Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet36/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55

 
OLLOH - q. Alloh 
 
 
OLTINXON TO’RA, Sayyid Mahmud Taroziy - ulamo, adib, tarjimon. To‘liq ismi 
Mahmud ibn Sayyid Nazir at-Taroziy (1894 y.da Avliyo ota (Turkiston) - 1991-92). 
Dastlabki ta’limni padari buzrukvoridan, so‘ngra Shayx ibn Kamol Nosirxon To‘ra 
Kosoniydan, davrining boshqa yetuk olimlaridan oldi. Arab, fors, turk tillarining barcha 
lahjalarini mukammal egalladi, mudarris bo‘lib yetishdi. Sho‘ro tuzumining ziyolilarga, 
ilm axllariga o‘tkazgan nohaq zug‘umi sababli mamlakatdan chiqib ketishga majbur 
bo‘ldi. 1932 y.dan Kobul sh.da istiqomat qila boshladi. Bir muddat Afg‘oniston maorif 
vazirligida maslahatchi lavozimiga tayinlandi. So‘ng Hindistonning Bombay sh.dagi 
masjidda imom-xatib bo‘lib xizmat qildi. Ikkinchi jahon urushi boshlangandan keyin 
Saudiya Arabistoniga ko‘chib borib, umrining oxirigacha (1991-92) Makka va Madina 
shaharlarida yashab ijod etdi. O.t. Ka’batulloh joylashgan Harami sharifda, Madinadagi 
Masjid an-nabaviyda mudarrislik qilib, Qur’on va hadislardan saboq berdi. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
227
O.t. tafsir, hadis, fiqh, adabiyot va ilmning boshqa sohalariga oid asarlar muallifi va 
tarjimonidir. U Qur’oni karimni zamonaviy o‘zbek tiliga ilk bor tarjima qilib, tafsir yozdi. 
Bu kitob Hindiston, Pokiston va Saudiya Arabistonida qayta-qayta chop etilgan. 
Shuningdek, olim Qur’onning ayrim suralarini ham tarjima va tafsirlari bilan alohida 
holda nashr qildirgan. Imom an-Navaviyning Payg‘ambar hadislariga bag‘ishlangan 
"Riyoz us-solihiyn" nomli 4 jildli asarini, Imomi A’zamning "Fiqh al-akbar", "Nur ul-
basar", "Aqoid islomiya", "Hizb al-A’zam" kabi kitoblarini arabchadan o‘zbek tiliga o‘girdi. 
O’zbek, arab, fors, urdu tillarida diniy ma’rifiy mazmunda risolalar, tasniflar, ruboiylar 
yozdi. O.t. tomonidan at-Termiziy qalamiga mansub "Kitob ash-shamoil an-Nabaviya" 
asarining o‘zbek tiliga qilingan tarjimasi so‘nggi yillarda Toshkentda arab va hozirgi 
o‘zbek imlosida qayta-qayta nashr etildi.  
 
 
OMIN (arab., somiycha - qabul et, ijobat qil) - islom, yahudiy va masihiy dinlarida 
dindorlar o‘rtasida "qabul etsin", "ijobat bo‘lsin" ma’nosida ishlatiladigan so‘z. Qur’oni 
karimdagi Fotiha surasi tilovat qilib bo‘lingach, o‘qigan va eshitganlar "O." deb qo‘yish 
lozimliga haqida hadisi sharifda ko‘rsatma berilgan. Lekin uni imom qiroati jahriy bo‘lgan 
namozda baland ovoz (jahr) bilan yoki o‘z ichida (xufya) aytish kerakliga to‘g‘risida 
ulamolar turli ijtihod qilganlar. Hanafiylik mazhabiga ko‘ra, "O." so‘zini xufya aytish 
sunnat. Muhammad (as) va sahobalari uni baland ovoz bilan aytganlari xususida kelgan 
hadislarga Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi ulamolari aniklik kiritib, shunday dalil 
keltiradilar: "Duo va iltijolar aslida xufya, ya’ni past ovozda aytilishi lozim (A’rof surasi, 
55-oyat). Shu bilan birga O.ni namozda xufya aytilgani haqida hadislar ham bor. O.ni 
oshkora aytish kerak deganlar keltirgan hadislar Payg‘ambar (sav)ning aytganlari 
haqidadir. U kishi esa, imom bo‘lgan hollarida aytganlar.  
 
 
OMON ("xavfsizlik") - musulmonlar tomonidan dushmanga, odatda nomusulmonga 
beradigan xavfsizlik kafolati. Qur’onda bu atama yo‘q, uning o‘rniga "jivor" ("homiylik", 
"himoyalash majburiyati") istilohi ishlatilgan. Muhammad (sav)ning arab qabilalariga 
yo‘llagan nomalarida "jivor" bilan birga, shu ma’nodagi zimma (q. Zimmiy, a hli zimma) 
istilohi ishlatilgan. O. fath etilganlarning hayoti va mulklari daxlsizligi kafolati ma’nosida 
Xolid ibn Validning Damashq bilan tuzgan bitimida (634 y.) uchraydi. O.ning zimmadan 
farqi shundaki, u - keyingi o‘zaro majburiyatlarni belgilamasdan turib afv etilishdir. 
Musulmon kishi faqat bir yoki bir necha ma’lum shaxslarga O.lik berishi mumkin va uni 
boshqa musulmonlar bekor qilishga haqlari yo‘q. Faqat imom yoxud uning vakiligina 
butun shahar aholisi yoki uning garnizoniga O.lik bera olishga hakdidur. Islom fatxdari 
davrida u sulh tuzishning dastlabki shartlaridan hisoblangan. O.dan daxlsiz noma, xat 
shaklida nomusulmonlarni musulmon mamlakatlarida bo‘lishi (shuningdek, ziyoratga 
keluvchilar, savdogarlar, sulh davrida dushman tomon harbiylari) xavfsizligini 
kafolatlovchi hujjat sifatida foydalanilgan. O.ning bu shakli Yevropa davlatlarini Usmonli 
turk saltanati bilan sulh munosabatlari o‘rnatilishida asos bo‘lgan. So‘nggi o‘rta asrlarda 
O. - asir tushilayotgan vaqtda afv etishni, kechirishni so‘rab qilingan iltijo.  
 
 
OSIY (arab. - isyon qiluvchi, itoatsiz, gunohkor) - diniy aqidaga ko‘ra, Allohning 
buyruqlari, Payg‘ambarning sunnat va ko‘rsatmalariga rioya qilmaydigan, buyurilgan 
vazifalarni bajarish o‘rniga ularni butunlay yoki qisman tark etadigan, shar’an 
taqikdangan ishlarni qiladigan shaxs. O. bandalarning taqdiri Allohga havola etiladi. Ahli 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
228
sunna val jamoa aqidasiga ko‘ra, O. banda agar kufr yoki shirkka ketmagan bo‘lsa, har 
qancha katta-kichik gunohlariga qaramay musulmon-mo‘min sanaladi, ya’ni kofir bo‘lib 
qolmaydi, balki gunohkor hisoblanadi. Boshqa ba’zi diniy oqimlarga ko‘ra, O. banda 
kufrga mahkumdir. O.ning qilgan ba’zi gunoxlari uchun bu dunyoda hadd - shar’iy jazo 
belgilangan. Misol uchun araq ichganga darra uriladi. O.ning qilgan har bir gunohi uchun 
u dunyoda alohida jazolar belgilangan. O. o‘z gunoxlaridan chin dildan tavba qilib, ularni 
qayta takrorlamasa, kechirilishi va’da qilingan.  
 
 
OTIN, Otinoyi - O’rta Osiyodagi diniy maktablarda qizlar o‘qituvchisi. O.lar ayollar 
o‘rtasidagi diniy marosimlar (mas., mavlud, amri ma’ruf, nahiy munkar va b.) 
o‘tkazishda boshchilik qilib, ularga diniy ta’lim berish bilan ham shug‘ullangan. 
 
 
OFOQXO’JA, Oppoqxo‘ja (1625, Kumul, Sharqiy Turkiston - 1695, Qo‘qo‘n qishlog‘i, 
Qashqar viloyati) - islom va tasavvuf ilmining yirik targ‘ibotchilaridan biri va Yorkend 
xonligida taxtda o‘tirgan xo‘jalarning dastlabkisi; Turkiston tasavvuf ilmining 
rahnamolaridan Mahdumi A’zamning avlodi. O.ning ismi Hidoyatullo bo‘lib, u xalq 
orasida hurmat belgisi bo‘lgan "Ofoq" ("Yorug‘ dunyo" yoki "yorug‘lik egasi") -xo‘ja nomi 
bilan mashhurdir. O. yoshligada otasi Muhammad Yusuf ibn Eshon Kalon bilan turli 
shaharlarda yurib bilim va tarbiya olgan. 1638 y.da Qashqarga kelib, otasi vafotidan 
so‘ng bu yerdagi oqtog‘lik xo‘jalarga bosh bo‘lgan. 1670 y.da Yorkend xonligada yuz 
bergan ichki kurashlar natijasida O. Qashqarni tark etib Turkiston shaharlarida, 
qalmoqlar (oyrotlar) orasida va Xeshi yo‘lagadagi (Xesi-tszoulan) viloyatlarda diniy 
targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullangan. 1678 y.da Tibetga borib 2 yilga yaqin yashagan va 
bu yerdaga Budda dini vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lgan. 1680 y. Tibet zodagonlari 
yordamida oyrotlar xoni bilan tanishgan. 1681 y.da qalmoqdar tomonidan Yorkend 
xonligi taxtiga o‘tqazilgan. Uning jasadi Yog‘du deb nomlangan joydagi ota-buvalari 
qabri yoniga dafn etilgan. Shundan boshlab ushbu qabriston "Ofoqxo‘ja mozori" deb 
nomlanib, ziyorat maskaniga aylangan.  
 
 
OFOQXO’JA MAQBARASI - Qashqar sh.dagi tarixiy yodgorliklardan biri. Shaharning 
sharqiy-shim.dagi Qo‘qon qishlog‘ida joylashgan. Xitoy adabiyotida "Shyangpeymu" 
("Iparxon mozori") deb ataladi. Binobarin, Iparxon Ofoqxo‘janing evarasi bo‘lib, uning 
otasi manjur istilochilariga qarshi chiqqanligi sababli uning aka-ukalari, opa-singillari va 
yaqinlari bilan birga Pekinga olib ketilgan. Uning tengsiz go‘zalligi uchun xonning unga 
ko‘zi tushgan. Ammo u begona el xoqoniga itoat qilishdan bosh tortib yosh olamdan ko‘z 
yumgan. Mavjud rivoyatlarga ko‘ra, Iparxonning jasadi Pekindan olib kelinib mazkur 
maqbaraga dafn etilgan. O.m. ilk bor 1664 y.da qurilgan. Ofoqxo‘ja vafotidan so‘ng 
qayta qurilgan. Maqbara atrofidagi katta mozor ham Ofoqxo‘ja mozori deb ataladi. U 
yerda Qashqarda o‘tgan ko‘pgina yirik shaxslar ham abadiy makon topgan. Maqbaraning 
tashqari tomonida 4 burchagida 4 ta minora qurilgan. Har bir minoraning bal. 18 m. 
Maqbaraga kiradigan eshik devordan sal oldinga chiqarib qurilgan bo‘lib, uning 2 yonida 
eshik atrofidagi peshtokdan bir oz chiqib turgan yarim minora joylashtirilgan. Maqbara 
devorining qalinligi 1 m bo‘lib, 4 tomoniga darchalar ochilgan. Qurilgandan beri maqbara 
ko‘p marta ta’mirlangani bois u yaxshi saqlanib kelmoqda. Maqbaraning bal. 27 m, katta 
gumbaz bilan yopilgan. Qabr zalining kengligi 35x27 m, unga jami 5 avlodning vakillari 
bo‘lmish 72 kishi dafn qilingan. Shular ichida eng kattasi Ofoqxo‘janing buvasi Eshon-

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
229
Kalon, otasi Muhammad Yusuf, Ofoqxo‘ja va b.dir. Qabrlar ustidagi sag‘analar bir-biriga 
yaqin qilib joylashtirilgan. Sag‘analar bir kattalikda emas. Ularning hajmi dafn etilgan 
kishining yoshi va martabasining ulug‘ligiga qarab belgilangan. O.m. tarkibida ko‘chadan 
kiradigan katta darvoza, uning atrofida bog‘, hovlida ikkita katta hovuz, madrasa, katta 
va kichik masjidlar mavjud. 
 
 
OXIRAT (arab. - oxirgi kun, dunyoning tugash kuni) - diniy tushuncha. O. haqidagi 
tasavvurlar barcha dinlarga xosdir. Islomdaga O. haqidaga tasavvur va rivoyatlar 
yahudiylik, xristianlik va ba’zi Sharq xalqdari diniy rivoyatlariga qisman o‘xshab ketadi. 
Qur’onda O. kuni osmon yorilishi, dengizlar toshishi, insonlarning tirilib o‘rnidan turishi, 
so‘roq qilinishi, gunoh va savobning o‘lchanishi, ularning yo jannatga, yo do‘zaxga 
jo‘natilishi tafsilotlari va sh.k. keng berilgan. O. so‘zining sinonimi - ma’od. Musulmon 
ilohiyotida O. kontseptsiyasining ishlab chiqilishi ikki yo‘nalishda olib borilgan. Birinchisi 
- O.ni (uni shuningdek, dor ul-baqo ("abadiy, boqiy dunyo") deb ham atashadi) va 
yerdagi hayotni (uni shuningdek, dor ul-fano ("o‘tkinchi, foniy dunyo") deb ham 
atashadi) bir-biriga qarshi qo‘yishda ko‘rindi. Bu yo‘nalish so’fiylar, zohidlar orasida keng 
tarqaddi, ko‘p shoirlarning sevimli mavzusiga aylandi. Ikkinchi yo‘nalishda - O. haqidagi 
tasavvurlar yanada oydinlashtirishda, jannat va jahannam, o‘liklarning tirilishi, ularning 
so‘roq qilinishi va b. ishlab chiqilgan. Ular islom aqoidining muhim belgilari bo‘lib qoldi.  
 
 
OYAT (arab. - ilohiy belgi, mo’jiza) -Qur’on suralarining bandlari. Islomga ko‘ra, O. 
Allohning o‘z elchisi Muhammad(sav)ga vahiy qilib, bandalarga qo‘llanma sifatida 
yuborgan farmoyishi, mo’jizasi. Qur’onning 7-a.ga oid ilk nusxalaridayoq suralar O. larga 
bo‘lingan va har sura doirasida tartib bilan raqamlangan. O.lar qad. arab tilida, bir qismi 
saj’ bilan yozilgan. Ayrimlari qisqa iboradan, ba’zilari bir necha jumladan tashkil topgan. 
Suralarda O.larning soni turlicha (mas., eng qisqa O. "Yosin" bo‘lib, 2 harfdan iborat, 
103, 108, 110-suralar faqat 3 O.dan, eng uzun 2-sura 286 O.dan iborat). O.larni bir-
biridan ajrata bilish, ularning boshlanish va tugash joylarini anglab yetish ma’nolarni 
yaxshi tushunib yetishga va b. bir qancha ishlarda yordam beradi. Qur’on O.lari tartibi 
Alloh tomonidan belgilanib Payg‘ambar (as) nazorati ostida amalga oshirilgan. Qur’on 
qiroatida O.lar tartibini o‘zgacha qilish qat’iyan man qilingan. Fuqaholar "Bismillahir 
rohmanir rohiym"ni qaysi suraning O.i ekanligi haqida turlicha ijtihodga borganlar. 
Shofi’iylik mazhabi ulamolari "Bismillahir rohmanir rohiym" har bir suraning bir O.i 
hisoblanadi, deydilar. Hanafiylik mazhabi ulamolari "Bismillahir rohmanir rohiym" 
suralarning orasini bo‘lib turuvchidir, deydilar. Ana shu turlichalik oqibatida O.lar soni 
haqida ham turlicha sanokdar kelib chiqqan. Avvallari Qur’on O.lariga raqam qo‘yish 
odati mutlaqo bo‘lmagan. Shuning uchun ham islomiy kitoblarda, falon suraning falon 
raqami, O.i degan gaplar hech uchramaydi. Qur’on O.lariga raqam qo‘yish yaqinda 
chiqqan od atl ardandir. 
Suralarni matnga hech qanday o‘zgartish kiritmagan holda O.larga taqsimlash va 
raqamlash 20-a. boshlarigacha davom etgan. Shuning uchun Qur’onning har bir davr va 
muhitdagi nashrlaridagi O.lar soni turlichadir. Qur’on O.larining soni 6236 ta ekani 
ko‘proq manbalarda qayd etilgan. Ayrim O.lardan masjidlar, islom mamlakatlaridaga 
rasmiy idoralar va xususiy uylarning ichki va tashqi bezagi sifatida foydalaniladi. 
Qabrtoshlarga ham O. yozish uchrab turadi. Bir qancha O.lar va ularning qismlariga 
mo’jizakor, sehrli kuch sifatida qaralib, ulardan tumor qilingan; bunday O.lar Oyatul hafz 
(himoyalovchi O.), Oyatush shifo (shifo O.) deb ataladi.  

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
230
 
 
OYATULLOH (arab. - Alloh mo‘jizasi) -shialikda mustaqil fatvo berish huquqiga ega 
bo‘lgan din olim (mujtaxid)la.rining unvoni. O. istilohi shu ma’noda 19-a. ikkinchi 
yarmida ishlatila boshlagan, 20-a. 40-y.laridan esa, keng qo‘llanilmoqda. O.lar dindorlar 
orasida katta obro‘ga, shialik tarqalgan davlatlarda (Eron, Iroq) siyosiy ta’sirga ham 
ega. O. unvoni yuzlab ulamolarda bor. Ulardan bir nechasi "Oyatullohi uzmo" ("Buyuk 
O.") eng yuksak obro‘ga ega bo‘lgan bittasi "Marjai taqlid" ("Taqlid qilinadigan inson") 
deb ataladi va u barcha shialarning oliy rahnamosi deb taniladi (yana q. Humayniy). 
 
 
OG’AXON - ismoiliylar oqimidagi nizoriylar firqasi rahbarining unvoni. O’rta asr 
oxirlaridan boshlab nizoriy ismoiliilar o‘rtasida o‘z rahnamolarini tirik xudo deb bilish, 
uning amr-farmonlarini so‘zsiz ado etish, unga nazr-niyozlar keltirib berish odat tusiga 
kirgan. O.lar sulolasiga 18-asrda eronlik boy Abul Hasan asos solgan. U o‘zini shia 
imomlarining vorisi deb da’vo qilgan. O. qarorgohi Bombey (Hindiston) shahrida 
joylashgan. Ismoiliylar boshlig‘i Sulton Muhammadshoh (1877-1957) mashhur Olardan 
biri hisoblangan. U G’arbiy Yevropa hukmdorlari bilan til biriktirib ish olib borgan
Angliyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosatini yokdab chiqqan. O.lar boshqa 
mamlakatlarda yashaydigan ismoiliylardan ham zakot olib turadi. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
231
- P -
 
 
PAYG’AMBAR (fors. - xabar keltiruvchi) -islom aqidasiga ko‘ra, Alloh bilan uning 
bandalari o‘rtasidaga elchi; Allohning buyruq va ko‘rsatmalarini vahiy orqali qabul etib, 
ularni o‘z ummatiga to‘la-to‘kis yetkazuvchi vakil. P. bilan Alloh o‘rtasida elchilik qiluvchi 
farishta ham borki, uning nomi Jabroildir. Ba’zida Alloh taolo P.ga bevosita vahiy 
yuborishi va bevosita gaplashishi ham mumkin. Qur’oni karimda quyidagi P.lar nomi zikr 
etilgan: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Yusuf, Lut, Ayyub, 
Zul-Kifl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, Alyasa, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, 
Yahyo, Iso va Muhammad alayhissalom. Ana shu va b. o‘tgan P. larning barchasini 
tasdiq etib, ularning barhaq P. bo‘lib o‘tganliklariga ikkilanmay imon keltirish har bir 
musulmon zimmasidagi imon shartlaridandir. Demak, P.larning birinchisi - Odam (as) 
oxirgisi - Muhammad (sav)dir. Ulardan keyin to qiyomat kunigacha boshqa P. kelmaydi. 
Lekin Muhammad (sav)dan keyinga o‘tgan davrda ham bir necha soxta Plar paydo 
bo‘lgani ma’lum. P.lar katta-kichik gunohlardan pokdirlar. Illo, ba’zi kichik yanglish
sahvu xatolar sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Aziz-avliyolarning hech biri P. darajasiga 
yeta olmaydi. 
 
 
PARANJI (arab. hijob - yoping‘ich) -islomda odatga kirgan ayollar yoping‘ichining 
o‘zbeklar va tojiklar orasida tarqalgan turi. Ayollarning gavdasini, yuz-ko‘zini yashirib 
turishga xizmat qilgan. P. uydan tashqarida yopinilgan. P.ning old tomoni to‘rsimon 
chachvon (chimmat; tojikcha chashmband -ko‘zto‘sar) bilan berkitilgan. Islom tarqalgan 
boshqa mamlakatlarda bunday yopingachlarning juda ko‘p turlari (mas., Eron va 
Afg‘onistonda chodira, turkmanlarda yashmal va h.k.) tarqalgan. Paranji yopinib yurish 
odati deyarli qolmagan bo‘lib, u ayrim marosimlardagina foydalaniladi.  
 
 
PARIXON (fors. - pari vositasi bilan davolovchi) — bemorlarni go‘yoki pari, jin, ruhlar 
vositasi bilan davolashga urinuvchi shaxs. P.ning da’vosiga ko‘ra, bemorga jin yoki 
alvasti tekkan bo‘lib, ularni u haydar yoki qayta tegmasligi uchun ko‘ndirar emish. 
Sodda odamlar P.larga nazr-niyoz berib, tovuq, uloq, qo‘zi kabilarni qurbonlik qiladi. 
Aslida islomiy aqida bo‘yicha, g‘ayritabiiy kuchlar ta’sirida betob bo‘lgan bemorlar Qur’on 
va hadislarda ko‘rsatilgan uslublar bilan shifo talab qilishi lozim. Aks holda folbin, 
azayimxon va P.larga ixlos qo‘yish natijasida imonlaridan ajrab qolishlari mumkin. 
 
 
PESHIN (fors. - peshin, tush payti) — besh vaqt o‘qiladigan namozning biri. 4 rakaat 
sunnat, 4 rakaat farz va 2 rakaat sunnat o‘qiladi. P. namozi Quyosh qiyomdan og‘a 
boshlashidan to asr namozining boshlang‘ich vaqtigacha bo‘lgan paytda ado etiladi. 
 
 
PIR (fors. - keksa, qari) - so’fiylik an’anasida tariqatlarning oliy rahnamolari yoki obro‘li 
rahnamolar. Shuningdek, har bir murid o‘z murshidini ham P. deb atagan. Aholi orasida 
"P." tushunchasi avliyo, ma’lum bir hunarning asoschisi ma’nosida ham ishlatiladi. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
232
- Q -
 
 
QABALA (ko‘pligi qabalot) - odatda, davlatga nisbatan moliyaviy majburiyat. 8-a.da 
Misrda ayrim shaxs tomonidan bugun jamoa uchun oldindan davlatga soliq to‘lab qo‘yish 
majburiyati (ma’zun), shuningdek, badaviylarga belgilangan ma’lum yerlardan tirikchilik 
qilish. So‘nggi o‘rta asrlarda Q. – soliklar to‘plash (odatda shahar, savdo) huquqini 
davlatdan ijaraga olish. Q. so‘zi musulmon xalqlari tiliga "qarz majburiyati" ma’nosida 
kirgan, ruscha "kabala" so‘zi shundan. 
 
 
QABBONIY Muhammad Hishom (1945, Livan) islom nazariyotchisi, naqshbandiylik 
namoyandalaridan biri, shayx. Tibbiyot va islom huquqi fanlari doktori. Q. Amerikadagi 
"Musulmonlar hamkorligi" harakati rahbari, "as-Sunna" jamg‘armasi hamda "Kamilat" 
nomli musulmon ayollari tashkilotining raisi, Amerika inson huquqlari bo‘yicha 
kengashining, shuningdek, AQSh Davlat departamentining diniy erkinlik masalalari 
bo‘yicha maslahatchisi. Q. "Islom arkonlari va imon" qomusi, "Naqshbandning so’fiylik 
tariqati" kabi asarlarida islom dinining bugungi kundagi dolzarb masalalarini taxlil qiladi. 
U o‘z asarlari va chiqishlarida diniy niqobdagi terrorchilik va turli buzg‘unchilik xatti-
harakatlarini qoralaydi. Q. 2000 y. 15-18 sent.da Toshkentda YUNESKO rahnamoligida 
o‘tgan "Jahon dinlari - tinchlik madaniyati yo‘lida" mavzuidagi xalqaro anjumanda 
ishtirok etdi. Q. xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, mo’tadil, zamon talablariga 
javob beradigan islomni targ‘ib etish tarafdori. 
 
 
QADARIYLAR (arab. - takdir) - islomdagi ilk ilohiyot oqimlaridan biri (qadariya) 
tarafdorlari. Islom ilohiyotining shakllanish davrida bir qancha aqidaviy masalalar qatori 
taqdir va iroda erkinligi masalasi ham jiddiy tortishuvlarga saba( bo‘lgan. Dastlabki 
davrlarda islomda takdirning oldindan ilohiy belgilanganligi to‘fisidagi tasavvur asosiy 
o‘rin egallagan edi, chunki, taqtsirga ishonish o‘sha davrdagi jihod urushlari uchun qo‘l 
kelar, shuningdek Muhammad (sav)ning Allohning elchisi (rasuli) ekanliklarini tan olish 
orqali xalifalar hokimiyatining qonuniyligini asoslash uchun xizmat qilar edi. Keyinchalik 
(7-a. oxirlarida) taqdirga ishonuvchilar orasida ichki ziddiyat sezila boshlagach, K paydo 
bo‘ldi (ulardan faqat Ma’bad va Ato ibn Jassor nomlarigana ma’lum). Q. inson iroda 
erkinligini yokdab chikdi, taqdiri azal tarafdori bo‘lgan jabariylarga. qarshi kurash olib 
bordi. Ular odillik xudoning asosiy sifatlaridan biri degan fikr asosida gunohni xudo 
oldindan belgilagan bo‘lishi mumkin emas, xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin, 
gunoh ishlar esa inson faoliyati bilan bog‘liq, demak, inson iroda va faoliyat erkinligiga 
ega, shuning uchun u gunoh qiladi, degan xulosaga keldi. Ularning ta’limotini 8-a. 
oxirlaridan mutazshshylar davom ettirdi. 
 
 
QAZO VA QADAR - islomda mo‘min-musulmonlar e’tiqod qilishi lozim bo‘lgan 
masalalardan biri. Ulamolar "qazo" va "qadar"ni quyidagacha ta’riflaydilar: "Qazo - Alloh 
taoloning hamma narsalarning kelajakda qandoq bo‘lishini azaldan bilishidur". "Qadar - 
o‘sha narsalarning Allohning azaliy ilmiga muvofiq ravishda vujudga kelishidir". Ahli 
sunna val jamoa mazhabiga binoan balog‘atga yetgan musulmonga Alloh taolo 
bandalarning hamma ishini, maxluqotlarga bog‘liq narsalarni avvaldan bilishiga imon 
keltirishi vojib bo‘ladi. Q. va Q. Allohga imon keltirish asosidagi islom aqidalaridan biri 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
233
hisoblanadi. Ana o‘sha sifatlarning biri - Alloh ilmi, u ilmning chegarasizligi, Alloh 
irodasining shomilligi va qudratining komilligidir. Alloh taolo hamma narsani biladi. Uyasi 
ichida g‘imirlayotgan chumolining harakatini-yu, o‘z falakida harakat qilayotgan 
sayyoralarni ham biladi. U zotning ilmidan hech narsa goyib bo‘lmaydi. Dunyodagi har 
bir zarrani ham va uning harakatini ham bilib turadi. Shuningdek, Alloh taolo 
qiyomatgacha nima bo‘lishini biladi. Agar ularni bilmasa, U zotning sifati kamoliyasiga 
nuqson yetgan bo‘ladi. Ana o‘sha ilohiy ilm, "qazoi-qadar" deb ataladi. Bunda johil 
kishilar o‘ylaganidek, Alloh tomonidan bandani majbur qilish yo‘q, balki, Alloh taolo 
tomonidan banda nima qilishini oldindan bilish bor. Chunki, Allohning ilmi chegara 
bilmasdir. 
O’tgan ulamolardan al-Xatgobiy quyidagilarni aytadi: "Ko‘pchilik odamlar Q. va Q.ni 
Alloh taolo tomonidan O’zi takdir qilib qo‘ygan ishlarga bandani qahr ila majbur qilish, 
deb hisoblaydilar. Q. va Q.ning ma’nosi, bandalarning kelajakda bo‘ladigan ishlarini Alloh 
tomonidan muqaddam bilib turilishidir". Shu yerda "Ilmga bog‘liq bo‘lsa - tushunarli, 
ammo hamma narsa Allohning irodasi bilan, Uning xal qilishi bilan bo‘ladi-ku? U holda 
bandaga nima qoladi? - degan savol paydo bo‘ladi. Bu savolning javobi 2 qismga 
bo‘linadi: 
1-qism - dunyodagi insonning daxli yo‘q narsalar. Dunyoda bir xil ishlar borki, ular faqat 
Alloh taoloning irodasi va qudrati bilan bo‘ladi. Bu ishlarga insonning hech qanday daxli 
yo‘q. Misol uchun, inson aqlining o‘tkir yoki o‘tmas, gavdasining turlicha, mijozining har 
xil bo‘lishi, chiroyli yoki xunukligi, tug‘ilish vaqti va joyi, ota-onaning kim bo‘lishi, 
o‘zining erkak yoki ayolligi, nasldan-naslga o‘tadigan ba’zi sifatlari hamda shunga 
o‘xshash bir qancha ishlari borki, ularga insonning hech qanday daxli yo‘q. Inson bu 
narsalardan mas’ul ham emas. Misol uchun, uni hech kim, nima uchun qomating uzun 
yoki qisqa bo‘lib qolgan, deb so‘roq-savol qilmaydi. Shuningdek, nima uchun falon kuni 
tug‘ilding, falon kuni o‘lding, ham demaydi. Bularning hammasi Allohdan. Bu turdagi 
qadarga imon keltirish har bir musulmonga vojib. 
2-qism - inson tomonidan sodir etilgan ish va amallarga bog‘liqtsir. Bularda insonning 
daxli bor, u bu ishlarda o‘z mayli, akdi, xohishi, ixtiyori va harakati bilan ishtirok etadi. 
Masalaning nozik joyi shu yerda. Xuddi shu turdagi ishlarni qandoq baholash kerak? 
Qadimdan bu savolga turli javoblar berilgan. Yunon faylasuflari orasida ham bu haqda 
ko‘p ixtiloflar bo‘lgan. 
Keyinchalik musulmonlar ichida ham bu hakda turli fikrlarni aytganlar bo‘lgan. 
Mu’taziliylar, "inson o‘z amalini o‘zi hal qiladi, bunga Alloh aralashmaydi", deganlar. Bu 
esa, Allohning barkamollik sifatlariga nuqson bo‘lib tushadi. Agar mu’taziliylar aytgan 
gap to‘g‘ri deyilsa, dunyoda Allohning irodasidan, qudratidan, Uning xoliqpigidan 
tashqari narsalar ham bor bo‘lib qoladi. U holda Alloh taoloning irodasi shomil, qudrati 
cheksiz, xoliqligi yagona bo‘lmaydi. Jabariylar esa aksincha, inson bu dunyoda dengizga 
tashlangan cho‘pdek gap, deydilar. Ularning fikricha, inson hech bir narsani o‘z ixtiyori 
bilan qilmaydi, balki, hamma narsani Allohning majburlashi ila amalga oshiradi. Agar 
jabariylar gaplari to‘g‘ri, deyilsa, Alloh taoloning adolat sifatiga putur yetadi.U zot taolo 
odil emas, jabr qiluvchi bo‘lib qoladi. Chunki, bandani Allohning O’zi har narsaga majbur 
qilib, keyin so‘roq-savol qilib, "nima uchun bu ishni qilding", deya jazolashi jabrdir. 
Ushbu 2 mazhab ham bir yoqlamalikka o‘ta berilgan, keyin o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketdi. 
Musulmonchilikning sof aqidasi esa, Ahli sunna val jamoa mazhabqda o‘z aksini topgan. 
Bu aqidaga binoan, insonning ixtiyoriy amallari, Alloh xalq qilgan narsalar jumlasidandir. 
Chunki, dunyoda Alloh xalq qilgan - yaratgan narsadan boshqa narsa bo‘lishi mumkin 
emas. Lekin bu inson o‘z ishini majbur bo‘lib qiladi degani emas. Chunki, inson bir ishni 
amalga oshiradigan bo‘lsa, o‘sha ish 2 narsaga bog‘liq bo‘ladi: 1) uni amalga oshirish 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling