Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet46/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55

TUSIY, Shayx at-Toifa Muhammad ibn Hasan Abu Ja’far (995-1067) - shia ilohiyotchi 
olimi va faqihi, imomiylar namoyandasi. Imomiylar (ja’fariya) fiqhini tuzgan. Xurosonda 
tug‘ilgan. 23 yoshida Iroqqa borib, imomiy shayxlar qo‘lida besh yil tahsil ko‘rgan. 
Keyinchalik chuqur bilimi tufayli Bag‘dodda imomiylar jamoasining peshvosi deb tan 
olingan. Abbosiy xalifa al-Qoim bi-amrilloh T.ni ilohiyot minbariga rahbar etib 
tayinlagan. T. ma’ruzalaridan bahramand bo‘lgan shogirdlari soni 300 ga yetgan. Shia 
ulamolari T. 47 asar yozgan deb hisoblaydi, ulardan 13 tasi saqlanib qolgan. Shialarning 
keyinga barcha avlodlari mazkur asarlarga shialik aqoidi va fiqhi bo‘yicha ishonchli 
manba deb qaraydilar. T.ning "Tahzib al-ahkom" ("Xukmlarni isloh qilish") va "al-
Istibsor" ("Sinchkovlik") asarlari - shialik olamida tan olingan to‘rtta hadis to‘plamining 
ikkitasi - asosiy to‘plam sanapadi. T.ning "at-Taxlis" ("Najot") asarida imomiylarning 
imomat haqidagi ta’limoti batafsil bayon etilgan. 20 jildli "Tafsiri Tusiy" asarida esa, 
Qur’ondagi ilohiyot masalalari shialar nuqtai nazaridan sharxdangan. "Al-Fihrist" 
("Mundarija") kitobi shia mualliflari haqida dastlabki to‘liq ma’lumotni beradi. T. nomi va 
asarlari hoz. Eronda juda qadrlanadi. Tehronda T. tavalludining 1000 yilligi tantanali 
nishonlandi.  
 
 
TUSTARIY, Abu Muhammad Sahl ibn Abdulloh (taxm. 818-896) - ilk mutasavviflardan, 
mutafakkir. Tustar (Shushtar)da arab yoxud fors mavoli oilasida tug‘ilgan. So’fiylik 
ta’limini amakisi Muhammad ibn Savvardan olgan. Yoshligida Basra va Obodonga borib 
shayx Abu Habib Hamza al-Obodoniydan ta’lim olgan. 834 y. Makkaga hajga borib, 
mashhur Zu-n-Nun al-Misriyni uchratgan va unga shogird tushib, g‘oyaviy merosxo‘ri 
bo‘lgan. Tustarga qaytgach, T. deyarli yigirma yil zohidlikda yashagan: doimiy ro‘za 
tutib, yolg‘izlikni ixtiyor etgan, tunlari bedor bo‘lgan va b. Faqat Zu-n-Nun vafotidan 
so‘ng (860 y.) u ochiq va’z bilan chiqishga jur’at etgan va bu bilan ko‘plab tarafdorlar va 
raqiblar orttirgan. Raqiblarining tazyiqi, siyosiy notinchlik (safforiylar isyoni, qul-zanjiylar 
qo‘zg‘oloni) T.ni Basraga ko‘chishga majbur qilgan. Bu yerda u umrining oxiriga qadar 
solih amallar va mudarrislik bilan shug‘ullangan. T.ni o‘nga yaqin asarlar yozgan deb 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
294
hisoblashadi. Qur’onni majoziy talqin qilgan T. bir qator qoidalarni olg‘a surgan, ular 
so’fiylik gnoseologiyasi, kosmogoniyasi va psixologiyasiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Uning 
fikricha, olam yaralishidan avval insonlarning ruhdari va xudo o‘rtasida "bitim" (miysoq) 
imzolangan; ruhdar xudoni o‘zlarining egasi, rabbi deb e’tirof etishgan (Qur’on, 7:17) va 
o‘zlarini Uning panohiga topshirishgan. Buning evaziga ularga Qiyomat kuni "Haqning 
jamolini ko‘rish baxti" (mushohadat al-haqq) ato etilgan. 
T. shogirdi Muhammad ibn Salim va uning o‘g‘li Ahmad ibn Salim Basrada ilohiyot 
maktabi barpo etishgan, u as-salimiya deb nomlangan. Bu maktab T. qarashlarini 
keyinga avlodga yetkazgan. 
 
 
TO’FON (arab. - suv toshqini) - yahudiy masihiy va islom dinlarining ilohiy kitoblarida 
naql etilgan olamning suv bosishi. Qur’oni karimning bir necha oyatlarida bu voqea Nuh 
payg‘ambar davrida sodir bo‘lgani qayd etilgan. T. balosining ro‘y berishiga bois - Nuh 
(as) ko‘p yillar mobaynida o‘z qavmini Allohning yagonaligi va o‘zining payg‘ambarligini 
tasdiq etishga itoatsizlik qilmaslikka, soxta ma’budalarga sig‘inmaslikka chaqiradi. Lekin 
qavmi unga quloq solish o‘rniga uni masxara qilib kundan-kunga haddan oshaveradi. 
Toqati toq bo‘lgan payg‘ambar ular sha’niga duoi bad qilib ularga qirg‘in balosini 
Allohdan so‘raydi Duosi ijobat bo‘ladi. Allohning buyrug‘i b-:n u katta bir kema yasaydi 
va unga barch jonivorlardan bir juftdan oladi. O’zi va oila a’zolari ham kemaga 
minadilar. Qolgan barcha osiy insonlar va jonivorlar T natijasida halok bo‘ladi. Bu kema 
ko‘p qavatli bo‘lib, uning oldi qismi xo‘rozning boshi shaklida, orqa qismi esa, uning 
dumi ko‘rinishida bo‘lgan; rivoyatlarga ko‘ra, kemaga birinchi bo‘lib chiqqan jonzod - 
chumoli so‘nggisi - eshak va u bilan birga Iblis (Shayton) chiqib olgan. Kemada 
Odamatoning jasadi saqlangan. Bo‘ron to‘xtagach, Nuh (as) quruqlikni izlash uchun 
qarg‘ani yuborgan, biroq u yer va yegulikni topgach, qaytib kelmagan. So‘ngr kaptar 
yuborilgan, u yangi butoqcha olib kelgan Buning mukofoti evaziga kaptarga chiroyli 
shoda tuhfa etilgan, u shundan buyon barch kaptarlarning bo‘ynini bezab turadi. Nux 
kemasi Judiy deb nomlanuvchi tog‘ ustida to‘xtaydi. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda 
kema qoldiqlari Ararat tog‘lari ustidan topilgan. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
295
- U -
 
 
UVAYS QARANIY (? - 657) - so’fiylikdagi uvaysiya tariqati asoschisi. Muhammad (sav) 
davrlarida yashagan bo‘lsa ham u zot'bilan uchrashmagan. Rivoyatlarga ko‘ra, 
Rasululloh (sav) Uhud tog‘i etagidagi jangda (625 y.) muborak ikki tishlaridan 
ajralganlarida (boshqa manbalarga ko‘ra oldingi pastki jag‘laridaga bir tishga tosh tegab 
maydalab yuborgan) bundan xabar topgan. U.Q Muhammad (sav)ga bo‘lgan yuksak 
hurmati yuzasidan, ul zotga dushmanlar yetkazgan sitamni o‘zida sinash maqsadida 
avval bir tishini, so‘nfa shubhaga o‘rin qolmasliga uchun o‘zining barcha tishlarini 
sug‘urib olgan. Muhammad (sav) unga sahobalar qatoriga qo‘shilishini taklif etganlar. 
Uvays 70 yoshli onasidan Rasululloh (sav) huzurlariga borishga izn so‘ragan. Onasi 
undan payg‘ambar (as)dan bu hakda so‘rashni maslahat qilgan. Muhammad (sav) keksa 
onaning xizmatini ado etish barcha narsadan a’lo ekanligini aytib, unga onasining yonida 
qolishga ruhsat berganlar. Muhammad (sav) vafotlari oldidan hazrati Aliga xirqalarini 
U.Q.ga topshirishni vasiyat qilganlar. U.Q. Ali(kv)ning Muoviya bilan bo‘lgan Siffin 
jangada xalok bo‘lgan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, U.Q. Xo‘tanda vafot etib, shu yerga 
dafn etilgan. 
 
 
UZAYR - Qur’onda nomi zikr etilgan shaxs; yahudiylar uni Allohning o‘g‘li sanashlari 
musulmon aqidasiga ko‘ra, xuddi xristianlarning Isoni Xudoning o‘g‘li deyishlari kabi 
jinoyat hisoblanadi. Qur’onda bir marta eslatilgan: "Va yahudiylar aytdilar: "Uzayr - 
Allohning o‘g‘li". Va xristianlar aytdilar: "Xaloskor - Allohning o‘g‘li" (9:30). Odatda U. 
Bibliyadagi payg‘ambar Ezra bilan aynan hisoblanadi, Yahudiylar Nuh kemasi va Tavrotni 
yo‘qotgach, U.dan Tavrotni o‘rganganlar, bu bilimni esa, U.ga Alloh tushirgan. Kema 
qaytgach va Tavrotning asl matni qo‘lga tekkach, U. aytgan barcha narsalar to‘g‘riligi, 
unga mos kelishi aniq bo‘lgan. Bundan hayratga tushgan isroilliklar U.ni ilohiy - 
Allohning o‘g‘li deb bilganlar.  
 
 
UZZO ("Qudratli ayol xudo") - qad. arab ma’budasi; 5-6-a.larda Arabistonning ko‘p 
yerlarida, xususan Hijoz, Xiro, Nabateyada U.ga topinilgan. Makka yaqinidagi Xurad 
vodiysi Suriya va Iroqqa boradigan savdo yo‘lining boshida joylashgan bo‘lib U.ga 
topinishning asosiy markazi hisoblanadi. U. ibodatxonasi (al-Uzzo as-Sa’ida) "muqaddas 
hududda" joylashgan bo‘lib, unda uchta muqaddas narsa -samura (akatsiya), muqaddas 
tosh, bino (bayt) bo‘lgan. U yerda qurbonliklar qilinib olihadan ko‘mak so‘rashgan, uni 
muntazam ziyorat qshshb turishgan. U. qurayshiylarning uchta asosiy ma’budalari (al-
Lot, Manot bilan birga)dan biri bo‘lib, ba’zan al-Lot va Manot U.ning qizlari deb atalgan. 
Makka fath etilgandan so‘ng Muhammad (sav) topshiriqlariga ko‘ra Xolid ibn Valid U. 
ibodatxonasini buzib, daraxtlarni chopib tashlagan. 
 
 
UZLAT (arab. - chekinish; kishilardan chetlashish; uzlat etish - yolg‘izlikni ixtiyor qilish) 
- xoli joy; tanholik; hech nimaga bog‘lanmaslik; dunyoning xilma-xil g‘avg‘olaridan 
forig‘lik. So’fiylar uchun Muhammad (sav)ning Hiro tog‘ida o‘tkazgan U.dagi hayotlari 
ibrat va namuna bo‘lgan. Tasavvufda U. deyilganda shayx, pir, murshid rahnamoligi va 
ko‘rsatmalariga binoan muridning maxsus bir gushada berkinib, ibodat va zikr orqali 
Alloh bilan zohiran aloqa bog‘lashi tushuniladi. Kamida 40 kun davom qiladigan bu 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
296
jarayonga "chilla" deyilgan. Din va tasavvufda hayotni batamom xilvatda o‘tkazish 
lozimligi zinhor targ‘ib etilmagan. Tasavvufga ko‘ra, U. hayotdan qochish, kundalik 
turmushdan ajralib yashash, odamlardan bezish ehtiyojimas, balki ma’lum muddat ruhiy 
kamolotga erishib, yana faoliyatni davom ettirishdir. 
 
 
ULAMO (arab. - olim so‘zining ko‘pligi -bilimdon) - islom ilohiyotchilari va huquqshunos 
(faqih)lari, shuningdek, diniy muassasalarga, sud (qozilik) mahkamalariga, o‘quv 
yurtlariga mutasaddi bo‘lgan barcha islom dini olimlari. 
 
 
UMAVIYLAR - arab xalifalari sulolasi (661-750). Asoschisi - makkalik yirik savdogar va 
qurayshiylar zodagoni Abu Sufyonning o‘g‘li Muoviya. Qurayshlar Makkadagi badavlat 
qabilalardan hisoblangan. Muoviya xalifa Ali ibn Abu Tolib hokimiyatini tan olishdan bosh 
tortib, Damashqda o‘zini xalifa deb e’lon qilgan. 658 y.da ular o‘rtasida urush boshlandi. 
Uch oy davom etgan urush natijasiz tugadi. Ali vafoti (661)dan keyin arab zodagonlari 
va harbiy boshliqdar yordamida Muoviya xalifalik taxtini egallaydi. U. bir qancha 
ma’muriy va harbiy islohotlar (xalifa lavozimini nasliy merosga aylantirish, davlat 
xazinasi hamda davlat arxivini tashkil etish, arab tilini davlat tili deb e’lon qilish va b.) 
o‘tkazdilar. Bu tadbirlar U. davlatining harbiy-siyosiy va iqtisodiy qudrtini oshirdi.U, 
poytaxti Damashqda qoldi (shuning uchun adabiyotlarda U. hukmronligi davri Damashq 
xalifaligi deb ham ataladi). Suriya xalifalikning markaziy viloyatiga aylandi. U. davrida 
arablar sharkda Tabariston, Jurjon, Movarounnahr va Sindni, G’arbda Shim. Afrika va 
Ispaniyaning katta qismini bosib oldilar. U.ga qarshi xalq ko‘p marta qo‘zg‘olon qildi. 
747-750 ylarda Abu Muslim rahbarligidagi qo‘zg‘olon natijasida hokimiyat abbosiylar 
qo‘liga o‘tdi. U. avlodi deyarli qirib tashlandi. Ulardan bir kishi - Abdurrahmon tirik qolib 
Ispaniyaga qochdi va u yerda U. davlatining yangi sulolasiga asos soldi. U. xalifalari 
abbosiylar an’anasida asosan zo‘ravonlik bilan davlatni qo‘liga olgan, islomning to‘g‘ri 
yo‘lini buzib hukmronlik qilgan shaxslar sifatida baholandi. Abbosiylarning hokimiyatga 
kelishi islom hokimiyatining qayta tiklanishi deb ta’riflandi.  
 
 
UMAR ibn Xattob (ra) (taxm. 585-644) -dastlabki to‘rt xalifadan ikkinchisi (634-644). 
Islomni taxm. 616-y. qabul qilgan. Muhammad (sav)ning yaqin safdoshlaridan biri, u zot 
olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Abu Bakrning xalifa bo‘lib saylanishining 
tashabbuskori, uning yaqin maslahatgo‘yi bo‘lgan. Abu Bakr (ra) o‘limidan avval U. 
(ra)ni o‘z o‘rniga tavsiya etgan va jamoat U. (ra)ga qasamyod qilgan. U. (ra)ning o‘n 
yillik xalifalik davrida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviya, Eronning g‘arbiga tarqaldi. Arab-
musulmon saltanati tarkib topa boshladi. Uning davrida barcha asosiy ma’muriy-huquqiy 
muassasalar, avvalo, soliq-o‘lpon tizimi tuzildi. Bulardan eng muhimi fath etilgan 
yerlarni bo‘lib olinishini man etilishi va buning o‘rniga devon ro‘yxatiga kiritilgan barcha 
sahobalar va jangchilarga maosh (ato) va oziq-ovqat ulushi (rizq) to‘lashni joriy etish 
bo‘lgan. Musulmonlar jamoasi tez orada ruhoniylar idora etadigan davlatga aylandi. Bu 
hol U. (ra) xalifa unvoniga birinchi bo‘lib qo‘shimcha amir al-mo‘minin (mo‘minlar 
hukmdori) unvonini qabul qilishida ham ifodalandi. U yangi musulmon yil hisobi - hijriy 
yil taqvimini joriy etdi (rabi ul avval oyining 16 kuni - mil. 637 y. apr.). Har yili haj amali 
borasidagi diniy-huquqiy farmoyish ham U. (ra)ga nisbat beriladi. Sunniylar tarixiy 
an’anasida U. (ra)ni risoladagidek hukmdor, ya’ni taqvodor, kamsukum, musulmonlarga 
nisbatan adolatli, dushmanlarga beshafqat inson, "Umari odil", hukmronlik davrini esa, 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
297
islomning "'oltin asri" deb tavsiflashgan. Mil. 644 y. Basra voliysi Mug‘iyra ibn 
Shu’baning quli nasroniy Abu Lu’lua U. (ra)ga xanjar sanchib yaralagan va shu kuni 
kechqurun U. (ra) 63 yoshda vafot etgan. O’limi oldidan o‘z o‘rniga yanga xalifa saylash 
uchun Muhammad (sav)ning olti nafar eng keksa safdoshlaridan iborat sho‘ro tuzgan va 
shu kengashlardan birida Usmon (ra) xalifa etib saylangan. Vasiyatiga ko‘ra, Oisha 
onamizning hujralariga, Rasuli Akram va Abu Bakr Siddiq yonlariga dafn etilgan. 
 
 
UMAR ibn ABDULAZIZ, (Umar II), (681-720) - umaviylar xalifasi (717-720), Umar I 
ning evarasi (ona tomondan); musulmon mualliflari uni yakdillik bilan Umaviylar orasida 
yagona taqvodor xalifa deb hisoblashgan. Uning shaxsi va davlat tadbirlari haqidagi 
ma’lumotlar juda chalkash, chunki 9-a. 1-yarmidayoq musulmon tarixshunosligvda 
haqiqiy ahvol buzib talqin qilingan U. i. A.ning turmushdagi obrazi shakllangan. U. i. A. 
Misrda (yoki Madinada) tug‘ilgan. U yerda Misr noibi bo‘lgan otasi vafot etguncha (704 
yoki 705 y.) yashagan; Damashqqa ko‘chib o‘tgach, amakisi xalifa Abdulmalikning qiziga 
uylangan. 706-712 (713 y.) ylarda Madina noibi bo‘lgan, Abdulmalik buyrug‘i bilan 
Muhammad (sav)ning oddiygina masjidlarini qayta qurgan, uni ancha kattalashtirgan va 
hashamatli qilgan, qurilishga vizantiyalik ustalar jalb qilingan. U serhasham kiyimi va 
xushbo‘y atirlarga katta pul sarflashi bilan shuhrat qozongan, shoirlarga homiylik qilgan, 
o‘z doirasidaga kishilardan hech bir ajralib turmagan. Xalifa bo‘lgach, u rivoyatlarga 
ko‘ra, nafaqat o‘ziga tegishli xalifalik merosidan voz kechgan, balki barcha mol-mulkini 
va barcha qullarini sotib, tushgan pullarni xayriya maqsadlariga sarf qilgan va kuniga 
yegulik uchun ikki dirham bilan qanoatlangan, suvni o‘zi tashigan, xotini non yopib, 
uning yagona libosini yuvgan. Ishonchli manbalarning birontasi bularni tasdiqlamaydi, 
aksincha, ma’lumki uning bir necha xotini, cho‘rilari va o‘n beshga yaqin farzandi, 
ko‘plab xizmatkorlari bo‘lgan. Faqat U. i. A. taxtga chiqqach, ilgariga qaraganda 
kamtarona turmush tarzi kechira boshlagan deyish mumkin, xolos. U. i. A. xalifalikni 
yemirib tashlayotgan ijtimoiy va etnik ziddiyatlarni yumshatishga uringan, shu 
maqsadda hayotga shariat normalarini, avvalambor soliq solish sohasidagi o‘zgarishlarni 
birin-ketin joriy eta boshlagan. U. i. A. musulmonchilikni qabul qilganlarni jizya 
to‘lashdan ozod etgan, jangchi-mavolilarga maosh belgilagan, bo‘ysundirilgan xalqlar 
bilan tuzilgan bitimlarga rioya etishni talab qilgan (shunga binoan, Qutayba tomonidan 
Samarqanddan kuvg‘in qilingan sug‘diylarga hakamlar sudiga shikoyat bilan murojaat 
qilishlariga imkon bergan), ruhoniylar va rohiblardan soliq olishni bekor qilgan. 
Uning davrida musulmon arablarning maoshlari oshgan, shuning uchun viloyatlardan 
markaziy xazinaga tushadigan mablag‘lar kamayib ketgan. Natijada U. i. A. yangi 
bosqinchilik yurishlaridan voz kechishga majbur bo‘lgan, hatto notinch 
Movarounnahrdan arablarni olib chiqib ketish ehtimoli ham yo‘q emasdi. 
U. i. A. xorijiylar, alaviylar va abbosiylar bilan kelishishga intilgan. U. i. A. Xunasir 
(Shim. Suriya)da vafot etgan va yaqin oradagi Simeon (Dayr Sim’an) monastiriga dafn 
qilingan, uning qaerda joylashgani 13-a.dayoq noma’lum edi. 
 
 
UMM al-VALAD ("go‘dak onasi") - umm al-ibn ("o‘g‘il onasi") - erkin ayoddan farqli 
ravishda o‘z xojasidan o‘g‘il tuqqan cho‘ri. Johiliyatda va islomning dastlabki davrida U. 
al-V.ni boshqa cho‘rilardan hech qanday farqi bo‘lmagan: ularni sotish, almashtirish, 
in’om etish va b. mumkin bo‘lgan. Ular maqomining o‘zgarishi xalifa Umar (ra) ibn al-
Xattob (634-644) bilan bog‘liq, u ularni sotish va boshqalarga berishni taqiqlagan. 
Agarda cho‘rining xojasi tug‘ilgan go‘dakni o‘g‘lim deb e’tirof etsa, cho‘ri U. al-V.ga 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
298
aylangan. Aks holda esa, cho‘ri va farzandi oddiy kul bo‘lib qolishgan. Xojasi hayotlik 
chog‘ida U. al-V. faqat unga nisbatangana cho‘ri bo‘lgan, uning vafotidan keyin to‘liq 
ozodlikka chiqqan. Xizmat munosabatlarida U. al-V. shartli ozod qilingan qullarga 
(mukotab, mudabbar) tenglashtirilgan, ya’ni ishga qisman layoqatli deb topilgan. U. al-
V.ni go‘dak vafot etgan hollardaga maqomi to‘g‘risida yagona fikr yo‘q: ba’zi 
mazhablarga ko‘ra, u o‘z maqomini saqlab qolgan, chunki ozod qilish haqida berilgan 
va’dani qaytarib bo‘lmaydi, boshqa bir fikrga ko‘ra, u yana oddiy cho‘riga aylangan, 
chunki, ozod bo‘lishining sharti bo‘lgan go‘dak vafot etdi. agar cho‘ri homiladorlik 
chog‘ida sotilgan bo‘lsa va bu holat ma’lum muddatdan so‘ng oshkor bo‘lsa (idda), u 
o‘zining ilgarigi xojasinikiga uning U. al-V.i sifatida qaytib kelgan, oldi-sotdi esa, o‘z 
kuchini yo‘qotgan deb hisoblangan. Hoz. davrda U. al-V.ning maqomi bilan bog‘liq 
barcha masalalar qulchilik singari o‘tmishda qolmoqda.  
 
 
UMMA (arab., o‘zbek tilida uning "ummat" shakakli tarqalgan - ma’lum dinga e’tiqod 
qiluvchilar jamoasi) - Madinada Muhammad '(sav) izlaridan borgan va islom dinini qabul 
qilgan kishilar jamoasi. Shuvdan Muhammad ummati deyilganda ana shu jamoa a’zolari 
tushuniladi. Keyinchalik ummat umuman musulmonlar mazmunida talqin etilgan.  
 
 
UMRA - islom an’anasida kichik haj. U. Qur’on oyati va Payg‘ambarimiz (as) sunnatlari 
ila sobit bo‘lgan amal. U.ni yil - o‘n ikki oy bajarish mumkin. U.ning ikkita farzi bor. 1. 
Ehrom; 2. Ka’bani tavof qilish. Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor o‘ziga, otasiga, 
onasiga, yaqinlariga U. qilishi mumkin. Faqat har bir U. uchun Makkadagi hazrati Oisha 
masjidlariga borib, yuvinib, ehromni kimga U qilayotgan bo‘lsa, o‘sha kishiga niyat qilib 
kiyadi. 
 
 
URS (sinonimi valima) - to‘y tantanasi. -Nikoh to‘yining bosqichi bo‘lib, unda nikoh 
shartnomasi (siga) e’lon qilinadi va mahr yoki uning bir qismi (sadaq) to‘lanadi. U. 
rasmiy nikohni bildiradi. Biroq, U.dan amaliy jihatdan turmush qurilguncha (nikoh) 
ancha vaqt o‘tishi mumkin. Chunki, turmush qurayotganlar balog‘at yoshiga yetmagan 
bo‘lsalar, to‘y ilgariroq o‘tkazilishi mumkin.  
 
 
USMON ibn Affon (ra) (taxm. 575- 656) -dastlabki to‘rt xalifadan uchinchisi. Umaviylar 
qabilasiga mansub. Makkalik boy savdogar. Muhammad (sav)ning eng dastlabki 
izdoshlaridan biri. Musulmonlar guruhi bilan Habashistonga ko‘chgan, 623 y.da 
Madinaga kelgan. U. (ra) dastlab Payg‘ambar (as)ning qizlari Ruqayyaga uylangan 
(taxm. 610), u vafot etgach, Rasululloh ikkinchi qizlari Ummu Gulsumni ham U. (ra)ga 
nikoxlab berganlar (623), shuning uchun "Zun-Nurayn" - ikki nurli, degan nom olgan. 
Umar (ra)ning o‘lim oldidagi vasiyatiga ko‘ra, U. (ra) yangi xalifani saylashi lozim 
bo‘lgan sho‘ro tarkibiga kirgan va ular tomonidan xalifa qilib saylangan. U. (ra) 
hukmronligi davrida Sosoniylar davlatini fath etish tugallandi, musulmonlarning Tunis va 
Kavkazorti o‘lkalaridagi mavqei mustahkamlandi. U. (ra)ning buyrug‘i bilan Qur’oni 
karim matni to‘planib, bir butun (mushaf) kitob shakliga keltirildi va bu 7 mushaf turli 
o‘lkalarga tarqatildi, Masjidi Nabaviy kengaytirilib, qayta ta’mirlandi, Rumo arig‘i qazildi. 
Umrining oxirgi yillarida birinchi bor xalifaga muxolifat yuzaga keldi, qo‘shin va 
viloyatlardagi zodagonlar o‘rtasida U. (ra) siyosatiga qarshi norozilik kuchayib, U. (ra) 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
299
Madinada, Qur’on o‘qib turgan chog‘ida dushmanlari tomonidan o‘ldirilgan. Uning qoni 
Qur’on sahifalariga sachragan. Ushbu Qur’on muqaddas yodgorlik sifatida O’zbekiston 
musulmonlar idorasida saqlanadi (yana q. Mushaf).  
 
 
USUL ad-DIN (arab. din asoslari, islom asoslari) - islom shariati va dindan olingan 
e’tiqodiy hukmlarni bahs qiluvchi ilm. Bu ilm asl bo‘lib, boshqa diniy ilmlar unga 
ergashadi. Bu nom Alloh taoloning "Uning asli sobitdir, far’i-shoxi esa, osmondadir" 
(Ibrohim surasi, 24) oyatidan olib shar’iy hukmlarni asllarga va far’larga taqsim 
qilingandan keyin (8-a.) kelib chiqib, uni birinchi bo‘lib Imom Abul Hasan aya-Ash’ariy 
ishlatgan. U kishi o‘z kitobini "al-Ibona an usul ad-diyona" deb nomlagan. Keyin esa, 
Abdul Qohir al-Bag‘dodiy al-Ash’ariy (1037 y. v. e.) "Usul ad-din" kitobini yozgan. Undan 
oldin esa, al-Lolkoiy "Usul us-sunna" kitobini yozgan (1026 y. v. e.). Shundan keyin bu 
ism mashhur bo‘lib ketgan. Aqoid masalalari dinning asli bo‘lgani uchun bu ilmning faqat 
nomiga emas, o‘ziga ham katta e’tibor berilgan. Musulmonlar o‘rtasida U. ad- d.ni 
o‘rganish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. U. ad-d.ni bilmagan odamning ibodati ham 
durust bo‘lmasligi hammaga uqtirilgan. U. ad-d. bilan shug‘ullanuvchi olimlar katta 
obro‘ga ega bo‘lganlar. Hozirgi paytda musulmonlar ommasi ichida U. ad-d. istilohi keng 
tarzda ishlatilmaydi. Uning o‘rniga aqoid so‘zi ishlatiladi. Ammo, islomiy o‘quv 
yurtlaridagi aqoid masalalarini o‘rgatuvchi kulliyalar "U. ad-d. kulliyasi" deb nomlanadi. 
 
 
USUL al-FIQH (arabcha - fiqh "ildizlari", asoslari) — musulmon huquqi asoslari (fiqh-
huquq), huquq uslubiyati (fiqh-huquqshunoslik): 1) Qur’on; 2) sunna; 3) ijmo’; 4) qiyos. 
Ana shu to‘rt "ildiz" asta-sekin barcha islom maktablari tomonidan e’tirof qilindi, ammo, 
so‘nggi ikki "ildiz"ning ahamiyati va imkoniyatini turli mazhab namoyandalari har xil 
talqin qiladilar. 8-9-a.larda fikl rivojlanishi va asosiy diniy huquq maktablari 
rasmiylashuvi bilan birga U. al-f.ning klassik kontseptsiyasi tarkib topdi. Bu esa, 
huquqning asta-sekin diniy-estetik qadriyatlarga va oliy maqsadlarga bo‘ysunishi, uning 
musulmonlar zimmasiga yuklangan majburiyatlar majmuasiga qo‘shilishi natijasi bo‘ldi. 
Ayni vaqtda ayrim musulmon faqihlar huquqiy masalalarni oqilona bir tizimga solish va 
shaxsiy fikr (ray) asosida hal etishga intilsa, boshqalari barcha fiqh me’yorlarini pirovard 
natijada xudoning vahiysi deb hisobladilar. U. al-f. kontseptsiyasining rivojlanishi avvalo
Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy (820 y. v.e.) nomi bilan bog‘liq. U "Kitobil-umm" 
to‘plamiga kirgan "ar-Risola" asarida fiqhshunoslik asoslarini bayon etdi hamda birinchi 
bo‘lib fiqhni aniq-tiniq ta’riflab, uning manbalari tizimini ishlab chikdi (q. Shofi’iylik). U. 
al-f.ning klassik nazariyasi shunga asoslanadiki, Qur’on va sunna (payg‘ambarning 
hadislari) fiqhning asosiy manbalaridir, chunki, ular aniq-ravshan fe’l-atvor qoidalarini 
bevosita o‘z ichiga oladi yoki ularni ilohiy vahiylardan anglab olishning oqilona usullarini 
ko‘zda tutadi. Ijmo’ uchinchi manba hisoblanadi, bu ibora bora-bora Qur’on va sunnada 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etib berilmagan masalalar yuzasidan eng e’tiborli huquqshunos -
mujtahidlarning yakdil fikri deb tushuniladigan bo‘ldi. Qur’on va sunnada aniq javob 
berilmagan savollarni o‘xshashligaga qarab hal etish usuli - qiyos fiqhning to‘rtinchi 
manbai deb e’tirof qilinadi. Bundan tashqari U. al-f.ning klassik kontseptsiyasi huquqiy 
yechimlarni izlashning boshqa oqilona usullaridan qo‘shimcha fiqh manbalari sifatida 
foydalanishga yo‘l qo‘yadi. Qiyos kabi ular ham avval boshdanoq ko‘zda tutilgan asosiy 
manbalari deb va ijtihodga kiritilgan aniklik deb hisoblanadi. U. al-f. nazariyasi 
musulmon huquqi tafakkurining turli yo‘nalishlari (oqimlari) tomonidan har xil talqin 
etiladi. Mazhablarga xos bo‘lgan qarashlardagi tafovutlar ularning fiqh manbalari, shu 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling