1-mavzu: falsafa fani predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 1-mavzu
ekologiya, demografiya, xavfsizlik, xalqaro jinoyatchilik, energetika resurslari, qashshoqlikka
chek qо‘yish muammolarini kiritish mumkin. Kо‘rib turganimizdek, falsafaning predmetini qandaydir bitta, qat’iy cheklangan, muayyan masalalar doirasi bilan bog‘lash mumkin emas. U vaqt omiliga va obyektiv sabablar tо‘plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki ularning muayyan majmui tarzida birinchi о‘ringa chiqadi. Ammo bu boshqa mavzular, masalalar va muammolar о‘z ahamiyatini yо‘qotadi va falsafa chegarasidan chetga chiqadi, uning tahlil predmeti bо‘lmay qoladi, degan ma’noni anglatmaydi. Bosh mavzularni ikkinchi, uchinchi yoki undan ham keyingi о‘ringa surib qо‘yadi, ular muayyan davrda va tegishli sharoitda falsafiy diqqat markazidan о‘rin olish yoki falsafiy muammolarning ustuvorliklar yunalishi bо‘ylab yuqoriga kо‘tarilish uchun о‘z vaqtini «kutib», gо‘yoki panada turadi, desak, tо‘g‘riroq bо‘ladi. Ayni shu sababli biz falsafa tarixida qiziqishlardagi ustuvorliklarning muttasil о‘zgarishini, u yoki bu masala bosh masalaga aylanishi, falsafiy hamjamiyatning asosiy e’tibori ma’lum vaqt mobaynida unga qaratilishini kо‘ramiz. Endi Faylasuf kim, degan savolga javob beraylik. «Filosof» so’zini ham yuqorida aytganimizdek, ilk bor buyuk matematik va mutafakkir Pifagor qo’llagan. Bu tushunchaning ma’nosini u Olimpiya oyinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish, ya’ni o’zi va o’zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh — savdo-sotiq qilish, boyligini ko’paytirish uchun, uchinchisi esa, oyindan ma’naviy oziq olish, haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar, Pifagor talqiniga ko’ra, faylasuflar edi. Bu, bir qarashda, oddiy va jo’n misolga o’xshaydi. Ammo uning ma’nosi nihoyatda teran. Chunki, inson umri ham shunday. «Dunyo teatrga o’xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga chiqadi va o’z rolini oynab dunyoni tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari to’g’risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini yeyish-ichish, uyro’zqor tashvishlari bilan o’tkazadi. Boshqasi — nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju qoyadi. Uchinchisi esa, olam hikmatlarini o’rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar uchun ibrat bo’larli hayot kechiradi. Qadimgi davrlarda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug’ullanganlar. Aslida, o’sha davrlarda falsafani o’rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko’zda tutilgan. Grek mutafakkiri Geraklit (eramizdan avvalgi 520—460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do’stim, sen hali yoshsan, umringni bekor o’tkazmay desang, falsafani o’rgan», deganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan. "Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470—399-yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda etgan: «O’z-o’zingni yerga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa emas, o’zligingdan yuqori turish esa — faylasuflikdir». Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o’z hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan to’plangan bilim va tajribalarni o’zlashtirish orqali faylasuf darajasiga ko’tarilganlar. Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham donishmand yoki mutafakkir deb bo’lmaydi. Haqiqiy faylasuflar hayotda nihoyatda kam bo’ladi. Ular o’z davri va millatining farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta’sir ko’rsatadi. Xudoning o ’ zi aql-zakovat, iste’dod, kuch-quvvat ato etgan, yorqin tafakkurga ega bo’lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy taraqqiyot miqyosida tanilgan, teran insoniy g’oyalar, ma’naviy boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand odamlar bo ’ lgan. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar yig’indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim. Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bo’lgan qarashlar, tushunchalar, g’oyalar shakllanadi. Bu — dunyoqarashning o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni ko’pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar. Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bolib, ongning sodda namoyon bo’lish shakllarini ham, oqilona va sog’lom fikrlarni ham o’z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o’ziga xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar ta’sirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har kimning o’z falsafasi bor» deyilganida ana shu hol anglanaladi. Demak, dunyoqarash o’zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va yetarli darajada asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko’p hollarda kundalik tafakkur muhim masalalarni to’g’ri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling