Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet33/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
208
MUQQARRABUN (arab. - yaqinlashtirilganlar) - Qur’onda to‘rt bosh farishta (Jabroil, 
Azroil, Mikoil, Isrofil)ning umumiy nomi. Islom aqidalarida ular Allohga eng yaqin 
farishtalar deb ta’riflanadi.  
 
 
MUG’AYRA ibn SHU’BA (? - 666) -sahobalardan. Kufadaga saqafiy qabilasidan. Umar 
(ra) uni Basra hokimi etib tayinlaydi. Yarmuk jangida bir ko‘zidan ayrilgan, Nihovand va 
Qodisiyya janglarvda ishtirok qilgan. Keyin Kufa hokimi bo‘lib, shialar va xorijiylar 
orasida yuz bergan fitnalarni bostirgan. 
 
 
MUG’IYRIYLAR, al-Mug‘iriya - "o‘ta" shialar jamoasi, Mug‘iyra ibn Sa’id al-Ijliy 
izdoshlari. Xolid ibn Abdulloh al-Kasriyning Iroqdagi noibligi davrida (724-738) Mug‘iyra 
Kufada o‘zini "payg‘ambar", Muhammad ibn Abdullohni mahdiy deb ochiqdan-ochiq 
da’vo qilib chiqqan. 
Noibning amriga ko‘ra, Mug‘iyra va uning bir guruh izdoshlari qo‘lga olinib, gulxanda 
yoqilgan (736 y.). Mug‘iyra tarafdorlari Ja’far as-Sodiqning imomligini tan olmaganlar, 
ularning fikricha, imom Muhammad al-Boqir (732 y. v.e.) imomlikni Mahdiy kelishigacha 
Mug‘iyraga vasiyat qilgan. 762 y. imomlik uchun kurashda Muhammad ibn Abdulloh 
halok bo‘lgan, biroq M. va unga imom sifatida qasamyod qilgan abbosiy shialarning bir 
qismi uning vafot etganini inkor etganlar, ularning fikricha, uning qiyofasidagi shayton 
o‘ldirilgan, uning o‘zi esa, tog‘larga yashiringan va aynan uning o‘zi, Muhammad (sav)ga 
ismdosh bo‘lgani tufayli, Mahdiy sifatida qaytadi. Shundan ularning boshqa bir atalishi - 
muhammadiylar kelib chiqqan. 
 
 
MUHADDIS (arab.- hadis rivoyat qiluvchi) -hadislarni to‘plash, saralash va sharxlash 
bilan shug‘ullangan ilohiyotchi. Muhammad (sav) vafotlaridan keyin hadislarni to‘plash 
keng an’anaga aylana boshlashi natijasida ilohiyotchilarning bir qismi bu sohada 
ixtisoslashgan va ular M.lar deb nom olgan. Hadis to‘plamlari islom an’anasida e’tibor 
qozonib, M.lar (mas., Muhammad al-Buxoriy, Muslim'ibn al-Hajjoj, Ibn Moja va b.) islom 
tarixida mashhur bo‘lib ketgan. Islomda hadis Qur’ondan keyingi ikkinchi manba 
hisoblanadi. 
 
 
MUHAMMAD (sav), Ahmad ibn Abdulloh (570/571 - 632) - islom dini payg‘ambari va 
musulmonlarning birinchi jamoasi asoschisi. Musulmonlar e’tiqodiga ko‘ra, Allohning 
oxirgi payg‘ambari va uning elchisi. U zot orqali odamlarga Qur’on nozil qilingan. Islom 
ta’limotiga ko‘ra, M. nomlarini aytgan yoki eshitgan kishi "sallalohu alayhi vasallam" 
(sav) - "unga Allohning rahmat va salomi bo‘lsin" yoki "alayhissalom" - "unga salmlar 
bo‘lsin" deb salovat aytib qo‘yish vojib hisoblanadi. Quraysh qabilasining hoshimiylar 
urug‘iga mansub, Makkada uncha boy bo‘lmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin 
oilada tug‘ilganlar. M. (sav)ning bolalik va o‘smirlik yillari haqidagi ma’lumotlar juda 
kam. M. (sav) go‘dakliklaridayoq yetim qolganlar; otalari Abdulloh - payg‘ambar (as) 
tug‘ilmaslaridan avval, olti yoshliklarida esa - onalari Omina vafot etgan. So‘ng M. 
(sav)ni o‘z tarbiyasiga olgan bobolari Abdulmuttalib ham ko‘p o‘tmay olamdan o‘tadi. 
Yetim bolani tarbiya qilishni amakilari Abu Tolib o‘z zimmasiga oladi. 12 yoshlarida M. 
(sav) bir muddat Abu Tolibning podasini boqadilar, keyin tijorat ishlariga jalb qilinganlar. 
21 yoshlarida Abu Tolib M. (sav)ni Huvaylid ibn As’adning qizi, badavlat beva ayol 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
209
Xadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo ishlari bilan shug‘ullangan 
M. (sav) Suriyaga safar qilganlar. xususan. Xalab va Damashq shaharlariga boradilar. M. 
(sav) 595 y. 25 yoshda 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanganlar. Xadicha 
hayotligada M. (sav) boshqa xotin olmaganlar. M. (sav)dan Xadicha uch o‘g‘il (Qosim, 
Tohir, Tayyib) va to‘rt qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) ko‘rgan. O’g‘illari 
go‘dakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagana M. (sav) avlodlarini davom ettirgan. 
Xadicha vafotidan so‘ng M. (sav) bir necha bor uylanganlar (lekin, Oishadan boshqa 
bokira qiz xotin olmaganlar), ulardan farzand ko‘rmaganlar. Faqat joriyalari Moriyadan 
Ibrohim ismli o‘gil bo‘lgan. U ham juda yoshligida nobud bo‘lgan. M. (sav) qirq yoshga 
to‘lganlarida o‘zlarini boshqacha seza boshlaganlar. Yolg‘izlikni qo‘msab, Makka yonidagi 
Hiro tog‘ida joylashgan g‘orga borib ibodat bilan mashg‘ul bo‘lar, o‘yga tolardilar. Taxm. 
610-y.da M. (sav) Makkada o‘zlarining xudodan vahiy olayotganlarini e’lon qiladilar. Buni 
birinchilardan bo‘lib Xadicha, M. (sav)ning amakivachchalari Ali ibn Abu Tolib hamda 
asrandi g‘illari Zayd ibn Horisa e’tirof etib imon keltirishgan. Ko‘p o‘tmay, Makkaning eng 
nufuzli savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn 
Avf va Usmon ibn Affon M. (sav)ning chin payg‘ambar deb tan olishgan. M. (sav) 
izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning qolgan aholisi
ayniqsa, nufuzli qurayshiylar esa, M. (sav) ta’limotlarini ochiqdan-ochiq dushmanlik bilan 
qarshi olgan. Buning natijasida M. (sav) tarafdorlaridan 11 xonadon (50 ga yaqin odam) 
Habashiston (hoz. Efiopiya)ga ko‘chib ketgan. M. (sav) jamoalariga jasur jangchilar 
sifatida tanilgan Hamza bilan Umarning qo‘shilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni 
vaqtda quraysh zodagonlarining M. (sav) va u zotning tarafdorlariga dushmanligi yanada 
kuchaydi. 620 y.da Xadichaning, so‘ngra Abu Tolibning vafotidan so‘ng Makkada vaziyat 
yomonlashadi, M. (sav) muayyan xatar ostida qoladilar. Har yilgi an’anaviy Makka 
ziyoratiga kelgan Yasrib (hozirgi Madina sh.)lik Avs va Xazraj qabilalarining vakillari M. 
(sav) bilan uchrashib, sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga va’da berishadi, M. (sav)ni 
Yasribga ko‘chib borishga da’vat qilishadi. Avval M. (sav)ning izdoshlari (ashoblar) o‘z 
oilalari bilan quraysh zodagonlaridan maxfiy ravishda guruh-guruh bo‘lib ko‘chadi. 
Oxirida M. (sav)ning o‘zlari Abu Bakr (ra) bilan jo‘nab ketadilar. 622 y.da yuz bergan bu 
ko‘chish payti (arab. xijra)dan musulmonlar erasi - hijriy yil hisobi bolshanadi. Dastlab, 
ko‘pchilik Makkalik musulmonlar, keyinchalik M. (sav)ning o‘zlari ham Yasribga ko‘chib 
o‘tishgan (Rabiul avval oyining 12 yoki 8-sanasida yoki 622 y.ning 24 yoki 22 sent.ida). 
Yasrib Madinat an-Nabiy ("Payg‘ambar shahri") yoki shunchaki, Madina deb atala 
boshlandi. M. (sav) jamoaning oddiy da’vatchisidan siyosiy yetakchisiga aylanganlar. 
Asta-sekin Makkadan M. (sav) bilan birga ko‘chib kelgan musulmon - muhojirlar va 
madinalik musulmon ansorlar M. (sav)ning asosiy tayanchlari edilar. 
Shanba o‘rniga musulmonlar uchun jamoa bo‘lib namoz o‘qiladigan juma kuni 
belgilanadi. Ka’ba muqaddas haj ziyoratgohi deb e’lon qilinadi. U islom dinining asosiy 
ziyoratgohi, ibodat qiluvchilar o‘sha taraf (Qibla)ga qarab ibodat qiladigan bo‘ldilar. 
Madinada birinchi masjid, M. (sav) uylari quriladi, musulmon arkonlari (aqoid) -ibodat, 
tahorat, ro‘za, namozga chorlash - azon xayr-ehson ehtiyojlari uchun zakot yig‘ish 
qoidalari ishlab chiqila boshladi. M. (sav) Allohning elchisi, odamlarga ilohiy yo‘l-yo‘riq 
va qonunlarni yetkazuvchi payg‘ambar deb taniladilar. Madinada M. (sav) atroflariga 
birlashgan muhojir va ansorlardan iborat musulmonlar jamoasi (umma) vujudga keldi. 
Bu jamoa Arabistonda azaldan hukm surib kelgan qon-qarindoshlikdan iborat urug‘-
qabilachilik birlashmalari asosida emas, balki yagona diniy ta’limot asosida vujudga 
kelgan edi. Umma diniy ruhdagi uyushma bo‘lib, M. (sav) ayni vaqtda jamoaning ham 
diniy, ham dunyoviy, ham harbiy rahbari edilar. Hijradan so‘ng bir necha yil davomida 
Madina va atrofdagi arablar islomni qabul qilib, jamoaga a’zo bo‘lib kirishdi. Shahardagi 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
210
yahudiylar musulmonlar bilan tuzgan ahdnomani buzgani uchun qisman haydab 
chiqarildi, bir qismi qirib yuborildi. Shunday qilib, M. (sav) diniy ta’limot, marosimlar va 
jamoani uyushtirishning asosiy tartib qoidalarini shakllantirganlar. Bu qonun-qoidalar 
keltirilgan vahiylarda kisman M. (sav)ning va’zlari, xatti-harakatlari va qarorlarida o‘z 
aksini topdi. 
Madina davrining avval boshidan jamoani jipslashtirish va uni kengaytirishning 
shakllaridan biri makkalik mushriklarga qarshi kurashish edi. 623 y. musulmonlarning 
Makka savdo karvonlariga hujumlari boshlandi. Makkaliklarga qarshi uyushtirilgan 
iqtisodiy urush, ular farovonliganing asosiy manbai bo‘lgan savdo karvonlari ishini 
chippakka chiqardi. 624 y.da Badr qudukdari oldida, (q. Badr jangi) 625 y.da Uhud tog‘i 
etagida (q. Uhud jangi) janglar bo‘ldi. 626 y.da makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil 
zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. M. (sav) Madinani uzoq qamal 
sharoitiga tayyorladilar, shahar atrofiga chukur xandaqlar qazildi va u yerlarga kamonchi 
o‘qchilar joylashtirildi. Qattiq to‘zonli shamollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida 
nizolar boshlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu g‘alaba Madina jamoasini 
yanada jipslashtirish bilan birga, unga yangi-yanga badaviy qabilalarning qo‘shilishiga 
olib keldi. Hijraning 6-yilida makkalik quraysh zodagonlari mavjud muammolarni 
kelishuvchilik yo‘li bilan bartaraf etish uchun M. (sav) bilan tengma-teng muzokara olib 
borishga majbur bo‘lishdi. Xususan, Xudaybiyada muhim bitim tuzildi: unga ko‘ra, 
makkaliklar kelgusi yili Madina musulmonlarining Ka’ba ziyoratiga to‘sqinlik qilmaslik, 
ular Makkaga kelgan kunlari shahardan tashqariga chiqib turish majburiyatini oldi. 
Madinaliklar o‘z navbatida bundan buyon Makka karvonlariga tegmaydigan bo‘ldi. Bu 
davrga kelib makkaliklarning G’arbiy Arabistondagi siyosiy ta’siri tobora zaiflasha 
boshlagan edi. Shu sharoitda Makka hukmron doiralari M. (sav) jamoasi bilan 
munosabatlarni mustahkamlash zarurligini tushuna boshladi, Madinaga qarshi 
kurashning yetakchilaridan biri bo‘lgan Abu Sufyon M. (sav) tarafiga o‘tdi. 630 y.da 
Makka M. (sav)ga jangsiz taslim bo‘ldi, islomning diniy markaziga aylandi. Ka’ba ichidagi 
butlar va sanamlar buzib tashlandi, u yangi dinning eng muqaddas sajdagohiga 
aylantiriddi, bu yerga ziyorat (haj) qilish bu dinning shartlaridan biri deb e’lon qilindi. 
Makkaliklarning o‘zlari esa M. (sav) jamoalariga qo‘shildi. Bu hol M. (sav) jamoalarining 
badaviylarga ta’sirini yanada kuchaytirishda va ular o‘rtasida islomni kengroq yoyishda 
muhim ahamiyat kasb etdi. 631 y.da ko‘p qabilalar M. (sav)ga bo‘ysundi va islomni 
qabul qildi. Hijraning 10-yili (632 y. martida) M. (sav)o‘z oila a’zolarini olib, Madina 
atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va oxirga marta ziyorat 
(haj)ga bordilar. Buni islomda hajjat ul-vado’ deyiladi. Mana shu ziyorat Makkaning 
islom diniy markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. O’shandan buyon o‘tgan 
barcha asrlar davomida musulmonlar Makkani ziyorat qiladi. Ana shu ziyoratdan uch oy 
keyin uzoq davom etmagan kasallikdan so‘ng M. (sav) Madinada vafot etadilar. 
Payg‘ambar (as)ni o‘z hujralariga dafn qilishgan, maqbaralari keyinchalik u yerda 
qurilgan katta masjid ichiga olingan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan. 
M. (sav)ning hayotlari va tarjimai hollari Siyrdyaa, u zotning so‘zlari va qilgan ishlari 
haqidagi rivoyatlar Hadislarda bayon etilgan. Islom ta’limotida M. (sav) komil inson 
sifatida ta’riflanadilar. Sunnada payg‘ambar (as)ning hayotlari barcha musulmonlar 
uchun namuna bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi. Islom an’anasida M. (sav) hech qanday 
g‘ayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasliklari, balki hamma kabi oddiy odam, lekin 
Allohning chin va oxirgi paygambarlari ekanliklari qayd etiladi. M.(sav)ning shaklu 
shamoillari, siyratu sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa payg‘ambarlardan farq etadigan 
xususiyatlari to‘g‘risida birga yurgan, suhbatlaridan bahramand bo‘lgan sahobalar 
hamda nikohida bo‘lgan ayollari tomonidan naql qilingan rivoyatlar asosida ko‘plab 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
211
asarlar bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning "Shamoili nabaviya", Muhammad 
Busiriyning "Qasidai burda", Abu Ja’far Barzanjiyning "Mavlidin-Nabiy", Muhammad ibn 
Solihning "Muhammadiya", Mavlono Mu’inning "Siyari sharif", Akbarobodiyning "Nodirul-
me’roj", Sayyid Mahmud Taroziyning "Shirin kalom", "Nurul kalom", "Nurul-basar" va b. 
ko‘plab mualliflarning asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom Termiziyning 
"Shamoili nabaviya" kitobi ular ichida kadimiyligi va rivoyatlarining sahixdigi bilan ajralib 
turadi. Unda M.(sav)ning jismoniy va axloqiy xususiyatlariga batafsil ta’rif berilgan. 
Mas., ikki kiftlari o‘rtasida "Muhammadun-Rasululloh" deya bitilgan muhri nubuvvatlari 
bo‘lgani, soch-soqollarining oku qorasi nechta bo‘lganidan tortib, kiyim-kechaqlari, oyoq 
kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-qalqonlari, salla-choponlari, yegan va yoqtirgan 
taomlari, ovqatdan oldin va keyin o‘qigan duolari, suv ichishlari, xushbo‘y narsalarni 
iste’mol qilishlari, so‘zlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-mutoyibalari
musiqa va she’riyatga munosabatlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari, 
yotish-turishlari, tibbiyotga munosabatlari, kundalik tirikchiliklari, nomu laqablari, 
umrlarining mikdori, xastalik va vafotlari, qoldirgan meroslari va b. sifatlari to‘g‘risida 
alohida-alohida bob va fasllar orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari to‘g‘risida 
jumladan shunday naql qilinadi: "Ul zotning bo‘ylari unchalik novcha ham, past ham 
emas, bosh, qo‘l, oyoq va kiftlari yo‘g‘on, yuzlari qizg‘ish, ko‘zlari katga, oqi juda oq, 
qorasi o‘ta qora, o‘tkir, sochlari quloqlarining yumshoqdarigacha yopib, yelkalariga 
tegib-tegmay turar, bo‘yinlari sochlari orasidan tovlanib, go‘yo kumush ko‘zadek ko‘rinib 
turar, terlasalar, marjondek terlaridan muattar hvd taralar, biror kishiga qayrilib 
qaramoqchi bo‘lsalar boshlarinigana burib qaramay, balki butun gavdalari bilan o‘girilib 
qarar edilar. Old tomonlarini qanday ko‘rsalar, orqa tomonlarini ham shunday ko‘rar 
edilar. M.(sav)ning soyalari yer uzra namoyon bo‘lmas edi.  
 
 
MUHAMMAD SHAYBONIY, to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Hasan (749-
805) -faqih, musulmon huquqshunosligini bir tizimga solib, tartib beruvchilardan biri. 
Vosit sh.(Iroq)da mavlo oilasida tug‘ilgan. 14 yoshidan 18 yoshigacha Abu Hanifa 
mashg‘ulotlariga qatnagan, so‘ngra bir muncha payt Abu Yusufdan saboq olgan. 20 
yoshida Kufaning jome masjidida va’z aytgan. Sufyon as-Savriy (777-78 y.v.e.) va 
Abdurahmon al-Avzo’iy (774 y.v.e.) ma’lumotlaridan foydalanib hadislarni o‘rgangan. 3 
yil mobaynvda Madinada Molik ibn Anas ma’ruzalarini tinglagan. Iroqqa qaytib kelgach, 
M.Sh. Bag‘dodning eng e’tiborli faqihlaridan biriga aylangan. 792-93y.larda zaydiylar 
imomi Yah’yo ibn Abdullohni qo‘llab-quvvatlagani uchun xalifa Horun ar-Rashidning 
qahriga uchragan. Biroq, keyinchalik xalifa o‘z qarorgohini Furotga ko‘chirishga jazm 
qilganida xalifa M.Sh.ni xalifaljning yangi poytaxti - Rakka sh. qozisi etib tayinlaydi. 805 
y. Xurosonga yo‘l olgan xalifa Horun ar-Rashid M.Sh.ni o‘zi bilan olib ketgan. Xalifa uni 
Xuroson qozisi etib tayinlamoqchi edi. Biroq, u yo‘dda, Ray sh. yaqinida vafot etgan. 
M.Sh. juda katta sa’y-harakat qilib, asarlarida Abu Hanifa ilmiy merosini to‘plagan. Shu 
bilan birga uning qarashlari ko‘p hollarda Abu Hanifanikidan farq qilgan. M.Sh. fiqhga 
ovd al-Mabsut (2-nomi - Kitob al-asl fi-l-furu) to‘plamini tuzgan va unga Kitob az-
ziyodatni qo‘shimcha qilgan; fiqhga doir katta ma’lumotnoma - Kitob al-jome al-kabir va 
kichik ma’lumotnoma - Kitob al jome as-sag‘irni, shuningdek, harbiy huquqqa oid asar 
va b.ni yozgan. M.Sh. imom Molik ibn Anasning al-Muvatta asarini tuzuvchi va 
sharxlovchisidir. M.Sh. shogirdlari orasida eng mashhuri shofi’iy mazhabi asoschisi 
Muhammad ash-Shofi’iy hisoblanadi. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
212
MUHARRAM (arab. - taqiklangan, muqaddas) - qad. arablarning Oy taqvimvda, 
shushshgdek, musulmonlarning hijriy yil hisobida birinchi oy. M. islomdan ilgari ham 
arablarda muqaddas oy hisoblangan, bu oyda qabilalar o‘rtasidaga urush-janjallar va 
qon to‘kishlar taqiqlangan. Bu M. oyining nomidan ham ko‘rinib turadi. M. oyining 
birinchi o‘n kunida shialar imom Husaynni yodlab motam tutadi, turli diniy marosimlar 
o‘tkazadi (q. Ashuro). Islomda M. urush man qilingan to‘rt oyning biridir. 
 
 
MUHOJIR ("hijrat qilgan") - Makka fathiga qadar Muhammad (sav)ga ergashib 
Madinaga ko‘chib borgan musulmon. Dastlabki yillarda M.lar soni yuzga yaqin erkak 
bo‘lgan. Badr jangida 70 ga yaqin kishi qatnashgan. Ular musulmon jamoasining eng 
sara qismini tashkil qilgan. Ular imon, e’tiqod yo‘lida qarindoshlik rishtalarini uzib, uy-
joy, mulklarini tashlab Rasululloh (sav)ga ergashganlar. 
Dastlabki davrda M.larning ko‘pchiligi badavlat dindoshlari xayriyalari hisobiga qashshoq 
yashaganlar (Qur’onda saxiylikka qilingan ko‘plab da’vatlar shu bilan bog‘liq), lekin, 
yahudiylarning Banu Nadir qabilasi ko‘chirib yuborilgach, ular uy va yerlarga ega 
bo‘lishgan, o‘lja hisobiga boyiy boshlashgan. Umar I ularga boshqa musulmonlarga 
qaraganda kattaroq maosh belgilagan (qancha ilgari hijrat qilgan bo‘lsa shuncha ko‘p); 
o‘lja taqsimotida ularga ko‘proq ulush ajratilgan. Hatto 8-a. boshidagi Misr hujjatlarida 
Mlarga atalgan ta’minotlar alohida qayd etib o‘tilgan. Xalifalik taxtiga da’vogarlarning 
barchasi M.lar ichidan chikqan. Muhammad (sav) M.lar qatoriga Makkadan 
Habashistonga ko‘chgan va 629 y. Madinaga qaytib kelgan musulmonlarni ham 
kiritganlar, lekin Umar I maosh belgilash chog‘ida ularni oliy darajaga kiritmagan, zero, 
ular dastlabki janglarda qatnashmaganlar. Keyinchalik ularni M. deb atashmagan.  
 
 
MUHOKAMA - sud jarayoni. Sud yuritish tartibi islomda, asosan, 8-a. o‘rtasiga kelib 
shakllangan. U uchta tamoyilga asoslangan: jarayonda tomonlarning shaxsan ishtirok 
etishi, jarayonning oshkoraligi, jarayonning uzluksizligi. Jarayon og‘zaki olib borilmog‘i 
lozim, yozma guvohliklar va dalillar esa, xotira uchun yozuv sifatida qaralgan, ularning 
haqqoniy ekani guvohlar (shohidlar) tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan. 
Tomonlarning o‘zlari ayblov yoki da’vo qo‘zg‘atganlar va o‘zlari himoya qilganlar. Agarda 
tekshiruv lozim bo‘lsa, uni qozi yoki uning vakshsh olib borgan. Agar tomonlardan biri 
jarayonda ishtirok qila olmasa, uning nomidan vakil qatnashgan, lekin unga albatta 
qozining ruhsati lozim bo‘lgan. Tomonlar tashqaridan taklif etilgan huquqshunoslar 
ko‘magidan foydalanishlari mumkin bo‘lgan, ular jarayonda advokatlik vazifasini 
bajarishgan, lekin, sud uchun ular faqat guvoh hisoblanishgan. Keng oshkoralikni 
ta’minlash uchun jarayon shunday joyda o‘tishi kerakki, u yerda xalq to‘plana olsin: 
maydonda, hokim yoki qozining uyi oldida, maxsus xona (mahkama)da va b. Sud shtati 
doimiy bo‘lmagan: qozi o‘z xohishiga ko‘ra unga kotib, tarjimonlar, xabarchilar va b.ni 
kiritgan, ularga sudning umumiy xarajatlaridan pul to‘lagan. Sud jarayoni vaqtida 
haqiqat, yoki tomonlarning biri boshqasini haq ekanini e’tirof etishi, yoki guvohlarning 
ko‘rsatmalari, yoxud tomonlarning biri qasam ichib o‘z hakdigiga ishontirishi yo‘li bilan 
aniqlangan. Jarayon quyidagi tartibda o‘tkazilgan: ayblov yoki da’vo qo‘zg‘atilgach, qozi 
tomonlarning kelish imkoniyatlarini hisobga olib ishning ko‘rilish joyi va vaqtini 
tayinlaydi. Jarayon boshlanishida ayblovchi tomon o‘z ayblovi yoki da’vosini izhor etib, 
imkoni boricha dalillar va guvohlarning ko‘rsatmalarini keltiradi, ayblanuvchi tomon 
o‘zini himoya etuvchi dalil, asoslarni keltiradi. Bordi-yu, tomonlardan biriga qo‘shimcha 
dalillar to‘plash uchun vaqt zarur bo‘lsa, jarayon shu davrga kechiktirilishi mumkin. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
213
Agarda na dalillar, na guvoxlarning ko‘rsatmalari tomonlardan birining haq ekanini 
isbotlay olmasa, tomonlar qasam ichiriladi, bunda ayblovchi tomon birinchi bo‘lib 
qasamyod qildiriladi. Bordi-yu, mana shu barcha imkoniyatlar ham samara bermasa, 
tsa’volar isbotlanmasa, jarayon to‘xtatiladi. Agarda ayblovchi tomon jarayondan so‘ng 
qo‘shimcha dalillar topgudek bo‘lsa, u yangi jarayonni boshlashi mumkin bo‘lgan. Hozirgi 
davrda bunday sud jarayonlari, asosan, urf-odatni buzish bilan bog‘liq, oilaviy va ba’zi 
mulkiy munosabatlar (merosxo‘rlik va mulk gaqsimoti, vasiylik, topshiriq, mahr to‘lash 
ustidan nazorat va b.)ni ko‘ruvchi diniy sudlardagina olib boriladi. Murakkab zamonaviy 
usullarni qo‘llash bilan bog‘liq tekshiruvni talab qiluvchi barcha ishlar diniy sudlar 
tomonidan ko‘rilmaydi.  
 
 
MUHOSIBIY, Abu Ali al-Horis ibn Asad al-Anaziy (taxm. 781-857) - bag‘dodlik 
ilohiyotchi, so’fiylikning birinchi nazariyotchilaridan biri. Basrada tug‘ilgan. Hadislar va 
fikxni mashhur alloma Yazid ibn Horun (821 y. v.e.)dan va Abu Ishoq al-Kurashiy degan 
shaxsdan o‘rgangan. Yoshligida Bag‘dodga ko‘chib o‘tib, o‘qishni mustaqil davom 
ettirgan. U zohidona turmush kechirgan, otasi qoldirgan katta merosdan voz kechgan, 
zero, u mutaziliylarning "inson irodasi erkinligi" haqidagi ta’limoti tarafdori bo‘lgan. 
M.ning taqvodor va bilimdonligi unga katta shuhrat keltirgan va uning atrofida ko‘plab 
shogirdlar to‘planishiga olib kelgan. Biroq, taxm. 846 y. Ibn Hanbalning o‘zi 
boshchiligida hanbaliylarning unga qilgan quvginlari oqibatvda u o‘z va’zlari va darsini 
to‘xtatishga majbur bo‘lgan. 
Uni bid’atda ayblashgan va Bag‘dodni tark etishga majbur qilishgan. U qolgan umrini 
butunlay darveshona hayot kechirib, har qanday ijtimoiy faoliyatni to‘xtatgan, 
qashshoqlikda vafot etgan. 
M. ("Qalblar va xotiralar") asarida so’fiylik "psixologiyasi"ning asosiy qoidalarini ta’riflab 
bergan. Shaxs o‘z-o‘zini kamolotga yetkazishining asosiy vositasi o‘z-o‘zini kuzatuv va 
o‘zini nazorat qilishi (muroqaba va muhosaba) deb bilgan. Laqabi Muhosibiy shundan 
olingan, ya’ni "o‘zini-o‘zi nazorat qiluvchi, o‘ziga-o‘zi hisob beruvchi". M. 30 dan ziyod 
asar yozgan, ulardan mashhurlari "Kitob ar-ri’aya li-huquq Alloh" ("Allohning haqlariga 
rioya qilish"), "Kitob at-tavahhum" va "Kitob al-ba’s va-n-nushur" ("Qayta tirilish va 
yig‘ilish kitobi"), so’fiylikka qadam qo‘yganlar uchun o‘gitlar sifatida "Kitob al-vasaya" 
("Tavsiyalar kitobi") va b. 
M. Bag‘dodning mashhur so’fiylari an-Nuriy (907 y. v.e.) va al-Junayd (910 y. v.e.) va 
b.ning ustozi bo‘lgan. Uning qarashlarini al-G’azoliy qabul qilib, ularni yuqori baholagan. 
"Kitob ar-ri’aya" butun musulmon olamida keng mashxur bo‘lib, uni muridlar uchun 
"shart bo‘lgan adabiyotlar" sifatida tavsiya etishgan.  
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling