1-Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li


Z.Insonni olamga va uz-uziga munosabatiga doir muammolar bilish


Download 0.61 Mb.
bet3/18
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1718960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Маъруза матни

Z.Insonni olamga va uz-uziga munosabatiga doir muammolar bilish.


Falsafa, falsafiy dunyoqarashning shakillanishi va taraqqiyoti jamiyat, ijtimoiy xayot taraqqiyoti bilan bogliq xolda kechadi. Falsafaning fan sifatida tiklanishining tarixiy ildizlari qadimiy davrlarga borib taqaladi. Marqaziy
Osiyodagi ilk falsafiy qarashlar vatandoshimiz Zardusht Senitoma (e.a.589-512) nomi bilan bogliq "Avesto"da o’z ifodasini to’gan. Daslabki falsafiy qarashlar qadimiy Xitoy, Xindiston, Yunoniston kabi mamlakatlarda shakllangan. Bu xaqidagi masalani biz navbatdagi mavzu ("Falsafaning tarixiy taraqqiyot bosqichlari")da to’xtalib o’tamiz. Falsafaning jamiyatda tutgan o’rni uning baxs mavzui va muammolaridan kelib chiqadi.
Zotan mashhur Xitoy faylasufi Konfutsiy aytganidek, "Bilish-bu insonni bilishidir".
Fasafaning fan sifatida shakllanishi asrlar bo’yi davom etadi.
Falsafa inson dunyoqarashining nazari asosi xisoblanadi.
3. Falsafaning jamiyatda tutgan va tutishi lozim bo’lgan o’rni deganda eng avvalo uning inson dunyoqarashining shakllantirishi va taraqqiyotiga xizmat qilishni nazarda tutmoq lozim. Falsafa insonning olamni, voqelikni to’gri anglashida muhim ahamiyatga ega. Inson dunyoqarashi birinchi navbatda uning ma’naviy dunyosida, fikrlash, voqelikning to’gri anglash madaniyatida nomoyon bo’ladi. Voqelikni anglash - tabiyat, jamiyat, unda ro’y berayotgan murakkab ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar, ma’naviy xodisalarni atroflicha tahlil va mushoxada etishdir. Voqelikni anglash insonning o’zining jamiyati, insoniyatning bir qismi sifatida xis qilish, ularga o’z munosabatini bildirish, shunga muvofiq ravishda faoliyat qo’rsatishdir. Falsafiy dunyoqarash kishining jamiyat oldidagi xissini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Falsafa bevosita uning tafakkuri, ongini shaqllantirishga qaratilgan fan. Bu xol uning tarbiyaviy funktsiyasiga ega ekaligidan dalolat beradi.
Falsafa insonni tarbiyalashning muxim omilidir deganda biz dastavval uning inson xayotiga, faoliyatiga qo’rsatiladigan ta’sirini, insonning jamiyatda o’ziga xos o’rnini to’ishga zamin yaratishni nazarda tutamiz. Masalaning shu tarzda qo’yilishi falsafaning inson xayotidagi o’rnini keng tushunishga imkon beradi.
Falsafa inson ma’naviyatini yuksalishini muhim omili bo’lib xisoblanadi. Falsafa doirasida qo’yilgan inson muammosining muhim tomonini uning komilligi, barkamolligini tashkil qiladi. Masalaning bu tarzda qo’yilishi, ayniqsa, Sharq, xususan, O’rta Osiyo falsafasida yaqqol ko’zga tashlanadi.
Falsafa jamiyatida ro’y berayotgan murakkab jarayonlarni mushohada etish orqali uning xolat, ziddiyatlari, taraqqiyot istiqbollari to’grisida fikr yuritishga, jamiyat, uning taraqqiyotiga zid, murakkab muammolarni aniqlashga yordam beradi, zamon falsafiy muammolar bevosita xayotdan, jamiyat tahlilidan kelib chiqadigan umuminsoniy xarakteriga ega bo’lgan muammolardir.
Inson jamiyat, insoniyat xayotiga oid masalalarni qo’llashi, bu masalalarni davr nuqtai nazaridan xal etish falsafaning ijtimoiy xayotini o’rganishdagi axamiyatidan dalolat beradi.xar bir davrning, xar bir jamiyatning xal etilishi lozim bo’lgan o’z falsafiy muammolari bo’ladi.
«Bu olamda biz kimmiz va ne bir sir-sanoatmiz? Qayoqqa qarab ketayapmiz? Insoniyat yangi XXI asrga qadam qo’yganida, bizning o’rnimiz qanday bo’ladi? Biz yashayotgan davr qanday xususiyatlarga ega?» degan so’zlar bilan boshlangan Prezident Islom Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kamolatlari asari jamiyatning xozirgi tarakkiyot darajasini falsafiy tahliligi misol bo’ladi. Mazkur risolada erishganimiz mustaqillikning taqdiri, mamlakatimizning yangi mingyillikdagi taraqqiyoti vazifalarini xal etish qo’p jixatdan xozirgi davrdagi tarqqiyot uchun taxdid qilayotgan omillarni to’gri tushunib, bilishga bogliqligi asoli ravishda bayon etilgan. Undagi qo’yilgan savollar: xavfsizliqni qanday saqlab qolish mumqin? Barqarorlikni qanday ta’minlash mumkin? Rivojlanishga nimalar xisobiga erishish mumkin? Va ularning javoblari jamiyatimizni qanchalik to’gri tushuna bilish va shu asosda jamiya a’zolarining mas’uliyatlarini qanchalik chuqur xis etishlariga bogliq.
Demak, falsafa shaxsning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini shakllantiradi, shu bilan birga u shaxsda jamiyat oldidagi ijtimoiy ma’uliyat xissini uygotadi.
Falsafa gnoseologik vazifani xam bajaradi, ya’ni tevarak atrofdagi narsa va xodisalarni, bilishning qonuniyatlarini, bilish jarayonida obg’ekt va sub’ekt diametrikasini atroflicha ochi beradi. Shuningdek, falsafa va aniq fanlar vakillarini ilmiy bilimining asosiy shakllari, uslublari va tamoyillari bilan qurollantiradi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling