1-Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li


-Mavzu:Borliq –falsafasi.Inson borlig`i


Download 0.61 Mb.
bet7/18
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1718960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Маъруза матни

3-Mavzu:Borliq –falsafasi.Inson borlig`i.
Reja.
1. Borliq kategoriysi.Borliq turlari.
2. Materiy kategoriysi.Dunyoning moddiy birligi.
3. Materiyning mavjudlik shakllari.Harakat va rivojlanish.
4. Fazo va vaqt materiyning yashash shakli.
Tayanch tushunshalar: Borliq ,materiy, harakat, fazo va vaqt


Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. «Milliy istiqlol mafkurasi xalq ehtiqodi va buyuk kelajakka ishonch»-Toshkent, «O’zbekiston»2000y. 3-35 betlar.
2 .Karimov I. A. «Yngini qurmay,eskini buzmang» -Toshkent, «O’zbekiston» nashriyoti, 1993 y.
3. KarimovI.A. «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqiyot yo’li»-Toshkent, «O’zbekiston» nashriyoti, 1992y.
4.KarimovI.A. «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida»- Toshkent, «O’zbekiston» nashriyoti, 1997y. 19-136 betlar.
5.Tulenov J. «Borliq falsafasi».Uchinchi kitob, Toshkent, TDPUnashriyoti, 2001y. 3 -24 betlar.
6. Tulenov J. «Dialektika nazariysi»- Toshkent, «O’zbekiston» nashriyoti 2001y. 103-124 betlar, 125-169 betlar.
7. Abu Nasr Farobiy «Fozil odamlar shahri» Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti, 1997y. 142-167 betlar.
8. Gunnar Skirbekk,Nils Gilhe «Falsafa tarixi» - Toshkent, «SHarq» nashriyoti 2002 y. 467-473 betlar, 606-613 betlar.
9. Karimov I. «Mahnaviyt, flsafa va hayot»- Toshkent, «Fan» nashriyoti,2001y. 190-206 betlar
10. Tulenov J.,Gofurov Z. «Falsafa» -«O’qituvchi» nashriyoti 1997y. 142-172 betlar, 197-228 betlar.
11. «Falsafa» O’quv qo’llanma E.Yu.Yusupov taxriri ostida, Toshkent 1999 y. 162 -234 betlar.
12. «Falsafa asoslari» Toshkent, «O’zbekiston» nashriyoti-2005y.130- 138 betlar.

Falsafa o’rganadigan qaysi bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan bog’liq ekanligini ko’ramiz. Borliq muammosi falsafadagi har qaysi dunyoqarash va metodologik muammolarning asosi xisoblanadi.


Dunyoning mavjudligi, ya’ni borligi to’g’risida baxs yuritgan faylasuflar bu masalaga turlicha yondoshganlar: ularning bahzilari, dunyo avval ham bo’lgan, hozir ham mavjud, bundan keyin ham mavjud bo’ladi deyishsa; boshqalari, dunyo avval mavjud bo’lmagan, ilk borliq bu olamdagi barcha narsa va xodisalarni yratunchi Xudodir.
Ilk borliq, ya’ni birinchi mavjud-Tangri Olloh barcha mavjudod borlig’ining birinchi sababidir deyiladi.
«Ilk bor bo’lgan, (Yhni Tangri)-deydi Farobiy, o’zining asl mohiyti bilan boshqa barcha narsrlardan farqlidir» (Abu Nasr Farobiy «Fozil odamlar shahri», 131 bet). Chunki, u modda ham emasdir, subhekt ham emasdir, uning surhati ham bo’lmaydi, uning bir o’zi bu borliqda ykayu-ygonadir, u shu jiµatdan ham birinchidir.
Fan va amaliyot taraqqiyoti natajasida dunyoning yratilganligi, uning fazo va vaqtda chegaralanganligi,cheklanganligi to’g’risidagi oldingi qarashlar asta-sekin cheksiz chegarasizligi, shu bilan birga uning bir butunligi, doimiyligi, abadiyligi to’g’risidagi qarashlar bilan almashinib borgan.
Abadiy dunyodagi barcha narsalar, turli-tuman jonsiz va jonli organizmlar, insonlar va ularning faoliyti xatto, bir butun jamiyt ham, shubhasiz vaqtincha o’tkinchidir. Demak, borliq abadiy, ammo undagi barcha narsalar o’zgarishda va rivojlanishda; bir xolatdan ikkinchi xolatga, bir turdan ikkinchi turga o’tishda, chunki ular bordan yo’q, yo’qdan bor bo’lmaydi.
Borliq tushunchasi falsafiy kategoriy sifatida bilishning yuqori bosqichi-abstrakt tafakkurgagina xos bo’lib, fikrlash jarayonida kishilar bu tushuncha orqali dunyodagi alohida narsalar, ularning konkrekt belgilari va xossalari haqida emas balki, dunyodagi barcha narsalar, voqea xodisalar, jarayonlar o’rtasidagi eng umumiy jixat-ularning realligi haqida fikr yuritadilar. Borliq tushunchasi yordamida kishilar dunyoning obhektiv mavjudligi, uning cheksizligi, abadiyligi va bir butunligi haqida ilmiy va falsafiy tasavvurga ega bo’ladilar.
Borliqning asosiy shakillarini tabiiy borliq yoki tabiat borlig’i, inson borlig’i, mahnaviy borlig’i tashkil etadi.
Tabiiy borliq o’zaro bog’liq, lekin bir-biridan farq qiluvchi quyidagi ikki ko’rinishdan iboratdir:
1 .Tabiatdagi narsa va xodisalarning, jism va jarayonlarning asl tabiiy borlig’i;
2.Tabiytdagi narsa va xodisalar asosida inson tomonidan yratilgan narsalarning tabiiy borligi.
Tabiiy borliqning birinchi ko’rinishi insongacha insondan va uning ongidan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan xolda mavjud bo’lgan narsa va xodisalar, jarayon va xolatlarni o’z ichiga olgan tabiatdir. Bu bahzi adabiyotlarda «birlamchi tabiat» deb ham ataladi. Bu «birlamchi tabiat» makonda, cheksiz zamonda abadiydir, u hamma yerda doimo mavjud. Inson shu «birlamchi tabiat» materiallari asosida amaliy faoliyti va ongi bilan «ikkilamchi»tabiatni yratadi. «Ikkilamchi tabiat» narsa va xodisalari ijtimoiy hayotda inson extiyojini qondirish zaruriyti, ijtimoiy turmushda biron bir funktsiyni bajarish zaruriyti tufayli yratiladi.
«Birlamchi» va «ikkilamchi» tabiatlar borlig’i o’zaro aloqadorlikda bo’lib, bir tomondan, bir biri bilan umumiylikka , o’xshashlikka, birlikka ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, bir-biriga nisbatan mahlum farqlarga ham ega.
«Birlamchi tabiat» makonda cheksiz, zamonda abadiy va doimiy bo’lsa, «ikkilamchi tabiat» inson mavjudligi bilan, uning faoliyti va ongi bilan, bir butun jamiyt bilan bog’liq xolda mavjud bo’ladi, u fazo va vaqtda ibtidoga va imtixoga ega.
«Birlamchi tabiat» inson unda yshab, uni bilib borayotgan bitmas- tuganmas, cheksiz dunyo (olam) bo’lsa; «ikkilamchi tabiat» esa inson tabiat qonunlarini bilib olish tufayli, ular asosida yratgan narsa va xodisalar, jarayonlar dunyosidir.
«Ikkilamchi tabiat» bir tomondan , «birlamchi tabiat» kabi, obhektiv, real borliq bo’lib, u inson ongidan tashqarida mavjud bo’lsa, ikkinchi tomondan, u insonga bog’lq hamdir, chunki unda kishilarning maqsadlari, g’oylari, bilim va mehnatlari mujassamlashgan bo’ladi. «Ikkilamchi tabiat», «birlamchi tabiat» va kishilik (inson) borlig’ini bog’lovchi, ular chegarasidagi borliq bo’lib, tabiiy borliqning o’ziga xos shakli sifatida «birlamchi tabiat» borlig’iga nisbatan ham, inson borlig’iga nisbatan ham nisbiy mustaqil borliqdir.
Borliqning o’ziga xos shakillaridan yna biri – bu inson borlig’idir. Inson borlig’ida, avvalo, insonning tabiat taraqqiyotining maxsuli sifatida tabiiy borliqning har ikki shakliga oid tomonlar bilan birga, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot maxsuli sifatida unda ijtimoiy va mahnaviy borliqning ham barcha shakillariga xos tomonlarning yig’indisi majassamlashgandir.
Inson borlig’i jamiyt taraqqiyotining birdan bir manbaidir. Ijtimoiy borliq xodisalarning barcha turlarini o’z ichiga qamrab oladi. Jamiyt bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ijtimoiy etnik, oilaviy va x.k. munosabatlardan tarkib topgan, doimo taraqqiy etib, rivojlanib turadigan jonli organizmdir. Jamiyt tabiat taraqqiyotining zaruriy oqibatidir.
Jamiytning moddiy texnika bazasi, iqtisodiy asoslari, siyosiy tashkilotlari: davlat va xokimiyt idoralari, armiy, politsiy, sud, prokuratura, siyosiy partiylar, turli-tuman jamoat tashkilotlari maorif sistemasi, madaniyt, fan va texnika, ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriylari, ommaviy axborot muassasalari, aloqa bo’limlari va x.k. ijtimoiy borliqning har xil ko’rinishlarini tashkil etadi.
Borliq faqat moddiy shakilda emas, mahnaviy, ruxiy shaklda ham namoyon bo’ladi. Mahnaviy borliq inson tomonidan yratilgan rang-barang madaniyt va sanhat asarlari, til, ilmiy kashfiyotlar, g’oylar, axloq-odob qoidalari, falsafiy, estetik, badiiy, siyosiy, tafakkurlash madaniyti, ruhiy kechinmalar, diniy tasavvurlar, tushunchalar va x.k. majmui kiradi.
Kishilarning ichki xolati, kechinmalari, his-tuyg’ulari, ruhiy mahnaviy dunyosi, o’y-fikrlari, maqsad va manfaatlari hamda kayfiytlari ham mahnaviy borliqning ko’rinishlaridir.
Mahnaviyt, jamiyt, shaxs, millat taraqqiyotining manbaidir. SHuni aloxida qayd etish lozimki, mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ko’p asrlik boy tarixi, ilmiy, madaniy va diniy merosini o’rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo’l ochildi. I.A.Karimov aytganlaridek, «Mahnaviyt insonning, xalqning, jamiytning, davlatning kuch kudratidir. U yo’q joyda xech qachon baxt-saodat bo’lmaydi». Shuning uchun ham xalqning mahnaviy ruxini mustaxkamlash va rivojlantirish O’zbekistonda davlat va jamiytning eng muxim vazifasi bo’lib hisoblanadi. Ushbu borliq shakllari (narsalar borlig’i, inson borlig’i, ijtimoiy borliq, mahnaviy borliq) bir butun dunyoning alohida ko’rinishidir. Borliq ana shu alohida shakllar o’rtasidagi bog’liqlikni, umumiylikni ko’rsatadi. Borliqning umumiy aloqadorligi alohida narsalarning mavjudligi bilan namoyon bo’ladi.

2-masala


Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiytni axtarish falsafada materiy haqidagi tasavvurlarning rivojlanishiga sababchi bo’ladi.
Umuman materiy — bu tushuncha, abstraktsiy, fikrning maxsulidir, chunki, olamda «umuman materiy» uchramaydi, balki materiyning konkret ko’rinishlari uchraydi. Shunday qilib faylasuflar barcha moddiy obhektlarga xos xususiytlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qo’llaydigan tushuncha bu «materiy»dir. Olamdagi barcha narsa va xodisalarning umumiy belgisi, xususiyti shundan iboratki, ular bizning ongimizdan tashqarida, mustaqil ravishda mavjuddir. Hamma narsaga xos bo’lgan bu umumiy xususiyt materiy tushunchasida o’z aksini topadi. Demak, materiy tushunchasining falsafiy mazmuni:
a) narsalarning bizning ongimiz, xoxishimizga bog’liq bo’lmagan xolda mavjud ekanligi;
b) ular bizning sezgi va bilimlarimiz manbai ekanligini bildiradi. Materiyning falsafiy tushunchasi faqat hozirgi davrda fanga mahlum bo’lgan obhektlargina emas, balki kelgusida kashf qilinadigan narsalarni ham o’z ichiga oladi, bu mahnoda uning metodologik ahamiyti kattadir. Materiy abadiy, bepayon, cheksiz, xech qachon yo’qolmaydi. Materiyning abadiyligi uning hech kim tomonidan yratilmaganligini, hamda mavjud bo’lishini, har bir yngi kashfiyot tufayli uning yngi tomonlari ochilishini bildiradi. Materiy tushunchasining tabiiy-ilmiy mahnosi uning tuzilishi, bitmas tuganmas xususiytlarining xilma-xilligini bildiradi va ular tabiat haqidagi alohida fanlar-fizika, ximiy, biologiy kabilar tomonidan o’rganiladi.
Materiy ikki xil modda va maydon ko’rinishida mavjud. Modda ko’rinishidagi materiy tinchlik massa ko’rinishiga ega bo’lib, bular majmuasiga proton, neytron, elektron va pozitronlarni, ulardan tashkil topgan atom va malekulalarni kiritish mumkin. Malekulalardan tarkib tongan mikroskopik jismlar hozirgi zamon fani bergan mahlumotlarga asosan har xil xolatda bo’lishlari mumkin: suyuq, qattiq, gazsimon, plazma, epiplazma, fizik vakuum xolatida. Materiyning maydon ko’rinishi modda ko’rinishidan harakatdagi massaga ega bo’lishi va yorug’lik tezligiga yqin tezlik bilan harakat qilishi orqali farq qiladi. Elektromagnit maydon, ydro maydoni gravitatsion maydon – bular materiyning maydon ko’rinishlaridir. Tajribalar orqali materiyning modda va maydon ko’rinishining bir-biriga aylanishini ko’rish mumkin. Demak, materiyning modda va maydon ko’rinishining bir-biriga aylanishi zarralarning zarra va antizarralardan tashkil topganligini ko’rsatadi.
Materiyning benihoyligi va cheksiz tuzilishi, murakkab xususiytlari haqidagi masala moddiy olamning sifat jixatdan bitmas-tuganmasligini o’z ichiga oladi. U organik jixatdan dunyoning moddiy birligi printsipi bilan bog’liq.
Dunyoning moddiy birligini quydagilardan yqqol ko’rishimiz mumkin:
1. Borliq, materiy obhektiv reallikdir, u inson ongi irodasi, xoxishi va istagidan tashqari real mavjuddir. Demak, dunyoning moddiy birligi insonning sezgilari va tushunchalariga bog’liq bo’lmay, bu birlik inson ongidan tashqaridagi undan mustaqil va abadiy mavjud bo’lgan materiyning xususiytlari bilan ifodalanadi.
2. Dunyo moddiydir, barcha narsalar va xodisalar materiyning turli shakllaridagi ko’rinishidan iborat. Olamda faqat materiy va uning aniq sifati va xususiytlari mavjud. Masalan, oddiy chang zarrasidan suv tomchisigacha, murakkab malekuladan mineralga qadar bo’lgan narsalarni olib ko’raylik, ular turli ko’rinishga sifat va xususiytga ega bo’lib, bir-biridan juda farq qiladi. Ularning hammasi materiyning muayyn ko’rinishidir, bularning zaminida hamma jismlar uchun umumiy bo’lgan substatsiy-materiy yotadi. Mana shuni birlik deb ataymiz. Bunday birlik yolg’iz bizning sayyoramizdagina emas, balki cheksiz koinotning barcha bepayon tomonlarida obhektiv mavjuddir.
3. Olamdagi barcha narsa va xodisalar qanday mazmunga, shaklga ega bo’lishidan va koinotning qaysi yerida joylashishidan qathiy nazar o’zaro chambarchas bog’liq hamdir. Bu boliqlik olamning shunday bir umumiy zaruriy tomoniki, tabiatdagi biror predmet yoki jamaytdagi biror xodisa shu bog’lanishdan chetda qola olmaydi. Barcha mavjud narsalar va xodisalar, ularing sifat va xususiytlari o’rtasidagi bu bog’lanish ham olamning birligini ko’rsatuvchi dalildir.
Fazoda cheksiz va vaqtda abadiy harakat qilib turuvchi materiy butun mavjudodning negizi va manbaidir.

Z -masala


Tabiat va jamiytda hamma narsa harakatda o’zgarishda, o’zaro tahsirda va o’rin almashishdadir. Xech bir mutloq tinch turgan, harakatsiz narsa yo’q. Olamdagi narsalar harakatda bo’lib, ular bir-biriga aylanadi, biri ikkinchisini yo’qotadi, biri ikkinchisidan paydo bo’ladi. Xar qanday narsaning mavjud bo’lishining o’zi avvalombor uni tashkil etuvchi elementlarning o’zaro tahsirda bo’lishini taqozo etadi. Masalan, atom qobig’ini tashkil etunchi ydro va elektron o’rtasida muayan o’zaro tag’sir bo’lgani sababligina atom mavjuddir; tirik organizmda ham uni tashkil etuvchi molekulalar, hujayra va to’qimalar o’rtasida o’zaro tahsir jarayonlari sodir bo’ladi; jamiytning mavjud bo’lishi uchun ham kishilar faoliytlari o’rtasida o’zaro munosabatlar bo’lishi zarurdir. Demak, o’zaro tahsir materiy xossalarini, munosabat va xolatlarini o’zgarishga olib keladi.
Ilmiy falsafa tahlimotiga ko’ra harakatning falsafiy mahnosi shuki, u materiyning borliq shaklidir. Materiy harakati qanday shaklda bo’lmasin u obhektiv ravishda materiydan ajralmagan xolda sodir b´ladi. Materiyning mavjudlik shakli bo’lgani uchun harakatning obhektiv real bo’lish xususiyti materiyning ham xususiyti hisoblanadi. Eng umumiy tarzda harakat umuman o’zgarishdan, moddiy obhektlarning har qanday o’zaro tahsiridan iborat. Materiy harakati xech qanday tashqi turtkiga, g’ayri tabiiy kuchga muxtoj emas. Materiy o’ziga xos ichki qarama-qarshiliklarga ko’ra harakat qiladi, rivojlanadi. Materiy harakati va taraqqiyotining manbai ichki qarama-qarshiliklardir.
Harakatni rivojlanish tushunchasi bilan aralashtirmaslik kerak. Harakat real voqealikda ro’y beradigan hamma o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Rivojlanish deganda esa, jadal surhatlar bilan ilgarilab boruvchi o’zgarishlar tushuniladi. Rivojlanish sifat o’zgarishlarining natijasi bo’lib, u o’zgarish narsa va xodisalardagi qarama-qarshi tomonlar orasidagi kurashning natijasidir. Bunday o’zgarishlar natijasida eski o’rnida yngisi paydo b´ladi. Shuning uchun «harakat» tushunchasi «rivojlanish» tushunchasiga qaraganda kengroq tushuniladi.
Harakatning bir-biridan farq qiluvchi shakllari mavjuddir. Harakat shakllarini turkumlashda quyidagi qoidalarga taynadilar.
1) harakat shakllari bir-biri bilan sifat jixatdan farq qilib, ularning har biri materiyning tashkiliy tuzilishi darajalarining muayyn bosqichida namoyon bo’ladi;
2) harakat shakllari bir-biri bilan kelib chiqish jixatidan (genetik jixatdan) ketma-ket bog’langandir, yhni harakatning murakkab shakllari uning nisbatan soddaroq shakllaridan kelib chiqіandir;
3) harakatning yuqori shakllari tarkibida quyi darajadagi harakat shakllari qatnashadi, yhni harakatning quyi shakllari uning yuqori shakllariga ham mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli o’zidan quyi shaklidagi harakatga mansub emasdir. Shu qoidalarga tayangan xolda haraktning bir necha shaklini ajratib ko’rsatish mumkin. Ular quydagilar:
1) mexanik harakat (jismlarning fazodagi siljishi);
2) fizik harakat (issiqlik, yorug’lik, elektr, magnitizm);
3) kimyoviy harakat (kimyoviy birikish va parchalanish, agregat xolatlarning bir-biriga o’tishi)
4) Biologik harakat (organik hayot)
5) ijtimoiy harakat.
4 – masala
Materiyning cheksiz ravishda sodir bo’lib turadigan harakati, o’sishi, o’zgarishi va taraqqiyoti hamisha fazo bilan vaqtda yuz beradi. Harakat singari fazo va vaqt ham materiy mavjudligining tub obhektiv shaklidir. Demak, harakat materiydan ajratish mumkin bo’lmaganidek, fazo va vaqtni ham materiydan ajratib bo’lmaydi.
Fazo harakatdagi materiy mavjudligining tub obhektiv shaklidir. Fazo tushunchasi moddiy obhektlaring birgalikda mavjudligini va bir biridan uzoqligini, ularning ko’lamini, bir-biriga nisbatan joylashish tartibini ifodalaydi.
Vaqt ham materiyning mavjudlik shakli bo’lib, moddiy jarayonning keng yoyilish izchilligini, bu jarayonning turli bosqichlari, bir-biridan ajralganligi, ularning davom etishini, ularning rivojlanishini bildiradi. Har bir narsa o’z o’tmishi, hoziri va kelgusiga ega. Narsa va xodisalarning bahzi birlari avvalroq, boshqalari keyinroq bo’ladi. Bular esa vaqt tushunchasini ifodalaydi. Fazo va vaqt o’rtasida umumiy, o’xshash tomonlar hamda ayrim farqlar mavjuddir:
-birinchidan, fazo bilan vaqtning obhektivligi, inson ongi, irodasi va g’oylariga bog’lik emasligi, ular o’rtasidagi umumiylikning muxim tomonlaridan birini tashkil etadi,
-ikkinchidan, fazo bilan vaqt abadiy azaliydir. Fazo bilan vaqtning abadiyligi materiyning abadiyligidan kelib chiqadi,
-uchinchidan, fazo bilan vaqt cheksiz chegarasiz bepayondir.
Fazoning o’ziga xos xususiyti va vaqdan farqi, uning uch o’lchovga ega bo’lishidadir. Bu uch o’lchov materiy bo’yiga va balandligiga, oldiga va orqasiga qarab uning cheksiz ekanligini ko’rsatadi. U turli narsa va xodisalarda xar xil bo’ladi. Hozirgi zamon fizikasining nisbiylik nazariysida to’rt o’lchovli geometrik fazo haqida so’z boradi. Bunda to’rtinchi o’lchov sifatida vaqt olingan.
Vaqt fazo bilan chambarchas bog’liq bo’lsada, lekin o’zining ayrim xususiytlari bilan undan farq qiladi. Vaqtning muxim xususiyti uning bir o’lchovligidadir, qaytarilmasligidadir. Moddiy narsalar fazoda bir xil joylashishlari, turli tomonga harakat qilishlari mumkin, lekin vaqtga kelganda ular faqat bir tomonga qarab yo’nalishda bo’ladi, vaqt xech qachon orqaga qarab harakat qilmaydi. O’tgan zamonning qaytarilishi va hozirgi zamonning yo’q bo’lishi mumkin emas.
Materiyga xos xususiytlar fazo va vaqtga ham xosdir. Materiyning tuzilishi va xossalari haqidagi bilimimizning o’sishi kabi, fazo va vaqt to’grisidagi bilimlarimiz ham ortib boradi.
Tabiat va jamiyt xodisalari hamma vaqt ketma-ket sodir bo’ladi vaqda harakat qiladi. Materiy vaqtda harakat qiladi, demak materiy, harakat, fazo va vaqt dialektik bog’langan. Ularning dialektik birligi umumiy aniq fanlar uchun ham amaliy jixatdan metodologik asos hisoblanadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling