Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet44/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
281
qilib, o‘zlari shogird tayyorlay boshlaganlar. Bularning hammasi T.ning tez tarqalishiga 
olib kelgan. 
10-a. oxiri - 11-a. boshlarida T.ga oid kitoblar yozildi. Ular orasida at-Tusiy (988 y. 
v.e.), al-Kalabodiy (990 yoki 995 y. v.e.), Abu Tolib al-Makkiy (998 y. v.e.), as-Sulamiy 
(1021 y. v.e.) kabilarning bizgacha yetib kelgan asarlari bor. Bu mualliflar T.ga doir 
bilimlarni tartibga soldilar, so’fiylik istiloxlarini tushuntirib berdilar. T.ni izchil islom 
ta’limoti bilan yaqinlashtirib, uni keyinchalik rasmiy ta’limot sifatida tan olinishida 
Razoliy, Abdulqodir Giloniy (Jiloniy)ning (1161 y. v.e.) xizmati katta. 12-a. o‘rtalari - 13-
a. boshlarida so’fiylar tashkil etgan zoviyalarda, xususan shaharlarda T. tariqat 
(suluk)lari vujudga kela boshladi. Bag‘dodda paydo bo‘lgan dastlabki suxravardiya va 
qodiriya tariqatlari butun musulmon olamiga tarqaldi. 
Tariqatlar tariqat nomi berilgan kishilar -Umar as-Suxravardiy va Abdulqodir Giloniydan 
ham ko‘ra, ko‘proq ularning shogirdlari va izdoshlari tomonidan vujudga keltirilgan, bu 
hol umuman tariqatlarning shakllanish jarayoni uchun xarakterlidir (mas., shoziliya, 
mavlaviya, badaviya va h.k.)-Tariqatlarning vujudga kelishi bilan T.ning ta’siri yanada 
kuchaydi. Ko‘pincha ma’murlar tariqat va zoviyalar rahbarlarining qo‘llab-quvvatlashini 
istab, ularga turli imtiyozlar berdilar, hatto faoliyat yuritishi uchun pul ajratdilar. Ayni 
vaqtda ko‘p so’fiy rahnamolar dunyoviy ishlarga aralashmasdilar, ma’murlar bilan 
bevosita aloqada bo‘lmasdilar va moddiy yordamidan bosh tortardilar (chishtiya). 
Umuman so’fiylar xalq ommasi bilan yaqinlashishga harakat qilardi. 
Har qaysi alohida mintaqada so’fiylik tashkilotlarining faoliyati mahalliy xususiyatlar va 
an’analar ta’sirida bo‘ldi. T.ning ko‘p qoidalari tub ahshi o‘rtasida ildiz otgan majusiylik 
ko‘rinishlari: ajdodlarga sig‘inish, animizm, sehrgarlik kabilar bilan qo‘shilib ketdi 
(shoziliya, qodiriya). Hindistonda so’fiylik mafkurasiga buddaviylik va hinduizm qoidalari 
o‘z ta’sirini o‘tkazdi (14-16-a.lar). T. g‘oyalarining 12-13-a.larda musulmonlarning turli 
qatlam va ijtimoiy guruhlari o‘rtasida keng tarqalishi munosabati bilan uning ichki 
farqlanishi yaqqolroq namoyon bo‘la boshladi. Asosan xalq ommasining ma’naviy 
ehtiyojlariga qaratilgan "amaliy" T. bilan birga so’fiylik ta’limotining birinchi navbatda 
o‘qimishli musulmonlar manfaatlarini ko‘zlovchi quruq muhokamaga asoslangan jihati 
yanada rivojlandi. Bu "falsafiy" T.ning asosiy qoidalarini Ibn Arabiy bayon qilib berdi. U 
o‘z falsafiy qarashlari bilan "vahdati-vujud" g‘oyasini keng ko‘lamda tarqatdi. "Falsafiy" 
T. 13-14-a.larda yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgach, keyin o‘z mavqeini yo‘qota bordi. "Komil 
inson", "borliqning birligi" (vahdati-vujud), "Mutlaqning o‘zini namoyon qilishi - 
jilolanish" (tajalli) va "nurlanish" kabi g‘oyalar bahs va munozaralar manbai bo‘lib qoldi 
(mas., vahdati mavjud va vahdati vujud tarafdorlari o‘rtasidagi tortishuvlar). T. g‘oyalari 
nazariy risolalardagina emas, shu bilan birga ko‘pdan-ko‘p she’riy asarlarda o‘z ifodasini 
topdi. So’fiylik ramziy ifodalari, timsollari va mavzulari butun diniy va dunyoviy fors 
she’riyatiga (Jaloliddin Rumiy, Sanoiy, Sa’diy, Amir Xusrav Dehlaviy, Hofiz, Jomiy, 
Ansoriy, Nizomiy va b.), shuningdek, ma’lum darajada arab she’riyatiga singib ketadi. 
Turkiy xalqlarning (birinchi navbatda Alisher Navoiy), Bolqon ya.o., Shim. Hindiston, 
Indoneziya musulmonlari adabiyoti va folklori to‘g‘risida ham shu gaplarni aytish 
mumkin. 
T.ning o‘zgaruvchanligi va yot ta’sirlarga "ochiqligi" uni turli-tuman oqimlarga bo‘linib 
ketishiga olib keldi. T. avval boshda mo‘min-itoatkorlik va dunyo halovatidan kechishni 
targ‘ib qilgan bo‘lsa, butun tarixi davomida bir necha bor isyonkorlik va Mahdiylik 
harakatlarining [Andalusiyadagi "muridlar isyoni" (12-a.), Anatoliya (Anadolu)da shayx 
Badriddin (1416 y.da o‘ldirilgan) boshchiligidagi diniy-siyosiy harakat, bobiylar, 
shoziliylar va h.k.]ning, keyinroq esa, mustamlakachilikka qarshi kurash (sanusiylar, 
qodiriylar, Shomil) mafkurasiga aylandi. T. ko‘pchilik musulmon rahnamolari tomonidan 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
282
e’tirof etilgandan so‘ng uning himoyasi ostida eng keskin mavqeidagi turli xil jamoa va 
oqimlar -hurufiylik, ahd-i haqq va h.k. ish olib bora boshladi. Anatoliyada, keyin esa 
Bolqonda, O’rta Osiyo va Eronda aralash so’fiylik -shialik ta’limotiga amal qiluvchi 
tariqatlar (bektoshiya, mavlaviya, nurbaxshiya, ne’matullohiya, kubraviya, xalvatiya, 
zahabiya) tarqaldi. 
T. tarafdorlari soni ortishi bilan uning tartibotlari rasmiylasha bordi, tariqatlarning 
tuzilmalari murakkablashib, ichki hayoti qat’iy belgilab qo‘yila boshladi. Tariqat boshlig‘i 
o‘z vazifalarini avvalgidek bevosita emas, ko‘p sonli vositachilari (xalifa, muqaddam) 
orqali amalga oshirdi. Dunyoviy hokimiyatlar qo‘llab-quvvatlashini istagan shayxlar 
tobora ularga bog‘liq bo‘lib qola boshladi. Ayrim mamlakatlarda (Misr) tariqat rahbarlari 
amalda hukmron doiralar va yirik yer egalari bilan qo‘shilib ketdi. Bunday salbiy 
hodisalarga norozilik tarzida malomatiylar an’analari tiklana boshladi, biron-bir tariqatga 
aloqasi bo‘lmagan darbadar darvishlar ko‘paydi. 19-20-a. boshida T. musulmon 
davlatlari siyosiy va diniy hayotida muhim rol o‘ynashda davom etdi. Musulmon 
olamining u yoki bu mintaqasidagi muayyan vaziyatga qarab bu rol ham reaktsion, ham 
nisbatan ilg‘or bo‘lishi mumkin edi. Sharkda jamiyatning yoppasiga din ta’siridan chiqa 
boshlashi, xo‘jalik va madaniy hayotdaga o‘zgarishlar, yanga ma’naviy va axloqiy 
qadriyatlar tomon yuzlanish T.ning mavqeiga hamma joyda salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Ko‘pchilik arab mamlakatlarida T. diniy-siyosiy doiralar tomonidan keskin tanqidga 
uchradi. Yosh avlodning ko‘pchiligi T.ni o‘z mamlakatining qolokdigi sabablaridan biri deb 
bildi, uni taraqqiyot va gullab-yashnash yo‘lidagi g‘ov deb hisobladi. Bir qancha 
musulmon mamlakatlarida tariqatlar faoliyati qisman yoki butunlay man qilindi. Garchi 
T. o‘zining avvalgi obro‘sini ancha yo‘qotgan bo‘lsa-da, u shahar va qishloq aholisining 
muayyan qatlamlari orasida o‘z ta’sirini saqlab kelmoqda. Ular ruhiy taskin va madad 
izlab, so’fiylik tariqatlari safiga kirmoqda. 20-a.da ham yangi suluklar paydo bo‘lganligi 
T.ning yashovchashshgidan dalolat beradi. Bu suluklarga Jazoirdagi al-alaviya (asoschisi 
Ahmad al-Alaviy, 1934 y. v.e.), Tunisdagi al-madaniya (asoschisi Muhammad al-
Madaniy, 1959 y. v.e.), Qohiradagi al-Hamidiya-ash-shoziliya (asoschisi Salama ar-
Radiy, 50-y.lar oxirida v.e.)ni kiritish mumkin. Hozirgi davrda so’fiylik "yo‘li"dan borish 
uning muxlislariga (shayx va uning yaqin safdoshlari bundan mustasno) o‘z jamoat 
vazifalarini bajarishiga xalaqit bermaydi. So’fiylar orasida (ularning ko‘pchiligini hamon 
kuyi ijtimoiy tabaqalar tashkil etadi) birmuncha "obro‘li" kasb vakillari: o‘qituvchilar, turli 
darajadagi davlat xizmatchilari, uchuvchilar va h.k. bor. Ularning tariqatga a’zoligi ko‘p 
jihatdan oilaviy an’analar bilan bog‘liq bo‘lib, chuqur ichki e’tiqod oqibatida emas.  
 
 
TASBIH (arab.) - 1) "Subhonalloh" ("Alloh har qanday sherikdan pok" kalimasini 
aytish); 2) duolar va ibodat so‘zlarini hisoblash uchun ishlatiladigan munchoq shodasi. T. 
ishlatish keng tarqalgan barcha dinlarda uchraydi, dindorlik va taqvodorlik belgisi 
hisoblanadi. Musulmonlarda 33 bor subhonalloh, 33 bor alhamdulilloh va 33 bor Allohu 
akbar kalimalari ushbu tasbeh bilan sanaladi. 
 
 
TAFSIR (arab. - bayon qilish, ochib berish va ravshan qilish) - inson qudrati yetguncha 
Qur’oni karimdagi Allohning murodini o‘rganadigan ilm. Bu ilm Payg‘ambar (sav)ning 
davrida yuzaga kelgan. U kishi odamlarga Qur’onning ma’nolarini bayon qilar, 
sahobalarning Qur’on oyatlari ma’nosi to‘g‘risidagi savollariga javob berar edi. 
Sahobalarga T. ilmi Payg‘ambar (as)dan meros qoldi. Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, 
Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Mas’ud, Ubay ibn 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
283
Ka’b va b. T. ilmida mashhur bo‘lganlar. Tobeinlar esa, T.ni sahobalardan o‘rgandilar. Va 
ulardan ko‘plari bu ilmda shuhrat qozondilar. Mas.: Mujohid ibn Jabr Makkiy, Ikrima, 
Said ibn Jubayr, Ato ibn Abu Roboh va b. Sahobalar va tobeinlar asrida T. og‘zaki rivoyat 
va naql shaklida bo‘lib, ta’lif qilib yozilmagan edi. T.dan birinchi kitob yozgan shaxs 
Abdulmalik ibn Jurayjdir (8-a.). Keyinchalik Muhammad ibn Jarir Tabariy, Yahyo ibn 
Salom, Abu Bakr Nisoburiy va b. mufassirlar shuhrat topdilar. T. ilmi kelib chiqishi va 
rivojlanishi jarayonida bir necha qismlarga bo‘lingan: Birinchi qism - "T. bil ma’sur". Bu 
qismdagi T.da mufassir Qur’on oyatlarini rivoyat qilgan sahih hadislar va sahobalarning 
qavllari bilan T. qiladi. Bu uslubda yozilgan T.larning mashhurlari quyidagilar: 
Muhammad ibn Jarir Tabariyning "Jomi’ul bayon fi tafsiril Qur’on", Abu Muhammad 
Husayn ibn Mas’ud ibn Muhammad Bag‘aviyning "Ma’olimut tanzil", Imodiddin Ismoil ibn 
Kasirning "Tafsirul Qur’onil azim", Jaloliddin Suyutiyning "ad-Durrul mansur fi-t-tafsir bil 
ma’sur" kitoblari. Ikkinchi qism - "T. bir-ray". Bu qismda mufassir o‘z fikri va ijtihodi ila 
T. qiladi va u ikkiga, joiz va g‘ayri joizga bo‘linadi. Joiz bo‘lgan ray bilan T. qilishda 
mufassir ishonchli masdarlarga suyangan holda jaholat va zalolatdan uzokda bo‘lib T. 
qiladi. Joiz bo‘lmagan qismda esa, mufassir jaholat, bid’at va zalolat bilan T. qiladi, 
shuning uchun ham barcha allomalar bu navdagi T.ni man qilganlar. Joiz bo‘lgan ray 
bilan qilingan Tlardan; Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Husayn Faxriddin 
Roziyning "Mafotihul g‘ayb", Nasriddin Abdulloh ibn Umar ibn Muhammad ibn Ali 
Bayzoviyning "Anvoruttanzil va asrorut-ta’vil", Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn 
Mahmud Nasafiyning "Madorikut tanzil va haqoiqut ta’vil" kitoblari. 
Uchinchi qismi - "T.i ishoriy". Bu qismda mufassir oyatning zohiriy ma’nosiga qaramay, 
uning maxfiy ishoralari taqozosi bilan T. qiladi. Bu faqat suluk va tasavvuf arboblarining 
uslubidir. Bu qismga doir T.lar: Nizomiddin Hasan ibn Muhammad Husayn Xurosoniy 
Naysoburiyning "G’aroibul Qur’on va rag‘oibul Furqon", Sheroziyning "Aroisul bayon fi 
haqoiqil Qur’on" kitoblari. 
Keyinchalik T.ning yo‘nalishlari ko‘payib ketdi. Misol uchun Qur’ondagi hukm oyatlarini 
alohida T. qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu yo‘nalishdagi T.lar "Ahkom oyatlari tafsiri' deb 
nomlandi. Bu yo‘nalishdagi qad. T.lardan hanafiy olimlardan Jassosning "Ahkomul 
Qur’on" va b. ulamolar yozgan T.lardan "Tafsirot Ahmadiya" kitoblarini misol qilib 
keltirsa bo‘ladi. Zamonaviy ulamolardan Muhammad Ali Saisning "Tafsiru oyotil ahkom" 
va Muhammad ALI Sobuniyning "Ravoi’ul bayon fi tafsir oyotil ahkom" kitoblari misol 
bo‘la oladi. Shuningdek, madaniy T.lar ham yozildi. Ularda Qur’on oyatlari madaniyat 
tushunchasi asosida T. qilindi. Bu xildaga T.larga Sayyid Qutb (1966 y. v. e.)ning "Fi 
Zilolil Qur’on" va Muhammad Javod Mug‘niyaning "Tafsir Koshif" kitoblari misol bo‘ladi. 
Ilmiy T atamasi ham paydo bo‘ldi. Bu turdagi T.larda oyatlarda kelgan ma’nolar ilmiy 
kashfiyotlarga mosligi haqida fikr yuritiladi. Bu yo‘nalishdagi Tlar ichida eng 
mashhurlaridan biri Javohiriyning "Tafsir javohir' kitobidir. Ko‘pchilik ulamolar bu kitobni 
T.dan uzoklashib ketganlikda tanqid ham qiladilar. 
O’zbekiston hududidan chiqqan ba’zi mashhur T.chilardan avvalo Imom Abu Mansur 
Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud: Moturidiyni ko‘rsatish mumkin. U zotning 
aksariyat muallafotlari tavhid ilmida, ya’ni ilmi kalomda bo‘lgan. Imom Moturidiy 
o‘zlarining "Ta’vilot ahdis sunna" NOMLI tafsirlarida ilmi kalom ulamolari yo‘lidan 
borganlar va Qur’oni karim oyatlarini aqidada Ahli sunna val jamoa mazhabini qo‘llab T. 
qilganlar. 
Keyingilari Imom Abu Lays Samarqandiy bo‘lib, u zot Imom Hodiy nomi bilan mashhur 
bo‘lganlar, Imom Abu Lays Samarqandiy ko‘plab kitoblar ta’lif qilganlar. T kitoblarini esa, 
"Bahrul ulum" deb nomlaganlar va bu T. "Tafsir bil ma’sur' toifasidandir. 
Ulug‘ Imom Zamaxshariy turli ilmlarga doir ko‘plab kitoblar tasnif qilganlari va eng 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
284
mashhur muallafotlaridan biri "Kashshof an haqoiqit tanzil va uyunil aqovil fi vujuhit 
ta’vil" T. kitobi bo‘lib, u ko‘pchilikka "Kashshof" nomi bilan mashhurdir. 
Imom Faxriddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Husayin Roziyning "Mafotihul 
g‘ayb" nomli T. kitoblari ilm ahdi o‘rtasida oyatlar orasidagi munosabatlarni va suralar 
o‘rtasidaga bog‘lanishlarni bayon qilish va b. bir qancha imtiyozlari bilan mashhur 
bo‘lgan. Imom Abul Barokot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy. O’zlarining 
"Madorikut tanzil" nomli T. kitoblarini ta’lif qilishda Imom Zamaxshariyning "Kashshof" 
T.laridan istifoda qilganlar. 
Imom Nasafiyning "Madorikut tanzil" nomli bu kitoblari hozirgi kunimizgacha ulamo va 
tolibi ilmlar orasvda zo‘r e’tibor bilan shuhrat topib kelmoqda va ko‘pgina islom o‘quv 
yurtlarida qo‘llanma sifatida ishlatib kelinmoqda. 
Qur’on T.i bilan shug‘ullanadigan kishida bo‘lishi zarur shartlar: Birinchi shart: Sof 
e’tiqoddi bo‘lish. Chunki, e’tiqod masalasi o‘ta nozik ish ekanligi hammaga ma’lum. 
E’tiqod masalasida nuqsoni bor kishi T. qilsa, T. ham nuqsonli chiqishi turgan gap. 
Shuning uchun ham e’tiqodida "Ahli sunna val jamoa" mazhabidan ozgina og‘ish bor 
shaxsga T. qilishga izn berilmagan yoki undoq odam qilgan T. yo‘q qilingan. Ikkinchi 
shart: Havoi nafsga ergashishdan xoli bo‘lish. Boshqacha qilib aytganda, T.chi bo‘lish 
niyatidagi shaxs tarafkashlik dardiga chalingan bo‘lmasligi kerak. Aks holda, uning ishida 
xiyonat sodir bo‘lishi hech gap eas. Shuning uchun ham, qadariya, rofiza, mu’tazila kabi 
toifalarga mansub shaxslarning Tlari qabul qilinmagan. 
Uchinchi shart: Arab tilini o‘ta yaxshi bilmoq. Bu hech qandoq izohga o‘rin qo‘ymaydigan 
shartdir. Qur’on arab tilida nozil bo‘lgan, arab tilini yaxshi bilmay turib, Qur’onni 
bilaman, deyish mutlaqo noo‘rindir. Arab tili nahv, sarf, maoniy, bayon, badiy’, fasohat 
kabi bir qator ilmlarni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi shart: Qur’onga bog‘liq ilmlarni yaxshi 
bilmoq. Mazkur ilmlarga jumladan: Qiroatlar ilmi, ilmi Tavhid, ilmi Sababi nuzul, ilmi 
Nosix va mansux, ilmi Om va xos, ilmi Mutashobih va b. bir qancha ilmlar kiradi. 
Beshinchi shart: Avvalo Qur’onni Qur’on bilan T. qilmog‘i shart. Chunki, bir ma’no 
Qur’oni karimning bir joyida umumiyroq zikr qilingan bo‘lsa, boshqa bir joyida 
batafsilroq bayon qilingan bo‘ladi, bir oyatda qisqa ishora qilib ketilgan narsa ikkinchi 
oyatda kengaytirib tushuntiriladi. Shuning uchun Qur’oni karimni yaxshi va chuqur 
anglashda uning oyatlarini bir-biriga solishtirib o‘rganish katta ahamiyat kasb etadi. 
Oltinchi shart: Qur’onni sunnat bilan T. qilmoq. Payg‘ambar (sav)ning sunnati 
Qur’onning sharhi va tatbiqi bo‘lib kelgan. Shuning uchun Qur’onni T. qilmoqchi bo‘lgan 
shaxs Payg‘ambar (as)ning sunnatlarini juda ham yaxshi bilmog‘i shartdir. Yettinchi 
shart: T.ni Qur’onning o‘zidan yoki Payg‘ambar (sav)ning sunnatlaridan topmasa, 
sahobalarning gaplariga qaytmoq. Chunki, sahobai kirom (ra)lar Qur’oni karimning nozil 
bo‘lishiga shohid bo‘lgan, o‘sha davrda Payg‘ambar (sav) bilan birga yashagan, Qur’onni 
aniq tushunib yetgan kishilardir. Sakkizinchi shart: Agar T.ni yuqorida zikr qilingan 
masdarlardan birortasida ham topa olmasa, tobe’inlarning T.iga qaytish. Chunki 
tobe’inlar, sahobalardan dars olgan avloddirlar. Sahobalardan keyin Qur’oni karimni eng 
yaxshi biladigan avlod ham o‘sha kishilardir. 
To‘qqizinchi shart: O’tkir fahmli bo‘lmoq. Bu sifat, bir ma’noni ikkinchisidan ustun qo‘ya 
bilish va shariat maqsadlariga mos ma’nolarni istinbot qilish uchun kerak bo‘ladi. 
Mufassir odoblari quyidagilardan iborat: -Yaxshi niyatli va sog‘lom maqsadli bo‘lmoq. -
Husni xulkdi bo‘lmoq. -Ilmiga amal qilmoq. 
-Ma’nolarni naql qilishda sodiq va aniq bo‘lish. 
-Izzatini bilmoq. -Haqgo‘y bo‘lmoq. -Viqorli bo‘lmoq. -Tavozu’li va halim bo‘lmoq. -Og‘ir-
bosik, va salmoqli bo‘lmoq. -Peshqadam olimlarni o‘zidan ustun qo‘ymoq. Qur’onni 
tarjima qilishga dastlab ruhsat berilmagan. Ulamolar bir ovozdan Qur’onni tarjima qilib 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
285
bo‘lmaydi deganlar. Ularning fikricha, Qur’on ilohiy, mo’jiza kalom bo‘lib, unga o‘xshash 
arabcha kalom keltirish imkoni bo‘lmaganidan keyin, uning maqsadini boshqa tilda, ayni 
shaklda bayon qilish imkoni ham yo‘q edi. Qur’on saviyasida bo‘lmagan narsani Qur’on, 
deb atash esa, mutlaqo mumkin emas. Eng muhimi, Qur’on tarjimasi, degan da’vo bilan 
kishilarni haqiqiy Qur’ondan uzokdashtirish xavfi tug‘ilishi mumkin edi. Shuning uchun 
ham, qadimda boshqa tillarda Qur’onga yozilgan T.lar yoki tushuntirishlar boru, ammo, 
Qur’on oyatlarining bevosita tarjimalari yo‘q. 
Birinchi bo‘lib g‘arb xalqdari Qur’onni o‘z tillariga tarjima qilishni boshladilar. Ana o‘sha 
tarjimalarni nafaqat mustamlakachilar, balki, ularning tilini biladigan ba’zi musulmonlar 
ham o‘qiy boshladilar. Ushbu va b. omillar ulamolarni Qur’on ma’nolarini tarjima qilish 
masalasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Musulmon ulamolar Qur’on ma’nolarining 
tarjimasi haqida fatvo chiqardilar va bunday tarjima uchun kerakli shartlarni ham bayon 
qildilar. Mazkur shartlar, ko‘r’on ma’nolari tarjimasi uning T. dek narsadir, degan 
tushuncha asosida qo‘yilgan edi. Shu bilan birga ma’nolar tarjimasiga T.ga qo‘yilgan 
shartlar ustiga qo‘shimcha shartlar ham qo‘yildi. Ulardan ba’zilari quyidagilar: 
- Tarjimon arab tilini o‘ta yaxshi bilishi bilan birga tarjima qilinayotgan tilni ham juda 
yaxshi bilishi shartligi. 
- Tarjimani, Qur’on tarjimasi emas, balki, Qur’on ma’nolari tarjimasi, deb atash va 
tushunish lozimliga. Chunki, islom ta’limotiga ko‘ra, Qur’onni ayni o‘zidek tarjima qilish 
umuman iloji yo‘q narsa va insonlar nafaqat tarjima, balki, arab tilida ham Qur’onning 
biror oyatiga o‘xshash matnni keltira olmaydilar. 
- Mazkur ma’nolar tarjimasidan faqat Qur’on ma’nolarini tushunishdagi yordamchi 
sifatida foydalanish mumkinligi. 
- Ma’nolar tarjimasini ibodatda qiroat qilish, ulardan hukm chiqarishga harakat qilish, 
tarjimalar atrofida ixtiloflar qilish mutlaqo mumkin emasligi. 
- Qur’on ma’nolari tarjimasini yozganda, albatta, arabcha oyatlar bilan birga yozish. 
Chunki, shunda asl matnning qudusiyati balqib turadi. Qolaversa, tarjimaning aniqligani 
har doim tekshirish imkoni bo‘ladi. Keyingi yillarda Qur’on ma’nolari o‘zbek tiliga ham 
tarjima qilindi. Hozirgacha ikkita to‘la ma’nolar tarjimasi bor. Alouddin Mansur va 
Abdulaziz Mansurov tomonidan qilingan tarjimalar.  
Manbalar: Tafsiri Tabariy. Tafsiri Kurtibiy. Mabohis fii ulumil Qur’on-Subhi Solih. Mabohis 
fii ulumul Qur’on-Manno’ Qatton. Nuzulul Qur’on alo sab’ati axruf Manno’ Qatton. 
Manohilul irfon fi ulumil Qur’on-Abdul aziym az-Zarqonsh. Itqon fii ulumil Qur’on-
Jaloliddsh Suyutiy. Burhon fii ulumil Kuron-Zartshiy. An-Nabaul azim-Abdulloh Daroz. 
Zohira Qur’oniya-Molik va b. 
 
 
TAFTAZONIY, Sa’diddin Mas’ud ibn Umar (1322-1390) - kalom ilmining taniqli 
namoyandasi. Niso sh. (hoz. Turkmaniston) yaqinidaga Taftazon qishlog‘ida tug‘ilgan. 
Al-Ijiy va Kutbiddin ar-Roziy kabi ulamolardan arab tili, ilohiyot, mantiq, nutq san’ati 
asoslarini o‘rgangan. 
30 yilga yaqin Movarounnahr va Xuroson shaharlarini kezib, madrasalarda islom 
falsafasi, kalom, mantiq ilmidan dars bergan, mazkur fanlar sohasida asarlari bilan 
mashhur bo‘lgan. Amir Temur taklifi bilan Samarqandga kelib, umrining oxirigacha 
saroyda yashagan. 
Eng mashhur asari - "Tahzib al-mantiq va-l-kalom", ("Mantiq va kalomdagi tuzatishlar") 
Jaloliddin Davoniy va Kurdistoniy sharxdari orqali, "Maqosid at-tolibin" ("Din asoslarini 
izlovchilarning maqsadlari") kitobi esa o‘zining sharxdari bilan bizgacha yetib kelgan. T. 
Qur’on tafsirining ham muallifidir. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
286
T. o‘z asarlarida ilmi kalomning muhim mavzularidan biri - insonning iroda erkinligi 
masalasiga kengroq to‘xtaladi. Uning fikricha, olijanoblik xislati va xayrli ishlar aslida 
Allohning mohiyatidan kelib chiqadi va U insonlarni yomon xulq-atvordan tiyilib turishga 
buyuradi. Yomon xulq, gunohdar esa inson uchun xos bo‘lmay, shular vositasida 
sinovdan o‘tkazib turiladi. Binobarin, Alloh o‘z bandalariga ikki yo‘lni ko‘rsatadi, ya’ni 
inson xayrli, sharafli ishlar qilib, savob oladi yoki nomatlub ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib, 
gunohga botadi va shunga yarasha jazosini oladi. T.ning ta’kidlashicha, Alloh tomonidan 
kishilarga ko‘proq xayrli ishlarigana buyurilgan, g‘ayri sha’riy ishlar esa, insonning o‘z 
irodasiga bog‘likdir. Shu boisdan ham Alloh yomon xulq-atvorli odamlarni qilmishiga 
ko‘ra jazolaydi. Shuningdek, T. islom falsafasi - kalomga mantiqiy xulosalarni tatbiq etib, 
ilohiyotning fan sifatida rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.  
 
 
TASHAHHUD - q. Kalimai shahodat.  
 
 
TASHBIH, (arab. - o‘xshatish) - xudoni odamlarga o‘xshatib ta’riflaydigan ta’limot 
(antropomorfizm). Ilk islom ilohiyotida vujudga kelgan. Qur’onning ko‘p suralarida xudo 
ham eshitadi, ko‘rib turadi, ushlaydi, jazolaydi deb ta’riflanadi. Alloh taolo o‘zi yoki 
Rasuli vasf qilganidek, o‘xshatmasdan vasf qilinishini yaxshi ko‘radi. U bizga o‘xshab 
eshitadi, bizga o‘xshab ko‘radi, kabi gaplar aytilishi joiz emas. Ilk islom ilohiyotchilari 
ichida T. tarafdorlari xudoning qiyofasini insonga o‘xshatib talqin etganlar. Ular 
mu’taziliylarning xudo hech qanday sifatga ega emas degan ta’limotiga (bu ta’limot 
islom tarixida ta’til, uning tarafdorlari muattila deb nom olgan) qarshi chiqqanlar. Ta’til - 
Alloh taoloning sifatlarini inkor qilishdan iboratdir. Ularning ikkovlari ham botildir. 
Chunki, ta’til qiluvchi, yo‘qqa ibodat qiladi. T. qiluvchi esa, sanamga ibodat qiladi. T. va 
ta’tilga qarshi kalom tarafdorlari, xususan Ash’ariy qattiq kurash olib borgan. T. va ta’til 
ta’limotlari va ularning tarafdorlari bo‘lgan mushabbiha va mu’attila alohida ilohiyot 
oqimiga aylangan emas, balki muayyan oqimlar (mas., mu’taziliylar)ga mansub 
ilohiyotchilar ta’limotining bir tomoni sifatida ma’lum bo‘lgan. Kalom hukmron 
mafkuraga aylangach, bu ta’limotlar yo‘qolib ketgan. 
 
 
TA’VIL (arab. - izoxlash, asl ma’nosiga qaytarish) — ayrim murakkab oyatlar 
mazmunini o‘z bilimi doirasida izohlash. Ma’lumki, Qur’oni karimda o‘nlab "mutashobih" 
va "muqattaot" deb nomlanuvchi oyat va iboralar borki, ularning tub ma’nolarini Alloh 
taolodan o‘zga hech kim aniq bilmaydi. Bu to‘g‘rida Oli Imron surasining 7-oyatida 
bayon etilgan. Lekin, shunga qaramay, ba’zi tafsir ulamolari ularni T. etishga urinib 
ko‘rganlar. Hanafiy-moturidiy mazhabi bo‘yicha bu kabi oyatlarni T. qilish, sharxlash 
yoki izohlash shakkoklik hisoblanadi. Kim T. yo‘li bilan yoki boshqa yo‘l bilan Alloh 
taoloning sifatlarini manfiy-salbiy qilishdan saqlanmasa, shuningdek, Allohning sifatlarini 
Uning mahluklari sifatiga o‘xshatishdan saqlanmasa, hakdan toygan bo‘ladi va hech 
qachon poklanishga erisha olmaydi. Bu mu’taziliylarga va ko‘rish masalasida ular bilan 
hamfikr bo‘lganlarga raddiyadir. Shuningdek, Allohni Uning maxluqotlaridan biror 
narsaga o‘xshatadiganlarga raddiyadir. T. qilganlar ham o‘zlariga yarasha javob aytib: 
"Agar biz ularga aniqlik kiritmasak, chalasavod kishilar turlicha fikrga borib, odamlarni 
chalg‘itib yuborgan bo‘lur edilar" - deydi. Imomi A’zamning sifatlardagi mazhabi - o‘tgan 
sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar jumhurining mazhabidir. Qisqasini aytganda, bu 
asrning eng yaxshi mazhabi bo‘lib, sifatlarda T. qilmaslik, ularni T. nomi ila qadariya va 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling