1-mavzu: falsa


Download 392.44 Kb.
bet3/19
Sana27.02.2023
Hajmi392.44 Kb.
#1234805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1 мавзууу

fanning boshqa sohalariga oid ilmlar juda ko‘payib ketdi. Endi falsafani o‘rganishning hojati bormikan?» debdi. Shunda ulug‘ faylasuf bamaylixotir gap boshlab, «Falsafani Suqrot, Aflotun, Arastu kabi buyuk allomalar yaratgan. Lekin endilikda insoniyatning ana shunday buyuk mutafakkirlari yaratgan bu fanni o‘rganmaslik har qaysi nodonning ham qolidan keladigan ish bolib qoldi», degan ekan.
Falsafa kishilarga olam to‘g‘risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini o‘rganadi. Masalan, biologiya o‘simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi, o‘zgarishi va takomillashib borishi kabi masalalarni o‘rganadi. Bu sohaga oid fanlar ushbu yo‘nalishdagi jarayonlarning ba’zi xususiyat va jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi. Binobarin, biolog har qanday rivojlanish jarayoni bilan emas, balki faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni bilan qiziqadi. Umuman, rivojlanish jarayonining o‘zi nima, uning mohiyati qanday? Masalaning aynan Shu taxlitda qo‘yilishi ilmiy muammolarni falsafiy masalaga aylantiradi. Ya’ni, Shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm sohasidagi yo‘nalishdan falsafiy muammo tusini oladi.
Endi FAYLASUF KIM, degan savolga javob beraylik. Filosof so‘zini, yuqorida aytganimizdek ilk bor buyuk matematik va mutafakkir Pifagor qo‘llagan. Bu
tushunchaning manosini u Olimpiya oyinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish, yani o‘zi va ozligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh savdo-sotiq qilish, boyligini kopaytirish uchun, uchinchisi esa, o‘yindan ma’naviy oziq olish, haqiqatni
bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar, Pifagor talqiniga kora, faylasuflar edi.
Bu, bir qarashda, oddiy va jo‘n misolga o‘xshaydi. Ammo uning ma’nosi nihoyatda teran. Chunki, inson umrining o‘zi ham shunday. «Dunyo teatrga o‘xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga chiqadi va oz rolini o‘ynab dunyoni tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari to‘g‘risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini eyish-ichish, uy-ro‘zg‘or
tashvishlari bilan o‘tkazadi. Boshqasi – nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju qo‘yadi. Uchinchisi esa, olam hikmatlarini o‘rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar uchun ibrat bo‘larli hayot kechiradi.
Qadimgi Sharq va Yunonistonda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy
tajribaga ega bolgan, inson manaviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug‘ullanganlar. Aslida, o‘sha davrlarda falsafani o‘rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko‘zda tutilgan. Grek mutafakkiri Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Dostim, sen hali yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan», deganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan.
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda etgan: «O‘z-o‘zingni erga urish,
tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa emas, o‘zligingdan yuqori turish esa – faylasuflikdir».
Lev Tolstoy donishmand kishilarning uch xislatini alohida ta’kidlab, shunday
yozgan: «Ular, avvalo, boshqalarga bergan maslahatlariga ozlari amal qiladilar; ikkinchidan, hech qachon haqiqatga qarshi bormaydilar; uchinchidan, atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan chidaydilar».
Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) so‘zlariga qaraganda,
o‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – Yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta’rif berib, u shunday degan:
«Hayot o‘yinga oxshaydi: bazilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, bazilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch bo‘lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»1.
Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan.
«Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Falsafaga tegishli bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta’riflarini oladigan bo‘lsak, ulardagi mavjud farq, odatda, mashg‘ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hech bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi -

  1. Диоген Лаэртский. О жизни, учениях и изречениях знаменитых философов. М., 1979. 334-б.

o‘simlik olami ekanligiga e’tiroz bildirmaydi. Har qanday lingvist o‘z fanining mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi. Bir faylasufning ta’rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Falsafaning ta’rifi shu qadar ko‘p va turli-tumanki, ko‘pchilikda
«Ozi bir fan to‘grisida gap ketyaptimikin yoki yoqmi?»2 degan savol tug‘ilishi
mumkin.
Ba’zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to‘g‘risidagi fan deb ta’riflanadi. Masalan, qadimgi Yunon faylasufi Arastu ta’limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari togrisidagi fan» deyilgan bo‘lsa, o‘rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq borliq togrisidagi oliy fan» deb ta’riflagan.
Ba’zi ta’limotlarda falsafa «to‘g‘ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), umuman, «fanlarni korib muhokama qiluvchi» (G.V. Xegel) deb keng tasavvur qilinsa, boshqalarida tor ma’noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi» (L.Vitgenshteyn) sifatida tushuniladi.
Umuman falsafani ifoda qilish mumkinmi? Nemis faylasufi G.V.Xegel (1770- 1831) muayyan falsafa yagona jahon falsafasining - tarixiy bosqichlari, uni shakllanish onlari va bir butun rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan.
Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta’riflar: falsafa - bu dunyoqarash yoki boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir.
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o‘z hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan toplangan bilim va tajribalarni ozlashtirish orqali faylasuf darajasiga
kotarilganlar.
Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham donishmand yoki mutafakkir deb bo‘lmaydi. Haqiqiy faylasuflar hayotda nihoyatda kam bo‘ladi. Ular o‘z davri va millatining farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Xudoning o‘zi aql-zakovat, iste’dod, kuch-quvvat ato etgan, yorqin tafakkurga ega bo‘lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy taraqqiyot miqyosida tanilgan, teran
insoniy g‘oyalar, ma’naviy boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand odamlar bo‘lgan3.

Download 392.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling