Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.
Pdf просмотр
bet42/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55

SOG’ONIY (to‘liq ismi Roziyyuddin Hasan ibn Muhammad as-Sog‘oniy (577, Lahor - 
650) - lug‘atshunos olim, faqih va muhaddis. G’aznada voyaga yetgan. 615 y. 
Bag‘dodga kelgan, bu yerda bir muddat yashagach, Hindistonga ketgan. Haj ziyoratini 
o‘tash uchun Makkaga, u yerdan esa Yamanga borgan, so‘ng tag‘in Bag‘dodga qaytib 
kelgan. Lugat ilmiga doir 2 jildli "Majma’ul-bahrayn" va "Sihohi Javhariy"ni 
mukammallashtirib, olti jildli bir asar yozgan. Bundan tashqari "ash-Shavorid", "an-
Navodir fil-lug‘a", "Sharhi abyotil-mufassal", "Durrus-sahoba fi mavozii vafoyotis-
sahoba", "Sharhi sahihi Buxoriy" (muxtasar); hadisga doir "Misbohud-dujo", 
"Mashorikul-anvorin-Nabaviyya min sihohil-axboril-Mustafaviyya" kabi asarlar yaratgan. 
2246 hadisdan iborat bo‘lgan bu kitobni Buxoriy va Muslimdan tanlab tuzgan, abbosiy 
xalifalaridan Muntasirning kutubxonasiga tuhfa etgan. 
S. uydirma hadislarga doir ikki risola yozgan, bu xususda juda talabchanlik bilan bahs 
yuritgan. Bag‘dodda vafot etgan, vasiyati bo‘yicha Makkaga dafn etilgan. 
 
 
SOHIB az-ZAMON ("Zamon sohibi") - Ali (kv) xonadoniga mansub bo‘lgan kutilayotgan 
imom, qoim Mahdiyning sifatlaridan biri. S. az-Z.ning to‘laqonli hukmdor sifatida 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
268
"qaytishi", shialik ta’limotiga ko‘ra, "ilohiy amru farmon"ning g‘alabasi va yer yuzida 
adolat o‘rnatilishidan darak beradi.  
 
 
SOHIB as-SAYF ("Shamshir sohibi") - Ali (kv) xonadonidan bo‘lgan kutilayotgan imom, 
qoim Mahdiyning sifatlaridan biri; uning hukmdorlik ramzi shamshir hisoblangan. S. as-
S. "qaytishi" bilan shialar yer yuzidan zolimlik va adolatsizlik yo‘qoladi deb hisoblaydilar. 
Faqatgana u qurol bilan zo‘ravon hukmdorlarga qarshi chiqish va dindorlarni ularni 
ag‘darishga da’vat qilish huquqiga ega. 
 
 
SUBAZMUNIY, Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad as-Subazmuniy al-Xorisiy al-
Kalaboziy al-Buxoriy; laqabi U s t o z (872-952) - xanafiylikdagi yirik faqih, muhaddis. 
Buxoro vshyuyatidagi Subazmun (Sabazmun) qishlog‘ida tug‘ilgan. Sam’oniyning 
ma’lumotiga ko‘ra, u somoniylar amiri Ismoil ibn Ahmadning saroy faqihi bo‘lgan va 
saroyda fiqhga doir turli masalalarni yechish bilan mashg‘ul bo‘lgan, shu sababdan Ustoz 
deb nom olgan. S. Xuroson, Iroq va Hijoz bo‘ylab sayohat qilib, ilmi adabdan dars 
bergan. Sam’oniy uning 12 ustozi va 7 shogirdini sanab o‘tadi. Fiqhga doir 3 asar 
yozgan. 
 
 
SUDUR ("chiqish") - musulmon ilohiyoti va falsafasida Alloh tomonidan olam yaratilishi 
jarayonini ifodalovchi terminlardan biri. Razoliyning fikricha, olam yaralishining yagona 
sababi Allohning ixtiyoriy xohishidir. Alloh har bir onda bu sababiyatni yangidan yaratadi 
va istagan paytda voqelarning odatdagi rivojlanishini o‘zgartirib yubora oladi.  
 
 
SULAYMON (as) - Qur’onda zikri kelgan payg‘ambarlardan biri, adolatli va dono 
hukmdor, Dovud (as)ning o‘g‘li. S. 13 yoshida taxtga o‘tiradi. Yetuk bilimli, har bir ishda 
hukm chiqarishda otasidan ko‘ra olimroq bo‘ladi. Rivoyatga ko‘ra, u jamiki insu jin va 
hayvonlaru qushlar olamiga ham podshoxlik qilgan. Uchar shamollar ham uning 
ixtiyorida bo‘lib, istagan joyga bir zumda eltib qo‘ygan. S. (as) payg‘ambarga berilgan 
mo’jizalardan biri mis bulog‘i bo‘lib, rivoyat qilinishicha, undan suv o‘rniga mis oqib 
yotar, payg‘ambar izmidagi jinlar esa, o‘sha misdan uning xohlagan narsasini yasab 
berishar ekan. Jinlarning S. (as)ga qasrlar bunyod etgani, dengaz tubidan duru 
javohirlar olib chiqib bergani nakd etiladi. S. (as)qushlar tilini tushunganligidan, o‘z qo‘l 
ostida bir necha xil qushlarni tarbiya qilardi. Bu kushlar orasida Hudhud 
(Sassiqpopishak) ham bo‘lib, u bir necha vaqt g‘oyib bo‘lgan va S. (as)ga Sabo degan 
yurtdagi malika Bilqisni ko‘rganligi xabarini olib keladi. S. (as) Bilqisga maktub yo‘llaydi 
va Sabo yurtining malikasi Bilqisni yolg‘iz Allohga itoat etishga majbur qiladi (Naml 
surasi 20-27-oyatlar). S. (as)ning o‘limi bilan bog‘liq rivoyat jinlar g‘aybni - kelajakda 
ro‘y beradigan voqea-hodisalarni biladi, degan gumonlarni rad etadi: o‘tirgan holida jon 
taslim qilgan S. (as) tayangan asoni bir yil davomida yogoch kurti yeb u yerga qulab 
tushmaguncha, S. (as)ning vafot etganligini bilmasdan payg‘ambar ularga buyurgan 
vazifa - baland qasr bino qilish ishini davom ettiravergan (Saba surasi 14-oyat). 
S. (as) obrazi, u va unga tobe jinlar tomonidan ro‘yobga chiqarilgan g‘aroyib otlar, uning 
hashamatli saroylari, uchar galami va b. - o‘rta asrlardagi musulmon adabiyoti va 
folklorvda tez-tez uchraydigan mavzu. S. (as) shuningdek, musulmon olamida keng 
tarqalgan sehr-jodu ilmining ham yetakchilaridan biri sanalgan. Olti qirrali yulduz - S. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
269
(as) muhri ramzi bo‘lib, u jinlar va shaytonlarga berilgan farmonlarga mana shu muhrini 
bosgan. Olti qirrali yulduz musulmonlarda yomon ko‘zdan, yovuz ruhlardan himoya 
etuvchi asosiy ramzlardan sanalib, binolar, idishlar, tangalarda naqshi tushirilgan. 
 
 
SULAYMON BOQIRG’ONIY (taxm. 1186 y. v.e.) - mutasavvif, shoir. Uni "Hakim ota" 
deb ham ataganlar ("Boqirg‘oniy" adabiy taxallusi, tug‘ilgan joyiga ishora). Ahmad 
Yassaviy ta’limotining davomchisi. She’rlarining tili va ruhi A. Yassaviy ijodiga g‘oyat 
hamohang bo‘lib, tasavvuf, din, shariat aqidalari shoirona targ‘ib qilinadi. "Bibi Maryam 
kitobi", "Oxir zamon kitobi" kabi dostonlar muallifi. She’rlari "Boqirg‘on kitobi" nomi bilan 
to‘plam qilingan. Bu kitob 1877 y. va undan keyin yana 2 marta Qozonda, 1991 y. 
Toshkentda nashr etilgan.  
 
 
SULAMIY, Abu Abdurahmon Muhammad ibn Husayn (937 yoki 942-1021) - Xuroson 
so’fiylik maktabining yirik vakili, ko‘plab asarlar muallifi. Nishopurda tug‘ilgan. S. xirqani 
otasidan olgan, lekin uni so’fiy bo‘lib shakllanishida bobosi Ismoil ibn Nujayd - mu’tadil 
malomatiy katta ta’sir ko‘rsatgan. Hadislar va fiqhni u as-Sibaiy, al-Asamm, ad-
Daraquniy va b.dan o‘rgangan. S. ko‘p sayohat qilgan, jumladan Iroq, Suriya, Hijoz va 
xalifalikning sharqiy viloyatlarida bo‘lgan. Uzoq vaqt Bag‘dodda yashagan. Nishopurga 
qaytib kelib, o‘zining katta uyini kutubxonaga aylantirgan va uni so’fiylar ixtiyoriga 
topshirgan. S. vafotidan keyin ham so’fiylar undan foydalanishni davom ettirganlar. S. 
asos solgan so’fiylar dargohi (duvayra so’fiya) uning nomi bilan atalgan. S. 100 dan 
ziyod asar yozgan, shundan 30 ga yaqini saqlanib qolgan. Eng mashhurlari - "Tabaqot 
as-so’fiya" 9-10-a.lardagi so’fiylar haqida qimmatli manba sanaladi. S. ko‘plab 
shogirddar qoldirgan, ularning orasida uning ishini davom ettirgan al-Kushayriy va 
xurosonlik mashhur tarixchi olim al-Bayhaqiylarni ko‘rsatish mumkin.  
 
 
SULUK (arab. - yo‘l) - solikning tariqat yo‘lini o‘tish jarayoni. Ilohiy ma’rifatni 
egallashga bel bog‘lagan muridning ruhiy-axloqiy kamolotga erishish yo‘li.  
 
 
SULH (arab. - yarashish, kelishuv) -musulmonlar bilan fath etilgan viloyatlar aholisi 
o‘rtasida tuziladigan tinchlik bitimi; shahar bilan tuzilgan bitim shartlari butun mamlakat 
yoki shaharga tobe viloyatga taallukdi bo‘lgan. Bitimni musulmon lashkarboshi va bir 
necha guvoh, mahalliy aholi nomidan - hokim, shahar komendanti, yepiskop yoki o‘sha 
paytda shaharni boshqarayotgan boshqa shaxslar imzolashgan. S.ga ko‘ra, aholining 
hayoti va mol-mulki daxlsizligi, cherkovlar va shahar devorlari saqlab qolinishi 
kafolatlangan, buning evaziga aholi jizya yoki xiroj to‘lashi, harbiy harakatlarda 
musulmonlarga yordam ko‘rsatishi, tunash uchun joy berishi va uch kunlik oziq-ovqat 
bilan ta’minlashi lozim bo‘lgan. Har bir viloyatdan olinadigan soliq turlicha bo‘lgan. 
Qutayba ibn Muslimning Samarqand bilan tuzgan bitimi (712 y.)da S. shartlari batafsil 
sanab o‘tilgan.  
 
 
"SUNANI ABU DOVUD" - oltita ishonchli hadis to‘plamidan biri. Muhaddis Sulaymon 
ibn al-Ash’as ibn Ishoq ibn Bashir ibn Shaddod ibn Amr Abu Dovud al-Azdiy as-
Sijistoniyning shoh asari. Ungacha hadis to‘plamlari "al-Jomi’" yoki "al-Musnad" deb 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
270
nomlangan bo‘lsa, u o‘z to‘plamini "as-Sunan" deb atadi va unga sunnati saniyya va 
shar’iy ahkomlarni mavzular bo‘yicha boblarga bo‘lib yozib chikdi. 
"Sunan"da 4800 ta hadis rivoyat qilingan. To‘plam 35 fasl, 1871 bobdan iborat. Unga 
uchta olim tomonidan uch xil sharh ham bitilgan. 
 
 
"SUNANI DORIMIY" - to‘qqizta ishonchli hadis to‘plamlaridan biri. Abu Muhammad 
Abdulloh ibn Abdurahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiyning shoh asari. "Sunan"ning 2 
jilddan iborat nashri 1996 y. Bayrutda chop etilgan. Uning 1-jildi Imom ad-Dorimiyning 
tarjimai holi, nasabi, ustoz va shogirdlari, asarlari, olimlarning u haqda aytgan 
so‘zlaridan iborat. Asarning asosiy qismi muqaddima va 23 kitobdan (ular o‘z navbatida 
1263 ta boblardan) tashkil topgan. "Sunan"da jami 3503 hadis rivoyat qilingan. "S.D."ni 
ba’zi olimlar 6 ishonchli hadis to‘plamiga (Ibn Mojaning "Sunan"i o‘rniga) kiritishni taklif 
etganlar. 
 
 
"SUNANI ibn MOJA" - oltita ishonchli hadis to‘plamidan biri. Abu Abdulloh Muhammad 
ibn Yazid Ibn Moja al-Qazviniyning shoh asari. Asar 32 fasl, 1500 bobdan iborat. Ibn 
Moja o‘z to‘plamini fiqhiy masalalarga xos mavzularga bo‘lib chiqqan. "Sunan"dan jami 
4000 ta hadis joy olgan. Ulamolar ushbu "Sunan"ni mashhur olti ishonchli hadislar 
to‘plamlari qatoriga qo‘shish yoki qo‘shmaslik masalasida uzoq tortishganlar. Zero, 
ularning oltinchisi sifatida Imom Dorimiy to‘plamini kiritish tarafdorlari ham talaygana 
edi. Nihoyat, Ibn Mojaning "Sunan"i oltinchi o‘rinda ishonchli to‘plamlar safiga kiritildi.  
 
 
"SUNANI NASOIY" - oltita ishonchli hadis to‘plamidan biri, Abu Abdurahmon Ahmad 
ibn Aliy ibn Shuayb al-Xurosoniy an-Nasoiyning shoh asari. Nasoiy birinchi bo‘lib "as-
Sunan al-kubro", ya’ni, katta hadislar to‘plamini yozgan. So‘ngra Ramla amirining 
iltimosiga binoan uni qisqartirib, eng ishonchli hadislarni qoldirib, unga "as-Sunan as-
Sug‘ro" - kichik to‘plam yoki "al-Mujtabo", ya’ni tanlangan hadislar to‘plami deb nom 
qo‘ygan. Ulamolar fikricha, "Sunan" nomi bilan yozilgan barcha hadis to‘plamlaridagi 
hadislarning hammasi sahih emas, balki ularda zaif hadislar ham mavjud. "Sunan"ga 
Imom Jaloluddin Suyutiy, shayx Abul-Hasan Muhammad al-Hanafiy as-Sindiy va Shayx 
Sirojiddin Umar ash-Shofi’iy sharh bitgan.  
 
 
SUNNA, sunnat (arab. - odat, an’ana, xatti-harakat tarzi) - islomda musulmonlar uchun 
ibrat hisoblangan Muhammad (sav)ning so‘zlari, amallari va xatti-harakatlari. S. 
muhaddislar istilohida, quyidagicha ta’rif qilinadi: 
"Payg‘ambar (sav)dan asar bo‘lib qolgan gap, ish, taqrir, xalqiy (tana tuzilishi), axloqiy 
sifatlar va tarjimai holga tegishli ma’lumotlar "Sunnat" deyiladi. 
1. "Gap" - bunga Payg‘ambar (sav)ning turli holat va munosabatlarda gapirgan gaplari 
kiradi. Buni "qavliy (gap) sunnat" deyiladi. 
2. "Ish" - Payg‘ambar (sav)ning qilgan ish-amallaridir. Misol uchun tahorat qilish, namoz 
o‘qish, haj qilish va b. Buni, "amaliy (ish) sunnat" deyiladi. 
3. "Taqrir" - bir narsaga iqror bo‘lish, uning to‘g‘riligini tasdiqlash - ma’qullash ma’nosini 
anglatadi. S.dagi taqrir esa, Payg‘ambar (sav)ning sahobai kiromlar tomonidan sodir 
bo‘lgan ba’zi narsalarni ma’qullashlaridan iboratdir. Ma’qullash, gap bilan ma’qul, deb 
aytish yoki inkor qilmay, indamay qo‘yish bilan ham bo‘ladi. Buni "taqririy sunnat"-

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
271
deyiladi. 
4. "Xalqiy" - tana tuzilishidagi sifatlar. Payg‘ambar (sav)ni ko‘rgan kishilar u zotning 
bo‘y-bastlari, tana tuzilishlari, sochlari, ko‘zlari va b. a’zolarini batafsil vasf qilib 
berganlar. Bu ma’lumotlar ham rivoyat bo‘lib muhaddislarga, ular orqali islom ummatiga 
etib kelgan. Mas., Imom Termiziyning "Shamoili Muhammadiyya" asari, aynan shu 
masalaga bag‘ishlangan alohida kitobdir. 5. "Xulqiy-axloqiy sifatlar". Sahobai kiromlar 
Payg‘ambar (sav)ning sabrlari, hilmlari, shijoatlari, saxiyliklari kabi barcha axloqiy 
fazilatlarini ham rivoyat qilib qoldirganlar. Bu hakdagi ma’lumotlar ham S.ga kiradi. 
6. "Tarjimai hol". Payg‘ambar (sav)ning muborak hayotlari. Bu bobga tegashli rivoyatlar 
to‘plamini "Siyrat" ham deyiladi. Muhaddis ulamolar ushbu olti bandga tegashli har bir 
ma’lumotni atroflicha, chukur o‘rganib, so‘ngra o‘z kitoblariga kiritganlar. S. islom 
uchun, musulmonlar uchun o‘ta muhim manbadir. S. islom shariatida Qur’oni karimdan 
keyingi ikkinchi masdar-manba ekanligini Alloh taolo va Uning Rasuli Payg‘ambar (sav) 
aytgandir. Bu - musulmonlarning asrlar osha amal qilib kelayotgan ishi. Bu — sog‘lom 
aql va tafakkur taqozosi. S. - hadis ma’nosi Allohdan, lafzi Payg‘ambardan bo‘lgan 
vahiydir. Dinu diyonat, shariat va b. ma’nolarda Payg‘ambarimiz o‘z shaxsiy fikrlarini 
emas, Allohning vahiysini o‘z iboralari bilan takdim etganlar. S. Qur’oni karim bilan 
chambarchas bog‘likdir. Shuningdek, S.ning tarixi Qur’oni karim va islom tarixi bilan 
birdir. S. 7-a. o‘rtalarida yig‘ila boshlangan. Bir yarim-ikki asr davomida hadislar juda 
ko‘payib ketgan. Hadisshunoslikning "oltin asri" - 9-a.ga kelib bular tartibga solingan va 
din, axloq, fiqhning muqaddas manbaiga aylangan. Bulardan Buxoriy (810-870) va 
Muslim (817-875) to‘plamlari eng obro‘li hisoblanadi. S.da tarixiy asosga ega bo‘lmagan 
ayrim rivoyatlar mavjudligi bilan birga, arab xalifaliganing dastlabki ikki asrida islom 
dinining tadrijiy taraqqiyoti va turli ijtimoiy qatlamlarning axvolini ko‘rsatadigan tarixiy 
ma’lumotlar ham o‘z ifodasini topgan. 
 
 
SUNNIYLIK (sunna so‘zidan) - q. Ahli sunna val jamoa. 
 
 
SURA (arab. - tizma, qator, qo‘rg‘on, manzil va sharaf ma’nosida) - faqat Qur’onga. xos 
tushuncha, uning bo‘limlari S. deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash 
mumkin. Ulamolar istilohida esa, S. - Qur’on oyatlarining boshlanish va tugashi 
belgilangan mustaqil toifasidir. Boshqacha qilib aytganda, Qur’on oyatlarining qo‘rg‘on 
ila o‘ralgandek bir toifasiga S., deyiladi. Qur’on S.lardan iboratdir, S. Qur’onning bir 
bo‘laga bo‘lib, uch yoki undan ko‘p oyatni o‘z ichiga oladi. 
Qur’onda 114 ta S. bo‘lib, ulardan har birining o‘z nomi bor. Ba’zi Slarning ismi S.ning 
avvalidagi so‘zdan olingan. Ba’zilariniki esa, o‘sha S.da zikri ko‘proq kelgan narsalarning 
nomiga qo‘yilgan. Qur’oni karimdagi eng qisqa S. Kavsar S.si bo‘lib, uch oyatdan, eng 
uzun S. Baqara S.si bo‘lib, 286 oyatdan iboratdir. Qur’on S.lari ikki qismga bo‘linadi: 1. 
Hijratdan oldin tushgan S.lar - "Makka S.lari" (Makkada tushgan) deyiladi. 2. Hijratdan 
keyin tushgan S.lar - "Madina S.lari" (Madinada tushgan) deyiladi.  
 
 
SO’FIY - so’fiylik tariqatiga mansub shaxs, murid; "Tasavvuf" va "so’fiy" so‘zlarining 
o‘zagi va mazmuni to‘g‘risida olimlar fikri turlicha. Bu so‘zlar arabcha "suvf" (jun, 
po‘stin) so‘zidan kelib chiqqan, degan fikr ko‘pchilik ulamolar tomonidan ma’qullangan. 
Chunki, tasavvuf yo‘liga kirganlarning ko‘pchiligi o‘zlarini xilvatda tutish bilan birga 
egailariga po‘stin kiyib yurishar edi. Lekin so’fiylar orasida po‘stin kiymaydiganlari, 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
272
quroq, hirqa yoki boshqa xildagi kiyim kiyib yuradiganlari ham bo‘lgan. Ammo, po‘stin 
kiyishga odat qilgan so’fiylar ko‘pchilikni tashkil qilgan.  
 
 
SO’FIYLIK - q. Tasavvuf.  
 
 
SUFRIYLAR, as-Sufriya - xorijiylarning uch asosiy jamoalaridan biri. 7-a. 2-yarmida 
Basra (Iroq)da vujudga kelgan. Asoschisi -Ziyod ibn al-Asfar, jamoa uning otasi ismidan 
"sufriylar" (sufr - asfarning ko‘pligi) deb atalgan. Xalifa Yazid ibn Muoviya davri (680-
683)da S. Basra atrofida Abu Bilol Mirdas rahbarligida qo‘zg‘olon ko‘targanlar. 681 y. 
Mirdas o‘ldirilib, uning tarafdorlari qirg‘in qilingach, Solih ibn Musarrih Basrada S.ning 
g‘oyaviy rahbari va boshlig‘i bo‘lgan, u umaviylarni ag‘darib tashlashga va hukmron 
doiralardan qasos olishga da’vat etgan. 695 y. Dajla (Tigr) daryosi yuqori havzasida S. 
qo‘zg‘olon ko‘tarishgan. Solihning o‘limidan so‘ng (696 y.) qo‘zg‘olonga rahbarlikni 
Shabib ibn Yazid qo‘lga olgan. S. O’rta Iroqqa tarqalib, Madoinni egallashgan va unda 
mustahkam o‘rnashib olishgan. Biroq ikki jangda ko‘p talafot ko‘rgach, Shabib azrakiylar 
bilan qo‘shilish maqsadida Kermonga chekinishiga qaror qilgan. Daryodan kechib o‘tish 
chog‘ida Shabib cho‘kib ketgan, shundan keyin S. ko‘zg‘oloni tezda bostirilgan (697 y.). 
S. jamoasining vujudga kelishi xorijiylar o‘rtasidagi diniy-siyosiy ixtiloflar bilan bog‘liq. 
Xorijiylar kimni "kofir" deb hisoblash lozim va ularga qanday munosabatda bo‘lish kerak 
degan masalada ixtilofga borishgan. Azraqiylardan farkli ravishda S. qo‘zg‘olonda 
qatnashmagan dindoshlarini kofir sanamaganlar: ular azraqiylar tomonidan o‘z 
dushmanlarining ayol va bolalarini o‘ldirishlarini qoralaganlar, lozim bo‘lganda o‘z 
e’tiqodlarini yashirish (at-taqiya) mumkin deb hisoblashgan. 
 
 
SUXRAVARDIY (Shahob ad-din Yahyo as-Suxravardiy; 1155-1191) - Eron tasavvuf 
faylasufi, "porlash" (ishroq) haqidagi ta’limot asoschisi, shu tufayli uni Shayx ul ishroq 
deb ham atashadi. E’tiqodsizlikda va ismoiliylikni targ‘ib qilishda ayblanib Saloh ad-din 
amri bilan Halab sh.da qatl qilingan. S. falsafiy qarashlariga zardushtiylik kuchli ta’sir 
etgan. U borliqqa xilma-xil tezlikdagi ranglar majmui sifatida qaradi, ularni esa, Avesto 
qahramonlarining nomi bilan atadi. S. o‘ziga xos qorishiq ta’limot yaratdi, bu ta’limotda 
zardushtiylik belgilari bilan birga tasavvufga oid qarashlar qo‘shilib ketgan edi. S. juda 
ko‘p g‘oyalarni so’fiylik merosidan olgan, biroq u amalda so’fiy bo‘lmagan, balki 
musulmon falsafasiga yaqinroq turgan. Uning g‘oyalari Eron mutafakkirlari orasida keng 
tarqalgan. 
 
 
SUXRAVARDIYLIK, suhravardiya -so’fiylik tariqati. 12-a. oxiri - 13-a. boshida Iroqda, 
Ikki daryo oralig‘i hududida zohidlik maktabi doirasida tarkib topgan Aslida S.ni yaratgan 
kishilarning aksariyati arablardan emasdi. An’anaga binoan S musulmon zohidlik tarixida 
tuzilgan dastlabki birodarlik tashkilotidir. U shofi’iylik mazhabiga mansub o‘ta sunniylik 
yo‘lini tutgan. O’z silsilasini Ziyovuddin Abu Najib Suxravardiy (1097-1168)dan boshlab 
Ahmad al-Razoliy (1126 y. v.e.) va Junayd al-Bag‘dodiy (910 y. v.e.) orqali Ali ibn Abu 
Tolibga (661 y. v.e.) bog‘lagan. S. shaharliklar tariqati bo‘lib, a’zolari soni savdo-
hunarmand ahli va jamiyatning o‘qimishli qatlamlari hisobiga ko‘payib borgan Zohidlik 
falsafasi va diniy amaliyoti (tariqati)ning mustaqil yo‘li bo‘lgan S asoschisi Shihobiddin 
Abu Hafs Umar Suxravardiy (1145-1234/35) hisoblanadi. U so’fiylikka oid bir necha 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
273
kitoblar va maktublar, jumladan, "Avorif al-maorif asarini yozgan. Bu kitob keyingi 
davrlarda yashagan barcha so’fiylarning avlodlari uchun axloq va amaliyot bo‘yicha 
qo‘llanma sanalgan Keyinchalik S. Hindiston (Sind, Panjob Mo‘lton, Gujarot)da tarqalgan 
va chishtiylk bilan bir qatorda eng ta’sirli tariqat sanalgan, dastlabki davrda bu 
mamlakatga kelib qolgan kamsonli musulmonlarni birlashtirishda muhim rol o‘ynagan.  
 
 
SUHUF (arab "sahifa" so‘zining ko‘pligi) -Qur’onning dastlab to‘plangan ilk qo‘lyozmasi 
Manbalardagi ma’lumotlar bo‘yicha, Muhammad (sav) vafotlaridan bir yil keyin - 633 
Y.DA xalifa Abu Bakr Qur’onni xilma-xil yozuvlardan va uni yodda saqlagan kishilardan 
olgan va to‘plashni oxirgi davrlarda Rasulullohga kotib bo‘lib xizmat qilgan Zayd ibn 
Sobitga topshirgan. Tayyorlangan qo‘lyozma S. degan nom olgan. S. yozuvlari va qorilar 
og‘zidan tinglab yozilgan mushaflar soni 4 yoki 5 ta ekani to‘g‘risida turli rivoyatlar bor. 
Bu ish uchinchi xalifa Usmon (ra) xalifaligi davrida amalga oshirilgan.  
 
 
SUYUTIY (to‘liq ismi Jaloliddin Abulfazl Abdurrahmon Suyutiy, (? - 1505) -islom 
ulamosining eng buyuklaridan biri. Zamonasidagi mavjud fanlarning har biriga oid 
asarlar yozganligi bilan mashhur bo‘lgan mujtahidlardan. Ajdodi Misrga ko‘chib borib, 
Suyut qasabasida o‘rnashib qolgan. Otasi Qohira qozisi edi. S. ham Qohirada tug‘ilgan. 
Besh yoshida otasi vafot etgan. Otasining do‘stlaridan biri uni o‘z himoyasiga olib, ta’lim-
tarbiya bergan. U sakkiz yoshidayoq, Qur’onni yod bilgan. Tahsilni tugatgach, Shom, 
Hijoz, Yaman, Hind kabi ilm markazlariga borib, mumtoz olimlarning suhbatidan 
bahramand bo‘lgan. Qohiraga qaytib kelgach, Shayxuniya madrasasida saboq bera 
boshlagan va shuhrati har tarafga yoyilgan. Shayxuniya mudarrisligidan ketgach, 
uzlatga chekinib, hayotini ta’limga bag‘ishlagan. 
Tafsir, hadis, fiqh, tarix, tarjimai hol, adabiyot va b. ilmlarga oid "Xusnul-muhodara" 
nomli asarida ta’kidlashicha, uch yuzdan oshiq asar yozgan. "Mu’jamul-matbuotil-
arabiyya"ning muallifi S.ning 92 matbu (chop etilgan) asari haqida bahs yuritadi. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
274
- T -
 
 
TABARIY, Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir (839-923) - arab tarixchisi, faqih, tafsirchi. 
Asli Tabaristonning Amul sh.dan, badavlat xonadonda tug‘ilgan. Yetga yoshida Qur’onni 
yoddan bilgan, sakkiz yoshvda jamoa namozida imomlik qilgan, to‘kqiz yoshida 
hadislarni yozib bora boshlagan. Umrining ko‘pini Bag‘dodda o‘tkazgan. T. arab 
xalifaligiga tobe bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarni aylanib chiqqan. T. rasmiy 
lavozimlardan voz kechib, butun umrini ilmga bag‘ishlagan. U o‘rta asr fanining 
birmuncha sohalarini, xususan, fiqh hamda tarixni mukammal egallagan, Qur’on va 
hadis bo‘yicha yirik asarlar yaratgan. T. asarlarida islom va arab xalifaligi tarixi keng 
yoritilgan. "Tarixi Tabariy" asari muhim tarixiy manba hisoblanadi. Shuningdek, u 
Qur’onning 30 jilddi yirik tafsiri muallifi. Bag‘dodda T. "Jaririya" (otasi nomidan) huquq 
maktabiga asos solgan. Uning tarafdorlari Ibn Hanbal qarashlarini tanqid qilganlar.  
 
 
TABARONIY, to‘liq ismi Abulqosim Sulaymon ibn Ahmad at-Tabaroniy (873, Tabariya 
qasabasi (Shom) - 973, Isfahon) -yirik muhaddislardan biri. Sahih hadislarni yig‘moq, 
uchun Yaman, Misr va b. islom ilm markazlarini Kezib chiqqan. Hofiz Abu Nuaym kabi 
tanikli muhaddislar uvdan hadis rivoyat etganlar. Asmoi sahobaga doir "Mo‘‘jami kabir", 
"Vasiyat", "Sag‘ir" nomli mo’tabar asarlar yozgan. 
 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling