Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet31/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55

 
MIHNA - "sinov". 833 y.dan boshlab abbosiy xalifalari Ma’mun, Mu’tasim va Vosiq 
davrida mavjud hokimiyatga nisbatan xolis yoki noxolis ekanliklarini bilish maqsadida 
ilohiyotchilar M.ga duchor qilinganlar Qur’onni o‘z vaqtida yaratilganini (hudus al-Qur’on) 
e’tirof etganlar xolis deb hisoblanganlar, buning aksini aytganlar esa, qatag‘on 
qurbonlariga aylangan. M. avvalambor Bag‘dodda o‘tkazilgan, uning qurbonlaridan biri 
Ahmad ibn Hanbal bo‘lgan. Xalifa al-Mutavakkil 849 y. Qur’onning kelib chiqishi haqidagi 
har qavday munozarani man etishi bilan M.ga chek qo‘yilgan. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
195
 
 
MOZOR (arab - ziyorat qilish joyi) -o‘tmishdagi mashhur shaxslar, xususan, aziz-
avliyolar dafn etilgan joy. Islom dinigg ko‘ra, ulug‘ zotlarning qabrlarini ziyorat kilib. 
ularning ruhlarini duoi xayrlar bilan xotirlash savobli ishlardan hisoblanadi, Lekin, 
marhum aziz-avliyolar qabriga sig‘inish, ulardan madad so‘rash, farzand, shifo tilash 
shar’an man etiladi. M.da hojat so‘ralganda faqat Allohning o‘zidan so‘rash lozim.  
 
 
MOL (ko‘pligi amvol) - xususiy, mulk (o‘troq arablarda - "pul", "boylik", badaviylarda -
"tuyalar", "chorva"). O’rta asr mualliflarining tushuntirishlariga ko‘ra, M. to‘rtta 
kategoriyaga ajraladi: "soqov" (qimmatbaho toshlar va pullar), "so‘zlovchi" (qullar va 
chorva), tovarlar va ko‘chmas mulk. Tor ma’noda M. - moliya, pul mablag‘lari (moliya va 
soliqlarga doir ko‘p risolalar ham shunday atalgan - "Kitob al-amvol"), shundan bayt- ul-
mol va mol al-muslimin (barcha musulmon jamoasiga tegashli mablag‘lar); ba’zi 
hollarda M. natural soliqlardan farqli ravishda pul bilan to‘lanadigan soliqlarni anglatgan. 
U yoki bu shaklda M. musulmon xalqlarining barcha tillariga o‘tgan. I.ch. yoki savdoga 
qo‘yilgan mablag‘lar ra’s al-mol (asosiy mablag‘lar, sarmoya), daromad esa, - g‘alla, 
ribh deb atalgan. Hozirda ra’s al-mal so‘zi "sarmoya" istilohining aynan mazmunini 
beradi. 
 
 
MOLIK ibn ANAS Abu Abdulloh (713-795) - faqih, muhaddis, molikiylik mazhabining 
asoschisi. Madinada tug‘ilgan. Bolalikdan diniy ilm oldi, Qur’oni karimni o‘rgandi. Islom 
huquqini puxta egallab, "Madina imomi" unvoniga sazovor bo‘ldi. M.i.A. biror siyosiy 
oqimga ergashmasa-da, hokimiyatning saylab qo‘yilishi qoidasini afzal hisoblardi, 
lavozimlarga ma’muriy tayinlanishlarga qarshi edi. M.i.A. Muhammad (sav) sahobalari 
aytgan hadislarni muayyan mavzularga ajratib, "al-Muvatta’" ("ommaviy, barchaga 
tushunarli" ma’nosida) deb atalgan to‘plam tuzdi. Muhaddis buning uchun 40 y. umrini 
sarfladi. Bu ilk hadis to‘plamlaridan biri bo‘lib, bir necha ming hadisni o‘z ichiga olgan. 
M.i.A. mudarrislik faoliyati bilan shuullangan. Shogirdlari orasida taniqli muhaddis 
Muhammad Shayboniy (805 y. v.e.), shofi’iylik mazhabi asoschisi Muhammad ibn Idris 
Shofi’iy (820 y.v.e.) bo‘lgan. M. i. A.ning ijtimoiy-siyosiy qarashlari asosida hokimiyat 
xalifa qo‘lida bo‘lishi, xalifa esa qurayshiylardan saylanishi, alohida vakolatli shaxslardan 
tashkil topgan guruh (sho‘ro) uni tasdiqlashi kerak, degan fikr yotadi. Umuman u 
Muhammad (sav) davridagi an’analarni yoklab chiqqan, ya’ni "ashob al-hadis" ("hadis 
tarafdorlari") oqimining yirik namoyandasi bo‘lgan. Umrining oxirida zohidlikka berilgan 
va uzlatda yashagan.  
 
 
MOLIKIYLIK - sunniylikdagi diniy-huquqiy mazhablardan biri. Molik ibn Anas asos 
solgan. M. Madinada paydo bo‘ldi, Arabiston ya. o.ga, keyin Misr, Shim. Afrika va 
Andalusiyaga tarqaldi. Molik ibn Anasning "al-Muvatta’" ("ommaviy, barchaga 
tushunarli" ma’nosida) asari M. ta’limotining asosiy manbai hisoblanadi. M. tarafdorlari 
Muhammad (sav) hayotliklari vaqtida ilk islomda shakllangan fiqh me’yorlarini tan oladi, 
fiqhning asosiy manbai sifatida Qur’on va sunnaga tayanadi, Madinaning savodli aholisi 
yakdillik bilan ma’qullagan qoidalarnigana ijmo’ deb hisoblaydi. Shu bilan birga 
musulmonlarning umumiy manfaatlariga javob beruvchi shariat hukmlariga monelik 
qilmaydi. Hoz. vaqtda ham bu mazhab qoidalarining Marokash, Tunis, Jazoir va Liviya 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
nikoh-oila va mulkka oid huquqiga sezilarli ta’siri bor. U Liviyaning bir qator jinoyat 
qonunlari asosini tashkil etadi. 
 
 
MOMOHOVO (qadimiy yahudiycha "havvo" -hayot manbai) - Odamatoning xotini, 
birinchi ayol va inson zotining onasi. Injilda Yeva nomi bilan ma’lum. M. Odamatoning 
qovurg‘asidan yaratilgan, deb sharhdanadi. U Iblisning so‘ziga kirib, Odamatoni man 
qilingan mevani totib ko‘rishga undaydi. Shu gunohi uchun M. jannatdan quvilib, yerda 
yashashga mahkum etiladi. Ular Makka yaqinida yana uchrashishadi. M. Odamato 
o‘limidan ko‘p o‘tmay qazo qiladi va uning yoniga dafn etiladi. Nakd qilishlaricha, M. 
gunohlari tufayli ayollar jismoniy azob chekishga -homilador bo‘lish, tug‘ish va h. k.ga 
mahkum etilgan. M.ning gunohiga qaramay taqvodor ayollar jannatga tushishi xususida 
Alloh va’da qilgan. 
 
 
MOTURIDIY, Abu Mansur al-Moturidiy (to‘liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn 
Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy; 870-944) - buyuk 
imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. "Imom al-xudo", "Imom 
al-mutakallimon" ("Hidoyat yo‘li imomi", "mutakallimlar imomi") nomlari bilan 
ulug‘langan. Samarqandning Moturid qishlog‘i (hoz. Jomboy tumani)da tavallud topib, to 
umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bog‘ ham barpo etgan. M. 
Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida o‘qidi, mahalliy hanafiy faqihlardan ta’lim oldi, 
keyin o‘zi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Vasiyatiga ko‘ra, Samarkanddagi 
Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. M.ning asosiy asarlari "Kitob at-tavhid" 
("Yakkaxudolik haqidagi kitob") "Ta’vilot ahl as-sunna" ("Sunniylik an’analari sharhi")dir. 
"Kitob at-tavhid" bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohyyotining birinchi asari 
hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi ta’rifi berilgan muqaddimasida bilimning uch manbai: 
hissiy (sezgi) a’zolari vositasida, nakd-rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida 
axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. M. sof din doirasidan chiqmagan holda aql-
idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini ta’kidlaydi. 
M. ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar - juz’iy ixtiyor, e’tiqod, oxirat 
hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. "Ma’xaz ash-shari’a", ("Shariat asoslari 
sarasi"), "Kitob al-usul" ("Diniy ta’limot usuli kitobi"), "Kitob al-jadal" ("Dialektika haqida 
kitob") kabi asarlari shular jumlasidandir. M. Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib
uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ash’ariy (873-935) ishlab chiqqan islom aqvdasi 
asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik e’tiqodiga kirib qolgan noto‘g‘ri, g‘ayri sahih 
aqidalardan tozaladi. 
M. ilmiy merosini butun dunyo qiziqib o‘rganmoqda. Uning asarlari ayrim qo‘lyozmalari 
bizgacha yetib kelgan va qisman tadqiq qilingan. Jumladan allomaning Qur’onni to‘g‘ri 
o‘qish uchun mo‘ljallangan "Ta’vilot al-Qur’on" asari va uning uzviy davomi hisoblanmish 
"Irshod al-mubtadiyn fiy tajvidi Kalomi rabbul-olamin ("Qur’on o‘qishga kirishganlar 
uchun qo‘llanma") kitobi hozirda O’zR Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutida 
saqlanmoqda. Gettingen (GFR) universitetining prof. Rudolf Ulrix "al-Moturidiy va 
Samarqand sunniylik ilohiyoti" asarini 1997 y. nemis tilida nashr ettirdi. Uning o‘zbek 
tilidagi nashri ham tayyorlandi (Toshkent, 2001). O’zR Vazirlar Mahkamasining Qaroriga 
binoan 2000 y.da M. tavalludining 1130 yligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Shu 
munosabat bilan Toshkent va Samarqandda M. ta’limoti va uning islom olamida tutgan 
mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi, Samarqandda alloma qabri 
ustida yodgorlik majmuasi barpo qilindi. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
197
 
MOTURIDIY YODGORLIK MAJMUI, Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi 
(2000) munosabati bilan, O’zR Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan Samarqand sh. 
markazida bunyod etilib, ramziy maqbarasi o‘rnatilgan (hududi taxm. 4 ga). Yodgorlik 
Registon ansambli yaqinida. Vobkent, G’ijduvon va Buxoro ko‘chalari oralig‘ida 
joylashgan. Bosh kirish qismi Vobkent ko‘chasidagi xiyobon orqali. Loyihaga ko‘ra 3 
qismga (markaziy, bog‘ va xo‘jalik) bo‘lingan, ular o‘zaro bir-biri bilan xiyobonli yo‘lka 
orqali bog‘langan. Loyiha o‘qi manzarali mujassamotda yaratilib, maqbara binosiga 
tutashgan. Sharsharali favvoralar xiyobonli yo‘lka markazida qurilib, atrofi obodonl 
ashtirilgan. 
Yodgorlikning me’moriy loyihasi va badiiy yechimida o‘zbek milliy mahobatli san’atining 
eng yaxshi an’analari qo‘llanilgan. Maqbara pishiq g‘ishtdan, murabba tarxdi (12x12 m), 
shifti gumbazli (bal. 15 m), poygumbazi 24 kichik ravoqchalarga bo‘linib, ganchkori 
panjaralar bilan bezatilgan. Panjaralar yuqorisi murakkab tuzilishdagi muqarnaslar bilan 
to‘ldirilgan. Xona markaziga qo‘yilgan saganada arab yozuvida buyuk olimning so‘zlari 
bitilgan. 
 
 
MOTURIDIYLIK - kalomdagi oqim, Abu Mansur Moturidiy asos solgan. 9-a. oxiri -10-
a.da Movarounnahrda ismoiliylar aqidalariga qarshi javob tarzida vujudga kelgan. Bu 
ta’limot rivojlanib, 13-a.dan keyin Movarounnahr hududidan chiqib, musulmon Sharqi 
mamlakatlariga yoyildi. Saljuqiylar hukmronligi davrida hamma joyda islom aqidalarida 
M. tatbiq qilindi. Sunniylikning hanafiylik mazhabiga e’tiqod qiluvchilarning barchasi 
aqida bobida imom Moturidiy, uning shogirdlari hamda izdoshlari yozib qoldirgan 
asarlarga tayanib ish ko‘rdilar. Islom olamining aksariyat mintaqalarida, Suriya, Iroq, 
Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shim. Afrikada bu ta’limot hozir ham o‘rta va oliy diniy 
o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘qitib kelinmoqda. 
M.ning keng yoyilishiga uning mo’tadillik yo‘lini tutgani, aqidaviy masalalarda Qur’on, 
hadis va aqlu idrok, mantiq hamda haqiqatga eng yaqin turgani sabab bo‘ldi. Imom 
Moturidiy tarafdorlari bilishda faqat aqlga suyanish kerak, degan mu’taziliylardan farqli 
o‘laroq, aql bilan naqlni qo‘shib foydalanish zarur, deb hisoblaganlar. Mu’taziliylar 
Qur’onni yaratilgan desalar, moturidiylar uni qadim, azaliy, deb biladilar. Imon-e’tiqod 
xususida M. ta’limoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. Mu’taziliylar imonning shartlari 3 ta, 
ya’ni til bilan iqror, dil bilan tasdiq va amal bilan ijro etish, desalar, M.da imonning 
shartlari 2 ta, ya’ni til bilan iqror etish va dil bilan tasdiqlash, amallarning o‘rni esa 
boshqa, deb ta’rif qilinadi. M. har bir insonning taqdiri Alloh tomonidan belgalab 
qo‘yilganiga qaramay, u o‘z xatti-harakatlari uchun javobgardir, deb biladi. Inson 
imtihonlar uchun yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli 
o‘tish va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun keng imkoniyatlar berib qo‘yilgan. U o‘z xatti-
harakatlarida ixtiyorlidir. 
 
 
MUAZZIN (arab. - "da’vat etuvchi", "chaqiruvchi", azon aytuvchi) - masjidda azon 
aytib, namozga chorlovchi shaxs; xalq tilida "so‘fi" deb ham ataladi. M. uchta asosiy 
vazifani ado etadi: namozxonlarni to‘playdi, imomni chaqiradi va namoz boshlanganligini 
e’lon qiladi. Ushbu uch majburiyat vaqt o‘tishi bilan ma’lum o‘zgarishlarga uchragan. 
Dastlab M. musulmonlar yashaydigan uylarni aylanib chiqib ularni shu tariqa namozga 
to‘plashi lozim bo‘lgan. Minora paydo bo‘lishi bilan M. azonni uning tepasiga chiqib 
aytadigan bo‘lgan. Ilk islom davrida shaharning jome masjidida namoz paytida 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
198
hokimning o‘zi imomlik vazifasini bajargani tufayli M.ning zimmasiga namozxonlar 
to‘planganlaridan so‘ng hokimni chaqirish ham yuklatilgan. Bu tajriba 8-a. o‘rtalarigacha 
davom etgan. Ibodat boshlanganligani e’lon qilish uchun maxsus chaqirish - iqoma 
xizmat qilgan, u orqali dastlabki vaqtlarda masjidga hokim kelgani bildirilgan. M. ilk 
islom davrida hokimning xizmatkori va yordamchisi hisoblangan. Davr o‘tishi bilan azon 
aytish murakkablashgan, o‘z tarkibiga kalimai shahodatni kiritgan va ibodatning o‘ziga 
xos turiga aylangan. Shunga muvofiq M.lik ham yangacha talqinga ega bo‘lgan. Uning 
faoliyat doirasi kengaygan. 7-a. oxiridayoq Misrda M. zimmasiga tunda qo‘shimcha 
namozlarni o‘qish yuklatilgan. Bundan tashqari 9-a.ning ikkinchi yarmida M.ning maxsus 
xonasida namozxonlar tunda Qur’ondan sura, oyatlarni tilovat qilishlari lozim bo‘lgan, 
12-a.ning ikkinchi yarmida, Salohiddin davrida M. kechki azon paytida aqida o‘qiy 
boshlagan, 14-a. boshidan esa, juma kunlari ertalab minorada zikr tushilgan. 
Muhammad (sav) huzurlarida ikki M. - habash cho‘ri o‘g‘li Bilol ibn Raboh va Abu Bakr 
(ra)ning mavlosi Ibn Umm Maktum bo‘lishgan. Shuning uchun masjidlarda ikki M. 
bo‘lishi maqtovga sazovor deb bilingan. Biroq kichik masjidlarda M.ning vazifasini 
ko‘pincha imomning o‘zi bajargan va bajarmoqda. M.lik vazifasi ko‘pincha merosiy 
bo‘lgan. Xalifa Usmon (ra) davrida (644-656) M.lar maosh oladigan bo‘lishgan. 
O’rta asrlarda Mlar tashkilot (korporatsiya)ga birlashganlar, uning tepasida rais al-
Muazzinin turgan. M. vazifasini tahoratsiz, mast, aqli noraso kishilar va ayollar bajarishi 
mumkin emas. Minoralar paydo bo‘lishi bilan nazariy jihatdan M.ni balandlikdan turib 
masjid atrofidagi uylarning haramiga va ichkari qismiga ko‘z tashlamasligi uchun ko‘zi 
ko‘r bo‘lishi afzal deb bilingan. Hoz. paytda musulmon mamlakatlarida M.lar ovoz-
kuchaytirish moslamalaridan foydalanadilar. 
 
 
MUALLAQ TOSH - Aqso masjidi yaqinidagi Qubbatus Saxra masjidi ichidagi tosh. 
Quddus (Isroil) sh.da. Rivoyatlarga qaraganda, Rasululloh tosh orqali Buroqga 
chiqqanlar. Ushbu M. t.ning hajmi taxm. 7-8 kv. metr keladi. Uning pastki qismida 2 
kishi sig‘adigan g‘orcha bor. G’or ichiga kirilsa, 7 kishi sig‘adigan joy bo‘lib, u yerga 
joynamoz to‘shab qo‘yilgan, kirgan odam ikki rakaat namoz o‘qib chiqadi. Ushbu tosh 
atrofi 1 m balandlikda panjara bilan o‘rab qo‘yilgan. Rasululloh osmonga 
ko‘tarilganlarida tosh ham orqalaridan ergashib, havoga ko‘tarilgan-u, payg‘ambar 
"to‘xta" deganlarida, u yerdan 2 m ko‘tarilganicha qolavergan. Musulmonlarga bu toshni 
muqaddaslashtirish yoki ziyorat qilish buyurilmagan. 
 
 
MUBORAK KECHALAR - ba’zi musulmonlar muqaddas hisoblab, maxsus nishonlaydigan 
kechalar. Bular - rag‘oyib, baroat, me’roj va qadr kechalaridir. 
Rag‘oyib - Payg‘ambarimiz (sav)ning javharlari otalaridan onalariga tushgan kun deb 
e’tiqod qilinadi va u rajab oyining ilk juma kechasiga to‘g‘ri keladi; baroat (sha’bon 
oyining 15-kechasi) - poklanshtadigan, gunohlar kechiriladigan tun sifatida; me’roj - 
rajab oyining 27-kechasi payg‘ambarimiz (sav) me’rojga chiqqanlari uchun 
nishonlaniladi, ya’ni, toat-ibodat ila mashg‘ul bo‘linadi. Aslida, bulardan faqat bittasi - 
Qadr kechasigina payg‘ambarimiz tomonidan kutilgan va toat-ibodat bilan o‘tkazishga 
buyurilgandir. Qolganlari keyingi davrlar "mahsuli" bo‘lib, bid’at amallar hisoblanadi. 
Qolaversa, bu kechalarning qaysi kunga to‘g‘ri kelishi xususida ixtiloflar bor. Xullas, 
Alloh taolo afzal qilgan, Payg‘ambarimiz (sav) muborak bilgan ma’lum bir oy, kecha, 
kunlar bor - ramazon oyi, ikki hayit, juma kunlari, qadr kechasi. Bu borada ham 
Payg‘ambarimiz (sav) va sahobalar izidan borish eng to‘g‘ri yo‘ldir.  

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
199
 
 
MUBOH (arab. - umumiy, ixtiyoriy ish-harakat) - shariat tushunchalaridan biri. Unga 
ko‘ra, qilish va qilmaslik barobar bo‘lgan amal. Uni qilgan kishiga ham, qilmagan kishiga 
ham savob ham, gunoh ham yo’qdir. Harom bo‘lmagan, man qilinmagan 
(qaytarilmagan) ishlarning hammasi M.dir. Mas., o‘tirish, turish, yurish, yotish, uxlash, 
halol taomlarni yeyish va b. M. amallarning adadi behisob. M. bilan joiz tushunchasi 
mazmunan bir. 
M. masalasi fiqhning ahkom bo‘limi tomonidan talqin qilinadi. Mazhabga ko‘ra, bir xil 
xatti-harakat M. yoki M. bo‘lmasligi mumkin. Hoz. islom jamiyatida M. muammosi ancha 
dolzarbdir, chunki u jamiyat hayotidagi va maishiy turmushdaga yanga hodisalarni qabul 
qilish yoxud rad etish bilan bog‘likdir. Chunonchi, artistlik va badiiy ijod ayniqsa, 
rassomlik va musiqa bilan bog‘liq ko‘plab savollar xususida anchadan buyon 
munozaralar mavjud. "Ortiqcha dabdaba deb bilinadigan narsalar" tushunchasini 
belgilash, cho‘chqa terisi va moyidan foydalanib tayyorlangan import mahsulotlar 
(poyabzal, kosmetika)ni ishlatish mumkinligani anikdash, yevropacha kiyinish, ayniqsa, 
ayollarni shunday kiyim kiyish imkoniyatlarini belgilash, bo‘sh vaqtdan foydalanish va 
b.ni aniklash juda murakkab bo‘lib kelmoqda. Har bir mamlakatda umumiy sharoitdan 
kelib chiqib M.ning eng kam cheklanishlari ustidan nazorat qilish kuchli yoki kuchsiz 
bo‘lishi mumin. M. masalalarini hal etishda huquqning ratsional manbalari (istihson, 
istisloh va b.)ni jalb etish katta ahamiyatga ega. 
 
 
MUDARRIS (arab. - dars beruvchi) - madrasa o‘qituvchisi. M.lar muayyan ilohiyot 
fanidan dars bergan. Hozir madrasalar va diniy un-tlarda faqat diniy ilmlardan emas, 
dunyoviy fanlardan dars beruvchilar ham M. deb ataladi.  
 
 
MUJASSIMIYLAR, al-Mujassima ("jismlantiruvchilar") - Allohni jism sifatida tasavvur 
etuvchi turli aqidaviy maktablar izdoshlarining umumiy nomi. M. nomi ko‘pincha al-
mushabbihaning sinonimi sifatida qo‘llanilgan. Shia aqidasi asoschilaridan bo‘lgan 
Hishom ibn al-Hakam (814 y. Bag‘dodda v.e.) Allohni jism sifatida belgilab, U uch 
o‘lchov birligi (uzunlik, kenglik, balandlik) bilan cheklangan, jism xususiyatlariga (rang, 
hid, harakat va b.) ega deb hisoblagan. 
 
 
MUJOHID (arab. - e’tiqod uchun, muqaddas ish uchun kurashchi; aynan - jihod 
urushining ishtirokchisi) - Sharkdagi barcha musulmon mamlakatlarida ishlatiladigan 
tushuncha. Ilk islomda va o‘rta asrlarda M. xudo yo‘lida jang qiluvchi, deb talqin etilgan. 
Yirik islom ruhoniylari yoki tashkiloglari biror urushni jihod (g‘azavot) deb fatvo bergan 
holdagana ana shu urush qatnashchilari M. hisoblangan. Hoz. davrda musulmon 
mamlakatlarida demoqratik harakatlarga va milliy hukumatlarga qarshi olib borilayotgan 
reaktsion harakatlar ishtirokchilari o‘zlarini M. deb ataydilar.  
 
 
MUJTAHID (arab. - intiluvchi, g‘ayrat qiluvchi) - o‘rta asrlarda islomda ijtihod huquqiga 
ega bo‘lgan, ya’ni mustaqil ravishda diniy aqidaviy va huquqiy masalalar bo‘yicha xulosa 
bera oladigan va hukm chiqara oladigan shaxs. Sunniylarda diniy huquq mazhablarining 
asoschilari, shialarda yuqori martabali ruhoniylar va diniy xuquqshunoslar M.lar deb 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
200
ataladi. 
Islom ulamolari ittifoqiga ko‘ra, payg‘ambar (as)ning ko‘p sahobalari ham M. bo‘lganlar. 
Chunki, keyinga avlodlar ulardan islomning avvalidagi fikhiy ilmlarni olganlar. 8-a.ning 
ikkinchi yarmidan boshlab mazhab asoschilari va ularning usullarini ishlab chiqqan 
izdoshlari M. deb atala boshlangan. M.lar uch darajaga ajratilgan: 1. Shariat 
darajasidagi M. (mujtahid fi-sh-shar); u amaliyotda qo‘llagan manbalarni o‘zi aniqlagan, 
o‘zi sharxlagan. U hech kimning e’tirozini qabul qilmasligi mumkin bo‘lgan. 2. Mazhab 
darajasidagi M. (mujtahid fi-l-mazhab); u har qanday masalani faqat o‘z mazhabi 
asoschisi manbalariga suyangan holda hal etgan. 3. Ayrim masalalarni yechish 
darajasidagi M. (mujtahid fi-t-tarjih); u o‘zidan avvalgi M.lar hal etmagan masalalarni 
tadqiq etish huquqiga ega bo‘lgan. Agarda ko‘rilayotgan masala bo‘yicha hukmlar bir 
necha bo‘lsa, u o‘zining ilmiy salohiyatiga ko‘ra, ulardan birini quvvatlashi mumkin 
bo‘lgan. M. darajasiga da’vogar faqih fiqhiy bilimlarni mukammal egallagan, boshqa Mlar 
bilan bo‘ladigan munozaralarda va ommaviy chiqishlarda o‘z qarashlarini himoya qilishi 
lozim bo‘lgan. Undan tashqari M. arab tilini mukammal egallagan, Qur’on va uning 
tafsirlarini yod olgan, kamida uch ming hadisni sharxlari bilan bilishi shart bo‘lgan. M. 
odob-axloqi, turmush tarzi namunali bo‘lishi lozim. Hatgo islomning dastlabki davrlarida 
ham faqihlar ijtihodning birinchi va ikkinchi darajasiga kamdan-kam hollarda 
erishganlar. Ko‘pincha ular vafotidan so‘ng ular shu darajada e’tirof etilgan. 11-a.dan 
boshlab "ijtihod eshiklari yopilgach", bu umuman mumkin bo‘lmay qoldi. Sunniylikda oliy 
darajadagi M.lar deb mazhablar asoschilari e’tirof etiladi. Hoz. vaqtda buyuk muftiylar, 
yirik jamoalar (qavmlar) rahbarlari, diniy universitetlar rektorlari va b. ba’zan uchinchi 
darajadagi M. leb e’tirof qilinadi.  
 
 
MUKOTAB - fiqhda o‘zini o‘zi sotib olishi haqida yozma bitim tuzgan kul (cho‘ri). Bitim 
to‘lov mikdori, to‘lov muddati va shartlarini belgilagan. Bitim imzolangandan e’tiboran 
xo‘jayin qulga bo‘lgan egalik huquqining bir qismidan mahrum bo‘lgan (faqihlarning 
iborasiga ko‘ra, qul "xo‘jayinning mulkidan chiqadi, lekin uning egalik huquqidan 
chiqmaydi"). Bitim imzolangach, cho‘ri xo‘jayin uchun begona ayol maqomini oladi, 
xo‘jayin u bilan birga yashash huquqidan mahrum bo‘ladi va bunga amal qilmasa jinoiy 
javobgarlikka tortiladi. 
M. erkin harakat qilish va iqtisodiy faoliyat yuritish, xususiy mulk sotib olish huquqiga 
ega bo‘lgan (faqat kul sotib olish emas), bitim imzolangandan keyin tug‘ilgan farzandlar, 
bitim shartlari bajarilgach, erkin, ozod bo‘lganlar. Biroq, M. xo‘jayinning roziligisiz 
turmush kura olmagan. Agarda M. navbatdaga badal yoki so‘nggi to‘lovni berishni 
kechiktirsa, unga qo‘shimcha muddat berilgan, uvdan so‘ng esa, bitim bekor qilingan. 
Agarda to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanib kelinayotgan bo‘lsa, u holda hatto xo‘jayin va M.ning 
bir paytda vafot etishlari ham bitimni bekor qila olmagan - barcha huquq va 
majburiyatlar har ikki tomonning merosxo‘rlariga o‘tgan 
 
 
MULK, M i l k (ko‘pligi - amlok) - ma’nodosh bo‘lgan va ko‘pincha aralash holda 
qo‘llaniladigan istiloxdar (MLK o‘zagidan -"ega bo‘lmoq"). Mulk ham cheklanmagan 
hokimiyat (jumladan, podsho hokimiyatini) va shak-shubhasiz xususiy egalikni, ham 
mana shu xususiy egalik ob’ektini, milk esa - faqat xususiy egalik ob’ektini anglatadi. 
Xususiy egalik huquqi meros, sotib olish, in’om, xususiy egalik ob’ektini yaratish 
(buyumlar yasash, unumsiz yerni o‘zlashtirish, foydali qazilmalar qazib chiqarish va b.) 
va harbiy o‘lja sifatida bosib olish yo‘li bilan vujudga keladi. M. muddatga ega emas, 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling