1-Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li


Download 0.61 Mb.
bet8/18
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1718960
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Маъруза матни

Takrorlash uchun savollar.
1. Borliq tushunchasi nimani ifodalaydi?
2. Borliіning qanday turlarini bilasiz?
3. Materiy tushunchasi to’g’risida nimalarni bilasiz?
4. Harakat va uning asosiy shakllari to’g’risida so’zlab bering.
5. Fazo va vaqt nima?
4 - Mavzu: Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari.
Reja:
1. Falsafa qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat.
2. Miqdor o’zgarish qonunlaridan sifat o’zgarish qonunlariga o’zaro utish qonuni.
3. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. Inkorni inkor qonuni.
Falsafiy kategoriyalar va ularning boshqa fan kategoriyalaridan farqi.
4. Olamdagi umumiy alokadorlikni ifodalovchi kategoriyalar.
5. Narsa va xodisalar to’zilishini aks ettiruvchi kategoriyalar.
6. Narsa va xodisalar o’rtasidagi sababli boglanish (determinizm)ni anglashga imkon yaratuvchi kategoriyalar.

Tayanch tushunchalari:


Qonun, qonuniyat, miqdor, sifat, meher, sakrash, qarama-qarshilik, ayniyat, ziddiyat, inkor, inkorni inkor, vorislik.

Adabiyotlar:


1. Qarimiv I.A. «Yangi uy kurmay, eskisini bo’zmang» T. «O’zbekiston» nashr 1993y.
2. Qarimov I.A. «O’zbekistonning o’z istiklol va tarakkiyot yuli» T. «O’zbekiston» nashr 1992 y.
3. «Falsafa» ukuv kullanma. E. Yusupov umumiy taxriri ostida T. «SHark» nashr. 1999y. 216-234betlar
4. Tulenov J. «Dialektika nazariyasi» T. «O’zbekiston» nashr. 200y.1-103-124betlar
5. Gunnor Skirbekk, Nils Gilg’e. Falsafa tarixi .T. «shark» nashr. 2002y.-606-613 betlar.
6. Qarimov I. «Mahnaviyat, Falsafa va xayot.» T. «Fon». nashr 200y.1- 190-206 betlar.
7. «Falsafa asoslari» T. «O’zbekiston» nashri 2005 y. 145-155betlar.

Odamzod qonunlar orkali olamning sir-asrorlarini imkoniyatiga ega bo’ladi. Falsafiy qonunlar dunyodagi o’zgarishlar, paydo bo’lish va yukolishlar, rivojlanish va tarakkiyot mexanizmlarini anglab olish imkonini beradi. Qonun – muayyan shart-sharoitda vokealar rivojining xususiyati va yunalishini belgilaydigan, mahlum bir kathiy natijani takoza etadigan obyektiv dunedagi narsa va xodisalarning muxim zaruriy, umumiy nisbiy, barqaror munosabatlar ifodasidir.


Qonun bilan qonuniyat tushunchasi urtasida tavofut bor. Qonun qonuniyatning bir anik konkret tomonini ifoda etadi, qonuniyat esa umumiy yunalish tententsiyasi anglatib, turkum qonunlar majmuasi sifatida namayon bo’ladi. Moddiy voqelikdagi qonunlar ko’p kirraligi bilan tavsiflanadi. Tabiat va jamiat qonunlari obyektiv jarayonlarni bir-birlaridan farqlanadi.
Tabiat qonunlari yer yo’zida inson bo’lmagan davrda ham mavjud bo’lgan. Jamiyat qonunlari esa inson faoliyati natijasida paydo bo’lgan shart – sharoitlar bilan bog’lik ravishda yo’zaga kelgan. Jamiat qonunlari kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi eng umumiy, muxim bog’lanishni kursatadi. Yana bir farqi shuki, jamiyat qonunlariga nisbatan tabiat qonunlari asti-sekinlik bilan o’zgarib boradi. Ijtimoiy qonunlar esa mahlum davr mobaynida amal kilgandan sungra, o’z-o’zini yangi qonunlarga bushatib beradi, bahzilari o’z kuchini yukotadi. Xarakat kilish doirasiga qarab qonunlar : eng umumiy, umumiy va xususiyga bo’linadi. Moddalarning saklanishi va aylanishi qonuni, energiyaning bir turdan ikkinchi turga utishi qonuni umumiy qonunlarga, xususiy qonunlarga esa , masalan KULON qonuni kabilar kiradi.
Xususiy qonunlar muayyan bir Obyektning o’ziga xos xususiyatlari urtasidgi yoki materiya xarakatining Biron-bir shakli doirasida mavjud bo’lgan ichki alakodorliklar ifodasidir. Umumiy qonunlar narsa va xodisalarning kata majmualari urtasidagi aloqadorliklar anglatadi.
Eng umumiy qonunlar esa tabiat, jamiyat va tafakkurdagi barcha aloqadorliklar, o’zgarishlar va tarakkiyot shartlarini anglab olish, vokealar rivojining pirovard oqibatlarin oldindan faxmlab olish imkonini beradi. Bo’larga falsafa qonunlari kiradi.
Miqdor va sifat o’zgarishlarining bir-biriga utish qonuni.
Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga utish qonuni falsafaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning moxiyati shundan iboratki,narsa va xodisalardagi sezilarli bo’lmagan miqdoriy o’zgarishlar asta sekin tuplana borib, tarakkiyotning mahlum bir boskichida mehyorni bo’zadi va sakrash yuli bilan tub sifat o’zgarishlariga olib keladi.
Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va xodisalar bir-biridan o’z sifati bilan ajralib turadi. Sifat narsalarning ichki muayanligi bo’lib, boshqa narsalardan ajratib turadigan xossa, belgi, xussusiyatlarining birligidir. Sifat narsa qanday bo’lsa, uni shundayligicha aniklab beradi. Narsalarning sifati esa ularning xossalari orkali namayon bo’ladi. Xossa narsa sifatining boshqa narsalar bilan o’zaro aloqadorligi tashki namayon bo’lishidir. Biz narsalarning ichki sifatini mahlum bir xossalarda namayon bo’lishi orkali bilamiz. Xar bir narsa ko’plab xossalarga, yahni asosiy va ikkinchi darajali xossalarga ega bo’ladi. Masalan, metall zichlik, sikuvchanlik, issiqlik utkazuvchanlik, cho’ziluvchanlik kabi xossalarga ega. Sifat – jismning barcha xossalarini birgalikda bog’lovchidir.
Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning nisbiy barqarorligini, bir-biriga uxshashligini ifodalaydi. U keng mahnoda narsalarning turli- tuman xossalar yigindisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil mahnodagi tushunchalar emas. Sifatning o’zgarishi muqarrar surhatda xossaning o’zgarishiga olib keladi, birok xossaning o’zgarishi xar doim sifatning o’zgarishiga tahsir etavermaydi, ayrim xossalar narsalarning sifatiga tahsir etmasdan yuk bo’lib ketishi mumkin. Sifat predmet doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda etadi.
Xar bir narsa muayan sistemada bir-biri bilan bog’lik bo’ladi. Narsa kaysi bog’lanishlar sistemasiga bog’lik ravishda turli sifatlarga ega bo’ladi. Chunonchi, «stol» muayan tabiiy materialdan, yahni daraxtdan yasalgan bo’lib, tabiiy sifatiga ega. Shuning uchun u tabbiy qonuniyatlarga buysunadi. Ayni zamonda stol muayan inson mexnatining natijasi bo’lib, ijtimoiy sifatga ham ega va ijtimoiy qonuniyatlarga buysunadi. Ijtimoiy sifatlar o’z navbatida ikki guruxga; birinchi tartibdagi ijtimoiy sifatlarga va ikkinchi tartibdagi ijtimoiy sifatlarga bo’linadi. Xuddi usha stol, modomiki, insonning muayyan extiyojini kondirar ekan, «anik (amaliy)xis» etiladigan narsa sifatida namayon bo’ladi. Ikkinchi tomonidan, stol, modomiki, kiymatga ega ekan, u tovar sifatida gavdalanadi. Bu urinda stol «xaddan tashqari xis etiladigan narsa» tarikasiga gavdalanadi. Bu esa ikkinchi tartibli ijtimoiy sifatlarga mansubdir.
Narsalar sifat muayanligidan tashqari bir-biridan miqdoriy tomonlari bilan ham farq qiladi. Miqdor predmetning xajmi, ulchuvi, ogirligi, xarakat tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanidi. Tabiat xodisalari kabi ijtimoiy xodisalar ham miqdoriy tomonga ega. Chunonchi, suv o’z solishtirma ogirligiga, kaynash va mo’zlash darajasiga ega, bir ijtimoiy to’zum boshqasidan xususiyati jixatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar tarakkiyoti, surhati darajasi, mexnat unumdorligi, madaniyati va xokazolar bilan ham farq qiladi.
Narsa va xodisalardagi miqdoriy va sifatiy tomonlar doimo bir-birini takozo kilib, birlikda bo’ladi. Xar qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega. Tabiatda fakat miqdorga yoki sifatga ega bo’lgan narsa yuk. Shuning uchun ham narsaga miqdoriy va sifatiy tomondan berilgan tavsif tulik bo’ladi.
Miqdor va sifatning birligi, o’zaro bog’likligi mehyor tushunchasida ifodalanadi. Meher bu miqdoriy munosabatlar va obyektiv sifatga mos to’zilmalarning muvofikligidir. Obyektning miqdori ushbu sifat doirasidan chikmasdan muayan oralikda o’zgaradi. Bu oralik chegaralari esa predmet muayanligini, sifat va miqdor birligi sifatida mehyorni ifodalaydi. Mehyorning bizilishi predmet mavjudligi mumkin bo’lmagan xolatga olib keladi. Mehyor xar bir narsa va xodisadagi miqdor bilan sifat urtasidagi o’zaro munosabatni ifoda etadi. Bu urinda xar bir narsa, xodisa miqdor o’ziga xos ulchovga ega bo’ladi, chunki Ushbu sifat xususiyati xar qanday miqdor bilan emas, balki muayan miqdor bilpn uygunlashadi. Ushbu Obyektga xos bo’lgan mehyorning bo’zilishiga va uning yangi sifatiga utishiga olib keladi.
Me’yorning turli shakllari mavjud bo’lib, nazariy bilimlar sistemasida u quyidagilarga ajratiladi: 1) Oddiy me’yor aloxida o’z- o’zicha olingan predmet ulchovi; 2) sistemali, substantsiyali mehyor – Ushbu sistemaning elementi, bo’lagi bo’lgan predmet ulchovi; 3) anik mehyor – barcha xakikiy munosabatlar yigindisi bo’lgan predmet ulchovi. Ijtimoiy xayot koidalari ham goyat turli-tuman mehyor munosabatlariga ega. Bir mehrdan ikkinchi mehyorga tushunchalarida olamdagi narsalarning obyektiv va eng umumiy tavsifi ifodalanadi. Shuning uchun ham ayrim faylasuflarning narsalar sifati subyektiv tushuncha deb tahkidlashlari nazariy jixatdan asossizdir.
Miqdor va sifat birlikda, bo’lib, bir-biriga o’tib turadi. Miqdor sifatga va aksincha, mahlum sharoitda sifat miqdorga utadi. Narsa va xodisalarning sifati obyektiv bo’lsa-da, nisbiydir, chunki ular urtasidagi chegara o’zgaruvchan bo’lib, ularni mutloklashtirish mumkin emas. Xuddi shuningdek, narsalarni miqdoriy muayyanligi ham o’zgaruvchandir. Modomiki, obyektiv olam doimiy xarakatda, o’zgarish va rivojlanishda ekan, narsalarning miqdoriy va sifatiy muayyanligi, ularning xossalari ham o’zgarish va rivojlanishdadir. Miqdor va sifat o’zgarishlarining anik xolatini bilish fan va ijtimoiy amaliyot uchun muxim ahamiyatga ega.
Xar qanday narsa va xodisaga miqdor va sifat o’zgarishlar xosdir. Miqdor o’zgarishlari bilan sifat o’zgarishlari urtasida kathiy qonuniyat mavjud bo’lib, bu qonuniyat quyidagicha ifodalanadi: miqdor o’zgarishlarini tayyorlab, xar bir anik xolatda muayyan sifat o’zgarishlarini keltirib chiqaradi vash u xolatda miqdor o’zgarishlarining utishi sodir bo’ladi.
Miqdor o’zgarishlarning sifat o’zgarishlariga utish masalasiga, o’z navbatida, qadimgi faylasuflar ham e’tibor berganlar. Qadimgi faylasuflarning «Yaltirok bosh» va « Garam» nomi bilan keltirgan misollar mahlumdir. Suxbatdoshga quyidagi savol beriladi: agar boshdan bir dona soch tolosi yulib olinsa bosh yaltirok bo’ladimi, agar garamdan bir dona urug olinsa, u gamlik xolatini yukotadimi,? Natija yuk degan javob bo’ladi. Bu xoll bosh yaltiramaguncha, garam esa yuk bo’lmaguncha davom etadi. Qadimgi faylasuflar bu kabi xodisalarni eng umumiy qonuniyatlarining namayon bo’lishi natijasida deb, emas balki sof mantikiy gayri tabiilik deb qarar edilar.
Miqdor o’zgarishlarinig sifat o’zgarishlariga utishi haqida Urta Osiyo mutaffakirlarining asarlarida ham ko’pgina mahlumotlar mavjuddir. Al-xorazmiy, al- Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulugbekning matematikasi, algebra, astronomiya va boshqa soxalarga oid asarlarida miqdor, sifat urtasida aloqadorlik va ularning xayotiy ahamiyati haqida batafsil tavsiflar berilgan. «Men» deb yozadi al- Xorazmiy, arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o’z ichiga oluvchi «Aljabr va almukobila xisobi haqida kiskacha kitob»ni tasnim kildim.
Ularning fikricha, miqdor va sifat o’zgarishlarining o’zaro aloqadorligining nafakat tabiat va jamiyat xodisasi, balki ruxlarda ham ko’zatish mumkin.
Tarakkiyot jarayonida miqdor o’zgarishlari tub sifat o’zgarishlariga utish bilan birga sifat o’zgarishlari miqdor o’zgarishlariga ham utadi. Miqdor o’zgarishlari bilan sifat o’zgarishlari o’zaro chambarchas bog’lik bo’lishiga qaramay, ular ayrim o’ziga xos xususiyatlarga ham ega.
Miqdor va sifat o’zgarishlari jarayonini taxlil kilar ekanmiz, nazariy hamda amaliy faoliyatda amalga oshayotgan o’zgarishlar mexanizminigina emas, balki ularning chukurligi va ahamiyatini ham xisobga olish muximdir.
SHunga asosan ruy beradigan o’zgarishlarning inkilobiy va tarixiy (evalyutsion)ga ajratish mumkin.
Bir sifat xolatidan ikkinchi sifat xolatiga utish sakrash yuli bilan amalga oshadi.
Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo’ladigan miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga utish jarayonini anglatadigan falsafiy tushunchadir. Sakrash tarakkiyotning o’zluksiz kurinishiga qaraganda ancha tez utadigan shakldir.
Sakrash miqdor o’zgarishlardan sifat o’zgarishlariga utishda o’zluksizlikning o’zilishini bildiradi. Sakrashlar doim asta-sekinlik bilan miqdor o’zgarishlari natijasida tayyorlaniladi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, miqdor o’zgarishlar narsa va xodisani bir tekisda oddiy ko’paytirish yoki kamaytirishdan iborat emas.
Sakrash, shuningdek, narsa va xodisalar urtasidagi ziddiyatlarning xal kilinishidir. Sakrash natijasida eski bilan uning asosida xarakat qiladigan qarama-qarshiliklar birligi tugatiladi va yangi sifatning vujudga kelishi sodir bo’ladi.
Nixoyat, sakrash – eski sifatning inkor etilishi va yangi sifatning qaror topishidir. Sakrash natijasida eskidan yangiga utish amalga oshadi.
Xodisalarning sifat xususiyatlari va ularning rivojlanishi sharoitiga bog’lik ravishda eski sifatdan yangi sifatga utish turli shakllarda sodir bo’ladi.
Xozirgi sharoitda jamiyatimizning ijtimoiy- iktisodiy, siyosiy, madaniy, mahnaviy xayotida ruy berayotgan jarayonlar o’z moxiyatiga kura yangi sifatiy o’zgarishlarga kiradi. Shular natijasida davlatimiz yuksak boskichga kutariladi. Bo’lar o’z-o’zidan emas, balki keng xalk ommasining ijodiy faoliyati, ijtimoiy- siyosiy faolligi natijasida amalga oshiriladi. Bu o’zgarishlar inkilob yuli bilan amalga oshiriladi.
3. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuniga muvofik xar bir narsa bir-biri bilan o’zviy aloqada bo’lgan va biri ikkinchisini istisno etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bo’lib ular urtasidagi kurash natijasida eskining yukolishi va yangining paydo bo’lishi yo’zaga keladi.
Ma’lumki, narsalar turli- tumandir. Hamma tomonlari bilan aynan uxshash bo’lgan ikki narsaning o’zi yuk. Narsalarning tafovvut darajasi ham bir xil emas: muxim va nomuxim tafovvutlar mavjud.
Narsa va xodisalardagi tafovvutlar qarama-qarshiliklar asosini tashkil etadi. Qarama-qarshiliklar deb shunga aytiladiki, tabiatdagi narsa va xodisalargada mavjud bo’lgan tomonlar, xossalar va yunalishlar bir-birini inkor qiladi, bir vaqtning o’zida bir-birini takazo ham qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy kutblar, elektrning manfiy va musbat zaryadlari, atomdagi tortilish va itarilish, ijtimoiy xayotdagi yovo’zlik va ezgulik o’zaro bir-birini inkor etadi va Ayni vaqtda biri ikkinchisini takazo etadi.
Narsa va xodisalarni qarasa-qarshi tomonlari urtasida munosabat ziddiyat deb ataladi. To’qnashuv tushunchasi ziddiyatdan farqli ularok, narsa va xodisalarni qarama-qarshi tomonlari keskinlashib, ularni eski chegarada birgalikda yashash mumkin bo’lmay kolgan xolatini belgilaydi. Ziddiyatlar hamma vaqt ham to’qnashuv bilan tugamay, balki aloxida sharoitdagina shunday xolda bo’lishi mumkin.
Agar atomni olsak, bir atom moddasi ham avvalo musbat va manfiy elektron zaryadlari, praton va elektron kabi murakkab qarama-qarshi tomonlarining yigindisidir. Atom yadrosini o’zida tortilishini va itarilish kabi qarama-qarshi kuchlar mavjuddir.
Organik dunyodagi rivojlanishlar ham qarama-qarshiliklar kurashsiz tassavur kilishi kiyin. Xayotning o’zi shunday zid, qarama-qarshi jarayondirki, unda yaratilish va yemirilish, assimilyatsiya dissimilyatsiya kabi qarama-qarshi munosabatda bo’lgan tomonlar mavjud. Organizm yashab turgan vaqtda uning xujayralari tuxtovsiz ulib urniga yangilari paydo bo’ladi.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni bilish jarayonida ham o’z ifodasini topadi. Ma’lumki, bilish jarayoni bir biriga o’zviy bog’lik bo’lgan xissiy va ratsional bilishdan iboratdir. Xissiy bilish orkali inson narsa va xodisalarning fakat tashki tomonlari va xususiyatlari tugrisida mahlumot oladi, mavxum tafakkur orkali esa ularning ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu yerda xissiy va ratsional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir biridan farq kiluvchi muxim tomonlaridir.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining umumiylik xususiyati moddiy dunedagi hamma narsa va xodisalarga xos ekanligidagina emas, balki ziddiyatlar narsa va xodisalarga, ularning paydo bo’lishidan tortib xalok bo’lishigacha boshidan oxirigacha singib ketgan. Bir moxiyatning turli tomonlarini ifodalagani uchun ham qarama-qarshiliklar birligi quyidagi sharoitlarda yo’zaga keladi:
Birinchidan, qarama-qarshiliklar bir narsa va xodisadagina mavjuddir, chunonchi, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, tafakkurga mahnsubdir;
Ikkinchidan, qarama-qarshilik o’zaro bog’lik, biri ikkinchisini takazo qiladi, biri bo’lmasa ikkinchisi mavjud bo’lla olmaydi.
Uchinchidan, qarama-qarshiliklarning biri ikkinchisiga utadi va o’zaro bir-biriga singib ketadi. Masalan, pazitron va elektron mahlum sharoitda fotonlarga aylanadi, natijada materianing boshqa turi kelib chikadi.
Qarama-qarshi tomonlarning birligi nisbiy, utkinchi xususiyatga ega bo’lishi bilan birga ular urtasidagi kurash mutlokdir. Davr utishi bilan kurashning bahzi anik shakllari yukolishi mumkin, ammo qarama-qarshi tomonlar urtasidagi kurash doim bo’lgan va bo’laveradi. Qarama-qarshiliklar haqidagi Farobiyning fikri aloxida e’tiborga molik. Olloxni sherigi yuk, shuning uchun ilk borlikning zid bo’lishi ham mumkin emas.
Tabiat va jamiyatda mavjud bo’lgan ziddiyatlar o’zining xilma-xilligi bilan tafsiflanadi.
Ziddiyatlar xilma-xilligi shakllarda bartaraf etilishi mumkin. Ulardan biri eskining yemirilib, yangining qaror topilishidir, bunga misol sifatida iktisodiyotning eskisi yemirilib asta sekinlik bilan bozor munosabatlariga asoslangan iktisodiyotning barpo etilishini kursatib utishi joizdir. Shuningdek, qarama-qarshiliklarni o’zaro ongli ravishda kushib, ular urtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etib, shu asosda tarakkiyotda ilgarilab borishdan iborat.
4.Inkorni inkor qonuni.
Inkorni inkor qonuniga muvafik obyektiv vokelikdagi narsa va xodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining Yangi tomonidan inkor kilish ruy beradi. Birok eskilik butunligicha inkor kilinmay, undagi ijobiy tomonlar saklanib koladi.
Metofizika yunalishi inkorning ijodiy yaratuvchanlik rolini tan olmaydi. Bundan farqli ularok , dialektik qarash eski narsani Yangi narsa inkor kilishini tahkidlaydi. Xar bir jarayon inkor kilish jixatiga ega. Ichki zidiyatlar tufayli tarakkiyot jarayonini ertami kechmi eski narsaning yemirilishiga va yanti narsani vujudga kelishiga olib keladi.
Eskining Yangi tomonidan inkor kilinishi natijasida moddiy olamdagi narsa va xodisalarni ilgarilama xarakati sodir bo’ladi.
O’unday kilib, tarakkiyot bir birini almashtirib turadigan boskichlardan iborat bo’lib bir boskich ikkinchi boskich tomonidan, ikkinchi va uchinchi tomonidan inkor etiladi. Eskining yemirilishi, yangining paydo bo’lishi, tarakkiyot jarayonida dialektik inkorning ikki muxim va ajralmas jixatidir….
Inkorni inkor qonuni quyidagi bir xususiyatlar Bilan tavsflanadi:
Birinchidan, eskining Yangi tomonidan inkor etilishi kishilarning ongi irodasiga bog’lik bo’lmagan obyektiv jarayondir. Inkor subyektiv, tashqaridan kiritilgan fikr emas, balki obyektiv jarayon tarakkiyotining boskichidir.
Ikkinchidan, dialektik inkor tashqaridan kiritilgan kuch yoki xolat ebalki narsa va xodisaning ichki rivojlanish natijasi, o’zini-o’zi inkor kilishdir. Dialektik inkor narsani butunlay yuk kilib yuboriladigan faoliyat Bilan uxshash emas, u shunday inkorki, buning natijasida rivojlanish davom etishiga, Yangi inkor sodir bo’lishiga imkon yaratiladi.
Uchinchidan, dialektik xar bir narsa va xodisa uchun inkorning anik turi mavjuddir deb xisoblaydi. Tasavur va tushunchalarning xar bir turi stngari buyumlar xar bir turining ham o’ziga aloxida inkor turi borki, bunda tarakkiet sodir bo’ladi.
Turtinchidan, dialektik inkor tulik inkor bo’lmasdan balki eskini Yangi Bilan bog’lab turuvchi jaraendir. Dialektik inkor Yangi Bilan eski urtasidagi vorislikni tavsiflaydi.
Beshinchidan dialektik inkor tarakkietning oddiydan murakkabga, kuyidan yukoriga borishini tavsiflaydi, bir sifatdan boshqa sifatga utiladi.
Inkorni inkor qonuni obyektiv olamning va bilishning turli soxalarida ko’plab uchraydigan keng tahsir doirasiga ega bo’lgan qonunudir. Agar ARPA yerga ekilsa, u issiqlik va namlik taesirida kuqaradi va undan usimlik paydo bo’ladi. Endilikda ARPA o’zini inkor etadi.
Inkorni inkor qonuni jamiyatni mahnaviy xaetida namaen bo’ladi.
Falsafada inkorni inkor qonuni birinchi bor Gegel tomonidan tahriflangan. Uning fikrichf, dastlabki, bir butun fikr bir –biriga zid bo’lgan ijobiy va salbiy, «xa» va «yuk» dan iborat ikki fikrga bo’linadi. Butunning ikkiga bo’linishi – antitezis inkordir. Qarama-qarshiligisiz fikrlar kurashi oxirida birikib Yangi fikr xosil bo’ladi. Shunday kilib, Gegelning fikricha, sof goya o’z tarakkietida 3 boskichdan utadi: tezis, antitezis va sintezis. Gegelning tahlimotiga kura, nimaiki sof goyaning rivojlanishiga mansub bo’lsa, u moddiy bog’likning hamma va xodisalariga mansubdir.
Inkorni- inokr qonuni tarakkietida vorislik va kaytariluvchanlikning birligini tavsiflaydi.. natijada tarakkiet tugri chizikli emas, balki «burama» shaklida amalga oshadi.
Tarakkiyot jaraening ilgarilab borishi xususiyati eski urniga keladigan Yangi doimo Yangi bo’lib kolmasdan, vaqt utishi Bilan u ham eskiradi va navbatida inkor kilanadi degan mahnoni anglatadi. Uning natijasida tarakkiet jaraeni ikilanma inkor sifatida kurinadi.
Dialektik inkor tarpkkietni ifolaydi. Masalan suv kizdirilgan bugga aylanadi, sovutilganda esa Yana suvgv aylanadi. Metall kizdirilganda suyuk, sovutilganda esa kattaik xolatga utadi. Bu yerda biz bir xolatning boshqa xolat tomonidan inkor etilishini kuramiz. Lekin bu yerda rivojlanish sodir bo’lmaydi, balki bir xodisaning boshqa xodisa Bilan almashinishi sodir bo’ladi. Dialektik inkor yukorida kursatilgan inkordan farqli ularok shunday ziddiyatlarni xal kilishni maksad kilib kuyadiki, buning natijasida tarakkiyotda yukori boskichga erishiladi.
Dialektik inkorning Yana bir muxim xususiyatini aytib utish muvofikdir. Iikinchi inkor eskini yemiribgina kolmay oldinga rivojlanishdagi butun ijobiy tomonlarni umumlashtiradi yahni sintez qiladi.
Inkorni inkor rivojlanishning mahlum bir davrini tugallaydi lekin u shu Bilan birga keyingi xarakat uchun boshlangich nukta bo’lib xizmat qiladi. Kurinib turibdiki inkor tushunchasi davrni ham ifodalaydi. Bu davr mahlum jaraenning tuggallanish boskichi Yangi dialektik davr uchun boshlangich nukta bo’lib koladi va bu cheksiz davom etadi. Bir munosabatda sintez bo’lgan narsa boshqasida Yangi rivojlanishning boshlangich nuktasidan iborat bo’ladi.
Dialektik tarakkiet tugri chizikli xarakat bo’lmay, asta sekin kutarilib, kengayib boradigan, bir-biri Bilan umumiy vorislik yuli Bilan bog’langan yuksak boskichda boshlangich nukta jixatini o’z ichiga oladigan «burama » xarakkatdan iborat.
Tarakkiet ayram xollarda kuyiga qarab boradi. Bunga moddiy tizimlarning yemirilishi materia xarakatining murakkab shakllarga utishi misol bo’lla oladi. Ammo shuni aytish kerakki tarakkietning orkaga kaytishi ilgarilama xarakatdan vaqtincha cheklashishdir.
Ijtimoiy tarakkiet jamiyatning rivojlanishi xech kachon tuxtab kolmasligi qonuniy va o’zgartirib bo’lmaydigan jaraendir.
Rivojlanishning pastdan yukoriga kutariluvchi yunalishini dialektik tushunish doiraviy xarakat tugrisidagi metafizik nazariya bilan xech qanday umumiylikka ega emas. Bahzi bir olimlar duneda bo’laetgan bahzi boskichlarning kaytarilishini oddiy eskilikka kaytish deb xisoblamokdalar. Ularning fikricha, tabiat va jamiyat ibtidosi va intoxosi butunlay mos keluvchi mahlum davr tsikl yeki aylanma buyicha bo’ladi. 18asrlarda yashagan italiyalik faylasuf J. B Vikoning tahkidlashicha, jamiyat o’z tarakkietida 3 davrni bosib utadi:
1. bolalik davri bu davrda dinniy dune qarash va zuravonlik xukmron qiladi.
2. usmirlik davri, aristokratlik, ritsirlik va yetuklik ravnak topadi.
3. etuklik davri.
U. SHingler jamiyat o’zinig rivojlanishida buned bo’lish, (1) gullab yashnash (2) inkirozga yo’z tutish davrlarini boshdan kechiradi deydi. Uning fikricha insoniyat tarixining xozirgi boskichi inkirozlar davridir, shunga kura xozirga zamon madaniyatining barcha yutuklari butunlay yuk kilinishi lozim emish. Ingliz tarixchisi Toyn Bining tahbiricha jamiyat tarixi korongi va o’zaro alokoda bo’lmagan tsvilisatsiyadan iborat. Xar qanday tsivilisatsiya rivojlanish boskichlarini bosib utadi: baxor, yez, ko’z, kish yeki bolalik, o’zmirlik, yetuklik va qarilik. Uning kursatishicha, garb tsivilisatsiyasi yetuklik boskichidadir va u kelajakda rivojlanish xususiyatiga ega amerikalik prof. Rayd esa jamiyat tarixi mahlum bir boskichlardan yahni kaxramonlik asri, galaenlik vaqti va tiklanish davrining shu taxlidda takrorlanishidan iborat, deb tahriflaydi. Uning fikricha, xozirgi tsivilizatsiyadan keyin insoniyat fakat orkaga kaytish Bilan rivojlanarmish.
Eskining urniga yangining kelishi uning kundan kunga mustaxkamlanishi, rivojlanishi va ularning ajralmasligi tarakkietning boshlanish xususiyatini belgilaydi. Yangi eskining urnini egallab borishida eskidan ijobiy, muxim tomonlarini o’zida mujassamlashtirib, yukorirok sifat xususiyatlariga aylanadi. Eskining urniga kelgan Yangi dastlab, imkoniyat kurinishida bo’ladi. Bu imkoniyatning voqelikka aylanishi mahlum shart-sharoitlardagina amalga oshadi. Ijtimoiy xaetda yangilikning galabaga yeerishuvini tahminlashda kishilarning faoliyati zarurdir.
«bizning tushunchamizda, kotib kolgan eski akidalardan vos kechish- o’z tarixiy utmishimizdan vos kechish degani emas, bu bir yeklama tor fikrlashdan vos kechish demakdir» deydi I.Karimov.
Yukorida biz 3ta asosiy qonunlarni mazmun moxiyatini tafsiflab berishga xarakat kildik, endi shuni eslatib utish kerakki, olamnianglashda mazkur qonunlarni e’tiborga olish, bo’larni talablarga mos ravishda fikrlash va amal kilish kata metodologik ahamiyatga ega.
Falsafa olamidagi narsa va xodisalarninig eng umumiy alokodorlik va tarrakiet qonunlari haqidagi Fan bo’libgina kolmasdan, taffakkurlash fikr yuritishb duneni bilish haqidagi ham fandir. Xaar bir inson o’z Amaliy faoliyati va ilmiy bilish jaraenida falsafaning mazmun-moxiyati, uning rang-barangligib ko’p kirrali tomon va xususiyatlarini xisobga olib, ularga ongli ravishda amal kilishlari lozim.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling