1-mavzu. Dunyo mamalakatlari tipologiyasi


-mavzu. Saudiya Arabistonining iqtisodiy-geografik o‘rni, tabiiy resurslari, aholisi va xo‘jaligi


Download 240.08 Kb.
bet25/34
Sana20.11.2023
Hajmi240.08 Kb.
#1787887
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
1-mavzu. Dunyo mamalakatlari tipologiyasi-fayllar.org

26-mavzu. Saudiya Arabistonining iqtisodiy-geografik o‘rni, tabiiy resurslari, aholisi va xo‘jaligi.
Saudiya Arabistoni Arabiston yarim orolining deyarli ⅔ qismini va Qizil dengiz hamda Fors ko‘rfazidagi sohilbo‘yi orollarini o‘z ichiga oladi. Shimolda Iordaniya (728km), Iroq (814km), Quvayt (222km) bilan, janubda Yaman (1458km) bilan, janubi-sharqda Ummon (676km) va BAA (457km) bilan, sharqda Qatar (60km) bilan chegaradosh. G‘arbda Qizil dengiz va Akaba ko‘rfazi suvlari bilan, sharqda Fors ko‘rfazi suvlari bilan yuvilib turadi. Sohilbo‘yining uzunligi 2640km. Janubda va janubi-sharqda chegaralari aniq o‘rnatilinmaganligi tufayli hududi 1.750.000km².dan 2.200.000km².gacha deb belgilangan. Poytaxti Ar-Riyod shahri.
Saudiya Arabistoni relyefiga ko‘ra bir nechta qismlarga ajratiladi: Tixama pasttekisligi, Xijoz va Asir tog‘ tizmalari, ichki cho‘l yassitog‘lik hududi-Najd, Shammar yassitog‘ligi, Katta Nefud, Al-Hamad, Rub-al-Xali, Kichik Nefud cho‘llari, sharqiy sohilbo‘yi pasttekisligi-Al-Xasa.
Mamlakatning eng chekka g‘arbida Qizil dengiz va Xijoz tog‘ tizmasi oralig‘ida dengiz bo‘yi qumli cho‘l pasttekisligi Tixama joylashgan. Tixamaning kengligi janubda 70km.ga, shimolda esa Akaba ko‘rfazida 7km.gacha kamayadi.
Arab ko‘rfazidan to Yaman respublikasigacha Xijoz tog‘ tizmasi va uning janubda davomi bo‘lgan Asir tog‘ tizmasi cho‘zilgan. Xijoz tog‘i­ning balandligi turlicha, o‘rtacha balandligi 1500m, eng baland nuqtasi 2580m.ga yetadi. Janubiy qismida tog‘ tizmalarining balandligi 800-1000m.dan oshmaydi. Biroq janubiy Makkada tog‘larning balandligi keskin ko‘tariladi, Asirda 3000m.gacha yetadi. Eng baland cho‘qisi Saud tog‘i 3133m.Bu yerda ba’zi bir cho‘qqilar qishda qor bilan qoplanadi.
Markaziy yassitog‘lik Najd dengiz sathidan 600-900m.gacha ko‘ta­rilib boradi va asta-sekin shimoli-sharqiy yo‘nalishda pasayib boradi.
Shammar tog‘i Najdning shimoli-g‘arbiy chekkasida ko‘tarilib boradi, u uzunligi deyarli teng bo‘lgan ikkita Aja va Salma tizmalardan tashkil topgan. Bu tizmalar orasida shimoliy Najdda aholi zich joylashgan hosildor tekislik Botina yotadi.
Katta Nefud cho‘li(Qizil cho‘l) Shammar tog‘idan shimoli-g‘arbda joylashgan. Maydoni 670000km². Cho‘lda balandligi 100m.ga yetuvchi dyunalar hosil bo‘lgan. Cho‘l uchun varonkasimmon jarliklar-fuljilar hosdir. Varonkalarning chuqurligi 240m.ga yetadi. Fuljilar ostida quduqlar va kichik vohalar uchraydi.
Toshloq cho‘l Al-Xamad Katta Nefuddan shimolda joylashgan. Iroq chegarasiga yaqin Al-Xamad chuqur vodiylar bilan bo‘lingan. Shuning uchun bu yer Al-Vadiyan deb ataladi.
Rub-al-Xali cho‘li katta cho‘kmada joylashgan. Cho‘lning uzunligi janubi-g‘arbdan shimoli-sharqqa 1200km.ga, kengligi 650km.gacha cho‘­zilgan. Rub-al-Xali relyefida qumli qir va dyunalar ustun turadi. Cho‘lning janubi-g‘arbiy qismi-bu butunlay hayotsiz kenglikdir.
Kichik Nefud qumli cho‘li ichki Arabistonning markaziy qismini egallab, uzunasiga 1200km.ga, kengligi 20km.dan 100km.gacha yetadi. To‘lqinsimon qum qatorlari orasida tor tekisliklar cho‘zilgan, ulardan mahalliy ko‘chmanchilar yaylov sifatida foydalanishadi.
Fors ko‘rfazi sohili bo‘yida Al-Xasa pasttekisligi cho‘zilgan, u janubda Rub-al-Xali cho‘li bilan kesishadi.Al-Xasaning shimoli-sharqiy qismi dashtdan iborat bo‘lib, o‘simliklar bilan mustahkamlangan uncha baland bo‘lmagan qum qatorlari cho‘zilgan. Janubiy qismi-bu to‘lqinsimon qum dengizidir. Fors ko‘rfazi sohilining hamma qismi uchun pasttekisliklar hos bo‘lib, ular sho‘rhoklar-sabxa bilan qoplangan.
Mamlakat hududida boy neft zahirasi konlari topilgan. Mavjudligi isbotlangan umumdunyo neft zahiralarining 26% (262,7mld.barrel) va tabiiy gaz zahiralarining 3,7% Saudiya hududlarida joylashgan. Hozir­gacha kashf etilgan neft zahiralari bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi, gaz bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.Shuningdek temir rudasi, mis, oltin konlari ham bor.
Mamlakatning umumiy aholisi 28,6mln. kishidan ortiq. Ortacha zichlik 1km²da 10 kishi. Aholisining 90%i arablar va barbarlar, 10%i afroosiyoliklar. Davlat tili arab tili. Mamlakatning deyarli 100% aholisi islom diniga e’tiqod qiladi(sunniylar). Tug‘ilish har 1000 kishiga 29,34, o‘lim har 1000 kishiga 5,94. O‘rtacha umr ko‘rish erkaklarda - 66,4 yosh, ayollarda - 69,8 yosh. Yosh tarkibi: 0-14 yoshgacha - 42,52%, 15-64 yoshgacha -54,8%, 65 yoshdan kattalar - 2.68%. IAA -7mln.kishi, shundan qishloq xo‘jaligida 12%, sanoatda -25%, xizmat ko‘rsatishda - 63%. 15-65 yoshgacha bo‘lgan aholining 35%i xorijliklar.
Saudiya Arabistoni Podshohligi asosli ravishda dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchi davlatlardan hisob­lanadi, Hozirgacha kashf etilgan neft zaxiralari bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi, gaz bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Mavjudligi isbotlangan umumdunyo neft zaxiralarining-26%i(262,7mld barrel) va tabiiy gaz zahiralarining-3,7%i (6,544trl.m³) Saudiya hududlarida joylashgan.
So‘nggi o‘n yillikda SAP qishloq xo‘jaligi juda tez sur’atlar bilan rivojlandi va mamlakatdagi eng unumdor iqtisodiy sektorlardan biriga aylandi. Davlat o‘z tasarrufidagi qishloq xo‘jaligi sektorini zamonaviy texnologiyaning fermerlik va sug‘orish jihozlari, shuningdek, hayvonot va baliq resurslarini rivojlantirish vositalari bilan ta’minlashga alohida ahamiyat berayotgani bu sohalarda katta yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda.
Davlat tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 1975-yilda Saudiya Arabistoning haydaladigan yerlari 150 000 akrdan oshmagan bo‘lsa, 1985-yilga kelib bu ko‘rsatkich 2 300 000 akrga yetdi.
Bunday siyosatning mantiqiy natijasi sifatida 1980-yillarga kelib, SAP eng muhim qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan hisoblangan don (asosan, bug‘doy) mustaqilligiga erishdi. 1975-yilda bor-yo‘g‘i 3 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan bo‘lsa, 1985-yilga kelib, Saudiya Arabistonida 1 700 000 tonna bug‘doy yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich aksariyat maydoni cho‘ldan iborat bo‘lgan mamlakat uchun astronomik o‘sish bo‘ldi.
Saudiya qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri xurmo yetishtirishdir. Xurmo Podshohlikda yetishtiriladigan eng qadimiy qishloq xo‘jalik mahsuloti hisoblanadi. Hozirda xurmo eksporti bo‘yicha SAP dunyodagi eng ilg‘or mamlakatlardandir. Bundan tashqari, SAP Xalqaro oziq-ovvqat dasturi orqali ocharchilik sodir bo‘lgan mamlaktlarga beg‘raz yordam sifatida xurmo yetkazib beradi.
Bog‘dorchilik Al-Xasa, At-Toif, Asir vohalarida rivojlangan. Unda o‘rik, shaftoli, olma, nok, bodom, anor, anjir, banan, uzum, apelsin, limon yetishtiriladi.
Saudiya Arabistonida turli xil sabzavotlar, jumladan karom, pomodor, baqlajon, sabzi, loviya, qalampir, chesnok, qovoq, shurin kartoshka (batat), rediska yetishtiriladi. Kartoshka mahalliy ehtiyojlarni qondirish va, hatto qo‘shni davlatlarga eksport qilish uchun yetishtiriladi. Poliz mahsulot­laridan qovun va tarvuz yetishtiriladi.
Chorvachilik qishloq xo‘jaligining yana bir muhim tarmog‘ini tashkil etadi. 1985-yilda sut va sut mahsulotlarini yetishtirishda mahalliy bozorni to‘la ta`minlash bilan bir qatorda, ularni qisman qo‘shni davlatlarga eksport qilishga erishildi.
1985-yilda tuxum bilan ta’minlashda to‘la mustaqillikka erishildi. Ehtiyijdan ortiqcha tuxum qo‘shni davlatlarga eksport qilina boshlandi. Parranda go‘shtini ishlab chiqarish bo‘yicha Podshohlik hozirda mahalliy talabning 60%ini qondirmoqda.
Baliqchilik SAP xalq xo‘jaligining eng qadimiy tarmoqlaridan hisoblanadi. Mamlakatda sarmoyasi 100mln. saudiya riyoliga (taxminan 27 mln. $ AQSH) teng bo‘lgan “Saudi Fishing Kompani” davlat aksionerlik uyushmasi tuzilgan. “Saudi Fishing Kompani” o‘z baliqchilik flotiga ega bo‘lib, u turli xil baliq va krevetkalarni mahalliy ehtiyoj va eksport uchun yetkazib bermoqda.
Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan fermerlarni subsidiyalar bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus dasturlar qabul qilingan. Jumladan, fermer­larga foizsiz qarzlar berish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur sektorga qilinayotgan investitsiyalar miqdorini uzluksiz oshib borishini ta’min­lamoqda. Qishloq xo‘jaligi mashinalari va asbob-uskunalar importi, shu­ning­dek, urug‘lar, o‘g‘it va yem-xashak uchun zarur xarajatlarning 50%ini davlat o‘z zimmasiga olgani ham ushbu tarmoqning tez rivojlanishiga yordam bermoqda. Shu bilan bir qatorda, davlat hashoratlrga qarshi dorilar va sersut sigirlarni chet eldan keltirish uchun sarflanadigan mablag‘larga o‘z hissasini qo‘shadi. Saudiya qishloq xo‘jaligi banki va boshqa davlat trast jamg‘armalari qishloq xo‘jaligi loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun foizsiz kreditlar berishni yo‘lga qo‘ygan.
Hukumat fermerlar va qishloq xo‘jaligi shirkatlariga unumdor yerlarni bepul taklif etadi. Bug‘doy va xurmo narxlariga nisbatan subsidiya qilish siyosatini olib boradi.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishida xususiy sektorning ro‘li katta. U, davlat korporatsiyalari bilan bir qatorda, qishloq xo‘jalik shirkatlarini tuzish va faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilgan qulay sharoitlardan keng foydalanib kelmoqda.


Download 240.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling