Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet5/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55

ALI AVLODLARI - Ali ibn Abu Tolib avlodlari. Manbalarga ko‘ra, Ali (kv)ning turli 
xotinlaridan (8 yoxud 9) ko‘plab farzandlari - 14 (yoki 18) o‘g‘il va 19 (yoxud 17) qizi 
bo‘lgan. Ularning ichida tarixda eng mashhurlari Muhammad (sav) qizlari Fotimadan 
tug‘ilgan Hasan va Husayn hamda banu hanifa qabilasidan bo‘lgan xotinidan tug‘ilgan 
Muhammad ibn al-Hanafiya hisoblanadi. Aynan mana shu uch farzanddan tarqalgan 
tarmoq oliy hokimiyatga da’vogar bo‘lishgan. Shialikdagi imomiylar oqimi tan oladigan 
12 imomdan 9 tasi Husayn tarmog‘iga mansubdir. Islomning deyarli butun tarixi 
mobaynida A.a. yoxud ularning tarafdorlari oliy hokimiyatga erishish yo‘lida qurolli va 
g‘oyaviy kurash olib borganlar. Ular imomatga faqat A.a. hukmron bo‘lish huquqiga ega 
deb hisoblaydilar. Kurash jarayonida xalifalikning turli chekkalarda A.a. bosh bo‘lgan 
imomatlar barpo etilgan. Ularning ichida eng mashhurlari Marokashdagi Idrisiylar (789-
926), Shimoliy Afrika, Misr va Suriyadagi Fotimiylar (909-1171), Yamandagi Rassiylar 
(9-a. boshidan 1281 y.gacha), Tabariston (863-64 - 928) va Yaman (1592-1962)dagi 
Zaydiylar sulolasi hisoblanadi. Hoz. vaqtda ko‘plab A.a. barcha musulmon 
mamlakatlarida yashaydilar. Ular imtiyozli huquqlarga ega bo‘lib, yashil salla o‘raydilar 
va sayyidlar yoxud shariflar deb ataladilar. Tor ma’noda A.a. alaviyya deganda 
"ashaddiy" shialar jamoasi - nusayriylar tushuniladi. Xalq fikriga ko‘ra, Fotimadan 
tarqalgan A.a. O’zbekistonda "sayidlar" yoxud "to‘ralar" deb ataladi. Ali (kv)ning boshqa 
xotinlaridan tarqalgan avlodlari "xo‘jalar"ga kiradi.  
 
 
ALI ar-RIZO, Ali ibn Muso (765/770-818) - shialarning sakkizinchi imomi. Madinada 
yashagan. 816 y.da xalifa al-Ma’mun mo’tadil shialar bilan ittifoqlashish va ular 
yordamida o‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida A. ar-R.ni taxt vorisi deb e’lon 
qilgan. Lekin bu ittifoq uzoqqa cho‘zilmagan. Sunniylar bunga qarshi harakat boshlagan. 
Xalifa shialar bilan munosabatini uzgandan keyin A. ar-R. Xurosonda Tus sh. yaqinidagi 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
Nukan qishlog‘ida zaharlab o‘ldirilgan va Sanobad qishlog‘iga dafn qilingan, keyinchalik 
uning qabriga maqbara barpo etilgan va shialar uchun ziyoratgoh, asosiy muqaddas 
joylardan biriga aylangan. Qabr joylashgan qishloqqa A. ar- R. sharafiga Mashhadi Ali 
Rizo nomi qo‘yilib (A. ar-R. shahid bo‘lgan joy), u yirik shahar (hoz. Mashhad)ga 
aylangan.  
 
 
AL-ILOHIYLAR - q. Ahli haq. 
 
 
ALIXONTO’RA Shokirxo‘ja o‘g‘li (taxallusi Sog‘uniy; 1885.21.3, To‘qmoq- 1976, 
Toshkent) din va davlat arbobi, ulamo, tarjimon. Taxallusi tug‘ilgan shahrining qisqa 
nomi - Bolasog‘un bilan bog‘liq. Arabiston (Madina)da va Buxoro madrasalarida tahsil 
olgan. Chor ma’muriyatining yerli aholini mardikorlikka olish siyosatiga qarshi chiqqanligi 
uchun podsho maxfiy politsiyasi ta’qibida bo‘lgan. 1916 y. siyosiy muhojir bo‘lib Qashqar 
(Xitoy)ga ketgan. Omma orasida hurriyat uchun kurash g‘oyalarini targ‘ib qilganligi 
sababli 1937 y. Xitoy ma’murlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm 
etilgan. 1941 y. ozod qilingan. 1944 y. Sharqiy Turkiston jumhuriyati e’lon qilinib, A. 
Muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylangan. Milliy qo‘shin tashabbuskori bo‘lgan va 
unga qo‘mondon etib tayinlangan. 1946 y.dan umrining oxirigacha ilmiy, ijtimoiy 
faoliyatini davom ettirgan. Ahmad Donishning "Navodir ul-vaqoe", Darvish Ali 
Changiyning "Musiqa risolasi", shuningdek, "Temur tuzuklari" kabi asarlarni tarjima 
qilgan. A.ning "Devoni Sog‘uniy" she’riy to‘plami, "Tarixi Muhammadiy", "Shifo ul-ilal" 
("Xastaliklar davosi") va b. asarlari bor. "Tarixi Muhammadiy" (yoki "Muhammad tarixi" 
asarini A. 1959 y. yozib tugallagan, lekin u muallif vafotidan keyin chop etilgan (1991 va 
1997). Asar 2 kitobdan iborat, unda Muhammad (sav)ning islom dini vujudga kelishi va 
rivojlanishidagi xizmatlari mufassal yoritilgan, din yo‘lida qilingan g‘azotlar, islom 
diplomatiyasi, g‘oyalari, amaliyoti va yutuqlari tahlil etilgan, Muhammad (sav)ning 
shaxsiy va oilaviy hayoti, payg‘ambarligini tasdiqlovchi mo’jizalar bayon qilingan. A. 
tarixiy me’morlik obidalari va qad. qo‘lyozmalarni saqlab qolishda jonkuyarlik qilgan. 
Toshkentdagi Shayx Zayniddinbobo qabristoniga dafn etilgan. 
 
 
ALLOH (arab. "al-iloh" - ilohiy kuch, turkiy xalqlarda, xususan, o‘zbeklarda - Tangri, 
fors-toj. Xudo, Yazid), Olloh - islom dinida butun mavjudotni yaratgan oliy ilohiy kuch; 
xudoning nomi. Odatda A.ga Taolo (ulug‘, oliy), Taboraka va taolo, Jalla jalalahu, karim, 
buzurg, Parvardigori olam kabi sifatlar qo‘shib aytiladi. Islom diniga binoan A. - 
yakkayu-yagona xudo, olamning yaratuvchisi va qiyomat kunining egasi. U Muhammad 
payg‘ambar (sav)ni insoniyatga o‘zining so‘nggi elchisi sifatida yuborgan. Islomning eng 
asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodat "La iloha illalohu Muhammadur rasululloh" 
("A.dan boshqa iloh yo‘q, Muhammad - A.ning payg‘ambari"), deb uqtiradi. Islomga 
ko‘ra, Qur’on Muhammad (sav)ga farishta Jabroil (as) orqali yuborilgan A.ning so‘zidir. 
Qur’oni karimda A.ning yagonaligi va buyukligi juda ko‘p bor ta’kidlanadi. 112-Ixlos 
surasida: "...U - Alloh Birdir (ya’ni Uning hech qanday sherigi yo’qdir. U yakka-yu 
yolg‘izdir). A. (barcha hojatlar bilan) ko‘zlanguvchidir (ya’ni barcha hojatlar Undan 
so‘raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir). U tug‘magan va tug‘ilmagandir (ya’ni 
A.ning o‘g‘il-qizi ham, otasi-onasi ham yo’qdir. U azaliy va abadiy zotdir). Va hech kim U 
zotga teng emasdir", deyilgan. Shuningdek, Qur’onda doimo A.ning mukammalligi, 
qodirligi va ulug‘ligi haqida gapiriladi. A. "aliym", ya’ni biluvchidir, u bo‘lib o‘tgan 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
ishlarni, endi bo‘ladigan ishlarni, xoh katta, xoh kichik, barchasini biladi; A. "murid", 
ya’ni xohlaguvchidir - dunyodagi ishlarning har biri A. taoloning irodasi va xohishi ila 
bo‘ladi, u xohlagan ish bo‘lmay qolmas va xohlamagan ish aslo bo‘lmas; A. "qadir", ya’ni 
har ishga qudrati yetuvchidir; A. "basir", ya’ni ko‘ruvchi yer va osmondagi, qorong‘u va 
yorug‘dagi, katta va kichik narsalarning barchasini ko‘radi; A. "sami’", ya’ni eshituvchi - 
baland bo‘lsin, sekin bo‘lsin har qanday ovozlarni eshitadi; A. "mutakallim", ya’ni 
so‘zlaguvchi - Qur’oni karimdagi barcha oyatlar, shuningdek, Tavrot, Injil, Zabur 
kitoblari A. taoloning so‘zidir; A. "mukavvin", ya’ni bo‘ldirguvchi - dunyodagi barcha 
narsalar uning bo‘ldirmog‘i ila bo‘lgandir; A. "rabbun", ya’ni tarbiya qiluvchi - barcha 
jonli va jonsiz narsalarni tarbiya qiladi; A. taolo "odil", ya’ni to‘g‘rilik qiluvchi - har bir 
hukmni va har bir ishni to‘g‘rilik ila qiladi, hech kimga jabr va zulm qilmaydi. U mehribon 
va kechirimli. Odamlar butunlay unga itoat etishlari (islomga kirishlari), xudodan qo‘rqib 
vijdonli bo‘lishlari, barcha narsada A.ga va uning irodasiga ishonishlari lozim. A. o‘zi 
xohlagan paytda yerdagi barcha narsani barbod etadi, o‘liklarni tiriltiradi va ularni o‘z 
huzuriga hukm qilish uchun yig‘adi: u yerda har kishining qilgan amaliga ko‘ra yo 
jahannam (do‘zax) azobiga duchor qiladi yoki jannat bilan mukofotlaydi. A. haqidagi 
ta’limot musulmon dini va ilohiyot fanining asosi bo‘lib qoldi. A. tabiatining turli qirralari 
hadis, tafsir va ilohiyotga oid maxsus asarlarda tilga olinib, tushuntiriladi. Shunga ko‘ra, 
U inson sifatlaridan tubdan farq qiladi. Islom ta’limotiga ko‘ra, A. taoloning zoti va 
sifatlari to‘g‘risida chuqur bahs yuritish shar’an man etiladi. A. biror narsaga 
o‘xshatilmaydi va biror narsa ham A.ga o‘xshatilmaydi. A.ning ism va sifatlari Qur’oni 
karimda tilga olingan 99 ismlarida yaqqol ko‘rinadi (q. Al-asmo al-husno). 
 
 
ALLOHU AKBAR - q. Takbir. 
 
 
ALYASA’ (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. A. Banu Isroil 
payg‘ambarlaridan biri bo‘lib, Qur’onda A. haqida alohida oyatlar nozil bo‘lmagan, balkim 
imon keltirish lozim bo‘lgan bir guruh payg‘ambarlar jumlasida zikr qilingan (Sod surasi, 
48-oyat, An’om surasi, 86-oyat). Rivoyatlarga ko‘ra A. Ilyos payg‘ambarning 
amakivachchasi bo‘lib, Ilyos (as) vafotidan so‘ng Alloh A.ni payg‘ambar etishni ixtiyor 
qiladi va A. Ilyos (as) ning da’vatini davom ettirib odamlarni Allohga imon keltirishga va 
Ilyos (as) shariatini tatbiq etishga chaqirgan. A. zamonasida turli hodisalar sodir bo‘lgani 
rivoyat qilingan. 
 
 
AMAL (arab - ish, faoliyat, harakat) - din aqidalariga ishonishdan tashqari dindor o‘z 
faoliyati va harakati bilan bajaradigan barcha ishlarni ifoda etuvchi tushuncha. A. 
umumiy mazmunda diniy marosim, urf-odatlar bilan bog‘liq vazifalarni o‘z ichiga oladi. 
Qur’onda "A." so‘zi juda ko‘p suralarda keladi, bunda musulmonlar tomonidan 
bajariladigan yaxshi, savob va gunoh ishlar ham, shayton tomonidan odamlarga 
qilinadigan vasvasa va zararli ishlar ham tushuniladi. 
 
 
AMIN (arab. - ishonchli, halol) - Muhammad (sav)ga payg‘ambarlik vahiyi kelmasidan 
burungi davrda u zotning nihoyatda halol, rostgo‘y bo‘lganliklari tufayli xalq tomonidan 
berilgan laqab (Muhammad amin, ya’ni Muhammad halol, ishonchli). 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
 
AMIR al-MO’MININ (arab. - mo‘minlar amiri) - arab xalifaligi davridagi xalifalarning 
unvoni. Islom ta’limotida Muhammad (sav) oxirgi payg‘ambar, xalifalar esa, 
payg‘ambarning o‘rinbosarlari hisoblanadi. Diniy, dunyoviy va harbiy hokimiyat ularning 
qo‘llarida jamlangan. Bu vazifalarni bajaruvchilar "xalifa", "imom", "amir" istilohlari 
o‘rniga, har uchala mazmunni ifodalovchi yagona A.al-m. istilohi bilan atalgan. Mazkur 
unvon ilk daf’a ikkinchi xalifa Umar (ra)ga berilgan, keyingi barcha xalifalar (Usmon 
(ra), Ali (kv) va b.) ham shu unvon bilan atalgan. 
 
 
AMIR ul HAJ, Amiral-Haj - haj boshlig‘i, hojilar karvoni rahbari. Haj ziyoratiga 
keluvchilarga rahbarlik qilish odatini Muhammad (sav) belgilab berganlar. Payg‘ambar 
(sav) 631 y. Abu Bakr Siddiqqa Madinadan Makkaga boruvchi karvonga haj amiri 
sifatida boshchilik qilishni, unga g‘ayridinlar qo‘shilib qolmasligi ustidan nazorat qilishni 
topshirganlar. 632 y. Muhammad (sav) ning o‘zlari "vidolashuv haji" ("haj ul vido")ga 
boshchilik qilib, haj marosimlariga doir bir qancha muhim ko‘rsatmalarni berganlar. 
Hajga rahbarlik qilish yoxud A. ul H.ni tayinlash huquqi xalifalarda bo‘lgan. 13-a.da A. ul 
H.ni tayinlash huquqi mamluk sultonlariga o‘tgan, ayni shu vaqtdan e’tiboran Makkaga 
yo‘l olgan hojilarning asosiy to‘planadigan yerlari (mas., Damashq)da tashkil etilgan 
karvonboshilar ham A. ul H. deb atala boshlagan. Makkaga boruvchi hojilarning asosiy 
karvonini tayyorlash va jo‘natishga Usmoniylar davrida ham katta e’tibor berilgan. A. ul 
H. tomonidan qurolli guruh ajratilib, unga Hijozda Turkiyaning mavqeini kuchaytirish 
bo‘yicha muhim vazifalar yuklatilgan. 20-a.ning 20-y.larida Saudiya Arabistoni qiroli Ibn 
Sa’ud davlat hududida A. ul H.ning har qanday siyosiy faoliyat yurgizishini taqiqlab 
qo‘ygan. A. ul H. vazifalari karvondagi tartibni saqlash va diplomatik topshiriqlarni bajo 
keltirish bilan cheklanib qolgan. 1954 y. hajga boruvchilarning asosiy qismi 
to‘planadigan Misrda A. ul H. unvoni bekor qilinib, o‘rniga "hojilar guruhi rahbari" (ra’is 
ba’sat al-haj) tayin etilgan.  
 
 
AMMOR ibn YOSIR, to‘liq ismi Abul Yaqzon Ammor ibn Yosir ibn Omir al-Kinoniy (565-
657) - sahoba, islomga birinchi bo‘lib kirganlardan biri. O’tkir fikrli va jasoratli kishi 
bo‘lgan. Madinaga hijrat qilgan. Badr, Uxud, Xandaq janglarida qatnashgan. U islomda 
birinchi bo‘lib masjid kurgan kishidir, u o‘z masjidini Qabo deb atagan. Ali (kv) xalifaligi 
davrida Kufa amiri bo‘lgan. Ali (kv) bilan birga Jamol va Siffin janglarida qatnashgan va 
Siffin jangida shahid bo‘lgan.  
 
 
AMR ibn al-OSS, to‘liq ismi Amr ibn al-Oss ibn Voil al-Sahmiy al-Qurayshiy; kunyasi 
Abu Abdullo (571-664) - Misrni fath etgan islom sarkardasi, arablarning qabila 
boshliqlaridan. Johiliyat davrida islomga qarshi bo‘lgan. Xudaybiya sulhida islomga 
kirgan. Rasululloh (sav) uni g‘azotga yuborib, yoniga Abu Bakr Siddiq (ra) va Umar 
(ra)ni qo‘shganlar. Keyin A.a.-O.ni Ummonga voliy qilib yuborganlar. Umar (ra)ning 
xalifalik davrida Shom fath qilingach, A.a.-O. Falastin, so‘ng Misrga katta lashkarga 
qo‘mondon bo‘lib borgan. 39 ta hadis rivoyat qilgan. 
 
 
AMR ibn UBAYD (699-761) - mu’taziliylar oqimi asoschilaridan biri. Balxda tug‘ilgan. 
Otasi bilan Basraga ko‘chib borib, Hasan al-Basriydan ta’lim olgan. Ba’zi o‘rta asr 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
ilohiyotchilari islomdan mu’taziliylar oqimining ajralib chiqishiga Vosil ibn Ato emas, balki 
A.i.U. sababchi deb hisoblaydilar. Aslida esa, mutaziliylarning aqlga tayanuvchi alohida 
oqim bo‘lishi Vosil ibn Atoning xizmatidir. Ammo A.i.U. ham iste’dodli shaxs sifatida 
mu’taziliylar ta’limotini shakllantirishga sezilarli hissa qo‘shgan. 
 
 
AMRI MA’RUF (arab. to‘liq shakli "amri ma’ruf, nahiy munkar" - "yaxshilikka buyurish, 
yomonlikdan qaytarish") - islom dinidagi marosim. Musulmonlar bir-birlarini haq yo‘lga, 
yaxshilik va go‘zal axloqqa chaqirishi Alloh tarafidan farz qilingan. Chunki, do‘stona, 
beg‘araz nasihat, xususan, amalda o‘zi o‘rnak bo‘lgan holda, boshqalarni tarbiyalash 
juda katta ta’sirga ega. Kishi o‘z oilasini, farzandlarini diniy e’tiqod, halollik va pok 
axloqda tarbiyalash ham A.m. sifatida farzi ayn hisoblanadi. Alloh musulmonlar bir-
birlarini to‘g‘ri yo‘lga da’vat etib, insoniylikka nomunosib, nojo‘ya ishlardan 
qaytarishlarini (nahiy munkar) zaruriy farzlardan qilgan. Hadislarning birida "Agar sizlar 
bir-biringizni yaxshilikka buyurib, yomonliklardan qaytarib turishlik vazifasini tark 
etadigan bo‘lsangiz, Alloh taolo sizlarga shunday balo va ofatlarni yuboradiki, bu hamma 
uchun fojia bo‘ladi", deb rivoyat qilinadi. Alloh taolo ham o‘z kitobida: "Sizlardan 
yaxshilikka da’vat etadigan, amri ma’ruf va nahiy munkar qiladigan bir toifa kishilar 
bo‘lsin. Aynan ular najot topuvchilardir" (3.104) deydi.  
 
 
ANAS ibn MOLIK, to‘liq ismi Anas ibn Molik ibn an-Nazr an-Najjoriy al-Xazrajiy al-
Ansoriy, kunyasi Abu Sumoma (610, Madina - 712, Basra) - ansorlardan va ashobi 
kiromning faqihlaridan biri. Hijratning ibtidosidan e’tiboran o‘n yil Rasuli Akram(sav)ning 
xizmatida bo‘lishi bilan shuhrat topgan. 2630 hadis rivoyat etgan. Abu Bakr, Umar, 
Usmon, Ubayy bin Ka’b va b. ko‘pgina ashoblardan rivoyat etgan, uning o‘zidan ham 
Hasan Basriy, Zuhriy, Qatoda, Yahyo ibn Said kabi zotlar hadis naql etganlar. Basrada 
eng keyin vafot etgan sahobadir. 
 
 
ANBAR - erkaklar tobutining 4 burchagiga tik qoqilgan tayoqlarga o‘rnatilgan gazlama, 
surp; shuningdek, ayollar tobutining tepasiga ishkom tarzida egib o‘rnatilgan tol 
yog‘ochlari ustiga yopilgan malla bo‘z. 
 
 
ANBAR BIBI MAQBARASI - Zangi ota majmuasi tarkibidagi maqbara. Toshkent 
yaqinidagi Zangi ota qishlog‘ida barpo etilgan (15-a. boshlarida). Zangi ota maqbarasi 
qatori bu yodgorlik ham Amir Temur zamonasi me’morlik an’anasining yorqin 
namunasidir. Rivoyatlarga qaraganda, maqbara Zangi otaning xotini Anbar bibining 
qabri ustiga qurilgan. Maqbara ichidagi ikkinchi qabr Anbar bibining avvalgi qaynonasi 
Ulug‘poshshoniki. A.b.m. keyingi asrlardagi ta’mirlanish oqibatida hozir o‘zining asli 
holatini deyarli yo‘qotgan. Anbar bibi xalq orasida afsonaviy shaxsga aylangan. U 
kishining ruhiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan urf-odat va marosimlarning ko‘pchiligi suv 
toshqini, bola tug‘ilishi va hosildorlik bilan bog‘liq bo‘lgan. 
 
 
ANBAR ONA, Ambar ona- xalq og‘zaki ijodi va islom an’analarida ayollar 
mashg‘ulotining homiysi, piri. Rivoyatlarga ko‘ra, u dastavval shayx Hakim otaning 
zavjasi bo‘lgan, u vafot etgach, Zangi otaga turmushga chiqqan. A.o. haqida hosildorlik 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
ma’budalari, jumladan Avestodagi Anaxita ma’budasiga o‘xshatib bayon etilgan 
afsonalar ham bor. Shuningdek, A.o.ni ko‘p yillar sarson-sargardonlikda yo‘qolgan 
o‘g‘lini qidirganligi, lekin uni topa olmaganligi haqidagi rivoyatlar saqlanib qolgan. A.o.ga 
bag‘ishlab o‘tkaziladigan urf-odat va marosimlarning ko‘pchiligi suv toshqini, bola 
tug‘ilishi va hosildorlik bilan bog‘liq bo‘lgan. Sumalak uchun tayyorlangan bug‘doyning 
tez yoki sekin unib chiqishi ham A.o. nomi bilan bog‘langan. A.o.ga bag‘ishlab 
o‘tkaziladigan tadbirlarda otin bibilar, doyalar, sehrgarlar, parixonlar ishtirok etib, ular 
A.o. haqida to‘qilgan rivoyatlar yordamida turli irim-sirimlarga ishongan sodda kishilarni 
aldab, boylik orttirganlar. 
 
 
ANBIYO (arab. nabiy, payg‘ambar so‘zining ko‘pligi) - q. Payg‘ambar.  
 
 
ANJIRFAG’NAVIY Mahmud [12-a. oxiri, Vobkent tumanidagi Anjir Fag‘nav (hoz. 
Anjirbog‘) qishlog‘i - 1286] - xojagon-naqshbandiya silsilasining yirik namoyandasi, 
buxorolik yetti pirning uchinchisi. Xoja Orif Mohitobon - Revgariydan tahsil olib, uning 
vafotidan so‘ng xojagonlik silsilasini boshqargan. "Silsilai sharif"da 12-halqaning piri 
hisoblanadi. Xufiyona (yashirin) zikr bilan jahriya (baland tovushli) zikrga barobar amal 
qilgan. Xoja Ali Romitaniy (Xojai Azizon)ga ustozlik kilgan. Tug‘ilgan qishlog‘ida dafn 
etilgan. Qabri ustidagi maqbara mustaqillik davrida ga’mirlangan. 
 
 
ANSORIY Boyazid ibn Abdulloh (1525-1572) - Afg‘onistondagi ravshaniylar diniy oqimi 
asoschisi, soxta payg‘ambar. O’zbeklar orasida Bobo Ravshan nomi bilan ma’lum 
bo‘lgan. Yoshligida savdo-sotiq ishlari bilan shug‘ullanib ko‘p shaharlarga borgan. 
Tasavvuf hamda ismoiliylar ta’sirida bo‘lgan. Fiqh ilmi asoslarini o‘rgangan. Ulamolar 
bilan diniy bahslarda ishtirok etgan. 1542 y. "menga ilohiy vahiy tushdi" deb, o‘zini 
payg‘ambar deb e’lon qilgan va "yangi g‘oyalari"ni targ‘ib qilishga kirishgan. Tenglik va 
adolatli jamiyat kurish fikrini ilgari surgan. Afgon mulkdorlariga va mo‘g‘ul istilochilariga 
qarshi olib borilgan harakatga rahbarlik qilgan. A.ning tarafdorlari unga Piri Ravshan 
laqabini berishgan. A. pushtu, fors va arab tillarida bir necha asarlar ("Madad qiluvchi 
pirning ahvoli", "Mo‘minlarning maqsadlari") yozgan. A. pushtu tili uchun o‘z alifbosini 
taklif etgan. 
 
 
ANSORIY al-HARAVIY, Abu Ismoil Abdulloh ibn Muhammad (1006-1089) - mashhur 
so’fiy-hanbaliy. Hirotda tug‘ilgan. Otasi so’fiylardan bo‘lib, o‘g‘lini ham tasavvuf yo‘liga 
boshlagan. To‘qqiz yoshida Abdulloh hirotlik yetakchi shofi’iylar rahbarligida hadis va 
tafsirdan saboq olgan. Ular jumlasiga Mansur al-Azdiy (1018 y.v.e.), Abul Fadl al-Jorudiy 
(1023 y.v.e.) vaYahyo b. Ammor (1031 y.v.e.)larni kiritish mumkin. Garchi uning 
ustozlari shofi’iylar bo‘lsa-da, Abdulloh Qur’on va sunnaga o‘ta mehr qo‘yganidan 
hanbaliy mazhabining ashaddiy tarafdoriga aylangan. A. al-H. saboq olish maqsadida 
1026 y. Nishopurga, so‘ngra Tus va Bistomga borgan. 1031 y. u bir fursat Bag‘dodda 
to‘xtagan chog‘ida mashhur hanbaliy muhaddislarning mashg‘ulotlariga qatnagan. 
Oradan bir oz vaqt o‘tgach, u mashhur so’fiy -Abul Hasan al-Haraqoniy (1033/34 y. v.e.) 
bilan uchrashgan. Boyazid Bistomiyning izdoshi bo‘lgan bu zot bilan muloqotda bo‘lish 
uning hayoti va tafakkurida o‘chmas iz qoldirgan. So‘ngra u Xirotga qaytib ta’lim berish 
bilan shug‘ullangan va mu’taziliy va ash’ariylarga qarshi faol munozaralar olib borgan. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
Shayxulislom unvoniga sazovor bo‘lgan A. al-H. umrining oxirida ko‘z nuridan ajrab 
Hirotda vafot etgan. Yusuf al-Hamadoniy (1140 y. v.e.) A. al-H.ning eng buyuk 
izdoshlaridan sanalib, yassaviylik va xojagon tariqatlari mana shu zotga borib taqalgan. 
 
 
ANSORLAR (arab. - yordamchilar, safdoshlar) - Muhammad (sav) sahobalari bir 
tabaqasining nomi. 622 y. Makkadan Madinaga ko‘chib borgan musulmonlar 
(muhojirlar)ga va Muhammad (sav)ga yordam bergan hamda islom dinini qabul qilgan 
madinalik Avs va Hazraj qabilalarining a’zolari. A. muhojirlar bilan birga ilk musulmonlar 
jamoasini tashkil etgan. A. bilan muhojirlar o‘zaro munosabatlarini bitimlar orqali 
belgilagan. A. Badr jangidan e’tiboran Muhammad (sav)ning Makka mushriklariga qarshi 
yurishlarida faol ishtirok etishgan. Harbiy o‘lja taqsimlanganda muhojirlardan keyingi 
navbatda turganlar. Keyinga siyosiy voqealarda ham A.ning o‘rni katta bo‘lgan. 
Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng ular o‘z ichlaridan xalifa saylashga urinib ko‘rganlar. 
Lekin xalifalik ko‘pchilik ovozi bilan Abu Bakr Siddiqqa nasib bo‘lgan. A. hadis roviylari 
sifatida ham mashhur. 
 
 
ANQO - qadimiy sharq xalqlari mifologiyasiga ko‘ra, Alloh tomonidan har tomonlama 
mukammal qilib yaratilgan afsonaviy qushning nomi. Ba’zi rivoyatlarda ko‘rsatilishicha, 
A. tamomila yo‘qolib ketgan emas, lekin juda kam uchraydi. Islom an’anasida A. 
afsonaviy qush - Semurg‘ bilan aynanlashtiriladi, rivoyat, ertaklarda Humo qushga ham 
o‘xshatiladi. Qad. Sharq xalqlari afsona, ertak va dostonlarida bosh qahramonga homiy. 
U insonlar ko‘ziga ko‘rinmaydi, qanoti, pati oltin, kumush va b.dan deb ta’riflanadi. 
Xalqimiz orasida A. baxt, tole, davlat qushi, kimga soyasi tushsa, o‘sha baxtli bo‘ladi 
degan fikr mavjud. Taqchil, kamyob narsalar haqidagi "anqoning urug‘i" degan ibora 
shuvdan olingan.  
 
 
ARASOT - q. A’rof. 
 
 
ARAFA (arab. - bilmoq, tanimoq, ma’rifat hosil qilmoq) - 1) hijriy-qamariy yil hisobi 
bo‘yicha 12-oy (Zil-hijja) 9-kunining nomi. Islom manbalarida aytilishicha, bu kunning 
A. deb atalishiga sabab Ibrohim (as)ga Jabroil haj ibodatining arkonlarini shu kuni 
o‘rgatib ketgan. Hojilar shu kuni Arafot tepaligiga chiqib, to Quyosh botgunga qadar 
duo, ibodat va iltijo bilan mashg‘ul bo‘ladilar; 2) Hayitdan oldingi kun ham A. deb 
nomlanadi. 
 
 
ARAFOT - Makka sh.dan 20 km narida joylashgan, uzunligi 11-12 km va kengligi 6,5 
km bo‘lgan vodiy. Shimol tomondan tog‘ tepaligi bilan o‘ralgan, bu tepalik ham A. 
deyiladi. Qurbon oyi (Zilhijja oyi)ning 9-kuni, ya’ni arafa kuni hojilar shu tepalikka 
chiqib, to quyosh botgunga qadar ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Islom manbalaridagi 
rivoyatga ko‘ra, Ibrohim (as)ga Jabroil shu tepalikni ko‘rsatib: "Shu joy - Arafotdir, bilib 
oling, haj arkonlari shu yerda kamoliga yetadi, shu yerda gunohlaringizni e’tirof etasiz", 
deganlar. Boshqa bir rivoyatda Odamato bilan Momohavo jannatdan chiqarib 
yuborilganidan keyin bir-birlari bilan shu yerda uchrashgan, deyiladi. A. tepaligida bir 
baland joy borki, u yerni "jabalir rahma" ya’ni "rahmat tog‘i" deyiladi. Muhammad (sav) 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling