Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet22/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55

ISLOM OLAMI KONGRESSI (IOK) -ko‘gshab musulmon mamlakatlari arboblarini 
birlashtirgan xalqaro islom tashkiloti. 1926 y.da Makkada tashkil etilgan. Qarorgohi -
Karochi sh.(Pokiston)da. Hoz. vaqtda 36 davlat vakillarini birlashtirgan. IOK faoliyatiga 
musulmonlarning har iilgi haj ziyorati tugagan vaqtda to‘planadigan Oliy Kengash 
rahbarlik qiladi. IOK bir necha ilmiy tadqiqot markazlari orqali islom tarixi, aqidalari, 
falsafasi sohasidagi tadqiqotlarni amalga oshirishga rahbarlik qiladi, islom mavzuidaga 
nashrlarni (xususan, "Musulmon olami" jurnalini) chiqarib turadi, uning ixtiyorida "Islom 
ovozi" radiostantsiyasi mavjud.  
 
 
ISLOM OLAMI UYUSHMASI - xalqaro islom tashkiloti. Ruhoniylarning 1962 y. may 
oyida Makkada bo‘lib o‘tgan konferentsiyasida asos solingan. Qarorgohi Makka sh.da, 
oliy rahbar organi Ta’sis kengashi bo‘lib, unga turli mamlakatdan 60 nafar diniy arbob 
kiradi. Uyushma qarorlari tavsiya xarakteriga ega, majlisi yiliga 1 marta chaqiriladi. 
Ta’sis kengashi ishini Bosh kotibiyat muvofiklashtirib, boshqarib turadi. Saudiya 
Arabistonining 3 ta shahri - Ar-Riyod, Madina va Jiddada uyushmaning bo‘limlari 
mavjud. Yana 13 ta joyda vakolatxonasi bor. Bu vakolatxonalar Ummon (Iordaniya), 
Jakarta (Indoneziya), Kuala-Lumpur (Malayziya), Nuakshot (Mavritaniya), Dakar 
(Senegal), Parij (Frantsiya), Nyu-York (AQSh) va b. bir necha xorijiy mamlakatlar 
poytaxtlarida joylashgan. Bundan tashqari I.o.u..ning barcha musulmon mamlakatlarida 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
137
vakillari ham bor. Uyushma BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi hamda YuNYeSKO 
huzurida maslahat berish huquqini olgan. Y.o.u. BMTning Bolalar fondiga badal o‘tkazib 
turadi. Uyushmaning asosiy e’tibori islomni targ‘ib qilish, masjidlar qurilishiga 
ko‘maklashish, haj ziyoratini uyushtirishga qaratilgan.  
 
 
ISLOM SAN’ATI MUZEYI - Misrdagi eng yirik muzeylardan, Qohira sh.da 1881 y.da 
asos solingan. 1952 y.gacha Arab san’ati muzeyi deb atalgan. Arab mamlakatlari, Eron 
va Turkiyaning o‘rta asrlar monumental bezak va amaliy san’at asarlarini jamlagan. 
Muzey to‘plami negizini Qohira masjidlari, xususiy uylardan keltirilgan va Qohirada qazib 
olingan topilmalar tashkil qiladi. Muzeyda o‘ta qimmatbaho qo‘lyozma kitoblar va 
miniatyuralar, yog‘och o‘ymakorligi (Fotimiylar saroyidagi ov lavhalari tasvirlangan 
releflar, 11-a. va b.), kulollik, kandakorlik, rangli emal bilan naqshlangan shisha 
(masjidlar chiroqlari, idishlari) buyumlar va b. saqlanadi.  
 
ISLOM TARAQQIYOT BANKI (ITB) -xalqaro bank. 1974 y. musulmon davlatlari tashqi 
ishlar vazirlarining kengashida ITBni tuzish haqida qaror qabul qilingan, bank o‘z 
faoliyatini 1975 y.da boshlagan. Qarorgohi Jiddada. ITBni Boshqaruvchilar kengashi va 
Direktorlar kengashi boshqaradi. Bank prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. Maqsadi - 
musulmon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam berish. Islomda 
pulga foyda (foiz, q. Ribo) olish taqiklangani sababli bankka qo‘yilgan mablag‘lar uchun 
foiz olinmaydi va berilmaydi.  
 
 
ISLOM FUNDAMENTALIZMI - Qur’on va hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk 
islomga qaytishga qaratilgan aqidalarni targ‘ib qiluvchi diniy-konservativ ruhdagi oqim. 
I.f. vakillari islomning fundamental (asosiy) tamoyillari (I.f. nomi shundan) jamiyatning 
taraqqiyot yo‘lini belgilab beradi, deb hisoblaydilar va faqat ularga amal qilishga da’vat 
etadi. Keyingi paytlarda mutaassib musulmonlar "fundamentalistlar" deb atalmoqda. I.f. 
turli yo‘nalish va kayfiyatdagi guruhlarni o‘z ichiga oladi. Ularning ba’zilari terroristik 
usullar bilan qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda o‘zlarini namoyon etsalar, boshqalari 
targ‘ibot-tashviqot ishlari, diniy ta’lim, turli jamoat tashkilotlari, maktab, universitet, 
ommaviy axborot vositalariga kirib borish, ayniqsa, foydalanish oson bo‘lgan audio-video 
kassetalarni tarqatish bilan shug‘ullanadi. I.f.ga xos bo‘lgan g‘oyalar - g‘arb turmush 
tarzi va g‘arb tovarlarining iste’moliga qarshi kurash, dinsiz yoki "sof islomdan 
chekingan" davlat rahbarlarini jismonan yo‘q qilish (eng yorqin misol - Anvar Sadatga 
uyushtirilgan suiqasd), islomda "shirk" (butparastlik)ka barham berishdir. I.f. talqinida 
aziz-avliyolar qabrlarini e’zozlash (masalan, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va 
Bahouddin Naqshband kabi tasavvuf tariqatlari asoschilari ruhini hurmatlash) ham 
butparastlikka kiradi. Hoz. davrda I.f. vakillari butun dunyoga yoyilib, turli yo‘llar bilan 
bir davlatdan boshqa davlatga o‘tishga, har yerda o‘z maslakdoshlarini topishga 
intilmoqda. 
 
 
ISLOM ENSIKLOPYEDIYASI - islom muammolariga doir universal entsiklopediya. 
Islom dini, tarixiga oid barcha masalalar va istiloxlarni hamda musulmon mamlakatlariga 
doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. 20-a. boshlaridan nashr etila boshlagan. Nemis, 
golland, frantsuz, ingliz sharqshunoslari uning asosiy tashabbuskorlari bo‘lgan. I.e. 
1913-38 ylarda bir vaqtning o‘zida nemis, ingliz va frantsuz tshsharida 4 jildli qilib 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
138
Leydenda nashr etildi. I.e. 1954 y. qayta chop qilingan. 1933-65 y.larda arab tiliga 
tarjima qilib bosildi. 1950 y.dan Istanbulda turk tilida qayta ishlangan va to‘ldirilgan 
holda chiqarildi. 1954 y.dan Yevropa va Amerikaning yirik islomshunoslari I.e.ni qayta 
nashr qilish ustida ish olib bormoqda. Hozirda turk tilida "Islom fiqhi", "Hadis 
entsiklopediyasi" nashrdan chiqqan. I.e. islomni va Sharq tarixini o‘rganuvchi 
tadqiqotchilar uchun muhim manba hisoblanadi.  
 
 
ISLOM EKSTREMIZMI - islomning qad. g‘oyalari va ideallarini qayta tiklashni kuch 
ishlatish yo‘li bilan amalga oshirishga qaratilgan diniy-siyosiy harakat. Bunday harakat 
diniy mutaassiblikka asoslangan bo‘lib, muayyan mazhab ta’limotiga qattiq yopishib 
olish oqibatida yuzaga keladi va ko‘pincha muayyan siyosat va iqtisodiy manfaatlarni 
ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Islom dini doirasida birinchi ekstremistik oqim - 
xorijiylar harakati edi. Xorijiylar Ali ibn Abu Tolib bilan umaviylar davlatining asoschisi 
Muoviya o‘rtasidagi urushni muzokara va kelishish orqali to‘xtatish siyosatiga Ali rozilik 
bergani uchun unga qarshi bo‘ldilar. Xorijiylardan biri Abdurahmon ibn Muljam as-
Sorimiy 661 y.da 4-xalifa Ali ibn Abu Tolibni yarador qilib o‘ldirdi. Xorijiylar umaviylar va 
abbosiylar xalifaligaga qarshi urush olib borib, juda ko‘p musulmonlarning o‘limiga sabab 
bo‘ldi. Zamonlar o‘tishi bilan ular barcha islom jamoasining qarshiligiga uchradi. 10-a.da 
O’rta Sharkda Hamdon al-Ash’as "al-Karomita" deb atalgan diniy-siyosiy harakatga asos 
soldi. Bu harakat vakillari boshqa mazhablar tarafdorlarini o‘ldirish siyosatini olib bordi. 
12-a. boshida ismoiliylardan Hasan Sabboh (1124 y.v.e.) va uning tarafdorlari o‘z diniy 
g‘oyalari va siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun qurol ishlatish, qatl qilish
yo‘lto‘sarlik, terrorchilikdan foydalanib kelgan. Ularning asosiy qarorgohi va markazi 
Alamut qal’asi (Eron)da bo‘lgan. Ular hashish (giyohvandlik moddasi)ni qo‘llash yo‘li 
bilan fidoyilarni tarbiyalab, o‘z muxoliflarini o‘ldirishga buyurgan. Keyinroq Alamut qal’asi 
Xuloku tomonidan zabt etilib, ularning terrorchilik va siyosiy faoliyatiga barham berildi. 
18-a. o‘rtalarida hanbaliy mazhabining ayrim vakillari ta’limotidan foydalanib, 
Muhammad ibn Abdulvahhob (1703-1794) diniy ekstremistik harakat - vahhobiylikka 
asos soldi. Keyingi yillarda vahhobiylar harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, Tojikiston va 
Chechenistonda qo‘poruvchilik, terrorchilikni kuchaytirdilar. 
 
 
ISLOMSHUNOSLIK - dinshunoslikning islom tarixi, manbalari va marosimlarini 
o‘rganuvchi, tadqiq qiluvchi sohasi. Islom dini va uning yozma manbalari paydo 
bo‘lgandan keyin I. islom tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Movarounnahrda 
rivojlandi. Ayniqsa, hoz. O’zbekiston zaminida yetishib chiqqan imom Buxoriy, Abu Iso 
Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Lays Samarqandiy, Zamaxshariy, 
Qaffol Shoshiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abdulholiq G’ijduvoniy kabi faqih, ilohiyotchi, 
muhaddis, tafsirchilar boy ilmiy meros qoldirdilar. Islom tarixi va Qur’onni o‘rganish 
Yevropada 9-a.dan boshlangan. Amerika, Yevropa va Rossiya islomshunosligi va 
Qur’onshunosligida olib borilgan tadqiqotlar ko‘pligi, ma’lumotlarga boyligiga qaramay, 
ularda cheklanganlik, biryoqlamalik bor. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan 
keyingina I. bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyati tug‘ildi. 1992 y.da Toshkent 
davlat sharqshunoslik in-tida I. kafedrasi, 1995 y.da Toshkentda Xalqaro islom 
tadqiqotlari markazi, 1999 y.da Toshkent islom un-ti ochildi. Universitet tarkibida I. 
bo‘yicha tadqiqot markazi tashkil qilindi. Bu ilm maskanlari islom dinini har tomonlama 
chuqur va puxta o‘rganish, uning asoslari, ahkomlari, jahon madaniyatining yuksalishiga 
qo‘shgan ulkan hissasini tadqiq qilish va natijalarini keng jamoatchilik diqqat-e’tiboriga 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
139
yetkazish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda. I. fan sifatida Toshkent islom un-ti va Toshkent 
davlat sharqshunoslik in-tida o‘qitilmoqda. 
 
 
ISMOIL (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Ibrohim (as)ning 
ayoli Soradan farzandi yo‘q edi. Ibrohim (as) Allohga duo qilib farzand ato etishini 
so‘radi. Ibrohim (as)ning farzandga bo‘lgan ishtiyoqini sezgan Sora o‘zi farzand 
ko‘rmayotgani uchun Ibrohim (as)ga o‘zining Hojar ismli joriyasiga uylanishni tavsiya 
qiladi. Ibrohim (as) Hojarga uylangach, undan farzand ko‘radi va uni Ismoil deb 
nomlaydi. Hojar farzanddik bo‘lgach, Soraning nafsida unga nisbatan g‘ayirlik ko‘paya 
bordi va Ibrohim (as)dan uni farzandi bilan olisroq yerga olib borib qo‘yishini talab qildi. 
Allohning irodasi va amri hamda Soraning talabiga binoan Ibrohim (as) emizikli I.(as)ni 
o‘z onasi Hojar bilan birga bir cho‘lu biyobonga, hozirdagi Ka’ba yoniga olib borib qo‘ydi. 
Qaytib ketishi arafasida Hojarning nolasiga javoban Ibrohim (as) bu ishni Allohning amri 
bilan qilayotganini aytgach, u taskin topdi. Ibrohim (as) qaytgach, qoldirgan suv va 
oziqa tugab, Hojar o‘zi va farzandi uchun suv axtarib Safo va Marva tepaliklari orasida 
yetti marta u yokdan bu yoqqa yugurgan (hojilarning bu tepaliklar orasida yugurish 
ibodatining kelib chiqishi ushbu voqea bilan bog‘lanadi). Shu payt I.(as) oyog‘i ostidan 
Zamzam bulog‘i paydo bo‘ladi va undan muqaddas suv otilib chiqadi. Ibrohim (as) 
gohida kelib ulardan xabar olib ketar edi. Alloh Ibrohim (as)ni imtihon qilish maqsadida 
o‘zining suyukli farzandi I.(as)ni Alloh yo‘lida kurbonlik qilishga amr qiladi. Ibrohim (as) 
bu voqeani farzandi I.(as)ga aytganida u otasiga "Parvardigor nimaga amr qilgan bo‘lsa 
bajaravering, men roziman" - deb javob beradi. Ibrohim (as) farzandi I.(as)ni qurbonlik 
qilmoqchi bo‘lganida Allohdan xitob kelib I.(as) o‘rniga bir qo‘chqorni yuborib shuni 
so‘yishlikka amr qiladi. I.(as) voyaga yetgach, Allohning amriga binoan o‘z otasi Ibrohim 
(as) bilan birga Ka’bani bino kdladilar. I.(as) shu atrofda yashovchi Jurhum qabilasidagi 
bir qizga uylanadi, lekin bu ayolning noshukur va besabrligini bilgan I.(as) ushbu 
qabiladan yana boshqa bir qizga uylanadi. Ulardan arab tilini o‘rganadi. Rivoyatlarga 
ko‘ra, shim. arab qabilalarining hammasi I.(as)dan tarqalgan. I.(as) 137 y. umr ko‘rib, 
Makkada vafot etgani va onasi Hojar yoniga dafn qilingani rivoyat qilingan.  
 
 
ISMOILIYLAR - shialik ichida vujudga kelgan asosiy firqalardan birining tarafdorlari. I. 
harakati 8-a. o‘rtalarida boshlangan. 10-11-a.larda Yaqin va O’rta Sharkda keng 
tarqalgan, imom Ja’far as-Sodiq (q. Ja’fariylar) vorisi masalasi yuzasidan shialar 
o‘rtasida kelib chiqqan ixtilof bilan bog‘liq. I. turli davrlarda, turli mamlakatlarda har xil 
nom bilan atalgan: botiniylar, sab’iylar, ta’limiylar, mulhidlar va h.k. I. shakllanishi Arab 
xalifaligida ziddiyat va xalq qo‘zg‘olonlarining kuchayishi oqibatida ro‘y bergan. 
Shialikning ba’zi tarafdorlari abbosiylar bilan hamjihat bo‘lib, boshqa bir guruh shialar 
esa, abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirishda Ja’far as-Sodiqning to‘ng‘ich o‘g‘li 
Ismoilni yettinchi imom deb tan olib, uning atrofiga jipslashdi. Ammo, Imom Ja’far 
maishatga berilgan Ismoil o‘rniga kichik o‘g‘li Muso al-Kozimni voris etib tayinladi. 
Bundan norozi bo‘lgan Ismoil tarafdorlari uning vafotidan (762) keyin o‘g‘li Muhammad 
ibn Ismoilni imom deb tanidi, shu tariqa imomlikni Ismoil avlodida saqlab qolish 
tarafdorlari o‘zlarini Ismoiliylar deb atay boshladi. Muhammad ibn Ismoil vafot etgach, 
uning tarafdorlari o‘rtasida kelishmovchilik chikdi. Ba’zilar uni oxirgi - yettinchi imom 
deb bilib Mahdiy sifatida qayta tiriladi, deb ishondi. 9-a. 2-yarmidan bu ta’limot 
tarafdorlarini qaramatiylar deb atay boshladilar. Ta’qibotlardan Suriya, Xuroson va 
boshqa mamlakatlarga qochgan ikkinchi guruh botiniy (mahfiy) imomlar nomini oldi. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
140
Ularning faol da’vatlari tufayli Shim. Afrikada Fotimiylar halifaligiga asos solindi. 10-a. 
oxirida Mag‘rib, Misr, Suriya, Falastin, Hijozda I. hokimiyati o‘rnatildi. 11-a. oxirlarida I. 
o‘rtasida taxt vorisligi xususida nifoq chiqib, ular nizoriylar bilan musta’liylarga bo‘linib 
ketdi. Nizoriylar Fotimiylar xalifaligiga kirmaydigan sharqiy islom mamlakatlari (Eron, 
Suriya va b.)da ustun edi. Musta’liylar esa, Misr va g‘arbiy islom mamlakatlarida 
hukmronlik qildi. Hindiston (Bombay)dagi hoz. I. jamoalari musta’liylarning ma’naviy 
vorislaridir. 11-a. oxirlarida Suriya, Livan, Iroq va Eronning tog‘li joylarida harakat 
qiluvchi nizoriylar ta’qibotlardan qochib, asta-sekin Hindistonga ko‘cha boshladi. 19-
a.ning 1-yarmidan nizoriylarning ma’naviy rahbari Og‘axon unvoni bilan yuritiladi. 
Nizoriylarning Hindiston va Keniyadagi qarorgohlaridan turli mamlakatlarga nizoriylar 
ta’limotining targ‘ibotchilari yuboriladi. 17-a. boshlarida musta’liylarning ham diniy 
markazlari Hindiston (Gujarot)ga ko‘chdi. Hindistonga borib o‘rnashgan musta’liylar 
dovudiylar deb, Yamanda qolganlari esa sulaymoniylar deb atala boshladi, ular o‘rtasida 
hech qanday aqidaviy tafovut yo‘q. 
Umuman, I. ta’limotiga kelganda, u ikkiga: zohiriy (tashqi) - ochiq va botiniy (ichki) -
maxfiy ta’limotlarga bo‘linadi. Zohiriy ta’limot shialarning umumiy ta’limotidan kam farq 
qiladi, u firqaning maxfiy ta’limotidan bexabar bo‘lgan oddiy I. ommasiga mo‘ljallangan. 
Botiniy ta’limotni movarounnahrlik an-Nasafiy (942 y. v.e.) asoslab berdi. Unga ko‘ra, 
mutlaq xudo o‘zidan quyi bo‘lgan 7 ta pog‘onani ajratadi (emanatsiya), ya’ni: mutlaq 
xudo, olamiy aql, olamiy jon, birlamchi materiya, fazo, vaqt va komil inson (ya’ni 
payg‘ambar). Kamolotga erishgan inson (al-inson al-komil), I. ta’limoti bo‘yicha, o‘zvda 
"olamiy akd"ni aks ettirgan notiq (gapiruvchi) bo‘lib, u payg‘ambar maqomida bo‘ladi va 
vahiyni insonlarga yetkazib beradi, o‘zida "olamiy jon"ni aks ettirgan somit (jim 
turuvchi) esa, oyatlardagi botiniy mazmunni tushuntirib beradi. I. tasavvurida insoniyat 
tarixi Odamatodan Qoimgacha bo‘lgan "buyuk davr"dir. U 7 "fitra"dan iboratki, ularning 
har biriga muayyan notiq (payg‘ambar) to‘g‘ri keladi: Odam (as), Nuh (as), Ibrohim 
(as), Muso (as), Iso (as), Muhammad (sav). Har bir payg‘ambar davrining yettinchi 
imomi keyingi payg‘ambar (notiq)ga aylanadi. Demak, Ismoilning o‘g‘li Muhammad - 
yettinchi imom, u Qoim qiyofasida yettinchi payg‘ambar bo‘lib kelishi va "qiyomat qoim" 
gacha hukm surishi kerak. I. ta’limoti, xususan, qarmatiylar mafkurasi islom dinining 
o‘ta so‘l maslaga bo‘lgan. O’rta asr tafakkurining yirik namoyandalari Rudakiy, Ibn Sino, 
Abu-l-Alo al-Ma’arriy va b.ga qarmatiylar mafkurasi ta’sir ko‘rsatgan. Mashhur shoir va 
mutafakkir Nosir Xisrav esa, I.ning yirik namoyandalaridan biri edi. Hoz. davrda 
nizoriylar Suriya, Eron, Afg‘oniston shimoli, Tog‘li Badaxshonda, musta’liylar Yaman, 
Hindiston, Pokiston, Misrda, druzlar Suriya va Livanda bor.  
 
 
ISNOASH’ARIYLAR (arab. - o‘nikkichilar, ya’ni o‘n ikki imom tarafdorlari) - q. 
Imomiylar. 
 
 
ISNOD (arab. - tirgak, dalil, asos) - islomda har bir hadisning tarkibiy qismi. I. -aytilgan 
so‘zni aytuvchisiga bog‘lashlik. Muhaddis olimlar sanad bilan I.ni bir ma’noda 
qo‘llaydilar. Hadisning boshlanishida uni birinchi bo‘lib aytgan va eshitgan kishidan 
boshlab, hadislarni to‘plovchiga qadar barcha shaxslarning ismlari birma-bir ko‘rsatib 
chiqiladi va bu hadisning asosi, dalili hisoblanadi. Hadisning haqiqiy yoki soxta ekanini 
ulamolar shu ismlarni taqqoslash yo‘li bilan tekshirgan. Hadisni naql qiluvchi kishilarning 
yashagan yillari va ijobiy sifatlari shartga to‘g‘ri kelsa, I. to‘g‘ri, demak, hadis ham to‘g‘ri 
deb hisoblangan (yana q. Hadis). 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
141
 
 
ISO (as), Iso Masih (Iisus Xristos) - Qur’onda zikri kelgan payg‘ambarlardan biri. I.(as) 
islomda Muhammad (sav)dan oldingi payg‘ambar - Isoi Ruhulloh (Allohning ruhi) sifatida 
e’zozlanadi, shuningdek, "Masih", "Hakni so‘zlovchi", "Ibn Maryam", "Allohning 
muqarrabi" (yaqini) deb ta’riflanadi. I.(as) yoshi 30 ga yetganida Alloh uni "Bani Isroil" 
qavmini hidoyatga boshlash uchun payg‘ambar qilib yuboradi. I.(as)ning da’vatida 
shijoat va sidqidildan yordam bergan 12 nafar shogirdlari bo‘lgan, ular Qur’onda 
"havoriylar" deb nomlanadi. I.(as)ni ko‘ra olmagan gumroh qavmi undan o‘z 
payg‘ambarligini isbotlash uchun mo’jiza ko‘rsatishini talab qilgan. Allohning irodasi bilan 
I.(as) loydan qush shaklini yasab, unga puflasa qush bo‘lib uchar, tug‘ma ko‘r bo‘lib 
tug‘ilganlarni qo‘li bilan silasa, u ko‘radigan bo‘lar, peslarga qo‘lini tekkizsa, u tuzalar 
edi. I.(as) Muhammad(sav)ning dunyoga kelishini ham bashorat qilgan edi. Qur’on 
ta’limotiga ko‘ra, I.(as) - Allohning o‘g‘li emas, Xudo ham emas. I.(as) - Allohning qulidir 
va bokira qiz Maryamning mo’jiza bilan tug‘ilgan o‘g‘lidir. Alloh tomonidan I.(as)ga Injil 
nozil qilingan. Qur’onda yana ta’kidlanishicha, I.(as)ni dushmanlari o‘ldirishmagan, u 
chormix etib qatl qilinmagan, bu hodisa ular ko‘ziga ko‘ringan, xolos. Aslida I.(as) 
tiriklayin osmonga ko‘tarilgan va Qiyomat kuni arafasida Yer yuzida yana paydo bo‘ladi 
("Maryam" surasi). I.(as) haqida Oli Imron surasi 52-59-oyatlarda, Maryam surasi 33-
37-oyatlarda, Saf surasi 6-oyatda, Moida surasi 112-115-oyatlarda bayon qilingan.  
 
 
ISROILIYOT - yahudiylar va nasroniylardan o‘tib qolgan oldingi ummatlarning va 
nabiylarning qissalariga tegapshi rivoyatlar. Tavrot va Injilda vorid bo‘lgan xabarlar 
qisman Qur’oni karimda ham zikr etilgan. Mas., Odam(as) va uning yerga tushishi 
qissasi, Muso(as) bilan qavmi yahudiylarga tegishli nakdlar, Iso(as) va onalari Maryam 
haqidagi rivoyatlar va h.k. Bularning hammasi Qur’oni karimda va’z va ibrat uchun 
muxtasar hodda bayon etilgan. Keyinchalik musulmonlar mana shu muxtasar 
xabarlarning tafsilotini avvalgi ummatlarning rivoyatlarida ko‘rishgan va ularni 
o‘rganishgan, iqtiboslar olishgan. Lekin bu ma’lumotlarning sahixdigaga ko‘p ham e’tibor 
berishmagan. Holbuki, Alloh taolo ahli kitoblar o‘zlariga berilgan Kalomni o‘zgartirib 
yuborganlarini Qur’onning bir qancha o‘rinlarida bildirgan edi. Nabiy (sav) ashobiga ahli 
kitob bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatib: "Ahdi kitobni tasdiqlamanglar, 
yolg‘onchi ham qilmanglar", degan edilar. Lekin musulmonlar bunga yengil qaradilar
ma’lumot olishda e’tiborsizlik qildilar. Natijada I. tafsir kitoblaridan talaygana joy oldi. 
Ilarning masdari, asosan, 4 kishining nomi bilan bog‘likdir. Ular Abdulloh ibn Salom, 
Ka’bul Ahbor, Vahb ibn Munabbah (bu ikkalasi tobe’in), Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn 
Jurayj. 
Ulamolar I.larni 3 qismga ajratganlar: 1. Maqbul xabarlar. Ularning sahihligi 
Payg‘ambar(sav) hadislari orqali bilingan. Mas., sobiq kitoblarda zikr etilgan Hizr 
(as)ning ismi Buxoriy rivoyat qilgan hadisda ham uchraydi. 2. Sukut qilinadigan 
xabarlar. Ularning rost yoki yolg‘onligi ma’lum emas. Bu turdagi rivoyatlarni nasihat va 
ibrat uchun loyiq bir suratda hikoya qilish joiz. 3. Inkor etiladigan xabarlar. Ular 
islom diniga va sog‘lom aqlga xilofdir. Mas., Iso (as)ning xochga osilgani haqidagi 
rivoyatlar. Bu xabarlarni tasdiqlash, qabul etish, rivoyat qilish mumkin emas. Biron 
zarurat tufayli naql etilgan takdirda unga izoh berishlik vojibdir. Ko‘pgina tafsirlar bu 
nosahih xabarlar tufayli ishonchlilik darajasini yo‘qotgan. Allomalar o‘z asarlarida I.larni 
to‘la aniqlab berganlar.  
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
142
 
ISROFIL - islomda to‘rt bosh farishtadan biri (Azroil, Jabroil, Mikoil bilan birga) qiyomat 
kuni darakchisi. U ikki marta sur chaladi. Birinchi chalganida butun dunyo ostin-ustun 
bo‘ladi. Tog‘lar kul tepalarga yoki bo‘yalgan junlar kabi narsalarga aylanadi. Osmondagi 
yulduzlar to‘kiladi. Daryo suvlari bir-biriga qo‘shiladi. Dunyo tep-tekis bo‘ladi. Ikkinchi 
marta chalganda eng birinchi yaratilgan Odam (as)dan boshlab kim dunyoda yashagan 
bo‘lsa, hammasi tiriladi va Yer (mahshargoh)da yig‘iladi. I. gunohkorlarning do‘zahda 
qiynalayotganliklarini ko‘rib, ularga achinganidan kunduzi 3 marta, kechasi 3 marta 
yig‘lar ekan. I. Bibliyada Serafiil nomi bilan ma’lum. 
 
 
ISRO VA ME’ROJ - islom tarixida Muhammad(sav)ning Makkadan Quddusga qilgan 
tungi sayrlari (isro) hamda Quddusdagi Aqso masjididan osmonga ko‘tarilishlari 
(me’roj). Bu haqda Qur’on oyatlari va hadisi shariflarda keng ma’lumotlar berilgan. Bu 
hodisa ilohiy mo’jizalar turiga kirgani uchun moddiylik va aqliy dalillar bilan 
chegaralanuvchi kishilar uni inkor etadi. Hadis va rivoyatlarda aytilishicha, Muhammad 
(sav) Jabroil (as) boshchiligida tuvda ko‘p yillik masofani bosib o‘tib, bu samoviy 
sayohatlaridan boy xotiralar bilan qaytishgan. Jumladan, yetti qavat osmon oraliklarida 
o‘zlaridan oldinga o‘tgan yirik paygambarlar bilan muloqotda bo‘lishgan. Jannat va 
do‘zaxni tomosha qilishgan. 5 vaqt namoz ham shu kechada farz qilingan. Bu hodisa 
tasvirlab yozilgan ko‘pgana asarlar mavjud. I. va m. kechasi islom olamida diniy bayram 
sifatida har yili hijriy rajab oyining 27-kechasida nishonlanadi. 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling