Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet7/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55

 
AQIDA (arab. "aqd" - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash; ko‘plikda -aqoid) - 
balog‘atga yetgan kishi e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida 
tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog‘lab olib undan ajralishi mumkin bo‘lmagan shar’iy 
e’tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan A.siga bog‘liq. Agar A.si pok 
bo‘lsa, yo‘li to‘g‘ri bo‘ladi, qilgan barcha amallari qabul bo‘ladi va bandalik bilan sodir 
etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Agar A.si sof bo‘lmasa, buzuq bo‘lsa, yo‘li noto‘g‘ri 
bo‘ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo‘ladi. A. masalasi 
o‘ta muhim bo‘lganidan ham, Odamatodan boshlab, oxirgi payg‘ambar Muhammad 
(sav)gacha bu masalani Alloh taoloning o‘zi ko‘rsatib bergan. Odamatodan tortib 
hozirgacha A. masalasi bir xil bo‘lib kelgan. Islom A.larining asosi Qur’onda berilgan, 
hadislardagi ko‘rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik 
yo‘nalishi ilohiyotda e’tirof etiladigan A.lar yoki imon talablari 7 ta: Allohning 
yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg‘ambarlarga, oxiratga, takdirga 
va qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish (q. Sunniylik). Shialik yo‘nalishi 
ilohiyotida 5 A. tan olinadi: tavhid (Allohning yagonaligi), nubuvvat (payg‘ambar)ga 
ishonish, adl (ilohiy takdirning adolatligiga ishonish), imomat (imomlar hokimiyatini 
tanish), maod (oxiratga ishonish) (q. Shialik).  
 
 
AQIQA (arab. - "chaqaloq sochini olish, qurbonlik so‘yish") - musulmon oilalarida yangi 
tug‘ilgan bolaga ism qo‘yish va "qorin sochi" (bolaning tug‘ilgandagi sochi)ga qaychi 
urish bilan bog‘liq odat. Johiliyat davridagi turli ma’bud va ma’budalarga atab qilinadigan 
kurbonliklar o‘rniga musulmon oilasida farzand tug‘ilganligining shukronasi sifatida bir 
qo‘y so‘yib (imkoniyatga qarab) A. marosimini o‘tkazishlik joriy etilgan. So‘yiladigan qo‘y 
sog‘lom, nuqsonsiz bo‘lishi lozim. Islom an’anasida A.ni chaqaloq tug‘ilgan kunning 7 
yoki 14 yoxud 21-kunlari o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu kunlarda A. o‘tkazilmay qolinsa, 
so‘ng qaysi kunda, qachon amalga oshirilsa ham vazifa bajarilgan hisoblanaveradi. 
Islomda A. sunnat amallardan. Imom Buxoriyning "Adab durdonalari" nomli kitoblarida 
payg‘ambarimiz (as) nabiralari Imom Hasan ila Imom Husaynga bittadan qo‘y so‘yib A. 
qilib berganlari rivoyat qilingan. A. kuni chaqaloqqa nom qo‘yish, uning tanglayini 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
shirinlik ila ko‘tarish, qorin sochini olib sochni tarozining bir pallasiga, ikkinchisiga 
sochga barobar kumush solib, uni hadya qilish hamda chaqaloq o‘g‘il bo‘lsa xatna qilish 
ham shu kuni o‘tkazilgan. 
 
 
AQL (arab. - ong) - insondagi anglash va tafakkur qilish xususiyati. Islomda A. 
Allohning eng ulug‘ ne’matlaridan sanaladi va diniy majburiyatlarning dindor zimmasiga 
yuklanishi uchun A.ning raso bo‘lishi shart qilinadi. A. ikki xil bo‘ladi, biri - tug‘ma A., 
ikkinchisi kasbiy, ya’ni bilim va tajriba asosida rivojlanib boruvchi A.  
 
 
AQSO MASJIDI (arab. - uzoqdagi masjid) - Quddus (Ierusalim) sh.dagi yahudiylik 
an’anasida muqaddas hisoblangan qad. ibodatxona (Sulaymon ibodatxonasi). Qur’onda 
shu nom bilan tilga olingan. Islomdan ilgari arablar, undan keyin musulmonlar 
jamoasining a’zolari A.m. tomonga qarab ibodat qilganlar. 624 y.da Makkadagi Ka’ba 
qibla deb e’lon qilingandan keyin u tomonga qarab ibodat qilish to‘xtatilgan. Keyinchalik 
7-a. oxiri - 8-a. boshida xalifa Abdumalik tomonidan bu yer Haram ash-Sharif deb 
atalgan va islom ibodatxonalari majmui barpo etilgan. Hadislarda keltirilishicha A.m. 
islomdagi uchta muqaddas masjid (Makka va Madinadaga masjidlar qatorida)dan biri.  
 
 
AHD - qasam bilan berilgan va’da, topshiriq, so‘z berish, shartnoma, ahdu paymon. 
Qur’onda A. Allohning o‘z bandalariga bergan va’dasi va bandalarining Alloh oldidagi 
iltijo va ahdu paymonlarini bildiruvchi barqaror tushuncha. A. bir-birini himoya etish, 
homiylik ko‘rsatish, qo‘shnichilik, ittifoq tuzish va shu kabi har qanday shartnomaviy 
majburiyatlarni mustahkamlagan. A. ayrim odamlar yoki guruhdar o‘rtasida bevosita 
yoki vositachilar orqali tuzilishi mumkin. A. topshiriq sifatida hokimiyatni vorisga 
topshirish amalining asosiy qismini ifodalab, u o‘z navbatida, hokimiyatni qabul qilish 
huquqiga ega bo‘lgan shaxs, o‘zining bunday vazifani bajarishga roziligini e’lon qilib, 
ahdu paymonning alohida rasmiy so‘zlarini aytib, va’da beradi va shu lahzadan boshlab 
vali al-ahd (valiahd) unvoni va lavozimi egasi bo‘ladi. Tasavvufdagi A. - alohida qasam 
bo‘lib, tariqatga kirayotganlar tomonidan bajariladigan marosimning bir qismidir.  
 
 
AHKOM (arab. hukmning ko‘pligi) -islomdagi tushuncha. Shar’iy A. sakkizta -farz, vojib, 
sunnat, mustahab, muboh, harom, makruh, mustakrah. Bulardan tashqari yana odob, 
mandub, fazilat, nafl, tavavvu’ kabilar bor, ularning hammasi bir gap, qilsa savob 
bo‘ladi, qilmasa malomati yo‘q. Ammo qilmoq yaxshidir. 
 
 
AHL uz-ZIMMA - q. Zimmiy.  
 
 
AHL ul-KITOB, Ahdi kitob (arab. - kitob ahdi, mazmunan o‘z diniy kitobiga ega bo‘lgan 
xalqlar) - islom aqidasiga ko‘ra, musulmonlardan oldin ilohiy kitobga ega bo‘lgan 
ummatlar. Ular o‘zlariga yuborilgan muqaddas kitoblar (Tavrot, Zabur, Injil) matnini 
buzganlar; Muhammad (sav) va uning oxirgi payg‘ambarlik vazifasi to‘g‘risida eslatilgan 
gaplarni chiqarib tashlaganlar. A. ul-K.ga xristianlik va yahudiylikka e’tiqod qiluvchilar 
kiritilgan. Musulmonlar umuman A. ul-K.ga sabr-toqatli munosabatda bo‘lib kelganlar. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
Bu hol musulmonlar bilan boshqa dindagilar o‘rtasida kelishuv va tinch munosabatlar 
o‘rnatilishiga imkon bergan. Hoz. kunda Zaburga e’tiqod va amal qiluvchilar yo‘q 
bo‘lganidan A. ul-K.lar deyilganda nasoro va yahudiylar tushuniladi.  
 
 
AHLI BAYT (sinonimlari: Ol al-bayt, Ol an-nabi) - "Xonadon ahli", "Payg‘ambar oilasi". 
Qur’onda zikr etilgan. U musulmon mualliflari tomonidan har xil sharxlanadi. Sunniylar 
bu tushunchani keng ma’noda qo‘llab, unga Muhammad (sav)ga yaqin bo‘lgan odamlarni 
ham kiritadilar. Shialar A.b.ni Fotima, Ali, Hasan, Husayn va ularning avlodlari bilangina 
chegaralaydilar. "Payg‘ambar oilasi"ga sig‘inishni samoviy ahamiyatga ega deb bilib, 
uning oila a’zolarini "ilohiy nur" sohiblari va maxsus bilimlar egasi, deb hisoblaydilar. 
 
 
AHLI SUNNA val JAMOA -musulmonlarning asosiy va jumhur ommasi e’tiqod va amal 
qilib kelayotgan akddaviy va mafkuraviy mazhablarning jamlama nomi. Islomning 
dastlabki davrlarida boshqa mazhab va oqimlar kabi A.S.val J. ham bo‘lmagan. Birinchi 
hijriy asrning birinchi yarmi oxirlarida turli siyosiy sabablarga ko‘ra, musulmonlar safida 
ajralish paydo bo‘ldi. Avval xorijiylar toifasi, keyinroq shia va b. musulmonlar 
ommasidan ajrab chiqtsilar. Ularga o‘ziga xos nomlar berila boshladi. Har tomon o‘zining 
haqligani isbot qilish uchun o‘z fikrini, yo‘nalishini himoya qilib chiqqan, shu tariqa har 
guruhning o‘ziga xos aqidasi shakllana boshlagan. Boshqa firqalar ajralib chiqqach
qolgan musulmonlarning asosiy ommasi A.S.val J. deb atala boshlangan. Bu nomda 
Payg‘ambar (sav)ning sunnatiga amal qilish va musulmonlarning asosiy ko‘pchilik 
jamoasi ma’nolari aks etgan. Shuning uchun ham A.S.val J. ulamolari boshqa 
toifalarning hammasi bilan tortishganlar va ularning xato fikrlarini tanqid qilganlar. 
Avvalgi aqidaviy tortishishlar faqat Qur’on va hadis asosida bo‘lgan. Bu ma’noda hazrati 
Ali, Abdulloh ibn Abbos kabi sahobalar xorijiylarning boshliqlari bilan olib borgan bahs va 
tortishuvlari A.S.val J.ning dastlabki dalil keltirish urinishlari bo‘lgan. Keyingi avlod 
musulmonlari ichidan Hasan Basriy va uning hamfikrlarini keltirish o‘rinlidir. A.S.val J.ga 
mansublikni bildiruvchi asosiy belgilar quyidagilardir: dastlabki to‘rt xalifa (Abu Bakr, 
Umar, Usmon va Ali) hokimiyati qonuniy ekanligini tan olish, oltita hadis to‘plami (al-
Buxoriy, Muslim, at-Termiziy, Abu Dovud, an-Nasoiy, Ibn Moja to‘plamlari)ni sahih 
(ishonchli) deb bilish, to‘rt diniy-huquqiy mazhab - hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, 
xanbaliylikdan biriga mansub bo‘lishdan iborat. Islom davlatlari hududlarining kengayib 
borishi turli din, toifa, mazhab va mafkura tarafdorlarining musulmon bo‘lishi oqibatida 
aqidaviy masalalar yana ham murakkablashib ketdi. Buning ustiga turli tomonlardan 
musulmonlar aqidasini buzishga urinish va tanqid qilish ham avj oldi. Ana shunday 
murakkab holat A.S.val J. aqidasi va fikrlarini ilmiy asosda jamlash va tartibga solishni 
taqozo etdi. Bu ishni musulmon olamining mashriq tomonida Abu Mansur al-Moturidiy 
as-Samarqandiy va ikkinchi tomonida Abul Hasan aya-Ash’ariy uddaladilar. A.S.val 
J.ning aqidaviy masalalari o‘sha ikki olim shaxsiga nisbat berilib (ash’ariylar, 
moturidiylik) deb nomlanadigan bo‘ldi. A.S.val J. faqatgana aqida bobida emas, balki 
boshqa sohalarda ham o‘ziga xos mazhablarni birlashtirgan. A.S.val J.ning o‘ziga xos 
tafsir maktabi ham bor. Ularning mashhur tafsirlari jumlasiga Abu Mansur al-
Moturidiyning "Ta’vilotu ahli sunna", Abul Barakot Nasafiyning "Madorikut Tanziyl", 
Ismoil Haqqiyning "Ruhul Bayan" tafsirlari va b. kiradi. A.S.val J.ning o‘ziga xos hadis 
sharhi maktabi ham yuzaga kelgan. Bu maktabning yirik namoyondalari ichida 
Asqaloniy, Badriddin Ayniy, Ali Qori kabilar bor. Shunga o‘xshash islomiy ilmlarning 
barcha sohalarida A.S.val J.ning o‘z maktablari bor. 20-a. oxirida islomning dunyodagi 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
siyosiy o‘rni kuchayishi sharoitida sunniylik va shialik o‘rtasidagi munosabatlar ham 
keskinlashdi, bu hol mamlakatlar o‘rtasida (Eron-Iroq), shuningdek, turli 
mamlakatlarning ichki hayotida (Saudiya Arabistoni, Livan) ham ko‘zga tashlandi, biroq 
ular ko‘p holatlarda uchinchi darajali ahamiyat kasb etgan (Eron-Iroq) yoxud osongina 
hal etilgan. Sunniylikning ko‘pgina o‘ziga xos xususiyatlari hoz. vaqtda islomning haqiqiy 
demoqratik din ekanligani isbot qilishda dalil sifatida ko‘rsatilmoqda. Sunniylar barcha 
islom olamidagi davlatlar aholisining ko‘pchiligini (Eron va Iroqdan tashqari) tashkil 
etadi. 
 
 
AHLI HAQ (fors., arab. - "haqiqat kishilari"), aliilohiylar - shialarning yashirin jamoasi. 
Eronlik shialar A.h. tarafdorlarini "aliilohiylar" deb ataydilar. Bu jamoa taxm. 14-a.da 
vujudga kelgan. G’arbiy Eron va Sharqiy Turkiyaga, keyinchalik Afg‘oniston, Iroq, 
Suriya, Ozarbayjonning janubiga yoyilgan. A.h. Ali azaldan ilohiy va u Odamatodan to 
Muhammad (sav)ga qadar bo‘lgan payg‘ambarlarda, shia imomlari va kelajakda 
mahdiyda mujassamlanadi, deb hisoblaydilar. A.h. jannat va do‘zaxni inkor etib, jonning 
yangicha shaklga kirishiga ishonishadi. Ular darvishlarga o‘xshab jazavaga tushishadi, 
shuningdek, ularda nasroniylikdagi kabi muqaddas uchlik aqidasi ham mavjud. A.h. ning 
aqidasida masihiylikdagi uchlik tushunchasi asosiy o‘rin tutadi. Hoz. vaqtda A.h. 
Turkiyada shialarning taxm. 90% ini, Afg‘onistonda 15% dan ortig‘ini, Eronda 8% ga 
yaqinini tashkil qiladi. 
 
 
AHMAD ibn HANBAL, Abu Abdulloh; Ibn Hanbal (780-855) - ilohiyot olimi, 
sunniylikdagi hanbaliylik mazhabining asoschisi va imomi. A.i.H. o‘smirligidanoq hadis va 
fiqhni o‘rgana boshlagan, zamonasining yirik ulamolari, jumladan Abu Yusuf va ash-
Shofi’iylar bilan muloqotda bo‘lgan. 816-833 ylarda Bag‘dodda mudarrislik qilgan va fiqh 
ilmi bilan shug‘ullangan. A.i.H. an’anaviy sunniylikni himoya qilgan, mu’taziliylarga 
qarshi kurashgan. Abbosiy xalifalar Ma’mun (813-833), Mu’tasim (833-842) va Vosiq 
(842-847)lar davrida mu’taziliylar oqimi ta’limoti rasmiy e’tiqod sifatida e’tirof etilgan, 
A.i.H. mansub bo‘lgan an’anaviy islom tarafdorlari ta’qib ostiga olingan edi. Aslida 
an’anaviy islom ulamolari va mu’taziylar o‘rtasidaga bahs bir asrdan (xalifa Hishom 
(724-743) davridan) beri davom etib kelar, ular islom ummasining parchalanishida bir-
birini ayblardi. Ma’mun ana shu bahsga barham berish, mu’taziliylarning bir necha 
aqidalari, va ayniqsa, Qur’onning yaratilganligi (ya’ni Alloh tomonidan yaratilgani), 
haqidagi fikrni qaror toptirish maqsadida 833 y. maxsus hay’at tuzgan va barcha 
ulamolarni imtihon (mehna) qildirgan. Bu aqvdalarni qabul qilmagan din arbobi Qur’onni 
Alloh bilan bir darajaga qo‘yuvchi mushrik, ya’ni ko‘pxudolik tarafdori deb e’lon qilinar va 
shunga yarasha jazoga tortilardi. O’z fikrlaridan qaytmagan bir necha ulamo qatori A.i.H. 
2 yil zindonda yotgan. Ozodlikka chiqqach, umrining oxirigacha diniy-siyosiy faoliyatini 
davom ettirgan. Pirovardida mehna kutilgan natija bermadi va an’anaviy islom tarafiga 
o‘tgan xalifa Mutavakkil (847-861) 848 y. mehnani bekor qilgan. Keksayib qolgan A.i.H. 
Bag‘dodda endi o‘zining nomi bilan atala boshlagan diniy-siyosiy harakatning g‘oyaviy 
rahnamosiga aylangan. Bag‘dod va Basradagi faol mu’taziliylarning ro‘yxati tuzilib, ular 
qirg‘in qilinganlar. 9-a.ning 20-40-ylari musulmon ummasida yuz bergan parokandalik 
holatini tahlil qilib, A.i.H. islomning "oltin davri" - Muhammad(sav) va ilk xalifalar 
davriga qaytish kerak, degan xulosaga keldi. Ayniqsa, "bid’at" masalasida u keskin 
mavqeda bo‘ldi. Uning fikricha, Qur’on, hadis va musulmon ulamolarining ilk uch avlodi 
fikri (ijmo)ga asoslanmagan din va hayotga oid har qanday "yangilik" qoralanmog‘i 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
darkor. Shuningdek, u diniy arboblar hokimga ta’sir o‘tkazishlari lozim, deb uqtirdi. 
A.i.H. ta’limotini uning shogirdi al-Barbahariy (847-941) o‘z asarlarida davom ettirgan. 
Hanbaliylik mazhabi nazariyasi Ibn al-Javziy (1116-1200) va Ibn Taymiya (1263-1328) 
asarlarida o‘z ifodasini topdi. A.i.H.ning "6 aqida" (islom dini ahkomlarining qisqacha 
bayoni), hadislar to‘plamlari, shu jumladan 30 ming hadisni o‘z ichiga olgan "Musnad" 
("Isnodli hadislar to‘plami") va imon-e’tiqod, fiqh va ibodat masalalari bo‘yicha risolalari 
hozirgacha saqlanib qolgan. 
 
 
AHMAD KOSONIY - q. Mahdumi A’zam. 
 
 
AHMADIYA - 19-a. oxirida Hindistonda vujudga kelgan diniy harakat. Mirza Rulom 
Ahmad Kodiyoniy (1835-1908) asos solgan. U 19-a.ning 70-y.larida Panjob 
musulmonlari o‘rtasida yirik ulamo va avliyo sifatida nom chiqargan. Islom tarixi va 
ilohiyot bo‘yicha bir necha asar yozgan. 1891 y.da "Anjumani Ahmadiya" diniy 
tashkilotini tuzgan. Izdoshlari uni "payg‘ambar", deb e’lon etgan. Vafotidan keyin uning 
o‘rniga Hakim Nuriddin qolgan. Bashar Ahmad ibn Rulom ham taniqli A. arboblaridan 
hisoblanadi, "Siyrat ul Mahdiy" ("Mahdiyning hayot yo‘li"), "Kalimat ul-fasl" ("Ajratuvchi 
so‘z") va b. kitoblari bor. 
A. aqidalari islomga zid. A. aqidasi bo‘yicha: 1) G’ulom Ahmad va’da qilingan Iso Masih 
emish; 2) Alloh ro‘za tutar, namoz o‘qir, uxlar, uyg‘onar, yozar, imzo chekar, ba’zan 
adashar emish; 3) Muhammad (sav) oxirgi payg‘ambar emas, chunki Alloh o‘z ehtiyojiga 
ko‘ra yer yuziga payg‘ambarlar yuborib turar, ulardan eng afzali esa G’ulom Ahmad 
emish; 4) Jabroil (as) G’ulom Ahmadga vahiy olib tushar emish; 5) Kodiyon qishlog‘i 
Makkai-mukarrama va Madinai-munavvaradan afzal emish; 6) Araq ichish, af’yun va b. 
mast qiluvchi narsalarni iste’mol qilish mumkin. Hoz. kunda ahmadiylar Hindiston va 
Pokistondan tashqari, bir necha arab mamlakatlari, Eron, Afg‘oniston, Afrika hamda 
G’arb mamlakatlarida tarqalgan. Londonda ularning katta markazi bor. Ahmadiylar MDH 
hududiga keyinga yillarda kirib keldi. Ko‘proq ishbilarmon, tojir va xayriya jamiyati 
vakillari sifatida Tatariston va b. joylarda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. Robita al-alam al-
islom (Islom olami ittifoqi) A.ni "islomga yot oqim" deb e’lon qilgan. 
 
 
AHROR (arab. - "hur" so‘zining ko‘pligi) -islomda "hur", "ozod" ma’nolarini anglatuvchi 
tushuncha. Tasavvufda uch xil asirlikdan xalos topgan kishiga "hur" unvoni beriladi. 
Birinchisi - hayvoniy va shahvoniy his-tuyg‘ularni yengib, ularning asirligidan qutulish. 
Bu martaba nomi - "hurriyati omma". Bu xususiyat hammada ham bo‘lishi mumkin. 
Ikkinchisi - ortiqcha orzu-havaslardan voz kechish. Bu - "hurriyati xossa" atalib, u 
tasavvuf ahlining ko‘pchiligida topilishi mumkin. Uchinchisi - barcha dunyoviy taqlid, 
an’ana va mashg‘ulliklardan dilni pok tutish. Bu - "hurriyatu xossatil-xossa" atalib, u 
tasavvuf ahlining ayrimlarigagina nasib etadi 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
- B -
 
 
BADAVIY, Abu Fityon (yoxud Abu Abbos) Ahmad Sidi ash-Sharif (1199-1276) -
badaviya (yoki ahmadiya) tariqati asoschisi, Misr xalqi hozirgacha e’zozlaydigan 
mashhur so’fiy. Fes sh.da o‘z shajarasini Aliga bog‘lagan va 7-a. oxirida Mag‘ribga 
ko‘chib kelgan oilada tug‘ilgan. 1210 y. Makkaga kelgan. Bu yerda B. shofi’iylik huquqi 
va Qur’on tilovati bilan mashg‘ul bo‘lgan. 1230 y. otasi vafotidan keyin B. odamlardan 
uzoklashib, yolg‘iz zohidona turmush kechirgan, u faqat imo-ishora vositasida odamlar 
bilan muloqotda bo‘lgan. 1236 y. B. o‘zining tushi ta’biriga amal qilib Iroqqa borgan, u 
yerda Abdulqodir Geloniy (Jiloniy) va Ahmad ar-Rifo’iy maqbaralarini ziyorat qilgandan 
so‘ng Bato’ik sh.da rifo’iylar tariqatiga qabul qilingan. 1237 y. B. Misrning Tant sh.ga 
ko‘chib kelib, shu yerdagi rifo’iylarga rahbarlik qilgan. Bu yerda u o‘zining darvishona 
turmush tarzi (suv ichmasdan va taom yemasdan 40 kun ro‘za tutishi, uyining tomidan 
quyoshga tikilib qarashi - "soyaga yurish", ba’zan to‘la sukunatda, ba’zan baqirib-
chaqirib yurish va b. bilan xalq orasida shuhrat qozongan. Tantda vafot etgan. Xalq 
orasida uning "mo’jizakor" kuchi haqida ko‘plab rivoyatlar tarqalgan. B.ning vafotidan 
so‘ng, uning xalifasi va vorisi Solih Abdul Ol (1333 y.v.e.) uning qabri ustiga masjid 
qurdirgan, u avliyoni ziyorat qilish markaziga aylangan. B.ga sig‘inish Misrning qad. 
qibtiy-xristian urf-odatlarini o‘zida uyg‘unlashtirib yuborgan. Ko‘pchilik misrlik 
musulmonlar B.ning Tantdagi maqbarasini ziyorat qilib, keyin haj ziyoratiga borishadi. 
Shundan uning "Bob un-nabiy" ("Payg‘ambar darvozasi") laqabi kelib chiqqan. Oddiy 
xalq orasida u as-Sayid ("janob"), tariqat a’zolari uchun u - qutb deb ataladi. Magrib 
badaviylari kabi bosh kiyim kiygani uchun "Badaviy" laqabini olgan deb hisoblanadi. B. 
Misrda xonanda ayollar va raqqosalar uyushmasining rahnamosi hisoblangan, 
shuningdek u yo‘qolgan narsalarni, jumladan yo‘qolib qolgan bolalarni topishda ko‘mak 
beruvchi shaxs sifatida mashhur bo‘lgan. B.ga siginishni, ayniqsa Tantga ziyorat qilishni 
ulamoyu fuqaholar doimo qora-lab kelishgan. 1498 y. ularning qatiy talabi bilan mamluk 
sultoni az-Zohir Jaqmoq B. qabrini ziyorat qilishni taqiqlash haqida farmon chiqargan. 
B.ga e’tiqod qilish xalq orasida juda chuqur ildiz otib ketganligi bois farmonning ta’siri 
bo‘lmagan. Usmonli turk saltanati davrida mavlaviylar, bektoshiylar, naqshbandiylik kabi 
qudratli so’fiylik tariqatlari tarafdorlarining talabi bilan B.ni dabdabali suratda ziyorat 
etish ancha kamaygan.  
 
 
BADAVIYA (yoxud ahmadiya) - so’fiylik tariqati. Ahmad al-Badaviy Misrda asos solgan. 
B. amaliyotda qodiriylar va rifo’iylarga yaqin. B.ning tashkiliy asoslari aniq 
belgilanmagan. Mahalliy zoviya va jamoa rahbarlari nomigagina tariqat rahbariga itoat 
etib, kamdan-kam hollarda undan fatvo olganlar. Tariqat qarorgohi asosiy ziyoratgoh - 
Tant sh.da joylashgan. 1333 y. tariqat asoschisining vorisi Solih Abdul Ol vafotidan so‘ng 
B.ga rahbarlik qilish merosiy bo‘lgan. 14-15-a.larda ayrim mamluk sultonlari B. bilan 
aloqa bog‘lashgan. Uzoq vaqt mobaynida (20-a.ning 50-y.larigacha) B. Misr xalqi 
orasida o‘zining ta’sirini saqlab kelgan. B.dan kamida 15 ta tarmoq ajralib chiqqan, 
ularning ayrimlari (mas., dasuqiya-burhoniya) mustaqil tariqatga aylangan. B.ga Misr 
xalqining qad. islom va xristianlikdan avvalgi diniy e’tiqodlari, urf-odatlari chatishib 
ketgan. Shu sababdan bo‘lsa kerak Abdul Vahhob ash-Sha’roniy (1493-1565) B.ni 
shariat yo‘lidan og‘ganlikda ayblagan. B. tarafdorlari o‘ziga xos - qizil rangda kiyim 
kiyishgan, ularning xirqasi va 12 shokilali uzun qalpoklari, shuningdek bayroqlari ham 
qizil bo‘lgan. Ular odatda chorshanba kunlari Tant sh.dagi markaziy ziyoratgohda, 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
maxsus xonalarda (tahdirxona) va Qohiradagi al-Husayn masjidida jamoa bo‘lib zikr 
tushishgan. Unda maxsus qo‘shiqchi xonishi va nog‘ora sadosi ostida davra bo‘lib zikr 
tushganlar. Davra bo‘ylab aylanayotgan zikr ishtirokchilari vaqti-vaqti bilan chuqur 
ta’zim bajo keltirib, shu x,olatda qo‘llarini oldinga cho‘zganlar. O’zaro uchrashganlarida 
tariqat a’zolari qo‘l sqiqishib ko‘rishganlar. Tariqat yilda uch bayramni nishonlagan. 
Bayram sanalari qad. qbtiy quyosh taqvimiga qarab belgilangan. Birinchi bayram sanasi 
"ilohiy cho‘qintirish" kuniga to‘g‘ri keladi, qolgan ikki sana Nil daryosi suvining ko‘tarilishi 
muddati bilan bog‘liq (hosildorlikka bag‘ishlangan marosim). Bayramlar vaqtidagi tartib 
ustidan B. a’zolaridan tuzilgan maxsus qo‘riqchilar - Nuh avlodlari nazorat yurgizishgan. 
Ularning belida yog‘och qilich, ko‘llarida - arqon qamchin, bo‘yinlarida turli rangdagi 
munchoq shodasi bo‘lib, u ko‘krakka tushib turgan; bosh kiyimlarining tepasida rangli 
tizimchalardan qilingan tutama (o‘ram) bo‘lgan. 
 
 
BADA’ ("paydo bo‘lish", "vujudga kelish") - shialikka oid tushuncha. Unga ko‘ra 
Allohning fikri, qarori turli shart-sharoitlarga qarab o‘zgarib turadi. Bu g‘oyani 
kaysoniylarning peshvosi al-Muxtor ibn Abi Ubayd nomi bilan bog‘laydilar. U o‘zida 
bashorat qilish qobiliyati borligini da’vo qilib, agarda uning bashorati to‘g‘ri chiqmasa, 
bunga Allohning fikri o‘zgarib qolganini ro‘kach qilgan. Shialar B.ni sunniylikdagi nasx 
ta’limotiga qarshi qo‘yadilar. O’zlarini kelajak haqida bashorat etish qobiliyatiga ega deb 
hisoblaydigan shia imomlari agarda bashoratlari noto‘g‘ri chiqqudek bo‘lsa, o‘zlaridan 
javobgarlik mas’uliyatini soqit qilish uchun xohlagan paytda o‘z fikr va qarorlarini 
"Allohning fikri o‘zgarib qoldi" deb o‘zgartirishlariga B. imkon bergan.  
 
 
BADR JANGI - Muhammad (sav) rahbarligida musulmonlarning Badr qudug‘i yaqinida 
(Madinadan 150 km jan.-g‘arbda) Makka qo‘shinlari bilan qilgan birinchi yirik jangi (624 
y. 15 yoki 17 mart). Makkadan Falastin va Suriya yerlariga olib boradigan yirik karvon 
yo‘li Madina yaqinidan o‘tar edi. Bu yo‘l Makka hokimlari va savdogarlari uchun katta 
iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Musulmonlar bu yo‘ldagi Makka karvonlarini bosib 
olishga, Makka zodagonlari esa karvonlarni himoya qilishga uringan. Badr qudug‘i yonida 
madinaliklar makkaliklarning savdo karvoniga hujum qilgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, 
jangda musulmonlar tomonidan 80 muhojir, 230 ansor, makkaliklar tomonidan Abu Jahl 
rahbarligida 850 kishi qatnashgan. Makkaliklar yengilgan, katta talafot ko‘rgan. 
Makkaliklarning 50 dan ortig‘i halok bo‘ldi, yana shunchasi asir olindi. Ular o‘z 
yo‘lboshchisi Abu Jaxldan ham judo bo‘lishdi. Musulmonlardan faqat 14 kishi halok 
bo‘ldi. Kuchlar nisbati kam bo‘lishiga qaramay musulmonlar qozongan g‘alaba 
Muhammad (sav) ning siyosiy va diniy obro‘yini oshirib yubordi, Madina va butun 
Arabiston ya.o.da faol harakat boshlab yuborishga asos soldi. Jangda katta o‘lja, 
jumladan 30 ta ot, 150 tuya, ko‘p qurol, anjomlar qo‘lga kiritildi. Muhammad (sav) bu 
o‘ljalarni jang ishtirokchilariga taqsimlab, uning beshdan bir qismini o‘zlari olganlar. 
Islom an’anasida o‘lja taqsimlashda uning beshdan bir qismi xalifalar xazinasiga 
tushishi, piyoda askarga bir hissa, otliq askarga ikki hissa berilishi ana shundan 
boshlangan. Keyinchalik bu shariatda qonunlashtirilgan.  
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling