1-mavzu: falsa


Download 392.44 Kb.
bet5/19
Sana27.02.2023
Hajmi392.44 Kb.
#1234805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1 мавзууу

Falsafani ko‘pincha «tafakkur maktabi» deb ataydilar. U bir qolipda fikrlash uslubi tugagan, oydek ravshan bo‘lgan narsa shubha va taajjub uyg‘otgan joyda boshlanadi. Inson hayot mazmuni bilan bog‘liq masalalar (Immanuil Kant tilida ular
quyidagicha yangraydi: «Men nimani bilishim mumkin?», «Men nima qilishim kerak?», «Men nimaga umid qilishim mumkin?», «Inson nima?») ustida bosh qotira
boshlagani zahoti u darhol falsafaga «asir» tushadi, borliqni falsafiy anglab etish

  1. Qarang: Lukyanov A.E. Stanovlenie filosofii na Vostoke. Drevniy Kitay i Indiya. – M., 1989. – 109-b.

  2. Budda. Konfutsiy. Jizn i uchenie. – M., 1995. – 139-b.

sohasiga kirib qoladi. Ingliz faylasufi Tomas Gobbs (1588–1679): «Falsafa sening tafakkuring farzandi... va sening o‘zingda yashaydi»9, deganida, bizningcha, to‘la haq bo‘lgan. Darhaqiqat, falsafiy mulohaza yuritish har bir insonga xos xususiyat. Zero hayotning mazmuni, erkinlik, adolat va umrboqiylik haqida mulohaza yuritishni biron-bir insonga taqiqlash mumkin emas.
Falsafa borliqni bilish, asoslar va birinchi tamoyillarni tadqiq etish bilan shug‘ullanadigan alohida soha sifatida, his etish, mushohada yuritish va tasavvur qilish tarzida amal qiladigan oddiy ongdan farqli ravishda, tushunchalar vositasida bilishni nazarda tutadi. Tushunchalar bilan ish ko‘rish san’ati zaruriy aloqalar va sababiy bog‘lanishlarni aniqlashni, hayot taassurotlarining xaotik tasodifiy oqimini tartibga solishni talab qiladi. Mulohaza kuchini tarbiyalash e’tiborni jamlash, uni predmetga qaratishni nazarda tutadi. Tafakkur intensional, ya’ni u muayyan predmetga qarab mo‘ljal oladi. Tafakkur predmetning tabiati haqidagi tasavvurga mos ravishda mulohaza yuritadi. Predmetni o‘zida «idrok etgan» kishigina mazkur predmet o‘zi haqida so‘zlovchining tili bilan gapirishiga umid qilishi mumkin.

Download 392.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling