Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.

bet21/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
mazhablar va firqalar ana shu davrda paydo bo‘ldi. Musulmonlarning diniy birligi 
muammo bo‘lib qoldi. 10-11-a.larda an’anaga sodiq sunniylar bilan imomiy shialar, 
mu’taziliylar hamda ash’ariylar o‘rtasida munosabatlar, ayniqsa, keskinlashib ketdi. 
Xalifa Qodir (991-1031) an’anaviy I.ni qonun asosida barcha uchun majburiy bo‘lgan 
davlat dini deb qaror toptirishga urinib ko‘rdi. Shu maqsadda an’anaga. sodiq 
ilohiyotchilar imzolagan "Dinning qodiriy ramzi" e’lon qilindi. Unda "haq din" deb e’lon 
qilingan an’anaviy diniy ta’limotning asosiy qoidalari mufassal bayon qilib berildi, undan 
chetga chiqish jazolashga loyiq e’tiqodsizlik deb qaraldi. Biroq, bu tadbir ham I.da diniy 
birlik o‘rnatilishiga olib kelmadi. Royaviy kurash keyingi asrlarda ham davom etdi. Bu 
kurashda sunniylar ilohiyotchisi Ibn Taymiya ayniqsa ajralib turdi. U ilk islomni tiklashga 
"haq din" asosida diniy birlikni o‘rnatishga astoydil harakat qildi. I.daga uchinchi 
taraqqiyot bosqichi musulmon dunyosi "chekka" o‘lkalarining ahamiyati va o‘rni ortgani 
bilan bog‘likdir. Batamom o‘zga madaniy an’analarga ega bo‘lgan xalqlar musulmon 
dunyosining ma’naviy hayotiga qo‘shilgach, I.ga o‘z diniy-axloqiy tasavvurlari, huquqiy 
me’yorlari va odatlarini olib kirdilar. Movarounnahr, Eron, Shim. Afrika, Hindiston, 
Indoneziya kabi yirik tarixiy-madaniy mintaqalarda I. o‘ziga xos xususiyatlar kasb etadi. 
I.ning rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan allomalar katta hissa qo‘shdi. 
Imom Buxoriy kitob holiga keltirgan hadislar to‘plami - "Al-Jomi’ as-Sahih" I. dinida 
Qur’oni karimdan keyingi iyusinchi manba hisoblanadi. Buxoriy va uning safdoshlari I. 
ilohiyotining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhim tadqiqotlar qildilar. Jumladan, I. 
nazariyotchiligida yuqori baholanadigan "Ilal ash-Shariat va Xatm ul-Asliyot" risolasini 
ta’lif etgan Hakim Termiziy, I. huquqshunosligini o‘rganishning asosiy qo‘llanmasi 
hisoblangan "Hidoya"ning muallifi Burxoniddin Marg‘inoniy, I. aqidasi asoslarini muayyan 
tartibga solgan, kalom ilmida maktab yaratgan Imom Moturidiy (q. Moturidiylik), buyuk 
faqih Abu Lays Samarqandiy, musulmon dunyosining eng e’zozli muhaddislaridan Abu 
Iso Termiziy, qomusiy ilmlar sohibi, xususan, tafsir, hadis, shariat qonunshunosligida 
salmoqli asarlar bitgan Zamaxshariy, tasavvufda o‘ziga xos iz qoldirgan Ahmad 
Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Mahdumi Azam, Najmiddin Kubro, So‘fi Olloyor, Xoja 
Ahror, Abdulxoliq G’ijduvoniy va b.ni misol qilib keltirish mumkin. Ular musulmon 
e’tiqodini xalq dunyoqarashi bilan uyg‘unlashtirganliklari tufayli O’rta Osiyoda madaniy 
hayotning adabiyot, me’morlik, musiqa kabi sohalarida taraqqiyot yuzaga keldi. I. dini 
musulmon mamlakatlari san’atvda o‘z izini qoldirdi. Me’morlik sohasida bu jarayon yangi 
imorat turlari (masjid, minora, xonaqox., madrasa va b.) ning paydo bo‘lishiga hamda 
keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. I. dini paydo bo‘lgan davrida avj olgan butparastlik, 
suratparastlikni oldini olish maqsadida Muhammad (sav) suratkashlikni qattiq taqiqlab 
qo‘ygan edi. Shu asosda I.ning yirik mutafakkir huquqshunoslari ham tasviriy san’atning 
bu turini taqiqlangan ishlar qatoriga qo‘shganlar. Bundan ular amaliy san’at turlari, 
naqsh, bezak, insondan boshqa hayvon va o‘simliklar suratini istisno qilishgan. I.da 
inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning taqiklanishiga asosiy sabab - 
payg‘ambar va aziz-avliyolarning rasmlarini chizib yoki haykallarini yasab, ularga sig‘inib 
ketish xavfining mavjudligi bo‘lgan. 15-a.ga kelib Alisher Navoiy kabi taraqqiyparvar 
olim va mutafakkirlar musulmonlar qalbida Allohga bo‘lgan imon va e’tiqod 
mustahkamlanib, suratparastlikka mutlaqo moyillik qolmaganini e’tiborga olib, endilikda 
inson suratini chizishga ruhsat berishlikni lozim deb topganlar. Natijada Behzod, 
Mahmud Muzahhibga o‘xshash miniatyura san’atini rivojlantirgan yetuk musavvirlar 
yetishib chiqqan, Hirot miniatyura maktabi, Buxoro miniatyura maktabi kabilar 
rivojlangan. 20-21-a.larga kelib, I. dunyosi ulamolarining bu san’atga munosabatlariga 
yana bir karra aniqlik kiritildi: ilohiylashtirish va odamlarning sig‘inishi maqsadida inson 
rasmini chizish mumkin emasliga e’tirof etildi. Ammo, fotosuratlar, shuningdek, yosh 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
bolalar uchun yasalgan odam shaklidagi qo‘g‘irchoqlar taqiq doirasiga kirmaydi. 
Ulamolarning bergan fatvolariga ko‘ra, musulmonlarga fahsh va uyat narsalarni ifoda 
etuvchi rasmlar, but, sanam va ikona tasviridan boshqa tasviriy san’at turlari 
taqiqlanmaydi. 
Musulmon Sharqi 8-11-a.larda taraqqiyotda Rarbdan oldinda edi: g‘arb olimlari 
musulmon faylasuflari va tabiblaridan saboq olishgan; g‘arb savdogari I. dunyosidagi 
savdoning ko‘lamiga havas bilan qaragan; sharq tovarlari g‘arbda zebi ziynat mollari 
hisoblangan. Sharq shaharlarining boyligi va hashamati G’arb uchun afsonadek 
tuyulgan. Bularning barchasida asosiy mafkura vazifasini bajargan I.ning ijobiy xizmati 
buyuk, albatta. Ammo 12-13-a.lardan keyin musulmon dunyosi dastlab turg‘unlik, so‘ng 
tanazzulga yuz tuta boshladi. Ba’zilar konservativ (qotib qolgan) din sifatida I. 
taraqqiyotga to‘siq bo‘ldi, deya unga katta ayb qo‘ymoqchi bo‘ladilar. Aslida so‘nggi o‘rta 
asrlarda yuz bergan musulmon dunyosining tushkunligi juda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy 
omillar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘sha davrdagi I.ning o‘zi ana shu tushkunlikning muayyan 
shakldagi ifodasi edi. 19-a. boshidan 20-a.ning 2-yarmigacha o‘tgan bir yarim asrlik 
davr I.ning rivojlanishida muhim burilish bosqichi bo‘ldi. Sharq mamlakatlarining 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishidagi o‘zgarishlar yangi sinf - milliy burjuaziyaning vujudga 
kelishi, milliy ozodlik harakatining avj olishi - bularning hammasi I.ning jamiyatdagi 
mavqeiga bo‘lgan qarashlarda ham, ijtimoiy hayotdagi yangaliklarni I. nuqtai nazaridan 
baholashda ham o‘zgarishlar yasadi. I. diniy-falsafiy va huquqiy me’yorlarining yangi 
tarixiy sharoitga moslashish jarayoni 19-a. o‘rtalaridan boshlanib, hoz.gacha davom 
etmoqda. Bu jarayonni ko‘pgana tadqiqotchilar "I. islohotchiligi" deb ataydilar, u xristian 
reformatsiyasvdan tubdan farq qiladi. Bu tafovut, birinchidan, shundan iboratki, mazkur 
jarayonlar turli davrlarda, turlicha muayyan tarixiy sharoitlarda ro‘y berdi. Ikkinchidan, 
"I. islohotchiligi" dunyoviy hayotning turli jihatlarini diniy nuqtai nazardan qayta 
baholashda namoyon bo‘ldi va sof ilohiyotga doir masalalarga u qadar daxli bo‘lmadi. 
Uchinchidan, I.da xristianlarnikiga o‘xshash cherkov bilan ruhoniylarni bog‘lab turuvchi 
tizim bo‘lmaganidan I.dagi islohotlar xususiyatiga jiddiy ta’sir qildi. 
O’rta asrlarda tarkib topgan musulmon sudlov tizimida katta o‘zgarishlar yuz berdi. 
Musulmon huquqi tizimining o‘zi ham muayyan darajada o‘zgardi: shariat sudlari huquqi 
asta-sekin cheklana bordi; 19-a. o‘rtalariga kelib, usmoniylar imperiyasi hududida 
shariat sudlari va dunyoviy sudlarning vakolati butunlay chegaralab qo‘yildi. Bir qancha 
mamlakatlarda shariatda ko‘zda tutilmaydigan jinoyat kodekslari va b. huquqiy hujjatlar 
joriy qilindi. Misrda Muhammad Alining islohotlari va usmoniylar imperiyasidagi tanzimat 
siyosati (islohotlar) tufayli I.ning ijtimoiy hayotdagi mavqeida muayyan o‘zgarishlar ro‘y 
berdi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish talablari musulmon ilohiyotchilari va 
huquqshunoslarini I.ning bir qancha an’anaviy qoidalarini yangicha talqin etishga majbur 
eta boshladi. Biroq, bu jarayon oson kechmadi va uzoqqa cho‘zilib ketdi. Bu, jumladan
musulmon mamlakatlarida bank tizimini yaratish joizmi (yoki gunohmi) degan masala 
yuzasidan boshlangan munozarada o‘z aksini topdi. 1899 y. muftiy Muhammad Abdu 
bank omonatlari va ulardan foiz olish sudxo‘rlikka kirmaydi, binobarin, u man qilingan 
ribo hisoblanmaydi, degan fatvo chiqardi. Bu fatvo mavjud moliya tizimini milliy 
sarmoyadorlar manfaatiga moslashtirdi. Musulmon mamlakatlarida tadbirkorlikning avj 
olishi shariat qoidalarini ham, musulmonchilikdagi boshqa an’anaviy tamoyillarni ham 
yangacha talqin qilishga olib keldi. Ijtimoiy ong sohasida ro‘y bergan o‘zgarish juda 
muhim rol o‘ynadi. Bu, avvalo, milliy o‘zini anglash jarayoniga taalluqlidir. Shu jarayon 
davomida I.ning barcha musulmonlarning birliga to‘g‘risidaga an’anaviy qoidasi 
yangacha ma’no kasb etdi. Jamoliddin al-Afg‘oniy musulmonlarning birdamligi g‘oyasini 
ko‘tarib chikdi. M. Abdu, J. Afg‘oniy, Rashid Rizo va b.ning g‘oyalari milliy ozodlik 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
harakatlariga turtki bo‘lib, ko‘pchilik musulmon davlatlarining siyosiy mustaqilligiga 
erishuvida ijobiy rol o‘ynadi. Ayni vaqtda I. birdamligi g‘oyasiga asoslangan xalqaro I. 
harakati shakllana boshladi: 1926 y. birinchi xalqaro musulmon tashkiloti - Islom olami 
kongressi (Mu’tamar al-alam al-islomi) tashkil qilindi. Shuningdek, I.ning go‘yo 
Muhammad (sav) zamonidaga "asl" tamoyillariga qaytishga da’vat etishga turli 
fundamentalistik oqimlar (q. Vahhobiylik) va mutaassib guruhdir (mas., hizbut-taxrir) 
paydo bo‘ldi. 20-a.ning 2-yarmida jamiyatda ijtimoiy adolat o‘rnatish masalasida ham I. 
omilidan foydalanishga qaratilgan urinishlar sodir bo‘ldi (Eron islom inqilobi, Liviya 
Jamohiriyasi va h.k.). 
Bir qator mamlakatlar (MAR, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Afg‘oniston va 
sh.k.)da I. davlat dini (yoki rasmiy din) sifatvda tan olingan. Ayrim mamlakatlarda "I." 
so‘zi davlatning rasmiy nomi tarkibiga kiritilgan: Eron Islom respublikasi, Pokiston Islom 
respublikasi, Afg‘oniston Islom respublikasi, Mavritaniya Islom respublikasi va b. Osiyo, 
Afrika qit’asidagi ba’zi mamlakatlarda I.ning tarqalishiga musulmon partiyalari ta’sir 
qilmoqda, ular ko‘pincha siyosatda muhim rol o‘ynamoqda. Erondagi Islom respublikasi 
partiyasi, Indoneziyadaga Birlik va taraqqiyot partiyasi, Malayziyadagi Panmalayziya 
islom partiyasi, Hindiston va Pokiston Jamoati islom partiyasi bunga misol bo‘la oladi. Bir 
qancha mamlakatlarda diniy-siyosiy tashkilotlar (shu jumladan, qonundan tashqaridaga 
tashkilotlar - "Musulmon birodarlar", Islom ozodlik partiyasi) tarqalgan, ko‘pgina diniy 
bilim yurtlari (qorilik maktablari, madrasa, musulmon un-tlari), islom jamiyatlari, 
missionerlik tashkilotlari, tijorat korxonalari (islom banklari, sug‘urta kompaniyalari) 
ishlab turibdi. 19-a.ning 70-80-ylaridagi shariatning ilgari amaliyotda bekor qilingan 
ba’zi bir qoidalarini tiklashga urinib ko‘rildi (mas., Pokistonda, Sudanda prezident J. 
Nimeyri davrida, arab monarxiyalarida jinoiy ishlar uchun tan jazolari berish). O’tgan asr 
70-y.larining oxiri - 80-y.larining boshida xalqaro ishlarda hukumat darajasida yoki 
nohukumat darajasida ish olib boruvchi xalqaro musulmon tashkilotlari muayyan 
mavqega ega bo‘la boshladi. Bunday tashkilotlardan eng nufuzlisi Islom konferentsiyasi 
tashkiloti (Munazzamat al-mu’tamar al-islomi) bo‘lib, u 1969 y. tuzilgan, unga 55 
mamlakat (O’zbekiston Respublikasi 1996 y.dan) a’zo. Xalqaro nohukumat musulmon 
tashkilotlari orasida Islom olami uyushmasi, Islom olami kongressi, Islom olami 
tashkiloti, Yevropa islom kengashi, AQSh Oliy islom kengashi va b.ni ko‘rsatish mumkin. 
Ular, asosan, I.ni targ‘ib qilish va yoyish, diniy arboblarning xalqaro uchrashuvini tashkil 
qilish, turli mamlakatlardagi I. jamoalariga yordam berish bilan shug‘ullanadi. I. 
Turkiston mustamlakachilik davrini boshdan kechirgan paytda, ayniqsa, sho‘rolar 
davrida turli ta’qib va har tomonlama cheklashlarga duch keldi, ulamolarning takdiri 
ayanchli bo‘ldi. I.ga oid bebaho kitoblar yo‘qotiddi, muborak yodgorlik va qadamjolar 
oyoqosti qilindi, din peshvolari eng xavfli yov, muxolif sifatida mahv etildi. O’zbekiston 
mustaqillikka erishganidan keyin, I. dini hayotda munosib o‘rinni egallay boshladi. 
Musulmonlarning diniy ibodat va marosimlarni ado etishlari uchun sharoit yaratib berildi. 
Qur’oni karim 2 marta o‘zbek tilida chop etildi (1992, 2001 ylar), hadis to‘plamlarining 
tarjimasi, I. ulamolarining yuzlarcha kitoblari yana xalqqa yetkazildi. I. tarixi manbalari 
va marosimlarini har tomonlama, ilmiy, xolisona o‘rganishga kirishildi, mutaxassis 
kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Shu maqsadda Toshkent davlat sharqshunoslik in-tda 
islomshunoslik kafedrasi ochildi (1992), deyarli barcha viloyatlarda diniy o‘quv yurtlari 
faoliyat ko‘rsata boshladi, Toshkent Islom ushversiteti tashkil qilindi (1999), uning 
tarkibida Islomshunoslik i.t. markazi ishlab turibdi. 
I. tarixi manbalari, aqidalari, marosimlari. Qur’oni karim, Muhammad (sav) hayoti va 
faoliyati, payg‘ambar hadislarini o‘rganish, tadqiq qilish I.shunoslik fanining asosiy 
vazifasi hisoblanadi. Bu sohadagi tadqiqotlar I. tarqalgan mamlakatlarda, xususan, 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
Movarounnahrda I. va uning yozma manbalari paydo bo‘lgandan buyon olib boriladi. 
Musulmon dini tarixi va Qur’onni o‘rganish Amerikada (G. Grunebaum, X. Gibb, M. Vott 
va b.), Yevropada (I. Golddier, L. Kaetani, A. Masse, R. Sharl), jumladan, Rossiyada 
(A.E.Shmidt, V.V.Bartold. I.Yu.Krachkovskiy va b.) 19-a. o‘rtalaridan keng tus oldi. 
Sho‘rolar davridaga tadqiqotlarda I.ga, asosan, yagona marksistik mafkura nuqtai 
nazaridan kelib chiqib yondashildi. I.ning insoniyat tamadduni tarixidagi ahamiyatini 
ommaga tushuntirishda, Turon zaminida yetishib chiqib islomiy ilmlar xazinasini 
boyitgan ulug‘ allomalarning merosini xalqqa yetkazishda Eshon Boboxon Abdumajidxon 
o‘gli, muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon, Alixonto‘ra Sog‘uniy, shayx Abdug‘ani 
Abdullo va Yusufxon Shokirovlarning xizmati kattadir. 20-a. oxirlaridan boshlab 
mamlakatimizda I. bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyati tug‘ildi. 
O’zbekistonlik olimlar I. manbashunosliga, Qur’on tarjimasi va tafsiri, I.dagi mazhablar, 
oqimlar, mashhur muhaddis va faqihlar xalqaro I. tashkilotlari, diniy bag‘rikenglik, diniy 
ekstremizmga oid bir qancha asarlar yozdilar (marhum M.A.Usmonov, shuningdek, N. 
Ibrohimov, H. Karomatov, A. Mansurov, A. Hasanov, 3. Husniddinov, 3. Islomov, U. 
Uvatov, B. Eshonjonov, B. Abduhalimov, A. Juzjoniy, A. Mo‘minov, A. Azimov, R. Obidov 
va b.)- O’zbekiston musulmonlari idorasi "Movarounnahr" nashriyoti faoliyat ko‘rsatadi, 
"Islom nuri'' gaz., "Hidoyat" jur. nashr etiladi. Ad.: Qur’oni karim, T., 2001; Hadis (Al-
Jomi’ as-sahih), 1-4 j.lar (2-nashri), T., 1997; Hidoya (1-j.), T., 2000; Sog‘uniy A., 
Tarixi Muhammadiy, (1-2-kitob), T., 1997; Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom 
(1-kitob: Johiliya asri), T., 2001; Komilov N., Tasavvuf, T., 1999; Husniddinov 3., Islom: 
yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000. 
 
 
ISLOM BAYRAMLARI - musulmonlar nishonlaydigan va muayyan diniy marosimlar 
bilan o‘tkaziladigan mashhur kunlar. Ular ko‘pchilik musulmon davlatlarida rasmiy 
umumdavlat ahamiyatiga ega. Qurbon hayit (iyd al-adha), ramazon hayiti (iyd al- fitr) 
asosiy I. b. hisoblanadi (q. Hayit). Hamma I. b. hijriy yil hisobi bo‘yicha nishonlanadi. 
I.b.ni Payg‘ambarimiz (sav) quyidagicha ta’riflaganlar: "Har bir millatning o‘z bayrami 
bor. Musulmonlar bayrami ro‘za va qurbon bayramidir". Ammo isro va me’roj, rajab, 
ashuro, mavlud kabi kunlar umumiy bo‘lmay, ularni nishonlash ixtiyoriydir. 
Nishonlamaganlar ayblanmaydi. Shu bilan birga ular turli joyda turlicha nishonlanadi. 
Musulmonlar haftaning juma kunini "sayyid al-ayyom va haj al-masakiyn" (kunlar ulug‘i 
va miskinlar uchun haj deb) hisoblaydilar.  
 
 
ISLOM DAVLATI - islom dini davlat dini deb e’lon qilingan mamlakatlarga va 
aholisining asosiy qismi musulmonlardan tashkil topgan davlatlarga nisbatan 
qo‘llaniladigan tushuncha. Islomiy shiorlar ostida faoliyat yurituvchi hoz. siyosiy 
harakatlarning dasturlarida bayon etilgan maqsadni ifodalashda ham "I.d." 
tushunchasidan foydalaniladi. Bunda mazkur tushuncha "islom jamiyati" ma’nosida 
ipshatiladi va ijtimoiy adolatni o‘zida mujassamlashtiruvchi jamiyat ramzini bildiradi. 
"I.d." g‘oyalari hoz. sharoitda jamiyatni siyosiy jihatdan tashkil etishning an’anaviy islom 
modelini amalga oshirishni ko‘zda tutadi. "I.d." nazariyotchilari fikricha, bunday davlatda 
Alloh -hokimiyatning birdan-bir asosi sifatida tan olinadi; dunyoviy va diniy hokimiyat 
biron-bir shaklda o‘zaro qo‘shilib ketadi; daromadni adolatli ravishda taqsimlash 
qoidalari amadda bo‘ladi; iqtisodiyot sohalari shariat ko‘rsatmalariga muvofiq 
boshqariladi va h.k. Pokistonlik islom mafkurachilari va siyosatdonlari Muhammad Iqbol, 
Muhammad Ali Jinna, Parvez, indoneziyalik mafkurachi Natsir, marokashlik olim al-Fasil 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
va eronlik oyatulloh Humayniy Ruhullo Musaviy "I. d." haqidagi nazariyalarning 
asoschilari hisoblanadi. Islom dini davlat dini deb e’lon qilingan ba’zi mamlakatlarda 
"islom" so‘zi davlatning nomiga qo‘shib aytiladi. Mas., Eron Islom Respublikasi, Pokiston 
Islom Respublikasi, Mavritaniya Islom Respublikasi va b. 
 
 
ISLOM KONFERENSIYASI TAShKILOTI (IKT) - hukumatlararo xalqaro tashkilot. 
Islom mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining 1-konferentsiyasida (1969 y., 
Rabot sh., Marokash) asos solingan. Islom davlatlari tashqi ishlar vazirlarining 3-
konferentsiyasida (1972 y. Jidda sh., Saudiya Arabistoni) ta’sis etilib, ustavi qabul 
qilingan. Hozir IKT diniy mushtaraklik asosida jami 55 davlatni, jumladan, mustaqillikka 
erishgan Markaziy Osiyo davlatlarini, shuningdek Falastin ozodlik tashkiloti (FOT)ni 
birlashtiradi. IKTning maqsadi a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy 
va b. sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, irqiy kamsitishni, barcha shakldagi 
mustamlakachilikni tugatishga harakat qilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun 
tadbirlar belgilash, Falastin arab xalqining o‘z huquqlarini tiklash va uning yerlarini ozod 
qilish uchun kurashini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. IKTning rahbar organlari - Davlat va 
hukumat boshliqlari konferentsiyasi (1981 y.dan har 3 yidda bir marta chaqiriladi) va 
Tashqi ishlar vazirlarining konferentsiyasi (har yili yoki zarurat tug‘ilganda chaqiriladi) va 
bosh kotib rahbarligidagi kotibiyatdir. IKT qarorgohi Jidda sh.da. IKT huzurida Islom 
taraqqiyot banki, Fan va texnika sohasida hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mita faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 1975 y.dan IKTga Birlashgan Millatlar Tashkiloty (BMT) huzurida 
kuzatuvchi maqomi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi 1996 y.dan IKTga a’zo. 
 
 
ISLOM MAZHABCHILIGI - islom dinida ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar va hokimiyat uchun 
kurash jarayonida vujudga kelgan xilma-xil yo‘nalishlar va oqimlarning umumiy nomi. 
Mazhab tor ma’noda shariatga xos huquq yo‘nalishlarini anglatadi. Lekin, mazhabchilik 
iborasi keng ma’noda dinlardagi barcha guruhlarga ajralishlarni ifodalaydi. Shu ma’noda 
I. m. bu dindagi barcha guruhlar ajralish shakllarini o‘z ichiga oladi, ularning 5 turini bir-
biridan tafovut qilish kerak: 1) islomdagi asosiy yo‘nalishlar. Islomda dastlab yuz bergan 
ixtiloflar natijasida alohida diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorlarga oid 
bir qator masalalarda bir-biridan tafovut qiladigan 3 asosiy yo‘nalish vujudga kelgan. 
Bulardan sunniylik va shialik hozirda ham mavjud, lekin xorijiylar yo‘nalishi o‘rta 
asrlardayoq avval ko‘p firqalarga ajralib, keyinchalik yo‘qolib ketgan, undan faqat bitta 
ibodiylar (abodiylar) firqasi saqlanib qolgan. 2) Islomdagi firqalar, mohiyatan aqidaviy 
ta’limot va marosimchilik masalalarida oz yoki ko‘p darajada bir-biridan tafovut qiladigan 
diniy guruhlar. Islomda firqalarning eng ko‘pi shialikdan ajralib chiqqan, bulardan 
qarmatiylar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar, druzlar va b. hamda ular 
ichidan ajralgan ko‘p kichik firqalarni, yangi davrda vujudga kelgan bobiylik, bahoiylik 
kabilarni tilga olish mumkin. Sunniylik islomda ortodoksal diniy ta’limot hisoblangan, 
o‘rta asrlarda undan firqalar ajralib chiqmagan. Urta asr oxirlari va yangi davrga kelib 
unda ham firqa va oqimlar paydo bo‘lgan. Bulardan ravshaniylar (17-a.), ahmadiya, 
voisovchilar firqalarini (19-a.), vahhobiylik, mahdiylik, panislomizm kabi diniy-siyosiy 
oqimlarni ko‘rsatish mumkin. 3) Mazhablar, shariat mazhablari ham islomdagi 
ajralishning alohida shaklidan iborat. 4) Ilohiyot oqimlari bo‘lib, ular islom ilohiyotining 
shakllanish bosqichida ilohiyotga doir ayrim masalalar bo‘yicha ixtiloflar tufayli vujudga 
kelgan. Bulardan ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, murji’iylar, mu’taziliylar va 
b.ni ko‘rsatish mumkin. Ortodoksal ilohiyot ta’limoti bo‘lgan Kalom shakllanib hukmron 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
rol o‘ynay boshlagach, ilohiyot oqimlarining barchasi yo‘qolib ketgan. 5) So’fiylik yoki 
tasavvuf tariqatlari. So’fiylik goyalari keng tarqalgach, musulmon mamlakatlarida har 
biri o‘z yo‘li (suluk)ni olib borgan so’fiylik rahnamolari (pirlar) nomi bilan bog‘liq ravishda 
juda ko‘p uyushmalar paydo bo‘lgan. Ulardan ko‘plari o‘rta asrlardayoq yo‘qolib ketgan. 
Lekin, hozirda ham g‘oyat ko‘p tariqatlar mavjud. O’rta Osiyoda -naqshbandiylik, 
yassaviylik, kubroviylik, Kavkazda - muridizm, xorijiy Sharq mamlakatlarida o‘rta 
asrlardan ma’lum bo‘lgan qodiriylar, bektoshiylar, rifo’iylar, tayfuriylar, suhrovardiya, 
mavlaviylar, shoziliylar, chishtiylar, safaviylar, haydariylar, ne’matullohiylar, jaloliylar 
keng tarqalgan. Ularning ayrimlari hozir ham mavjud. O’rta asr oxirlari va yangi davrda 
Arab mamlakatlari, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlari orasida ham ko‘p tariqatlar 
tarqalgan: salafiylar, shartariylar, rashidiylar, rahmoniylar, tayyibiylar, tinoniylar, 
ammoriylar, hamoliylar, muridiylar, barqiylar, idrisiylar, sanusiylar, g‘ufriylar va h.k. 
Umuman olganda 30 dan ortiq tariqat mavjud. I. m.ning barcha ko‘rinishlari islom 
tarixida yuz bergan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy aqidaviy va hayotning 
boshqa sohalaridagi ixtiloflarni ifoda etadi. Shu jihatdan islomni shartli ravishda yaxlit 
din hisoblash mumkin. Xilma-xil oqim va firqalarning vujudga kelishiga birinchi navbatda 
ijtimoiy-siyosiy harakatlarning diniy shaklda namoyon bo‘lishi sabab bo‘lgan. Islom dinini 
qabul qilgan xalqdarning madaniyati, an’analari, ilgariga diniy e’tiqodlari, shuningdek 
ular yashagan geofafik sharoitlar ham oqimlarning xarakteriga ta’sir etgan.  
 
 
"ISLOM NURI" - O’zbekiston musulmonlari idorasining diniy-ijtimoiy gazetasi. 1990 
y.dan chop etiladi. Islom dinining asosiy manbai bo‘lgan Qur’oni karim va hadisi 
shariflarga suyangan holda faoliyat ko‘rsatadi. Uning sahifalarida O’zbekiston 
musulmonlari idorasining fatvolari, Oliy hay’at va Ulamolar kengashi qarorlari e’lon 
qilinadi va islom arkonlari tashviq va targ‘ib qilinadi. O’zbekiston musulmonlari hayotiga, 
axloq-odobga oid maqolalar, diniy asarlar keng yoritiladi. 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling