Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet12/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55

DOR ul-ISLOM ("Islom hududi") - dor ul-harb. zid ravishda mamlakat hayoti to‘laligicha 
shariat yo‘li bilan tartibga solib turiladigan, musulmon hukmdorlari qo‘l ostidagi barcha 
musulmon mamlakatlarning umumlashma belgisi. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
DOR ul-SULH ("tinchlik sulhi hududi") -islom futuhoti davrida musulmon bo‘lmagan 
aholining musulmonlar bilan to‘lanadigan soliq mikdori va aholining huquqiy holatini 
belgilab berish haqida sulh tuzgan viloyatlarni anglatuvchi umumlashma atama; sulh 
shartlari tuzilmagan joylarda ilgarigi tartiblar mavjud bo‘lgan D. ul-S. aholisi (ahd as-
sulh)ga ahl-uz-zimma sifatida qaralgan, lekin D. ul-S.lik savdogarlar dor ul-islomga 
qaraganda 2 barobar ko‘p boj to‘lashgan. Xalifalik parchalanib ketgach, musulmon-
hukmdorlar hukm surgan barcha viloyatlar, aholisining tarkibi va qo‘shni sof musulmon 
davlatlari bilan o‘zaro munosabatlari qandayligidan qat’i nazar, dor ul-islom sifatida 
qarala boshlagan. Nomusulmon davlatlar bilan tuzilgan bitimlar esa, davlatlararo oddiy 
shartnomalar maqomini olgan. 
 
 
DOR ul-FANO (arab. foniylik uyi) - islom dinida inson yashayotgan dunyo (bu dunyo) 
"foniy" (o‘tkinchi) ekanligani bildiruvchi tushuncha. Unga ko‘ra, bu dunyo yaxshi va ezgu 
amallar, savob ishlar qiladigan joy; D. f.da dor ul baqo uchun tayyorgarlik ko‘riladi. D. f. 
g‘oyasi tasavvufda rivoj topgan, bu dunyoga befarq qarash, dunyo lazzatlaridan voz 
kechish ayrim tasavvuf arboblariga xos amallardan hisoblanadi. Bu dunyoni D. f. deb 
atash 9-10-a.larda ayniqsa, malomatiylar tariqatida keng rasm bo‘lgan. 
 
 
DOR ul-HARB ("urush hududi") - dor ul-sulh tashqarisida joylashgan nomusulmon 
mamlakatlar; ular musulmon faqihlari tomonidan musulmonlar bilan urush holatida 
turgan mamlakatlar, ular o‘rtasida harbiy harakatlar olib borilayotganligi esa, 
vaqtinchalik sulh deb qaralgan. 
 
 
DORIMIY, to‘liq ismi Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Bahrom ibn 
Abdussamad ad-Dorimiy al-Hofiz as-Samarqandiy (794-869) - samarqandlik muhaddis, 
mufassir, fiqhshunos, Imom al-Buxoriy ustozi. Yoshligidan aql-zakovati, o‘tkir quvvai-
hofizasi bilan boshqalardan ajralib turgan. Hadis ilmi bo‘yicha dastlabki bilimni 
Samarqandda egallagan, so‘nfa Misr, Shom, Iroq, Xurosonning turli shaharlari hamda 
Makka va Madinada tanikli olimlardan saboq olgan Najmiddin Umar an-Nasafiy (12-a.) 
D. haqida: "Imom ad-Dorimiy ilmi hadis, ilmi osor, ilmi sunnatni Samarqandda yuzaga 
chiqargan zotdir" deb aytgan. D. Samarqand sultoni tomonidan qozi kalon lavozimiga 
taklif etiladi, biroq qozixonada 1 ta ish ko‘rilishi bilanoq, iste’foga chiqadi. D.ning "Al-
Musnad", "At-Tafsir", "Al-Jome’", va b. asarlari bor. "Al-Musnad" asari "Sunani ad-
Dorimiy" nomi bilan mashhur. Islom allomalari uni "As-Sahih" deb atashni taklif qilganlar 
va "As-Sihoh as-Sitta" ("Olti sahih") kitoblari jumlasiga (Ibn Mojaning "Sahihi" o‘rniga) 
kiritishni tavsiya etishgan. U hadislarni mavzularga ajratib bayon etgan. D. 
Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga (boshqa manbalarga ko‘ra Marvda) dafn 
etilgan. 
 
 
DO’IY (arab. - da’vat etuvchi, biror narsaga chaqiruvchi) - islom dinini targib qiluvchi, 
da’vatchi. Ismoiliylar firqasida D. diniy lavozim va unvon. D. ismoiliylar ta’limotidagi 
yetti darajadan (rasul (notiq), vasiy (asos), imom, hujjat, do’iy, ma’zun, mustajib) 
beshinchisi. D. firqaning maxfiy ta’limotidan xabardor va uni targ‘ib qiluvchi 
hisoblangan, firqa rahnamolarining yuqori qatlamiga mansub bo‘lgan. D. unvoni 
ismoiliylar rahnamolari orasida hozir ham amalda. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
 
DRUZLAR - shialikda vujudga kelgan firqa (diniy guruh). Asosan, Livanda va Suriyada 
yashaydi. Ularning qarashlari ismoiliylar qarashlariga yaqin. Firqa fotimiylar xalifasi 
Hakim (996-1021 y. hukmronlik qilgan) davrida paydo bo‘ldi. Hakim umrining oxirida 
o‘zini xudo deb e’lon qilgan va o‘ziga e’tiqod qilishni talab etgan. U sirli ravishda o‘lgach, 
Livan va Antilivan tog‘larida yashovchi xalqlar unga xudo deb e’tiqod qila boshlagan. D. 
nomi xalifa Hakimning targ‘ibotchilaridan bo‘lgan Nishtegin Daroziy (1019 y. v.e.) ismi 
bilan bog‘liq. D. aqidasi o‘ta sirli bo‘lganidan farzandlariga ham qirq yoshga 
yetmaguncha o‘rgatishmaydi. D. aqvdasi bir qancha din va mafkuralardan tashkil 
topgan. Jannat, do‘zax, savob va jazoni inkor qiladi. Qur’onni butunlay inkor qilishadi, 
o‘zlarining xos mushaflari mavjud. Musulmon olimlari D.ni dindan chiqqan oqim deb 
e’lon qilgan. D. aqidasiga ko‘ra, xudo odam qiyofasiga kirib, insonlar o‘rtasida paydo 
bo‘lishi mumkin (shuning uchun ular Hakimning qaytishiga ishonadi). D. Qur’on 
mazmunini majoziy talqin qiladi. Jonning ko‘chib yurishi to‘grisidaga tasavvur tufayli 
o‘limga befarq qaraydilar, islom dini marosimlarini bajarishni shart deb hisoblamaydilar. 
Diniy bayramlardan faqat qurbon hayitini va shialarda motam marosimi hisoblangan 
ashuroni nishonlaydilar. D. sunniylar tomonidan ta’qib etilgani uchun shialarga xos 
bo‘lgan taqiyya talablariga amal qiladilar. Barcha ismoiliylar kabi D. ham shariatni tan 
olmaydilar. D. ikki qismga; "omiy" ("bexabar") va "uqqol" ("bilimdonlar", 
"xabardorlar")ga bo‘linadi. D.da masjidga borish, namoz o‘qish odati yo‘q. Ularning 
ibodatxonalari "xalvo" deb ataladi. Bu yerda payshanba kunlari faqat "uqqol"largina 
to‘planadi. O’rta asrlardan boshlab D. o‘zlarining merosiy mulklariga va hukmdor amirlar 
sulolasiga ega bo‘lgan. Livanda druz amirlari hokimiyati, ayniqsa, Faxriddin II Maon 
(1590-1633) va Bashir II Shihob (1788/ 9—1840 )davrlarida juda yuksalgan .D.Suriya 
xalqining 1925-27 y.larda frantsuzlar hukmronligaga va 1958 y.da Isroilga qarshi 
chiqishlarida faol ishtirok etishgan. Hoz vaqtda D. Livan milliy-vatanparvar kuchlari 
tarkibida jamiyatni qayta qurish uchun kurash olib bormoqda. 
 
 
DULDUL - 1) Muhammad (sav) mingan xachir (ot) larining ismi yoxud laqabi. Uni 
payg‘ambar (as)ga Muqavqis hadya etgan, u zot esa, hazrat Aliga sovg‘a qilgan. 2) "D." 
so‘zi arablarda boshini u-bu tomon chayqab yuruvchi odamga nisbatan ham ishlatiladi, 
shuningdek tipratikan va jayra ham D. deb ataladi.  
 
 
DUO (arab. - iltijo, chaqirish, so‘rash) - Qur’on sura va oyatlaridan o‘qib, so‘ngra Alloh 
taolodan o‘zi yoki boshqalar uchun tilak tilash, iltijs qilish. D. ikki turli bo‘ladi. Birinchisi 
"ma’sura", ya’ni matni Qur’on, hadis yoki boshqa diniy manbalarda aniq belgilab 
qo‘yilgan Dlar Ularni buzmay, qo‘shmay, qanday ko‘rsatilgan bo‘lsa, o‘sha tarzda 
o‘qiydilar. Ikkinchisi "muhtaraa", ya’ni D. matnini o‘zi to‘qib, erkin holatda iltijo qilish. 
Islom dini Allohdan boshqadan madad so‘rashlikni man etadi Insonning ko‘lidan 
keladigan yordamni insondan so‘rash mumkin. Islom aqidasi bo‘yicha, farzad ato etish, 
shifo berish, balo-qazodan asrash insof-tavfiq kabi hojatlar faqat Allohning o‘zidan 
so‘raladi. Undan boshqadan so‘rashlik shirk va kufr sanaladi. D.ning "ma’sura' turlari bir 
necha shaklda ta’lif etilib bizning davrimizgacha yetib kelgan. D.ni qaysi tilda qilishning 
ahamiyati yo‘q. Lekin islom dini aqidasi bo‘yicha, agar talaffuzini o‘rniga qo‘ya olsa va 
mazmunidan ogoh bo‘lsa, D.ni arab tilida o‘qish afzaldir. Ko‘pincha D. bilan bir narsani 
talab qilish ma’nolari bir-biriga aralashib ketadi. Shuning uchun talab nimayu D. nima 
ekanini aniq bilib olish alohida ma’no kasb etadi. Talab - so‘rovchi nutq qiladigan 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
lafzning vasfidir. Menga tilagan narsamni bergan, kabi. D. esa so‘rovchida payds 
bo‘ladigan nafsiy holatdir. Mazkur nafsiy holat ikki narsa bilan: qalb va hislarning 
uyg‘oqligi hamda ularning har birining siniqlik va xokisorlik ila Alloh taologa yuzlanishi 
bilan va yana D. qiluvchining Alloh taolodan sidqidildan o‘zi qilgan gunoxlarga tavba 
qilishni boshlashi bilan bo‘ladi. D qilayotgan paytda qalb va hislarning uyg‘oqligi hamda 
ularning har birining siniqlik va xokisorlik ila Alloh taologa yuzlanishi bo‘lmasa odatga 
ko‘ra, ikki ko‘lni ko‘tarib tilga kelgan talab so‘zlarini takrorlayotgan bo‘ladi. Bundoq 
vaqtlarda qalb g‘ofil bo‘lishi, tilda bir gap, xayolda boshqa gap bo‘lishi ham mumkin. 
Albatta, bu holatni D. deb bo‘lmaydi. Bas, shundoq ekan, bu ishni qilayotgan odamni 
falonchi Alloh taolodan so‘ramoqda deyishimiz mumkin, ammo falonchi Alloh taologa D. 
qilmoqtsa deya olmaymiz. D. talab qilingan narsaga erishishni taqozo qiluvchi sababdir. 
Sababning esa, shartlari va man qiluvchilari bor. Qachon shartlar hosil bo‘lib, man 
qiluvchilar yo‘q bo‘lsa, talab qilingan narsaga erishiladi. Agar undoq bo‘lmasa, 
erishilmaydi. Balki, gohida boshqasi, D. qiluvchi uchun xayrlirog‘i hosil bo‘lishi mumkin. 
Alloh taolo Dlarni ijobat va hojatlarni ravo qiladi.  
 
 
DUOI BAD (fors. qarg‘ash) - kimnidir qarg‘ab, uning zarariga qilingan duo. Mas., ota-
ona qarg‘ishi, mazlum qarg‘ishi va h.k. Hadisi sharifda ota-ona, musofir va mazlum 
(zulm qilingan)larning duolari shaksiz qabul qilinishi ta’kidlangan. Duoi xayrning ziddi - 
D. b.dir. Duoi xayrda kimnidir alqab yoki olqishlab, uning haqqiga qilingan duo 
tushuniladi. Payg‘ambarlardan Nuh (as) o‘z qavmlarini D. b. qilganlar. Natijada ularga 
Alloh taolo to‘fon balosini yuborgan. Islom dinida D. b. qilish tavsiya etilmaydi. Bir inson 
yoki hatto farzand yomonlik qilib,ko‘p zarar keltirgan taqdirda ham, ularning sha’niga 
faqat duoi xayr qilib, Yaratgandan ularga insof-tavfiq so‘rashlik ulug‘ insoniy 
fazilatlardan ekani uqtiriladi.  
 
 
DUOXONLIK - duo o‘qish, dam solish bilan shugullanish. D.da Qur’oni karim va hadisi 
shariflarda ko‘rsatilgan muayyan duolarni o‘qish bilan dam solishga islom dini nuqtai 
nazaridan ruhsat etilgan, uni to‘gri o‘qib, ko‘rsatilgan tartibda ijro etish mumkin; 
duoxonning mantiqsiz, poyma-poy so‘zlarni o‘zicha o‘qib dam solishi mutlaqo man etiladi 
va u bilan shug‘ullanish firibgarlik, aldamchilik va gunoh hisoblanadi. Umuman D. kasbi 
bilan kifoyalanib, jismoniy yoki aqliy mehnat bilan shug‘ullanmaslik ham aqlan, ham 
shar’an salbiy xususiyatlardan biridir. Yana q. Azayimxonlik.  
 
 
DO’ZAX (forscha; arabcha - nor, jahannam, jahim, saqar; o‘zbekcha - tamug‘) - din 
talablarini bajarmagan gunohkorlar oxiratda jazolanadigan joy. Islom dinidagi asosiy 
tushunchalardan biri. Qur’onda D. haqida bir necha o‘rinda ta’kidlab o‘tilgan (6:128; 
11:106, 107). D.ni Alloh kofirlarga va gunohkor bandalarga jazo berish uchun yaratgan. 
Diniy tasavvurga ko‘ra, D. dahshatli chukurlik, ichida olov yonib turadi. D.ga mahkum 
qilingan bandalar shu olovga tashlanadi, ular qaynoq suv ichadi, u yerda o‘sadigan 
zaqqum daraxtining (shayton boshiga o‘xshagan) mevasi bilan ovqatlanadi, cheksiz azob 
chekadi, terilari kuyadi. Qur’onda ta’kidlanishicha, "qachonki terilari kuyib bitishi bilan 
haqiqiy azobni totib ko‘rishlari uchun o‘rniga boshqa terilarni' almashtiramiz" (4:56). D. 
azoblaridan yana biri - achishtiruvchi sovukdir. D. bir necha tabaqadan iborat bo‘lib, har 
bir gunohkor o‘z gunohiga qarab tabaqalarda azoblanadi. Islom diniga ko‘ra, D.ning yetti 
darvozasi bor: 1. Hoviya. 2. Jahim. 3. Saqar. 4. Lazo. 5. Xutama. 6. Sair. 7. Jahannam. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
D.ni qo‘riklovchi farishtaning ismi "Moliki do‘zax" deb ataladi. Qalbida Allohga imoni 
bo‘lgan bandalar D.da ma’lum vaqt azob tortganlaridan so‘ng o‘sha imonlari sharofati 
bilan D.dan chiqarilib, jannatga kiritiladi. Faqir-fuqaro, yetim-esirlarga rahm-shafqat 
qilish, musulmonlar va inson bolasining og‘irini yengil qilish ko‘plab bandalarning D. 
o‘tidan ozod etilishiga sabab bo‘ladi. Ammo, iymonsiz kishilar, kofir va mushriklar D.dan 
chiqmay doimiy azobda qoladi. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
- E -
 
 
ESHON (forscha: ular) - so’fiylik oqimlarida diniy rahnamolar unvoni. Odatda, E.lar 
darvishlik, so’fiylik oqimlarining biriga mansub bo‘lgan. Ismoiliylar firqasi dindorlar 
jamoasining rahbari ham E. deb atalgan. Urta asrlarda so’fiy rahnamolariga murojaat 
qilishda ularning ismlari o‘rnida E., ba’zan "pir" so‘zlari qo‘shib ishlatilgan. E.larga 
muriddarni so’fiylik yo‘liga o‘rgatuvchi (murshid), bemorlar dardiga shifo beruvchi, 
kelajakni oldindan aytuvchi sifatida qarab kelingan. 
 
 
ESHON BOBOXON ibn Abdulmajidxon (1860-1957) - mufti, shayx. Ziyovuddinxon ibn 
Eshon Boboxonning otasi. Toshkentda ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Dastlabki ilmni bobosi 
shayx ul-islom Ayubxon ibn Yunusxondan, uning otasi Abdulla ibn Burhon Eshondan 
olgan. Keyin Buxoroda Mir Arab madrasasida tahsil ko‘rgan. Aqoid, fiqh, tafsir va hadis 
bilimlarini chuqur egallagan va naqshbandiylik tariqatining namoyandasi sifatida 
tanilgan. Urta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkilotchilaridan 
biri va uning birinchi raisi, muftiy (1943-57). Diniy boshqarmaning tashkil etilishi 
mintaqadagi mayda va tarqoq musulmon jamoalarini yagona diniy markazga 
birlashishiga imkon berdi. E.B. boshqarma rahbari sifatida dindorlarning talab va 
ehtiyojlarini hisobga olish bilan birga boshqarma faoliyatini fashizmni tor-mor etish 
uchun frontga har tomonlama yordam ko‘rsatish, xalqaro tinchlikni himoya qilish 
ishlariga yo‘naltirdi. E.B. Toshkentdagi Qaffol Shoshiy maqbarasi hovlisiga dafn qilingan. 
 
 
E’TIKOF - Qur’on va sunnat ila sobit bo‘lgan shar’iy amal. Zuhriyning xabar berishicha, 
Rasululloh (sav) to vafot etgunlaricha E.ni tark etmaganlar. Imom Abu Hanifa, Elarning 
eng ozi bir kun desa, imom Abu Yusuf, uning eng ko‘pi bir kun degan. Imom Muhammad 
fikriga ko‘ra esa, bir soat o‘tirilsa ham, E. hosil bo‘ladi. E. masjidda qilinadi. Faqat tabiiy 
hojatlarini qondirish - tahorat, g‘usl uchun yoki juma namoziga borish uchungina masjid 
tark etiladi. Hojatdan ortiqcha bir soat ushlanib qolsa, E. buziladi. Mu’takif masjidda 
uxlaydi, ovqatlanadi, ehtiyojiga zarur narsalarnigina savdo qiladi. E. payti faqat uxroviy 
(oxiratga oid), xayrli so‘zlarni gapiradi. Ko‘p kunlik E.da kechalari ham masjidda qoladi. 
Bir kunlik niyat qilinsa, tong otmasdan kirib, kun botgach chiqadi. 2 yoki undan ortiq 
kunlik E. uchun kishi masjidga quyosh botishidan oldin kirishi va niyatdagi muddat 
tugagach, quyosh botganidan so‘ng masjiddan chiqishi kerak.  
 
 
E’TIQOD - Allohning kalomi haqiqiy ekanligiga astoydil ishonish, imonning 3 
unsurlaridan biri. E.ning sinonimi sifatida turli aqidaviy maktablar tasdiq, aqida, akd 
terminlarini ishlatganlar. Mazmuni jihatdan E.ga eng yaqin turadigani tasdiq (bi-l-qalb) 
bo‘lib, Alloh va Uning Qur’on orqali yetkazgan so‘zlari haqiqiy ekanini chin qalbdan e’tirof 
etishdir. Ular o‘rtasidaga farq atigi shundaki, tasdiq Allohning so‘zlari haqiqiy va 
ishonchli ekanligani ichki mulohaza bilan anglash, E. bo‘lsa mana shunga qo‘shilish, 
unga qalbdan imon keltirishdir. 
 
 
EHROM (arab. - chegaralanish, ibodat holatiga o‘tish) - 1) musulmonlarning katta va 
kichik haj qilish (haj va umra) vaqtidagi alohida kiyimi. E. - hajni dili bilan niyat qilish, 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
haromdan muhofazalanish degani, ehromdagi kishi "muhrim" deb ataladi. Muhrim 
odobdan tashqari so‘z so‘zlash, xotini bilan yaqinlik qilish, gunoh ishlarga qo‘l urish, bir-
biri bilan qichqirishib g‘ijillashishdan saqlanishi lozim. Muhrim kishi quruq yerlardagi 
hayvonni o‘ldirmaydi, tikilgan libos kiymaydi, oyog‘iga mahsi, etik, paypoq kiymaydi, 
yuzini, boshini biror narsa bilan to‘smaydi, xushbo‘y narsa surtmaydi, tirnoq, soch, 
mo‘ylarini olmaydi. Agar bu qoidalardan birortasini buzsa, hayvon so‘yib yoki sadaqa 
qilib kafforat to‘laydi. 2) E. holatiga kirganlar tanaga o‘raydigan mato. E. 2 bo‘lak (izor 
va rido) bo‘lib, biri bilan chap yelkani, 2-si bilan beldan pastni o‘raladi. Hojilar haj 
kunlarida muqaddas joy (Makkadagi Ka’ba)ga kirish uchun E.ga o‘raladi. E. haj ibodatini 
ko‘rsatilgan tartibda mukammal bajargandan so‘ng yechiladi. 
 
 
EHSON ("astoydillik", "vijdonlilik", "samimiylik") - Qur’onda diniy majburiyatlarni 
o‘tashdagi samimiylik, riyokorlikning ziddi. Umar ibn Xattob (ra)dan keltirilgan 
hadislardan birida aytilishicha: "Ehson - rabbingga xuddi Uni ko‘rib turgandek, ibodat 
qilishingdir. Agar sen Uni ko‘rmagan taqdiringda ham, U seni ko‘rib turadi". Al-Razoliy E. 
terminini "adl - adolat" so‘zi bilan birga ko‘llaganki, bular birgalikda "adolat va vijdon" 
mazmunini kasb etgan. E.aqidaviy tushuncha sifatida islom va imon tushunchalari bilan 
bir qatorda umumiy "din" tushunchasini tashkil qiladi, bunda E. deganda barcha diniy 
aqidalarni to‘liq, shak-shubhasiz va qayta talqinsiz qabul qilishni bildiradi, ya’ni uning 
barcha ko‘rsatmalariga chuqur sadoqatni anglatadi. E. tushunchasidan dindorning 
nomlaridan biri - muhsin kelib chiqqan. Kundalik istiloxda E. termini ixlos - qalbi tozalik, 
fikr va xatti-harakatlarida samimiylikning sinonimidir. Shogirdning ustoziga bo‘lgan 
izzat-ikromi va ustozning barcha o‘gitlariga so‘zsiz amal qilishi ham E. deb ataladi. 
Tasavvufda E. - e’tiqodning oliy bosqichi bo‘lib, undan keyin imon, so‘ng islom turadi, bu 
shariat - tariqat - haqiqat tushunchalariga mos keladi. E. odatda tasavvuf bilan aynan 
hisoblangan. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
- F -
 
 
FADAK - Shim. Hijozdagi dehqonchilik vohasi; Madinadan 2-3 kunlik yo‘lda, Xaybar 
yaqinida joylashgan. Hozirda mavjud emas. F. aholisini yahudiylar tashkil etib, ular 
g‘alla va xurmo yetishtirish bilan shug‘ullanganlar. Islomning ilk davrida voha taslim 
bo‘lish haqida musulmonlar bilan tuzilgan bitimga ko‘ra shuhrat qozongan. Bitimda 
Muhammad (sav) F. yerlaridan olinadigan daromad haqidagi masalani yechib berganlar. 
627 y. Muhammad (sav) F. aholisi Xaybarga harbiy yordam berishini taklif etganidan 
xabar topib, u yerga Ali (kv) boshchiligida kichik qo‘shin yuborganlar. Bu yurish oddiy 
chopqun tusida bo‘lgan. Kelasi yili, musulmonlar Xaybarni egallagach, F. yahudiylari 
Muhammad (sav) elchilari Muxayyisha ibn Mas’ud al-Ansoriy bilan muzokara olib 
borishgan, butun mol-mulklari evaziga vohani tashlab ketishga ruhsat so‘rashgan. Lekin 
Muhammad (sav) bilan tuzilgan sulh bitimiga ko‘ra, ular F.da qolishgan, vohadaga 
yerlarining yarmi ularning xususiy mulki ekanligi e’tirof etilgan, qolgan yarmidan 
keladigan daromad Muhammad (sav) va u zotning xonadoniga topshiriladigan bo‘lgan. 
Rasululloh (sav) bu daromadlarni jamoat ehtiyojlari uchun (etim-esirlar, sayyohlar, 
kambag‘allar, jumladan hoshimiylar urug‘ining eng kambag‘al qatlamini ta’minlashga) 
sarflashga buyruq berdilar, shu bilan birga zaruriyat tug‘ilsa ularni o‘zlariga, oilalariga va 
qarindosh-urug‘lariga sarflayajaklarini bildirdilar. 
Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng qizlari Fotima F.dan (shu bilan birga Xaybar 
vohasidan) olinadigan daromadga ega merosxo‘r sifatida chiqqan. Xalifa Abu Bakr (ra) 
unga Rasululloh (sav)ning "Mening merosxo‘rlarim yo‘q va mendan keyin qoladigan 
barcha narsalar zakot kabi xayrli maqsadlarga mo‘ljallangan jamoa mulki (sadaqa) bo‘lib 
qoladi" degan hadislarini aytib e’tiroz bildirgan. 
Garchi Fotima da’vosi rad etilgan bo‘lsa-da, F. maqomi haqidagi janjal ikki yuz yildan 
oshiq davom etgan. Shialar fikricha, F. yerlari Rasululloh (sav) xonadonining merosiy 
xususiy mulkidir. Siyosiy vaziyatdan kelib chiqib Alaviylarning da’vosi goh e’tirof 
qilingan, goh oliy hokimiyat tomonidan rad etilgan. 
F. uchun uzoq davom etgan kurash shundan dalolat beradiki, ilk islom davrida mulkning 
ikki xil shakli - xususiy va jamoa mulklari o‘rtasida aniq farq bo‘lgan, mulkdorlar tegashli 
huquq va majburiyatlarga ega edilar. 
 
 
FAY ("qaytarish") - musulmonlar g‘ayridinlardan tinch yo‘l bilan oladigan barcha 
narsalar: soliqlarning barcha turi va baytulmol. Qur’onda aytilishicha, "ma afa’a Allohu 
ala rasulihi minhum" (Alloh ulardan O’zining rasuliga qaytargan narsa", 59:6), ya’ni, 
jangsiz qo‘lga tushirilgan o‘lja ("uning uchun jangga na otlarni, na tuyalarni solganlar") 
Muhammad (sav)ga in’om etiladi (nomunosib egalaridan qaytarilgan) va u zot undan o‘z 
xohishlaricha egalik qilishlari mumkin.  
 
 
FAYZ - otilib chiqish, nur chiqarish. Musulmon ilohiyoti va falsafiy adabiyotda ilohiy 
manbadan (q. Sudur) olamni yaralish jarayonini (odatda uch bosqichda) anglatish uchun 
qabul qilingan istiloh. 
Ixvon as-safoga ko‘ra, Alloh olamni uch bosqichli emanatsiya (nur chiqarish): Avvalgi 
aql (al-akl al-avval) - Umumiy ruh (an-nafs al-kulliya) - Materiya (al-xayula) vositasida 
yaratgan. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
FALSAFA - yunoncha "sevaman" ma’nosida keluvchi "filo" bilan "hikmat" ma’nosidagi 
"sofia" so‘zlaridan paydo bo‘lgan va "hikmatni sevaman" ma’nosini ifodalovchi 
"filosofiya" so‘zi arabchaga "falsafa" shaklida ko‘chgan. Mil. av. 7-a.ga qadar borliqning 
boshlang‘ich unsurlari ustida bosh qotirgan va borliq haqida umumiy bir nazariyani 
o‘rtaga tashlaganlar "hakim" ma’nosidagi "sofos" ifodasi ila atalishgan. Ammo ilk daf’a 
Pifagor, insonni sofos deb bo‘lmaydi, chunki aslida sofos Allohdir, degan g‘oyani ilgari 
surgan, binobarin, inson faqat "filosofos" bo‘la olishi mumkinligini aytgan. Usha davrdan 
keyin borliqni yanada teran anglab, uyg‘un bir shaklda tushuntirib berganlar "filo-sofos" 
(hikmatni sevuvchi) nomini olishgan va bu kalima arabchaga "faylasuf" (ko‘pligi 
"falosifa") tarzida o‘tgandir. Tarixda bu unvon ila atalgan ilk mutafakkir Fales (Thales) 
bo‘lgani ma’lum. 8-a.dan e’tyboran Yslom olami yunoncha va suryoniychadan qilingan 
tarjimalar orqali Falsafa bilan tanishdi va ilk islom faylasufi bo‘lgan al-Kindiy (252/866 y. 
v.e.) "falsafa" atamasiga olti xil boshqa-boshqa ta’rif bergan: 1) hikmatni sevish; 2) 
insonning kuchi yetganicha buyuk Allohning fe’llariga o‘xshashi; 3) o‘limni istash; 4) 
hunarlarning hunari va xikmatlarning hikmati; 5) inson o‘zini bilishi; 6) insonning kurbi 
yetgancha abadiy va kulliy bo‘lgan borliklarning haqiqatini, mohiyati va sabablarini 
bilishi... 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling