.  
 
 
"SHO’ROI ISLOMIYA" - Turkiston taraqqiyparvar ziyolilarining ijtimoiy-siyosiy 
tashkiloti. 1917 y. 14 martda Toshkentda tuzildi. Uning tashkil topishida Munavvarqori 
Abdurashidxonov katta xizmat qildi. Tashkilot faoliyatida Mahmudxo‘ja Behbudiy, 
Mustafo Cho‘qay o‘g‘li (1890-1941), Ahmad Zakiy Validiy To‘g‘on (1890-1970) kabi 
ma’rifatparvarlar muhim rol o‘ynadi. Tashkilot tashabbusi bilan Butun Turkiston 
musulmonlarining 1-qurultoyi o‘tkazildi (1917 y. apr.). Qurultoyda qabul qilingan 
tashkilot dasturida o‘lka musulmonlari orasida islohotlar o‘tkazish g‘oyalarini tarqatish, 
mintaqadagi barcha musulmonlarni yagona fikr va maslak asosida birlashtirib 
Turkistonga muxtoriyat maqomini berish uchun kurash vazifasi qo‘yilgan. "Sh.i." butun 
o‘lkadagi musulmonlar manfaati uchun kurashganligi tufayli unga turli xalqlar va 
tabaqalar vakillari kirgan edi. Tashkilot "Sho‘roi islom" nomli jarida ham chiqardi (1917 
y. apr.-iyun). Biroq taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo‘lgan 
ayrim ulamolar (qadimchilar) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar "Sh.i." tashkiloti safida 
tarafkashlik yuz berishiga olib keldi. Undan ajralib chiqqan bir guruh ulamolar "Sho‘roi 
ulamo" jamiyatiga asos soldi (1917 y. iyun). Turkistondaga sovet rejimi esa, 1918 y. 
boshida "Sh.i." tashkiloti faoliyatini umuman taqiqladi.  
 
 
"SHO’ROI ULAMO" - Turkiston ulamolari jamiyati. 1917 y. iyunda "Sho‘roi 
islomiya"dan ajralib chiqqan. Jamiyatning Toshkent, Qo‘qon, Samarqand sh.laridagi 
sho‘‘basi faol ish olib bordi. Jamiyat dasturi va nizomiga ko‘ra, ichki siyosiy tuzilmada 
shariat qonunlariga qatiy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlarni yuksaltirishga da’vat 
etilgan. "Sh.u." "al-Izoh" (1917 y. iyun - 1918 y. may), "al-Isloh" (1917-18) jur.larini 
nashr etdi. Ularda davrning dolzarb muammolari: diniy, axloqiy, ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy 
masalalar yoritib borildi. "Sh.u." tashabbusi bilan Toshkentda Turkiston va Qozog‘iston 
musulmonlari qurultoyi o‘tkazildi (1917 y., sentyabr). Unda ulamochilar va Sho‘roi 
islomchilar o‘zaro birlashib, "Ittifoqi muslimin" degan siyosiy partiya tuzdilar. "Sh.u." 
jamiyati sof musulmon muxtoriyati g‘oyalarini ilgari surdi, sho‘rolar rejimiga qarshi faol 
kurashdi. Bolsheviklar 1918 y. boshlarida jamiyat faoliyatini taqiqladi. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
355
- CH -
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling