Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet37/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
234
uchun zarur bo‘lgan omillar; 2) insonning o‘sha ishni amalga oshirish uchun yo‘nalishi. 
Inson ayni ushbu ikkinchi narsa, ya’ni ishni amalga oshirish uchun yo‘nalishi tufayli iroda 
va ixtiyor egasi hisoblanadi va ana shu irodasi, ixtiyori uchungina javobgar bo‘ladi. 
Tashqi omillarni yaratish va vujudga keltirishda uning daxli yo‘q. 
"Qadar" so‘zi o‘lchov ma’nosini anglatadi. Islom aqidasida esa, Alloh taolo azalda o‘z ilmi 
va irodasi ila har bir narsani o‘lchovli qilib qo‘yganiga e’tiqod qilishni bildiradi. Ammo, 
ushbu oddiy tushunchaning buzib ko‘rsatilishi oqibatida, Q. va Q. aqidasiga turli noto‘g‘ri 
tushunchalar aralashib ketgan. Zamon o‘tishi bilan, turli omillar sababli islomiy 
tushunchalarga har xil buzuq fikrlar, bid’at-xurofotlar aralashib ketgan. O’sha islomiy 
tushunchalar ichida eng ko‘p buzilgani, hatto teskari ma’noga aylanib ketay degani, Q. 
va Q. tushunchasidir. Aslida esa, bu aqida juda sof va oson tushuniladi. Har bir narsa 
Alloh taoloning xohishi, ilmi, qazoi qadari ila joriy bo‘ladi. Allohning xohishi hamma 
xohishlardan g‘olib. Allohning irodasi hamma irodalarda aks etgandir. Allohning qazosi 
hamma hiylalardan g‘olib kelgandir. U zot xohlagan narsasini qiladi. U zot zinhor zolim 
emasdir. Har bir yomonlik va zulmdan muqaddasdir. U zot qilgan ishidan so‘ralmas, ular 
so‘ralurlar. U zot har bir aybu nuqsondan pokdir. 
Qazodan murod shar’iy qazosi emas, borliq qazosidir. Qazo, iroda, amr, izn, kitob, 
hukm, harom qilish va kalimotlarning har biri 2 qismdan iboratdir: 
1) Kavniy; 2) Shar’iy. Bu 2 qism ham Qur’oni karimda zikr etilgandir. Allohning qazosini 
hech bir zot rad qila olmas. Allohning hukmini hech kim ortga sura olmas. Allohning 
amriga hech kim g‘olib kela olmas. Balki, U zotning O’zi g‘olibdir. U zot yakka-yu 
yagonadir, qahhordir. Xohlaganicha xukm qiladir. Hamma o‘zi xalq qilingan narsaga 
muyassardir. Amallar - nihoyasiga qarab e’tiborlidir. Baxtiyor - Allohning qazosi ila baxtli 
bo‘lgandir. Baxtsiz - Allohning qazosi ila baxtsiz bo‘lgandir. Alloh har bir odamga O’zi 
azaldan o‘sha odam yaratilganidan keyin qilishini bilgan ish va amallarni oson qilib 
qo‘yadi. Amallarnin e’tibori oxiriga qarab bo‘ladi. Ya’ni hayotining oxirida ahli 
jannatlarnin amalini qilgan bo‘lsa, axli jannatlardan bo‘ladi. Agar ahdi do‘zaxning amalini 
qilgin bo‘lsa, ahli do‘zahdan bo‘ladi. Nekbaxtlik ham badbaxtlik ham Allohning inson bu 
dunyoga kelganidan so‘ng qiladigan amallarini bilishi asosida, "Allohning qazosi" bilan 
bo‘ladi. Qadar - yaxshilik va yomonlikni, musibat va rahmatni, xursandchilik va xafalikni, 
o‘lim va hayotni, kufr va imonni, boylik va kambag‘allikni, hidoyat va zalolatni hamda 
boshqa hamma narsalarni Alloh tomonidan tayin qilishdir. Bu taqdirning hikmatini 
Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Qadarga imon keltirish - insonga keladigan 
borliqdagi mavjud yoki oxiratda bo‘ladigan har bir narsa Allohning takdiri, ilmi irodasi va 
belgilashi bilan bo‘lishiga imon keltirishdan iboratdir. Ahli sunna val jamoaning aqidasi, 
har bir narsa Allohning Q. va Q.i bilan bo‘lishidir. Alloh bandalar amallarini xalq qilishidir.  
 
 
QAZO NAMOZI - o‘z vaqtida o‘qiy olmay keyin o‘qilgan namoz. Q. n.ni o‘qiydigan kimsa 
azon aytmaydi, ammo takbir - iqomat aytadi Lekin, qazo namozlarida faqat farz o‘qiladi 
Xufton namozidagi vitr namozi ham qazo sifatida o‘qiladi. 
1 kunning 5 vaqt namozi qazo bo‘lgan bo‘lsa ularni bomdod namozidan boshlab xufton 
namozigacha o‘z tartibi bilan qazosi o‘qiladi 
 
 
QALANDAR - tasavvuf yo‘liga kirib darbadarlik va xayr-ehson bilan kun kechiruvchi 
kishi. Q. istilohi so’fiylarning asarlarida zikru samo’ orqali Allohga ruhan yaqinlashib, 
faqru fanoga va haqiqatga erishish maqsadida o‘z jismini va qalbini poklashga intilgan 
darvishlarga nisbatan qo‘llanilgan. Q. muayyan jamoa (suluk)ga birlashib, uning 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
235
ta’limotini targ‘ib etgan, o‘z murshidi (shayx, eshon yoki piri)ning ko‘rsatmalarini 
bajarishi shart hisoblangan. Urta Osiyoda Qlarning faoliyati bilan boshiq qalandarxona va 
xonaqoxlar mavjud bo‘lgan. 
 
 
QALANDARLIK - so’fiylik-zohidlik harakati. Malomatishshr zoxddlik maktabining 
goyalari ta’sirida yuzaga kelgan. Keyinchalik tsarbadar-gado darvishlar birodarligi 
(tariqati) ham Q. deb atalgan. Q. Xurosonda va O’rta Osiyoda 11 -a. boshlarida yuzaga 
kelib, dastlab aniq tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lmay, tarafdorlari kam edi. Keyinchalik 
ommalashib, sharkda Fargonadan tortib, g‘arbda Iroq va Shom (Suriya)ga qadar keng 
tarqalgan. Naqshbandiylik, yassaviylik, kubroviylik Q.ning mashhur suluklari 
hisoblangan. Q. suluklarining ga’siri Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Eron va Afrikaning 
ayrim mamlakatlarida hozir qam seziladi. 
 
 
QALB, yurak, dil- ilohiyot va tasavvuf tushunchasi. Qur’oni karimda "Q." so‘zi 133 marta 
uchraydi. Q. insonning diniy qaqiqatlarni anglab oladigan, imon va taqvodorlik xislatlari 
jo bo‘lgan a’zosi sifatida tavsiflanadi. Qur’onga ko‘ra, Alloh gunoxkor, imonsiz, zolim 
kimsalarning Q.ini muhrlab qo‘yadi (10:74/75; 7:101/, ularni o‘z marhamatidan, 
haqiqatni bilishdan mahrum etib, do‘zax azobiga mahkum qiladi. Tustariy, Balxiy, Nuriy, 
Termiziy, Razoliy kabi allomalar fikricha, Q. inson ichidagi ilohiy sir bo‘lib, shu tufayli 
inson hatto farishtalardan ham yuqori turadi; Q. Alloh bilan inson muomala qilib 
turadigan joydir; Q. narsalarning tub mohiyatini ko‘ra oladi; xudojo‘ylar Q.i billur singari 
tiniq, gunoxkorlar Q.i esa, aksincha, zang bosgan (83:14) va u haqiqatdan yiroqdir. Q. 
inson xatti-xarakatlarini aks ettiruvchi ko‘zgu bo‘lib, savob amallar uni nurga to‘ldiradi, 
yomon amaplar esa, aksincha, xiralashtiradi. So’fiy o‘z Q.ini "yumshatib", ilohiy 
bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘zini tayyorlab borishi, dunyoviy istaklardan voz kechishi 
zarur. Q. tushunchasi zikr bilan chambarchas bog‘likdir. Zikrda til bilan birga insonning 
barcha a’zolari qatnashadi, Q. esa, ular ichida eng muhimi sanaladi. Zikr tufayli Alloh 
so’fiyning Q.idan joy olib, bajaradigan barcha amallarining birdan-bir sababi va 
harakatlantiruvchi kuchiga aylana boradi.  
 
 
QARMATLAR - ismoiliylarning asosiy shohobchalaridan biri tarafdorlari. Q. harakati 9-a. 
oxirida Jan. Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanga tarqalgan, dehqonlar, 
ko‘chmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Harakat o‘z nomini uning 
rahbari va tashkilotchisi Hamdon ibn al-Ash’asning laqabi Qarmat (yoxud Qarmatuya, 
Qirmit)dan olgan. Uning ma’nosi manbalarda turlicha ("kalta oyoq", "qizil ko‘z" va b.) 
izoxdangan. Biroq, Hamdongacha ham Qarmatiya nomi bor edi, bu esa, Hamdon o‘z 
laqabini o‘sha davrda mavjud bo‘lgan shialikning biron-bir tashkiloti nomidan olgan deb 
hisoblashga asos bo‘ladi. Ular abbosiylar xalifaligiga qarshi qo‘zg‘olonlarga boshchilik 
qilgan. Q. yerga jamoa egaligini, umumiy (qullardan tashqari) tenglik g‘oyalarini targ‘ib 
etishgan. Ular islom marosimlarini bajarmagan, shariat qoidalarini tan olmagan, ularda 
masjidlar bo‘lmagan. Q. musulmonlarning ziyoratgohlari (mas., Ka’ba va u yerdagi "qora 
tosh" - hajar al-asvad)ni bid’at deb hisoblagan. 899 y. Q. Bahraynni bosib olib, al-
Aqsoda (Sharqiy Arabiston) o‘z davlatini tuzgan, bu davlat 11-a. oxirigacha mavjud 
bo‘lgan. 930 y. haj vaqtida Q. Makkaga hujum qilib, uni talon-toroj etishgan, hajga 
borganlarni o‘ldirishgan, bir qismini qul qilishgan, u yerdagi "Qora tosh"ni parchalab, 
o‘lja qilib olib ketishgan (20 yildan so‘ng qaytarilgan). Bu hol keng xalq ommasini Q.dan 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
236
chetlashtirgan. 11-a. oxiri -12-a. boshlarida Iroq va Eronda ularga qarshi shiddatli 
kurash boshlangan va Q. harakati bostirilgan. Keyinchalik Q. ismoiliylarning boshqa 
oqimlariga qo‘shilib, yo‘qolib ketgan. 
 
 
QASOS (arab. birovning qilgan ishiga o‘xshash ish qilish. Birov yurib o‘tgan yo‘ldan 
izma-iz yurish) - qasddan odam o‘ldirganni ham, o‘zi qanday qilib o‘ldirgan bo‘lsa, 
shunday qilib o‘ldirish. 
Q. olish islomdan oldingi johiliyat davrida ham bo‘lgan, ammo, ularda adolatsiz ravishda, 
tarafkashlik ruhida bo‘lgan. Misol uchun, "Ular bizdan 1 kishini o‘ldirsa, biz ulardan 10 
tasini o‘ldirib Q. olamiz, ular bizning qulimizni o‘ldiribdi, biz ulardan hur kishini o‘ddirib 
Q. olamiz, ular bizdan ayol kishini o‘ldiribdi, biz ulardan erkak kishini o‘ldirib o‘ch 
olamiz", qabilida edi. Qur’onda Alloh taolo Q. olishda adolat bo‘lishini, haddan 
oshmaslikni uqtirib: "Ey imon keltirganlar! Sizga o‘ldirilganlar uchun Q. farz qilindi: 
hurga-hur, qulga-qul, ayolga-ayol. Kimga o‘z birodaridan bir narsa afv qilinsa, bas, 
yaxshilik ila so‘ralsin va ado etish ham yaxshilikcha bo‘lsin. Bu Robbingazdan yengillik va 
rahmatdir. Undan keyin kim dushmanlik qilsa, unga alamli azob bor", degan (2:178). 
Ya’ni, qasddan odam o‘ldirganlardan Q. olish farz qilindi. 
Lekin oyati karimaga binoan, odam o‘ldirgan shaxsni qasos uchun, albatta, o‘ldirish 
shart emas, balki o‘likning egalari kechib yuborsa, o‘ldirmay qo‘yib yuborsa, o‘rniga xun 
puli olsa ham bo‘ladi. Bunda o‘lik egasi haqqini yaxshilik bilan so‘rashi lozim, aybdor 
taraf ham ularning haqqini yaxshilik bilan ado etishi zarur. Q. o‘rniga xun puli olishni 
joriy qilish ham Parvardigori Olam tomonidan berilgan yengillik va rahmlilikdir. Q. 
olishda kishilar uchun hayot bor ekan. Q. qalbdagi nafratni qondirish emas, balki oliy 
maqsad - hayot davomiyligi uchun. Q. olish yo‘lga qo‘yilsa, inson hayotini saqlab 
qolishda katta ish qilingan bo‘ladi. Chunki, har bir odam boshqa birovni o‘ddirsa, Q.iga 
o‘zining ham o‘ldirilishini biladi va hech qachon odam o‘ldirishga qo‘l urmaydi. Bir 
kishining hayotiga qasd qilish, umuman, hayotga qasd qilish bilan barobardir. Jinoyatchi 
bir kishining hayotiga qasd qilsa, umuman, hayotga qasd qilgan bo‘ladi. Shuning uchun 
buning jinoyati kuchli bo‘lib, Q. olinadi. Q. olish haqidagi hukmning o‘zi jinoyatchini 
hushiga keltirib qo‘yadi. Oz sonli qotillardan Q. olish, ko‘plab begunoh kishilarning 
hayotini saqlab qoladi.  
 
 
QAFFOL SHOSHIY (to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali al-Qaffol ash-Shoshiy al-
Kabir; 904-976) - shofi’iylik mazhabining yetakchi olimlaridan biri, muhaddis, faqih, 
adib, shoir. Hazrati Imom (qisqacha - Hastimom) nomi bilan mashhur. Manbalarga 
ko‘ra, u og‘irligi 0,5 g keladigan ajoyib qulf-kalit yasagani uchun "Qaffol" ("Qulfchi") 
laqabi berilgan. Chukur bilimi, ulkan ishlari evaziga Imom al-Kabir (ulug‘ imom) deb 
ta’riflangan. Shosh (Toshkent)da hunarmand oilada tug‘ildi, bolalik va yoshlik yillari shu 
yerda o‘tdi. Taniqli muhaddis va ilohiyotchi Haysam ibn Kulayb qo‘lida ta’lim oldi. Arab 
Sharqi mamlakatlari bo‘ylab uzoq safarda bo‘ldi, ancha vaqt Bag‘dodda yashadi. 
Mashhur imom Abul Abbos Ahmad ibn Umar ibn as-Surayjiy (850-918)ning shogirdi 
bo‘lgan. Xalifalikda turli lavozim, vazifalarni ado etgan. Q.Sh. Movarounnahrda, xususan, 
Shoshda shofi’iylik mazhabini targ‘ib etib, diniy bilimlarning tarqalishiga, shariat asoslari 
qaror topishiga hissa qo‘shdi. Uning qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid "Odob 
al-bahs" ("Bahs odobi"), "Husni jadal" ("Dialektika go‘zalligi") kabi asarlari islom olamida 
ma’lum va mashhur bo‘lgan. Q.Sh. she’rlar ham yozgan. Ulardan ayrim parchalar olim 
as-Subkiyning "Tabaqot ash-Shofi’iya" ("Shofi’iylik mazhabi darajalari") kitobi orqali 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
237
saqlanib qolgan. 
Q.Sh. Toshkentda vafot etgan. Uning qabri ustiga Temuriylar avlodidan G’ulom Husayn 
maqbara kurgan (1541-42). Bu maqbara o‘tgan asrda ta’mirlandi. Q.Sh. me’moriy 
yodgorligi tabarruk qadamjo hisoblanadi.  
 
 
QA’DA (arab. - o‘tirish) - 1) namozning bir qismi, o‘tirgan holda ibodat kdgshsh holati; 
2) o‘zbeklarda vafot etgan yaqin kishisini xotirlash munosabati bilan ayollar tomonidan 
o‘tkaziladigan odat. 
 
 
QIBLA (arab. "qarshi tomonda turgan narsa") - musulmonlar namoz vaqtvda qarab 
turadigan tomon. Dastlab Muhammad(sav) va uning tarafdorlari Quddus (Ierusalim) 
tomonga qarab namoz o‘qishgan. Hijriy 2-yili (624) Makkadagi Ka’ba (Baytulloh) Qur’on 
oyati ila (2; 144) barcha musulmonlar uchun Q. qilib belgilangan. Islomda Q. muqaddas 
hisoblanadi. Har bir musulmon qaerda bo‘lmasin, albatta, Q. tomonga qarab namoz 
o‘qiydi. Masjidlarda mehrob Q. tomonga qaratib o‘rnatiladi. Islomdagi ko‘p marosimlar 
ham, odatda, Q.ga qarab bajariladi. Marhum ko‘milganda ham yuzi Q.ga qaratib 
qo‘yiladi. Islom shariati Q. tomonni ulug‘laydi, Q. tomonga oyoklarni uzatib o‘tirish va 
yotish odobsizlik hisoblanadi. Bizning O’zbekistonga nisbatan Q. jan.-g‘arb tomonda 
bo‘lib, kompas mili G’arb nuqtasidan 14 gradus chap tomonga qaytishi kerak. Q. qaysi 
tomondaligani bilolmagan va so‘rashga odam topa olmagan kishi taharriy qiladi, ya’ni 
dili tortgan tomonni hech ikkilanmay Q. deb jazm qilib o‘qiy beradi, keyin Q. aniqlansa 
ham qayta o‘qimaydi. 
 
 
QIYOMAT (arab. - o‘liklarning tirilishi, tik turish, o‘rindan turish) - dunyoning tugashi 
haqidagi diniy ta’limot. Islomda oxirat aqidasini tashkil etadi. Bu ta’limot Qur’on 
suralarida oxirat kunining boshlanishi bilan bog‘liq dahshatli hodisalar, barchaning halok 
bo‘lishi, keyin odamlarning tirilishi, o‘rindan turishi, birma-bir so‘roq qilinib, savob va 
gunoxlar o‘lchanishi, shunga qarab odamlarni jannatga yoki do‘zaxga kiritilishi, do‘zax 
azoblari va jannat rohatlari va sh.k.da batafsil bayon etilgan (yana q. Oxirat).  
 
 
QIYOS (arab. - taqqoslash) - shariat manbalaridan biri (Qur’on, sunna, ijmo’dan so‘ng 
4-si). Q.da dastlabki 2 manba - Qur’on va sunnada berilmagan biror huquqiy masala 
ulardagi shunga o‘xshash masala bo‘yicha berilgan ko‘rsatmaga taqqoslash yo‘li bilan 
sharh etilgan. Mas., araqning shayton ishi ekanligi, urush-janjal, adovat chiqarishi 
sababidan, u Qur’oni karimda man etilgan. Arakdan boshqa mast qiluvchi ichimliklar 
haqida biror narsa aytilmagan. Lekin mujtahid ulamolar mast qiluvchi ichimliklarning 
hammasida ham araq kabi salbiy natijalar bo‘lishini hisobga olib, unga Q. qilganlar va 
harom deb hukm chiqarganlar. Q. faqihlar huquqini kengaytirib, shariatni turmushning 
turli tomonlariga tatbiq etishga imkoniyat bergan. Shu bilan birga Q. islom dinini zamon 
va taraqqiyot ila yonma-yon yurishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Q.ning manba 
sifatida kiritilishi shariatning huquq tizimi sifatida shakllanishi va ruhoniylar, faqihlar 
mavjud munosabatlarni himoya qilishdagi mavqeining oshishidan dalolat berar edi. 
Islom huquqshunosligida hozirda ham Q.ga amal qilinadi.  
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
238
QIROAT (arab. - o‘qish) - islom an’anasida Qur’on oyatlarini tajvid qoidalariga rioya 
qilgan holda, o‘ziga xos ohangda o‘qish. Q.lar ichida islom olamida eng ko‘p tarqalib, 
singab ketgani - Imom Hafs (805 y. v.e.) rivoyati bilan naql qilingan Imom Osim (744 y. 
v.e.) Q.idir. Qur’oni karimning barcha mamlakatlarda qayta-qayta nashr etilayotgan Misr 
nashri (1919, 1923, 1928) aynan mana shu Q.ga asoslangan. Bizning diyorimiz 
musulmonlari o‘rtasida ham qadimdan shu Q. ta’lim berib kelinadi. Qur’onni tajvid 
qoidalariga mos hodda eng yoqimli ohangda Q. qilish bo‘yicha Misr qorilari dunyoda 
birinchi o‘rinda. Q. bilan tilovat o‘rtasidagi farq shuki, Q. ilohiy oyatlar, vahiyni o‘qishga 
ham, inson tomonidan bitilgan yozuv va she’rlarni o‘qishga ham qo‘llanaveradi. Tilovat 
esa, asosan vahiy etilgan oyatlarni o‘qishga ishlatiladi.  
 
 
QOBIL VA HOBIL - Odam (as)ning farzandlari; ularning qissasida ko‘pgina ibrat va 
hikmatlar bo‘lganidan, Qur’oni karimda zikr qilingan. Qobil qalbi xasta, yomonlikka 
moyil, tama’ va gunohga intiluvchi, haq hukmiga unamay sarkashlik qiladigan inson edi. 
Uning ukasi Hobil esa, haqqa bo‘ysunuvchi, solih, taqvoli edi. Q. va H. o‘rtasida paydo 
bo‘lgan ixtilof yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash bo‘lib, Qobil o‘z ukasi Hobilni 
qatl qilishi bilan tugaydi. Ular orasida ixtilof paydo bo‘lishining sababi haqida 2 xil rivoyat 
keltirilgan. 1-rivoyatda aytilishicha, "Hobil qo‘ychilik bilan Qobil esa, dexqonchilik bilan 
mashg‘ul edi. Ulardan har biri o‘zidagi bor narsani Alloh yo‘lida kurbonlik qilishga jazm 
etadi. Hobil qo‘ylarining ichidan eng yaxshisini qurbonlikka tanladi. Qobil esa, kurbonlik 
uchun sifati eng past bo‘lgan bug‘doydan ajratadi. Ikkalasi ham Alloh uchun atagan 
kurbonligini bir joyga qo‘ydilar. Shunda osmondan o‘t tushib Hobilning atagan 
qurbonligini yedi-yu, Qobilning qurbonliga qoldi. Qobil ukasi Hobilning kurbonligani Alloh 
qabul etib, o‘zining qurbonligani qabul etmagani uchun unga nisbatan hasad qilib, o‘z 
ukasini o‘ldiradi". 
2-rivoyat esa quyidagicha: "Odam (as) har farzand ko‘rganida 1 o‘g‘il va 1 qiz tug‘ilar 
edi. Ilgari tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga 2-vaqtda tug‘ilgan qizni olib berar va shu tarzda 
insonlar ko‘payar edi. Xuddi shunday Q. va H. ham 1 qiz bilan egaz tug‘ildilar. Qobil 
bilan tug‘ilgan qiz nihoyatda chiroyli edi. Odam (as) qoidaga ko‘ra, bu qizni Hobilga 
bermoqchi bo‘ldi. Lekin Qobil bunga ko‘nmay: "Bu mening singlim, o‘zim olaman, Hobil 
ham o‘z singlisini olsin. Bu ishni siz o‘z fikringaz bilan qilyapsiz, Alloh sizni bunga 
buyurgani yo‘q", deb e’tiroz bildirdi. Shunda Odam (as) u ikkoviga qarata: "Siz 
ikkovingiz ham Alloh yo‘lida qurbonlik qilinglar, qaysi biringazni qurbonligangaz qabul 
bo‘lsa, bu qizni o‘shanga berurman", dedi. Alloh osmondan olov tushirdi. Bu olov 
Hobilning qurbonligani yutgach, akasi Qobil uni hasad qilib o‘ldirdi". Bu hakda Moida 
surasi 27-31 oyatida bayon qilingan.  
 
 
QODYONIYLIK - q. Ahmadiya.  
 
 
QODIRIYLAR, qodiriya- so’fiylik tariqati. 12-a.da Iroqda Abdulqodir Giloniy (1077-
1166) asos solgan. Q.ning markaziy qarorgohi Bag‘dodda. Bu maskanga Abdulqodir 
qabri ustiga qurilgan madrasa, rabot va masjid kirib, Bag‘dodning asosiy qadamjolaridan 
biri hisoblanadi. Q. qarashlari jihatdan sunniylik oqimiga mansub, ular alohida 
guruhlardan tashkil topgan. Q. tasavvuriga ko‘ra, tariqat asoschisining tariqatga a’zoligi 
davom etaveradi, u tariqat tarafdorlarini vositachi orqali boshqaradi. Q.ning bir guruhi 
Abdulqodir Giloniyni ilohiylashtirgan. Q.da hamma a’zolar uchun majburiy bo‘lgan 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
239
alohida tasavvuf yo‘li yo‘q. Hoz. vaqtda Sharqiy va Shim. Afrikada, Sudan, Iroq va 
Pokistonda Q.NING mavqei kuchli (Iroq va Pokistondagi Q. guruhi Bag‘doddagi maskanni 
tariqatning markazi deb e’tirof etadi). Q.ning tashkiliy asosi mustaqil mazgil (xonaqox, 
rabot, zoviya) hisoblanadi, uni boshqarish an’ana bo‘yicha nasldan naslga o‘tadi. Q.ning 
ijtimoiy tarkibi har xil bo‘lgan. Ular jamoa bo‘lib (samo, xadra, layliyo), ovoz 
chiqarmasdan alohida (zikri xafiy) holda hamda baland ovozda (zikri jali) umumiy zikr 
tushishgan. Tariqat a’zolari boshlariga kigaz telpakcha kiyib yurgan. Telpakchada Q.ning 
timsoli -uch qator gulbargli yashil gul bor. Abdulqodir Giloniy sharafiga har yili bo‘ladigan 
tantanalar ularning asosiy bayramidir. 
 
 
QODISIYA JANGI - Sa’d ibn Abu Vaqqos qo‘mondonligi ostidagi islom qo‘shini bilan 
Xuroson hokimi Rustam ibn Farruhzod qo‘mondonligidagi sosoniylar qo‘shini o‘rtasida 
Xira yaqinidagi Qodisiya qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan jang (636 y. sentyabr; boshqa 
ma’lumotlarga ko‘ra, dekabr oyi yoki may oyining oxiri, iyunning boshi). Q.j. uch kecha 
kunduz davom etgan va islom lashkarining g‘alabasi bilan tugagan. Musulmonlar qo‘liga 
Eronning davlat bayrog‘i tushgan. Bu bayroq qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bo‘lib, 
uni 1 mln. oltin dirhamga baholashgan. Q.j.da b ming arab jangchisi va 10 ming fors 
askari halok bo‘lgan. Sa’d ibn Abu Vaqqos jangdan so‘ng 2 oy davomida Qodisiyada 
qolib, Umar. (ra)dan keyingi harakat rejalari haqida tegashli farmon kutgan.  
 
 
QOZI (arab. - tayin qiluvchi, xukm chiqaruvchi) - musulmonlar amaldor-hakamining 
umumiy qabul qilingan nomi, hukmdor tomonidan tayinlab, shariat asosida sudlovni 
bajaradi Dastlabki Qlarni xalifa Umar ibn Xattob Madina, Basra, Kufada tayinlagan. 
Shundan so‘ng Q.lar yirik shaharlar va viloyatlarda. harbiy yurishlar vaqtida esa, 
qo‘shinlarda ham tayinlana boshlagan. Q.ni faqat xalifa tayinlashi mumkin edi, u oliy 
huquqiy nufuzli odam hisoblanadi. Q.ning hukmi ustidan xalifaga shikoyat qilish mumkin 
bo‘lgan, bunday shikoyat natijasida Q. ishdan bo‘shatilishi mumkin edi. 8-a.ning 2-
yarmida oliy Q. - qozi ul-quzot lavozimi joriy qilindi, unga xalifa nomidan xalifalikdagi 
barcha Q.larni tayinlash va ularning hukmi yuzasidan da’volarni qabul qilish xuquqi 
berildi. 
Xalifalikdan mustakdl musulmon davlatlari paydo bo‘lishi bilan bu davlatlarning 
hukmdorlari o‘zlari Q. va qozi ul-quzotlarni tayinlay boshladilar. Biroq, xalq va ko‘p 
faqihlar ko‘z o‘ngida xalifaning tasdiqdashisiz ularning tayinlanishi haqiqiy 
hisoblanmagan va bu xildagi tasdiqlashni talab etish tartibi, hamma joyda bo‘lmasa 
ham, 12-a.gacha saqlanib qolgan. Amalda Q, lavozimini o‘z obro‘siga dog‘ tushirmagan. 
idrokli va shariatni yetarlicha biladigan. yaqqol ko‘rinib turgan jismoniy nuqsoni 
bo‘lmagan sog‘lom har bir musulmon egallashi mumkin bo‘lgan. Q. davlat gaznasidan 
ta’minlab turilgan. O’z shahri yoki viloyatidaga barcha fuqarolik va jinoiy ishlarni olib 
borish. jamoatchilik axloqi saqlanishini nazorat qilish, zarur bo‘lgan takdirda odamlar va 
mulkka vasiylikni tayinlash, vaqf mulklarini nazorat qilish, jamoat binolari va inshootlar, 
yo‘llar, ko‘chalar va maydonlarning holatini kuzatib turish, meros bo‘linishini va 
vasiyatga rioya qilinishini, Q. hukmlari to‘g‘ri bajarilishi va to‘g‘ri jazo belgilanishini 
kuzatish, huquqni muhofaza qilish idoralari va turma nozirlarini nazorat qilish, zakot, 
sadaqa va b. jamoat mablag‘lari to‘g‘ri yig‘ilishi hamda taqsimlanishini kuzatib borish 
kabi ko‘p ishlar Q-ning vazifasiga kiradi. Qo‘shinlar Q.si bulardan tashqari hukmdor 
nomidan muqaddas urush (jihod) e’lon qilishi, qo‘lga kiritilgan harbiy o‘ljani baholashi va 
uning to‘g‘ri taqsimlanishini kuzatishi kerak. Qo‘shinlar Q.si harbiy huquqni yaxshi bilishi 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling