Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet8/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55

BAZDOVIY, Abul Hasan Ali ibn Muhammad al-Bazdoviy (1009 - 1089) - xanafiylikdagi 
yirik muhaddis va faqih. Nasaf viloyatidagi Bazda (Pazda) qal’asida tug‘ilgan; ko‘plab 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
shogirddar yetishtirgan. Tarixchi Sam’oniy B.ning o‘g‘li al-Hasan ibn Ali al-Bazdoviy 
qo‘lida ta’lim olgan. B. fiqhga doir 6 asar muallifi. 
 
 
BAYT ul-MAQDIS, Bayt ul Muqaddas (arab. - Muqaddas uy) - Quddus (Ierusalim) sh.da 
qadimdan mavjud bo‘lgan, musulmonlar, xristianlar va yahudiylarda muqaddas 
hisoblangan ibodatxonalar. Shu munosabat bilan Quddus sh.ning o‘zi ham B.ul-M. deb 
nom olgan. B.ul-M.ning o‘rta asrlarga oid sharqiy qismida - Harom ash-Sharif (Moria 
tog‘i etaklarida) qo‘riqxonaga aylantirilgan hudud bo‘lib, Aqso masjidi, Qubbat as-sahro 
masjidi va b. inshootlar uning tarkibiga kirgan. Qur’oni Karimning Muhammad (sav)ning 
me’roj kechasida borgan yerlari haqidagi oyatdagi joy - B. ul-M. deb hisoblanadi. 
Muhammad (sav) Madinada bo‘lgan dastlabki bir yarim-ikki yillik davrlarida musulmonlar 
B.ul-M.ga qarab namoz o‘qiganlar (q. Qibla). Quddus sh. Umar (ra) bilan patriarx 
o‘rtasida tuzilgan bitimga asosan 638 y. boshida musulmonlar qo‘liga o‘tgan. Umar (ra) 
Quddusda bo‘lgan chog‘ida Aqso masjidini qurdirgan (705-715 y.larda u yangidan 
qurilgan). Qubbat us-sahro masjidi bunyod etilgach, shaharning diniy markaz sifatidagi 
mavqei kuchaygan. Arabcha al-Quds nomi shu payt (8-a. boshi)dan e’tiboran qo‘llanila 
boshlagan (bu paytgacha shahar Iliyo deb atalgan). 11-13-a.larda B.ul-M. diniy 
urushlar, xususan, salbchilar bilan musulmonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning 
asosiylaridan sanalgan. 1517 y. shaharni Usmonli turk saltanati egallagan. 16-a.da 
Harom ash-Sharif tubdan qayta ta’mirlangan. Ark va b. inshootlar qurilgan. 16-19-a. 
o‘rtalarida shahar (80 ga yaqin shahar hududi va 13 ga dan iborat Harom ash-Sharif) 
devor bilan o‘rab olingan. 1553 y.dagi aholi ro‘yxatiga ko‘ra shaharda 1950 musulmon, 
413 nasoro va 324 yahudiylar oilasi, jami taxm. 15 ming aholi yashagan. 19-a. so‘nggi 
choragidagi aholi ro‘yxatida ham taxm. shu manzara aks etgan. 19-a.da xristian 
qadamjolarini himoya qilish bahonasida Yevropa davlatlari Usmonlilar saltanatining ichki 
ishlariga aralasha boshlagan. 19-a.ning ikkinchi yarmida Kuddusning g‘arbiy qismida 
yevropalik bir qancha missionerlik markazlari paydo bo‘lgan; shu asr oxirida esa, bu 
yerda yahudiy-immigrantlar (muhojirlar)ning koloniyasi (manzilgohi) vujudga kelgan. 
1920-47 y.larda Quddus Millatlar Ligasi mandatiga ko‘ra, Buyuk Britaniya tomonidan 
boshqarilgan Falastinning ma’muriy markazi bo‘lgan. 1947 y. Isroil davlati barpo etilishi 
tufayli Quddus sh. BMT boshqaruvidagi alohida zona sifatida ajratilgan, biroq Isroil-Arab 
urushi (1948-49) natijasida shaharning g‘arbiy qismini Isroil bosib olgan, sharqiy qismi 
esa, Iordaniyaga o‘tgan. 1967 y. Quddusning sharqiy qismi Falastinning arablar 
yashaydigan qismi bilan birgalikda Isroil tomonidan egallangan. 
 
 
BAYTULLOH (arab. - Alloh uyi) - Makka sh.dagi Ka’ba binosi. Uning boshqa nomlari 
ham bor. Mas., Masjidi harom, Baytulatiq, Qibla, Xonai Ka’ba. "Allohning uyi" deganda 
Allohning manzili yoki maskani emas, balki Allohga ibodat qilinadigan joy, qiblagoh 
ma’nosida tushunmoq kerak. Shu ma’noda yer yuzidagi masjidlarning har birini ham 
"Allohning uyi" deb atash mumkin. B.ni "Makkatulloh" deb atash noto‘g‘ridir. 
 
 
BAYTULMOL (arab. - "mol-mulk uyi") - 1) islom mamlakatlarida davlatga qarashli mol-
mulk; 2) qimmatbaho narsalar saqlanadigan bino. B.ni dastlab xalifa Umar ibn al-Xattob 
(ra) ta’sis qilgan. Undagi boyliklar asosan xiroj, jizya, zakot, hums kabi soliklardan 
to‘plangan. BAY’AT (arab. oldi-sotdi) - shariatda kishilarning Rasululloh (sav)ga itoat 
haqida bergan va’dalari. Bu va’dada va’da ahd beruvchi shaxs o‘z itoati evaziga savobni 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
sotib olish ma’nosi borligidan "bay’at" deyilgan. Rasululloh (sav)dan keyin xalifalar, 
davlat boshliqlariga B. qilish odati bo‘lgan. Keyinroq davlat boshlig‘idan boshqalarga, 
ma’lum rahbarlik ma’nosidagi ulug‘larga ham B. qilish tarqagan. Alloh taolo Fath 
surasida: "Albatta, Senga bay’at qilayotganlar, haqiqatda Allohga bay’at qilmoqdalar. 
Allohning qo‘li ularning qo‘llari ustidadir", degan. Bu oyat Hudaybiya sulhi vaqtida nozil 
bo‘lgan. Rasuli Akram (sav) 1400 nafar sahobiylar bilan umra qilgani Makka tomon 
yurganlar. Makkaga yaqinlashganlarida, mushriklar yo‘lni to‘sishga tayyorgarlik 
ko‘rayotgani haqida xabar kelgan. Hudaybiya degan joyda to‘xtalgan. Ikki taraf bir-
biriga vakil yubora boshlagan. Rasululloh (sav) hazrati Usmon ibn Affon (ra)ni 
yuborganlar. U kishi daraksiz uzoq qolib ketganlar. Shunda "Mushriklar Usmonni 
o‘ldiribdi" degan gap tarqalgan. Vaziyat og‘irlashib, qurolli to‘qnashuv bo‘lishi 
muqarrarga o‘xshab qolgan. Ana shunday nozik va xatarli bir paytda musulmonlar Islom 
yo‘lida fidokorlik ahdini berib, Rasululloh (sav)ga B. qilishlari lozim bo‘lgan. Payg‘ambar 
(sav) daraxt tagida turib, B. olganlar, Alloh taolo ushbu B.da ishtirok etganlardan rozi 
ekanini e’lon qilib, oyatlar nozil qilgan. B. vaqtida qo‘l ushlashib turib ahd berilganidan 
ahli tasavvufda muridning shayxga qilgan B.ini "qo‘l berish" deyiladi. Shayxga muridning 
B. qilishi hijriy beshinchi asr (mil.11-a)larda boshlangan, bunda murid o‘z ustoziga 
taqvoda bardavom bo‘lishga ahdu paymon ila B.qiladi.  
 
 
BALOZURIY Ahmad ibn Yahyo ibn Jobir ibn Dovud (taxm. 820-892) - arab tarixchisi. 
"Futuh ul-buldon" ("Mamlakatlarni fath etish") va "Ansob ul-ashrof" ("Iqtidorli 
kishilarning nasablari") kabi tarixiy asarlari bilan mashhur. Birinchi asarining 
qisqartirilgan nusxasi bizgacha yetib kelgan. Unda hijrat davridan boshlab to Suriya, 
Armaniston, Misr, Mag‘rib, Ispaniya, Iroq va Eronning fath etilishigacha bo‘lgan tarixiy 
voqealar bayon etilgan. Asarda mahalliy xalqlar va turli mashhur qurilishlarga doir juda 
ko‘p muhim ma’lumotlar ham bor. Shuningdek, unda arab tilining fath qilingan 
mamlakatlarda devon ishlarida qabul etilishi, turli jarima va soliqlar, tanga va chaqa 
pullar, arab yozuvining tarixi xususida ma’lumotlar mavjud. Bu kitob Gollandiyada 
sharqshunos de Gue tomonidan 1866 y.da nashr etilgan.  
 
 
BALUZIY, Abul Abbos al-Hasan ibn Sufyon ash-Shayboniy al-Baluziy an-Nasaviy (? -
915/916) - shofi’iylikdagi yirik muhaddis, faqih, muftiylardan. Niso viloyatidagi Baluz 
(Faruz) qishlog‘ida tug‘ilgan. Sam’oniyning yozishicha, u Iroq, Shom, Misr va Xuroson 
shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan, uning huzuriga turli mamlakatlardan olimlar kelib 
saboq olganlar. 12-a.da uning Baluz qishlog‘idagi qabri ziyoratgoh bo‘lgan. Sam’oniy 
B.ni fiqh, hadis va ilmi adab bo‘yicha 20 ustozi va 10 ta shogirdini qayd etib o‘tgan. 
Fiqhga doir 3 asari bor.  
 
 
BAL’AMIY Abu Ali Muhammad ibn Muhammad (? - 974 - Buxoro) - tarixchi olim, davlat 
arbobi. Somoniylardan Abdulmalik ibn Nuh (954-961) va Mansur ibn Nuh (961-976) 
zamonida bosh vazir bo‘lgan. U 963 y. Tabariy (839-923)ning "Tarix ul-anbiyo var-rasul 
val muluk val-xulafo" ("Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi") nomli yirik asarini 
fors tilida qaytadan yozgan. Bu Sharqda 9-a.gacha bo‘lgan siyosiy voqealarni o‘zida aks 
ettirgan, O’rta Osiyoda yangi fors tilida bitilgan birinchi asar bo‘lib, Tabariyning arab 
tilida yozilgan va Leydenda (1879-89) nashr etilgan yuqoridagi asariga qaraganda aniq 
ma’lumotlarga boy va ayrim hollarda mufassalroqdir. Aftidan, B. Tabariy asarining 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
avvalgi to‘laroq nusxalaridan foydalangan. B.ning bu asari chet tillariga tarjima qilingan. 
Mazkur kitob 1958 va 1974 y.da tuzatishlar bilan Tehronda 2 marta nashr etildi. Uning 
qo‘lyozma nusxasi O’zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasida saqlanmoqda.  
 
 
BARAKA - islom ilohiyotida biror ishga Allohdan rivoj tilash, oq fotiha berish mazmuniga 
ega bo‘lgan tushuncha; xayrli istak va qo‘rqut. Qur’onda B. uch harf, ya’ni BRK ildizidan 
chiqqan bir qancha so‘z va tushunchalardan iborat. B. so‘zi ko‘plik shaklida barakot deb 
yuritiladi. Qur’onda keltirilishicha, B.ning nozil etuvchisi Alloh bo‘lib, u B.ni 
payg‘ambarlarga (Iso - 19:31/ 32, Muso - 27:8, Ibrohim, Ishoq - 37:113) va ularning 
yaqinlariga (11:48/50, 76/73) ato etgani zikr etiladi. B. istagi musulmonlar o‘rtasidagi 
an’anaviy salom-alikning tarkibiy qismiga aylangan. Oddiy xalq tilida B. mehnat va 
faoliyatda, hosil va daromadda unum, mo‘l-ko‘llik ma’nosini bildiradi. 
 
 
BARKONIY, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ad-Barkoniy (948 - 1034) - shofi’iylikdagi 
mashhur muhaddis, mufassir, faqih, adib va shoir. Xorazmdagi Kot (Kas) sh. atrofidagi 
Barkon qishlog‘ida tug‘ilgan. B. fiqhni dastlab Xorazmda o‘rganib, so‘ngra Xuroson va 
Iroq sh.lari bo‘ylab sayohat qilgan. Bag‘dodda yashagan va jome masjidi qoshidagi 
qabristonga dafn etilgan. B.ning 5 ustozi va 5 shogirdi bo‘lib, fiqhga doir 3 ta asar 
yozgan. 
 
 
BARO’ ibn OZIB, to‘liq ismi Abu Amr al-Baro’ ibn Ozib ibn al-Xoris al-Ansoriy al-Avsiy 
(7-a.) - sahoba. Badr jangiga. bormoqchi bo‘lganida Rasululloh (sav) uni yoshligi tufayli 
jangdan qaytarganlar. Muhammad (sav) bilan birga 14 ta g‘azotda, u zot vafotlaridan 
so‘ng Ray sh.ni fath etishda (644) qatnashgan. Keyinchalik Ali bilan birga Jamol, Siffin 
va Nahravon janglarida jasorat ko‘rsatgan, ko‘p hadislar rivoyat qilgan. Mus’ab ibn az-
Zubayr zamonida (689-691) vafot etgan. 
 
 
BARSISA, Barsis - Qur’onda (59: 16-17) zikr etilgan inson nomi. Qur’oni karimda 
"Mana u (shayton) insonga dedi: "Kofir bo‘l!" Inson kofir bo‘lganida, u dedi: "Men 
sendan yuz o‘gardim. Men butun dunyoning rabbisi Alloadan qo‘rqaman!" Ularning har 
ikkisi ham oxir-oqibatda to abad do‘zax o‘tiga tashlandilar. Kofirlarning holi shu bo‘lur!". 
Bu oyatlar Iblis-shaytonning timsolini aks ettirishda juda muhimdir. Shayton garchi 
insonni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dira olsa ham, uni Allohning g‘azabidan himoya eta olmaydi. U 
Allohga raqib emas, lekin uning zaif dushmani. Qiyomatda shayton o‘zi yo‘ldan urgan 
kishilari qatorida teng jazolanadi. Qur’oni karimdan keyingi rivoyatlarda aytilishicha, B. 
ismli zohid aka-ukalari tomonidan tashlab ketilgan bemor qizning hol-ahvolidan boxabar 
bo‘lib turishga rozilik bergan. Shaytonning so‘ziga kirgan B. zino ish qilib, so‘ngra 
jinoyatini yashirish maqsadida qizni o‘ldirgan; qizning aka-ukalari kelganida B. qizni 
xastalikdan vafot etganini aytgan. Biroq Shayton aka-ukalarga singillari o‘limining asl 
sababini yetkazgan, ular zohidni o‘ldirish qasdida tutib olishgan. Shunda Shayton 
Allohdan yuz o‘girish evaziga uni xalos etishini taklif etgan. B. yuz o‘girgan, lekin shu 
zahoti Shayton ham undan yuz o‘girgan. Bu hikoyadan pand-nasihatlarga oid 
adabiyotlarda keng foydalaniladi. Fuqaholar undan Shaytonning usullari, kirdikorlarini 
ko‘rsatishda yaqqol misol sifatida foydalanadilar: insonning g‘oyibona xohish-istaklaridan 
foydalanib, Shayton uni go‘yo solih amallarni (yuqoridagi holatda - bemor qizning hol-

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
ahvolidan boxabar bo‘lish) qilishga, aslida esa, uni halokatga yetaklovchi amallarni bajo 
etishga undaydi. 
 
 
BAQO VA FANO (arab. baqo - boqiylik, barqarorlik; fano - foniylik, yo‘qolish, 
o‘tkinchilik) - islomdagi tushuncha. Islom dinida baqo - Alloh sifatlaridan biri. 
Tasavvufda baqo Allohning boqiy do‘sti bo‘lib qolish uchun o‘zidan voz kechish, barcha 
yaxshi sifatlarni o‘zida mujassam qilish deb ham tushuniladi. Fano - o‘zidagi barcha 
yomon sifatlarni yo‘q qilish yo‘li bilan Allohga yaqinlik hosil qilishlikdir. Tasavvufda solik 
fano maqomiga yetgach, Allohning haqligi va ulug‘ligi to‘g‘risidagi fikru zikrga g‘arq 
bo‘lib, bu foniy dunyodagi jamiki narsalarni unutib yuboradi. Bu maqom "fano filloh" deb 
ataladi (yana q. Fano).  
 
 
BAG’DODIY, Abul Barakot Hibatulloh ibn Malka al-Baladiy (1077-1164) - faylasuf, 
tabiatshunos, tabib. Bag‘dod xalifalari va saljuqiylar sultonlari saroyida tabiblik qilgan. 
B.ning asosiy asari "al-Mu’tabar fil hikma" bizgacha yetib kelgan. Bu asar sharq 
peripatetizmi ruhida yozilgan bo‘lib uch qismni - mantiq, fizika va metafizikani o‘z ichiga 
oladi. Ikkinchi bo‘limda (Ibn Sino fizikasiga nisbatan) muammoni toraytirib, asosiy 
e’tibor tabiiy-ilmiy masalalarni tadqiq etishning asosiy vositalari sifatida tajriba va 
kuzatishga qaratiladi. Metafizikada, asosan, sharq peripatetiklari izidan borib B. ularning 
ayrim qoidalarini tanqid qiladi. Unga ko‘ra yagonalikdan faqat yagonalik kelib chiqadi, 
abadiy o‘tkinchi hodisalarni (havodis) o‘ziga sig‘dira olmaydi, xudoning mohiyatidan 
tashqari uning boshqa atributlari bo‘lishi mumkin emas hamda o‘nta fazoviy akdlar 
mavjud deb tanqid qildi. Keyinchalik bu tanqid kalom bilan falsafani yaqinlashtirishga 
zamin hozirlagan ar-Roziy tomonidan davom ettirildi. 
 
 
BAG’DODIY, Abu Mansur Abduqohir ibn Tohir (? - 1037) - shofi’iylik faqihlaridan, 
ash’ariy ilohiyotchi. Nishopurda ash’ariy Abu Ishoq al-Isfaroiniy (1027 y. v.e.) 
rahbarligida o‘qigan. B.ning Xurosonda shogirdlari ko‘p bo‘lib, ular orasida mashhur 
ilohiyotchi-so’fiy Kushayriy ham bor edi. B. muhofazasi keng olim bo‘lib, fiqh, usuli al-
fiqh, kalom, grammatika, handasa - jami 17 fandan dars bergan. U uchta asar - "al Farq 
baynal firaq", "Usul ad-din", "al Milal van nihal" yozgan. Bulardan oxirgisi o‘zining 
ma’nosi jihatidan Shahristoniyning xuddi shu mazmundagi asaridan ancha ustun turadi. 
B. boshqa sunniy huquqshunoslar yo‘lidan borib xorijiylar, shialar va mu’taziliylar bilan 
munozarada imomat g‘oyasini rivojlantirdi. U o‘zining zamondoshi va maslakdoshi 
Boqiloniydan farqli o‘laroq, imomat zaruriy narsa va bir vaqtda ikki imomning (mulki 
dengiz bilan ajralgan bo‘lsa) mavjud bo‘lishi mumkin deb hisoblagan. 
 
 
BAHIRO, Buhayro- Muhammad (sav) siyratlari haqidagi hikoyalarda uchraydigan shaxs 
ismi; Muhammad (sav)ning bolalik paytlarida u zotdagi payg‘ambarlik alomatlarini 
payqagan Busrolik (Suriya, Basra sh.) xristian rohib. Hikoya etilishicha, Makka 
karvonlari Damashqqa borayotganda va undan qaytayotganda ko‘pincha B. uyi oldida 
dam olish uchun to‘xtagan. Bir kuni Abu Tolib o‘zi bilan safarga jiyani Muhammad 
(sav)ni ham olgan. B. bulutlar, quyosh va daraxt shoxlari harakatiga asoslanib, 
kelganlar orasida bo‘lg‘usi payg‘ambar borligani aniklagan va uning belgilarini 
Muhammad (sav)da ko‘rgan. U Abu Tolibga bolani ehtiyot qilishni va uni Damashqqa olib 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
bormaslikni maslahat berib, Damashqda uni yahudiylar o‘ldirishi mumkinligini aytadi. 
Shu sababdan Abu Tolib savdo ishlarini shu yerning o‘zida bajarib, Damashqqa 
borishdan voz kechadi. Muhammad (sav)ni tanish uchun B. xristianlarning buzilmagan 
muqaddas kitoblaridagi u zot haqida bitilgan yeridan foydalangan. 
 
 
BAHOIYLIK, bahoiyya - diniy-siyosiy oqim. 19-a. o‘rtalarida Erondagi bobiylik 
harakatining davomi sifatida Iroqda vujudga kelgan. Asoschisi Bahoullo. U insoniyat 
uchun yagona din, iqtisodiyot va davlat zarur, degan g‘oyalarni ilgari suradi (shu bilan 
bobiylikdan farq qiladi). Bahoullo fikricha, mavjud dinlarni yo‘qotishning hojati yo‘q, 
ularni qandaydir bir nuqsonsiz ta’limot asosida birlashtirish lozim. Aslida hamma dinlar 
yaxshi, faqat ularni ortiqcha aqida va urf-odatlardan tozalash kerak. Muhimi - Xudoni 
sevish kerak, chunki muhabbat - taraqqiyotning sharti va koinot qonunidir. 1979 y.da 
Eronda islom inqilobidan so‘ng bu ta’limotning o‘nlab rahnamolari qatl etildi. Bahoiylar 
Osiyoning ba’zi mamlakatlarida ham bor. Bahoiylarning ko‘pchiligi Yevropa va 
Amerikada, asosiy markazlari Germaniya, AQSh, Panamada, markaziy qarorgohi Xayfa 
(Isroil) shahrida. O’zbekistonda bahoiylarning ro‘yxatdan o‘tgan 3 ta jamoasi bor 
(1998). Ular Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlaridadir. O’z an’anaviy bayramlarini 
o‘tkazadi, Xayfa sh.ga ziyoratga borib turadilar.  
 
 
BAHOUDDIN MAJMUASI - shayx Bahouddin Naqshband mozori yonidagi hazira - 
ansambl (Buxoro viloyati, 16-a.). Mozor Abdulazizxon buyrug‘i bilan tartibga solinib, 
hazira barpo etilgan va 1544-45 yillarda majmuaning eng katta binosi - xonaqoh 
qurilgan. B.m. daxmalar (Daxmai shohon va Bahouddin daxmasi), maqbara, 2 masjid, 
saqoxona, hovuz, quduq, minora, madrasa va Abdulazizxon xonaqohidan iborat. Majmua 
kichik gumbazli chortoq darvozaxonadan boshlanadi. Darvozadan o‘tgach, o‘ngda 
kichkina masjid, chap tomonda ziyoratchilar uchun turli binolar bo‘lganligi ma’lum. Yo‘l 
davomida chapda xonlar mozori - Daxmai shohon joylashgan. Daxmai shohon to‘g‘ri 
to‘rtburchak tarhli, bal. 2,5 m, usti kulrang marmar bilan qoplangan. Unda marmar 
o‘ymakorligi, xattotlik san’atining ajoyib namunalari mavjud. Marmarlarga tokchalar, 
ustunchalar, sharafalar, sarv surati va b. bezaklar o‘yilgan; naqshlar ba’zida yozuvlar 
bilan aralash uchraydi. Daxmai shohondan o‘tgan yo‘lak nafis bezatilgan peshtoqqa olib 
keladi (peshtoqning ikki tabaqali eshigiga "bag‘dodi" va "guli nav" uslida naqshlar 
o‘yilgan). Peshtoqning eshigidan o‘tilgach, o‘ngda gumbazli maqbara bor (unga kim dafn 
qilinganligi noma’lum). Chapda -kiraverishda 6 ustunli (soddagina), oldi ayvonli 
Muzaffarxon masjidi joylashgan. Masjid yoniga 2 ustunli Hakim qo‘shbegi masjidi 
tushgan (masjid mehrobida ajoyib mujassamotli namoyon bor). Uning jan.da naqshdor, 
shim.da naqshsiz ayvonlar bor. Bahouddin daxmasi marmar qoplangan kattagina 
murabba supa bo‘lib, atrofi chiroyli marmar panjara bilan o‘ralgan. Undan sal nari, 
shim.da - tomonlari 9,5 m keladigan aylana zinali marmar hovuz, uning shim. tomonida 
kichikroq, ko‘rkam chortoq saqoxona bor. Bahouddin daxmasi bilan hovuz oralig‘ida 
quduq, uning yonidagi chiroyli shiypondan qadimda ziyoratchilarga turli shaklli idishlarda 
"muqaddas" suv ulashilgan. Hakim qo‘shbegi masjidining shim.da ko‘rimsizgana bir 
minora, undan narida hovlidaga hovuzdan 3 baravar katta boshqa hovuz bor. Hovlining 
tashqarisi (shim.-g‘arbi)da to‘rtburchak supa ustida xonaqoh (eni 37 m, bo‘yi 40 m li) 
qad ko‘targan. Markazida atrofi peshtok, ravoqli ayvonlar bilan o‘ralgan masjid, uning 
to‘rvda chorzamin uslubda ishlangan qirma naqshli mehrob mavjud. Imoratning har ikki 
tomonida simmetrik qurilgan ikki qavatli katta-kichik hujralar bo‘lgan. B.m.ga undan 0,5 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
km shim.-sharkda joylashgan "Qasri Orifon" masjidi ham kiradi; uning yonida 
pastakkina minorasi bor. Masjid 3 tarafdan ayvon bilan o‘ralgan; shipi naqsh tushirilgan 
hovuzaklik. B.m. 16-a. me’morliganing yangacha ansambl tuzishda erishilgan 
yutuqlardan namuna bo‘lib, qo‘sh binoli simmetrik ansambllardan farq qiladi. Bahouddin 
Naqshband tavalludining 675 yilligi (1993) munosabati bilan majmua qayta ta’mirlanib, 
qo‘shimcha binolar bunyod etildi (2003).  
 
 
BAHOUDDIN NAQSHBAND, Muhammad ibn Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-
Buxoriy (ko‘proq Bahouddin yoki Xoja Bahouddin Balogardon, Xo‘jai Buzruk, Shohi 
Naqshband nomlari bilan mashhur) (1318-1389) - mashhur avliyo, naqshbandiylik. 
tariqatining asoschisi. Buxoro viloyati hoz. Kogon tumanidagi Qasri Hinduvon qishlog‘ida 
tug‘ilib, shu yerda vafot etdi. Bu qishloq keyinchalik B.N. sharafiga Qasri orifon deb 
atalgan. B.N.ning oilasi va farzandlari to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Uning Muhammad 
payg‘ambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi qayd etilgan. Otasi to‘quvchi 
hamda o‘yma naqsh soluvchi (naqshband) bo‘lgan. B.N. hayotida bobosining alohida 
xizmati bor. U so’fiylar bilan yaqin aloqada edi. Shu sababli nabirasida ilohiyotga katta 
qiziqish uyg‘otdi. B.N. Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, mavlono Orif, 
Xalil ota, Qusam Shayx kabi ustozlardan saboq oldi. B.N.ning deyarli butun umri Buxoro 
va uning atrofidagi qishloklarda so’fiylik bilan o‘tgan. U ikki marta haj qilgan. Raribona 
hayot kechirgan, faqat o‘z mehnati - dehqonchilik va keyinroq kimxobga naqsh (gul) 
solish bilan kun ko‘rgan. O’z ta’limotini yaratishda Yusuf Hamadoniy va Abdulholiq 
G’ijduvoniy g‘oyalariga asoslangan. Ta’limotining asosida "Dil-ba yor-u, dast-ba kor" 
("Ko‘ngil Xudoda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘laversin") degan shior yotadi. 
B.N. tasavvufdagi ilgarilari amalda bo‘lgan qattiq talablarni bir qadar yumshatdi
mo’tadillashtirdi, kundalik turmushga mosladi. Uningcha, Allohga intilish ko‘ngil bilan 
amalga oshishi kerak. Qo‘l esa, ish - mehnat bilan band bo‘laversin. B.N.ning 
tarkidunyochilik qilmay, demakki, bu dunyo ishlaridan ochiq-oshkor qo‘l silkimay turib 
ham Allohga yetishish mumkinligi haqidagi g‘oyasi musulmon olamida tasavvufning juda 
keng aholi qatlamlari ichiga kirib borishini ta’minladi. B.N.ning Buxorodagi qabri 
ziyoratgoh hisoblanadi. B.N. va uning ta’limoti hamda naqshbandiy shayxlar to‘g‘risida 
talay asarlar yaratilgan. Birgana Uzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik in-ti qo‘lyozmalar xazinasining o‘zida a naqshbandiylikka doir 195 kitob 
mavjud. B.N. tavalludining 675 yilligi (1993) O’zbekistonda keng nishonlandi. Unga 
bag‘ishlab qator asarlar nashr etildi, xalqaro ilmiy anjumanlar bo‘lib o‘tdi. B.N. nomi 
bilan bog‘liq yodgorliklar qayta tiklandi. 
 
 
BAHOULLO (arab. - Alloh nuri, jilosi; asl ismi Mirzo Husayn Ali Nuri) (1817 - 1892) - 
bahoiylik asoschisi. Bobiylik harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan. 
Mozandaronda tug‘ilgan. Bobiylarning Eron shohiga uyushtirgan suiqasdi 
muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin B. Iroqqa qochgan (1852), bu yerda o‘zini Bob 
ishini davom ettiruvchi va xudodan vahiy olgan mahdiy deb e’lon qilgan. 1858 yilda 
Bag‘dodda chiqqan "Kitobi iymon" ("Ishonch kitobi") asarida Bob ta’limotiga bo‘lgan 
munosabatini aks ettirgan. 1873 yilda Falastinda "Kitob al-akdas" ("Eng muqaddas 
kitob") asarini yozadi, unda bahoiylik ta’limotining asosiy g‘oyalarini bayon etadi. 
Keyinchalik B. o‘z ta’limotini davom ettirishni katta o‘g‘li Abbos afandiga (taxallusi 
Abdulbaho, 1920 y.v.e.) vasiyat qiladi. Uning avlodlari hamon o‘z g‘oyalarini targ‘ib 
etmoqda. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling