Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet35/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
uchun ham Qur’oni karimning ko‘pdan-ko‘p oyatlarida N. haqida batafsil to‘xtab o‘tiladi 
va Muhammad (sav)ni e’tirof etishga da’vat qilinadi. 
 
 
NASX (arab. - bekor qilish) - Qur’on oyatlaridan ayrimlarining qiroati va yozuvini 
o‘zgarishsiz saqlagan holda, ularni faqat amaldan qoldirish, tatbiq etmaslik. Shu kabi 
oyat - "mansux", uni bekor qiluvchi oyat -"nosix" deb ataladi. Islom tarixiga ko‘ra, 
Qur’on oyatlari yaxlit emas, balki vaqti-vaqti bilan, zarurat va ehtiyojga ko‘ra 23 y. 
mobaynida nozil qilingan. Bu asnoda shariatning ayrim hukmlari oyat va hadislar 
ko‘rsatmasi bilan yangilanib turgan. Shuning uchun ba’zi oyatlar mazmuni bir-biriga zid 
tuyuladi. Bunday vaqtda ulardan qaysi biri keyin nozil qilingan bo‘lsa, o‘shanisi nosix, 
oldin nozil qilingani esa, mansuxdir. "Baqara" surasining 106-oyatiga yozilgan tafsirlarda 
N. haqida mufassal ma’lumotlar berilgan. 
 
 
NAQIB (arab. - boshliq, yetakchi, rais) -o‘zlarini Muhammad (sav) avlodlarvdan deb 
hisoblaydigan sayid (o‘zbeklar orasida -to‘ra)lar jamoalarining yetakchilari, 
rahbarlarining lavozimi. N. lavozim sifatida o‘rta asrlarda xalifalar hukmronligi davrlarida 
vujudga kelgan, hukmdorlar N.lar orqali sayidlar jamoalari bilan muomala qilgan. N.lar 
xazinadan ta’minlab turilgan. Keyinchalik N.lar sayidlar jamoalari va avlodlarining 
rahbarlari, ularning hayoti va turmushida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi rahnamolari sifatida ish 
ko‘rgan. Xorijiy mamlakatlarda Nlar hozir ham bor, ular sayidlar jamoalari hayotini 
boshqaradi, ular nomidan davlat hokimiyati vakillari bilan muomala qiladi. N.lik lavozimi 
avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tgan. 
 
 
NAQSHBANDIYLIK - tasavvuf tariqatlaridan biri. Bahouddin Naqshband asos solgan. 
N. ta’limotining asosida "ko‘ngil Xudoda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘lsin" ("dil ba 
yoru, dast ba kor") shiori yotadi. Unga ko‘ra, dilni Alloh bilan bog‘lagan hodda kasbu 
hunar va qo‘l mehnatini aslo tark etmaslik kerak. Faqirona yashash, xayr-ehson hisobiga 
emas, o‘z mehnati hisobiga hayot kechirish lozim. Bu g‘oya tariqat asoslanadigan o‘n bir 
qoidada ham o‘z ifodasini topgan. Turonzamin tasavvufida zikr tushishning ikki usuli 
amalda bo‘lgan. Biri - zikri lisoniy, ikkinchisi - zikri xufiya. N.da zikri xufiya amalda 
bo‘lib, bunda zikr tushayotgan solik so‘zlarni til bilan talaffuz qilmaydi, ovoz 
chiqarmaydi, so‘zlar faqat dilda aytiladi. N. o‘zidan oldingi oqimlardan bevosita hayotga 
yaqinligi bilan ajralib turadi. N. tasavvufdagi ilgarilari amalda bo‘lgan qattiq qoidalarni 
bir qadar yumshatdi, mo’tadillashtirdi, kundalik turmushga mosladi. Bu esa, N.ning keng 
aholi qatlamlari ichiga kirib borishini taminladi. N. O’rta Osiyo, O’rta va Yaqin Sharq 
halklarining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy hayotida muhim o‘rin egalladi. Yusuf 
Hamadoniy, Abdulxoliq Rijduvoniy N. tariqati rivojiga hissa qo‘shdilar. 15-a.da Xoja 
Ahror bu tariqatning eng yirik rahnamosi bo‘lib maydonga chikdi. Temuriylar davrida 
mashhur shaxslar N. pirlariga murid bo‘lgan edi. Jomiy, Navoiy, Bobur, Mashrab kabi 
shoirlar N. tariqatida edilar. Ular o‘z asarlarida N. ta’limotini targ‘ib etdilar. N. O’rta 
Osiyodan tashqari, Kichik Osiyo, Kavkaz, Kurdiston, Afg‘oniston, Eron, Pokiston, 
Hindiston, Turkiya va hatgo AQShda keng tarqaldi. Ayrim musulmon mamlakatlarida 
hozir ham bu tariqat katta mavqega ega. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
221
NE’MATULLOH VALIY, Amir (sayid) Nuriddin Ne’matulloh ibn mir (sayid) Abdulloh 
(laqabi - Shoh Ne’matulloh Valiy) (1330-1431) - so’fiy, shoir; ne’matullohiylar so’fiylik 
tariqati asoschisi. N.V. sunniy -shofi’iy bo‘lib, o‘z shajarasini shialarning 5-imomi 
Muhammad al-Boqir orqali (21-bo‘g‘imda) Muhammad (sav)ga yetkazgan. Halabda 
tug‘ilgan, Iroqda, so‘ngra Makkada - shayx Abdulloh al-Yofe’iy (1298-1367) qo‘lida tahsil 
olgan, 7 yildan so‘ng uning xalifasi bo‘lgan. Iroq, Misr, Tabriz, Ardabil, Movarounnahrda 
bo‘lib, turkiy qabilalar orasida islomni faol targ‘ib qilib, uni yoygan. Uzining zohidona 
turmush tarzi (40, 100 kunlik ro‘za tutish, ma’lum muddat to‘liq sukutga ketishi va b.) 
bilan xalq orasida shuhrat qozongan. Samarqand va Qarshida bir muddat yashagan. 
Amir Temurga (1336-1405) uning va’zlari yoqmagan, shundan so‘ng N.V. Hirotga ketib, 
amir Imodiddin Hamza al-Husayniy al-Hiraviyning qiziga uylangan. Hirotdan u Yazdga, u 
yerdan Ko‘hbanon muzofoti (Kermon viloyati)ga o‘tgan. Keyingi o‘ttiz yillik umrini Yazd, 
Sheroz va Kermonda, so‘nggi 25 y.ni esa, Mohon qishlog‘i (Kermon atrofida)da 
o‘tkazgan. Bu yerda u darvishlar uchun alohida binosi bo‘lgan katta xonaqoh va masjid 
qurdirgan. Uning maqbarasi hozirgacha ommaviy ziyorat qilish joyi hisoblanadi. N.V. 
tasavvufga doir 544 ta risola yozganliga ma’lum, shundan 110 ga yaqini bizgacha yetib 
kelgan. Bundan tashqari u 1541 g‘azalni o‘zida jamlagan katga Devon tuzgan, N.V. 
ta’limotida arab mistitsizmi (Ahmad ash-Shoziliy va Abu Madyon), Ibn Arabiyning 
vahdati vujud ta’limoti, Najmiddin Kubro g‘oyalari va xojagon tariqati qarashlari aralash 
bo‘lgan. So’fiylik tajribasida u al-Junayd va Boyazid al-Bistomiy yo‘lidan borgan. N.V. 
fikricha, so’fiy 6 bosqich (marhala)ni bosib o‘tishi lozim. Bular - faqr, mehr, taslim, 
vara’, rido va fano bo‘lib, shundan so‘ng so’fiy Allohga qo‘shilib ketadi. N.V. hunarmand 
va dehqonlar mehnatini madh etgan. 
 
 
NE’MATULLOHIYLAR - shialikdagi so’fiylik tariqati tarafdorlari. Shialarning 5-imomi 
Muhammad al-Boqir avlodidan hisoblangan sayid Ne’matulloh Valiy (1330-1431) asos 
solgan. U Samarqand, Hirot, Yazd va ko‘proq Kermonda yashagan. Xonaqohi va 
maqbarasi o‘sha yerda. Sulton Shohruh (hukmronlik davri 1405-1447) N. va ularning 
piri Ne’matullohni o‘z panohiga olgan. 16-a.da Eronda shialik hukmron mafkuraga 
aylangach, N. tariqati keng tarqalib, asosan shaharlarning savdo-hunarmand doiralarini 
o‘ziga jalb qildi. N. siyosiy faolligi, davlatning ichki hayotiga ta’sir ko‘rsatishi bilan 
boshqa tariqatlardan ajralib turardi. N.ning Hindistonda ham tarafdorlari bo‘lgan. Bu 
yerdaga N. tariqatiga a’zo bo‘lgan har bir shaxs ismiga Ali shoh qo‘shimchasi qo‘shilishini 
shart qilib qo‘yganlar, boshqa jihatdan Erondagalardan farq qilinmagan. N. Ali (kv) va 
tariqat asoschisi Ne’matulloh Valiyga sadoqatli bo‘lishga qasamyod qilib, o‘z zikrlarida Ali 
(kv) va yashiringan imom-mahdiyni madh etishgan. Tariqat a’zosi bosqich (taslim, zuhd, 
faqr, rido, mahabba, fano, vafo)dan iborat yo‘l (marhala)ni bosib o‘tishi kerak bo‘lgan. 
N.dagi qutb lavozimi merosiy bo‘lgan. 19-a. o‘rtalarida ko‘plab guruhlarga bo‘linib 
ketgan. Uning tarafdorlari Eronda hozir ham bor.  
 
 
NIZOMIY GANJAVIY Abu Muhammad Ilyos ibn Yusuf (1141-1209) — ulug‘ ozarbayjon 
shoiri va mutafakkiri. Ganja sh. (Ozarbayjon)da tug‘ilgan. Yeshlik chog‘laridan 
insonparvarlik, mardlik, o‘zaro yordam shiorlariga amal qiluvchi axiylar jamoasiga 
kirgan. N.G.ga shuhrat keltirgan "Xamsa" ("Besh doston") asarida (1173-1203 y.lar) 
shoirning teran diniy-falsafiy qarashlari aks etgan. "Xamsa"ning birinchi qismi "Mahzanul 
asror" ("Sirlar xazinasi") deb ataladi. Doston Xudoga munojot, Muhammad (sav)ga na’t 
(maqtov) bilan boshlanadi. Alohida boblarda Xudoi taolo tomonidan insonning yaratilishi, 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
222
uning jannatdan kuvilish, tavba-tazarrulardan so‘ng poklanishi va aziz zotga aylanishi 
tasvirlanadi. Muhammad (sav) hayotiga oid boblarda me’roj voqeasi badiiy tarzda 
yoritiladi. Shuningdek, unda Muso (as), Iso (as) va b. payg‘ambarlar boshidan kechgan 
ayrim voqealar ifodalanadi. Doston boshdan oxirigacha so‘fiyona ruh bilan sug‘orilgan, 
tasavvuf ruknlari ibratli masallar, rivoyatlar, ramziy hikoyatlar orqali tavsif qilingan. 
Turkiy va forsiy adabiyotlarda N. G.ning bu asariga javoban 40 dan ortiq doston 
yaratiddi. Jumladan, Alisher Navoiy "Hayratul-abror" dostonini undan ilhomlanib yozgan.  
 
 
NIKOH, zavoj ("turmush kurish", uylanish; sinonimlari zavoj, urs) - tenghuquqli nikoh. 
Islomda N. tartibi johiliyat davridaga oila-huquqiy munosabatlar asosida shakllangan va 
islomning dastlabki davrlarida batafsil ishlab chiqilgan. Islomda N. Allohga xush 
keladigan amallardan sanaladi, unga har bir kishi, hatto jamiyatda teng huquqli 
bo‘lmaganlar, aqli norasolar ham haqlidurlar, agarda buni ular uchun xojalari, vasiylari 
va vositachilar hal etsalar. Musulmon kishi nasoro Vki yahudiy ayol bilan N. tuzishi 
mumkin, lekin musulmon ayol faqat musulmonga erga tegashi mumkin xolos. N. uchun 
cheklashlar juda oz, lekin o‘zaro N.dan o‘tayotganlarga bir-birlariga yosh va jamiyatdagi 
mavqei bo‘yicha mos kelishlariga rioya etishlari tavsiya etiladi. Birinchi N.da kelinning 
roziligani olish talab qilinmaydi, otasi yoki vasiysi rozi bo‘lsa bas, beva yoki erdan 
ajrashgan ayol vositachi (vakili) orqali roziligini o‘zi bildiradi. N.dan o‘tayotganlarning 
o‘zaro qarindosh-urug‘chilik yaqinligi yon tomondagi qarindoshlik bo‘yicha uchinchi 
darajadan yaqin bo‘lmasligi lozim. Bir avloddan tarqalgan qarindoshlar o‘rtasidagi N. 
umuman taqikdangan. Tutashgan qarindoshlik ikkinchi darajadan yaqin bo‘lmasligi 
kerak. O’z kuli yoki cho‘risi bilan N. o‘qitish man etiladi, lekin xojaning cho‘risi bilan 
birga yashashga ruhsat qilinadi. Begona qullar bilan N.ga ruhsat etiladi, shuningdek, 
xojalari ruhsati bilan qullar o‘rtasidaga N.ga ham izn berilgan. N.ning birinchi bosqichi - 
kelishish, unashtirish (xitba) bo‘lib, unda kuyov o‘zi yoki vakili orqali kelinning otasi
vasiysi yoxud ishonchli kishisiga taklifini aytadi. Erning ayolga ajratadigan mulki (mahr) 
va N. shartnomasi (sig‘a)ga kiruvchi boshqa shartlar xususida ham shu vaqtda kelishib 
olinadi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlar - kelinni kuyov xonadoniga uzatish (zifof) va to‘y 
tantanalari (urs, valima). Bular oldinma-ketin bo‘lishi ham mumkin, chunki, agarda kelin 
hali balog‘at yoshiga yetmagan go‘dak bo‘lsa, uni uzatish to 13-15 yoshga to‘lmaguncha 
kechiktiriladi. Valima vaqtida sig‘a aytiladi va mahr yoki uning bir qismi (sadoq) 
to‘lanadi. Mana shu barcha bosqichlarda faqat kelinga qilingan sarf-xarajatlarni (mut’a) 
hisobga olmaganda N. hech qanday oqibatsiz to‘xtatilishi mumkin. So‘nggi bosqich - 
amalda er-xotin bo‘lish (nikoh), shundan keyin N. amalga oshgan hisoblanadi. N.ning 
zaruriy shartlariga mahr to‘lash, ayolni boqish va unga uning oilasining mavqeiga qarab 
muomala qilish, erlik vazifalarini ado etish va farzandlarini boqish kiradi. 
Erning teng huquqli N.da bo‘lgan xotinlari, ya’ni ular uchun mahr to‘langan xotinlari 
to‘rttadan oshmasligi lozim. Shuning uchun erkak to‘rtta xotini ustiga yana xotin 
olmoqchi bo‘lsa, ulardan bittasi bilan ajralishi kerak. Xotin kishi N.da o‘z xuquqini to‘la 
saqlab qoladi, unga tegishli mulkka erining hech qanday haq-huquqi yo‘q va faqat uning 
roziliga bilangina eri ishonchli kishi sifatida uning ishlarini yuritishi mumkin. N.ni qanday 
o‘tkazish quda tomonlarning boy-kambag‘alligaga, ularning jamiyatdaga mavqeiga va 
mahalliy urf-odatlarga bog‘liq bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik musulmon 
mamlakatlarda N. o‘qitish nikoh notariusi (ma’zun) tomonidan amalga oshiriladi. 
Ko‘pgana islom mamlakatlarida garchi bunday N.larning umumiy foizi hech qachon 
baland bo‘lmasa-da, poligam N.larni cheklashga, hatto umuman man etish yo‘lida sa’y-
harakatlar qilinmoqda. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
223
 
 
NOJIYA ("Najot topganlar") - to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi, haqiqiy dinga e’tiqod qiluvchi 
musulmonlar jamoasi. Hadislarga ko‘ra, Muhammad (sav) musulmonlar jamoasi 73 
jamoaga bo‘linib ketadi, shundan 72 tasi "halok bo‘lib" do‘zaxga tushadi va faqat bittasi 
"xalos bo‘lib" (najiya) jannatga tushadi, deganlar. Bu - Rasululloh (sav) va u zotning 
sahobalari amal qilgan e’tiqodga ergashuvchi ahli sunna val jamoadir.  
 
 
NOMAHRAM - q. Mahram  
 
 
NOSUT - oromiycha "inson tabiati". Dastavval "o‘ta" shialar orasida tarqalgan. Ular 
Alini, o‘zlarining imomlarini va goyaviy rahbarlarini ilohiylashtirganlar va Alloh yoki 
"ilohiy ruh" (ruh iloh) N.ga joylashishi mumkin deb da’vo qilganlar. Bu istilohni 
shialardan al-Halloj olgan va uni tasavvuf ta’limotiga singdirib yuborgan. N. va "ilohiy 
tabiat" (lohut)ning o‘zaro nisbati masalasi bo‘yicha ko‘p asrlardan beri ulamolar o‘rtasida 
munozara davom etib kelmoqda.  
 
 
NUBUVVAT (arab. - payg‘ambarlik) - shialik ilohiyotiga xos tushuncha, uning 5 
aqidasidan biri. Payg‘ambar va uning vazifasini aqida sifatida tan olish va unga ishonish 
(q. Shialik). 
 
 
NUR - ilohiy haqiqat, diniy bilimni ifodalovchi ilohiy nur haqidaga tushuncha. Islom dini 
tomonidan qad. dinlardan (yahudiylik, xristianlik) va yunon gaostiklaridan 
o‘zlashtirilgan. Qur’onda N. - Allohning o‘zini ham anglatgan ("osmonlar va yer nuri") 
(24:35) va Uni o‘z payg‘ambari Muhammad (sav) orqali yuborgan vahiylari nuri (61:8-9: 
64:8). Ustiga ustak bu - "toza nur", "nur ustiga nur", uni olovga qiyoslab bo‘lmaydi, u 
yerdan tashqarida paydo bo‘lgan. Musulmonlar an’anasida N. - Allohning ko‘plab 
sifatlaridan biri.  
 
 
NUR MUHAMMADIY (fors. nur-i Muhammadiy; "Muhammad nuri") - Muhammad 
(sav)ning qalin nur taratuvchi nuqta ko‘rinishidagi ruhlari azaldan mavjud bo‘lganligi 
haqidagi ta’limot; oldindan belgilangan barcha ruhlar shundan kelib chiqqan. Bu ta’limot 
mualliflari uni Qur’onning "nurli oyati"dan (24:35) olib, uni "ilohiy nur" haqidagi ta’limot 
bilan bevosita bog‘lashgan. 
 
 
NURBAXSHIYA - shialik ichidagi so’fiylik tariqati; 15-a. boshida kubroviylik tariqatidan 
uning shialikdagi tarmog‘i sifatida ajralib chiqqan. Asoschisi - sayyvd Muhammad ibn 
Muhammad Nurbaxsh (1392-1464), bahreynlik arab bo‘lgan. U o‘z shajarasini shia 
imomi Muso al-Kozimga bog‘lagan. Shia shayxi Xoja Ishoq al-Xuttaloniyning muridi 
bo‘lgan. Qur’on va "barcha fanlar"ni yaxshi o‘zlashtirgani uchun ustozi unga Nurbaxsh 
laqabini hamda o‘zining vafot etib ketgan ustozi Kubroviylar shayxi sayyid Ali al-
Hamadoniyning hirqasini berib, xonaqohga bosh bo‘lishni topshirgan. Nurbaxsh 
tarafdorlari uni adolat o‘rnatish uchun kelgan imom-Mahdiy va xalifa deb e’lon qilganlar. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
224
Iroqda uning sha’niga atab tangalar zarb etilgan va xutbalar o‘qilgan. Uning dovrug‘i 
Kurdiston, Ozarbayjon, Gilonga tarqalgan. Temuriylardan Shohruh davri (1405-1447)da 
N. tariqati qattiq quvg‘in ostiga olingan. Nurbaxsh qolgan umrini Ray viloyatidagi kichik 
qishlokda shogirdlari orasida o‘tkazgan. 
N. g‘oyalari Eronda safaviylar ta’limotini qaror topishiga zamin hozirlagan. N. ta’limoti 
Muhammad Nurbaxshning "ar-Risolat al-i’tiqodiya" va "al-Fiqh al-axvat" kabi asarlarida 
bayon etilgan. N. ta’limoti negizida ikki imomlikka e’tiqod qilish yotadi: haqiqiy 
(haqiqiya) va qo‘shimcha (idofiya), ularni shuningdek, "katta jihod" va "kichik jihod" deb 
ham ataydilar. Imomning tashqi va ma’naviy sifatlari majmuasi "kichik jihod" deb 
ataladi. Haqiqiy imom, qo‘shimcha sifatlarga ega bo‘lib valiy darajasiga ham yetishi 
lozim. Bunga faqat Ali ibn Abu Tolib (kv) erishgan. "Kichik jihod" belgilarini valiylik bilan 
uyg‘unlashuvi, Nurbaxshning fikricha, "katta jihod"ni tashkil qilgan. Nurbaxsh 
Muhammad (sav) davrlaridagi urf-odatlarni tiklash va saqlab qolishga, "yanga 
udumlar"ni (bid’at)ni bekor qilishga da’vat qilgan.  
 
 
NURIDDINBASIR, shayx Nuriddin Basiro, Qutbi chaxordaxum(?-1248) - O’rta Osiyolik 
mashhur shayxlardan, mutasavvif. "Kutbi chaxordaxum" ("O’n to‘rtinchi qutb") nomi 
bilan mashhur bo‘lgan. Shayx Zayniddin bobo Kuyi Orifoniyning shogirdi, xalifasi 
bo‘lgan. "Samariya"da aytilishicha, shayxlikda tugallanib, eng so‘nggi bosqichiga 
mingach, yo‘lboshchisining g‘aybiy ishorati yuzasidan, onasi bilan birga No‘jkent 
(Toshkent yaqinidagi qishloq)dan Samarqandga ko‘chib kelgan. N.B.dan "Sizning 
zamoningazda qutb kimdir?", deb so‘ralganda u: "birodarim Abdullo o‘n uchinchi kutbdir
biz o‘n to‘rtinchimiz", deb javob bergan. "Basir" atalishiga sabab, u onadan so‘qir 
tug‘ilgan bo‘lsa ham valiylikning nuri bilan barcha ko‘rguliklarni ko‘rar edi. N.B. qabri 
Samarqandning Chokardiza qabristonida, Novadon ariga bo‘yida joylashgan.  
 
 
NUSAYRIYLAR, alaviylar- shialikka mansub firqalardan birining tarafdorlari. 9-a.da 
yashagan Muhammad ibn Nusayr Basriy rahnamo bo‘lgan. N.ning asosiy aqidasi 
shialarning birinchi imomi xalifa Alini ilohiylashtirish (shundan "alaviylar" nomi kelib 
chiqqan), unda xudoning o‘zi mujassamlangan deb ishonishdan iborat. Ularning diniy 
ta’limoti va marosimlariga xristian dini va ayrim qadimiy e’tiqodlar ta’sir etgan. 
Xristianlikdagi muqaddas uchlik (troitsa) kabi, N. ham Muhammad, Ali va Salmon al-
Forisiyni Xudoning uch xil namoyon bo‘lishi, deb e’tiqod qiladi. Islom aqidasining zohiri 
va botini (sirti va ichi) bor deyishadi va shu orqali uni buzishga harakat qilishadi. Barcha 
harom narsalarni halol sanashadi. Ular o‘z falsafalarini yunon, hind, fors va nasroniy 
falsafalaridan jamlashgan. Ular Kuyosh, Oy va yoritqichlarga sig‘inadilar, jonning ko‘chib 
yurishiga ishonadilar. Ularning e’tiqodida yana quyidagilar asosiy o‘rin tutadi: N.ning bir 
qismi Alini oyda yashaydi deb e’tiqod qiladi, ba’zilari esa, Quyoshda yashaydi deydi. N. 
Muhammad (sav)ni Ali yaratgan deb e’tiqod qiladi. Hajni e’tirof qilmaydi. Zakotni boshqa 
musulmonlardek belgilamaydilar, balki xums (beshdan bir qism) beradilar. 
N.ning bayramlari quyidagilardir: Navro‘z -bahor bayrami, Yeadir bayrami, mubohala 
bayrami, Qurbon hayiti va shuningdek, nasroniylarning cho‘qintirish, barbarlik, Isoning 
tug‘ilgan kuni, xoch kabi bayramlarini ham nishonlaydi. 
Hukmron diniy oqimlar tomonidan asrlar davomida ta’qib qilingani sababli N. o‘z 
e’tiqodlarini sir tutadi, marosimlarini kechalari, maxfiy ado etadi. Ularda namoz, ro‘za va 
b. islom marosimlari, masjid kabi ibodatxonalar yo‘q. N. hozir Suriya va Turkiyada bor. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
225
NUMON ibn BASHIR, to‘liq ismi An-Nu’mon ibn Bashir ibn Sa’laba ibn Sa’d al-Ansoriy 
al-Xazrajiy (taxm. 623-683) -sahoba. Onasi - Amra bint Ravoha (Abdullo ibn 
Ravohaning sinshisi) sahobalardan bo‘lgan. N.i.B. juda ko‘plab hadislarni rivoyat qilgan 
va ko‘plab tobe’inlar undan hadislarni rivoyat etgan. Muoviya ibn Abu Sufyon zamonida 
(661-680) Xums va Kufada amir bo‘lgan. Xalifa Yazid ibn Muoviya (680-683) vafotidan 
so‘ng, xalqni Abu Bakr Siddiq, (ra)ning nabirasi az-Zubayrga bay’at qilishga chaqirgani 
uchun Xums aholisi undan norozi bo‘lib o‘ldirgan.  
 
 
NUH (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Injildaga Noyga to‘gri 
keladi. Qur’onga ko‘ra, Alloh N.(as)ni o‘z qavmiga payg‘ambar qilib yuborgan. N. (as) o‘z 
qavmi ichida uzoq umr ko‘rdi, ya’ni, 950 yil yashadi (Ankabut surasi, 14-oyat). U turli 
iloxlarga, butlarga sig‘ingan qavmini to‘g‘ri yo‘lga boshlab, faqat Allohga ibodat qilishga 
da’vat etdi. Lekin qavm uning so‘ziga kirmadi, uni masxara qildi. N.(as)ning da’vatiga 
hatto o‘zining xotini va bir farzandi ham ishonmadi. Shunda N.(as) Allohdan yordam 
berishni, kofirlarni jazolashni so‘radi (Shuaro surasi, 118-119-oyatlar). Alloh uning 
iltijosini qabul etib, N.(as)ga kema yasashni va barcha jonivorlardan bir juftdan olib 
kemaga joylashtirishni buyurdi. Keyin osmondan juda ko‘p yomg‘ir yog‘dirdi, yerning 
hamma tomonidan ham suv chiqartirdi. Osmon suvi bilan yer suvi qo‘shilib ulkan to‘fon 
paydo bo‘ldi. To‘fonda barcha kofirlar halok bo‘ldi, faqat kemadagilar sog‘ qoldilar. To‘fon 
boshlanishidan oldin N.(as)ning farzandlaridan biri kemaga chiqmadi. N. (as)ning otalik 
mehri qo‘zg‘ab, o‘g‘lini kemaga chiqishga undadi. Allohga kufr keltirgan farzand esa, 
otasiga rad javob aytib imon keltirishdan yana bosh tortdi va toqqa chiqib jon 
saqlamoqchi bo‘ldi, lekin u ham halokatga uchradi (Hud surasi, 45-47-oyatlar). Suv 
pasaygandan keyin kema Judiy tog‘i ustida to‘xtadi. Kema tog‘ tepasiga kelib to‘xtab, 
yer to‘fon suvini yutib bitirgach, Alloh N. (as)ni kemadan yerga tushishga buyurdi. N. 
(as) va unga imon keltirgan kishilar kemadan tushishdi. Bu zamin Musil degan yurt edi. 
N. (as) qissasini bayon qiluvchi "Nuh" surasi ham nozil bo‘lgan. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
226
- O -
 
 
ODAMATO (as) - Qur’onga ko‘ra, Alloh tomonidan yaratilgan yer yuzidagi birinchi odam 
va inson zotining otasi. Alloh O. (as)ni loydan o‘zining yerdagi o‘rinbosari (xalifa) sifatida 
yaratib, unga o‘z ruhidan jon ato etgan. O. (as) Abul-bashar (insoniyat otasi) deb ham 
ataladi. Islomda O. (as) birinchi payg‘ambar hisoblanadi. Alloh O. (as)ga barcha 
narsalarning nomlarini o‘rgatdi va bu bilan O. (as)ni farishtalardan yuqori qo‘ydi (Baqara 
surasi, 32-33-oyatlar) va farishtalarga O. (as)ga bosh egib sajda qilishni buyurdi. Faqat 
Iblis sajda qilishdan bosh tortdi (Sod surasi, 73-78-oyatlar). Iblis takabburligi va 
sarkashligi tufayli jannatdan quvildi. O. (as) jufti haloli Momohavo bilan jannatda 
yashab, ularga barcha ne’matlardan yeyishga ruhsat berildi, faqatgina bir daraxtning 
mevasidan yeyish taqiklandi (A’rof surasi, 19-21-oyatlar). Iblis O. (as) bilan 
Momohavoni aldab taqiklangan daraxt mevasini yediradi. Buning jazosi evaziga ular 
jannatdan chiqarilib, ularning avlodlari yerda yashashga va mehnat qilishga mahkum 
etiladi.  
 
 
OISHA (ra) (613-678) - Muhammad(sav)ning xotinlari, birinchi xalifa Abu Bakrning qizi. 
Laqablari Siddiqa, unvonlari Ummul-mo‘minin (Mo‘minlar onasi)dir. Muhammad (sav) 
vafotlaridan keyin O. (ra) xalifalik hokimiyatiga nomzodlar o‘rtasidagi munozaralarda 
faol ishtirok etgan. O. (ra) payg‘ambarning safdoshlari Talha va Zubayr tomonida turib 
Ali tarafdorlariga qarshi chiqqan. 
Islom tarixida hazrati O. (ra)ning ilm jihatdan mavqei juda balanddir. O. (ra) bevosita 
Muhammad (sav) bilan birga yashagani tufayli juda ko‘p hadislarning roviysi 
hisoblanadi. Sahobalar ba’zi oilaviy munosabatlarga doir murakkab masalalarni O. 
(ra)dan so‘rab bilib olar edilar. Abu Bakr, Umar va Usmon (ra) zamonlarida fatvolar ham 
bergan. O. (ra) tafsir, hadis, fiqhni mukammal bilgan, arab tili va adabiyotidan yaxshi 
xabardor bo‘lgan. Hazrati O. (ra) nihoyatda qanoatli ayol bo‘lib, butun hayoti davomida 
bir juftgina oyoq kiyim, bir nechtagina ko‘ylak kiyganlari rivoyat qilinadi. Mil. 678 y. 13 
iyulda vafot etgan, janozasini Abu Hurayra (ra) o‘qigan. Madinadagi Baqiy qabristoniga 
dafn qilingan. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling