Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.
Pdf просмотр
bet14/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
F. - huquqning ahamiyati tobora pasayib borgan bo‘lsa ham, hoz. vaqtda uning ayrim 
tarmoqlari, tartib-qoidalari va me’yorlari ko‘pchilik aholisi musulmon bo‘lgan Sharq 
mamlakatlarida biron-bir tarzda qo‘llanilmoqda (faqat Turkiya bundan istisnodir, bu 
mamlakat 20-y.lardan e’tiboran undan butunlay voz kechdi). Shaxsiy holat tarmog‘i 
izchil, keng va deyarli bekamu ko‘st amal qilayotir, ayrim hollarda (mas., Tunis va 
Yamanda) F. - huquqning oila-nikoh masalalariga oid qoidalari birmuncha o‘zgartirildi. F. 
- huquqning tartiboti jinoyat huquqida (mas., Saudiya Arabistoni, Yaman, Fors ko‘rfazi 
mamlakatlarida) ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda, ammo bir qancha mamlakatlar 
(Liviya, Eron, Pokiston, Mavritaniya va b.)da huquqning tarmog‘iga uning ta’siri 70-
y.lardan boshlab hatto kuchayib ketdi. Fuqarolik va savdo huquqi haqida ham shu gapni 
aytish mumkin. F. - huquqning bu sohadagi me’yorlari vaqflarning huquqiy holatini 
tartibga solib kelmoqtsa (vaqflar tugatilgan Jazoir, Tunis, Yaman bundan mustasno). Bu 
me’yorlar fuqarolik kodeksiga ayrim moddalari (mas., huquqni suiiste’mol qilish, qarzni 
o‘tkazish, yerni ijaraga olishga oid moddalar) tarzida kiritilgan. Keyingi 10-15 y.da bir 
qancha mamlakatlar (Liviya, Pokiston va b.) fuqarolik va tijorat huquqida F. - huquq 
me’yorlarini qo‘llash miqyosi kengaydi. F. -huquqqa asoslangan soliq va moliya 
qonunlari (jumladan, foyda - ribo olishni taqiklaydigan va shu asosda islom banklari 
faoliyatini tartibga soladigan qonunlar) qabul qilingani bunga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik 
islom mamlakatlarida musulmon (shariat) sudlari saqlanib qolayotir (arab 
mamlakatlaridan faqat Tunis, Jazoir, MAR, Yamanda bunday sudlar tugatilgan). Ularning 
tashkil etilishi va faoliyati ko‘p jihatdan F. - huquq me’yorlari bilan tartibga solinadi. F. - 
huquq qoidalari va me’yorlari ayrim mamlakatlar (avvalo Saudiya Arabistoni) davlat 
huquqida aks etgan va hoz. vaqtda 1979 y. konstitutsiyasida islom respublikasi deb 
e’lon qilingan Erondagi davlat shaklida juda yaqqol ko‘rinib turibdi. Shuni ham aytish 
kerakki, barcha islom mamlakatlarida yoxud boshqa mamlakatlar aholisining ozchiligani 
tashkil etuvchi musulmon jamoalarida diniy qoidalar va namoz tartibini belgilovchi F. -
huquq me’yorlari hali ham qo‘llanilayapti. Hoz. sharoitda F. rasmiy huquq manbai 
sifatidagi ahamiyatini saqlab qolgan. Bir qancha mamlakatlarning shaxsiy holat va 
jinoyat huquqiga oid qonunlarida ko‘zda tutilishicha, agar qonunda tegashli me’yorlar 
bo‘lmasa, F. - huquqshunoslik xulosalari qo‘llanilishi lozim. Ba’zi mamlakatlar (Misr, 
Suriya, Liviya, Iroq, Jazoir, Kuvayt)ning fuqarolik kodekslarida ham shunday qoida 
belgilangan. Hoz. vaqtda ko‘pgina islom davlatlarining konstitutsiyalari fiqhning asosiy 
va o‘zgarmas me’yorlarini qonunchilikning asosiy manbai deb tan oladi. Davlatning F. - 
huquqqa nisbatan bunday siyosati F. huquqshunoslikka oid ilmiy ishlarni rag‘batlantiradi. 
Bu ishlar ikki asosiy yo‘nalishda olib boriladi. Nazariy ilohiyot bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lgan birinchi yo‘nalish an’anaviy fatvo janridan iborat (Misrning sobiq muftisi 
Hasanayn Muhammad Maxlufning ikki jildli fatvolar to‘plami bunga misol). Ikkinchisi - F. 
nazariyasi va tarixiga oid asarlardir.  
 
 
FOL (fors. - oldindan aytish, topish, arab. - kelajakning yaxshilik belgisi), r o m -kishilar 
takdirini, kelajakni yoki noma’lum voqea va hodisalarni "aytib berish"ning soxta har xil 
usullari. 
F. dastlab ibtidoiy jamoa davridayoq paydo bo‘lgan. Ovchilik, so‘ngra choravachilikning 
vujudga kelishi bilan qushlarning sayrashi, uchishi, harakatlariga qarab F. ko‘rish rasm 
bo‘la boshladi. Ibtidoiy dehqonchshshk paydo bo‘lgan davrda yulduzlarga qarab F. 
ko‘rish tarqaldi; keyinchalik bunday F. ko‘rish negazida soxta fan - astrologiya yuzaga 
keldi. F. bobilliklar, etrusklar, yunonlar va b. qad. xalqdarda keng tarqalgan edi. F. 
ko‘rish bilan maxsus kishilar - folbinlar shug‘ullanganlar. Ko‘pgana xalqlarda folbinlar 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
suyaklar, don-dukkakli o‘simliklarning mevalari, yong‘oq, qo‘y qumalog‘i va sh.k. 
yordamida F. ochganlar. O’rta Osiyo xalqdarida F. ochishda F. ochtiruvchining tomirini 
ushlab, nomini takrorlash yoki boshqa so‘zlar aytish, mayda toshlardan foydalanish 
yoxud piyoladagi suvga paxta tashlash kabi usullar qo‘llanilgan. Keyingi davrlarda 
kartaga va qo‘l kaftining chizikdariga qarab F. ochish keng tarqaldi. F.ning hoz. kunga 
qadar saqlanib qolgan eng qad. ko‘rinishi tushga qarab F. ochishdir. F. ochish negizida 
tabiat va odamlarni boshqaruvchi g‘ayritabiiy kuchlar bilan aloqa bog‘lab, noma’lum 
voqea va hodisani anglash mumkin, degan diniy tasavvurlar yotadi.  
 
 
FOROBIY Abu Nasr (873-950) - o‘rta osiyolik qomusiy olim, faylasuf. Sirdaryo 
qirg‘og‘idagi Forob sh.da tug‘ilgan. Buxoro va Samarqandda o‘qidi. Eron shaharlarida 
bo‘ddi. O’rta asr fani hamda tillarni o‘rgandi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u 70 dan 
ortiq tilni bilgan. Aristotel va Platon asarlarini sharhlab bergan. Sharq mamlakatlarida 
ulug‘lanib "Ikkinchi muallim", Shark Aristoteli deb nom olgan. U tibbiyot matematika, 
filologiya, musiqashunoslik, mantiq, axloqshunoslik, davlatshunoslik, falsafa va b. 
sohalar bo‘yicha 160 dan ortiq asar yozib qoldirgan. F. fikricha, olam - yagona 
mavjudot, Alloh hamma narsaning ibtidosi, barcha vujudlar uning emanatsiyasi 
(nurlanishi) asosida kelib chiqadi. "Fozil shahar aholisi" asarida qayd etishicha, faqat 
xudo o‘z zotiga ko‘ra tafakkur qiladi va tanho Ugana eng yaxshi ilmlarni biladi. Nazariy 
hikmat xudo zotini bilish ilmi bo‘lmay, balki U yaratgan narsalar haqidagi ilmdir va shu 
yaratilgan narsalarga qarab Uning jamolini, qudratini, hikmat va adolatini bilish mumkin. 
F. fikricha, aqd shariatning tayanchi va madadkori bo‘lib, mohiyatan u bilan birdir. 
Shariatni tushunish uchun akd ishlatish zarur. Inson tasavvuriy quvvat orqali erishishi 
mumkin bo‘lgan "eng mukammal bosqich" payg‘ambarlik bo‘lib, payg‘ambarlikning "eng 
mukammal bosqichi" tasavvuriy quvvat vositasida hosil qilinadigan vahiydir. "Fozil 
shahar aholisining fikrlari", "Baxt-saodatga erishuv haqida" va shu kabi asarlarvda 
barcha aholini baxt-saodatga, ilm-ma’rifatga olib boruvchi, ularni komil inson qilib 
tarbiyalovchi ideal jamoa haqidagi fikrni olg‘a surdi. F.ning diniy, falsafiy qarashlari 
keyingi davr olimlariga muhim ta’sir ko‘rsatdi. 
 
 
FOSIQ (arab. - yo‘ldan adashgan, axloqsiz) - 1) islom an’anasida diniy majburiyatlarni 
ado etmagan gunohkor; 2) axloqiy ma’noda -fahsh, buzuq odam. 
"Fosiq" kalimasi johiliyat davrida qo‘llanilmagan. Qur’oni karimda o‘zak holida yetti
tuslangan fe’l sifatida o‘n va "fosiq" shaklida esa (ikkitasi birlikda, boshqalari ko‘plikda) 
o‘ttiz yetti joyda keladi. Ba’zi oyatlarda yahudiylar, xristianlar, mushriklar va munofiqlar 
haqida so‘z borarkan, ko‘plarining F. ekanlari bildiriladi (mas., Baqara, 99; Oli Imron, 
110; Movda, 47, 59; Tavba, 67); boshqa ayrim oyatlarda esa, fisq va fusuq mo‘minlarga 
nisbatan ham ishlatiladi (Baqara, 197, 282; Nur, 4). Oyatlarda ma’lum qilishiga ko‘ra, 
Alloh F.lardan rozi bo‘lmaydi, moliy ehsonlarini qabul etmaydi va o‘zlarini hidoyatga 
erishtirmaydi. Ularni dunyoda jazolagani kabi, oxiratda ham jahannamga tashlaydi. 
 
 
FOTIMA (taxm. 605/606—632/633) -Muhammad (sav)ning kenja qizlari. F.ga e’tiqod 
qilish shialar o‘rtasida keng tarqalgan. Shia imomlari va musulmon mamlakatlaridagi 
ko‘pchilik sulolalar (Idrisiylar, Fotimiylar, Sa’diylar va b.) shuningdek, barcha sayyidlar 
F. va uning eri Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi. F. go‘zal bo‘lgani uchun Zahro 
(Guldek) deb laqablanadi. F.ni Alidan 5 farzandi (uch o‘g‘il (bittasi yoshligida vafot 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
etgan) 2 qiz) bo‘lgan. Hasan, Husayn, Ummu Kulsum va Zaynab. Muhammad (sav) 
vafotlaridan olti oydan so‘ng olamdan o‘tgan F. Madinada dafn etilgan. Makka va 
Madinaga borgan shia ayollari F. qabrini ziyorat qiladi.  
 
 
FOTIMIYLAR (909 - 1171) - ismoiliy xalifalar sulolasi; o‘zlarini Ja’far as-Sodiq (765 
y.v.e.) o‘g‘li Ismoil orqali Ali va Fotima avlodi deb hisoblaganlar (q. Ja’fariylik). Sunniy 
muarrixlar F.ning Ali avlodi ekanliklarini rad etib, ularni ubaydiylar ya’ni ismoiliylar 
imomi Ubaydulloh al-Mahdiy (F. sulolasi asoschisi) avlodlari deb hisoblaydilar. F. 
Sitsiliya, Marokash, Misr, Falastin va Suriyaning bir qismini egallashga muvaffaq 
bo‘lishgan.971 y. ular Misrning yangi poytaxti - Qohiraga asos solganlar. Makka va 
Madinani o‘zlariga tobe etgan F. Bag‘dodni bosib olib, abbosiylarni taxtdan ag‘darish va 
o‘zlari hukmronligidagi yangi xalifalik barpo etishni rejalashtirganlar. Qohirada ular 
markaz tashkil etib, u orqali F. o‘zlarining tashviqot ishlarini olib borganlar. 11-a. 
o‘rtalarida Yamanda ismoiliylarning Sulayhiylar sulolasi qaror topgan. F.ning ta’siri asta-
sekin susaya boshlagan, bu faqat saljuqiylarning kuchayishi bilan bog‘liq bo‘libgina 
qolmay, ismoiliylar mafkurasining tanazzulga uchrashi bilan bog‘liq edi. Vizantiya, 
ayniqsa, salbchilar bilan bo‘lgan urushlarda toliqqan F. davlatida yollanma gvardiya 
(mamluklar) tasiri kuchaygan. Kurd amiri Salohiddin hokimiyat tepasiga kelgach, 
abbosiy xalifalar hukmronligani tan olgan va ismoiliylar davlati asta-sekin sunniylar 
davlatiga aylangan. 
 
 
FOTIHA (arab. - ochmoq, boshlamoq) - 1) Qur’onning birinchi (boshlang‘ich) surasi 
nomi. F. 7 oyatdan iborat bo‘lib, unda Alloh taologa hamd, uning sifatlari, qiyomat kuni 
egasi ekanligi, ibodat, ixlos, duo, yolvorish, yaxshi ummatlarning zikri va yomon yo‘ldan 
yurganlarning oqibati nima bo‘lishi zikr qilingan. 2) Biron voqea munosabati bilan 
o‘qiladigan duo, Qur’onning ayrim qisqa suralaridan birini tilovat qilish. Islom an’anasvda 
F. marhumning vafoti munosabati bilan oila a’zolariga bildirilgan ta’ziyaning diniy shakli 
hisoblanadi. 
 
 
FURU’ al-FIQH - fiqhning "tarmoqlari", islom pozitiv huquqini tashkil qiluvchi fikhning 
bir qismi. Dastlab "furu’" istilohi Muhammad ash-Shayboniyning "Kitob al-asl fi-l-furu’" 
(al-Mabsut nomi bilan ko‘proq mashhur) asarida qayd etilgan. Muhammad ash-Shofi’iy 
aniq ta’riflagan fiqhning asos -"ildizlari" (usul al-fiqh)dan farqli o‘laroq pozitiv huquq 
qismlari o‘zaro chegaralanmagan va ayni bir masalaning o‘zi turli bo‘limlarga mansub 
deb qaralishi mumkin bo‘lgan. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
- G -
 
 
GILONIY (Jiloniy) Muhiddin Abdulqodir ibn Abi Solih Jangiydo‘st (1077- 1166) - fors 
ilohiyotchisi, mutasavvif. Gilon viloyati (Eron) da tug‘ilgan. 18 yoshida Bag‘dodga kelib 
saboq oladi. Uning hanbaliylik mazhabiga oid va’zlari shuhrat qozonadi. Keyinchalik G. 
Qur’on tafsirchisi va muftiy sifatida faoliyat ko‘rsatadi. U hadis va fiqh ilmlaridan dars 
beradi. G. hanbaliylik mazhabida qat’iy turgan, Muhammad (sav) sunnatlariga so‘zsiz 
rioya etgan. Va’zlarida musulmonlar uchun zarur bo‘lgan o‘nta axloqiy qoidani bayon 
etgan. G. o‘zining tariqat uslubini vujudga keltirmagan, biror tariqatga boshchilik 
qilmagan bo‘lsa ham uni qodiriylik so’fiylik tariqatining asoschisi deb hisoblaydilar. 
Ammo, haqiqatda esa, bu tariqat uning avlodlari yoki muridlari tomonidan faqat 13-
a.ning o‘rtalarida, ba’zi mutaxassislarning fikricha, hatto 15-a.da vujudga kelgan. Xalq 
ommasi uni mo’jiza ko‘rsatishga qodir bo‘lgan aziz-avliyo va bechoralarning homiysi 
deb, ulug‘lar edi. Unga "Ravsul A’zam" ("ulug‘ himoyachi") va "piri dastgir" ("madadkor 
pir") laqablarini berishgan edi. G. maqbarasi Bag‘dodda bo‘lib, islomdagi muqaddas 
joylardan biri hisoblanadi. 
G.ning "Al-g‘unya li tolib tariq il-haqq" ("Haq yo‘lini istovchilar uchun qo‘llanma") asari 
saqlanib qolgan. Bu asarda musulmonlarning ijtimoiy, axloqiy burch va vazifalari 
hanbaliylik mazhabi nuqtai nazaridan bayon qilingan. GUL - ayol jinsidan bo‘lgan jinning 
bir turi; nihoyatda badjahl va insonlarga dushmanligi bilan ajralib turgan. Go‘yo cho‘lu 
biyobonlarda yashab, turli qiyofalarga kirib yo‘lovchilarni o‘z tuzog‘iga ilintiradi, so‘ngra 
ularga hujum qilib o‘ldiradi. Erkak jinsdagi G. - kutrub; ba’zan G. si’lat bilan aynan deb 
qaraladi. O’rta asrlarda islom mamlakatlaridagi xalq rivoyatlarida G. Iblis va shaytonlar 
bilan aloqador bo‘lgan kofir jinlar qatoriga kiritilgan; ular odamxo‘r va o‘laksaxo‘r 
hisoblanganlar. Deyarli butun islom ahdi xalq adabiyoti va folklorida G. bilan bog‘liq 
sarguzashtlar bayon etilgan ko‘plab hikoyalar uchraydi. 
 
 
GUNOH (fors - jinoyat, ayb; asli shu ma’nodagi arab. "junoh" so‘zidan olingan) -shariat 
qonunlariga va diniy aqidalarga xilof ish yoki harakat. Islom dinida eng katta G. - shirk, 
ya’ni Allohni butunlay inkor etish yoki unga teng keladigan boshqa ilohiy kuchlar bor, 
deb e’tiqod qilish hisoblanadi va bunday G.ni Alloh kechirmaydi. Ammo undan boshqa 
katta va kichik G.larni xohlaganicha kechirishi yoki ma’lum me’yorda jazolashi mumkin. 
Katta G.larning adadi to‘g‘risida islom manbalarida turlicha fikrlar aytilgan. Ota-ona 
qarg‘ishini olish, sehr-jodu bilan shug‘ullanish, qotillik, yolgon guvoxlik berish, o‘g‘rilik, 
chaqimchilik, qimorbozlik, riyokorlik, firibgarlik, harom qilingan narsalarni iste’mol qilish, 
dilozorlik va h.k. katta G. hisoblanadi. Ba’zi islom olimlari katta G.lar sonini 300 tagacha 
sanab o‘tganlar. Kichik G.lar behisobdir.  
 
 
GURGONIY Abulqosim Ali (10-a. oxiri -vaf.taxm. 1058) - tasavvufning Xuroson maktabi 
shayxlaridan. Tug‘ilgan va vafot etgan yili, qabrining qaerdaligi haqida aniq ma’lumotlar 
yetib kelmagan. Ali ibn Usmon Hujviriy (vaf.taxm. 1072) "Kashf ul-mahjub" asarida G. 
bilan bir necha marta (aksariyat Tus shahrida) uchrashib, ba’zi masalalarni undan 
so‘raganligi haqida yozadi. G.ning Tusda xonaqo va masjidi bo‘lib, u o‘z davrining qutbi 
deya e’tirof etilgan. "Silsilat uz-zahab"dagi 9-piri murshid. Tasavvuf ta’limini Abu Usmon 
Mag‘ribiy va Abulhasan Haraqoniy (vaf. 1034)dan olgan. Tasavvufdagi nisbasi, bir 
tomondan, Abu Usmon Magribiy, Abu Ali al-Kotib, Abu Ali ar-Rudboriy orqali Junayd 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
Bag’dodiy (vaf. 910)ga, ikkinchi tomondan, Abulhasan Haraqoniy orqali Boyazid 
Bistomiy (vaf. 848 yoki 875)ga borib bog‘lanadi. Manbalarda G. ikki yo‘nalish "sahv" va 
"sukr"ni o‘zida birlashtirgan murshid sifatida zikr etiladi. G. Abu Ali Formadiy (1011-
1085)ning tasavvufdagi ustozidir. Shayx Abusaid Abulxayr (967-1049) bilan yaqin 
aloqada bo‘lgan. Hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar "Tabaqot us-so’fiya", "Risolai 
Qushayriy", "Nafahot ul-uns", "Nasoyim ul-muhabbat" singari asarlardan joy olgan. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
- H -
 
 
HADD ("to‘xtatish", "chora ko‘rish") - Qur’on va sunnaga ko‘ra, odob-axloq va jamoat 
tartibiga doir jinoyatlari uchun beriladigan jazolar: kufr, buzuqiliq, soxta guvoxlik, 
tuhmat qilish, ichkilikbozlik, ichirib mast qildirish, qimorbozlik, savdo qoidalarini buzish, 
qalloblik va b. H. ayrim shaxsga nisbatan emas, balki qonunga qarshi sodir etilgan 
jinoyatga nisbatan qo‘llanilgani uchun tomonlarning kelishuvi va avf etish mumkin emas 
va albatta H. ijro etilmoga shart. H. faqat sudning xukmi bilan beriladi va 40 dan 100 
tagacha qamchi yoki kaltaklash bilan amalga oshiriladi, undan tashqari ibratli jazo turi 
(ta’zir) ham qo‘llanilishi mumkin. Jazo o‘tab bo‘lingach, albatta tavba va kafforat 
to‘lanadi. Qadimda Usmoniylar davridagi Turkiyada H. yirik pul jarimasi to‘lash bilan 
almashtirilishi mumkin bo‘lgan. Mana shu tartib ko‘pgina islom davlatlari qonunchiligi 
tomonidan qabul qilingan. 
 
 
HADIS (arab. - "xabar", "yangilik"), hadislar - Muhammad (sav)ning aytgan so‘zlari, 
qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlar. Ikki qismdan iborat bo‘ladi: matn va 
isnod. H. ikki turga bo‘linadi: 1. Hadisi qudsiy; 2. Hadisi Nabaviy. H.lar e’tiborga olinishi 
jihatidan yana uch qismga bo‘linadi: 1. Sahih. 2. Hasan. 3. Zaif. 
Qur’oni karimda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. 
Ularga aniklik kiritish va izoxdab uqtirish uchun Muhammad (sav) o‘z H.larini aytardi. Bu 
H.larni payg‘ambarning safdoshlari yodda saqlashga harakat kdlardi. Rasululloh (sav) 
hayotlik chog‘larida sahobalarning Qur’oni karimga H.larni aralashtirib yuborishlaridan 
qo‘rqib, H.larni yozishdan qaytarar edilar Rasululloh (sav) vafotlaridan so‘ng H.larni 
nakd qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar 
Payg‘ambarimiz (sav) Hlariga begona so‘z aralashib qolishidan va H. nakd qiluvchi 
sahobalar vafot etishlari bilan H. zoe bo‘lishidan qo‘rqib, uni yozma shaklda to‘play 
boshladilar. Bu odamlar turli yurtlarga tarqalib ketganlar. 7-a. o‘rtalaridan boshlab ularni 
topib, H. larni ogizlaridan yozib olishga harakat qilingan. Bunda turkistonlik muhaddislar 
katta xizmat qilishgan. Islom olamida eng obro‘li hisoblangan H. to‘plamlari quyidagilar 
hisoblanadi: 1) "al-Jomi’ as sahih" yoki qisqacha, "Sahihi Buxoriy"; 2 "Sahihi Muslim", 3) 
"Sunani Termiziy"; 4 "Sunani Abu Dovud"; 5) "Sunani Nasoiy"; 6 "Sunani Ibn Moja". 
Shuningdek, Ibn Hanbal musnadi ham katta shuhrat qozongan (yana q Hadis 
to‘plamlari). 
 
 
HADIS TO’PLAMLARI - hadisga doir kitob turlari. Ahli hadis istilohiga ko‘ra, aqoidga 
taallukdi bo‘lgan hadislar "Ilmi tavhid va sifat"; hukmga dalolat qiluvchi hadislar 
"Sunan"; ilmi suluk va zuhdga oidlari "Riqoq"; yeyish, ichish va kiyinish, o‘tirish, turish 
va safar... odoblariga taallukli bo‘lgan hadislar "Ilmul adab"; tafsir hadislari "Tafsir"; 
tarix va she’r hadislari goh "Ilmu Va’dil-xalq", goh "Siyrat"; asri Jalili nabaviydan so‘ngra 
vujudga kelgan va kelajak fitnalarga doir bo‘lganlari "Ilmul-fitan"; manoqib va 
musolaba, ya’ni shaxslar, qabilalar, shaharlar va b. shu kabilarning maqtovi yoki 
aybloviga doir xabarlar "Ilmul-manoqib" deb ataladilar. Bu boblarning sakkizalovini ham 
jamlagan "Sahihi Buxoriy" kabi kitoblarga "Jomi’" nomi berilgan. Imomi Termiziyning 
kitoblari esa, ham "Jomi’", ham "Sunan" deyilgandir. 
Sahoba ismlari maxsus tartibga solinib, har biridan rivoyat qilingan hadislar jamlangan 
bo‘lsa, unday kitob "Musnad"; muallifning keksalari hurufi hijo (alifbo) tartibiga qo‘yilib, 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
har birining yo‘li bilan muallifga yetib kelgan rivoyatlarni to‘plagan kitob "Mujam" 
deyiladi. 
Hadis kitoblarining yana ko‘p xillari bo‘lsa ham, eng muhim turlari shulardir.  
 
 
HADISI QUDSIY - ma’nosi Alloh taoloniki bo‘lib, aytilishi Rasululloh (sav)dan bo‘lgan 
hadislar. Shuningdek, "Hadisi Rabboniy", "Hadisi ilohiy" deb ham aytiladi. Uni Alloh taolo 
o‘z nabiysiga ilhom berish, tushida ko‘rsatib bildirish orqali xabar beradi, Payg‘ambar 
(as) esa, buning ma’nosi Alloh nomidan, Alloh taolo aytdi, deb sahobalariga 
yetkazganlar. H.q-ning martabasi Qur’oni karim bilan hadisi Nabaviy o‘rtasida. H.q. 
talaffuzi bilan ibodat qilinmaydi, namozda qiroat etilmaydi, u bilan bahsga chorlanmaydi. 
U Qur’onning naqliga o‘xshab mutavotir holda naql qilinmagan. Balki, uning sahih, zaif 
va mavzu-yolg‘onlari mavjuddir. 
 
 
HAJ - Makkani ziyorat qilish, islomning besh asosiy ruknlaridan biri. H. amali uni ado 
etishga qurbi yetgan barcha musulmonlar uchun (juda bo‘lmaganda umrida bir marta) 
farzdir; unga qurbi yetmaganlar o‘zlarining o‘rinlariga "o‘rinbosar" (vakil al-H.) 
yuborishlari mumkin. H. zulhijja oyida amalga oshiriladi va turli marosimlarni (manosik 
al-H.) o‘z ichiga oladi. Ziyoratchilar karvoni Makkaga 7-zulhijjada yetib keladilar Ular 
maxsus joy - miyqotda poklanib ehromga kiradilar, "kichik H." marosimini o‘taydilar (q. 
Umra, tavof). So‘ngra umra va H.ni alohida o‘tashga qaror qilganlar sochlarini oldirib 
ehromdan chiqadilar. Ular bevosita H. oldidan yana qayta ehromga kiradilar. Umra va 
H.ni birga o‘tamoqchi bo‘lganlar (qiron) H. oxirigacha ehromda qoladilar. Zulhijja oyining 
7-kuni ziyoratchilar Ka’bada xutba eshitadilar va namoz o‘qiydilar. Ertasi kuni (yaum at 
tarviya) Mino vodiysiga boradilar Ziyoratchilar zulhijja oyining 8-sanasidan 9-sanasiga 
o‘tar kechani Mino vodiysida o‘tkazadi, Zulhijjaning 9-kuni ertalabdan H.ning asosiy 
marosimi - Arofat tog‘i oldida turish (vukuf) boshlanadi. Ziyoratchilar xutba eshitadilar, 
namoz o‘qiydilar. Bu turish kun botguncha davom etadi. So‘ngra ziyoratchilar Muzdalifa 
vodiysi tomon yuradilar (ifada) Shu yerda shom va xufton namozlari o‘qiladi va tunaladi. 
Zulhijjaning 10-kuni (yaum an nahr) bomdod namozidan keyin ziyoratchilar Mino 
vodiysiga yo‘l oladilar, bu yerda ular Muzdalifadan olgan 49 ta kichik toshning7 tasini 
birinchi kuni eng kichik shayton ramziga uloqtiradilar (q. Shayton). Bu marosimdan 
so‘ng, shu yerning o‘zida savdogarlar va badaviylardan sotib olingan jonliq qurbonlik 
qilinadi. Zulhijjaning 10-kuni musulmonlarning eng muhim bayrami hisoblanib, butun 
islom olamida keng nishonlanadi (q. Hayit, qurbonlik) Sochlarini oldiryb yoxud kestirib 
ziyoratchilar so‘nggi tavofni bajo keltirish uchun Makkaga yo‘l oladilar. Kimda kim 
dastlabki marosim umra qilmay H. qilgan bo‘lsa (H. ifrod) tavofdan keyin sa’yni ado 
etishadi Zulhijjaning 11-kunidan 13-kunigacha (ayyom at-tashriq) ziyoratchilar 
qurbonlik qilishda davom etadilar, Mino vodiysiga boradilar, u yerda endi hamma 
ustunlarga qarab 2 kun7 tadan toshcha otadilar (jamrat al-ula, jamrat al-vusta, jamrat 
al-aqaba), o‘z ishlari bilan band bo‘ladilar. 
H.ning asosiy marosimlari aqidaga ko‘ra Muhammad (sav) tomonidan 632 y. "vidolashuv 
H."ida (H. al-vado’") belgilab berilgan Keyinchalik asosiy huquqiy mazhab 
namoyondalari ziyorat marosim-udumlarini bajarishni batafsil ishlab chiqqanlar. H.ning 
g‘oyaviy va siyosiy ahamiyati bugungi kunda ham ulkan. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, yurtimiz musulmonlariga H. amalini ado etish 
uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.  
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
 
al-HAJAR al-ASVAD - q. Qora tosh.  
 
 
HAZRAT XIZR MASJIDI - Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Shaharning eng qad. 
masjvdi shu yerda kurilgan. Xizr (as) nomidan olingan. Masjidning hoz. binosi 19-a. 
o‘rtalarida qad. bino poydevori ustida bunyod qilingan. Tik zinapoyadan darvozaxonaga 
chiqib, chap tomondagi ravokdan peshayvonga o‘tiladi. Binoning shim.-g‘arbiy qismi 
katta gumbazli xonaqoh. U 1854 y. ta’mir etilgan, peshayvon 1899 y., darvozaxona 
1919 y. kurilgan. H.X.m. hozir ta’mirlangan.  
 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling