Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet30/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55

 
al-MA’OD ("qaytish") - kelajakdagi hayot, oxir zamondan keyingi hayot (ba’zi jihatdan 
oxiratning sinonimi). Al-M. tushunchasi oxir zamon (as-sa’a), o‘liklarning tirilishi (al-
qiyama), Allohning odamlarni sud qilishi (yaum ad-din, as-sual), odamlarni jahannam va 
jannatga tushishlaridan tarkib topgan. Al-M. haqidagi tasavvur - islomning eng asosiy 
aqidalaridan biri. 
Musulmonlar o‘rtasida keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, oxir zamon bo‘lishidan avval ad-
Dajjol paydo bo‘ladi, yovuzlik kuchlari Yerda g‘alaba qiladi, sharq tomondan ya’juj va 
ma’juj paydo bo‘ladi, Yer qa’ridan so‘zlovchi qandaydir bir hayvon chiqadi, Yer uzra 
tutunlar buralab ko‘kka bo‘y cho‘zadi, Quyosh g‘arbdan chiqadi. So‘ngra Iso (as) va al-
Mahdiy Dajjolni yengishadi, Yer yuzida adolat o‘rnatiladi, so‘ngra esa, as-sa’a (soat) 
muddati kelib, unda yaum al-qiyama (o‘liklarni tirilishi kuni), yaum ad-din (sud kuni), 
yaum al-hisob (hisob kuni) va b. sodir bo‘ladi. Isrofil (as) sur chaladi, yulduzlar yerga 
qulaydi, dengizlar to‘lib-toshadi, tog‘lar joyidan qo‘zg‘aladi va barcha insonlar halok 
bo‘ladi. Surning ikkinchi sadosi bilan qachonlardir Yerda yashagan barcha insonlar qayta 
tirilib bir yerga to‘planishadi (al-mahshar). So‘ngra ular Alloh oldvda qattiq terga botib 
(al-araq) uzoq vaqt turadilar (al-mauqif). Alloh odamlarni qilgan a’moli bo‘yicha so‘roqqa 
tuta boshlaydi (as-sual), farishtalar odamlarni barcha yaxshi va yomon a’mollari 
yozilgan kitoblarni keltiradilar. So‘ngra qilingan gunoh va yaxshi a’mol tarozuga tortib 
ko‘riladi (al-mavazin). 
Katta hovuz (al-haud) yonida odamlarni Muhammad (sav) kutib olib, ayrim, arzimas 
gunohlar qilgan ba’zi taqvodorlar uchun Allohdan shafqat qilishini so‘raydilar. Shuning 
uchun ba’zi gunohkorlar uchun jahannam abadiy bo‘lmasligi mumkin, ayrim insonlarni 
esa, jannatga tushishdan avval uning darvozasi oldida kutishiga to‘g‘ri keladi. Barcha 
insonlarning jahannam ustidan tortilgan soch tolasidek ingichka ko‘prikdan (as-sirot) 
o‘tishlari lozim bo‘ladi: gunohga botganlar undan pastga qulaydilar, taqvodorlar esa, 
hech qanday to‘siqsiz jannat bog‘larigacha o‘tib oladilar. 
"Aqoidun Nasafiy" nomli sunniy aqidalarning to‘plamida (12-a.) musulmon esxatologik 
(oxirat zamonga oid) ta’limotining asosiy va e’tirof etilgan belgalari deb quyidagilar 
atalgan: al-ba’s (tirilish), vazn (gunohkorlarni tarozuda tortish), kitob (a’mol yozilgan 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
189
kitob), as-sual (so‘roq), al-haud (Muhammad (sav) quduklari), as-sirot (jahannam 
ustidagi ko‘prik), jahannam, jannat. Oxir zamon alomatlari: Dajjolning paydo bo‘lishi, 
Yerdan hayvon (maxluq)ning chiqishi, ya’juj va ma’jujning paydo bo‘lishi, Iso (as)ning 
qaytib kelishi, Quyoshning g‘arbdan chiqishi. Umuman olganda al-M. kontseptsiyasi 
islomni boshqa monoteistik dinlar bilan birlashtiradi. O’rta asrlarda uning yanada 
kengroq tafsilotlar bilan boyib borgani arablar, shuningdek, islomni qabul qilgan boshqa 
xalqlarning qad. e’tiqodlaridan olingan tafsilotlarni qo‘shilgani bilan izoxdanadi.  
 
 
MA’RIFAT (arab. - bilish, anglash, idrok etish) - tasavvuf tushunchasi; tasavvufdagi 
maqomlardan biri; solik ma’naviyatining kundan-kunga ortib borishi, koinot va tabiat 
ilmu hikmatidan, shuningdek, insoniy va ilohiy sir-asrorlardan voqif bo‘lib borishi. Hadisi 
sharifda: "Kimki o‘zini yaxshi tanisa, Parvardigorini ham, albatta, tanib oladi", deyilgan. 
Ya’ni, inson o‘zining tuzilishi, murakkab tarkibi, jismoniy va ruhoniy vujudini qanchalik 
chukur tafakkur bilan o‘rganib, bilib borsa, Allohning ulug‘ hikmati va beqiyos 
qudratining buyuk ekanini shunchalik idrok etadi. Inson o‘zidagi kamchilik va xatolarni 
qancha ko‘p sezib iqror etsa, Allohning benuqson komil zot ekanini shuncha payqab 
oladi. Har bir inson o‘z M. ini bilimiga karab yuqori darajalarga ko‘tarishi mumkin. 
 
 
MA’UNA - rost imonlari, go‘zal e’tiqodlari sababidan kulfat va mashaqqatlardan xalos 
bo‘lishlari uchun avom musulmonlar tomonidan sodir bo‘ladigan g‘ayrioddiy ish.  
 
 
MAQBARA (arab. marqad, turbat) - biror mayitning jasadi joylashgan me’moriy inshoot 
yoki tosh tobut (dahma, sag‘ana). Mlar hashamatli murakkab imoratlar taklidida 
taraqqiy topdi. Bunday hashamatli M.lar yaratilishi qad. Misr exromlarida Fir’avnni 
ilohiylashtirish bilan buyuk va o‘lmas degan g‘oya olib borilgan. 
O’rta Osiyoda dastlab kabr ustiga biror tosh qo‘yish, imorat kurish man etilgan bo‘lsa-da 
9-a.dan xalifalar sharafiga M.lar qurila boshlangan. Movarounnahrda ham 9-a.dan 
maxsus M.lar qurish odat tusiga kirgan. Keyinchalik, asosan, mashhur kishilar 
(podshohlar, ruhoniylar, olimlar) qabri ustiga turli M.lar qurilgan. Oddiy M. gumbazli 
chorsi xonadan iborat bo‘lgan, unga peshtokdi eshik orqali kirilgan. Ba’zan xonaning 4 
tomoni ravokdi-chordara shaklida bo‘ladi, keyinchalik M. kurilishi tobora murakkablasha 
borib, unda ziyoratxona, go‘rxona, tagxona-sardoba kabi maxsus xonalar paydo bo‘lgan.  
 
 
MAQOM (arab. - joy, o‘rin, manzil) -islomda so’fiylikka xos tushuncha, har bir so’fiy 
bosib o‘tishi lozim bo‘lgan bosklchlar. Tariqatlarda M.larning soni har xil keltiriladi, lekin 
ko‘p hollarda 4 M. tilga olinadi: shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat (q. Tasavvuf). Lekin, 
tasavvufning ayrim yirik namoyandalari M.larni ko‘proq deb hisoblagan. Mas., Fariduddin 
Attor 7 maqom, G’azoliy 9 maqomni ta’riflagan. Har bir M. ham o‘z navbatida bir necha 
kichik bosqichlarga bo‘linadi (ayrim so’fiylarda bu bosqichlar 8 dan 10 gacha 
ko‘rsatilgan) va ular manzil deb ataladi. 
 
 
MAQSURA ("To‘silgan") - xalifa, hokim yoki boshqa yuqori mansabdor shaxslarni 
olomondan to‘sib turish maqsadida shaharning jome’ masjidida mehrob va minbar 
yonida o‘rnatilgan o‘yma yog‘och panjarali ravon (pavilon) yoki oddiy panjara bilan 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
to‘silgan joy. Uni joriy qilishni Muoviya (661-680) bilan bog‘laydilar, u hayit namozlarida 
tiqilinch paytida sodir etiladigan suiqasdlardan o‘zini saqlamoqchi bo‘lgan; 7-a. oxiri - 8-
a. boshida M. eng yirik noibliklar markazlarida paydo bo‘lgan, so‘nfa yirik ma’muriy 
markazlardagi barcha jome’ masjidlariga tarqalgan. Asta-sekin bu istilohni qo‘llash ham 
o‘zgargan, M. deb masjiddagi har qanday to‘silgan, ajratib qo‘yilgan joy, mas., ayollar 
namoz o‘qiydigan panjarali ayvon yoxud xazina saqlanadigan ravon (pavilon) atala 
boshlangan. Zamonaviy masjidlarda odatda M. yo‘q.  
 
 
MAHDIY (arab. - Alloh tomonidan to‘g‘ri yo‘lga yetaklanuvchi) - islomda zamona oxir 
bo‘lganda yerga qaytib kelib adolat o‘rnatadi, deb tasavvur etiladigan payg‘ambar. 
Shialikda M.ga e’tiqod qilish katta o‘rin egallagan.  
 
 
MAHDIYLIK - zamona oxir bo‘lishi va Imom Mahdiyning kelishi haqidagi diniy ta’limot. 
Zamona oxir bo‘lganda "yashiringan imom" yerga qaytib kelib, adolatli tuzum o‘rnatadi, 
degan e’tiqod dastlab shialar o‘rtasida kelib chiqqan. Keyinchalik bu ta’limot sunniylarga 
ham o‘tgan. Islom mamlakatlarida M. g‘oyalaridan ayrim davlatga qarshi harakatlarning 
rahnamolari ham foydalangan. Mas., Eronda bobiylar qo‘zgolonining boshlig‘i Ali 
Muhammad (q. Bob) va 1881 y.da Sudanda dehqonlar va ko‘chmanchilarning isyoniga 
rahbarlik qilgan Muhammad ibn Axmad (1848-85) va b. o‘zlarini al-Maadiy deb e’lon 
qilgan.  
 
 
MAHMAL (mihmal, mahmil) - keng ma’noda tuyaning ustiga o‘rnatilgan taxtiravon; 
unda boy sayyoxdar, odatda ayollar olib yurilgan. M. ash-sharif, yoki oddiy M. – 
hashamatli bezatilgan bo‘sh taxtiravon, muqaddas shaharlar Makka va Madina (al-
Xaramayn) ustidan siyosiy homiylik ramzi. 1266 y.dan va tanaffuslar bilan 1952 y.gacha 
bir qator musulmon davlatlari (Misr, Iroq, Suriya, Yaman) Makkaga hajga 
yuborilayotgan asosiy hojilar karvoni qatorida M.ni ham qo‘shib jo‘natganlar. 
Bu an’ananing paydo bo‘lishi mamluk sultoni Beybars (1260-1277)ning Bag‘dodni 
mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinganidan so‘ng (1258) xalifaning ayrim imtiyozlariga 
merosxo‘r bo‘lishi, Misr va Yaman bilan raqobatda (1258-1282) kisva jo‘natish huquqini 
qo‘lga kiritishga intilishi bilan bog‘liq. Bu amaliyotga rioya etish, u yoki bu mamlakat 
tomonidan Makkaga M. jo‘natishdan bosh tortish davlatning qudrati yoki siyosiy 
obro‘sining oshgani yoki zaiflashganini, musulmon hukmdorlariningo‘zaro raqobatini aks 
etgirgan. An’ana bir necha bor vahhobiylarning qarshiligi tufayli to‘xtab qolgan. 
Musulmon xalqlari orasida M. - haj marosimlarini bajarishni ifodalovchi eng muqaddas 
ramzdir. M. alohida tuya yoki maxsus vagonda tashilib karvonning markazi bo‘lib xizmat 
qilgan. M.ni Makkaga jo‘natish, u yerda uni shaharning ko‘zga ko‘rinarli yeriga, so‘ngra 
uni Arafot tog‘i etagiga o‘rnatish, M.ni xojilar karvoni bilan qaytib kelishi xalq bayramiga 
aylanib ketgan. M. - baraka keltiruvchi deb hisoblangan. M. jo‘natish amaliyoti bekor 
qilingandan keyin u bilan bog‘liq udumlar xotiradan o‘chib bormoqda. 
 
 
MAHR (turkcha mehr; sinonimi sadoq) - teng huquqli nikoh (zavoj) tuzilgan paytda 
xotiniga ajratib beradigan mulk. M. to‘lash - shunday nikohning asosiy sharti bo‘lib, 
nikoh munosabatlari uchun xotinga to‘lanadigan haq sifatida qaraladi. M. faqat xotinga 
tegashli bo‘lib, xotinning eri vafot etsa yoxud eri taloq etib beva qolgudek bo‘lsa, uni 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
191
moddiy ta’min etgan. Ozmi-ko‘pmi qiymatga ega va mulk huquqi joriy etilgan barcha 
narsa M. bo‘lishi mumkin. Eng kam M.mikdori 10 dirham (30 g kumush), eng ko‘pi 
cheklanmagan. M. quda tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan belgilanadi. M. mikdori va 
uni to‘lash shartlari alohida nikoh bitimi (sig‘a)da aytiladi. M. nikoh shartnomasi tuzilgan 
zahoti berilishi (mahr mu’ajjad) yoki bo‘lib-bo‘lib, yoxud ajralish paytida (mahr mu’ajjal) 
berilishi mumkin. M.ning katta qismini kuyov albatta to‘y kuni qimmatbaho buyumlar, 
bezaklar, kiyimlar va b. (sadoq) ko‘rinishida olib kelishi shart bo‘lgan, bu ham nikoh 
shartnomasida alohida qayd etib o‘tilishi lozim. M. kelinning vasiysi yoki ishonchli 
odamiga (vakil ota), odatda otasi yoki qarindoshlarining kattasiga berilishi mumkin, zero 
bordi-yu ajralish sodir bo‘lsa kelin o‘sha xonadonga qaytib borishi mumkin bo‘lsin. Biroq 
M. bevosita kelinni o‘ziga ham berilishi mumkin, u holda M. kelinning shaxsiy mulki 
hisoblanib, kelin uni to‘la huquqdi egasi bo‘lgan. M.ni o‘z vaqtida to‘lamaslik xotinga to u 
to‘liq to‘lanmaguncha shartli ajralish (fash) huquqini bergan. Bordi-yu, er vafot etib 
qolsa, to‘lanmagan M. uning mulkidan tegashli M. ajratilib xotinga beriladi. Xotin bundan 
tashqari erining merosidan ham ulush olish huquqiga ega. Bordi-yu, ayolning ixtiyori 
bilan nikoh bekor qilinsa (xul) va ikki tomon bir-birini qarg‘ab, la’natlab ajralishsa (li’an) 
va M. to‘lanmagan bo‘lsa, xotin kishi M.dan mahrum etiladi. U yoki bu shaklda M. to‘lash 
odati hozirgacha islom mamlakatlarida saqlanib qolgan. Ba’zi mamlakatlarda M. 
mikdorini biroz cheklash yo‘lida hukumat tomonidan qonuniy chora-tadbirlar 
ko‘rilmoqda. M. faqat islomga xos, shuning uchun uni qalin bilan aynan deb bilish 
xatodir. Qalin, garchi tashqi tomondan M.ga o‘xshasa-da, u islomni qabul qilgan ko‘p 
xalqlarning qadimdan qolgan urf-odati hisoblanadi. 
 
 
MAHRAM (arab. - qarindosh) - shariatga xos tushuncha; ayol kishi yuzi ochiq holda 
ko‘rishishi mumkin bo‘lgan erkak yaqin qarindoshlar. Shariatga ko‘ra, ayolning otasi, 
o‘g‘illari, aka-uka, amaki, buva, tog‘a, qaynatasi M., undan yiroq turgan erkak 
qarindoshlar va yot erkaklar nomahram hisoblanadi. Ayol kishining M. doirasiga kirgan 
erkaklar bilan nikoh qilinishi taqiqlangan. Ayolga uylanishi mumkin bo‘lgan erkaklar 
nomahram hisoblanadi. 
Ayol har bir oilaning or nomusi, himoyaga muhtoj inson. Shu boisdan payg‘ambarimiz 
(as) ayollar safarga M.siz chiqmasinlar, deganlar. 
 
 
MAHSHAR (arab. - to‘planish, yig‘ilish joyi) - sunniylikdagi oxirat va shialikdagi ma’od 
aqidasi bilan bog‘liq tasavvur. Islom an’anasida dunyo tugagach (q. Oxirat), insonlar 
tirilib, o‘rnidan turib (q. Qiyomat) to‘planadigan va so‘roq qilinadigan kun, deb tasavvur 
etiladi. Shundan M. kuni oxirat kuni yoki qiyomat kuni mazmunida tushuniladi.  
 
 
MEROS (sinonimlari irs, virasa, virs, tarika, turas) - mol-mulk, huquq va majburiyatlar 
egasi vafot etishi bilan ularning boshqa shaxs ixtiyoriga o‘tishi. M.ning barcha majmuasi, 
jumladan meros bo‘yicha o‘tadigan narsalarni belgilash, merosxo‘rlarni ko‘rsatish, uni 
olish va taqsimlash tartibi asosan johiliyat davridagi Arabiston o‘troq aholisining huquqiy 
me’yorlaridan olingan va Qur’onda tasdiqlangan. M. ilm al-faroidning alohida huquqiy 
sohasi hisoblanadi. M. tushunchasiga o‘lganning mulkini olishdan tashqari uning 
qarzlarini to‘lash, uvdan qolgan majburiyatlarni bajarish, vasiyatini ijro etish, o‘lgan kishi 
oilasini o‘z qaramog‘iga yoki vasiyligiga olish va b. kiradi. Merosxo‘rlar o‘rtasida qolgan 
mulkning kamida uchdan ikki qismi taqsimlanadi, vasiyat bo‘yicha esa, ko‘pi bilan 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
192
uchdan biridan mahrum etish mumkin. Marhumning M. olish huquqiga ega bo‘lgan 
qarindoshlari uch toifaga bo‘linadi: a) 1-darajadagi eng yaqin qarindoshlar: ota-onasi, 
xotinlari, farzandlari; b) 2-darajadagi qarindoshlar: bobolar va buvilar, aka-uka va opa-
singillar, nabiralar; v) 3-darajadagi qarindoshlar: amaki, tog‘a va amma-xolalar, 
ammavachcha, amakivachcha, xolavachchalar. Bunda qondosh va o‘gay qarindoshlar 
o‘zaro teng huquqqa ega, boqib olingan bolalar qondoshlar bilan teng deb belgilanadi. 2-
darajadagi qarindoshlar 1-darajadagi qarindoshlar yo‘q bo‘lsa, M.ga ega bo‘lishlari 
mumkin, 3-darajadagi qarindoshlar agarda 1- va 2-darajadaga qarindoshlar yo‘q bo‘lsa, 
M.ga ega chiqishlari mumkin. 
M. taqsimlanish paytida, bu jarayon boshlanishidan avval vafot etgan shaxsning 
mulkidan u ijaraga olgan, shartnomaga ko‘ra uning ixtiyorida bo‘lgan barcha narsalar 
ajratib qo‘yiladi, qarzlar to‘lanadi, xotinlarga mahr ajratiladi, xo‘jayini vafot etgach, ozod 
qilinishga va’da berilgan qullar ozod etiladi. So‘ngra barcha qolgan mol-mulk baholanadi 
va undan vasiyat bo‘yicha mahrum etilgan qism ajratiladi; faqat shundan so‘nggina u 
merosxo‘rlar o‘rtasida ularning ulushiga qarab taqsimlanadi.  
 
 
ME’ROJ - q. Isro va me’roj.  
 
 
MEHROB (arab. - sajdagoh) - 1) masjidning Makka (Ka’ba) tomonidagi devori ichiga 
taxmon shaklida qurilgan joy. M. islom dinining dastlabki davrlaridan har bir masjidda 
mavjud. U namoz o‘qiladigan tomon (qibla)ni belgilash uchun xizmat qiladi. 2) Arablarda 
majlislarning to‘ri. 3) Uyning to‘ri. 
 
 
MIKOIL, Mekoil - islomda to‘rt bosh farishtadan biri (Azroil, Jabroil, Isrofil bilan birga). 
Diniy an’anada koinotni moddiy ta’minlovchi farishta hisoblanadi. U Qur’onda Jabroil 
bilan bir qatorda tilga olinadi (2-sura 92-oyat). Rivoyatlarda aytilishicha, M. Jabroil bilan 
birga Odamatoga birinchi bo‘lib sajda qilgan, Muhammad (sav)ning ko‘ksilarini yorib, 
yuraklarini poklagan. Musulmonlarga Badr jangda boshqa farishtalar bilan birga yordam 
qilgan.  
 
 
MILLA - din, diniy jamoa. Qur’onda M. istilohi bilan majusiylik (18:20/19; 14:13/16), 
yahudiylik va xristianlik (2:120/114), Ibrohim (as)ning haqiqiy dini, uni yahudiylar, 
xristianlar va majusiy-arabiylar tomonidan buzilgani (6:161/162; 2:128/122; 130/124; 
3:95/89; 4:125/124 va b.), Muhammad (sav) tomonidan tiklangani va u zotning 
izdoshlarini birlashtirgani anglatilgan. M. Rasululloh (sav) tomonidan diniy belgilariga 
ko‘ra birlashgan kishilar uyushmasini anglatgan (q. Umma), Qur’ondagi istilohlar 
qatorida turadi. M. istilohining ikki xil ma’noda (din -uyushma) ekani Muhammad (sav) 
zamondoshlari bo‘lgan shoirlar ijodida, o‘rta asr musulmon adabiyotida (mas., Tabariy, 
Ibn Xaddun), o‘rta asr hukmdorlari unvonlarida (mas., ilk G’aznaviylarda) ko‘zga 
tashlanadi. Istiloh "yo‘nalish", "tariqat" ma’nosida ham ishlatilgan [mas., al-Hallojda]. 
Usmoniylar saltanatida 15-a. 2-yarmidan M. istilohi bilan (millat shaklida) davlat 
tomonidan rasman e’tirof etilgan va cheklangan muxtoriyat huquqini olgan diniy 
jamoalar (grek-pravoslav, arman-figorian va yahudiylar jamoasi) anglatilgan. Yangi 
davrda M. istilohi eski, Qur’ondagi ma’nosi bilan birga "xalq", "millat" kabi ma’noga ega 
bo‘ldi.  

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
193
 
MINBAR - masjidda imom va’z aytadigan baland joy, keng zinapoyali supa. Birinchi M. 
baland o‘rindiqli bo‘lib, unga 2 zina bilan chiqilgan, Muhammad (sav) 628-629 ylarda 
va’z o‘qiganlarida unda o‘tirganlar. Shu yagona M.dan birinchi uch xalifa foydalangan, 
faqat Ali davrida Kufada ikkinchi M. paydo bo‘lgan, keyinchalik Muoviya davrida 
Damashqda yana bir M. vujudga kelgan. Umaviylar davlat boshqaruvining oxirigacha M. 
taxt singari hokimiyat ramzi sifatidagi ahamiyatini saqlab qoldi. Va’zxonga kafedra bo‘lib 
xizmat qilgan birinchi M. 748 y.da, Marvda Abu Muslim g‘alaba qilgandan keyin paydo 
bo‘ldi; shu vaqtdan boshlab siyosiy hokimiyat ramzi bo‘lmay qoldi.  
 
 
MINORA (arab. - mayoq) - asosan, masjid va madrasalar yonida yoki ularga tutash 
qurilgan baland inshoot. Muazzin M.ga chiqib, azon aytadi - namozxonlarni ibodatga 
chaqiradi. Ba’zi M.lar shaharga, ma’lum bir me’moriy majmuaga ko‘rk va salobat 
beruvchi yodgorlik sifatida ham quriladi. Mas., Samarqand, Xiva (Islomxo‘ja 
madrasasining minorasi, Kalta minor) va Buxorodagi (Minorai Kalon) M.lar.  
 
 
MINORAI KALON (Katta minora) Arslonxon minorasi - Buxorodagi me’moriy yodgorlik. 
Muhandis va me’mor Baqo loyihasi asosida Arslonxon qurdirgan (1127). M.k. o‘rnida 
avval ham minora bo‘lgan, u kulab tushgach, hoz.si mustahkam qilib qayta qurilgan. 
Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 m chukur, bal. 
50,0 m, kursisi qirrador, tanasi g‘o‘lasimon, tepasi gumbazli davra kafasa-ko‘shk bilan 
bog‘langan. Minora yuqoriga ingachkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. 
Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora 
ichidagi 104 pilpoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi Kalon tomonidan minoraga 
o‘tiladigan ko‘prikcha bo‘lgan. M.k.ning o‘zagi ham, bezagi ham chorsi g‘isht (27x27x4-5 
sm) ganchxok loyida terilgan. Bezak g‘ishti o‘rniga qarab turli shaklda, sirti silliq 
pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil xandasiy shakldagi bejirim bezakli halqalari 
g‘ishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi 
kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli 
xil handasiy shaklda bezatilgan (keyinchalik to‘kilib ketgan). M.k. shu turdagi qad. 
inshootlar orasida alohida o‘rin tutadi. Shaqllarning o‘zaro monandligi va mutanosibliga, 
handasiy uyg‘unlik, ajoyib ko‘rk va mahobatlilik M.k.ga chinakam go‘zallik bag‘ishlaydi. 
Tanasi va muqarnaslari ta’mir etilgan (1924). Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil 
Bobomurodov tomonidan ochib ta’mirlangan (1960). Buxoroning 2500 yilligi munosabati 
bilan M.k.da ta’mirlash ishlari olib borildi (1997). M.k. Buxoro sh.ning noyob va ko‘hna 
yodgorliklari qatoridan markaziy o‘rin egallagan. 
 
 
"MIR ARAB" MADRASASI - Buxorodagi diniy o‘quv yurti. Malakali diniy mutaxassislar 
tayyorlaydi. O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. Yamanlik amir Abdulloh 
tomonidan Buxoro xoni Ubaydullaxon in’om qilgan mablag‘ hisobiga qurilgan (1530-36); 
madrasa amirning laqabi bilan Mir Arab deb atalgan. Sho‘rolar davrida faoliyati 
vaqtincha to‘xtatilgan, 1945 y.da yana giklangan. O’quv muddati 4 y. O’quv yurti 
kunduzgi bo‘limiga 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan o‘rta va to‘liqsiz o‘rta ma’lumotli 
kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlarni, arab tilini uqitish O’zbekiston musulmonlari idorasi 
gomonidan tuzilgan reja asosida, umumta’lim fanlarni o‘qitish esa, respublika Xalq 
ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan maktab va o‘rta maxsus 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
194
o‘quv yurtlari uchun ishlab chiqilgan dasturlar, darsliklar, qo‘llanmalar asosida olib 
boriladi. O’kuv mashg‘ulotlari ma’ruza, seminar tarzida o‘tkaziladi. Darslar o‘zbek va 
arab tillarida olib boriladi. Talabalarga ingliz, rus va fors tillari ham o‘rgatiladi. O’quv 
rejasi va dasturlari talablarini to‘liq bajargan, bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyatli 
topshirgan talabalarga diplom beriladi. 
 
 
MIR DOMOD, Mir Muhammad Boqir ibn Shamsiddin Muhammad al-Husayniy al-
Astrobodiy (? - 1631/32) - shia ilohiyotchisi za faylasuf, Isfahon falsafa maktabi 
asoschisi. Astrobodda, mashhur shia oilasida tug‘ilgan. Tusda ta’lim olgan, shoh Abbos I 
davrida (1587-1629) Isfahonga borib saroyda xizmat qilgan. Ilohiyot va falsafa bilan 
ko‘p shug‘ullangan. Najafda vafot etgan. MD.ning ma’naviy dunyosi Ibn Sino falsafasi, 
as-Suxravardiyning ishroq teosofiyasi va shialikdagi imomat kontseptsiyasi ta’sirida 
shakllangan. Olimlar o‘rtasida M.D. "Uchinchi muallim" ("Birinchi muallim" - Aristotel va 
"Ikkinchi muallim" - al-Forobiydan so‘ng) unvonini olgan. Ishroq g‘oyasi doirasida 
Isfahon maktabi vakillari shialikdagi uzlarining ta’limotlarini yaratganlar. M.D. ko‘p 
asarlar yozgan. Ularning orasida eng mashxurlari - "Kitob ar-ravashix as-:amaviya", "ar-
Risala al-xal’iya", "al-Jizavat" bo‘lgan. 
 
 
MIR KULOL Buxoriy (taxm. 1288, Buxoro yaqinida (hoz. Kogon tumani)gi Suxor 
qishlog‘i – 1371) - xojagon-naqshbandiya silsilasining yirik namoyandasi, buxorolik yetti 
pirning oltinchisi. Xoja Muhammad Boboyi Samosiydan tahsil olgan. Kulolchilik bilan 
shug‘ullanganligi sababli Mir Kulol nomi bilan mashhur. "Silsilai Sharif"da 15-halqaning 
piri sifatida kelgan. Uning 114 xalifasi bo‘lib, Bahouddin Naqshband, Shamsuddin Kulol 
(Amir Temurning piri), Orif Deggaroniy eng mashhurlari sanalgan. Uning hayoti haqida 
"Maqomati Mir Kulol" kitobi yaratilgan. Tug‘ilgan qishlog‘ida dafn etilgan Qabri ustida 
maqbara o‘rnatilgan.  
 
 
MIR SAID BAHROM MAQBARASI -Karmanadaga me’moriy yodgorlik (10-11-a.lar) Bir 
xonali murabba tarxli (4,5 x 4,5 m), gumbaz tomli. Somoniylar davri me’morligiga xos 
uslubda pishiq g‘isht (21 x 21 - 3 sm)da bezakli qilib terilgan. Peshtoqi 3 qismdan iborat, 
hoshiyali. Sharafasi va ikki yon tomoni mayda g‘ishtlardan terilgan. Ravoq hoshiyasida 
kufiy yozuvida Qur’ondan oyatlar bitilgan Tabadoniga yoy shakldagi o‘yma panjara 
ishlangan. Ustungo‘shasiga g‘ishtlar juft-juft qilib "qo‘sh" uslubida terilgan. Yon va orqa 
devorlari bezaksiz. Ichki gumbaz osti bag‘ali sakkiz qirrali ravoq (5 g‘ishtin ustun)ga 
tayangan. Peshtoqi pishiq g‘isht (26,5 x 26,5 5 sm)dan qayta terilgan. Maqbara bir 
necha bor ta’mir etilib (1960-70 ylar), dastlabki ko‘rinishini yo‘qotgan. Maqbara 
me’moriy qismlarining o‘zaro aniq nisbati naqshlarining ixchamligi bilan ajralib turadi  
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling