Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet32/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
201
shuning uchun topib olingan buyumning egasi noma’lum bo‘lsa, topgan kishining xususiy 
mulki bo‘la olmaydi - uni xayriya maqsadlariga berish yoki sarflash lozim bo‘ladi 
(bundan qad. xazinalar mustasno). Tashlandiq egasiz yer, uni qayta ishlagan shaxsning 
xususiy yeriga aylanadi - bu holda yer o‘z mohiyatini yo‘qotgan, foydasiz bo‘lib qolgan 
va shuning uchun xususiy egalik ob’ekti bo‘la olmaydi deb hisoblanadi. Biroq, amalda 
tashlandiq yer ko‘pincha oldi-sotdi ob’ektiga aylangan, demak uning egasi hayotligida 
yerga ishlov berilmagan hodda ham xususiy egalik huquqi bekor qilinmagan. Soliq 
belgilashdagi farqlar, soliq maqomining o‘zgarishlari yerga xususiy egalik huquqiga ta’sir 
qilmagan. Butun o‘rta asrlar tsavrida katta-katta mulk yerlari davlat boshliqlari ixtiyorida 
bo‘lib kelgan. Musulmon huquqiga ko‘ra, M. nafaqat moddiy ob’ektlar, balki turli 
huquqlar (mas., kanaldagi suvdan olinadigan ulushga bo‘lgan huquq) ham bo‘lishi 
mumkin, ularni ham sotib olish va sotish, garovga berish ham mumkin bo‘lgan. Faqat 
musulmon kishi uchun foydasiz yoki man etilgan narsalargana (vino, cho‘chqa va b.) 
xususiy egalik ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. 
 
 
MULLA - O’rta Sharq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida musulmon odatining bilimdoni, 
din xizmatchisi, diniy maktab o‘qituvchisi; savodli, ilmli odam.  
 
 
MULLA SADRA, Sadriddin Muhammad ibn Ibrohim Sheroziy (taxm. 1572-1640) - Eron 
ilohiyotchisi, faylasuf va so’fiy, safaviylar Eronidagi shialikning g‘oyaviy rahnamosi, 
faylasuflarning Isfahon maktabi peshvosi Mir Domodning eng yaqin shogirdlaridan biri. 
O’zining izdoshlari orasida Sadr al-muta’allihin - "teosoflar rahbari" nomi bilan ham 
mashhur. Boshlang‘ich ta’limni Sherozda olgan, Isfahonda davom ettirgan, uzoq yillar 
shayx Bahouddin Amiliy (1621 y. v.e.)ning muridi bo‘lgan: tafsir, shia hadislari, fiqh va 
b.ni o‘rgangan, so‘ngra mustaqil dars berishga ijozat olgan. 
Falsafa ilmida M.S.ga Mir Domod ustozlik qilgan Imomiy ilohiyotchilar uni hikmat va 
irfonga berilib ketganlikda ayblab, ta’qib etishgani uchun M.S. to‘qqiz (yoki o‘n bir) yil 
Qum yaqinidagi Kohak qishlog‘ida yashirin hayot kechirgan. M.S. Kohakdan Sherozga 
qaytib, qokimning taklifiga ko‘ra Sherozdagi katta madrasada mudarrislik qilgan. M.S. 
Sheroz falsafa maktabiga rahbar bo‘lgan, bu maktab Isfahon maktabi bilan bir qatorda 
Eronning muhim ilmiy markaziga aylangan. M.S. o‘z muridlaridan to‘rtta shartga so‘zsiz 
amal qilishni: boylik, dunyo lazzatlari, taqlid, itoatsizlikdan voz kechishni talab qildi. M.S. 
ilohiyot va falsafaga doir qirqqa yaqin asar yozgan. Ibn Sinoning "ash-Shifo", 
Suxravardiyning "Hikmat al-ishroq", al-Kuliniy (941 y. v.e.)ning "al-Kafi fi usul ad-din" 
asarlariga sharhlar, shuningdek, Qur’onga batafsil tafsir yozgan, u mohiyatan ta’vil 
hisoblanadi. Falsafaga doir "Kitob al-asfar al-arba’a al-akliya" yozgan. Eronda M.S. 
hayoti va ijodiga qiziqish katta. Uning deyarli barcha asarlari va ularga sharxdar 20-a.da 
nashr qilingan.  
 
 
MULHID - arab. xudosiz, ateist, dahriy, kofir so‘zining sinonimi. Islom dinida xudosiz M. 
deb ataladi.  
 
 
MUNAVVARQORI Abdurashidxonov (1878 -1931) - ma’rifatparvar, ulamo; Turkistonda 
jadidchilik harakati asoschilaridan biri. Toshkentning Shayxontohur dahasi Darxon 
mahallasida tug‘ildi. Uning otasi Abdurashidxon mudarrislik, onasi Xosiyatxon otinlik 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
202
qilgan. M. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida va Buxoro madrasalaridan birida tahsil 
oldi. So‘ngra Darxon mahallasi masjidida imomlik qildi. U Qur’onni yaxshi qiroat qilgani 
va diniy bilimlarni puxta o‘zlashtirgani uchun "qori" unvoniga sazovor bo‘ldi. M. ziyoli 
inson sifatida o‘qish va o‘qitish, madrasa va maktab islohotiga oid ilg‘or fikrlarni ilgari 
surdi. U jadid maktablarini ochib, u yerda dars berdi. Shunday maktablar uchun darslik 
va qo‘llanmalar yozdi. "Tajvid" (Qur’onni qoidali o‘qish) kitobi darslik sifatida 
qo‘llanilgan. M. Turkiston xalq dorilfununini tashkil etish va unda musulmon bo‘limi 
ochilishiga katta hissa qo‘shgan. 
M. "Havoyiji diniya" (1907) risolasida islom huquqi (fiqh)ning ibodat bo‘limiga oid 
tushunchalarni sharxdab bergan. U bu asarida islom dinining yetuk bilimdoni sifatida 
namoyon bo‘ldi. Boshqa asarlarida islom dini qoidalari, shariat ahkomlarini yoritishga 
katta o‘rin ajratgan. 1914 y. Salim Ismoil Ulviyning Qur’on qiroati bo‘yicha saboq 
beruvchi "Tajvid" qo‘llanmasini o‘zbekchaga o‘garib, Orenburgda nashr ettirdi. M. 
"Sho‘roi islomiya" tashkilotining asoschilaridan biri bo‘ldi. 1929 y. "Milliy ittihod" 
tashkiloti a’zolari bilan birgalikda kamoqqa olinib, 1931 y. Moskvada otib tashlandi. 
M.ning "Havoyiji diniya" asari Toshkentda nashr etilgan (1993). 
 
 
MUNKAR VA NAKIR - islomiy tasavvurga ko‘ra, o‘lganlarni qabrda dastlabki so‘roq 
qiluvchi, ulardan yerdaga qilmishlari to‘g‘risida hisobot oluvchi va qilgan gunohlariga 
qarab jazolovchi farishtalar. M. va N. taqvodor bo‘lgan mayyitlarni to qiyomat bo‘lgunga 
qadar tinch qo‘yadi, gunohkorlarni esa, aksincha, Alloh qancha xohlasa, shuncha 
azoblaydilar. M. va N. nomlari hadislarda eslatiladi, Qur’onda esa, bu farishtalar tilga 
olinmaydi.  
 
 
MUNOFIQLAR (arab. - ikkiyuzlama) - islom tarixiga xos tushuncha. Dinni yuzaki qabul 
qilib, o‘zi esa, avvalgi qabilaviy diniga sig‘inishni davom ettirgan arablarga nisbatan 
qo‘llanilgan. M. istilohi Qur’onning Makka davriga xos ilk suralarida ko‘p tilga olingan, 
Madina davrida o‘zini islomni qabul qilgan qilib ko‘rsatib, janglarda musulmonlarga 
yordam bermagan qabilalar ham M. deb atalgan. Munofiklik Qur’oni karimning ifodasiga 
ko‘ra, Allohga ishonmaganliklari holda musulmonlarning huzurida o‘zlarini imonli qilib 
ko‘rsatishdir. Alloh taolo M. haqida Baqara surasining 8-16-oyatlarida bayon qilgan. 
Shuningdek, Qur’oni karimda M.ning kirdikorlarini bayon qilib bergan alohida sura (63) 
ham mavjud. Hadisga ko‘ra, "...M.ning uch belgasi bor: gapirganda yolg‘on so‘zlaydi, 
bergan va’dasiga vafo qilmaydi, omonatga xiyonat qiladi". 
 
 
MURJI’IYLAR (arab. - kechiktirmoq, muddatni cho‘zmoq) - ilohiyot oqimi tarafdorlari. 
7-8-a.larda paydo bo‘lgan. Xalifalikda umaviylar hokimiyatiga qarshi kurash kuchaygan 
davrlarda ilohiyotda gunohkor va uning taqdiri masalasi muhim o‘rin olgan. Katta gunoh 
qilganni darhol jazolash tarafdori bo‘lgan xorijiylarga qarshi M. uni kechiktirishni yoqlab 
chiqqan. Ularning nomi shundan olingan. Siyosiy kurashda xorijiylar umaviylar 
hokimiyatiga karshi turgan, M. esa, umaviylarni himoya qilgan. Umaviylar inqirozga 
uchrab, abbosiylar hokimiyatni egallagach (750), bu oqim ta’qib qilingan va yo‘qolib 
ketgan. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
203
MURID (arab. - ergashuvchi) – ixtiyoriy ravishda izdan boruvchi, shogird. Tasavvufda 
tariqat murshidlaridan dars oluvchi shogird ma’nosida ishlatiladi. M. shayx, pir, murshid 
oldida o‘z zimmasiga muayyan majburiyatlar oladi, ular bilan pinhona ishonchli 
munosabatlar o‘rnatadi va ularning irodasiga bo‘ysunadi. Umuman M. atamasi so’fiy va 
hatto oddiy musulmon ma’nolarini ham anglatadi. 
 
 
MURIDCHILIK - so’fiylikning Shim. Kavkazda yoyilgan shakli. M. so’fiylik ta’limotining 
zohidlik, murshidlik va imomat g‘oyalariga asoslangan. M. 19-a.da o‘ziga xos diniy-
siyosiy va harbiy uyushma sifatida tarqalib, G’ozi Muhammad, Hamzat, Shomil kabi 
imomlar rahbarligida tog‘liklarning Rossiyaga qarshi urushida namoyon bo‘lgan. Imomlar 
bu urushga diniy tus berib (g‘azovot e’lon qilib), islom dini va shariatga asoslangan 
teokratik davlat - imomlik tuzishga uringanlar. Lekin, tog‘liklarning olib borgan bu 
kurashlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan. M. diniy mutaassiblikka asoslangan mafkura 
sifatida maydonga chiqqan.  
 
 
MUROBITLAR (arab. - rabotda yashovchilar) Shim. Afrikadagi zohid, darvishlarning 
harbiylashgan diniy jamoasi a’zolari. 11-12-a.larda M. Marokashni zabt etgan va Al-
Murobitun sulolasi va davlatiga asos solgan. Keyinroq musulmon avliyo, yo‘lboshchilarini 
yoxud darvish jamoalarining tashkilotchilarini ham M. deb atashgan. 
 
 
MURTAD (arab. - orqaga qaytgan, chekingan) islom tarixida dindan qaytgan, undan voz 
kechgan, chekingan odam. Bunday odamlar eng katta gunox (q. Kabira) qilgan 
hisoblanib, o‘limga hukm qilingan. 
 
 
MURSHID (arab. - yo‘l ko‘rsatuvchi) -tasavvufda tariqat odoblaridan saboq beruvchi 
pir, shayx va ustoz. 
 
 
MUSAYLAMA (asl ismi Maslama: 633 y. v.e.) - Arabiston ya.o.da Muhammad (sav) 
vafotlaridan so‘ng, payg‘ambarlikni da’vo qilganlardan biri, Yamoma vohasida yashagan 
Bani Hanifa qabilasining diniy rahnamosi. Xalifa Abu Bakr (ra) davrida u mutanabbiylar 
(soxta payg‘ambarlar) safiga kiritilgan va musulmonlarning bu qabilaga qarshi jangada 
halok bo‘lgan. Musulmonlarga qarshi kurashgani uchun keyingi davr diniy adabiyotida 
uni kamsitish maqsadida M. (Maslama ismining arabcha kichraytirilgan shakli) deb 
atalgan. 
 
 
MUSALLO (arab. - namoz o‘qish joyi; fors. - namozgoh) - 1) dastlab, masjid so‘zining 
sinonimi, so‘ngra ro‘za va kurbon hayitlarida namoz o‘qiladigan joy. Bu joy shahardan 
tashqaridagi ochiq maydon bo‘lib, hayit kuni minbarni ham olib chiqishgan. M. O’rta 
Osiyo (Buxoro)da 20-a.ning boshigacha mavjud bo‘lgan. 2) Joynamoz, sathi tiz cho‘kib, 
sajda qilish va M.ga burun va peshonani tekkizish uchun etarli bo‘lishi shart. Qiblaga 
qaratiladigan tomoniga mehrob tasviri ip yoki ipak bilan tikilgan bo‘ladi. Ammo namoz 
o‘qish uchun albatga M. bo‘lishi shart emas, uning o‘rnida kiyim-kechak, hatto daraxt 
barsharini ham ishlatish mumkin, toza-pokiza joy bo‘lsa, kifoya. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
204
 
 
MUSANNAF (arab. - tanlab olingan, tanlangan) - hadis to‘plamlarining maxsus turi. 
Unda hadislar musnad turidagi to‘plamlardan farq qilgan holda mavzular bo‘yicha 
to‘plangan bo‘ladi. Shuning uchun ma’lum soha yoki mavzuga oid hadisni qidirib topish 
M. to‘plamlarida nisbatan osonroq bo‘lgan. Musnad tarixan ilgariroq, M. esa, keyinroq 
vujudga kelgan. Buxoriy, Muslim, Ibn Moja, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy hadis 
to‘plamlari M. turidagi to‘plamlarning eng mashhurlaridan hisoblanadi 
 
 
MUSLIM (arab. - o‘zini Allohga bag‘ishlagan) - musulmon. M.ning ko‘plik shakli 
(muslimun)ni buzib talaffuz qilinishi tufayli Eronda "musalmon", O’rta Osiyoda 
"musulmon", Rossiyada "basurman" atamalari kelib chiqqan. 
 
 
MUSNAD (arab. - asoslangan, dalillangan, ya’ni isnodga asoslangan) - 1) hadis 
to‘plamlarining ilk turi. M.da musannafdan farq qilgan holda, hadislar ularni bir-biridan 
eshitgan shaxslar silsilasiga asoslangan holda (har bir hadis uni xabar qilgan shaxsning 
ismi bilan bog‘langan holda) joylashtirilgan. Shariatning ilk vakillari - molikiylik va 
hanbaliylik mazhablarining asoschilari Molik ibn Anas va Ibn Hanbalning hadis to‘plamlari 
M. turidagi to‘plamlardir. Musnad 3 xil ma’noda qo‘llaniladi: 
1. Sanadlarning bir-biriga bog‘lanishi. 
2. Kitoblarning nomi, mas., Musnad Ahmad ibn Hanbal. 
3. Umumiy shaklda, hadis roviylarining o‘zidan yuqorisidagilar ham M. deb ataladi. 
 
 
MUSO (as) - Qur’onda nomi tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Misr iodshosi (Fir’avn) 
Ramses II davrida tavallud topdi. Rivoyatga ko‘ra, Ramses II folbinlari "Bani Isroil" 
qabilasida bir go‘dak tug‘ilib, u voyaga etgach, podshohning taxtdan ketishiga sabab 
bo‘ladi deb aytganlar. Shunga ko‘ra, Fir’avn amri bilan barcha tug‘ilgan o‘g‘il farzandlar 
qatl etila boshlagan. M. (as)ning onasi Alloh amri bilan uni bir sandiqqa solib, Nsht 
daryosiga tashlaydi. Bu hakda Qur’onda Qasos surasi, 7-11-oyatlarda bayon qilingan. 
Bolani Fir’avnning xotini topib olib tarbiya qildi. Yosh M. (as) bir misrlik bilan urishib uni 
o‘ldirib qo‘yadi va Madyanga qochadi (Qasos surasi 12-51-oyatlar) u yerda uylanadi. 
Ba’zi rivoyatlarda M. (as) Shuayb (as)ning qiziga uylanganligi aytiladi. Bir necha yildan 
so‘ng Misrga qaytadi. Yo‘lda qorong‘ida adashib qolib, olov ko‘rinayotgan joyga 
yaqinlashadi. Bu yerda Alloh nidosini eshitadi va u payg‘ambarlikka ixtiyor etiladi. Unga 
yolg‘iz Allohga ibodat qilib, Fir’avn va uning xalqini iymonga da’vat etish buyuriladi. M. 
(as)ga birodari Xorun yordamchi qilib beriladi. Misrga qaytib kelgan M. (as) zolim 
Fir’avnni hidoyatga chaqirib, pand-nasihatlar qiladi. Biroq, Fir’avn va atrofidagilar M. (as) 
so‘zlarining rostligi, haqiqatan ham payg‘ambar ekaniga ishonmaydilar. M. (as)ning 
qo‘lidagi tayoqning ilonga aylanishi, cho‘ntagidan qo‘lini chiqarganda, oyna kabi yaltirab 
ko‘zlarni qamashtirishi kabi mo’jizalarini shunchaki "sehr" deb hisoblaydilar (A’rof surasi 
106-126- oyatlar). Fir’avn M. (as)ning qavmi bo‘lmish "Bani Isroil"ga nisbatan tazyiqni 
kuchaytiradi. Shunda Alloh Misrga turli ofatlar yubordi. M. (as) o‘z qavmi bilan yurtni 
yashirincha tark etib, Falastin tomon ketadi. Fir’avn ularning izidan tushadi, lekin 
qo‘shinlarini Qizil dengiz yutib yuboradi (Yunus surasi 90-92-oyatlar). M. (as) 
Muhammad(sav)ning o‘tmishdoshi bo‘lgan haqiqiy payg‘ambar sifatida ulug‘lanadi. Unga 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
205
Tavrot kitobi nozil etilgan. Biroq yahudiylar, bu kitobdagi ma’lumotlarni, nasihatlarni 
buzgan, deb nakd qilinadi. M. (as) Nabu tog‘iga borib, o‘sha yerda vafot etgan.  
 
 
MUSTAKRAH (arab. noloyiq, nomaqbul hisoblangan) - uni qilgandan ko‘ra qilmagani 
yaxshiroq bo‘lgan amallar. Taomni katta-katta yeyish, ko‘chada ovqatlanish, baland 
ovozda kekirish, uvlab esnash kabilar M.ga kiradi.  
 
 
MUSTAHAB (arab. - sevilgan, yoqtirilgan) - shar’iy amal; uni bajargan kishi savobli 
bo‘ladi, bajarmagan kishi gunohkor bo‘lmaydi. Shar’iy hukmlar kitoblarida mo‘min-
musulmonlar qilipshari ma’qul bo‘lgan o‘nlab M. amallar (nafl namozlarini o‘qish, nafl 
ro‘zasini tutish, sadaqalar berib yurish, turmushda oddiy odob qoidalariga rioya etish, 
atrofdagi odamlar uchun turli foydali ishlar 
qilish va h. k.) ko‘rsatib o‘tilgan. 
 
 
MUSULMON - q. Muslim. 
 
 
MUSULMON BIRODARLAR - q. Ixvon al-muslimun. 
 
 
MUSHAF (arab. - sahifalangan) - xalifa Abu Bakr Siddiq, (ra) davrida Qur’onni kiyik 
terisidan bo‘lgan sahifalarga yozilgan to‘plami, sahifalangan Qur’on. Xalifa Usmon ibn 
Affon (ra)ning davrida ko‘chirilgan Qur’on nusxalari M.lar deb nomlangan. Keyinchalik 
kitob shaklidagi Qur’onning har bir nusxasi M. deb nomlanavergan. Shu ma’noda 
M.larning tahoratsiz ushlash, ular bilan tahoratxonaga kirish man qilinadi. Toshkentda 
O’zbekiston musulmonlari idorasida saqlanadigan Qur’onning qad. qo‘lyozmasi (7-a.) 
ham M. nusxalaridan biridir.  
 
 
MUTAASSIBLIK - o‘z e’tiqodi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga 
murosasiz munosabatda bo‘lish. M.ka yo‘liqqan odamlar yoki ularning guruhlari 
jamiyatda beqarorlikni vujudga keltirishga urinadi. Insoniyat tarixida bunday e’tiqoddan 
g‘arazli maqsadlarda foydalanilgan. M.ning paydo bo‘lishiga diniy ziddiyatlar, 
shuningdek, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarning hal qilinmagani ham sabab 
bo‘lishi mumkin. Islom dini M.ga xayrixohlik bildirmaydi. Aksincha, teran o‘ylashga, 
boshqalarga nisbatan murosali bo‘lishga chaqiradi.  
 
 
MUTAVALLI (arab. - ishboshi, boshqaruvchi) - islom tarixida vaqf mulkiga va undan 
keladigan daromadga vasiylik qiluvchi, uni taqsimlovchi diniy amaddor. Vaqf yerlarini 
ijaraga berish, vaqf mulkida xo‘jalik ishlarini yuritishni ham M. bajargan. Xorijiy Sharq 
mamlakatlarida M.lar hozir ham bor, ular vaqflarni boshqaradi. Ayrim musulmon 
mamlakatlarida M. yirik ziyoratgohlar (maqbara, mozor va b.)ni, ulardan keladigan 
daromadlarni ham boshqaradi. O’zbekistonda masjidning xo‘jalik va moliya ishlarini 
boshqaruvchilar M. deyiladi.  
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
206
 
MUTAKALLIMLAR - musulmon ilohiyot olimlari. Ular islom diniy-aqidaviy ta’limoti - 
kalomni asoslab bergan. Hoz. islom ruhoniylari va ulamolariga nisbatan M. atamasi 
qo‘llanilmaydi, u tarixiy tushunchaga aylangan (yana q. Ash’ariylar).  
 
 
MUT’A (arab. - vaqtincha foydalaniladigan narsa) - shialikdagi ma’lum mablag‘ evaziga 
qilinadigan muvaqqat nikoh. M. asosida shialik shariati qozi tasdiqlagan rasmiy 
shartnoma asosida erkaklarga vaqtincha xotin olishga ijozat beradi. M.ning muhlati 1 
kundan 99 y.gacha belgalanishi mumkin. M. nikohdik xotin va undan tug‘ilgan bolalar 
qonuniy xotin va undan tug‘ilgan bolalardan huquqiy jihatdan cheklanganroq bo‘lgan. 
Qiz bolaga M. nikohidan o‘tish taqikdangan. M. nikohi shialik tarqalgan xorijiy 
mamlakatlarda hozir ham amalda, lekin u ko‘pincha yashirin qilinadi. Ahli sunna val 
jamoaning to‘rttala mazhabida ham M. harom deyilgan. Ya’ni, M.ni zino-noshar’iy jinsiy 
aloqa deb e’tiborga olingan. Bunga Qur’on va sunnatdan dalillar keltirilgan.  
 
 
MUFID, ash-Shayx Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad al-Ukbariy al-Horisiy (948 
yoki 950-1022) - shialikdagi mashhur ilohiyotchi va faqih, imomiylikning nazariyotchisi 
va faol targ‘ibotchisi. Otasi Vosit sh.da o‘qituvchi bo‘lgan, uning birinchi laqabi - Ibn al-
Mu’allim ("muallimning o‘g‘li") shundan. Bag‘dodda mashhur ilohiyotchi, faqihlardan 
ta’lim olgan. Mohir suxandon bo‘lgan M. imomiy ilohiyotchilar peshvosiga aylangan. 
Uning targ‘ibotchilik faoliyati Buvayhiylar rahnamoligida o‘tgan, shu tufayli imomiylar 
aqidalari Iroqda, ayniqsa Bag‘dodda keng tarqalgan. Bu esa, shialar va sunniylar 
o‘rtasida qonli to‘qnashuvlarga olib kelgan. Diniy nizolarga barham berish uchun xalifa 
shialarning g‘oyaviy rahbari M.ni Bag‘doddan badarg‘a qilishga majbur bo‘lgan. M. 
Bag‘dodda vafot etgan, o‘z hovlisiga dafn etilgan, bir necha yildan so‘ng uning hoki al-
Mashhad (al-Kozimayn)ga ko‘chirilgan. Uning qabri hozirgacha ziyoratgoh sanaladi. 
M. 200 ga yaqin asar yozgan (shundan 25 tasi saqlangan). Uning bir qancha asarlari 
imomiylik nazariyasi, ilohiyot va fiqh, Qur’on tafsiri va hadislar, shialar tarixi, imomlar 
hayoti va b. ga doir.  
 
 
MUFTI, muftiy (arab. - fatvo beruvchi, diniy masalalarda qaror chiqaruvchi) - shariat 
bilimdoni. M. diniy-huquqiy masalalarni izohlash, talqin qilib berish, shariatni tatbiq etish 
borasida hal qiluvchi huquqqa ega. Odatda, uning fikr va qarorlari fatvolarda bayon 
etilib, musulmonlar uchun qo‘llanma hisoblanadi. Ilk bor M.lar hokimlar va qozilar 
huzuridagi maxsus maslahatchilar sifatida xalifa Umar II (717-720) tomonidan Misrda 
tayinlangan. Har bir musulmon mamlakatda bosh M. bo‘lib, u katta obro‘ga egadir. M. 
davlat muammolariga oid (diniy jihatdan) ham, sof diniy masalalar bo‘yicha ham (mas., 
diniy bayramlar va ro‘zaning boshlanish vaqti haqida) qarorlar chiqaradi. So‘nggi 
paytlarda aksar musulmon mamlakatlarida dunyoviy hokimiyat va aholi keng 
ommasining turmushdagi, iqtisodiyot hamda siyosatdagi ko‘p yangiliklarga munosabati 
M.ning qanday fatvo chiqarishiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Musulmon mamlakatlarida 
M.lik hukumat tayinlaydigan rasmiy lavozim hisoblanadi. 
O’zbekiston musulmonlari idorasiga ham M. boshchilik qiladi. U Ulamolar kengashi 
yig‘ilishida 5 yil muddatga saylanadi 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
207
MUSHABBIHA (arab. - o‘xshatuvchilar, o‘xshatish tarafdorlari) - islom ilohiyotida 
xudoni odamga o‘xshatib tasvirlaydigan ta’limot (antropomorfizm). Islom ilohiyoti - 
kalom tarafdorlari M. tarafdorlarini rad etib, ularga qarshi kurash olib borgan va ularni 
sanamga sig‘inuvchilar deb qaragan (yana q. Tashbih, Mujassima). 
 
 
MUSHRIKIYLIK, mushriklik (arab. -sheriklik, - xudoning sheriklari bor, degan 
tushunchadan) - ko‘pxudolikning arab qabilalari o‘rtasvda islom vujudga kelishidan oldin 
keng tarqalgan sodda shakli. Mushrikiy qabilalar turli sanam, tosh va h.k.ga, 
shuningdek, bir qancha erkak va ayol xudolarga e’tiqod qilgan. M. tushunchasi Qur’onda 
xudoni yakka deb e’tirof etmay, uning sheriklari bor, ya’ni xudolar ko‘p, deb tasavvur 
qilinadigan qabilaviy dinlar ta’limotiga nisbatan ishlatilgan. Muhammad (sav) 
yakkaxudolik ta’limotini targ‘ib qilib, M.ni qoralaganlar, islom ta’limoti M.ka qarshi 
kurash jarayonida shakllangan (yana q. Shirk).  
 
 
MU’ATTILA ("mahrum etuvchilar", "inkor qiluvchilar") - mu’attiliylar, mu’taziliylarning 
nomlaridan biri. Ular mushabbihadan farqli ravishda "ilohiy sifatlar"ni mavjudligani inkor 
etishgan, bu esa, ulamolar tomonidan oxir-oqibatda Allohning o‘zini inkor etishga, 
xudosizlikka olib keladi deb hisoblangan. Har holda o‘rta asr musulmon ilohiyotchilari M. 
deb Allohning yuborgan elchisi, o‘liklarni qayta tirilishini, Yaratuvchini inkor etganlarni 
aytishgan. Biroq, ilk M. faqat Allohning o‘zini emas, balki sifatlarini inkor etishgan, 
shuning uchun ularni hoz. ayrim tadqiqotchilar fikricha, ateist (xudosiz) deyish to‘g‘ri 
emas. 
 
 
MU’TAZILIYLAR, mu’tazila (arab. -ajralib chiqqanlar, uzoqlashganlar) -islomdagi 
ilohiyot oqimlaridan biri. 8-a. o‘rtasida Arab xalifaligida vujudga kelgan. Asoschilari Vosil 
ibn Ato (699-748) va Amr ibn Ubayd (762 y. v.e.). Ular o‘z guruhi bilan ustozlari Hasan 
al-Basriy (728 y. v.e.) maktabidan ajralib chiqqan. M. Qur’onni diniy haqiqatning manbai 
deb e’tirof etadi, uni so‘zma-so‘z emas, majoziy talqin qiladilar, rivoyatlarga ko‘r-ko‘rona 
ishonishga qarshi chiqadilar. M. qadariylarning inson iroda erkinligi haqidagi ta’limotini 
rivojlantirdilar va asosladilar. Ular 9-a.da o‘zlarining aqidalar tizimini yaratdilar. 
Bungacha islomda davlat dini va barcha uchun majburiy deb e’tirof etilgan yagona 
aqidalar tizimi bo‘lmagan. Chunki, dastlabki ikki yuz yillik davomida islom turli fikr, 
maktab, mazhab, huquqiy firqalar yig‘indisidan iborat bo‘lgan. Shuningdek, xalifalar 
diniy, siyosiy muxolifatdaga harakat (xorijiylar, shialar va b.)ga qarshi kurashuvchi 
mafkuraviy qurolga zarurat sezayotgan edi. Shuning uchun xalifa Ma’mun (813-833) M. 
ta’limotini davlat dini deb e’lon qildi. Xalifa farmoni bilan barcha qozilar, ilohiyotchilar, 
amaldorlar shu e’tiqoddami yoki yo‘qmi, sinab ko‘rildi. M. aqidasini (xususan, Qur’onning 
yaratilganini) tan olmaganlarni ishdan bo‘shatdi, hatto o‘lim jazo chorasini qo‘lladi. 
Maxsus jazo muassasasi - "mihna" tashkil etdi. Ammo, majburiy choralarga qaramasdan 
M. ta’limoti xalifalikda umuman qabul qilinmadi, xalifa Mutavakkil (847-861) davrida 
esa, M. ta’limoti "shakkoklik" deb e’lon qilindi. M. aql-idrokni ilohiyot asosi deb e’tirof 
etgan, tasavvufni inkor etishga uringan, o‘zlarini yakkaxudolik (tavhid) va adolat (adl) 
tarafdorlari, deb atagan. M.ning asosiy g‘oyalari vaqti kelib shia ilohiyotchilari tomonidan 
o‘zlashtirib olindi. Keyinchalik Iroq va Eronda 11-12-a.larga, O’rta Osiyoda 13-14-a.larga 
kelib yo‘qolib ketgan. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling