1-mavzu. Dunyo mamalakatlari tipologiyasi


-mavzu: Janubiy Osiyo aholisining konfessional tarkibi


Download 240.08 Kb.
bet9/34
Sana20.11.2023
Hajmi240.08 Kb.
#1787887
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
1-mavzu. Dunyo mamalakatlari tipologiyasi-fayllar.org

9-mavzu: Janubiy Osiyo aholisining konfessional tarkibi.
Janubiy Osiyo - Osiyo qitʼasi dagi tabiiy mintaqa. Unga Hindiston va Hindixitoy yarim orollari, Himolay togʻlari, Hind-Gang tekisligi, Malay arxipelagi, shuningdek, Hind okeanining sharqiy qismidagi vulkan va marjon orollari kiradi. Maydoni 4.5mln. km². Janubiy Osiyoning geologik tuzilishi va relyefi har xil. Butun oʻlka iqlimi musson sirkulyasiyasi taʼsirida. Tropik, subekvatorial, ekvatorial ikdim va landshaft tiplari mavjud. Gʻarbiy qismi choʻllardan iborat. Hayvonot dunyosi asosan HindistonMalay fauna oblastiga kiradi. Janubiy Osiyoda (asosan tekislikqismida) tropik ekinlar va sholi yetishtirish yetakchi oʻrinda. Janubiy Osiyo hududida Bangladesh, Butan, Nepal, Hindiston, Maldiv, Pokiston, Shri Lanka davlatlari joylashgan. Baʼzan Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini ham Janubiy Osiyo tarkibiga kiritadilar.
Aholining milliy tarkibi — Muayyan hudud yoki mamlakatda yashovchi aholining millatlar boʻyicha tarkibi. aholining milliy tarkibiga haqidagi maʼlumotlar aholi roʻyxati oʻtkazish va statistik roʻyxat olib borish yoʻli bilan aniqlanadi. Etnik statistika rivojlanmagan davlatlar, regionlarda esa aholining til birligiga, diniga qarab millatlarga, etnik guruhlarga ajratiladi.
Dunyo aholisining milliy tarkibini aniq bilish juda mushkul, chunki dunyoning koʻp qismlarida assimilyatsiya (qorishish) va konsolidatsiya (milliy jipslashish) jarayonlari keng tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda oʻtkazilgan roʻyxatlarda milliy tarkibi nisbatan toʻla yoritiladi. Baʼzi hollarda esa millatlar haqida maʼlumot toʻla koʻrsatilmaydi. Shuningdek, davlatlar boʻyicha kabul qilingan etnik terminologiyada ham farq mavjud. Masalan, ingliz, fransuz, ispan tilida soʻzlashuvchi koʻpgina mamlakatlarda „Millat“ tushunchasi doimo „Davlat“ tushunchasi bilan tenglashtiriladi va „millat“ atamasi davlatga mansublik — fuqarolikni bildiradi. Shuning uchun koʻp manbalarda etnik guruxdar — xalqlar haqida maʼlumotlar uchraydi. Dunyoda qariyb 3 ming xalq roʻyxatga olingan va ular turli qitʼalarda istiqomat qiladi.
Osiyo koʻp millatliligi boʻyicha boshqa qitalardan ajralib turadi. Bu qitʼada bir millatli davlatlar juda kam. Ularga Yaponiya, Koreya va ayrim arab davlatlari — Yaman, Saudiya Arabistoni, Iordaniyani kiritish mumkin. Ayrim xalqlar bir necha davlatlar tarkibida qolib ketgan. Masalan, afgʻonlar (Afgʻoniston bilan Pokistonda), panjoblar (Pokiston bilan Hindistonda), kurdlar va boshqa
Afrika qitasi aholining milliy tarkibiga koʻra 3 etnik oblastga boʻlinadi:
Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Afrika. Bu rayonlarda oʻzaro yaqin arablar va barbarlar yashaydi; Sharkiy va Gʻarbiy Sudan. Bu yerlarda fulbe, volof, gvineyaliklar, gurlar, xausa, ibo kabi xalqlar yashaydi; Tropik va Janubiy Afrikada madaniyati, urf-odati va tili oʻzaro yaqin boʻlgan bantu xalqdari yashaydi.
Amerika qitʼasi aholisining milliy tarkibida koʻpchilikni (95 %) Yevropadan koʻchib borgan xalqlar va ularning aralashuvidan vujudga kelgan guruhlar yashaydi. U yerda millatlar qaysi davlatda yashasa, shu davlat nomi bilan ataladi (amerikaliklar, kubaliklar va hokazo).
Avstraliya va Okeaniya aholisini etnik tarkibga koʻra ikki qismga ajratish mumkin:
Avstraliya va Yangi Zelandiyada inglizlar va Yangi zelandiyalik inglizlar istiqomat qiladi.
Polineziya, Melaneziya va Mikroneziya o.larida aholi etnik qabila-qabila boʻlib yashaydi. Bu xalqlar umumiy nom bilan papuaslar deb ham ataladi. Oʻzbekiston ham koʻp millatli davlat. Respublikada 120 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Asosiy millat — oʻzbeklar (aholining 71,4 %); shuningdek ruslar (8,3 %), Tojiklar (4,7 %), Qozoqlar (4,1 %), Tatarlar (2,4 %), Qoraqalpoqlar (2,1 %) ham yashaydi (1989)[1].
Birinchi Arab davlatlari miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida paydo boʻla boshlagan. Bundan tashqari, o'sha paytda ham arablar qaerda yashashi, qaysi davlatda bu unchalik muhim emasligi, davlat eng rivojlanganlardan biri bo'ladi, deb ishonilgan. Ulardan oldin Qadimgi Rimga va yangi Yevropa qorong'u vaqtlar hali juda uzoq edi.
Bundan tashqari, o'zlari yashayotgan hududda boshqa ko'plab diniy va etnik guruhlar yashaydi. Tog'lardagi bir nechta alohida vodiylar bundan mustasno, hech bir qism aniq kurd emas. Vaqt o'tishi bilan jamoa alohida qabila va urug'larga bo'linib, ittifoq tuzgan, ammo bir-biri bilan kurashgan oilalarga bo'lingan. Ular hududda hukmronlik qilgan kuchlar bilan ham bog'langan.
Bugun kurdlar o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini mustahkamlamoqda. Agar ularni millat deb hisoblasak, ular turli millatdir. Ular o'z davlatiga ega bo'lmagan dunyodagi eng yirik davlat ekani aytiladi. Kurdlar uchun bugungi kunda 40 millionga yaqin odam nomlanadi. Ammo ularning davlatga ega emasligi ma'lum ma'noda amal qiladi - Shimoliy Iroqdagi Kurdiston bugungi kunda alohida davlat aytishi mumkin bo'lgan darajada avtonomiyaga ega. Va Suriya Rochava allaqachon davlatning ko'plab xususiyatlariga ega.
Aholining yosh-jins tarkibi unga xos belgilar ichida eng muhimi hisoblanadi. Chunki yoshga qarab aholining jamiyatda tutgan о`rni va ahamiyati baholanadi. Butun dunyoda erkaklarning soni ayollarning soniga nisbatan qariyb 46 mln.ga ko`proqdir. Lekin ayrim qit’alar, regionlarda erkaklar bilan ayollar o‘rtasidagi farq sezilarli darajada. Bolalar yoshlarida barcha materik va regionlarda o‘g‘il bolalarning ustunligi ko`zga tashlanadi. Dunyoda 0-14 yoshda har 1000 qizga 1070 o‘g‘il bola to‘g‘ri keladi. Ushbu ko'rsatkich Yevropada (1064), Osiyoda (1058) hamda Avstraliya va Okeaniya (1059) da undan ham yuqori. Faqat Afrika (1008) va Amerika (1039)da nisbatan past daraja bilan ifodalanadi. Bolalar yoshlaridagi farqning kelib chiqishida tug'ilgan har 1000 go'dakning 520 tasi o‘g‘il bolalardan iborat bo'lishligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Aholining, asosan, mehnatga layoqatli yoshdagi qismidan tashkil topgan 15-64 yoshda dunyo bo yicha har 1000 ayolga 1021 ta erkak to‘g‘ri keladi.
Yevropada erkaklar soni ayollar soniga teng, Os.yoda har 1000 ayolga 1049 erkak, Avstraliya va Okeaniyada esa 1039 erkak to‘g‘ri keladi. Shu vaqtning o'zida Afrika (979 erkak) va Amerika (990 erkak)da, aksincha, ayollar ustundir.
Dunyo aholisining yosh tarkibi ham katta hududiy farqlarga ega. Bunda tug'ilish va o‘lim dinamikasi hal qiluvchi rol o'ynaydi. Tug'ilish darajasining keyingi 10-15 yil ichida yuqori bo'lishi aholi ichida yosh bolalar va o'smirlar umrining o'sishiga olib keldi. Agar tug'ilish keyingi yillarda pasaya borgan bo'lsa, bolalar va o'smirlarning jami aholi sonidagi ulushi past bo'ladi. Shu vaqtning o'zida o'rta va katta yoshdagi aholi soni va ulushi ko'payadi hamda aholining «keksayish» jarayoni rivojlanishi mumkin.
Inson irqi - bu avloddan avlodga o'tuvchi o'xshash tashqi (teri, gavda) belgilarga ega bo'lgan, tarixan shakllangan kishilar guruhidir. Shunday belgilar qatoriga teri, soch va ko'z rangi, burun va lab shakli, bo'y va gavdaning taqsimlanishiga xos xususiyatlar va boshqalar kiradi. Irqiy xususiyatlar qadimda, avvalambor, odamlarni ana shu davrdagi oykumenada joylanishi va har xil tabiiy sharoitlarga moslashishi jarayonida vujudga kelgan. Hozitgi vaqtda dunyo aholisini 3 ta asosiy (yirik): yevropeoid (oq), mongoloid (sariq) va negroid (qora) irqlariga ajratish qabul qilingan. Shulardan birinchisi -Yevropa, Janubi-g'arbiy va Janubiy Osiyo, Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika hamda Janubiy Amerikaning katta qismida, Avstraliyada keng tarqalgan, ikkinchisi — Sharqiy, Janubi-sharqiy O'rta Osivoda, Kanada shimolida, Markaziy va Janubiy Amerikada, uchinchisi — tropik Afrikada, Janubiy Osiyo, Amerika va Okeaniyada tarqalgan. Ayrim hollarda to'rtinchi — avstraloid irqini ham ajratishadi.
Dunyo aholisi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning har xil bosqichlarda turuvchi xalqlar - etnoslardan iboratdir. Etnosning eng yuqori darajasi millat - hududi, iqtisudiyoti va madaniyati, tilining barqaror tarzda umumiyligi bo`yicha ajralib turuvchi insonlar yig`indisidan iboratdir. Etnosning eng yuqori darajasi millat – hududi, iqtisodiyoti va madaniyati, tilining barqaror tarzda umumiyligi bo`yicha ajralib turuvchi insonlar yig`indisidan iborat. Ullarda millatga xos. Umumiy jihatlar, milliy o`zlikni anglash hissiyoti mavjud bo`ladi.
Osiyo mamlakatlarining aksariyati ko`p millatli. 150 dan ortiq xalq Hindiston vaIndoneziyada, deyarli 100 xil millat Filippinda, 50 dan ortig`i Vyetnam va Xitoyda, 30 dan ortiq xalq Eron, Afg`oniston, Myanma, Tailandda istiqomat qiladi. Aholining etnik rang-barangligi ba`zi bir xalqlar tarqalgan hududlarning davlat chegaralari bilan bo`linishi tufayli yana ham kuchayadi. Masalan, kurdlar – Turkiya, Eron, Iroq va qisman Suriya, belujlar – Eron, Afg`oniston va Pokiston, panjobliklar – Pokiston va Hindiston, bengallar – Bangladesh va Hindiston, pushtunlar Afg`oniston va Pokiston davlatlari chegaradosh bo`lgan hududlarda zich holda yashaydi.



Download 240.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling