Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet29/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55

 
MANSURIYLAR, al-Mansuriya - "o‘ta" shialikdagi jamoa; Abu Mansur al-Ijliy izdoshlari. 
Abu Mansur sahroyi va savodsiz bo‘lgan. Shialarning 5-imomi Muhammad al-Boqir 
vafotidan so‘ng (732 y.) u Kufada da’vat bilan chiqqan, o‘zini shu imomning vorisi 
(xalifasi), ishonchli vakili deb e’lon qilgan. So‘ngra u payg‘ambarlikka da’vo qilib, go‘yo 
Alloh uni o‘ziga yaqin olib suryoniy tilida uni o‘g‘lim deb atagan. Payg‘ambarlik uning olti 
avlodida davom etajagi, so‘ngtisi Mahdiy bo‘lishini da’vo qilgan. Alloh yerga o‘z 
"xabarchilari"ni yuborishni to‘xtatmasligani targ‘ib qilib, Abu Mansur o‘zini yerga qulab 
tushgan "osmonning bir parchasi" (kisf, shundan M.ning boshqa nomi - kisfiylar) deb 
e’lon qilgan. Osmon deganda Muhammad (sav) urug‘lari - hoshimiylar, yer deganda esa 
-shialar tushunilgan. Uning da’vosi: Alloh Muhammad (sav)ni Qur’on bilan, uni esa -
Qur’on sharhi bilan yuborgan. 
Abu Mansur va uning izdoshlari jannat, do‘zax, qayta tirilish kabilarni majoziy ma’noda 
talqin qilib, amalda ularni inkor etganlar. Iroqda Yusuf ibn Umar as-Saqafiy noibligi 
davrida (738-742) Abu Mansur va M.ning bir qismi qo‘lga olinib qatl etilgan. Tirik 
qolganlariga uning o‘g‘li al-Husayn rahbarlik qilgan, u ham payg‘ambarlikni da’vo qilgan. 
Uning izdoshlarini husayniylar deb atashgan. Ularning faoliyati o‘ttiz yilcha davom etgan. 
Xalifa al-Mahdiy davrida (775-785) al-Husayn qo‘lga olinib xalifa huzuriga keltirilgan va 
uning buyrug‘iga ko‘ra xochga tortilgan. Xalifa undan qolgan juda katta boylikni 
musodara qilib, izdoshlarini ta’qib etib qatl ettirgan. 
M. ta’limoti Iroqda faoliyat olib borgan "o‘ta" shialarning boshqa ta’limotlari kabi o‘ziga 
yahudiy-xristian dinlari unsurlarini kiritgan. Jumladan, Abu Mansurning da’vosiga ko‘ra 
Alloh birinchi bo‘lib Iso (as)ni yaratgan. 
 
 
MARVAZIY, Abul Fadl Muhammad ibn Muhammad as-Sulamiy al-Marvaziy, al-H a-k i m 
a sh-sh a h i d (? - 945) - hanafiylikdagi yirik imom, muhaddis va faqih. Sam’oniyning 
ma’lumotlariga ko‘ra, u Buxoro qozi kaloni bo‘lgan, somoniylar amiri Nuh ibn Nasrga 
fiqhdan ta’lim bergan. Amir uni bosh vazir etib tayinlagan. Sam’oniy M.ning 14 ustozi 
nomini keltirib, M. 60 ming hadisni yoddan bilganligini va doimo vaqtini diniy kitoblar va 
ibodatda o‘tkazganligi va davlat ishlariga juda oz vaqt ajratganligni yozgan. Bu 
harbiylarning noroziligiga sabab bo‘lgan va ko‘tarilgan isyon natijasida o‘ldirilgan. Fiqhga 
doir 8 ta asar yozgan, ular Abu Hanifa kitobidan so‘ng eng e’tiborli kitoblar sanalgan. 
 
 
MARJONIY Shahobiddin (to‘liq nomi: Shahobiddin bin Bahouddin bin Subhon bin Abdul 
Karim al-Marjoniy) (1818, Qozon sh. yaqinidagi Yapanchi qishlog‘i, - Qozon, 1889) -yirik 
ma’rifatparvar va faylasuf, tarixchi va ilohiyotchi olim, tatar xalqi ilmiy tarixining 
asoschisi. 1838-43, 1845-49 y.da M. "Ko‘kaldosh" va "Mir Arab", 1843-45 y.da 
Samarqanddagi "Sherdor" madrasalarida o‘qidi va dars berdi. S.Ayniyning yozishicha, 
amir Nasrulloning ta’qibvdan so‘ng qisqa muddat Samarqandda yashadi. U Buxoro va 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
183
Samarqandda arab va fors tillarini puxta o‘rgandi, sharq falsafasi va tarixi bilan chuqur 
tanishdi, matematika va astronomiya bilan shug‘ullandi. U "Ko‘kaldosh" madrasasining 
boy kutubxonasidan unumli foydalandi. M. Buxoroda olim sifatida shakllandi va Kursaviy 
ilmiy merosi bilan tanishdi. U Kursaviyning islomdagi islohotchilik faoliyatini davom 
ettirib, Buxoro madrasalaridagi o‘rta asrlarga xos o‘quv tizimini tanqid qildi, Ahmad 
Donish bilan hamkorlikda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tarqatishda jonbozlik ko‘rsatdi. M. 
Buxoroda "Movarounnahr mashhur ulamolarining ahvoli va ishlari" hamda Kursaviyning 
Buxorodaga faoliyati va mahalliy hokimiyat bilan murakkab munosabati to‘g‘risidagi 
asarini yozdi. Turkiston tarixi va geografiyasiga oid ko‘plab asarlari mavjud, xususan, 
uning 10-12-a.da Movarounnahr xonaqolari va tasavvufning ahvoli, Turkistondan 
yetishib chiqqan buyuk allomalar haqidagi tadqiqotlari diqqatga sazovor. 
1850 y.da Qozondaga katta Jome’ masjidi imomi, 1867 y.da muhtasibi etib tayinlandi. 
Ayni paytda Qozon tatar o‘qituvchilari maktabida dars berdi (1876-1884). Qozon un-ti 
huzuridagi Arxeologiya, tarix, etnografiya jamiyati a’zosi bo‘lgan dastlabki musulmon 
olimlaridan. M. o‘zining falsafa va ilohiyotga oid asarlarida diniy islohotchilik va 
ma’rifatparvarlik g‘oyalarini rivojlantirdi. 30 dan ortiq yirik asarlar, jumladan 7 jildli 
"Vafii yat al-aslaf va taxiyat al-axlaf", 2 jildli "Mustafod al-axbar fi axvali Kozon va 
Bulg‘or" asarlarining muallifi. Kursaviy, M., Ahmad Donishning islom dinini isloh qilish va 
ma’rifatparvarlik g‘oyalari keyinchalik jadidchilik harakatining vujudga kelishida 
muayyan darajada xizmat qildi 
 
 
MARONIYLAR, al-Maruniyun (al-mavorina) - Shim.-G’arbiy Suriya va Shim. Livan 
aholisi orasidan 5-8-a.larda ajrab chiqqan etnokonfessional xristian-uniat guruhi 
tarafdorlari. Suriyalik zohid Maron yoki Marun (4-5-a. boshi) nomidan. M. marosimlari 
suryoniy xristianliganing g‘arbiy (yakoviylar) va sharqiy (nestoriylar) tarmoqlari bilan 
uyg‘unlashib ketgan. Ibodatda hozirda o‘lik suryoniy tili qisman qo‘llaniladi. Ijtimoiy 
tashkilotida islomning ta’siri bor (mas., cherkov vaqfi, ba’zi sunniy huquqiy me’yorlar va 
b.). Yuhanno Marun (taxm. 700 y. v.e.) M.ning birinchi patriarxi, ularning mustaqil 
cherkovining asoschisi hisoblanadi. 7-a. oxirida M.ning aksariyati Suriyadan Livanga 
ko‘chgan. 12-13-a.larda M. salibchilarni qo‘llab-quvvatlagan, Rim kuriyasi bilan aloqa 
bog‘lagan, natijada uniya (ittifoq) barpo etilgan (18-a.da uzil-kesil). 17-18-a.larda M. 
yashaydigan hududlar Usmoniylar imperiyasining bir qismi bo‘lgan Livan amirligiga 
qo‘shib olingan. M.ning ba’zi dunyoviy zodagonlari yer mulklari - iqtolarga ega 
bo‘lishgan. Hukmronlik qilayotgan amirlarning Shibahlar sulolasi xristianlikning maroniy 
tarmog‘ini qabul qilganlar. Usmoniylar M.ga amalda muxtor jamoa-millat maqomini 
berishgan, u rasman 1841 y. e’tirof etilgan. Yahudiy katoliklar Yaqin Sharqqa suqilib 
kirayotganlarida, M.ga suyanishga harakat qilishgan, shu maqsadda tog‘li Livandagi 
jamoalar o‘rtasidagi nizolardan foydalanishgan. 19-a.da maroniylar cherkovi 
mamlakatdagi eng yirik mulk egasiga, patriarx esa, eng obro‘li rahbarlardan biriga 
aylangan. "Milliy pakt" (1943)ga ko‘ra, Livan prezidenti faqat M.dan bo‘lishi mumkin, 
bundan tashqari boshqa muhim lavozimlar ham M. ixtiyoriga berilgan. M.ning aksariyati 
qishloq xo‘jaligi, savdo, maishiy xizmat, sanoatda band. Livandan tashqari M.ning 
ozgana qismi doimiy ravishda Suriya, Kipr, Isroil, Iordaniyada ham yashaydi. M.ning 
ko‘pchiligi muhojirlikda. Ular Livanda konfessional tuzumni saqlab qolish uchun kurashib, 
etnik mojarolarni keltirib chiqarmoqda, M.ni arab dunyosidan ajratib olishga intilmoqda. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
184
MARYAM - Qur’onda tilga olingan taqvoli, siddiqa ayol, Iso payg‘ambarning onasi, 
xristianlikdagi Mariyaga to‘g‘ri keladi. Islom ta’limotiga ko‘ra, u taqvoli, mo‘mina ona, 
jannatdagi ayollarning rahnamosi. Qur’oni karimning 19-surasi "Maryam" deb ataladi. 
M.ning otasi Imron "Bani Isroil" qavmi ichida eng obro‘li kishilardan edi. Uning xotini 
Hanna befarzand edi. Hanna Allohga iltijo kilib, farzand ato etishni so‘radi va agarda 
farzandli bo‘lsa, ushbu farzandni Alloh yo‘lida Baytul Maqtsis xizmatiga vaqf (nazr) 
qilishini niyat qildi. Alloh unga qiz farzand ato etdi va uni Maryam deb nomladi. Odatda 
ibodatxonalardagi xizmatlarni erkaklar bajarganidan u o‘z nazri, qizining takdiri qanday 
bo‘lishini o‘ylab, hayron qoldi. M. yoshligidayoq otasi vafot etdi, endi uning tarbiyasini 
kimdir o‘z kafolatiga olishi kerak edi. M.ni tarbiyalash xolasining eri Zakariyo (as) 
payg‘ambarning chekiga tushadi. U qachon M.ning xonasiga kirsa, u yerda qishda yoz 
mevalari, yozda qishda bo‘ladigan noz-ne’matlarni ko‘radi. "Bu narsalar senga qayoqdan 
keldi?" deb so‘raganida M.: "Bular Alloh huzuridandir" deydi. Ibodatxona xizmatiga nazr 
qilingani uchun doimo shu yerda bo‘lib, umrini faqat toat bilan o‘tkazar edi. U odamlarga 
aralashmas, ibodatxonada yolg‘iz qolib toat bilan band bo‘lardi. Kunlarning birida, M. 
ibodatxonada toat bilan mashgul bo‘lib turganida, Alloh taolo unga Jabroil (as)ni 
yuboradi. M. o‘z ahdi-oilasidan chetga -kun chiqar tomonga borib, ulardan berkinib 
olgan paytida, Jabroil: "Parvardigoringning senga bir pokiza o‘g‘il hadya qilish uchun 
(kelgan) elchisidurman" deydi. Bundan M. taajjublanib: "Axir men turmushga chiqmagan 
bo‘lsam yoki fojira ayol bo‘lmasam, qanday qilib men farzandli bo‘lishim mumkin" -
tseydi. Shunda Jabroil (as): "Aytganing to‘g‘ri, lekin Alloh aytdiki: "Bir go‘dakni otasiz 
yaratish menga oson, bu meni ulug‘ qudrat egasi ekanligimning belgisi bo‘lur", deydi. 
Shunday qilib, Iso Alloh iroda etgani uchun otasiz yaratildi. To‘lg‘oq azobi uni bir xurmo 
tsaraxtining yoniga olib bordi (va u xurmo shoxiga osilgan holda ko‘zi yorigach), dedi: 
"Qaniydi, mana shu kundan ilgariroq o‘lib ketsam-u, butunlay unutilsam edi". Shunda 
xurmo daraxtining ortidagi Jabroil nido qildi: "G’amgan bo‘lma, Parvardigoring (oyoq) 
ostingdan bir ariq oqizib qo‘ydi. (Mana shu kurib qolgan) xurmo shoxini silkitgan, u 
senga yanga xurmo mevalarini tashlar. Endi sen yeb-ichgin, shod-xurram bo‘lgin". M. 
bolasini ko‘targan holda qavmiga kelganda ulardan ta’nalar eshitadi. Shunda beshikdagi 
go‘dak Iso tilga kirib deydi: "Men Allohning bandasidirman. U zot tez kuvda menga Kitob 
- Injil ato etadi va meni payg‘ambar qiladi".  
 
 
MASJID, machit (arab. - sajda qilinadigan joy) - musulmonlar jamoa bo‘lib namoz 
o‘qiydigan joy, ibodatxona. M.lar, asosan, kundalik besh vaqt namoz o‘qish uchun 
mo‘ljallangan. Juma va hayit namozlari esa, jome M.larda o‘qiladi. Birinchi M.ni 
Madinada Muhammad(sav) qurdirganlar. M.lar dastlab shaharlarda, keyinchalik qishloq 
va mahallalarda barpo etilgan. M.larning to‘rida, Makkaga qaragan (qibla) tomonida 
mehrob, hovlisida hovuz, bir yoki bir necha minora bo‘ladi. Ayrim yirik M.lar 
mehrobining o‘ng tomonida va’zxonlik uchun mo‘ljallangan minbar, ba’zilarida esa, 
Qur’on o‘qiladigan maxsus joylar ham bo‘ladi. Ba’zi M.lar huzurida maktablar ham 
bo‘lgan bo‘lib, ularda o‘g‘il bolalarga Qur’on o‘qish o‘rgatilgan. M.larda juma va hayit 
namozi kunlari imom-xatiblar xutba o‘qib, turli diniy masalalar bo‘yicha va’zxonlik qiladi. 
O’zbekistonda 2000 ga yaqin M. bor. 
 
 
MASJIDI KALON, Jome’ Masjidi - Buxorodaga eng yirik me’moriy yodgorlik. Minorai 
kalon yonida taxm. 15-a.dan qurila boshlangan (arxeol. qazilmalar natijasida bino 
ostidan 12-a.ga oid qad. masjid qoldikdari topilgan). Masjid (127x78 m) to‘g‘ri 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
185
to‘rtburchak tarxli. Keng hovli (130x80 m) atrofidagi bostirma yo‘laklar (galereya) 288 
ta yassi gumbaz bilan berkitilgan. Gumbazlarni chortoq shaklida 208 ustun ko‘tarib 
turadi. Ustunlarning bir qismi ostiga keyinchalik alohida poyustunlar ishlangan. Sharq 
tomondagi buyuk peshtoq mahobati va muhtasham bezagi bilan alohida ajralib turadi. 
Shu peshtoq orqali masjidning katta xonaqoh-maqsurasiga kiriladi. Xonaqohning baland 
gumbaziga zangori koshinkor bezak bilan pardoz berilgan. Xonaqoxdagi mehrob 
bezaklari koshinkorlik san’atining yuksak namunasidir. Unda usta Boyozid Puroniy nomi 
saqlangan. Hovliga qaragan peshtoq oldidagi sahnda ko‘p qirrali mo’jaz bir ko‘shk 
(pavilon) bor (uni qurishda usta Shirin Murodov qatnashgan, 20-a.). Masjid atrofi baland 
va qalin devor bilan o‘ralgan. Uning bir qismi sirkor gasht bilan, ba’zi yerlari oq, ko‘k va 
zangori koshin bilan bezatilgan. Maydonga qaragan bosh tarzi markazida peshtoq, 
qanotlari toqi ravokdarga bo‘lingan. Peshtoqning naqshinkor bezaklari deyarli 
saqlanmagan, ba’zi joylari suvab yuborilgan. M. k. tomlari (gumbazlari) tuzatilib, ustun 
poyalari betonlashtirildi. Hovli atrofidaga ravoqli devorlar tuzatildi. Tashqi peshtoq to‘la 
ta’mir etildi.  
 
 
MASIH ("muqaddas yog‘ surilgan") - kutqaruvchi, xaloskor. Qur’on va musulmon 
aqidalarida M. - Iso (as)ni anglatuvchi atama, uning ismidan avval qo‘yiladi yoxud 
alohida qo‘llaniladi. Qur’onning Madina davridagi Iso (as)ni xristianlar 
ilohiylashtirishlarini inkor etadigan suralarida uchraydi. (3:45/40; 4:157/ 
156,171/169,172/170; 5:17/19,72/76,75/79; 9:30- 
31). M. istilohi Iso (as) haqidaga hshsoyalarda, Muhammad (sav)ning tushlarida, Iso 
(as) bu yerga qaytib tushishida, uni qiyomat kunidagi ishtirokida qo‘llaniladi. Dajjolni 
shuningdek, al-Masih al-Kazzob va al-Masih ad-Dajjol deb ham atashadi. 
 
 
MATN (arab. - bel, tekst (o‘zbek. matn)) -hadis istilohida sanadning nihoyasi, ya’ni 
ma’nolardan tashkil topgan hadisning lafzlari. 
 
 
MAHDUM (arab. - xizmatga yollovchi odam, janob) - pir va ustozlarga beriladigan 
laqab. Odatda, pir va ustozlarga o‘z muridlari va shogirdlari xizmat qilishgan. M. atamasi 
ba’zi joylarda pir, ustoz va ulamolarning o‘g‘illariga nisbatan ham ishlatilgan. 
Naqshbandiylik tariqati shayxlaridan Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy 
Dahbediy "Mahdumi A’zam", ya’ni "Ulug‘ Mahdum" laqabi bilan mashhur bo‘lgan.  
 
 
MAHDUMI A’ZAM (Buyuk hazrat; asl ismi Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin 
Kosoniy Dahbediy, 1463/64-1542) - movarounnahrlik alloma, yirik diniy arbob
naqshbandiylik piri. Farg‘ona vodiysining Koson sh.da tugilgan, ilk ta’limni shu yerda 
olgan. Madrasani bitirgach, Shayx Mir Sayyid Aliga shogird tushadi, so‘ng Shoshga kelib, 
Xoja Ahrorning shogirdi Muhammad Qozi (1516 y. v. e.) M.A.ni shogird qilib oladi va tez 
orada o‘ziga xalifa etib tayinlaydi. Manbalarga qaraganda, u ustozi bilan Hirotga safar 
qiladi, Abduraxmon Jomiy bilan uchrashadi. 1503 y. Buxoroga ko‘chib keladi. Biroz vaqt 
o‘tgach, Axsikatga borib naqshbandiylik tariqatini targ‘ib eta bopshaydi. Muhammad 
Qozi vafotidan so‘ng tariqat shayxlari M. A.ni o‘z peshvolari sifatida e’tirof etishdi va 
uning shuhrati Movarounnahr hamda uning atrofidagi mamlakatlarga yoyildi. Buyuk 
shoir va davlat arbobi Zahiriddin Bobur uni chukur hurmat qilgan va M. A.ga ruboiylar 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
186
bagashlagan. M. A. ham shoir haqidagi "Boburiya" risolasini yozib, Hindistonga 
jo‘natgan. Shayboniy sultonlari va hokimlari M. A.ni o‘zlarining piri deb bilganlar. M. A. 
tasavvuf nazariyasi va amaliyoti, xususan, naqshbandiylik ta’limotini rivojlantirish 
sohasida barakali faoliyat ko‘rsatdi. Uning "Asror un-nikoh" ("Nikoh sirlari"), 
"Ganjnoma", ("Boylik haqida risola"), "Risolatun sam’iyyatun" ("Samo’ risolasi"), "Bayoni 
zikr" ("Zikr bayoni"), "Risola-i silsila-i Xojagon" ("Xojagon silsilasiga oid risola"), 
"Me’roju-l-oshiqiyn" ("Oshiklar me’roji"), "Murshidu-s-solikiyn" ("Soliklar murshidi"), 
"Risola-i Naqshbandiyya", "Risolatun vujudiyyatun" ("Vujudlar haqida risola") kabi 30 
dan ortiq risolasi bor. U o‘z asarlarida ulamolar, so’fiy shayxlar va davlat arboblari 
orasidagi munosabatlarga to‘xtalgan. Tariqat odobu qoidalarida murid va shayx 
munosabatlari o‘zaro hurmat-izzat asosida qurilmog‘i lozimligani uqtiradi. M. A. fikricha, 
tariqat a’zolari xalqqa yaqin bo‘lib, uning dardlari va ehtiyojlariga qayg‘udosh bo‘lsa, bu 
ham tariqatga, ham xalqqa foydalidir. M. A. asarlari Uzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti 
xazinasida saqlanmoqda.  
 
 
MAHDUMI A’ZAM MAJMUASI -Samarqand viloyati Dahbed q.dagi me’moriy yodgorlik 
(16-19-a.lar). Majmua mashhur shayx, so’fiylar namoyondasi Mahdumi A’zam nomi 
bilan bog‘lik, Asli farg‘onalik bo‘lgan ul zot Samarqand hokimi Jonibek Sulton tomonidan 
Samarqandga taklif etilgan. O’g‘li Iskandar Sulton uni o‘zining piri deb e’zozlagan. 
Mahdumi A’zam 78 yoshida shu Dahbed q.da vafot etgan. 1610 y.da Yalangto‘sh 
Bahodir boshchiligida xonaqoh va dahma qurilgan. 17-a.da esa katta masjid qad 
ko‘targan. Keyinchalik Mahdumi A’zam avlodlari ham shu yerga dafn qilingan. Nodir 
devonbegi tomonidan atrofi devor (bal. 1,4 m) bilan o‘ralib, ta’mir ishlari olib borilgan. 
Majmua shim.da hazira, jan.da keng ayvonli katta masjid, yonida kichik masjid, 
sharqida darvozaxona, chillaxona va hujralardan tashkil topgan. Katta masjid-xonaqoh 6 
ustunli, 12 gumbazli, ayvoni 2 qatorli 14 ustundan iborat. Kichik masjidga uzun yo‘lak 
orqali o‘tilgan. Masjid 2 ustunli, vassa shiftli, ayvoni 4 ustunli, poyustunlari toshdan 
ishlangan. Haziradagi Mahdumi A’zam saganasi (bap. 1,7 m) kulrang marmar bilan 
qoplangan. Pastki qismidaga 9 ta marmar toshtaxtalar Mahdumi A’zam avlodlari, 
Yalangto‘sh Bahodir va uning qizi Iqlimaga tegishli bo‘lib, keyingi yillardagi ta’mir 
vaqtida hammasi bir joyga to‘plangan. M.A.m. yaqinida minora va keng hovuz 
joylashgan. 1998 y.da majmua kayta tiklanib, atrofi obodonlashtirildi. 
 
 
MASHRAB Boborahim (1640-1711) - o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandasi, shoir, 
bastakor, sozanda va hofiz. Xalq ichida "Devona Mashrab", "Eshon Mashrab", "Shoh 
Mashrab", "Mardi xudo", "Avliyoi Haq", "Sohib karomat" kabi nomlar bilan mashhur 
bo‘lgan. Ijodiy merosi "Devonai Mashrab" qissasi, turli tazkira, bayoz va majmualar 
orqali yetib kelgan. M. Namanganda bo‘zchi Valibobo oilasida tug‘ilgan. 7 yoshida 
mullaga o‘qishga berilgan. 1665 y.da Mulla Bozor Oxundga shogird tushgan. So‘ngra 
Yorkentda, qashqarlik Ofoqxo‘ja eshon xizmatvda ilohiyot bilan shugullanib, 7-8 yil 
mobaynida tariqat sulukini o‘tadi. Ibrohim Adham va Mansur Hallojni g‘oyibdan piri 
komil deb bildi. Ijodda Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Imomiddin Nasimiy yo‘lidan 
bordi. Lutfiy, Navoiy g‘azallariga naziralar yozdi, muxammaslar bog‘ladi. M. she’riyatiga 
xos asosiy xususiyatlardan biri Allohga bo‘lgan ishqdir. Uning so‘fiyona she’rlarida ilohiy 
ishq dardi inson iztirob va alamlari, orzu-umidlari bilan hamohangdir. M. ta’kidlashicha, 
odam zotining asosiy nuqsoni "nafsu hirs balosi"ga mubtalo bo‘lganligidir, bu nuqson uni 
ilohiy fazilatlardan mahrum etadi, axloqan tubanlashtiradi, o‘tkinchi mayl-istaklarni 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
187
uyg‘otadi, insoniy xislatlardan, haqiqat, ma’naviyat va ma’rifatdan yIroqlashtiradi. "Nafs 
ajdahosi" komidan xalos bo‘lganlar uchun esa, faqat Alloh - Hakdir, haqiqatdir. Shu bois 
inson faqat Allohni sevishi, unga oshiq bo‘lishi, komil inson bo‘lishga astoydil intilishi, bu 
mashaqqatli yo‘lda barcha uqubatlarga chidashi lozim. Barcha yaxshilik, ezgulik - 
Allohdandir, binobarin Uni sevgan kishi o‘z yaqinlarini, ota-onasini, el-yurtini, jamiki 
yaxshi odamlarni ham sevadi. M. umrining so‘ngga 20 yili darbadarlikda o‘tgan, o‘z 
vatanida haqgo‘y, isyonkor shoir, qalandar sifatida mashhur bo‘lgan. M. turli 
ma’rakalarda, xalq orasida mutaassib ruhoniylarni, zulmkor hokim-amaldorlarni achchiq 
kinoya va nafrat bilan tanqid qilgan. Ulamolar fatvosi va Balx hokimi Mahmud Qatag‘on 
hukmi bilan M. dahriylikda ayblanib, Kunduz sh.da dorga osiladi. M.ning shaxsiyati va 
ijodiyoti o‘zbek adabiyoti rivojiga barakali ta’sir ko‘rsatdi, g‘azallari el xotirasida 
muhrlanib qoldi. Mustaqillik davrida M. tavalludining 350 yilligi nishonlandi (1992). 
Namangan sh.da Mashrab bog‘i va haykali barpo etildi. M.ning tasavvufiy ruhdagi o‘nlab 
she’rlari, "Mabdai nur" asari mo’tabar manbalar asosida birinchi bor nashr etildi. 
 
 
MASHHAD (arab. - shahid bo‘lgan joy) -Erondagi shahar. Muhim tarixiy-madaniy va 
diniy markaz. Shialar rivoyatiga ko‘ra, ularning 8-imomi Ali ar-Rizo shu joyda xalifa 
buyrug‘i bilan o‘ldirilgan, keyinchalik maqbara qurilgan. M. imom Ali ar-Rizo maqbarasi 
tufayli shialarning uch muqaddas shaharlaridan biri (Najaf va Karbalo bilan birga) va 
ziyoratgohi hisoblanadi. M.da abbosiylardan Horun ar-Rashidning qabri bor. Aholisi, 
asosan, to‘qimachilik bilan shug‘ullanadi. Sanoati rivojlangan boy shahar.  
 
 
MASHHAD - shahid ko‘milgan yer, aziz insonlar - Muhammad (sav)ning qarindosh-
urug‘lari va sahobalari, shia imomlari, yirik diniy arboblar, avliyolar mozorini anglatuvchi 
keng tarqalgan nom. Boshqa nomlari - kubba, maqom, mozor, imomzoda. Odatda M. - 
ziyorat qilinadigan joy, bir avliyo uchun ba’zan bir necha joydagi qabr ko‘rsatiladi. M. 
istilohi muqaddas qabrlar joylashgan shaharlar nomlarida ham qo‘llaniladi, mas., 
Mashhad Ali (Najaf), Mashhad al-Husayn (Karbalo), yoxud shahar nomiga aylanadi - 
Erondagi Mashhad (Mashhad ar-Rizo). 
 
 
MA’ZUN ("ruhsat olgan") - xo‘jayinidan savdo-hunarmandchilik faoliyati, jumladan 
uning ishlarini boshqarishga ruhsat olgan qul. Ruhsat etilgan doirada u oldi-sotdi, qarz 
olish va berish, garovga olish va berish, ruhsat etilgan faoliyatini yurgizish uchun zarur 
bo‘lgan erkin yurish huquqini olgan. Boshqa hollarda uning huquqiy ahvoli o‘zgarmagan. 
Ruhsat etilgan faoliyati davomida u qarzdor bo‘lib qolsa, agarda xo‘jayini uning uchun 
qarzni to‘lashni istamasa u holda kul sotilishi mumkin. Xo‘jayin ruhsatnomani bekor 
qilish huquqiga ega, lekin u masjid yoki bozorda bu haqda xalqqa e’lon qilishi lozim. M. 
orttirgan mulk ba’zi huquqshunoslarning srikricha, unga tegishli hisoblangan, 
boshqalarning fikriga ko‘ra esa, xo‘jayinning mulki sanalgan. 
 
 
MA’ARRIY Abu-l-Alo Ahmad (973-1057) -arab shoiri va mutafakkiri. Maarrat an-
Nu’mon sh.da (Suriya) qozi oilasida tug‘ilgan. Bolaligida chechak kasaliga yo‘liqib, ko‘zi 
xiralashadi, so‘ng butunlay ko‘rmay qoladi. Qur’oni karimni yod olib, hofiz bo‘lib 
yetishadi. Ilmini oshirish maqsadida uzoq safarlarga chiqadi. Zamonasining mashhur 
adib va olimlaridan hadis va tafsir ilmini, she’r san’ati va falsafani o‘rganadi. Umrining 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
oxirigacha zohidlikda, uzlatda yolg‘iz yashasa-da, ilm ahdi orasida obro‘-e’tibori juda 
baland edi. Uni ko‘rish, undan saboq olish uchun Sharq mamlakatlaridan o‘nlab ilmsevar 
kishilar uyiga kelib turishardi. M.ning ikki she’riy devoni, "Chaqmoqtosh uchqunlari", 
"Farishtalar haqida risola", "Tavba haqida risola" asarlari, Buxturiy, Mutanabbiy va b. 
shoirlar ijodiga sharxlari bizgacha yetib kelgan. M.ni mashhur qilgan "Ixtiyoriy 
majburiylik" ("Al-Luzumiyyat") nomli ilk lirik-falsafiy devoni 5000 ga yaqin baytdan 
tuzilgan yaxlit asar bo‘lib, unda har bir she’r o‘zidan keyin keluvchi she’r bilan mavzu va 
fikr jihatdan hamohangdir. M. o‘z ijodining bosh mavzuini: "Men she’rlarimda faqat Oliy 
zotni (ya’ni Allohni) ulug‘layman, zero u boshqalarga rahmat ulashib, o‘zi hech bir 
maqtov-madhiyaga muhtoj emasdur", deb ta’riflagan edi. 
M. fikricha, har bir inson ma’naviy jihatdan o‘zini o‘zi takomillashtirib borishi lozim. 
"Tavba haqida risola"da shoir o‘z davridagi tamagir mansabdorlar, nodon kishilar, 
shuhratparast adib-shoirlarni o‘tkir hajv qiladi. Asar qahramoni jannatlar va do‘zaxlar 
ichra sayr etib, u joylarda o‘zining yaxshi va yomon zamondoshlarini uchratadi, ularni 
bir-bir tavsiflaydi. Dante (14-a.) "Ilohiy komediya"ni yozishda mazkur risoladan 
foydalangan bo‘lishi mumkin. M. merosi islomiy madaniyat, ijtimoiy-falsafiy va diniy 
tafakkur cho‘qqilaridan biri bo‘lib, o‘zidan keyingi arab, fors, turk tasavvuf shoirlari 
ijodiga barakali ta’sir etgan. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling