Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet34/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55

 
MUHTASIB (arab. - nazorat qiluvchi) - o‘rta asr musulmon davlatlarida islom 
marosimlari, urf-odatlari va shariat qonunlarining bajarilishi, odamlarning jamoat 
joylarida yurish-turishi ustidan nazorat qiluvchi amaldor. Shariat tizimiga xos mansabdor 
shaxslar toifasiga kirgan. O’rta Osiyoda bunday amaldorlar rais deb atalgan. M.lar 
bozorlardagi narx-navo va o‘lchov asboblarining to‘g‘riligi ustidan nazorat qilish, urf-
odatlarning bajarilishini kuzatish, diniy vazifalarini bajarmagan kishilar (mas., ramazon 
oyida ro‘za tutmaganlar)ni jazolashga hukm chiqarish va o‘sha yerning o‘zvda hukmni 
ijro ettirish kabilar bilan shug‘ullangan. M.ni odatda davlat boshlig‘i tayinlagan va u qozi 
bilan barobar ish ko‘rgan. Ammo, M. ma’muriy jihatdan qozidan pastroq lavozim 
hisoblangan va undan ancha kam maosh olgan. M. shaharni non bilan ta’minlash, taqchil 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
214
paytlarda uning bahosini ma’lum chegaradan oshirmaslik, shuningdek, kemalar va hatto 
hammol, yuk tashuvchi hayvonlarga qancha yuk ortilganini ham tekshirib turish va h.k. 
bilan shug‘ullangan. M. lavozimi ayrim xristian davlatlari (Quddus qirolliga, 
Armaniston)da ham bo‘lgan. Yaqin-yaqin vaqtlargacha (1920 y.ga qadar) Buxoroda M. 
turli vazifalarni bajarib kelardi. O’zbekiston musulmonlari idorasvda masjidlarning 
moddiy va ma’naviy faoliyatini nazorat qilib turuvchi muhtasiblik bo‘limi mavjud.  
 
 
MO’MIN (arab. - e’tiqod qiluvchi, dinga ishonuvchi) - ilk islom davrida Madina jamoasi 
(q. Umma) a’zosi. Shar’iy amallarni to‘kis bajaruvchi shaxs esa, muslim deb atalgan. M. 
va muslim lug‘aviy jihatdan bir-biridan tafovut qilngan. Keyinchalik ular bir mazmunda 
tushuniladigan bo‘lgan. Qur’onda M. so‘zi Allohning sifati va dindor e’tiqodining ichki, 
axloqiy tomonini aks ettiruvchi alohida tushuncha sifatida besh joyda qo‘llanilgan. 
Ulamolar kimni M. qatoriga kiritish haqida turli fikrlarni bildirganlar. Chunonchi, axli 
sunna va jamoa "qalban ishongan" (akd bi-l-qalb), o‘z imonini ochiq, barchaga e’lon qilib 
(iqror), chin niyat bilan yaxshi, solih amallarni qiluvchini M. deb hisoblaydi. Murji’iylar 
bo‘lsa, qalban ishongan va o‘z imonini ochiq, barchaga e’lon qilgan kishi (solih amal 
qilmasa ham) M.dir, deydilar. M.ning mana shu ikki asosiy mohiyati haqidagi fikr boshqa 
tariqat va oqimlar tomonidan e’tirof qilingan. M. -oddiy xalq tilida yuvosh, muloyim 
odam degan ma’noni ham bildiradi. 
 
 
MO’JIZA (arab. - aqlni ojiz qoldiruvchi hodisa) - payg‘ambarlarning haqiqatan ham 
Alloh tomonidan bandalarga yuborilgan elchilar ekaniga dalil-hujjat sifatida yuz 
beradigan g‘ayri tabiiy hodisa. Mas., Muso (as)ning hissasi tayoq sifatida qo‘y 
haydashdan tashqari, kerak paytda boshqa shaklga kirib, daryoga ko‘prik bo‘lar, yoki 
ajdarga aylanib payg‘ambar foydasiga xizmat qilar edi. Qo‘llari qo‘yniga suqib olingach, 
tunda yo‘lni yoritishdek yog‘du sochar edi. Iso (as)ga og‘ir, bedavo kasalliklarni ham bir 
nafas bilan tuzatish, murdalarni tiriltira olish kabi mo’jizalar ato etilgan. Muhammad 
(sav) esa, bir necha o‘nlab mo’jizalarga ega bo‘lganlar. Ularning ichida eng ulug‘i - 
o‘qish, yozishdan mutlaqo xabari yo‘q savodsiz (ummiy) shaxsning Qur’oni karim 
oyatlarini yoddan tilovat etishi va ularning nazm va mazmun jihatidan bashariyat 
imkonida yo‘q oliy darajada aytilgan ilohiy vahiy ekanidir. G’ayritabiiy hodisalar deganda 
havoda bevosita uchish, suv betida yurish, uzoq masofani bir lahzada bosib o‘tish, jonsiz 
narsalarni gapirtirish, zarur hojatlarning ravo bo‘lishi, duosining ijobat etilishi kabi ishlar 
nazarda tutiladi. Bu xildagi hodisalar aziz-avliyolardan sodir bo‘lsa u karomat deyiladi.  
 
 
MO’TABAR JOYLAR, qadamjolar-dindorlar muqaddas deb hisoblagan va ziyorat 
qiladigan joylar. Bular - payg‘ambar, shayx, eshon, avliyolar nomlari bilan bog‘liq deb 
hisoblangan va ziyoratgohga aylanib ketgan maqbara, buloq, daraxt yoki tepaliklar, g‘or 
va b.dir. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
215
- N -
 
 
NABIY (arab. - ko‘pligi anbiyo, ilohiy xabar keltiruvchi) - payg‘ambar, Allohning 
farmoyishini insonlarga yetkazib beruvchi vositachi shaxs. N.larga ishonish islom dini 
aqidalaridan biri hisoblanadi. O’zlariga maxsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga 
(ya’ni Alloh elchisiga) ato etilgan kitob va shariatga amal qilmoqqa buyurilgan 
payg‘ambarlar N.lar deyiladi. Nlarning hech biri rasul bo‘la olmaydi, ammo rasullarning 
har biri N. nomi bilan ham ataladi. Allohdan vahiy olib turuvchi shaxs Qur’onda 
Muhammad (sav)ning rasul (elchi) degan ismi bilan bir qatorda eng asosiy sifatlaridan 
(nomlanishlaridan) biri. Qur’onda, shuningdek, undan avval o‘tgan qad. payg‘ambarlar, 
jumladan, birinchi payg‘ambar Odamato haqida ko‘p zikr qilingan. Muhammad (sav) esa, 
eng oxirgisi bo‘lib, "hotam an-nabiyin" - "payg‘ambarlar muhri" deb ataladilar. 
Qad. payg‘ambarlar Allohga imon keltirishga chaqirganlar hamda Muhammad (sav)ning 
dunyoga kelishlarini bashorat qilganlar. Rivoyatlarga ko‘ra, ularning soni 124 ming. 
Biroq, Qur’onda 25 tasining nomi zikr qilingan. Ulardan ko‘pining qo‘shimcha nisbalari 
bor. Mas., Ibrohim (as) Xalilulloh (Allohning do‘sti), Iso Ruhulloh (Allohning ruhi), 
Muhammad Rasululloh va h.k. To‘qqizta payg‘ambar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Ular 
Nuh, Ibrohim, Dovud, Yaqub, Yusuf, Ayyub, Muso, Iso, Muhammad. Ulardan bir 
nechasiga muqaddas kitoblar: Musoga Tavrot, Dovudga Zabur, Isoga Injil, Muhammad 
(sav)ga Qur’on nozil qilingan. 
 
 
NAVOIY, Nizomiddin Mir Alisher (1441 -1501) - ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri, 
davlat arbobi. Hirotda tug‘ildi. Temuriylar davrida yashab, temuriy shahzodalar bilan 
birga tarbiyalandi. 4-5 yoshlarida maktabga bordi, Qur’oni karim va hadislar uning 
dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir qildi. N. "yoshlik va yigitlik zamonida doimo darvishlar 
suhbatining talabgori edi" (Xondamir). Uning hayoti va ijodiy faoliyatida yirik shoir, Hirot 
naqshbandiylik tariqatining yetakchi vakili Abdurahmon Jomiy bilan uchrashuvi katta iz 
qoldirdi. Jomiyni ustoz-pir hisoblab, uning tasavvufi tarixi va namoyandalari haqidagi bir 
necha asarini turkiy tilda qayta yaratdi. 1466-68 y.larda N. Samarqandda yashab taniqli 
fiqhshunos Xoja Fazlulloh Abullaysdan saboq oldi. Shoirning fiqh ilmini sinchiklab 
o‘rgangani badiiy ijodida ham, ijtimoiy faoliyatida ham asqotdi. N. o‘z umri davomida 
musulmonlik tartib-qoidalariga, islom ko‘rsatmalariga to‘la amal qildi. Ayni vaqtda 
payg‘ambarlar, so’fiylar, mashoyixlar hayoti, ularning yashash tarzlari xususida 
ma’lumot beruvchi "Nasoyimul-muhabbat" ("Muhabbat shabbodasi"), "Tarixi anbiyo va 
hukamo" ("Payg‘ambarlar va hakimlar tarixi") kabi asarlar yaratdi. N.ning "Xamsa" 
asariga kirgan dostonlarda, devonlarda so’fiylar, darvishlar, oriflar xislatlarini ta’riflovchi 
g‘azallar, muxammaslar, qitalar, boblar bor. N. bu zotlarni Xudo va payg‘ambardan 
keyin tilga olib, ularni Alloh bilan insoniyat orasidagi vositachi, ruhiy va ma’naviy olam 
posbonlari sifatida e’zozlaydi. N. muqaddas kitoblardagi ilohiy fikrlardan o‘z ijodida 
foydalanib, ularni maxsus risolalar uchun manba sifatida qabul qildi. Chunonchi, "Arbain" 
("Qirq hadis"), "Nazmul-javohir" ("Gavharlar tizimi"), "Mahbubul-qulub" ("Ko‘ngillarning 
sevgani"), "Munojot", "Sirojul-muslimin" ("Musulmonlar chirog‘i") kabi kitoblari Qur’oni 
karim va hadisi shariflar ta’sirida yuzaga keldi. Ularda shariat axkomlari, Alloh sifatlari, 
islom arkonlari va aqidalari xususida so‘z yuritdi, bu bilan islom ta’limotining 
ommalashishiga, ravnaq topishiga katta hissa qo‘shdi. N. vazir va hokim lavozimlarida 
ishlaganida ham, keyin ham badiiy ijod bilan shug‘ullanish barobarida masjid va 
madrasalar, xonaqoh va rabotlar bunyod etish, ilm-san’at ahdlarini tarbiyalash yo‘lida 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
216
sa’y-harakatlar qildi. Hirotdagi Jome masjidi va uning huzuridagi madrasa, "Xalosiya" 
xonaqosiga, Astrobod, Mashhad, Marv singari chekka o‘lkalardagi qurilishlarga ham 
mablag‘larini ayamadi. O’z jamg‘armasidan 4 ta katta madrasa, 25 dan ortiq masjid va 
xonaqoh, 50 dan ortiq rabot va h.k. kurdirdi. N.ning elga inoyat va marhamati ro‘za 
oyida, hayit kunlarida ayniqsa beqiyos bo‘lar edi. Shoir "Vaqfiya" asarida bu jarayonni 
deyarli qonunlashtirib qo‘ygan. Keyingi yillarda N. asarlarini tadqiq qilish va nashr 
etishda yangi bosqich boshlandi. Uning ijodiga tasavvufning ta’siri, asarlarida so’fiylik 
g‘oyalarining badiiy talqini masalalarini o‘rganishga kirishildi.  
 
 
NAVRO’Z - Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining kad., an’anaviy Yangi yil 
bayrami. Tarixiy manbalarda N. katta bayram sifatida Ahomaniylar davridan nishonlab 
kelinadi. Abulqosim Firdavsiy "Shohnoma' asarida N. bayramining urfga aylanishini qad. 
pahlaviy kitoblaridagi ma’lumotlarga asoslanib Eron eposining qahramoni shoh 
Jamshidga bog‘laydi. Markaziy Osiyo, Eron va Afg‘onistonga islom dini tarqalgach, bu 
o‘lkalarda N.ni bayram qilish avvalgidek tantanali bo‘lmasa-da, ammo butunlay yo‘qolib 
ham ketmadi. Markaziy Osiyo va Eron xalqlari 9-10-a.larda arab xalifaligi asoratidan 
kutulgach, N.ni bayram qilish yana umumxalq bayramiga aylanib rasmiylashdi. Bayram 
kuni mahbuslar ham ozod qilingan. Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit-turk" 
asarida ham bahor va N.ga bagishlangan xalq qo‘shiqlaridan namunalar keltirilgan 
Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida hayotiy va diniy bayramlarning 
kelib chiqishi haqida yozgan. N. bayrami yangi yil birinchi oyi - hamalning birinchi kuni, 
mil. yil hisobi bilan har yili 21 mart kuni nishonlab kelinadi. N. bayrami bahor oyiga - q. 
x. ishlarining boshlanishiga to‘g‘ri kelgan. N.ning birinchi va OLTINCHI kunlari nihoyatda 
tantanali o‘tkazilgan. N. bayrami 80-y.lar o‘rtalarida asossi; ravishda diniy bayram va 
marosimlar qatorida man qilindi. Keyinroq bu bayram boshqa qadriyatlar qatorida 
tiklandi. Xoz. N respublikada umumxalq bayramlaridan biri sifatida nishonlanadi va dam 
olish kuni deb e’lon qilingan. 
 
 
NAJAF, Mashhad Ali - Iroqdagi shahar, Kufadan 10 km g‘arbda, Mesopotamiya vodiysi 
va sahro chegarasida joylashgan ziyoratgoh, An’anaga binoan Kufa atrofida, hoz. N, 
joylashgan yerda Ali ibn Abu Tolib (kv) dafn etilgan. Umaviylar hukmronligi davrida qabr 
o‘rni sir tutilgan, shu tufayli keyinchalik N.dagi turli joylar Ali dafn etilgan yer deb 
belgilangan. Rivoyatga ko‘ra, sag‘ana xalifa Horun ar-Rashid (786-809)ning 
ko‘rsatmasiga binoan qurilgan. Ibn Havqalning xabar berishicha, Mosul hokimi, 
hamdoniylardan bo‘lgan Abul Xayja uning tepasiga katta gumbaz o‘rnatgan, 10-a. 
oxirida esa, maqbara kurilgan. 11-a. o‘rtasida maqbara sunniylar tomonidan yondirib 
yuborilgan, lekin tez orada qayta tiklangan. 14-a. boshiga kelib shaharda so’fiylar 
xonaqosi paydo bo‘lgan. 1326 y. N.ga geograf Ibn Battuta kelib uni batafsil ta’riflagan: 
jumladan u shaharning oltin darvozalari, maqbaraning oltin chiroqtsonlari, hashamatli 
gilamlari va darpardalarini qayd etgan. O’sha davrdayoq N. Iroqning eng muhim 
shaharlaridan hisoblangan. Hoz. N. - shialik ilohiyotining yirik markazi, ziyoratgohi. 
Ayniqsa, ashuro kunlari va hazrati Ali vafot etgan kun nishonlanayotgan vaqtda N. 
gavjum bo‘ladi. 
1964-1978 ylarda bu yerda Erondan quvg‘in qilingan oyatulloh Ruhullo Humayniy 
yashagan 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
NAJMIDDIN KUBRO MAQBARASI -Ko‘hna Urganchdagi me’moriy yodgorlik (14-a. 20-
30-y.lari). So’fiylikdagi kubraviylik oqimining asoschisi, shoir, olim va shayx Najmiddin 
Kubro nomi bilan bog‘liq. Maqbara 3 xona (Najmiddin Kubro sag‘anasi joylashgan katta 
xona, bir necha qabrlari bo‘lgan kichik xona va ziyoratxona)dan iborat. Miyonsaroy va 
xonalar gumbaz tomli, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan. Bosh tarzi chuqur ravoqli
peshtoqgumbazli, koshinkori naqsh bilan hoshiyalangan, yozuvlarida qurilgan yili 
saqlangan. Peshtoq yuqorisi muqarnasli sharafa bilan yakunlangan. Peshtoq devorlari va 
sag‘ana oq, ko‘k, havo rang va jigarrang koshin bilan qoplangan. Yog‘och o‘ymakorligida 
ishlangan eshigiga islimiy naqsh tushirilgan. Katta xonaning ichki gumbaz osti bag‘ali 
qalqonsimon, 16 qirrali, 4 burchagi toquravoqli, ganchkori murqarnaslar bilan 
bezatilgan. Xona o‘rtasidagi sag‘ana o‘ziga xos milliy uslubda ishlangan. Bu keyinchalik 
Xorazm me’moriy yodgorliklarida namuna sifatida keng qo‘llanilgan. N.K.m.da Xorazm 
me’morligida musavvir va koshinpazlar tomonidan erishilgan barcha yutukdar namoyon 
bo‘lgan. 
 
 
NAJJOR, al-Husayn ibn Muhammad (? -taxm. 845) - mashhur ilohiyotchi; uning 
izdoshlari o‘zlarini najjoriylar yoki husayniylar deb atashgan. Qum sh.da tug‘ilgan, 
duradgorchilik qilgan N. munozara qilishga o‘chligi bilan shuhrat qozongan, ayniqsa, 
Basra mu’taziliylari rahbari an-Nazzom (835/836 yoki 845 y.v.e.) bilan QIZEIN 
munozara olib borgan va shulardan biri chog‘ida vafot etgan. Shahristotyning fikriga 
ko‘ra, Rey va uning atrofidagi ko‘pchilik mu’taziliylar N. ta’limotiga amal qilganlar. Ibn 
an Nadim N.ning 20 ga yaqin asari nomini keltirib o‘tgan. Ba’zi masalalarda u sunniylar 
bilan, ba’zilarida esa, mu’taziliylar bilan birga bo‘lgan. Xususan, barcha mu’taziliylar kabi 
u "abadiy ilohiy sifatlar"ni inkor etgan, buning uchun uni sunniy-sifatiylar tanqid 
qilganlar. Shu bilan birga u mu’taziliylarning inson irodasi erkinligi haqidagi aqidasini rad 
etgan va sunniy-sifatiylarning Alloh -inson xatti-harakatlarining ijodkori va harakat qilish 
imkoniyati harakat bilan bir paytda sodir bo‘ladi, degan fikriga qo‘shilgan. Uni jabariy 
deb ham atashgan, chunki, u dunyoda faqat Alloh xohlagan narsagana bo‘ladi, deb 
hisoblagan. Aqoidning xususiy masalalari bo‘yicha najjoriylar ichida o‘zaro ixtilof paydo 
bo‘lgach, ular ayrim guruhdarga bo‘linib ketishgan, ularning orasida burgusiylar, 
za’faroniylar va mustadrikiylar mashhur.  
 
 
NAZAR - mushohadaga asoslangan mulohaza, nazariy qarash. Bu ma’noda fiqhda ra’y 
va qiyos terminlari ishlatilgan. Kalomda N. deganda, asosan, ma’lumdan noma’lumga 
eltuvchi muhokama tushunilgan va shu ma’noda unga bahs, fikr, tafakkur, istidlol 
so‘zlari ma’nodosh bo‘lib xizmat qilgan. Shunga ko‘ra, ularning ilmi ko‘pincha "ilm an-
nazar va-l-istidlol" deb nomlangan. Falsafada nazariya va amaliyotning o‘zaro nisbatiga 
asosan nazariy aql (al-akd an-nazariy) va amaliy aql (al-akl al-amaliy) farkdangan, 
fanlarni esa, nazariy (ulum nazariya-fizika, matematika, metafizika) va amaliy (ulum 
amaliya-etika, uy-ro‘zg‘or yuritish, siyosat)ga ajratganlar. 
 
 
NAZZOM, Abu Ishoq Ibrohim ibn Sayyor (? -835-36 yoki 845) - mu’taziliylarning Basra 
maktabi mashhur namoyandasi; uning izdoshlari o‘zlarini an-nazzomiya (nazzomiylar) 
deb atashgan. N.ning asarlari saqlanmagan, uning qarashlari shogirdi al-Johiz asarlarida 
keltirib o‘tilgan. N.ning fikricha, barcha narsalar bir paytda yaratilgan (jumlatan); jismlar 
cheksizlikkacha bo‘linadi, shuningdek, harakatdagi jism bir yerdan ikkinchi yerga, 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
218
o‘rtadagi masofani chetlab sakrashi (tafra) haqida; hissiy qabul qilinadigan sifatlarning 
jismga egaliga; jismlarning o‘zaro birikishi (mudoxala) haqidagi qarashlari ma’lum. 
Johizning guvohlik berishicha, N. va uning izdoshlari "itlar va xo‘rozlar ustida olib 
boriladigan tajribani namoz va Qur’on o‘qishdan..., haj va jihoddan afzal ko‘rishgan", 
"choryorlar"ni qoralaganlar, mashhur muhaddislar Abu Hurayra va Abdulloh ibn 
Mas’udlarni soxta hadis aytganlikda ayblaganlar. 
 
 
NAZR (arab. - so‘z berish, va’da qilish, kuchayish) - islom fiqhida biror savobli ishni 
bajarishga ahd qilish va uni og‘zaki yoki yozma ravishda ifoda etish (mas., falon ishimni 
bitirsam yoki sogayib ketsam, Alloh yo‘liga bir qo‘y so‘yib, qurbonlik qilaman kabi). 
Islomda N.ga tashviqot yo‘q. Ammo, N. qilgan odam uni bajarishi shart hisoblanadi. 
Agar bajarmasa bir vojib amalni tark etgan hisoblanib, or gunohkor bo‘ladi. Keyinchalik 
xalq o‘rtasida N. so‘zi xayr, sadaqa, ehson qilish ma’nolarida ham ishlatila boshlagan 
(mas., masjid, mozor yoki tilanchiga N. berish kabi). Islomga ko‘ra, N. imkoni bor kishi 
uchun vojib. Moddiy yoki jismoniy jihatdan bajarishga qodir bo‘lmagan odam N. 
qilmasligi lozim. 
 
 
NAMOZ (fors., arab. - salot) - islom ko‘rsatmalari bo‘yicha bajariladigan maxsus ibodat 
turi; islomdagi besh rukndan biri. N. musulmonlarga me’roj kechasi (q. Isro va me’roj) 
farz qilingan birinchi ibodatdir. Bir kecha-kunduzda besh mahal (bomdod, peshin, asr, 
shom, xufton) N. o‘qish farz hisoblanadi. N. o‘qish "Allohu akbar" deb takbir aytish bilan 
boshlanib, sano, Qur’on oyatlaridan tilovat qilish, tasbeh va duolar o‘qish, ruku’, sajda, 
tiz cho‘kib o‘tirish, salom berish kabilar bilan yakunlanadi. N.da bajariladigan barcha 
amallar birlashtirilib, yozma holda Muhammad Shayboniy (805 y.v.e.) tomonidan qayd 
etilgunga qadar, N. o‘qish tartibini bir xillikka keltirish ustida o‘tgan 150 yil mobaynida 
sa’y-harakatlar qilingan. Qur’on oyatlari va hadisi shariflarda N.ning ahamiyati, fazilatlari 
haqida gapirilib, uni mukammal ado etishga tashviqot qilinadi. N.o‘qish uchun 
namozxonning badan va kiyimlari hamda o‘qish joyi pok bo‘lishi shart. N. Makkadagi 
Ka’ba ibodatxonasiga qarab o‘qiladi. Uni o‘qishda maxsus to‘shama -joynamozdan 
foydalaniladi. N.ni kishi bir o‘zi yoki jamoa bo‘lib o‘qishi mumkin, lekin juma kunidagi 
juma N.ini masjidda o‘qish tavsiya etiladi. Jamoa bo‘lib N. o‘qiganda namozxonlar qator 
turadi, ulardan biri (odatda imom, lekin u ishtirok etishi shart emas) imomlikka o‘tadi. 
N. paytida gapirish, yeyish, ichish, kulish, dunyo ishi bilan yig‘lash, yo‘talish, turli 
harakatlar qilish va b. mumkin emas. Kasal va nogaronlar N.ni o‘zlariga kulay holatda 
o‘qiydilar. 
Islomdagi mazhablar ko‘rsatmalarida N. o‘qish qoidalarining bir-biridan fark qiladigan 
jihatlari bor. O’zbekistonda N. asosan hanafiylik mazhabiga muvofiq o‘qiladi. 
Mamlakatimizda N. o‘qish uchun barcha qulayliklar mavjud bo‘lgan ikki mingga yaqin 
masjid faoliyat ko‘rsatmoqda.  
  
 
NARIGI DUNYO - oxirat, boqiy dunyo. Diniy aqidaga ko‘ra, bu dunyo foniy, ya’ni 
qachondir tugaydi va undan keyin qiyomat qoyim bo‘ladi, oxirat-boqiy dunyo boshlanadi. 
Barcha odamzod qayta tirilib, Alloh huzurida yorug‘ dunyoda qilgan yaxshi-yomon ishlari 
to‘g‘risida hisobot bergandan so‘ng jannat yoki do‘zaxga mahkum bo‘lishi oxirat 
ishlaridan deb talqin etiladi. Qur’on va hadislarda oxirat to‘g‘risida juda ko‘p eslatib 
o‘tiladi. Zero, N.d.da qilmishlaridan hisobot berishiga ishongan odam, albatta, 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
219
yovuzlikdan qaytib, ezgulikka moyil bo‘ladi. N.d. yoki oxiratni inkor etish islomda 
shakkoklik hisoblanib, imonidan mahrum bo‘lishiga olib keladi.  
 
 
NASAFIY, Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad (1069-1142) - tarixchi, faqih, 
tilshunos, muhaddis, mufassir olim. Uning musulmon qonunshunosligaga doir 
"Manzumatun Nasafiya fil-xilofiyut" ("Kelishmovchiliklar borasida Nasafiyning nazmiy 
asari"), "Aqoyid un-Nasafiya" ("Islom aqidalari Nasafiy tazminida"), shariat qonunlari va 
Qur’oni karim sharhiga doir "Al-yavoqit fil-mavoqit" ("Qulay vaqtlar xususida yoqutlar"), 
3 kitobdan iborat (100 bosma taboq hajmida) "Taysir fit-tafsir" ("Tafsir etishdagi 
qulayliklar"), shuningdek, tasavvufga doir "Risomayi Najmiya" kitobi bizgacha yetib 
kelgan bo‘lib, ular yetarli tadqiq etilmagan. Musulmon olamida Abu Hafs Nasafiy 
asarlariga qiziklsh qadimdan katta bo‘lgan. Uning "Manzumatun-Nasafiya" asariga 
zamondoshi Alovuddin Abulmujohid Muhammad Samarqandiy (vafoti 1157 y.) "Xasrul 
masoyil va kasrud-daloyil" ("Masalalarning cheklangani va dalillar kasri") deb, 
nomlangan tafsir bitgan. Sohibqiron Amir Temur davri olimlaridan Sa’duddin Mas’ud ibn 
Umar Taftazoniy (vafoti 1390) N. asarlariga "Sharhi aqoyid un-Nasafiya" nomli tafsir 
yozgan. N.ning "Al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand" ["Samarqand ulamolari xotirasiga 
doir qand(dek shirin kitob)"] nomli asari, asosan, samarqandlik mashhur kishilar hayoti 
va faoliyati hamda ular rivoyat qilgan hadislarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 
Movarounnahr tarixi, geogr., toponimikasi hamda Islom tarixiga doir muhim ma’lumotlar 
mavjud. Asarga kiritilgan mashhur shaxslar tarjimai holi arab alifbosi tartibida 
joylashtirilgan bo‘lib, uning bizgacha to‘liq yetib kelmagan qo‘lyozma nusxasining 
"xo"dan "kof" harflarigacha bo‘lgan qismigina saqlanib qolgan. Shunday bo‘lsa-da, bu 
asar mustaqil yurtimiz o‘tmishiga doir bo‘lak manbalarda uchramaydigan ma’lumotlarga 
ega ekanligi boisidan nihoyatda muhimdir. O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi Davlat 
ilmiy nashriyoti N.ning ushbu asarini "Samarqandiya" nomi ostida chop etgan (2001).  
 
 
NASAFIY, imom Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy (? - 1310) - 
imom, fiqhshunos, muhaddis. Ustozi Muhammad ibn Abdusattor al-Kardariy bo‘lgan. N. 
fiqhga doir ko‘plab asarlar yozgan. Olimning "Kanz ud-daqoiq" asari ayniqsa, mashhur. 
Musulmon huquqshunosligi asoslari, hanafiylik va shofi’iylik mazhablarining o‘ziga xos 
jihatlari haqidagi bu risola Nasrulloh ibn Muhammad ibn Jammod al-Irdi Kermoniy 
tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. N.ning "Madorikat-tanzil" tafsir kitobi ham 
mashhur. Uni ta’lif etishda imom Zamaxshariyning "Kashshof" tafsiridan istifoda qilgan. 
N. tafsiri hoz.gacha ulamolar va ilmi toliblar o‘rtasida shuhrat topib kelmoqda va undan 
islom o‘quv yurtlarida qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda. N. hayotining so‘nggi yillarida 
Bag‘dodda mudarrislik qilgan va o‘sha erda vafot etgan. N. asarlari O’zRFA 
Sharqshunoslik in-tining qo‘lyozmalar jamg‘armasida saqlanmoqda. 
 
 
NASORO (arab. - nasroniy so‘zining ko‘pligi; masihiylar, xristianlar). Qur’oni karimda 
Iso payg‘ambarga ergashgan dindorlar shu nom bilan atalgan. Bu so‘zning kelib 
chiqishiga sabab - Iso Masih Nosira nomli shaharda tug‘ilgan bo‘lib, uni Nosiriy deb atar 
edilar. Unga ergashgan kishini esa, nasroniy deb yurita boshlaganlar. N. Iso Masihni 
ilohiylashtirganlari uchun islom dini nuqtai nazarida shirk axlidan hisoblanadilar. Zero, 
islomda Alloh taologa hech bir narsani tenglashtirish hatto o‘xshatish mumkin emas. N. 
esa, Iso payg‘ambarni uchta muqaddas kuch -iloxlardan biri deb e’tiqod qiladi. Shuning 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling