Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet16/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55

HAROM MASJIDI (arab. - muqaddas masjid) - Makkadagi Ka’ba ibodatxonasi va u 
bilan bog‘liq bo‘lgan majmua. Qur’onda shu nom bilan tilga olingan. Bu majmua 
qadimdan mavjud bo‘lgan, arablarda islomgacha ham sig‘iniladigan muqaddas joylardan 
biri hisoblangan. Yunon tarixchisi Ptolemey asarlarida 2-a.da Makka va undagi 
ibodatxonaning mavjudliga qayd qilingan. 630 y. musulmonlar Makkani fath qilishgach, 
H.m. islom dinining markazi, eng muqaddas ibodatxona deb tanilgan. H.m. 
majmuasining markazida Ka’ba va hovlisida Zamzam bulog‘i, ikki tepalik (Safo va 
Marva) bor. Tepaliklar tim bilan tutashtirilgan. Masjid 1570 y.da majmua bo‘lib 
shakllangan. H.m. musulmonlar haj qiladigan muqaddas joy hisoblanadi. U 
g‘ayrimuslimlar uchun yopiqdir. Oxirgi ta’mirlash ishlaridan so‘ng H.m. maydoni 
kengayib, 328 ming kv.m.ni tashkil etadi. Bu esa, bir vaqtning o‘zida 730 ming, haj va 
umra paytlarida esa, 1 mln. namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Haj marosimining 
boshlanishi va tugallanishida albatta H.m.ga kelib, Ka’ba tavof qilinadi.  
 
 
HASAN ibn Ali (625-669) - Ali ibn Abu Tolib(kv)ning (Fotimadan tug‘ilgan) o‘g‘li, 
Muhammad(sav)ning nabirasi, ikkinchi shia imomi. 661 y.da Ali o‘ldirilgandan keyin 
uning tarafdorlari H.ni Iroqda xalifa deb e’lon qilgan va Muoviya hokimiyatiga qarshi 
kurashni yangitdan boshlashga da’vat etgan Lekin, H. (ra) Muoviya bilan muzokaralar 
olib borib, u bilan kelishgan, o‘ziga in’om etilgan katta mablag‘ hisobiga hokimiyatga 
da’vo qilishdan voz kechib, Madinaga ko‘chib ketgan va u yerda vafot etgan (shialik 
rivoyatlar bo‘yicha zaharlab o‘ldirilgan).  
 
 
HASAN al-BANNO (1906-1949) - imom shayx. Avval Rashod madrasasi, 
Mahmudiyadagi (Quyi Misr) E’dodiy madrasada, so‘ng Qohiradagi Dorul-ulumda ta’lim 
oldi Yoshligidanoq "Adabiy axloq jamiyati'' keyinroq "Haromdan man etish jamiyati" kabi 
tashkilotlar tuzib ijtimoiy hayotda faol ishtirok etdi. 1928 y.da bir nechta do‘stlari bilan 
"Ixvon ul-muslimin", ya’ni "Musulmon birodarlar" jamiyatini tuzdi. Ushbu jamoaning 
maqsadi juz’iy va mazhabiy ixtiloflarni chetlab Qur’on va sunnatga qaytish bo‘lgan. H.B. 
islomni din va davlat sifatida, shariatni esa, hayotning tarbiyaviy ijtimoiy iqtisodiy va 
siyosiy jabhalarida inson tasarrufotlarini tartibga solib turuvchi nizom deb hisoblagan. 
H.B. haftalik "al-Ixvon ul-muslimin" va keyinchalik "an-Nazir" jurnallarini nashr etgan. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
Uni kitob ta’lif etishga vaqt bo‘lmagan. Keyinchalik turli risola va ma’ruzalari to‘planib 
"Majmuat ur-rasoil kitobi tayyorlangan. 
 
 
HASAN BASRIY, Abu Said ibn Abil Hasan Yasor (642-728) - ilk islomning yirik ilohiyot 
olimi. Madinada tug‘ilgan, 657 y.dan Basra sh.da yashab, shu yerda vafot etgan. 663-
665 ylarda hoz. Afg‘oniston hududidagi harbiy yurishda qatnashgan. Xalifa Umar ibn 
Abdulaziz (681-720) davrida Basrada qozilik qilgan. H.B. atrofida ilohiyot olimlari 
to‘planib, ular Umaviylar davlati ma’naviyatini belgilagan. H.B. obro‘si shunchalik baland 
bo‘lganki, uni ahdi sunna namoyandalari ham, mu’taziliylar ham so’fiylar ham o‘z ustozi 
hisoblagan. H.B qarashlari haqida ma’lumotlar juda oz saqlanib qolgan. Ularga ko‘ra, 
H.B. iroda erkinligi (ixtiyoriylik) masalasida qadariylar nuqtai nazarida turgan va inson 
bu dunyodagi qilmishlari uchun o‘zi mas’ul ekanligini ta’kidlagan. Ayni vaqtda murji’iylar 
ta’limoti ruhida: "Jon taslim qilish paytida kalima keltirgan musulmon najot topib, 
jannatga kiradi", deb aytgan ekan. H.B. mo’tadil siyosiy qarashlarga mos mavqeda 
turgan: umma birligini saqlab qolishga harakat qilib, musulmonlar o‘rtasidagi harbiy 
mojarolarni qoralagan. 
 
 
HAFTIYAK (fors. - yettidan bir) - Qur’oni karimning yettidan bir qismi bitilgan kitob. 
Yosh qorilarga qulay bo‘lsin uchun Qur’on suralaridan bir nechtasi (13-14 ta) tanlanib, 
qiroat kitobi shakliga keltirilgan, uni talabalar oldingi davrda boshlang‘ich maktablarda 
darslik sifatida o‘qigan. O’tmishda Turkistondagi maktablarda xrestomatiya vazifasini 
o‘tagan birinchi qo‘llanma. Bolalar arab alifbosini o‘zlashtirganlaridan so‘ng o‘rgatilgan. 
Odatda H. 1-2 y. o‘qitilgan. H.dan so‘ng Qur’oni karimni o‘qishga o‘tilgan. Yosh talaba 
kichik suralardan ma’lum mikdorda yod olgandan keyin H.ni o‘qishga kirishish 
marosimini o‘tkazish odatga aylangan. Keyinga paytda H. o‘rniga bir yo‘la Qur’oni 
karimning to‘liq nusxasidan o‘qish va o‘qitish rasm bo‘lgan. 
 
 
HASHVIYLAR, al-Hashaviya (yoki ahl al-hashv) - antropomorfik (xudoni inson 
qiyofasida tasavvur etuvchi) qarashlarni targ‘ib etgan musulmon an’anachilari 
(traditsionalistlar)ning laqabi. 8-a.da antropomorfik iboralar qo‘llagan, Qur’on va ilohiy 
takdiri azalni abadiy ekanligini e’tirof etgan "hadis tarafdorlari" (ashob al-hadis)ga 
nisbatan ahl al-hashv nomi ishlatilgan. Ular qatoriga Kahmas ibn al-Hasan al-Basriy (766 
y. Basrada v.e.), Ahmad al-Hujaymiy, Mudar ibn Xolid al-Kufiy va b.ni qo‘shish mumkin. 
Munozara adabiyotida ahd al-hashv ko‘pincha o‘ylamasdan so‘zlaydigan kishilar, 
payg‘ambarimiz Muhammad (sav)ning so‘zlari va ishlari haqida o‘z bilganicha safsata 
to‘qiydiganlarga nisbatan haqoratomuz laqab sifatida qo‘llanilgan. 
 
 
HASHSHOSHIYLAR (arab. - hashish chekuvchilar, giyohvandlar) - ismoiliylar ichidagi 
yashirin terrorchilik bilan shug‘ullangan firqa tarafdorlari. 11-a. oxirida Eronda ismoiliylar 
harakatining bo‘linib ketishi natijasida paydo bo‘lgan. Asoschisi - Hasan ibn Sabboh 
(1124 y. v. e.). Eronning shim.-g‘arbidagi tog‘lar orasida joylashgan Alamut qal’asi H. 
jamoasining markazi bo‘lgan. H. harakati Suriya va Livanda, keyinchalik Hindistonda 
ham tarqalgan. U O’rta Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlaridagi qarmatlar harakati 
bilan uzviy bog‘liq. H. xalifalik va saljuqiylarga qarshi kurashgan. H.ning rahbarlari o‘z 
dushmanlarini o‘ldirishni siyosiy kurashning asosiy vositasi deb bilgan. H. goyat yashirin 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
holda ish ko‘radigan va tarmoqlangan terrorchilik tashkilotini vujudga keltirgan. Uz 
maqsadlarini amalga oshirish (hukmdorlar, podsholar, qirollar va yirik namoyandalarni 
o‘ldirish)da fidoyilar(qashshoq dehqon va shaharlik yoshlar)dan foydalangan. Terrorchi 
(fidoyi)larga giyohvand moddalarni iste’mol qildirib, o‘lsa shubhasiz jannatga tushishiga 
ishontirgan. Birmuncha davr H. ko‘p hukmronlarga dahshat solib turgan, ulardan ko‘plari 
(jumladan ayrim Yevropa mamlakatlari imperatorlari va qirollari ham) o‘z jonini saqlash 
uchun H.ga to‘lov to‘lab turgan. 1256 y. mo‘g‘ul istilochilari Alamutni bosib olib, Eronda 
H. jamoasiga barham bergan. 1273 y.da mamluklar qo‘shini Suriya va Livandagi H.ning 
oxirgi tashkilotlarini tugatgan. 
 
 
HAQQ ("asl", "haqiqiy", "haqiqat") - voqelik haqida bildirilgan fikr voqelikka to‘g‘ri : 
kelishini anglatuvchi termin; fikr ! mulohazalarning voqelikka mos kelishi sidq | termini 
bilan ifodalangan. Bu ikki termin ; ko‘pincha sinonim sifatida ishlatilgan, biroq 
qo‘llaniladigan joyiga qarab ularni farqlashgan: H. termini din yoki mazhabga ; 
ishontirish (akdda) uchun ishlatiladi. Bunda uning ziddi - botil istilohidir. Sidq | termini 
fikr (hukm), mulohaza (qavl)ni ta’riflashda qo‘llanilib, uning ziddi - kizb.  
 
 
HIDOYA (arab. - qo‘llanma; to‘la nomi "al- : Hidoya fi sharh al-Bidoya" - "Bidoya \ 
(kitobi)ning sharhi bo‘yicha qo‘llanma") - ; sunniylikning hanafiylik mazhabida keng I 
tarqalgan shariat qo‘llanmasi (kodeksi). Qo‘llanmani Burhoniddin Marg‘inoniy 13 yil 
davomida yozgan. Uni yaratishda Burhoniddin Marg‘inoniy Qur’oni karim oyatlari, 
dastlabki 4 xalifa, sahobalar va tobeinlarning rivoyatlari, hadislar, sunniylik oqimidagi 4 
mazhab asoschilarining asarlariga tayangan. H. 4 jilddan iborat, 57 kitob, 165 bob, 152 
fasldan tarkib topgan. H.ning 1-jildi 5 kitobdan iborat bo‘lib, tahorat va amaliy ibodatlar 
(namoz, ro‘za, zakot va haj)ga bag‘ishlangan. 2-jildga nikoh, emizish, taloq, qul ozod 
qilish, topib olingan bolalarning nasabini aniqlash, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik, 
vaqf huquqi kabi masalalar kiritilgan. 3-jildda oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, 
qozilarning vazifalari, guvohdik, vakolat, da’vo, sulh, qarz berish, sovg‘a, ijara, voliylik 
(patronat), homiylik kabi masalalar o‘rin olgan. 4-jildda shafoat, merosni taqsimlash, 
vasiyat, dehqonchilik va bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlik qilish, ovchilik, 
garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to‘lash kabi masalalar yoritilgan. Kitob 
yaratilgan davrdan boshlab faqihlar, tarixchilar, shohu hokimlar diqqatini tortib keladi. 
H. bir necha asrlar davomida ko‘p musulmon mamlakatlari, jumladan, Osiyoda ham 
huquqshunoslik bo‘yicha eng asosiy qo‘llanma hisoblangan. O’zbekistonda 20-a.ning 30-
y.larigacha - shariat qozilari bekor qilinib, sho‘rolar sud tizimi joriy qilinguncha amalda 
bo‘lib keldi. U musulmon mamlakatlari oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlariga 
kiritilgan. Kitob jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. H.ni o‘zbek tilida 
mukammal tarjima etishga kiritilgan (kitobning 1-jildi 2000 y. bosmadan chiqdi).  
 
 
HIDOYAT (arab. - to‘g‘ri yo‘l) - haqiqiy e’tiqod yo‘lidan yurish. Zalolatning qarama-
qarshisi. H. Alloh o‘z bandalari uchun ko‘rsatgan eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Qur’oni 
karimning yuzlab oyatlarida H. to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Ularda ta’kidlanishicha, alloh 
taolo H. yo‘liga hammani ham boshlamaydi, balki o‘zi xohlagan, tanlagan kishilarnigina 
bu ne’matga musharraf etadi. Hatto Payg‘ambarimizga xitob qilib: "Sen xohlagan 
kishingai H.ga erishtira olmaysan, lekin Alloh o‘zi xohlaganiga H. ato qilur" -degan 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
mazmunda oyat nozil qilgan. Demak, H. sari da’vat qilish yaxshi, lekin unga erishish 
Allohning izni bilan amalga oshar ekan. 
 
 
HIJOB (arab. - parda, yoping‘ich) - musulmon ayollarning ko‘chaga chiqqanda 
tanasining avrat qismini berkitib turadigan yoping‘ichi. H.ni dastlab Muhammad 
(sav)ning xotinlari keyinchalik barcha ozod musulmon ayollar yopinishi haqida Qur’on 
oyati (33, 54) ila ko‘rsatma berilgan. H.ning bir necha turlari bor. O’zbek ayollarining 
milliy kiyimi shaklan H. kiyimi bilan uyg‘unlashib ketgan. H.ni muslima ayollar, o‘zlariga 
mahram bo‘lmagan, ya’ni, oralarida nikoh qilinishi mumkin bo‘lgan er kishilar oldida 
kiygan hodda bo‘lishlari lozim bo‘ladi. H.ni oddiy bir xil rangdagi, ajnabiy kishilarning 
nazarlarini jalb qilmaydigan matodan bo‘lishi matlubdir. 
 
 
HIJRA, h i j r a t (arab. - ko‘chib o‘tish) -Muhammad (sav) va tarafdorlarining 
Makkadan Madinaga ko‘chishi. O’z diniy targabotlarini Makkada boshlagan Muhammad 
(sav) Quraysh mushriklarining unga nisbatan dushmanligi kuchayishi, vaziyatning 
ogarlashishi natijasida 622 y. safdoshlari bilan Madinaga ko‘chganlar. Ko‘chish bir necha 
oy davom etgan, 638 y.da xalifa Umar buyrug‘i bilan musulmonlar o‘rtasida H. taqvimi 
amalga kiritilgan, ya’ni 622 yil musulmon yil hisobining boshi deb e’lon qilingan (q Hijriy 
yil hisobi). 
 
 
HIJRIY YIL HISOBI - xalifa Umar ibn Xattob tomonidan joriy qilingan musulmonlar yil 
hisobi. Muhammad (sav) va safdoshlarining Makkadan Madinaga ko‘chishi (q. Hijra) 
bilan bog‘liq. Qamariy (hijriy-qamariy yil) va shamsiy (hijriy-shamsiy yil)ga bo‘linadi. 
Qamariya bo‘yicha H. y. h. 622 y.ning 16 iyulidan boshlanib, sinodik oy (29, 530588 
kun)ga asoslangan. 12 oydan iborat bir qamariy yil 354,3671 kundan iborat. Qamariy 
yidda 1, 3, 5,-7, 9 va 11-oylar 30 kundan qolganlari 29 kundan butun qilib olingan, 
Oylar tartibi bilan muharram, safar, rabiul avval, rabiul oxir, jumodil avval, jumodil oxir, 
rajab, sha’bon, ramazon, shavvol. zulqa’da, zulhijja deb ataladi. Qamariy yil tropik 
yildan (hoz. figoriy taqvimidan) 10-12 kun qisqa. Agar grigoriy taqvimida oddiy yil, 
qamariy taqvimda esa, kabisa yili bo‘lsa. ularning farqi 10 kun, ikkala taqvimda oddiy 
yoki kabisa yillari bo‘lsa, farqi 11 kun. qamariy taqvimda oddiy va grigoriy taqvimida 
kabisa yili bo‘lsa, ularning farqi 12 kun bo‘lib, oylar, fasllar bo‘ylab qishdan kuzga, 
kuzdan yozga va h.k. surilib boradi. Qamariy yilning ba’zilari kabisa bo‘lishiga sabab 
yilning kasr qismi (0,3671 kun) har 30 yilda 11,013 kunni tashkil etishidir. Uning 19 yili 
oddiy (354 kunlik), 11 yili kabisa (355 kunlik), 30 yillik arabcha tsiklning 2, 5, 7, 10, 13, 
16, 18, 21, 24, 26 va 29-yillari kabisa deb qabul qilingan. Qamariy hisobi Yaqin va O’rta 
Sharqning ko‘p mamlakatlari va b. ba’zi mamlakatlarda qo‘llaniladi. Hijriy-shamsiy yil 
hisobi 622 y.ning bahorgi tengkunlik kuni - 21 martdan boshlab hisoblanadi; keyingi yil 
boshlari esa, 20, 21 yoki 22 martga to‘g‘ri keladi. Davomiyliga grigoriy taqvimidagi kabi 
365 yoki 366 kundan iborat. Shamsiy bo‘yicha oylarning nomlari xut, hamal, savr, 
javzo, saraton, asad, sumbula, mezon, aqrab, qavs, jady va dalv bo‘lib, bu oylar doimo 
yilning ma’lum bir vaqtlarida keladi. Shamsiy hisobdan Afg‘oniston, Eron, Turkiya va b. 
mamlakatlarda foydalaniladi. Islom diniy an’anasi qamariya H.y.h.ga asoslangan, barcha 
diniy urf-odat va bayramlar ana shu taqvim asosida o‘tkaziladi. O’rta Osiyoda yangicha 
yil hisobi keng ommaviylashganiga qadar qamariya hisobi ham, shamsiya hisobi ham 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
ishlatilib kelingan. Hoz. vaqtda O’zbekistonda H.y.h.dan diniy muassasalar va ruhoniylar 
foydalanadi.  
 
 
HIZBULLOH (arab. - Alloh partiyasi) -islomdagi fundamentalistik firqa. 80-y.larning 
o‘rtalarida tashkil topgan. Bir necha musulmon mamlakatlarda, asosan, Eron va Livanda 
faoliyat yuritadi. H.ning asosiy shiori - "Islom respublikasi"ni tuzish uchun islom 
inqilobini amalga oshirish. Iroqda, Isroil bosib olgan G’azo sektorida, Livanda xam H. 
guruhlari bor. Hozirda H. Falastin -Isroil munosabatlari keskinlashgan sharoitda o‘ta 
jangari faoliyati bilan ajralib turmoqda. 
 
 
HIZBUT-TAHRIR (to‘la nomi "Hizbut tahrir al-islomiy" - "Islom ozodlik partiyasi") — 
norasmiy siyosiylashgan diniy tuzilma (oqim). 1953 y.da Isroilda paydo bo‘ldi. Asoschisi 
- shayx Taqiyuddin Nabahoniy (1909-1979). U Misrdagi "al-Azhar" universitetini 
tamomlagan, Quddus i.da shar’iy shikoyat sudining a’zosi lavozimida ishlagan. 
Iordaniyadagi "Musulmon birodarlar" diniy ekstremistik tashkiloti rahbarlaridan biri 
bo‘lgan. "H.t." tuzilma jihatdan piramida ko‘rinishida tashkil topgan. "Doris"lardan tarkib 
topgan "halqa"dagi 4-5 kishi guruh rahbari -"mushrif"dan saboq oladi. Bunday kichik 
"halqa"larga bo‘linish, tashkilot asoschilarining fikricha, fosh bo‘lish imkoniyatini mumkin 
qadar kamaytiradi. Mashg‘ulot haftada kamida 1 marta o‘tkazilishi shart. Bunday 
"dars"larda nomigagana diniy ta’lim berilib, asosiy e’tibor yoshlar tarbiyasidagi ma’naviy 
bo‘shliqdan foydalanib, ularning ongiga g‘arazli siyosiy fikrlarni joylashga qaratiladi. 
Halqa a’zolari bir-birlarini faqat ismi yoki taxallusi orqali biladi. Tashkilotga a’zo 
bo‘layotgan nomzod har qanday sharoitda ham hizb faoliyati haqidagi ma’lumotni sir 
saqlash haqida qasam ichadi. Mintaqaviy rahbar - "mu’tamad", butun dunyo bo‘yicha 
"H.t." harakati rahbari, ya’ni "amir" tomonidan belgilanadi va viloyat darajasida 
ishlaydigan "mas’ul" hamda tuman miqyosida faoliyat ko‘rsatuvchi "musoid"ga rahbarlik 
qiladi. Tumanlar ham alohida hududlarga bo‘linadi va 4 mushrifdan iborat "naqib" 
rahbarlik qiluvchi "mahalliy jihoz"ni tashkil etadi. "H. t." ko‘pgana musulmon davlatlari, 
jumladan Misr, Iordaniya, Tunis, Iroq, Jazoir, Sudan, Yaman va b. davlatlarda o‘z 
faoliyatini yashirin olib bormoqda. Bugungi kunda bu tuzilmaga falastinlik Abulqadim 
Zallum rahbarlik qilmoqda. Mazkur diniy tashkilot 1992 y.dan O’zbekistonda maxfiy 
faoliyat yurita boshladi. Hizbchilarning maqsadi: tinch, osoyishta davlatda fuqarolar 
urushini boshlash, mamlakat iqtisodiy faoliyatini izdan chiqarish, millatlar va dinlararo 
nizolarni keltirib chiqarish, mamlakatga qurol-yarog‘ va giyohvand moddalarni olib kirib, 
fuqarolarning tinch hayotiga raxna solish, mustaqil davlatni kurol-yarog‘ ishlab 
chiqaruvchi xorijiy mamlakatlarga qaram qilish. Bu diniy tashkilotning 3 kurash bosqichi 
bor. Bular 1) tasqif - tushuntirish ishlari. Onga to‘liq shakllanmagan yoshlarni o‘z 
tuzog‘iga ilintirish. Fikri zaif, ta’sirga beriluvchan huquq-tartibot organlari, 
hokimiyatlardagi mas’ul shaxslarni o‘z tarafiga og‘dirish; 2) tafoul - birgalikda harakat 
qilish, fikriy kurash orqali "ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi yo‘lida fikriy 
inqilobga etishish; 3) inqilob - to‘ntarish, hukumatni ummat orqali qo‘lga kiritish. 
"H.t."ning g‘oyasi islom ta’limotidan uzoq, demoqratik-huquqiy davlat konstitutsiyasiga 
ziddir. U vijdon erkinligini suiste’mol etib, siyosiy hokimiyatga intilish yo‘lini tutgan. 
"H.t." 1989 y.dan turli tillarda "al-Va’y" (Ong) nomli oylik jurnal chiqarib, maxfiy 
ravishda tarqatib keladi. "H.t."ning rasmiy faoliyati arab davlatlarida taqiklangan. Ushbu 
tashkilotning Iordaniyadagi mas’uli shayx Axmad ad-Daur 1969 y. hukumatni egallashda 
ayblanib qatl etilgan, 32 a’zosi Misrda sudlangan. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
 
HISBA - vijdon amri yoki xizmat yuzasidan shariat normalariga amal etilishini nazorat 
qilish; uni amalga oshiruvchi shaxs muhtasib deb ataladi. Dastlab xalifa Ali (kv) davrida 
qayd etilgan, lekin H. istilohi o‘rniga dastlab amr bi-l-ma’ruf va nahy anil-munkar 
("yaxshilikka buyurish va yomonlikni man etish") iborasi qo‘llanilgan, u keyinchalik H. 
istilohini izoxlash uchun ishlatilgan.  
 
 
HISHOM ibn al-XAKAM, Abu Muhammad al-Kufiy (? - 814) - kinda qabilasi mavlosi -
mashhur ilohiyotchi-munozarachi, shialik aqidasi asoschilaridan biri, shialar tarixchisi va 
nazariyotchisi; uning izdoshlari o‘zlarini al-hishomiya deb atashgan. Vosit sh.da tug‘ilib 
o‘sgan, Kufada yashagan. Imom Muso al-Kozimdan 50 ming dirham olib savdogarchilik 
bilan shug‘ullangan va Bag‘dodga ko‘chib borib savdo uyini boshqargan. Bag‘dodda vafot 
etgan. Ja’far as-Sodiqning shogirdi bo‘lgan H.i. al-H. yoshlikdan falsafa va ilohiyot 
muammolariga qiziqqan. Ilmning yetuk namoyondalari bilan muloqotda bo‘lishi 
natijasida u imomiylik haqidagi ta’limotning eng zo‘r bilimdoni va nazariyotchisi bo‘lib 
yetishgan. Muso al-Kozim o‘z tarafdorlarini quvg‘in qilinishidan saqlash maqsadida uni 
ilohiyot bilan shug‘ullanishini va munozaralar qilishini taqiqlagan. 
O’rta asr musulmon olimlari X- i. al-H.ni antropomorfizm (Allohni inson qiyofasida 
tasavvur etish) haqidagi ta’limot asoschisi deb hisoblashgan. Dastlab u Allohni yorqin, 
ko‘zni qamashtiruvchi nurga, shaklsiz yombiga, kristallga qiyoslagan. So‘ngra. U bundan 
kaytib, xudo - bu jism, u hech qanday jismga o‘xshamaydi, u o‘z holicha mavjud. Uning 
intihosi va o‘zaro teng uch o‘lchamida cheklangan. rang, hid, harakat qilish, orom olish 
va b.ga ega, biroq bu sifatlarning barchasi bir-biriga o‘xshashdir (uning rangi uning 
hididir, uning hidi uning harakatidir va b.). Uning turar joyi - taxt, lekin bu joy xudoning 
harakati natijasida paydo bo‘lgan. 
H. i. al-H. 26 ta asar yozgan, jumladan "Ixtilof an-nos fi-l-imoma" risolasi shialikdagi 
ilohiyotga doir ilk asarlardan sanaladi. 
 
 
HOJI - haj marosimlarini to‘la-to‘kis bajargan shaxs. Odatda bunday kishilarga H. so‘zini 
qo‘shib murojaat qiladilar (mas. Ahmad hoji, hoji buva, hoji ota, hoji ona va h.k.). 
Kurbon hayiti kunlaridan boshqa vaqtlarda Makka va Madinani ziyorat qilganlar umrachi 
yoki arabcha "mu’tamir" deb ataladi. Quyidagi shartlarga javob bergan kishilar H. bo‘la 
oladi; 1) islom dinida bo‘lish; 2) balog‘atga yetmoq; 3) esli-hushli bo‘lmoq; 4) qodir 
bo‘lmoq, ya’ni: a) jismonan sog‘lomlik, b) haj safari uchun hamda Vatanda qolayotgan 
oila a’zolarining xarajati uchun kifoya qiladigan mablag‘ga ega bo‘lmoq, v) ayol kishi 
uchun mahram (unga uylanishi mumkin bo‘lmagan er qarindosh) bilan borishi. O’zi 
bormasdan birovga haq to‘lab, sirtdan haj (hajji badal) qilgan odam ham H. hisoblanadi. 
H.lik - biror imtiyoz beradigan mansab yoki lavozim emas. Aksincha, u kishiga jamoada 
kamtarin, taqvodor, husni xulkli bo‘lib yurish mas’uliyatini yuklaydi. Nogiron kishilar haj 
qilmoqchi bo‘lsalar, ularga doim qarab turadigan yordamchi lozim.  
 
 
HOKIM ("hal qiluvchi") - sudlanuvchi taraflar o‘zaro kelishuvga binoan ishni hal etish 
uchun murojaat qilishadigan xolis sudya (hakam). H.ga qozi huzurida ish qo‘zg‘alguncha 
murojaat qilish tavsiya qilingan. H. hech qanday ijroiya hokimiyatiga ega bo‘lmagan, 
uning maqomi belgilanmagan, u hech kim tomonidan tayinlanmaydi, balki hayotiy 
tajribasi va obro‘-e’tiboriga ko‘ra, atrofdagilar tomonidan qo‘yilgan. Shuning uchun bir 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
qabila yoki qishlokda bir paytning o‘zida bir necha H. bo‘lib, boshqasida esa, umuman 
bo‘lmasligi mumkin. H. shaxsiga nisbatan qandaydir maxsus talablar qo‘yilmagan: xar 
qanday kishi. garchi uning hech qanday ma’lumoti bo‘lmasa-da va biron-bir jismoniy 
nuqsoni bo‘lsa-da H. bo‘lishi mumkin. H.ning asosiy maqsadi tomonlarni kelishtirish 
bo‘lib, u o‘z qarorlarida biron-bir huquqiy manbalarga suyanishi shart bo‘lmagan, shu 
bilan birga u islom huquqi normalari (fiqh), odatiy huquq (odat) yoxud o‘zining hayotiy 
tajribasiga birday suyanishi mumkin edi. 
O’rta asr davlat-ma’muriy amaliyotida H. deb ba’zan kichik shahar yoki qishloqning 
saylab qo‘yiladigan rahbariga, shuningdek, biron-bir viloyatni boshqarish uchun 
tayinlanadigan hukumat amaldorlariga aytilgan.  
 
 
HOL (ko‘pligi ahvol; yoxud hola, ko‘pligi holat) - buyum, inson, xudo va b. holati. 
Qur’onda ushbu ma’noda qo‘llanilmagan. 
So’fiylik "psixologiya"sida H. - Allohga intilish "yo‘lida" so’fiy, uning irodasidan tashqari 
va mukammallikka erishganlik darajasidan qati nazar tushadigan holati.  
 
 
HORUN (as) - Qur’onda zikri kelgan payg‘ambarlardan biri, Muso(as)ning akasi. Alloh 
taolo Muso (as)ni payg‘ambar etib, unga Fir’avnni da’vat qilish mas’uliyatini yuklaydi. 
Fir’avndek zolim podshoga ro‘baro‘ bo‘lib uni imonga, hidoyatga da’vat etish kishidan 
shijoat va kuchli iroda talab qilar edi. Muso (as) biroz tezroq va duduqlanibroq gapirar 
edilar. Shu bois, Muso (as) Parvardigorga tazarru ila duo qilib, bu mas’uliyatli va og‘ir 
vazifani ado etishda o‘ziga akasi H.ni yordamchi qilib berishni so‘raydi. Qur’onda 
yozilishicha, nihoyatda fasohatli va ta’sirli so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lgan X-mas’uliyatli 
va og‘ir vazifani ado etishda Muso (as)ga yordamchi qilib beriladi (Toho surasi 25-36-
oyatlar). Aka-uka Fir’avnni hidoyat yo‘liga da’vat etadilar. Ammo Fir’avn Allohning birligi 
va borligini e’tirof qilmay, zalolatdan qaytmaydi. O’zini xudo deb bilgan Fir’avnni Alloh 
g‘arq etib halok qiladi. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling