1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja


-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI


Download 307.42 Kb.
bet7/46
Sana23.03.2023
Hajmi307.42 Kb.
#1289216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Bog'liq
Merged document

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI
REJA:

  1. Qadimgi Misr va Bobilda ilk falsafiy fikrlarning vujudga kelishi.

  2. Qadimgi Hindiston va Xitoydagi falsafiy maktablar va ta’limotlar.

  3. Markaziy Osiyo hududidagi qadimgi falsafiy fikrlar. Zardushtiylik ta’limoti.

  4. Sharq falsafasi va Uyg’onish davrlari.

  5. Tasavvuf va uning tariqatlari.

  6. Turkistonda XIX asr oxiri va XX asr boshidagi falsafiy tafakkur taraqqiyoti.

  7. XX-XXI asrlar o‘zbek falsafasi.



Mavzuning tayanch iboralari: Tavrot, Vedalar, Tsi, Yan-In, ibtidoiy ong, mifologiya, sehrgarlik, falsafiy ta’limot, falsafiy maktab, falsafiy oqim, falsafiy yо`nalish; vedalar, upanishad, braxman, prakrit, atman, chorvak,buddizm, lokayata; dao, jen, syao, konfutsiylik ''jen''; zardо`shtiylik, ezgu fikr, ezgu sо`z, ezgu ish.


  1. Qadimgi Misr va Bobilda ilk falsafiy fikrlarning vujudga kelishi.

Falsafaning vujudga kelishi haqiqiy ma’noda eradan oldingi VI asrga tо`g’ri keladi. Mana shu davrda qadimgi SHarq mamlakatlari, eng avvalo Hindiston va Xitoy va qadimgi YUnonistonda mifologik tushunchalardan falsafiy fikrlashga о`tish jarayoni yuz beradi. Qadimgi hind falsafasi aniq ifodalangan diniy xarakterga ega bо`lgan.
Hindistonda falsafiy tafakkur shakllanishining ibtidosi braxmanlar (qohinlar) ta’limoti bilan uzviy bog’langan. Braxmanizm о`z aqidalarida vedalarga asoslangan. “Veda”lar e.o. II-I asrlarda yuzaga kelgan bо`lib, qadimgi hind maobudalariga, xudolarga bag’ishlangan gimnlar majmuidan iborat (sankrit - ''bilim'').
Vedalardan joy olgan matnlarning barchasi muqaddas kitoblar sanalgan, ularni braxmanlar (e.o. birinchi ming yillik о`rtalari) talqin va targ’ib etganlar. Eradan oldingi ikkinchi ming yillikdan to VI asrgacha bо`lgan muddat veda adabiyotlari davri deb ataladi. Eng qadimgi vedalarni tо`rt tО`plam (sanxit) tashkil etgan: 1. Regvida - gimnlar tо`plami; 2. YAdjurveda - fidoyilik hikmatlari; 3. Samaveda - fidoyilik qо`shiqlari; 4. Atxarvaveda - iltijo qо`shiqlari.
«Veda» larning xulosa qismini Upanishadalar (ustoz oldida tiz chо`kib о`tirish degan ma’noni bildiradi) tashkil etgan. Ular falsafa uchun birinchi ahamiyatli bо`lgan matnlardan tashkil topgan.
Upanishadalarda barcha narsalarning birligiga, kosmologik mavzularga, hodisalarning sabab-oqibatli bog’lanishlariga bag’ishlangan g’oyalar keng о`rin olgan: “Quyosh kechasi qaerda bо`ladi?”, “Yulduzlar kunduz kuni qaerga yо`qoladi?”, “Biz kimmiz?”, “Biz qaerdan kelib qoldik?”, “Biz qaerga borayapmiz?”.
Upanishadalarda borliqning birinchi asosi sifatida braxman, ya’ni umumiy, shaxssiz ''olamiy jon'', ibtido tilga olinadi, olamning boshqa barcha narsalari ana shundan kelib chiqqan, deb tushuntiriladi.
Upanishada falsafasining asosiy belgilari quyidagicha:
Birinchidan, tabiat hodisalari va insonning paydo bО`lishi, braxman (ma’naviy ibtido, u kО`proq xudo) bilan atman - (ruh, alohida jon) О`rtasidagi munosabat asosida tushuntiriladi. Braxman va atman butun hind falsafasining markaziy muammosi, markaziy tushunchasiga aylanadi.
Ikkinchidan, ma’naviy mohiyat insonda va tabiatda aynandir.
Uchinchidan, bilimlar ikki turga bО`linadi: sodda bilimlar va oliy bilimlar. Sodda bilimlar kО`proq va asosan kundalik amaliy hayot bilan bog’liq bО`ladi, oliy bilimlar ma’naviy mutloqlik haqidagi bilim bО`lib, borliqni yaxlit holda idrok etishni bildiradi.
Hind falsafasi taraqqiyotdagi epik davr deb ataladigan bosqich eradan oldingi VI asrdan boshlanadi. Bu vaqtda hind jamiyatida muhim О`zgarishlar yuz beradi: dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlanadi; ijtimoiy tarmoqlanish kengaya boradi; qabilaviy hokimiyatchilikka asoslangan siyosiy boshqaruv О`z ta’sirini yО`qotadi; monarxiya hukmronligi kuchayadi. SHu bilan birga hind jamiyati dunyoqarashida muayyan О`zgarishlar yuz beradi. Xususan, vedalarga asoslangan braxmanizmni tanqid qilish tendentsiyasi kuchayadi. Bu davr falsafiy tafakkurining asosiy manbai О`n sakkizta kitobdan iborat bО`lgan “Maxabxarata” poemasi hisoblanadi. SHu asar janr xususiyatlaridan kelib chiqib, bu davr epik davr deb atalgan.
“Maxabxarata”da ancha rivojlangan falsafiy kontseptsiyalar, dunyoqarash muammolari talqin etiladi. Ular orasida sankhpya, u bilan bog’liq yoga haqidagi qarashlar, prakrit (materiya, tabiat) tО`g’risidagi fikrlarga keng О`rin berilgan. Prakrit borliqdagi barcha narsalarning manbai bО`lib, ruhiy holat, ong shunga bog’liq holda talqin
etiladi. Prakritdan tashqarida unga bog’liq bО`lmagan holda sof ruh - purusha (u Brahman deb ham, atman deb ham nomlanadi) mavjud. SHunday qilib dunyoqarash dualistik tarzda, ikki ibtidoga asoslangan tarzda bayon etiladi.
Vedalarga qarshi yangicha qarashlarning kО`plab tarafdorlari ichida charvak, jaynizm, buddizm oqimlarini alohida kО`rsatib О`tish lozim. Ular hind falsafasida noordodoksal oqimlar hisoblanadi. (Ortodoksiya - yunoncha: ma’lum sohada qatoiy qabul qilingan printsip va talablarni sО`zsiz bajarish degan ma’noni bildiradi).

Download 307.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling