Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet15/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55

 
HAZRATI IMOM MAJMUASI, Hastimom - Toshkentdagi me’moriy yodgorlik. Majmua 
kurilishiga imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy (904-
976)ning qabri asos bo‘lgan (q. Qaffol Shoshiy). Qabr va uning atrofida vujudga kelgan 
qabriston hamda me’moriy yodgorliklar majmuasi (Kaykovus bog‘i bilan birga) Hazrati 
imom nomi bilan ataladi. Saqlanib qolgan binolarning eng qad.si 16-a.ga oid. Dastlab, 
16-a.ning 30-y.larida 2 ta maqbara qurilgan; kattasi Toshkentning shayboniylar 
sulolasidan bo‘lgan xoni Suyunchxo‘jaxon maqbarasi deb taxmin etiladi. 16-a.ning 50-
y.larida bu binolar Baroqxon madrasasi me’moriy yodgorligi tarkibiga qo‘shilgan. O’sha 
davrda Hazrati imom qabri ustida Qaffol Shoshiy maqbarasi bunyod etilgan. 16-a. 
oxirlarida uning qarshisida "qush" uslubida Qaffol Shoshiyning avlodi, Boboxoji 
maqbarasi qurilgan (bu bino 1939 y. buzib tapshangan). 16-a.da H.i.m.da sayrgoh bog‘ 
bo‘lgan (asriy chinorlar, qayrag‘och va b. daraxtlar, hovuz va ayvonlar mavjud edi), xalq 
sayillari o‘tkazilgan. 19-a. o‘rtalarida Baroqxon madrasasi ro‘parasida Namozgoh 
(Tillashayx), Mo‘yi Muborak madrasasi, Jome masjid (saqlanmagan) qurilgan. 20-a. 
boshida olti ustunli, o‘n ikki gumbazli Tillashayx masjidi qayta qurilgan. H.i.m.da 
O’zbekiston musulmonlari idorasi joylashgan.  
 
 
HAZRATI IMOM MAQBARASI - Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik (14-a.). 1384 y. 
Amir Temur avliyo Muhammad Shayboniyning xokini keltirib Dor us-saodatga, o‘g‘li 
Jahongar qabri oldiga dafn ettirgan, xorazmlik ustalar baland bino barpo etganlar. 
Muhammad Shayboniy islom olamida "Hazrati imomi Bag‘dodiy" nomi bilan mashhur 
bo‘lgan. Majmuaga Amir Temur o‘zi uchun katta xilxona qurdirgan. Majmuaning ulkan 
ark va devorlari, o‘n olti qirrali asosga qurilgan gumbazlari qimmatbaho tosh va 
shishalardan ishlangan naqshinkor bezaklar bilan bezatilgan.  
 
 
HAYBAR - Madinadan shim.da joylashgan voha; mil. av. 6-a.dayoq mavjud bo‘lgan. Mil. 
7-a.da H. hosildor, sersuv, xurmozor va dalalari bo‘lgan bir necha vodiylarda joylashgan. 
Aholisi yahudiy dehqonlar va yahudiylikni qabul qilgan arablardan tashkil topgan edi. 
Muhammad (sav) taxm. 1,5 ming kishilik qo‘shin bilan o‘zlariga dushman bo‘lgan H. 
aholisi ustiga yurganlar. Bir yarim oylik qamal va H.ning g‘atafon qabilasidan bo‘lgan 
ittifoqchilari ketishi bilan voha zabt etilgan. Taslim bo‘lish haqida H. aholisi bilan tuzilgan 
bitimda H. harbiy o‘lja (g‘anima) deb qaralgan, chunki u kuch bilan egallangan edi 
(anvatan). Vohaning 1/ 5 qism yeri Muhammad (sav) foydalariga (harbiy yurish rahbari 
sifatida) va u zotning oilalari foydasiga o‘tgan. Yerning qolgan qismi jangchilar o‘rtasida 
taqsimlangan; mahalliy aholi dehqonchilik qilib, olingan hosilning yarmini 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
musulmonlarga berishi lozim bo‘lgan. 
Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng qizlari Fotima H.dan olingan hosilning Rasululloh 
(sav)ga tegashli ulushiga merosxo‘r sifatida da’vogarlik qilgan. Xalifa Abu Bakr (ra) bu 
talabni rad etgan, bunga sabab qilib Muhammad (sav)ning "Mening merosxo‘rlarim yo‘q 
va mendan keyin qolgan barcha narsalar zakot kabi xayrli maqsadlarga mo‘ljallangan 
jamoaning mulkidir (sadaqa)" degan hadislarini keltirgan. 
Umar (ra) voha yerlarini qayta taqsim etib, H.ni egallagan jangchilar va ularning 
merosxo‘rlariga xususiy mulk qilib bergan.  
 
 
HAYDARIYA (haydariy) - o‘rta asrlarda va yangi davrda Eron va unga qo‘shni 
mamlakatlarda mavjud bo‘lgan so’fiylik va shialikka mansub uch guruhning umumiy 
nomi. 1. 12-a.ning oxirida Xurosonda paydo bo‘lgan va asoschisi - shayx Qutbiddin 
Haydar Zavo’iy (1221 y. v.e., Zavoda dafn etilgan, u Turbati Haydariy deb ataladi) 
nomini qabul qilgan ancha nufuzli so’fiylik guruhi (toifa, guruh, jamoa). An’anaga ko‘ra, 
u o‘rta osiyolik turkiy qavmlardan chiqqan va Ahmad Yassaviyning izdoshi bo‘lgan. U o‘z 
tarafdorlaridan riyozat chekib, uzoq vaqt uzlatda bo‘lishni talab qilgan; aynan u 
amaliyotga qo‘l va oyoqlarga temir bilaguzuk, bo‘yinga marjon shoda, qulokdar va qo‘l 
barmoqlariga joriy etgan. Dastlabiga H. Suriya, Kichik Osiyo va Hindistonda tez 
tarqalgan, lekin kundalik turmushdagi ko‘rsatmalar og‘irlik qilgani bois, uning 
ommaviyligi susaygan, a’zolarining soni keskin qisqargan, jamoalar yoki tarqab ketgan 
yoxud shu viloyatlarda faoliyat yurgizgan qapandariyaga qo‘shilib ketgan. 
2. Boshqa bir nomi - mirhaydariy. Shialik (imomiylik)dagi tariqat. 14-a. oxiri - 15-a. 
boshida Eronda vujudga kelgan va butun mamlakatga keng tarqalgan. Asoschisi - Sulton 
Mir Haydar Tuniy (1427 y. Tabrizda v.e.). U o‘z shajarasini imom Muso al-Kozimga 
bog‘lagan. H.lar bayram kunlari maxsus kiyim kiyganlar: besh qavat qilib o‘ralgan salla, 
yelkalarida qo‘yning xom terisi; o‘ng qo‘lda - hassa-tayoq, chap qo‘lda - cho‘pon 
burg‘usi. Ular dastlabki uch xalifa va payg‘ambar (as)ning sahobalarini ochiq ravishda 
haqorat qilganlar. Ularga qarshi sunniylarning ne’matullohiylar tariqati a’zolari 
kurashganlar, ayniqsa, shia bayramlari vaqtida qattiq to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Faqat 
20-a. 20-30-y.laridagana Eronda bunga chek qo‘yilgan. 
3. "O’ta" shialar jamoasi (g‘ulot); 15-a.ning 60-y.larida Anadolu, Suriya va 
Ozarbayjonda ko‘chmanchilik qilgan turkman qabilalari orasida paydo bo‘lgan. Ular 
o‘zlarini Haydar ibn Junayd - safaviylikdagi beshinchi piri murshidning izdoshlari deb 
hisoblashgan. Haydar ibn Junayd tariqatga 1464-1488 ylarda boshchilik qilgan va o‘z 
tarafdorlari orasida maxsus bosh kiyimi (toj) kiyishni joriy qilgan. U qizil rangli kigizdan 
qilingan uzun quloqchin bo‘lib, atrofiga salla, 12 qavat qilib o‘ralgan yoki shu rangda 
tikilgan 12 og‘dan mato bog‘langan. Shundan uning tarafdorlarining nomi - qizilboshlar 
olingan. 
H. Alini iloh yoki ilohiy haqiqat (haqq) deb, shayx Haydar (keyinchalik uning o‘g‘li Ismoil 
I) - Alining mujassamoti deb hisoblaydilar. Ular ruhlarning ko‘chishiga (tanosux) qattiq 
ishonib, ularning murshidi gunohlarni kechirish qudratiga ega, Qur’on yaratilgan va 
Muhammad (sav) vafotlaridan keyin u umaviylar davrida butunlay soxtalashtirilgan, 
shuning uchun ilohiy vahiylar Qur’onda emas, balki Ismoil I ning "Devoni Xitoiy" 
("She’rlar to‘plami")da namoyon etilgan, deb hisoblaydilar. Ismoil I davrida (1502-1524) 
H. tarafdorlari qisman qirg‘in qilingan, bir qismi Kichik Osiyoga ketib, bektoshiylar 
tariqati ta’limotiga ta’sir ko‘rsatgan. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
HAYIT (arab. iyd - bayram) musulmonlarning diniy bayrami. Islom an’anasida ikkita H. 
rasman diniy bayram sifatida nishonlanadi: katta H. yoki qurbon H.i (arabcha iyd al-
kabir, iyd al-adho) va kichik H. yoki ro‘za D.i (arabcha iyd as-sag‘ir, iyd al-fitr). Qurbon 
H.i haj marosimi va qurbonlik qilish bilan, ro‘za H.i esa, ramazon oyi nihoyasida og‘iz 
ochish bilan bog‘liq. Kurbon H.i hijriy zu-l-hijja oyining 10-kunida, ro‘za H.i esa, shavvol 
oyining 1-kunida bayram qilinadi. H.da masjidda ertalab H. namozi o‘qish, ro‘za H.ida 
fitr-sadaqa berish (H. namozidan oldin), qurbon H.ida esa, kurbonlik qilish va sh.k. islom 
bilan bog‘liq marosimlar yuzaga kelgan. H.dagi bu marosimlarga ko‘p joylarda 
xalqlarning mahalliy odatlari: arafa kuni osh ulashish, yangi kiyim kiyish, "hayitlik" 
berish, sayil qilish, yaqin odamlarini ko‘rish va h.k. ham qo‘shilib ketgan. O’zbekiston 
mustaqillikka erishgach, qurbon H.i ham, ro‘za H.i ham umumxalq bayrami sifatida 
nishonlanadigan bo‘ldi.  
 
 
HAKAM ("donishmand") - odatiy huquq bilimdoni. Unga xuddi sudyadek turli huquqiy 
masalalarni yechish uchun murojaat qilishgan. Johiliyat davrida Arabistonda H. qabila 
boshlig‘i (shayx) lashkarboshi (qoid) va bashoratchi (kohin) qatorida qabila 
rahbariyatiga kirgan. Islomning dastlabki o‘n yilliklarida uning o‘rniga xalifa tomonidan 
tayinlangan diniy sudya - qozi kelmaguncha H. o‘z mavqeini saqlab qolgan. Vaqt o‘tishi 
bilan o‘zining rasmiy maqomini yo‘qotgan H. yana ancha vaqtgacha qabiladoshlari va 
qo‘shinlari uchun huquq sohasidagi bilimdonligicha qolgan, unga xolis sudya (hokim) 
sifatida murojaat qilishgan.  
 
 
HALLOJ Husayn ibn Mansur (858-922) -tasavvufdagi o‘ta so‘l oqimning yirik vakili. 
Royaviy jihatdan qarmatlarga yaqin bo‘lgan. Tur, Bayda, Basra, Bag‘dod shaharlarida 
bilim olgan. Musulmonlarning ayrim odatlariga va shariatning ba’zi qoidalariga zid fikrlar 
aytgan. Islomning Alloh to‘g‘risidagi yakkaxudolik aqidasiga zid ravishda xudo insonda 
namoyon bo‘ladi, inson va umuman moddiy olam Xudoning jilolanishi, "Men haq (xudo) 
man", ("Ana-l-haqq"), mening o‘zligam - Xudoning o‘zligvdir, degan fikrni ilgari surgan 
va bu fikr bilan vahdati-vujud ta’limotiga yo‘l ochgan. H. o‘z g‘oyalarini O’rta Osiyo, 
Hindiston, Iroq va b. mamlakatlarda targ‘ib qilgan va muxlislar orttirgan. Musulmon 
olimlari H.ni bid’atchilikda va shakkoklikda ayblab, qatl etishga hukm chiqarganlar. 
 
 
HALOL ("erkin", "bog‘lanmagan", "tugunni yechish") - 1) Ruhsat berish; farz, mandub 
va muboh tushunchalariga kiruvchi ruhsat etilgan xatti-harakatlar; man etilgan xatti-
harakatlar (harom)ning ziddi. H. haqidagi masalalarni fiqhning ahkom bo‘limi o‘rganadi. 
Shariatda esa, haromlik tuguni yechilgan, ya’ni haromlik sifati yo‘q narsaga, H. deb 
aytiladi. Chunki, harom narsaning man qilish tuguni bo‘ladi. H. narsada ana o‘sha tugun 
bo‘lmaydi, bo‘sh bo‘ladi. Hadisi sharifda, H. ochiq-oydindir, deyilgan. Avvalo, nima 
narsalar H. ekani ochiq-oydindir; suv, sut, meva suvlari kabi ichimliklar, non, meva, 
poliz ekinlari, Allohning ismi aytib so‘yilgan H. hayvonlar go‘shtlari kabi taomlar, ruhsat 
berilgan kiyimlar va nikohga olingan shaxslar kabilar H.dir. 
Qolaversa, ushbu narsalarga ega bo‘lish ishonchli, shariatda ruhsat berilgan yo‘l bilan 
bo‘lishi kerak. H. kasb deganda, aynan shu ma’noda gap ketadi. Ya’ni, H. narsaga H. yo‘l 
bilan ega bo‘lish lozim. H. mehnat, meros, hadya, ikki taraf roziligi bilan bo‘lgan tijorat 
tufayli qo‘lga kirgan mulk H. bo‘ladi. Musulmon odam uchun H. narsani talab qilish, 
H.dan molu mulk topish farzdir. Musulmon inson o‘zi H. bo‘lgan narsani, shariatda H. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
qilingan yo‘l bilan topib foydalanishi kerak. Shariatda H. hisoblangan narsani harom deb 
e’tiqod qilgan odam kofir bo‘ladi. 2) Shar’iy nikoxdan o‘tishlari mumkin bo‘lgan ayol yoki 
erkak. 3) Haj ziyoratidan qaytib kelib, sochlarini oldirgan va kundalik kiyim-boshini 
kiyib, ruhsat etilgan barcha odatdagi ishlar va kasb-hunar bilan mashg‘ul bo‘lgan kishi 
holati. 
 
 
HAMADONIY Yusuf (1048, Hamadonning Buzanjird qishlog‘i - 1141, Afg‘onistonning 
Bomiyon sh.) - tasavvufning yirik namoyandasi, mashhur olim. Bag‘dodda Abu Ishoq 
Sheroziydan tahsil olgan. Isfahon, Samarqand, Buxoroda o‘z bilimini oshirgan. 
Tasavvufni Abu Ali Faryumodiy, Abdulloh Juvayniy va Hasan Simnoniydan o‘rgangan. 
Zamonasining yetuk allomalari Abdulqodir Giloniy (G’avsul-a’zam), Imom Razzoliy, 
shayx Hamiduddin Multoniy bilan muloqotda bo‘lgan. 30 marta haj ziyoratiga borgan. H. 
Buxoroda uzoq muddat yashab, Ahmad Yassaviy va Abdulxoliq Rijduvoniyni tarbiyalab, 
voyaga yetkazgan. U keyinchalik xojagon-naqshbandiya tariqatining bosh shiorlariga 
aylangan "xush dar dam", "nazar bar qadam", "safar dar vatan", "xilvat dar anjuman" 
qoidalarini ishlab chiqqan. Xalifalaridan 4 nafari: Xoja Abdulloh Barqiy (Barraqiy) 
Xorazmiy, Xoja Hasan Andoqiy Buxoriy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abdulxoliq 
G’ijduvoniy ustozidan so‘ng muridlarning tarbiyasi bilan shug‘ullanganlar. H. "Rutbat ul-
hayot"("Hayot mezoni"), "Kashf", "Risola dar odobi tariqat", "Risola fi annal-kavna 
musaxxarun lil/inson", "Risola dar axloq va munojot" kabi asarlarni yozgan. "Hayot 
mezoni" risolasi o‘zbek tilida ham nashr qilingan (T., 2003). 
Hirotdan Marvga qaytayotganda Bomiyon sh.da vafot etgan. Keyinchalik xoki muridlari 
tomonidan Marv sh.ga ko‘chirilib, qayta dafn etilgan. H. haqida Abdulxoliq Rijduvoniy, 
Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy o‘z asarlarida muhim ma’lumotlar 
keltirishgan.  
 
 
HAMO’IL - tumorlar, munchoqlar. Sinonimlari xurz (ko‘pligi axroz), hamayya, hafiz, 
uza, ma’aza, nusxa, tilsam yoxud tilasm (yunonchadan) va b. Ilohiyotchilar doim H.dan 
foydalanishni qoralaganlar, lekin xalq orasida u keng tarqalgan; H.ni odatda darvish va 
duoxonlar tayyorlashgan. H. varaqacha yoki yozuvi, belgilari va suratlari bor bir necha 
varaqdan iborat bo‘lgan; H. sifatida tasodifan topib olingan (chig‘anoqlar, toshlar, 
suyaklar) yoki maxsus yasalgan, ba’zan qimmatbaho kichik narsalardan ham 
foydalanganlar; predmetlarning ko‘pincha yozuvlari va tasvirlari bo‘lgan. H.ni medalon, 
quticha, hamyonchaga solib olishgan yoxud teri, mato va b.dan tikilgan xaltachaga tikib 
olishgan va b.; ularning hajmi va shakli turlicha bo‘lgan. Tumor va munchoqlarga 
Allohning ismlari (99 ta go‘zal ism), farishtalarning ismlari (Mikoil, Jabroil, Azroil, Isrofil; 
juft va g‘aroyib eshitiladigan: Qaytar-Maytar, Tolix-Ilix, Kintosh-Yaqintosh, Xorut-
Morut), "etti uxlovchi" va Qur’ondan oyatlar (ayniqsa 1 sura; 2:255/256; 9:129/130; 
113 sura; 36-suradan parchalar), astrologik ramzlar (zodiak belgilari), sirli yozuvlar 
(xalqachalar, gajaklar, naqshlar, kichik "oy" va "toj" tasviri bilan birgalikdagi yahudiy va 
b. alifboning buzilgan harflari)ni yozishgan. O’rta asrlarda arab tilida tumorlar va 
munchoqlarning sehrli xususiyati, ularni yomon ko‘zdan asrashi, ilon, chayon 
chaqishidan, tabiiy ofatdan asrashi va b. haqida ko‘p asarlar yozilgan. Tumor va 
munchoqlarning kashf etilishi va tayyorlash usulini Odamato, Sulaymon podshoh
Balinas al-Hakim, Jirmis al-Musallis nomlari bilan bog‘laydilar (yana q. Sehr). 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
HANAFIYLIK - sunniylikdagi diniy-huquq mazhablaridan biri. Abu Hanifa asos solgan. 
Undan keyin H. mazhabi qoidalari Abu Yusuf Yoqub (795 y. v.e.), Muhammad ash-
Shaybon (804 y. v.e.), Quduriy (1036 y. v.e.) va b. asarlarida ishlab chiqilgan. Bu 
mazhab tarafdorlari fiqhning to‘rt asosiy manbaini e’tirof etish (q. Usul al-fiqh) bilan 
birga boshqa oqimlar vakillariga nisbatan fiqh talablariga rioya etishning oqilona 
usullaridan kengroq foydalanadi. Bu mazhabning xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
Qur’on huquq manbai sifatida hech so‘zsiz, to‘laligicha qabul qilinadi; sunna mustaqil 
manba sifatida qaraladi, biroq hadislar jiddiy tanlovdan o‘tgan bo‘lishi lozim; avval 
o‘tgan ulamolardan meros bo‘lib qolgan kelishilgan fikr (ijmo) faqat sahih hadis 
rivoyatchilaridan chiqqan takdirdagina hisobga olinadi. Lekin, yangi masalalar tadqiq 
qilinayotgan vaqtda boshqa har qanday obro‘li ulamolarning guruhining ijmosi qabul 
qilinadi va shu tariqa diniy ijmolar vujudga kelishi imkoni yaratiladi. Qiyos bo‘yicha 
hukm har qanday sahih manba asosida ham bo‘lishi mumkin. Agar qiyos bo‘yicha hukm 
zararli yoki mavhum natijaga olib kelsa, istihson bo‘yicha qaror qabul qilinadi. 
H. mazhabi oddiy huquq (urf)dan ham huquqning keng mustaqil yordamchi manbai 
sifatida foydalanishga imkon beradi, bu hol hayotiy ehtiyojlarni va mahalliy odatlarni 
hisobga olib huquqiy qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bu mazhab qoidalari 
mo’tadilligi, birmuncha yumshoqligi, qulayligi, xalqlarning mahalliy an’analarini e’tiborga 
olganligi sababli 11-a.dan boshlab shimol va sharqqa keng yoyilgan. Kichik Osiyo, 
Bolqon, Shim. Kavkaz, Qora dengaz, Volga bo‘ylari, O’rta Osiyo, Afgoniston, Hindiston 
va Xitoyning olis kengliklarigacha bo‘lgan hududlarga tarqalgan. Hoz. davrda dunyo 
musulmonlarining qariyb yarmi H. mazhabida.  
 
 
HANBALIYLIK - sunniylikdagi diniy-huquq mazhablaridan biri. Ahmad ibn Hanbal asos 
solgan. H. huquq tizimi o‘ta torligi, har qanday ko‘rinishdagi "yangilik"ka, diniy 
masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat ahkomlariga rioya etishda qat’iy 
turishligi bilan ajralib turadi. H. tarafdorlari Qur’on va hadislarni erkin talqin etish 
yo‘lidagi har qanday urinishlarni qoralaganlar. Shuning uchun ham bu mazhab keng 
tarqalmagan. Faqat 9-a.ning 2-yarmida arab xalifaligida mu’taziliylarning va ilohiyot 
sohasidagi hurfikrlilikning ta’qib ostiga olinishi tufayli H. ta’siri birmuncha kengaygan va 
12-a.da mustaqil mazhabga aylangan. 10-a.da Eronda, 11-a.dan 15-a.gacha Suriya va 
Falastinda H. izdoshlari ko‘p bo‘lgan. Undan keyingi asrlarda H. tarafdorlari yana 
kamayib ketgan. Hozirda H. Saudiya Arabistonida rasman e’tirof etilgan, boshqa 
mamlakatlarda kam uchraydi. 
 
 
HANIF (arab. - chinakam e’tiqod qiluvchi, taqvodor) - haqqa moyil yakkaxudolikka 
e’tiqod qiluvchi taqvodor odam. Musulmonlar rivoyatiga ko‘ra, islomgacha Arabistonda 
qabila xudolariga sig‘inishni rad etgan, zohid, yakkaxudoga astoydil ishongan, lekin 
xristianlikka ham, yahudiylikka ham qo‘shilmagan va Ibrohim (as) dinlarida bo‘lgan 
odamlarni H. deb atashardi. Qur’onda Ibrohim (as) ham H. deb nomlangan, uning 
chinakam yakkaxudolikka asoslangan dinini Muhammad (sav) tiklagan, deb hisoblanadi. 
8-9-a.lardan boshlab H. ko‘pincha "musulmon", islom esa, haniflik dini ma’nosida 
ishlatilgan. So’fiylar ham o‘zlarini H. deb atashardi. 
 
 
HARAM (arab. - sahn, chegara) - 1) musulmonlarda muqaddas deb hisoblanadigan, qon 
to‘kish, qurol olib yurish taqiqlanadigan joy, hudud. Makkai mukarrama sh. atrofida 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
belgilangan maxsus chegara ila o‘ralgan, shahar va uning atrofidagi ma’lum joylarni o‘z 
ichiga olgan mintaqa. Bu hudud Payg‘ambar (sav)dan rivoyat qilingan hadisda 
aytilishicha, Alloh taolo osmonlaru yerni yaratgan kunida harom qilingan. U Allohning 
hurmati ila qiyomat kunigacha haromdir; daraxti kesilmaydi, o‘simliga yulinmaydi, 
hayvonlari ovlanmaydi va urush qilib bo‘lmaydi. Bu hukm johiliyat vaqtida ham joriy 
qilinar edi. Bir-birlari doimo urush qilib yuradigan arab qabilalari ham H. hududida o‘z 
dushmanlarini ko‘rib qolsa, unga tegmasdi. H.da nafaqat odamga, balki hayvonot va 
nabobot olamiga, hech bir narsaga ozor berilmaydi. Olimlar, jinoyat qilgan odam qochib 
H.ga kirib olsa, unga ozor berilmaydi, ammo unga joy, taom berilmasdan, muomala 
qilinmasdan, H.dan qaytib chiqishga majbur etiladi va chiqqandan so‘ng ushlab jazosi 
beriladi, deyishgan. 
H. chegarasida ov qilishga qat’iy hech kimga izn yo‘q. Alloh taolo O’zining muqaddas 
shahri Makkai mukarrama atrofidaga ma’lum hududni odamlar, hayvonlar, o‘simliklarga 
hech ozor yetkazilmaydigan mintaqaga aylantirgan. Hoz. kunda H. chegarasidan 
musulmon bo‘lmaganlar kirmasligi yozib qo‘yilgan va taftish ham bor. Makka va 
Madinadagi muqaddas joylar (q. Harom masjidi), Quddus ziyoratgohi (q. Aqso masjidi) 
va b. o‘z H.iga ega. 2) Boy musulmon xonadonining ayollar yashaydigan ichki qismi. 3) 
Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Arab mamlakatlari hamda O’rta Osiyoda hukmdorlar 
saroylarida xotin va kanizaklar yashaydigan qismi. 20-a.ning 20-y.laridan boshlab 
musulmon mamlakatlarining aksariyatida kup xotinlilikning man etilishi, iqtisodiyot va 
madaniyat taraqqiyoti, demoqratik harakatlar, xotin-qizlar harakatining o‘sishi natijasida 
H.lar deyarli barham topgan.  
 
 
HAROM (arab. - man qilingan, taqiklangan) - shariatda hech qanday shubhasiz, ochiq-
oydin ravishda man qilingan narsa. Araq, najosat tushgan suv kabi ichimliklar, cho‘chqa 
go‘shti, Allohning ismi aytilmay so‘yilgan hayvonlar go‘shti, erkak kishilarga ipak 
kiyimlar va nikohida bo‘lmagan shaxs ila jinsiy aloqada bo‘lish kabilar H.dir. 
Shu bilan birga o‘zi halol bo‘lgan narsalarga shariatda man qilingan H. yo‘l bilan ega 
bo‘lsa, ular ham H.ga aylanib qoladi. Misol uchun, zulm, o‘grilik, riboxo‘rlik, aldamchilik, 
poraxo‘rlik yo‘li bilan topilgan har bir narsa, o‘zi qancha pok bo‘lsa ham, topuvchiga 
H.dir. Shuning uchun ham ulamolar mutlaq H.ni - o‘zida H.lik sifati bor yoki man 
qilingan yo‘l bilan topilgan narsadir deb ta’rif qiladilar. Musulmon inson uchun H.dan 
hazar qilish farzdir. 
Alloh taolo mo‘min-musulmonlarni H. - botil yo‘l bilan birovning molini yeyishdan qat’iy 
ravishda qaytargan. 
Bir luqma H. taom yegan odamning necha kunlab duosi qabul bo‘lmasligi ta’kidlangan. 
Musulmon inson H. yo‘l bilan molu dunyo kasb qilishdan, xuddi cho‘chqaning go‘shtini 
yeyishdan hazar qilgandek, hazar qilish kerak. H. yo‘l bilan molu dunyo topgan odam 
ikki dunyoda sharmanda bo‘ladi. Bu dunyoda azob-uqubat, turli balo-ofatlarga yo‘liqib, u 
dunyoda jahannam ichida turib, qorniga olovni taom o‘rniga yeydi. Shariatda H. 
hisoblangan narsani halol deb e’tiqod qilgan odam kofir bo‘ladi. H.ga ota-onaga oq 
bo‘lish, zinokorlik, ribo (sudxo‘rlik), sehrgar va folbinlarga ishonish, o‘g‘rilik, qaroqchilik, 
poraxo‘rlik, josuslik, chaqimchilik, yolg‘onchilik, qotillik, nohaq qon to‘kish, xiyonatkorlik, 
o‘likka dod-voy solib yig‘lash, savdo-sotikda g‘irromlik, g‘iybat, tuhmat kabilar H. 
amallardir. Yeyiladigan narsalardan to‘ng‘iz, vahshiy hayvonlar, o‘zicha o‘lgan halol 
hayvonlar, so‘yilganda oqqan qon, "bismilloh" aytmay so‘yilgan halol hayvon go‘shtlari, 
dinsiz (majusiy)lar so‘ygan hayvon go‘shtlari, mast qiluvchi ichimlik va giyoxlarning 
hammasi islom shariatida H. qilingan. Bulardan tashqari erkaklarga tilla narsa taqish, 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
ipak kiyim kiyish, ayollarga erkakcha kiyinish, tilla-kumush idishda ovqatlanish, avrat 
joylarini ochib yurish kabilar ham H. amallardan sanaladi. Foydalanishi H. etilgan va 
istifoda qilgan kishiga faqat zarar beradigan o‘simliklarni ekish ham, parvarish qilish 
ham islomda H. hisoblangan. Mas., nasha, qoradori, afyun singarilar. Tamaki ham shular 
toifasiga kiradi. Bir narsaning H. ekani shubhasiz, ochiq dalillar bilan ma’lum bo‘lsa, uni 
ekish va yetishtirish ham H.dir. Agarda u narsa makruh bo‘lsa, uni ekish va yetishtirish 
ham makruh sanaladi. Musulmon kishi g‘ayrimusulmonga sotish niyatida H. narsani 
ekishi (u narsadan o‘zi foydalanmasa ham) halol bo‘lmaydi. Chunki, musulmon hech 
qachon H.ga qo‘l urmasliga, H-Dan istifoda etmasligi, undan uzoq turishi kerak. Shunga 
ko‘ra, mas., nasroniylarga sotish uchun cho‘chqa boqish ham musulmonga joiz emas. Bu 
xususda islomning hatto araq tayyorlanishi aniq ma’lum bo‘lgan joyga uning 
xomashyosini (uzum yo bug‘doyni) sotishni ham H. qilganini e’tiborga olsak, masala 
yanada oydinlashadi.  
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling