1-Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li


Download 0.61 Mb.
bet6/18
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1718960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Маъруза матни

Mahrifat – xamma narsaning butun borlikning asosi xudo ekanini bilish, aniklash vash u tariqa xudoga yetish demakdir. Mahrifatda olam, yulduzlar, Oy, Kuyosh, odamlar, xayvonlar, kushlar, kapalaklar boshka jamiki narsalar xudoning zuxuratidan iborat, odam Ollox, quyoshning zarrasi deyiladi. Xaqiqat – uzini Xudoning dargoxiga erishgan, vasliga yetgan, xatto u bilan kushilib ketgan deb bilishdir.
Yusuf Xamadaniy, Abdulxolik Gijduvoniy, Najmiddin Kubro, Xoja Axmad Yassaviy yunalishlarining bevosita tahsirida Markaziy Osiyoda Nakshbandiylik yunalishi vujudga kelib, u yakin va urta Shark mamlakatlariga keng yoyiladi. Xojagon yunalishini boshlab bergan A.Gijduvoniy bunday degan: «Ey farzand, barcha xolatda ilm, amal va takvo bilan bul, saloflar izidan yurib, suppot va jamoatni maxkam tut, fikx va xadisni urgan. Yana bunday fikrlar bor: «oz suzla, oz ye, oz uxla», «Xalol ye, shubxadan xoli bul» A.Gijduvoniyning 8 ta tabarruk suziga B.Nakshband 3 ta manzil kushib uz yunalishini asosladi.
Xoja Axror Vali (Ubaydullox) nakshbandiylikning targibotchisi sifatida Tahmadan jirkanish, tuxfa olmaslik, bir kasbni mukammal egallashga chakirdi. Tasavvuf tarikatiga kirganlar uchun kasb-korning yomoni yuk, yomoni biror kasb bilan shugullanmaslik tekinxo’rlik, tahmagirlikka odatlanish xisoblanadi. Nakshbandiylik imoni uning «Dil ba yoru dast ba kor» yahni «Dilning Alloxda, kuling mexnatda bulsin» degan talabida yakkol gavdalanadi. Ular amal deganda birinchi navbatda Allox nomini dilga to kilib, ijtimoiy foydali mexnat bilan shugullanishni, tahma va tekinxurlikdan xazar kilishni tushunganlar. Nakshbandiylik yunalishini qabul qilgan Amir Temur, Ulugbek va bir qator Turkiston xokonlari darveshlikni qoraladilar, ulardan shu dunyo ishlari bilan shug’ullanib, xalol yashashni talab etdilar.
Darveshlar foydali mexnat bilan band bulishlari uchun davlat sharoit yaratib berishi tugrisida farmoni oliy chikarganlar. Buni bajarmaganlarni jazolaganlar.
Tasavvufning so’l qanoti diniy-falsafiy diniy-falsafiy tahlimot sifatida akidaparastlik, islomga nisbatan muxolifiyat bulib yakin va O’rta Sharkda, ayniqsa Markaziy Osiyoda tabiiy va falsafiy fanlar rivojida uz urni mavkeiga egadir.
IX-XII asrlarda Markaziy-Osiyoda dexqonchilik, xunarmandchilik va savdoning taraqqiy etishi empirik bilimlarni rivojlantirishga extiyoj tug’ildi va shunga muvofiq Markaziy Osiyoning ilg’or kishilari matematika, astronomiya, geografiya, tib fanlarini chuqur o’rgandilar. Bu davrni uz mazmuni, salmog’i, axamiyati jixatidan Markaziy Osiyo uyg’onish davri xam deyiladi. Uyg’onish davri madaniyatining o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat edi:
1. Dunyoviy ma’rifatga intilish, bu yulda o’tmish va qo’shni mamlakatlarning madaniyati yutuklaridan keng foydalanish ayniqsa tabiiy-falsafiy, ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.
2. Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivoji, ratsionalizm, akl kuchiga ishonishdan, asosiy ehtiborni xaqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish, xakiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb xisoblash.
3. Insonni ulug’lash, ulardan aqliy, tabiiy, badiiy, mahnaviy fazilatlarini asoslash, insonparvarlik, yuqori axloqiy qonun va qoidalarni namoyon etish, komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib qo’yish.
4. Universallik-qomusiylik, barcha narsa bilan qiziqish bu davr madaniyatidan muxim tomonlaridan biri edi.
Shu davrdan boshlab O’rta Osiyo olimlarining asarlari butun jaxonga dong’i taralib Osiyo, Yevropadagi ilg’or fikrlardan rivojlanishga samarali tahsir ko’rsatdi. O’rta asrlarda ilg’or falsafiy fikrlardan rivojlanishida Ibn Zokariya ar-Roziy, Al Kindi Muxammad Muso Xorazmiy, Frrobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Ulugbek, Navoiy kabi mashxur mutafakkirlarning roli kattadir.
Arab xalifaligida VII asr oxiri IX asr boshlarida xalifalikning Markaziy-Bog’dod, Damariq shaxarlarida madaniyat kuchayib bordi. Xindcha, yunoncha, forschadan ilmiy, siyosiy, badiy asarlarning tarjimalari ko’paydi,
madaniy aloqalar avj oldi, qadimgi Yunonistonning mashxur olimlari Aristotelg’, Galen, Gippokrat, Arximed, Yuvklid kabilarning merosi keng o’rganildi. Xalifalikning turli o’lkalardan tanikli olimlar Bog’dodga olib kelindi, bu yerda IX asr boshida “ Dor ur hikma” – Donolik uyi-ilm markazi tashkil topdi, unda turli ilmlar falakiyy, riyoziyot, tibbiyot, tarixshunoslik, geografiya, kimyo,falsafa, kabi fanlar rivojlandi.
Arab xalifaligida ijtimoiy taraqqiyotning turli darajasida bo’lgan ko’pgina halq va qabilalar birlashgan edi. O’ta qadimiy Madaniyat Markazlari bo’lgan, Suriya, Misr, Xuroson, Mavounnahr kabi ming yilik madaniy merosga ega bo’lgan halqlar xam kiradi.
Arab musulmon madaniyat xalifalik tarixining dastlabki madaniy merosi zaminida shakllangan edi. Bu madaniyatning arablar, shuningdek, arablashtirilgan boshka halqlar tarixi uchun xam axamiyati juda katta bo’ldi. Xalifalikdagi arablashtirilmagan xalqlar arablarnikidan farq qiladigan o’z milliy madaniyatlarini asrlar osha tiklab olgan bo’lsalarda, u arab-islom madaniyati doirasidagi yangi madaniyat sifatida shakllandi.
Abu Nasr Muxammad Forobiy Sirdaryo bo’yidagi Forob qishlogida tug’ilib, uz Vatanida va sungra Bog’dod va Damashqda bilim oldi. U Markaziy Osiyo xalqlari va butun sharqning mashxur faylasufi va olimlaridan biri edi. Farobiy yirik faylasuf, tilshunos, mantiqshunos, matematik, astranom-ximik, medik, psixolog, muzika sanhatining yirik nazariyotchisi, grek madaniyati fani va falsafasini egallagan edi. Forobiy eng yirik Aristotelg’shunos, uning falsafasi, tabiiy ilmiy nazariyasi va asoslarini chuqur bilgan faylasuf edi. Shuning uchun Forobiyni xayotligidayok «Al muallim as-soniy» ustoz), yahni 2-Aristotelg’ deb faxriy nom bilan atagan edilar. Farobiy Aristotelg’ asarlarini arab tiliga tarjima kilib unga sharxlar yozadi, shu bilan birga 160 dan ortiq nodir asarlar yaratdi. Forobiy “Falsafani o’rganishda nimalarni bilish kerak?”, «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Shehr sanhati», «Shoirlarning shehr yozish sanhati qonunlari xaqida», «Ilmlarning kelib chikishi tug’risida», «musiqa xakida suz», «Oxanglar tasnifi xaqida kitob», «Masalalar bulog’i», «Aql tug’risida», «Inson ahzolari xaqida risola», «Fozil shaxar axolisining qarashlari», «Davlat xakida risola» kabi qimmatli asarlar yozdi.
Farobiy xudoni «birinchi sabab», «birinchi moxiyat» deb izoxlaydi. Farobiy sabab-oqibat munosabatlari yordamida birinchi sababni materiya bilan bog’laydi. Materiya o’z sababiga, yahni xudoga xos bo’lgan barcha xususiyatlarga egadir. Materiyasiz, yahni oqibatsiz sabab xam bulishi mumkin emas. Dunyo, tabiat xudo tomonidan qisqa muddat ichida yaratilgan emas deydi olim. Fikrini davom ettirib dunyo xudodan boshka moxiyatga ega bo’lgan borliq bo’lmasdan, xudoning zuxr etishidir. Tabiatning bu xolga kelishiga qadar bir qancha vaqtlar, jarayonlar o’tgan. Shunday qilib, Farobiy barcha mavjudotni, olamni, materiyani birinchi sabab xudodan keltirib chiqaradi. Farobiyning fikricha, materiya olamdagi narsa va xodisalarning asosidir. Dunyoning moddiy asosi yoki materiya tuproq, suv, xavo, olov va osmondan iborat bo’lib Farobiy tahlimoticha osmon jismlari xam yerdagi jismlar xam ana shu unsurlarning birikuvidan vujudga keladi. Farobiy fikricha olamdagi xar bir predmet materiya va shakldan iborat bulib, materiya xam, shakl xam teng axamiyatga ega bo’lgan sabablardir. Farobiy tahlimoticha xarakat materiyaning obhektiv xususiyati, moddiy olam esa xarakatning manbaidir; olamdagi predmet va xodisalar tuxtovsiz xarakat uzgarishda, xarakat va uzgarishning sababi esa boshlangich moddiy elementlarning turlicha kushilishidadir. Farobiyning bilish xakidagi fikrlari xam ehtiborga loyik, uning tahlimoticha moddiy olam inson uning sezgisi, aklidan avval mavjud bulgan. Inson va uning akli esa -moddiy olam rivojining oliy maxsulidir, inson xayvondan uzining sezgi ahzolari, tabiatni bilish kobiliyati, aqli, tili bilan farqlanadi, inson moddiy olamni birin-ketin o’sib yetishgan sezgi ahzolari orqali bila boshlaydi va undan aqliy bilishgacha -tafakkurgacha ko’tariladi. Farobiy bilishda inson aqlining roliga katta baxo bergan. Inson aql tafakkur yordamida tabiatni, borliqni, materiyani, ijtimoiy xodisa va jarayonlar moxiyatini, mahnosini biladi. Forobiy uzining ijtimoiy qarashlarida insoniyat jamiyati vujudga kelishi va rivojlanishining muayyan tabiiy sabablarini, axloqning shakllanishini, inson va jamiyatning uzaro munosabatini, insoniylik, adolat, yetuk jamoa, komil inson kabi masalalarni nazariy jixatdan asoslashga xarakat qiladi.
O’rta asr feodal Sharqining buyuk olimlaridan biri o’zbek xalqining ulug’ farzandi entsiklopedist olim geograf, geolog, astronom, matematik, filosof, tilshunos, etnograf, tabib Muxammad Ibn Axmad Abu Rayxon Beruniy 973 yilda 4 oktyabrda qadimgi Xorazmning markaziy shaxri Qiyotda tug’ildi. Beruniy uz umri davomida 152 asar yaratdi. Shulardan eng mashxurlari «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Mahsud qonuni», «Xindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Saydana»dir. Beruniy o’z davrida tajribaviy bilimlarni puxta egallagan olimlardan bo’lib bu uning tabiiy-ilmiy, va falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muxim omillardan xisoblanadi.
Umuman, Beruniyning tabiiy-ilmiy mehrosi, aniq fanlar buyicha ko’targan muammolari o’z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, yahni falsafiy dunyoqarash shakllanishida katta axamiyatga ega bo’ldi. Beruniy o’z astranomik jadvalida olamning markazi yer emas, balki quyoshdir, xamma planetalar, shu jumladan yer xam quyosh atrofida aylanadi, degan geliotsentrik nazariyani olg’a surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi 500 yildan keyin ulug’ astronom Kopernikning geliotsentrik sistemasida ilmiy asosda tasdiqlandi. Beruniy Abu Ali ibn Sino bilan qilgan munozarasida koinotdagi planetalar, shu jumladan yer xam o’zaro tortishish kuchiga ega degan xulosaga keladi. Uning bu nazariy xulosalari XVIII asr boshida ingliz olimi Ng’yuton kashf etgan butun dunyo tortish qonuni bilan ilmiy jixatdan asoslantirildi.
Insoniyat Abu Ali ibn Sinoni jaxon fani yoki madaniyatining yuqori chuqqisi, uyg’onish davri madaniyatining yirik arboblaridan biri sifatida biladi va ehzozlaydi. Ibn Sino 400 dan ortiq asarlar yozdi. Uning yozgan asarlari ilm-fanning barcha soxalariga taaluqlidir. Shundan 242 tasi bizga yetib kelgan. Alloma asarlaridan 80 tasi falsafa, iloxiyot, tasavvufga, 43 tasi tabobat, 19 tasi mantiq, 26 tasi esa ruxshunoslikka bag’ishlangan. Ibn Sino o’z asarlari bilan O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo madaniyatlarining oldingi qatoriga olib chiqdi. Shuning uchun xam «Shayxurraisi» - «Olimlar boshlig’i» deb atalishi bejiz emas. Olimning asosiy falsafiy asari «Kitobat shifo», «Donishnoma», «Najot», «Kitobul insof», «Kitob al qonun fit tib» kitoblaridan iborat.
Ibn Sinoning «Donishnoma» nomli falsafiy kitobi 5 xil ilmni - mantiq, tibbiyot, astronomiyalar, musiqa, iloxiyatni o’z ichiga oladi. Ibn Sino o’tmish damlari va zamondoshlari singari xudoni ehtirof etadi, uni borliqning birinchi sababi va mabai deb tushunadi.
Ibn Sinoning aytishicha, falsafa borliq xakidagi fandir. Borliq esa abadiydir, u shaklini o’zgartirishi, bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishiga o’tishi mumkin, lekin uning o’zi, materiya yuqolmaydi. Uni tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat va sabab kategoriyalarini asos qilib olish zarur. Ushbu kategoriyalar orqali inson olam tug’risida falsafiy fikrlarga ega bo’ladi. Ibn Sinoning fikricha olamda zaruriy vujud va imkoniy vujud bor bo’lib, ularning birinchisi xech narsaga bog’liq bo’lmagan bir butunlikdir; u qudratli, dono, irodali va xamma narsani biluvchi tangridir. Ikkinchisi zaruriy vujud tangridan kelib chiqadi va uni namoyon etadi. Bu kelib chiqish emanatsiya tarzida, yahni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida mavjud bulgan aql, jon va jism, ular bilan bog’liq xolda osmon jismlari kelib chiqadi. Bu javxar subegontsiya bo’lib, undan tashqari borliqda araz akkidentsiya yahni narsalarning belgilari, rangi, xajmi, xidi va boshka xislatlari mavjud. Jism shakl va materiyadan tashkil topadi. Moddiy jixatdan bir butun bo’lgan tabiat o’z ichki qonuniyatlari asosida rivojlanadi, binobarin, tabiiy xodisalar sababli bog’lanishga ega bo’lib, ularni o’rganish mumkin.
Ibn Sino jismlar 4 unsurdan tashkil topgan, -deydi. Bu 4 unsur-xavo, suv, olov, tuproq-o’zaro bog’liq, bir-biriga tahsir etadi. SHundan u yoki bu narsa paydo bo’ladi yoki yo’qoladi. Lekin ularning asosi - 4 unsur o’zgarmaydi, yuqolib ketmaydi. Materiya, xarakat, vaqt va fazo bilan uzviy bog’liqdir. Ibn Sino bilish nazariyasiga xam o’lkan xissa qo’shgan. U inson bilimlari real obhektiv narsalar, ularning sababiy bog’lanishlarini bilib olish orqali vujudga keladi, degan. Inson sezgilari yordamida narsalarni xissiy bilsa, tushunchalar yordamida aqliy biladi. U bilishda tafakkurning roliga yuksak baxo beradi.
Xondamir, Xattot, Sulton Ali Mashxadiy va boshqalar ijod qilganlar. Boshka tabiyotshunoslar singari Ulug’bek va uning shogirdlari moddiy olamni kishi ongidan tashqarida obhektiv mavjudligiga shubxa qilmadilar va uni chuqur o’rganishga dahvat etdilar.
Qomusiy bilim egasi bulgan Mirzo Ulugbek riyoziyot, falakiyot, musikashunoslik, falsafa, tarix soxasida ijod kilgan. U «Bir darajaning sinusini aniklash xakida risola», «Risolalar ilmidan musika», «Risolai yirik tarixiy kitob»ni xam muallifidir.
Ulug’bekning nomini butun dunyoga yoygan, o’ta shon-shuxrat keltirgan bebaxo asar «Ziji jadidi Kuragoniy»dir. Bu asar Ulug’bekning 20 yil davomida olib borgan astronomik kuzatishlarining natijasi bo’lib, uning asosiy qismi yulduzlar jadvalidan iboratdir. Ulugbek o’limidan keyin 200 yil davomida bu jadval o’zini aniqligi va ilmiyligi bilan tengi yuq xisoblanib kelingan.
Shu davrning yorqin yulduzlaridan biri - o’zbek xalqining buyuk farzandi, buyuk mutafakkir, siyosiy arbob, insonparvar shoir Alisher
Navoiy edi. Navoiy fan, adabiyot, sanhatning turli soxalariga doir qirqdan ortiq asar yaratdi. «CHor devon», «Xamsa», «Maxbubul qulub», «Muxokamatul lug’otayin», «Majolisun nafois» va boshqalar shular jumlasidandir. Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari turli asarlarida sochilgan xolda bayon etilgan.
Ularda borliq va uning moxiyati, inson va inson xayotining mazmuni xakida chuqur falsafiy muloxazalar, insonning baxt saodati xaqidagi orzu-umidlari, adolat va axloqiy kamolot, komil inson va fozil jamoa, ularga yetish yullari va choralari xususida izlanishlar uz ifodasini topgan. Navoiy uz falsafiy karashlarida xamma narsa 4 moddiy elementdan - ut, suv, xavo, tuproqdan tashkil topgan deb ko’rsatadi. Uningcha moddiy olam doim xarakatda va o’zgarishda. Navoiy moddiy olamni bilish mumkin ekanini asosan ehtirof etadi. Uningcha, bilishning manbai real vokelikdir, dunyoda mavjud narsalarning xammasi xislarimizning predmetidan (obhektidan) iborat. Navoiy inson uzining 5 sezgi ahzolari orqali tashki moddiy dunyo bilan aloqa bog’laydi va u to’g’risida aniq mahlumotlarga ega bo’ladi, ularni miyasida tafakkur yordamida umumlashtiradi, qayta ishlaydi so’ngra muayyan xulosa chiqaradi deyiladi.
Alisher Navoiy insonni butun koinotning markaziy siymosi, butun mavjudotning toji deb biladi. Insonni bezaydigan go’zal xislat va fazilatlar sifatida odob-axloqli, kamtar, muruvvatli, rostguy, mexnatsevar, saxiy bulishni aloxida tahkidlaydi. Uning asarlari markazida turgan belgilovchi va yunaltiruvchi bosh masala - inson, xalq, Vatan, uning gullab yashnashi, istiqboli xaqidagi muammolardir. Navoiy inson va uning taqdiri xalq va undan manfaatlari yulida g’amxo’rlik qiladigan kishilarni ulug’laydi.
XVI-XX asrlarda xonliklar va amirliklar davrida Markaziy Osiyo xalqlarining fan va madaniyati uziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan xolda rivojlandi. Feodallar o’rtasida bo’lib turgan daxshatli janglar ilm axliga qanchalik kulfatlar keltirgan bulmasin, u ilm-fan, sanhat va adbiyot rivojini tuxtatib qo’ya olmadi.
Boboraxim Mashrab (1657-1711) Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy va falsafiy fikrlari rivojlanishi tarixida muxim o’rin tutadi. U o’sha vaqtda yaqin va o’rta SHarq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik okimiga ehtiqod kilib, jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi kurash olib borishga xarakat qiladi. Mashrab o’zining g’azal ruboiylarida iloxiy sevgini, yahni xudoga muxabbatni bayon qiladi. Lekin ayni bir vaqtda, mavjud dunyoning ishlarini, g’am tashvishlarini, insoniy fazilatlarni egallash, xalqning axvolini yaxshilash muammolarini xam unutmaydi. Mashrab din yo’lidan chiqib ketgan, shahriyat qonunlariga rioya kilmay, riyokorlik, muttaxamlik, firibgarlik, buzuqchilik bilan shug’ullanayotgan din vakillarni fosh qilib, ularni tug’ri yulga solmoqchi bo’ladi. Boboraxim Mashrabning otashin insonparvarlik so’zlari, isyonkor shehrlari o’sha davrdagi xukmdorlarga shahriyat peshvolariga mutlaqo yoqmadi. U 1711 yilda Balx xokimi Maxmudxon tomonidan osib o’ldiriladi.
Markaziy Osiyoda falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlar taraqqiyotida beqiyos katta o’rin tutgan mutafakkirlardan biri Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721) dir. U 120 ming misradan ortiq shehr va 20-25 bosma taboqdan iborat nasr yozgan. Uning «Kulliyot» nomli asarlari to’plamiga 16 ta kitob kirgan. Falsafaga doir asarlaridan «Bilim», «Chor unsur», «Nukot» kabilarni ko’rsatish mumkin. Mirzo Bidil falsafiy fikr negizini obhektiv olam mavjudligini ehtirof etish tashkil etadi. Uning tahlimotiga kura tabiat abadiy, undagi narsa va xodisalar uzaro bog’liq xamda dunyo xamisha o’zgarish, rivojlanish xolatida turadi. Bedilning falsafiy qarashlari uning «mavjudot birligi» degan tahlimotida chukur ifodalangan. Unda aytilishicha, modda bilan Rux, tan bilan jon bir-biriga bog’lik. Bedil nuqtai nazari bilan qaraganda, 4 unsurning turli birikmalarida noarganik dunyo paydo bulgan, keyin undan organik dunyo - o’simliklar, xayvonlar va odamzot vujudga kelgan. Bedilning tushuntirishicha, jism narsalar tarkibida zarrachalar o’zgarib turadi, natijada yangi narsalar kelib chikadi. Bu xayratga soluvchi sirli xodisa zaruriyat xukmi bilan bo’ladi. Bu zaruriyat narsalarning o’zida va ularning o’zaro munosabatlarida mavjuddir. Bedilning tahlimoticha, inson sezgi organlariga tashqi olam tahsir etadi, inson narsalar moxiyatini aql-zakovati yordamida bilib oladi. Obhektiv olam bilish manbai ekanini u xar doim tahkidlagan. Odam xis kilish organlari yordami bilan tashki dunyo tahsirini idrok qiladi.
Tafakkuri bilan esa buyumlarning moxiyatini bilib oladi. Mirzo Bedilning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari xam muxim axamiyat kasb etadi. U o’z shehrlarida insonga xurmat va extirom bilan qarash uning kelajagini o’ylash, xalol yeb, xalol yashashga dahvat etadi. Bedil dangasalik, yolgonchilik, kekkayish, ochkuzlik, makr va xiyonatni tanqid qilib, kamtarlik, saxiylikni, mexnatsevarlik, odob-axloq, iymon-ehtikodni yuksak darajada qadrlaydi.
O’rta Osiyoning buyuk mutaffakkirlari tomonidan ilgari surilgan mahrifat xaqidagi ajoyib g’oya va tahlimotlar XVII-XIX asrlarda adiblar, tarixchilar, faylasuflar, ziyolilar tomonidan o’ziga xos tarzda ijodiy rivojlantirildi. Yangicha mahno va mazmun bilan boyitildi.
Turdi Fargoniy, Boboraxim Mashrab, Shermuxammad Munis, Muxammad Sharif Gulxaniy, Muxammad Rizo Ogaxiy va boshqalar o’sha murakkab tarixiy davrning fan arboblari atoqli shoir va yozuvchi olimlardir. Xalqimizning tub manfaatlarini, ozodlik, mustakillikka bulgan intilishdari, orzu-niyatlarini uzida aks ettirgan yangi ijtimoiy-falsafiy tafakkur-mahrifatparvarlik Turkistonda XIX asrlar oxirlaridan boshlab paydo bo’la boshladi. Ularning yirik namoyondalari Axmad Donish (1827-1897), Furqat (1858-1909) yillari, Zavkiy (1853-1921), Avaz Utar (1884-1914) xisoblanadi. Ularning asosiy maqsadlari xalqni ilmli, madaniyatli qilish, milliy ong va g’ururini ustirish asosida el-yurtni yakdil, yaktan qilib birlashtirish, odamlar ko’zini g’aflat uyqusidan ochish yuli bilan Vatanimiz mustaqilligi, millatimiz erkinligi va ozodligini tahminlashdan iborat edi.
XIX asr va XX asr boshlarida Turkistonda jadidlar xarakati vujudga keldi. Ular xalqni mahrifatli qilish, bilim saviyasini ko’tarish, fikr doirasini o’stirish, milliy istiqlolga erishishning zarur shartlaridan biri deb tushundilar va ana shu oliyjanob niyatlarini amalga oshirish uchun tinmay xarakat qildilar. Xalkimizning zukko farzandlari Maxmudxuja Bexbudiy, Munavvar
Qori, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Chulpon, Usmon Nosir, Abdulla Kodiriy shular jumlasiga kiradilar. Turkistonning kelajak takdiri to’g’risida millatning istiqboli xaqida tinmay qayg’urdilar, izlandilar, milliy istiqlolimizga zamin yaratdilar.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling