Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet11/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
yilligini nishonlash haqida"gi qarori (1997 y. 29 apr.) asosida Samarqandda yubiley to‘y-
tantanalari bo‘lib o‘tdi. Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Xartang 
qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi (q. Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui). 
"Imom al-Buxoriy va uning dunyo madaniyatida tutgan o‘rni" mavzuida xalqaro 
konferentsiya o‘tkazildi. 
O’zbekistonda B. xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent islom in-ti (oliy 
ma’had)ga B. nomi berilgan. B.ning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitob-
albom, 2 qismli film (1995), "Hadis ilmining sultoni" 4 qismli kino qissa (1998) 
yaratilgan. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
- D -
 
 
DABBAT ul-ARZ (arab. - Yer hayvoni) - oxir zamon kelganining bir alomati sifatida 
chiqib keladigan Yer hayvoni. Bu xususda Qur’oni karimda xabar berilgan: "Qachon 
(kofirlarning) ustiga so‘z-azob tushganida (ya’ni, qiyomat yaqinlashib qolganida) Biz ular 
uchun yerdan bir jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar Bizning oyatlarimizga 
ishonmaydigan bo‘lib qolganlari haqida so‘zlar" (Naml, 82-oyat). 
D. ul-a.ning, ya’ni yer hayvonining chiqishi haqida ko‘pgana hadislar vorid bo‘lgan. Lekin 
ularning hammasini ham sahih deb bo‘lmaydi. Ayniqsa, bu jonivorlarning sifatlari 
keltirilgan xabarlar sahixlikdan yIroqdir. Aslida, mo‘min odamga uning vasfini bilishdan 
ma’no yo‘q. Yer hayvonining chiqishi qiyomat alomatlaridan ekani, kofirlar azobga 
mustahiq bo‘lishi, endi ularning tavbasi qabul etilmasligi, qilmishlariga yarasha hukm 
qilinishi, o‘sha jonivorning ularga gapirishi, uning mo‘minga ham, kofirga ham tanish 
bo‘lishini ifodalovchi Qur’oni karim va hadisi shariflar hujjati bilan kifoyalanish shart. 
Hayvonning gapirishi g‘ayritabiiy tuyuladigan kishilarga javob shulki, uni yaratgan Zot 
gapirtirishga ham qodirdir. D.ul-a. chiqqan kuni Alloh taoloning oyatlari va oxirat kunini 
inkor qiluvchi odam qolmaydi. Lekin, yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘sha kunda keltirilgan 
imon, tavba, istig‘for va amallar qabul qilinmaydi. 
 
 
DABUSIY, Abu Zayd Abdulloh ibn Umar ad-Dabusiy (? - 1038) - hanafiylikdagi yirik 
faqihlardan; fiqhdagi ziddiyatlarni o‘rganishga asos solgan. Samarqand viloyatvdaga 
Dabusiya sh.da tug‘ilgan. Fiqhga doir 7 asar yozgan. Sam’oniyning yozishiga ko‘ra, D. 
Buxoroda yashagan, Bag‘dodda ta’lim olgan. Buxoro va Samarqandning yirik olimlari 
bilan munozara olib borgan. Qabri Buxoroda, imom Abu Bakr ibn Tarxon mozori yonida.  
 
 
DAJJOL (arab. - aldamchi, firibgar) -islom diniga ko‘ra, qiyomat oldidan paydo 
bo‘ladigan va dindorlarni xudo ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘ldan ozdiradigan bir ko‘zli 
odamsimon maxluq. U, shuningdek, al-Masih al-Kazzob va al-Masih al-Dajjol deb 
ataladi. Qiyomatga yaqin u yovuzlik timsoli sifatida ezgulik tarafdorlari bilan jang qilib, 
oxir-oqibatda mag‘lub bo‘lishi haqida rivoyatlar bor. Islomga ko‘ra, D. Iblis bilan 
aloqador bo‘lib, qiyomatga yaqin insonlarni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirish uchun o‘zini haqiqiy 
Iso (as) yoxud al-Mahdiy deb ataydi. Bungacha u Hind okeanidaga orollardan birida 
qoyaga zanjirband qilingan holda yashaydi: orol yaqinidan o‘tayotgan kemadagalar u 
yerdan musiqa tovushini eshitadilar. D. bir ko‘zli, terisi qizil, peshonasida kof harfi yoxud 
kofir yozuvi bor. Qiyomatdan oldin D. Sharq tomondan ulkan, bahaybat eshakda paydo 
bo‘ladi, uning ortidan barcha dinsizlar va munofiqpar ergashadi. U Makka va Madinadan 
boshqa butun dunyoda o‘z hokimiyatini o‘rnatadi. Uning podsholigi 40 kun (yoxud yil) 
davom etadi, so‘ngra Alloh tomonidan yuborilgan Iso (as) va al-Mahdiy uni mag‘lub etib, 
o‘ddirishadi. 
 
 
"DALOIL ul-XAYROT" - daloilxonada. o‘qilgan asosiy kitob. 15-a.da musulmon 
aqoidshunosi Muhammad ibn Sulaymon Jazuliy (7-1466) arab tilida yozgan. Muhammad 
(sav)ga atab o‘qiladigan salavot va madhiyalardan iborat. 7 qismga bo‘lingan bo‘lib, har 
bir qism haftaning ma’lum kunida o‘qishga mo‘ljallangan. Kitobda musulmonlarga 
tavsiya etilgan kundalik salavot aytish uslublari ko‘rsatib berilgani uchun dindorlar undan 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
muntazam foydalangan. Xorijiy Sharq mamlakatlarida "D. ul-x." hozir ham keng 
tarqalgan. Uning sharxlari va turkiy tilga qilingan tarjimalari ham mavjud. 
 
 
DALOILXONA (arab. daloil - dalillar) - O’rta Osiyoning yirik shaharlaridagi eski diniy 
maktab. D.ga savodi chiqqan bolalargana qabul qilingan. Unda dastlab (taxm. 1-2 oy) 
bolalarga Qur’onning ayrim sura va oyatlari, so‘ngra asosiy kitob - Daloil ul-xayrot" 
yodlatilgan. D.da o‘qish muddati aniq belgilanmagan. Qobilyatli, xotirasi kuchli talabalar 
kitobni 2-3 oy davomida yod olganlar. 
 
 
DARVISH, qalandar (fors. - turkcha -qashshoq, kambag‘al; arab. faqir) - o‘zini Alloh 
yo‘lida xizmat qilishga bag‘ishlagan va o‘zini o‘zi kamolotga yetishtirish yo‘liga kirgan 
inson. "So’fiy" so‘ziga sinonim. D.lik ta’limotining asosini zikr tushish orqali xudo bilan 
"yaqinlashish" va, hatto, u bilan "qo‘shilib ketish" mumkin, degan g‘oya tashkil qiladi. 
Eron, O’rta Osiyo, Turkiyada D. so‘zi tor ma’noda - shaxsiy mulki bo‘lmagan kambag‘al, 
daydi zohidni (16-asr boshigacha -"qalandar" atamasining sinonimi) anglatgan. D.ning 
boshlang‘ich ma’nosini bildirgan "kambag‘al" so‘zi so’fiylikning ixtiyoriy kambag‘allik, oz 
narsaga qanoat qilish haqidagi ta’limotidan kelib chiqqan. D. lar muayyan maslak 
(suluk)ka birlashgan va uning goyalarini targ‘ib qilgan. D. likning mashhur suluklari: 
naqshbandiylik, yassaviylik, kubroviylik va b. Ta’limoti, amaliyoti, odati va kiyimlaridan 
qat’i nazar, D.lar ikki guruh - daydi, doimo darbadarlik qilib yuruvchilarga va shayx, 
pirlar rahbarligida muqim yashovchilarga bo‘lingan. D.larning birinchi guruhi erta 
bahorda dunyo bo‘ylab safarga otlanganlar. Shuning uchun ularni "darbadar", eshikma-
eshik yuruvchi deb ham ataydi. Ikkinchi guruhi hunarmandlar, savdogarlar, turli 
darajadagi amaldorlar va b.dan iborat bo‘lib, uyda yashab, o‘z ishlari bilan 
shug‘ullangan. Ular har kungi ibodatni bajargan, hafta yoki oyning aniq belgilangan kuni 
umumiy zikr tushishga qatnashganlar. Inqilobdan oldin O’rta Osiyoda ham D.lik keng 
yoyilgan, D.larning faoliyati bilan bog‘liq qalandarxonalar va xonaqoxlar mavjud bo‘lgan. 
D.lik suluklarining ta’siri Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Eron va Afrikaning ayrim 
mamlakatlarida hozir ham mavjud. 
 
 
DARVISHONA - O’rta Osiyo xalqpari orasida qadimda tarqalgan urf-odat. Har yili bahor 
faslida qishloklarda va shahar mahallalarida 2-3 kishi uyma-uy yurib, pul yoki oziq-ovqat 
to‘plagan, so‘ngra biror kishining hovlisida yoki masjidda ovqat (halim) pishirib butun 
mahalla baham ko‘rgan. Bu marosim yurtda biror ofat bo‘lganda (kasallik tarqalganda, 
qahatchilik, ocharchilik boshlanganda) undan xalos bo‘lish yoki dehqonchilik ishlariga 
xudodan rivoj tilash maqsadida o‘tkazilgan. Mazkur marosim darvishlar odatlariga 
o‘xshab, uyma-uy yurib oziq-ovqat yig‘ish bilan bog‘liq bo‘lgani uchun D. (darvishlarga 
o‘xshab) deb atalgan. Odatda D.ni har bir qishloq yoki mahalla alohida-alohvda 
o‘tkazgan, unda katta-kichik hamma erkak qatnashgan, musofirlar mehmon qilingan. 
Ba’zan D.da yig‘ilgan mablag‘, g‘alla va b. mahallada yashovchi qashshoq oila yoki beva-
bechoralarga berilgan.  
 
 
DAHD (fors. - o‘n kunlik) - eshonlarning xonaqoxdarida bo‘lib o‘tadigan o‘n kunlik toat-
ibodat. D.ning eng kattasi Ramazon oyida o‘tgan. Murid va xalifalar (erkak va ayollar) 
eshon huzuriga kelib, D. talab etgan vazifalarni bajarishgan, o‘z murshidlarining pand-

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
nasihatlarini tinglab, undan yana "vird" (ko‘rsatmalar) olib tarqalishgan. Tasavvuf 
ta’limotida D.ga o‘tirish xudo oldida tavba qilish, gunoxlarni yuvish, xudoning rahmatiga 
erishish hisoblangan. D. 3 davrga: ramazonning birinchi o‘n kunligi - "dahayi rahmat", 
ikkinchi o‘n kunligi - "dahayi mag‘firat", uchinchi o‘n kunligi - "dahayi itkun minannor"ga 
bo‘lingan. D. ramazondan boshqa ba’zi oylarda ham o‘tgan, ammo unga xohlagan 
kishilar, ko‘proq ayollar borgan. Taqvodorlar uchun xonaqoh ichida bo‘zdan 
pashshaxonaga o‘xshagan bo‘lmalar qurilgan. D.ga o‘tirganlar uning ichiga kirib, ro‘za 
tutib, Qur’oni karim, salavot va duolar o‘qigan. D.ning o‘xshashi e’tikof deb ataladi.  
 
 
DAHRIYLIK (arab. dahr - vaqt, takdir, falak) - islom paydo bo‘lmasdan ilgari arab 
jamiyatida keng tarqalgan aqida. "O’lim", "takdir", "ajalning yetishi" ma’nolarini 
anglatgan. Bu aqidaga ko‘ra, insonning taqtsiri oldindan belgilab qo‘yilgan, u erkin iroda 
yoki ixtiyor egasi emas, peshonasiga "yozilgan" narsa albatta sodir bo‘ladi va undan 
qutulishning iloji yo‘q. Johiliya arablarida narigi dunyo borligiga, bu dunyoda zahmat 
chekkanga u dunyoda ajr, gunoh ishlar qilganlarga azob berilishiga ishonch yo‘q edi. 
Borliqning egasi, oliy hokimi sifatida muayyan bir xudo emas, qandaydir "dahr", taqdiri 
falak, inson irodasi bilan hisoblashmaydigan va undan yuqori turadigan tasodifiy 
o‘zgarishlar jarayoni tasavvur qilinardi. Ularning e’tiqodicha, o‘limdan so‘ng hamma 
narsa tugaydi, shuning uchun bugungi kun bilan yashab qolish kerak. Bunday hissiyot 
Qur’onda quyidagi so‘zlar bilan ifodalangan: "Ular deydilar: faqat bitta - bu dunyodagi 
hayotimiz bor - yashaymiz va o‘lamiz; bizni dahr (vaqt, takdir) halok qiladi" ("Josiya" 
surasi, 24-oyat). Keyinchalik, islom adabiyotida "dahriy" so‘zi "mo’min" so‘zining ziddi 
sifatida ishlatila boshlandi. 19-a.da D. atamasi "materialist" (moddiyun) tushunchasining 
istilohi sinonimi sifatida qo‘llanilgan. O’rta asrlarda bir qancha olim, mutafakkir va 
shoirlar (mas., Mansur al-Halloj) D.da ayblanib, shafqatsiz jazolangan. Hozir ham 
musulmon dunyosida D. qoralanadi. D. va ateizm bir ma’noni anglatmasa-da, sho‘rolar 
davrida ularni sinonim so‘z sifatida ishlatish rasm bo‘lib qolgan edi.  
 
 
DEV (fors. - div) - qad. Eron mifologiyasidaga bahaybat yovuz kuchlar. Lekin, ular 
ba’zan sehrgar, kohin, avliyolarga bo‘ysungan bo‘lsa, yaxshi foydali ishlarni ham 
bajaradi deb tasavvur etilgan. D. haqidagi tasavvur zardushtiylikdan islomga ham 
o‘tgan, ular yovuz ruhlar deb talqin etiladi. O’tmishda O’rta Osiyo xalqlari orasida turli 
qiyofadagi D.lar (etti boshli, bir ko‘zli, badani jun bilan qoplangan va h.k.) to‘g‘risidagi 
tasavvurlar mavjud bo‘lgan. Ularga atab har xil urf-odatlar (maxsus ovqatlar tayyorlash, 
chiroq yoqish, jonliq so‘yish va b.) o‘tkazilgan. Hoz. vaqtda ham ayrim dindorlar ongida 
D. to‘g‘risidagi tasavvurlar saqlanib qolgan.  
 
 
DIN (arab. - mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, 
yo‘l tutish, odat qilish, e’tiqod qilish va b.). Arab tilida "D." so‘zi juda keng ma’noda 
ishlatiladi. Qur’onda ham "D." turli ma’nolarda 100 dan ortiq marotaba ishlatilgan. Ana 
o‘sha ma’nolarning hammasi ham urfdagi "D."da ham o‘z aksini topgan. D.da Allohning 
mulki, hukmi, qiyomatdagi hisob-kitobi, osiylarni jazolashi, tadbir qilish bor. 
Shuningdek, D.da bandaning bo‘ysunishi, itoat qilishi, ibodati, parhezkorligi, Alloh 
ko‘rsatgan yo‘lni tutishi, ma’lum ishlarni odat va e’tiqod qilishi kabi ma’nolar bor. 
Bundan D. Alloh bilan banda orasida bo‘lishi kerak aloqalarning to‘plami ekanligi kelib 
chiqadi. Musulmon ulamolar mazkur ma’nolarni e’tiborga olgan holda D.ni "Sog‘lom aql 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
egalarini ularning o‘z ixtiyorlariga binoan bu dunyoda salohiyatga, u dunyoda najotga 
eltuvchi ilohiy ko‘rsatmalar" deb ta’riflaganlar. D. aqida, shariat va tariqat bobidagi ilohiy 
ko‘rsatmalarning to‘plamidir. Aqida musulmon kishi imon keltirib ishonmog‘i lozim 
bo‘lgan narsalarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun Allohga, ilohiy kitoblarga, 
payg‘ambarlarga, farishtalarga, qiyomat kuniga, yaxshi yomon qadar Allohdan 
ekanligiga ishonish va b. Shariat D.ning amaliy qismidir. U ibodat, muomalot va 
hududga bo‘linadi. Ibodatga namoz, ro‘za, zakot, haj kabi narsalar kiradi. Muomalotga 
insonlar orasida bo‘ladigan savdo-sotiq, kasb-hunar, dehqonchilik kabi hayotiy aloqalar 
va ishlar kiradi. Hududda esa, yuqoridagi masalalarda xatoga yo‘l qo‘yib jinoyat 
qilganlarga belgilangan jazo choralari haqida so‘z ketadi. Tariqat esa, ruhiy va axloqiy 
tarbiyani o‘z ichiga olgandir. Ana o‘shalarning hammasining majmuasi D. deb ataladi. 
Imom al-Buxoriy hadislarida keltirilgan D.ga berilgan ta’rif keng tarqalgan. Unga ko‘ra 
D. - imon, islom, ehson yig‘indisidan iborat. D. tushunchasini sharxlashda bu uchlikni 
saqlab qolgan holda hanafiylar imonning ahamiyatiga urg‘u beradilar, ash’ariylar - diniy 
ko‘rsatmalarga rioya etish (al-islom) muhimligani, xanbaliylar, keyinchalik Ibn Taymiya - 
"haqiqiy an’ana", sof yo‘lni Qur’on va sunnatga amal qilish ahamiyatini aytadilar. Alloh 
o‘zi yaratgan insonning tabiatini bilganidan va uning o‘zi yaratgan bu dunyoda qandoq 
yashab o‘tishi uchun eng yaxshi yo‘lni ko‘rsatib, unga D.larni yuborib turgan. Inson 
jamiyati sodda bo‘lgan davrda Alloh D. hukmlarini ham sodda qilgan. U insoniyatni asta-
sekin tarbiyalab o‘stira borib ilohiy D.ni ham mukammallashtirgan. Bir D.ning vazifasi 
bitgandan keyin uning hukmini bekor qilib, o‘rniga hukmlari mukammalroq bo‘lgan 
keyingi D.ni yuborgan. Har bir ilohiy D.ni undan keyingi kelgan ilohiy D. amaldan 
qoldirgan. Insoniyat kamoliga yetganda Alloh islom dinini oxirgi, mukammal va boqiy D. 
qilib yuborgan. D. ilohiy-samoviyga va soxta-qalbakiga bo‘linadi. Alloh tomonidan 
insonlar ichidan payg‘ambar tanlab olib, u orqali diniy ta’limotlar yetkazilgan bo‘lsa, 
ilohiy D. bo‘ladi. Hoz. kunda yahudiylik, nasroniylik va islom ilohiy D.lar hisoblanadi. 
Qolgan D.lar soxta-qalbaki D.lardir. Ularni turli odamlar o‘zlari to‘qiganlar va obro‘-
e’tiborini oshirish uchun o‘z ta’limotlariga ilohiylik nisbatini berganlar. Gohida ta’limot 
egasining o‘zi o‘z ta’limotlarining ilohiy ekanligani da’vo qilmagan bo‘lsa ham, undan 
keyingi kelgan shogirdlari bu da’voni qilgan bo‘ladilar. Keng ma’noda D. "ma’naviy 
olam", "ma’naviyat" sifatida "moddiy olam" - dunyoga qarama-qarshi qo‘yilgan. Biroq bu 
holat ularning o‘zaro bir-birlaridan ajralganliklarini anglatmagan. Bu tushunchalar 
dialektikasi, ularning aloqadorlik va qarama-qarshilik darajasi, ularning har birini 
faoliyati doirasi azaldan diniy va ijtimoiy munozaraning muhim belgisi bo‘lib kelgan (q. 
Qur’on). Shaxsiy ismlar (mas., Salohad D., Faxr ad-D.), shuningdek, ilohiyotga doir 
adabiyotlarda D. so‘zi ko‘pincha "Al-Islom"ga sinonim sifatida qo‘llaniladi. 
 
 
DINIY JAMOA - diniy tashkilotlarning boshlang‘ich, asosiy va eng ommaviy turi. D.j.lar 
dindorlarning ibodatda, diniy marosimlar va rasm-rusumlarda birgalashib ishtirok 
etishlari jarayonida ularning diniy ehtiyojlarini bevosita qondiradi. Muayyan jamoaga 
birlashgan dindorlarning diniy tasavvurlari, g‘oyalari, e’tiqodlari, belgi va ramzlari bir xil 
bo‘ladi. D.j.lar ijtimoiy hayotda va davlat bilan munosabatlarda mustaqil faoliyat 
ko‘rsatadi. Fuqarolar D.j. tuzilganligi haqida diniy markazlarini va diniy tashkilotlar 
nizomlarini ro‘yxatga oluvchi davlat idoralarini xabardor qilib qo‘yishlari shart. D.j. 
odatda ruhoniy va qavmlardan iborat bo‘ladi.  
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
DINIY MAROSIMLAR - fuqarolarning diniy ta’limotlardan, ularning qonun-qoidalari va 
aqidalaridan kelib chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari. D.m. har qaysi din 
vakillarining o‘z diniy ta’limotlari asosidan kelib chiqqan. Islom dinida aqiqa, amri 
ma’ruf, xatna, ro‘za va ramazon hayiti, qurbonlik va kurbon hayiti, namoz, haj va b. 
marosimlar bor. O’zbekistonda D.m.ning bemalol amalga oshirilishi ta’minlanadi, ammo 
ular qonunlarni, jamoat tartibini buzmasligi va shaxsga hamda fuqarolarning huquqiga 
daxl qilmasligi kerak. D.m.da qatnashish fuqarolarning xususiy ishidir va hech qanday 
huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarmaydi. D.m.ga amal qilinganlik haqidagi hujjatlar 
huquqiy kuchga ega emas. D.m. ibodatxonalarda, diniy tashkilot muassasalarida, 
ziyoratgohlarda, qabristonlarda, fuqarolarning xonadonlari va uylarida o‘tkaziladi. 
Maxsus binolardan tashqarida D.m. yoki ommaviy ibodatlar o‘tkaziladigan holatlarda bu 
hakda mahalliy hokimiyat ogohlantirib qo‘yilishi va bunday tadbirlar qat’iy tartibga rioya 
qilingan holda tashkil etilishi lozim. 
 
 
DINIY TASHKILOT — diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga 
ko‘maklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish 
ko‘radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o‘z-o‘zini boshqaruvchi uyushma. Ayni vaqtda 
fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan biri hisoblanadi. D. t. larning 
eng muhim belgisi ularning o‘z-o‘zini boshqarishidir, ya’ni, ular ma’muriy jihatdan davlat 
idoralaridan ajratilgan. D.T.larning faoliyati qonunlarga zid kelmasa, davlat ularning 
ichki aqidaviy ishlariga aralashmaydi. Ular o‘z ustav (nizom)lariga muvofiq tashkil topish 
va ish yuritish, xodimlarni tanlash, tayinlash va almashtirish huquqiga egadir. "Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi O’zbekiston Qonunida ta’kidlanganidek, 
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusmlar va 
marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy 
jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar va b.) D. t.lar deb e’tirof etiladi. Tegishli ustav 
(nizom) asosida faoliyat yurituvchi respublika diniy uyushmalari O’zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi. Viloyat, tuman va shahar, 
shaharcha va qishloq hududida bo‘lgan D. t.lar tegashli viloyatlar, shuningdek, Toshkent 
sh. hokimiyati adliya boshqarmalari tomonidan ro‘yxatga olinadi. D. t. ro‘yxatga 
olingandan so‘ng u yurvdik shaxs deb tan olinadi. D. t.lar tasarrufida binolar (masjidlar), 
transport vositalari, pul va b. mulklar bo‘lishi mumkin. D. t.larning mulkiy huquqi qonun 
tomonidan himoya qilinadi.  
 
 
DINIY O’QUV YURTLARI - ilohiyotni o‘qitib, ruhoniylar tayyorlovchi maktablar. Islom 
dinida madrasalar ilk D.o‘.yu. hisoblanib, ular diniy va tarixiy asarlarda 9-a.dan tilga 
olina boshlagan. Ularda ko‘p asrlar mobaynida ilohiyot, til va shariat darslari bilan bir 
qatorda, falsafa, amaliy fanlar ham o‘qitilgan. Keyinchalik madrasalarda, asosan, diniy 
ta’lim beriladigan bo‘ldi. Faqat ayrim musulmon dorilfununlarida ta’lim avvalgisicha 
qoldi. Hozir jahondagi ko‘p mamlakatlarda oliy, o‘rta va boshlang‘ich ma’lumot beruvchi 
ko‘plab D.o‘.yu. mavjud. 
Islom mamlakatlarida hozir ham madrasalar asosiy D.o‘.yu. hisoblanadi. Misr Arab 
Respublikasida al-Azhar, Tunisda Zaytuna, Hindistonda Aligarx, Pokistonda Panjob, 
Turkiyada Anqara diniy dorilfununlari va b. mavjud. O’zbekistonda 12 ta D.o‘.yu. faoliyat 
ko‘rsatadi. Bular: Toshkentdagi Imom al-Buxoriy nomli islom in-ti, "Ko‘kaldosh", 
Buxorodagi "Mir Arab" madrasalari, shuningdek, Toshkentdagi "Xadichai Kubro", 
Buxorodagi "Jo‘ybori Kalon" ayol-qizlar islom o‘rta maxsus bilim yurtlari, Namangandagi 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
"Mulla Qirg‘iz", Urganchdagi "Faxriddin ar-Roziy", Nukusdagi "Muhammad ibn Ahmad al-
Beruniy", Andijondagi "Said Muhyiddin Mahdum" islom o‘rta maxsus bilim yurtlari va b. 
O’zbekistonda din davlatdan ajratilgani uchun D.o‘.yu. davlat xalq ta’limi tizimiga 
kirmaydi. 
 
 
DOVUD (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan "Bani Isroil" qavmidan chiqqan 
payg‘ambarlardan biri. Alloh D.(as)ga payg‘ambarlik bilan birga podshohlikni ham 
bergan. D.(as)ga Alloh Zabur kitobini tushirgan. Zaburni ahdi kitoblar al-Mazomir deb 
ataydilar. Bu kitob, asosan, diniy she’rlar, Allohni ulug‘laydigan baytlar, Allohning savob 
va iqoblari vasfini o‘z ichiga olgan. D.(as)ning ismlari Qur’onda o‘n olti o‘rinda zikr 
qilingan, unda D.(as) haqida gohida muxtasar va gohida mukammalroq tarzda ma’lumot 
berilgan bo‘lib, bular bir-birini to‘ldiradi. D.(as) Tolut (Shovl) askarlari safida xizmat qilib 
yurgan chog‘laridayoq, dushmanlar sarkardasi Jolut (Juliyot)ga qarshi yakkama-yakka 
muborazaga chiqib, g‘olib bo‘lganlar va xalq orasida nom qozonganlar. D.(as)ning hayot 
kechirish tarzlari ham o‘zgacha edi. Kunlarni to‘rt qismga bo‘lib qo‘ygandilar. Bir kunni 
faqat ibodat bilan o‘tkazardilar. Bir kunni xalq orasida yurib, shunga qarata hukm 
chiqarar edilar. Bir kunni xalqqa va’zu irshod etish bilan yana bir kunni o‘zlarining 
shaxsiy ishlari bilan o‘tkazardilar. Alloh D.(as)ga bir necha mo’jizalar in’om etgan edi, 
shulardan eng asosiysi temirlarni o‘tda qizdirib, bolg‘ada urib o‘tirmay undan har xil 
narsalar yasashlik qobiliyatiga ega edilar. Temir D.(as)ning qo‘llarida go‘yo shamdek 
yengil va oson tarzda har xil shaklga kirardi. Bu borada Qur’onda Saba’ surasi 10-11-
oyat va Anbiyo surasi 80-oyatda bayon qilingan. Qur’onda D.(as) nihoyatda Allohga 
ixlosli, har doim zikru ibodatda bo‘lganliklari bir necha oyatlarda madh etilgan. D.(as) 
shunday xushovoz edilarki, tasbeh aytib Allohga munojot qilganlarida, tog‘laru qushlar ul 
zotga qo‘shilib tasbeh aytishardi. Lekin buni D.(as)dan boshqa odamlar sezmas edilar. 
Shuningdek, Alloh D.(as)ga mukammal ilm, da’volashuvchi tomonlar orasida odilona 
hukm qilish qobiliyatlarini ato etgandi. Bu hakda Sod surasining 17-19-oyatlari nozil 
bo‘lgan. D.(as) vafotlaridan so‘ng, barcha mulk va payg‘ambarlik o‘g‘illari Sulaymon 
(as)ga meros bo‘lib qoldi. 
 
 
DOMLA - diniy maktab va madrasalarda talabalarni o‘qituvchi shaxs; din va shariat 
peshvosi. "D." so‘zi qachon iste’molga kirgani haqida biron ishonchli manba yo‘q. Lekin 
"D." "mullo" so‘zidan olinib, uning asosida sanskritcha "dodo" (ota) so‘zi yotadi. Dastlab 
"mullo" so‘zi oldiga "dodo" so‘zi qo‘shilib "dodomullo" deyilgan, so‘ng qisqartirib 
"domullo" ("katta mulla") bo‘lgan.  
 
 
DOR ul-BAQO (arab. boqiylik uyi) - islom dinida abadiylik dunyosi, oxirat (narigi dunyo) 
haqidagi tushuncha. Bunga ko‘ra, u joyda o‘lim yo‘q, doimiy yoshlik hukm suradi, noz-
ne’matlar zavol topmaydi, taomlar o‘z-o‘zidan hazm bo‘ladi, chiqindilar bo‘lmaydi. 
Qur’onda oxiratning abadiyligiga dalolat qiluvchi oyatlar bor.  
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling