1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja


Download 307.42 Kb.
bet8/46
Sana23.03.2023
Hajmi307.42 Kb.
#1289216
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
Bog'liq
Merged document

CHarvak - qadimgi va О`rta asr hind falsafasida materialistik yО`nalishdagi oqim. Uning keyingi kО`rinishi lokayata hisoblanadi.
CHarvak bО`yicha borliqning birlamchi asosini tО`rt element - er, suv, havo, olov tashkil etadi. Hayot ham, ong ham mana shu birlamchi moddiy elementlarning birikuvidan kelib chiqqan. Materiya ham fikrlashi mumkin. О`lim hamma narsaning tugashi, intihosidir.
CHarvakning axloqiy kontseptsiyasi asosida cheksiz rohatlanish - gedonizm (grekcha - zavqlanish) turadi. SHaxsning azoblanishi va rohatlanishi real hayotiy hodisadir, bu maktab insoniyat mavjudligi va yashab turishining maqsadi boylik tО`plash va rohatlanishdan iborat, deydi. “Bugungi hayotda eyish kerak, ichish kerak va rohatlanish kerak, holbuki, biz hammamiz О`limga mahkum etilganmiz. Hozirgacha yashayapmiz, nafas olayapmizmi, rohat qilib yashash kerak, zero, hech kim О`limning qО`lidan qutula olmaydi”. Barcha axloqiy meyorlar E’tibor qilishga arzimaydigan insoniy shartlar, xolos. Hozirgi zamon hind falsafasining yirik namoyandasi S.Radxakrishnan yozganidek, “charvak falsafasi О`ziga zamondosh bО`lgan avlodni ular ustidan ta’sir etib turgan yukdan ozod qilishga yО`naltirilgan fanatik intilish ifodasidir” (Radxakrishnan S. Indiyskaya filosofiya. V 2x tt., T.I., SPb, Stiks, 1994, S.244).
Jaynizm maktabining asoschisi Maxavira Vardxamana (e.o. VI asr) hisoblanadi. U ayni vaqtda Jin - G’olib degan taxallus olgan. Bu yО`nalish shaxsning borlig’i masalasiga katta E’tibor beradi. Jaynizm nuqtai nazaridan shaxsning mohiyati dualistik - ma’naviy (jiva) va moddiy (adjiva) ma’noga ega.
Buddizm ham jaynizm singari eradan oldingi VI asrda yuzaga kelgan. Uning asoschisi shahzoda Siddhartha Gautamadir, keyinchalik Budda (uyg’ongan, maorifatli degani) nomini olgan, uzoq muddat davomida zohidlik О`tagan va askez tufayli uyg’onib, cheklashlarni inkor etadigan hayotni tО`g’ri tushunish yО`liga О`tadi.
Bu ta’limotning negizida 4 ta oliyjanob haqiqat turadi: insonning tavalludidan to vafotigacha hayoti azob-uqubat bilan bog’langandir; azob-uqubatning sababi bu - hayotga intilish, tashnalikdir; azob-uqubatdan qutulish, uning sabablarini yО`qotish mumkin, buning uchun mazkur tashnalikdan xalos bО`lish kerak; azob-uqubatdan qutulishga olib boradigan yО`l bu - hayotni faqat hissiy zavqlanish tarzida ham, tarki dunyochilik va О`z-О`zini azoblash tarzida ham inkor etishdir.
Azob-uqubatdan qutulish shaxs mavjudligi va borlig’ining pirovard maqsadi, ya’ni istaklarni yО`q qilishdan iboratdir. Buddizmning bu printsipi uning axloqiy sohadagi kontseptsiyasi - chidamlilik va nisbiylik bilan bog’langandir.
Qadimgi hind falsafiy maktablariga xos umumiy belgilarni quyidagicha kО`rsatish mumkin: tevarak olam va shaxs О`zaro bog’langandir; falsafa insonning ichki, ruhiy, botiniy dunyosiga yО`naltirilishi lozim; hayotiy tamoyillar tarkidunyochilik (askez), О`z-О`zini tahlil etish, О`z-О`zini botinan chuqurlashtirish, faoliyatsizlikdan iborat; falsafa abstrakt xarakterga ega bО`lib, birinchi sabab muammosini hal qiladi. (U inson ruhiga egalik qiladi); hayot va О`lim mangu aylanib О`zaro almashinib turadi; har bir insonning yaxshi va yomon ishlari yig’indisi karma tushunchasi orqali beriladi.
Xitoy falsafasi SHan (e.o. 18-12 asrlar) va CHjou (e.o. XI-III asrlar) dinastiyalari davrida shakllangan. Uning manbalarini mifologik dunyoqarashlar tashkil etgan. SHan dinastiyasi davrida butun olamni yaratuvchi oliy ibtido - ilohiy shandi (Oliy imperator), CHjou davrida esa “Osmonning irodasi” bО`lgan.
SHan dinastiyasi davridayoq zulmat va yorug’lik tО`g’risidagi tasavvurlar tarkib topadi, ularda zulmat va yorug’lik predmetlarga xos ichki xususiyat deb qaraladi, ular О`rtasidagi О`zaro qarama-qarshilik narsa-hodisalardagi rivojlanish va О`zgarishlarni ta’minlaydi, degan fikr yuzaga keladi. Quyoshli kun - yorug’lik, bulutli kun - qorong’ulik, zulmat deb hisoblanadi. Davrlar О`tishi bilan yorug’lik bilan zulmat О`zining konkretlilik xususiyatini yО`qota borib, abstrakt ma’no kasb eta boshlaydi.
YOrug’lik va qorong’ulik, zulmat haqidagi tasavvurlar “I tszin” (“О`zgarishlar kitobi”)da yanada rivojlantiriladi. Bu kitob О`zgarishlarni yorug’lik va zulmat bilan bog’lab tavsif etadi. Voqealarga baxtli va baxtsiz deb baho beradi. “О`zgarishlar kitobi” mistik ruhda bО`lib, keyinchalik keng qО`llaniladigan falsafiy tushunchalarni ishlab chiqadi.
Bu kitob olamni mifologik aks ettirishdan boshlab to falsafiy anglashgacha bО`lgan jarayonlarni aks ettiradi. Unda qadimgi Xitoy miflaridagi boshlang’ich ibtido (ruh)lar - In va YAn tushunchalariga keng О`rin beriladi.
YAn - bu erkaklik, yorug’lik va faollik asosi (ruhi), u osmonni boshqaradi. Ino - ayollik, qorong’ulik va zaif asos, u erni boshqaradi. In va YAn bir-biridan ajralgan holda emas, balki О`zaro aloqadorlikda, О`z kuchlarini birlashtirgan holda harakat qiladi. YAn va Inning О`zaro О`rin almashinishi ''YО`l''(dao) bО`lib, butun narsalar shu orqali О`tadi. Dao - harakatdagi narsa-hodisalar yО`li, ayni vaqtda olam yО`lidir. Insonning eng asosiy va ezgu vazifalaridan biri - olamda О`z О`rnini tushuna olishi, “О`z kuchini Osmon va Er bilan qО`sha olishidadir”.
Xitoy falsafiy fikri keyinchalik besh unsur (birinchi ibtido) haqidagi ta’limotda yanada rivoj topadi. Bu ta’limot eradan oldingi birinchi ming yillikning boshida yozilgan “Tarix kitobi” (“SHu tszinp”)da bayon etilgan. Bu ta’limotga kО`ra, butun moddiy olam 5 unsur (suv, olov, metall, yog’och, tuproq) birlamchi ibtidodan tashkil topgan.
Olamni materialistik tushuntirishni nazarda tutadigan bu ta’limot keyinchalik ham rivoj topadi. Xususan, e.o. III asrda yashagan TSzou YAn fikricha, besh unsur - boshlang’ich ibtidolar О`rtasidagi aloqa dialektik yО`nalishga ega bО`lib, yog’och - olovni, olov - er (kul)ni, er - metallni, metall - suvni (metall- predmetlarda tО`planadigan namlik kО`zda tutiladi), suv - yog’ochni hosil qiladi. SHunday qilib hayot О`zaro bog’langan zanjirdan iborat. Bunday doira nafaqat hayotga, balki О`limga nisbatan ham shunday: yog’och - erni, er - suvni, suv - olovni, olov - metallni, metall - yog’ochni engadi. Elementlarning bunday О`zaro almashishiga muvofiq holda jamiyatda ham dinastiyalar ham О`rin almashadi. Har bir dinastiya yuqoridagi elementlarning biron-bir belgisi ostida hukmronlik qiladi.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, e.o.VIII-V asrlarda CHuntsyu, e.o. V-III asrlarda hukmronlik qilgan CHjango davrlarida Xitoyda yirik ijtimoiy О`zgarishlar yuz beradi, “barcha maktablar raqobati” nomini olgan muhit yuzaga keladi. Bu davrda quyidagi maktablar tarkib topadi: Konfutsiylik maktabi; Maoizm maktabi;
Daosistlar maktabi; Legizm maktabi; Nominalistlar maktabi; Naturfaylasuflar maktabi.
“Konfutsiylik”. Uning asoschisi e.o.551-479 yillarda yashab ijod etgan Konfutsiydir. Adabiyotlarda kО`pincha uni Kun-tszi deb atashadi, bu - О`qituvchi Kun degan ma’noni bildiradi. Bunday deyilishi bejiz emas, chunki hali 20 yoshga etmayoq Kun Xitoyda mashhur О`qituvchi-ustoz nomiga ega bО`ladi. Uning ta’limotining bosh manbai - “Luno yuy” (“Suhbatlar va hukmlar”) kitobidir. Mazkur kitobda ustozning О`z О`quvchilari bilan qilgan suhbatlari О`rin olgan.
Konfutsiy ''Osmon'' kategoriyasini tabiat bilan emas, balki eng avvalo inson bilan bog’liq holda qarab chiqadi. Inson, uning aqliy va axloqiy kamoli va xulqi Konfutsiy falsafasining negizini tashkil etadi. Konfutsiy О`zining asosiy E’tiborini ideal insonni tarbiyalash (ideal inson - tszyun-tszi) masalasiga qaratadi: inson О`z atrofidagi kishilarga va jamiyatga hurmat ruhida tarbiya topgan bО`lmog’i kerak, inson jamiyatning funktsional elementi bО`lishi, shunga kО`ra, u jamiyatga bО`ysunishi lozim.
Xulq-atvor va tarbiyaning barcha ijtimoiy va axloqiy meyorlari Konfutsiy ta’limotida diniy tartib-qoida tusini oladi. Konfutsiy tartib-qoidada donishmandlik va falsafaning yangi tipini kО`radi. Donishmandlikning mohiyati tartib-qoidaga rioya qilish, falsafaning mohiyati esa uni tО`g’ri talqin qilish va tushunishdan iboratdir.
Inson uchun diniy tartib-qoidaning ahamiyatini ta’kidlar ekan, Konfutsiy jamiyatdagi noittifoqlik, nifoqlik kabi noxush hodisalarni diniy his-tuyg’ularning g’arib holga kelib qolishi va tartib-qoida - ritualga bО`ysunmaslik oqibati deb tushuntiradi. Barcha kishilarni birlashtiruvchi umumiy asos va ularning Kosmos bilan mustahkam birligi Osmon (yО`l)ga hurmat-ehtirom, ilohiy yakdillik tuyg’usi tufayli amal qiladi. Erdagi bu ilohiy kuchni Konfutsiy avvalambor an’anaviy xarakterga ega bО`lgan tartib-qoidada kО`radi.
Oliyjanob arboblarni, chinakam er kishilarni tarbiyalash maktabining asoschisi bО`lgan Konfutsiy amaliy tarbiyalash borasida О`ziga xos falsafiy tamoyillarni ishlab chiqadi. Bu - kishilarni Osmon (xudo) bilan birlashtirishdan iboratdir. Ideal insonni, oliyjanob arbobni tarbiyalashning mohiyatini tushunish uchun Konfutsiy О`z falsafasida “jen” kategoriyasini keng qО`llaydi.
Konfutsiy talqinida “jen” tushunchasi turlicha ma’noni ifodalaydi: yaxshi fazilat, oliyjanoblik, insonni sevish, rahm-shafqat va h.k. “Jen” mohiyatini insoniylik tashkil etadi. Insoniylik - bu insonga qО`yiladigan talab. Konfutsiy “jen” kategoriyasini konkretlashtiradi: “О`zingga ravo kО`rmagan narsani birovga ham ravo kО`rmagin”, “О`zing erishmoqchi bО`lgan narsada boshqalarga ham kО`mak ber” va h.k.
“Jen”ning asosi “syao”dir. Syao ota-onaga, О`zidan yoshi ulug’larga, farzandlarga hurmat-ehtiromdir. Syao - mamlakatni bir oila sifatida boshqarishning samarali usuli hamdir. SHu sababli hukmdor bilan aholining munosabatlari ota bilan О`g’il, aka bilan uka О`rtasidagi munosabatlarga О`xshagan tarzda tashkil etilmog’i lozim.
Ideal insonni tarbiyalashda nomlar (chjen-min)ni tО`g’ri qayd etish muhimdir. Hamma buyumlar ularning nomi bilan moslashtirilishi va muvofiqlashtirilishi lozim. SHu sababli “hukumatning faoliyati” nomlarni tО`g’ri qayd etish bilan boshlanmog’i, chunonchi, oliyjanob arbob “sО`z va ishni tО`g’ri fahm etishi, vaoda berilgach, shunga muvofiq harakat qilishi kerak”. Bordi-yu “nomlar tО`g’ri bО`lsa-yu, biroq nutq ziddiyatli kechsa, unday taqdirda muvaffaqiyat qozonib bО`lmaydi”. Konfutsiy sО`z bilan ishni bir-biridan ajratmaydi, ularni birgalikda idrok etadi. Uning quyidagi hikmatli sО`zlariga E’tibor bering: “kishilar sО`zini eshitib, ularning qilayotgan ishiga qarayman”.
Maoizm. Bu maktab e.o. 475-395 yillarda yashagan Mo-tszi (Mo Di) nomi bilan ataladi, eradan avvalgi V-III asrlarda keng tarqaladi. Bu maktab qat`iy harbiylashtirilgan tashkilotga О`xshab ketadi: uning a`zolari boshliqlarning buyruqlarini sО`zsiz bajarishlari zarur bО`lgan.
“Ustoz Maoning traktatlari” (“Mo-tszi”)da uning asosiy falsafiy tamoyillari tО`la aks etadi. Bular: “Donishmandlikning qadriga etish”, “Birlikni qadrlash”, “Umumiy muhabbat”, “Harajatlarda iqtisod qilish haqida”, “Musiqa va О`yin-kulguni inkor qilish”, “Osmon irodasini inkor etish” va boshqalar.
Daosizm. (Xitoycha dao tszya - dao maktabi). Konfutsiylik bilan bir qatorda e.o. birinchi ming yillikning II yarmida vujudga keladi. Uning asoschilari - Lao Tszi va Chjuan-tszi hisoblanadi.
Bu falsafiy ta’limotning markazida dao (aynan - yО`l degani) kategoriyasi turadi. Dao bu tabiat, jamiyat, inson xulqi va tafakkurining kО`zga kО`rinmaydigan eng umumiy tabiiy qonunidir. Dao moddiy olamdan tashqarida alohida yashamaydi, binobarin, u olamni boshqaradi.
Dao ta’limotida sodda dialektik fikrning elementlari kО`zga tashlanadi: dao - bО`shliq va ayni vaqtda bitmas-tugamas narsa; u harakatsiz, ayni vaqtda hamma narsani amalga oshiradi; u sukunatda va ayni vaqtda harakatda bО`ladi; u О`z-О`ziga asos, biroq unda na ibtido va intiho mavjud. Daoni bilish ayni vaqtda umumiylikni, tabiat va uning tuzilishini bilish bilan tengdir.
Daosizmda osmon ham boshqalar qatori dao irodasiga bО`ysunadi: “inson erga, er-osmonga, osmon daoga, dao - О`z-О`ziga bog’liq bО`ladi”.
KО`rinadiki, qadimgi Xitoy falsafasi kО`proq kundalik turmush donishmandligini hal etishga qaratiladi, narsa-hodisalarning tabiiy holatini belgilashga intiladi.
Markaziy Osiyo jahon tsivilizatsiyasining eng qadimgi О`choqlaridan biridir. Eradan oldin birinchi ming yillikda hozirgi Markaziy Osiyo xududlarida yunon tarixchilari skiflar, eron manbalarida saklar deb ataluvchi xalqlar yashagan. Kaspiy orti vodiylarini massagetlar egallagan. Markaziy Osiyoning ana shu xududlarida tsivilizatsiyaning ilk markazlari vujudga kelgan.
Eradan avvalgi VI asr oxiri va V asr boshlarida saklar fors davlati tarkibiga kirgan, eradan avvalgi IV asrda esa Markaziy Osiyoni Aleksandr Makedonskiy zabt etadi. YUnon istilosiga qaramasdan Markaziy Osiyo xalqlari О`zining madaniyatini saqlab qoladi.
Bu davrda xО`jalik yuritish, madaniyat va sanoatning rang-barang shakllari rivoj topadi. Markaziy Osiyoga aramey alfaviti kirib keladi, uning asosida xorazmiy va sО`g’d yozuvlari tarkib topadi. Markaziy Osiyo xalqlari og’zaki ijodiyoti va adabiyotining boshlanishi ham xuddi shu davrga tО`g’ri keladi. SHaharlar paydo bО`ladi, hunarmandchilik taraqqiy etadi, temir asbob-uskunalardan foydalanish yaxshi yО`lga qО`yiladi. “Buyuk ipak yО`li”ning shu erdan О`tishi tufayli aholi Hindiston, Xitoy, Misr, Mesopatamiya, hatto YUnoniston va Rum kabi mamlakatlar bilan aloqalar О`rnatadi.
Qadimgi Turon zaminda VIII asrgacha bО`lgan falsafiy, ijtimoiy axloqiy qarashlarning umumbashariy ahamiyatga molik bО`lganligi bizga qadar etib kelgan tarixiy yodgorliklardan ma’lumdir. Turk mifologiyasi, Orxun-Enasoy yozuvlari, Kultagin yodgorligi, Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kabi manbalar О`sha davr ijtimoiy-falsafiy qarashlari tО`g’risida muayyan tasavvur hosil qiladi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, qadimgi Hindistonda va Xitoyda keng tarqalgan, biz yuqorida aytib О`tgan 4-5 elementning substantsiyaviyligi haqidagi g’oyalar Markaziy Osiyo xalqlari falsafiy fikrlariga О`ziga xos ta’sir etgan. О`sha zamonning donishmandlari borliq va undagi barcha narsa-hodisalarni suv, havo, tuproq va olovdan tashkil topgan deb О`ylaganlar, bu tasavvurlar keyinchalik ilohiylashtirilgan. SHu ma’noda havoni bulg’ash eng katta gunoh hisoblangan. Olov mehr-muhabbat ramzi bО`lgan. Saklarning epik ertaklarida vatanparvarlik, sadoqat va jasurlik g’oyalari kuylangan. О`z qabilasi mustaqilligi uchun kurashning yorqin namunalari SHiroq, TО`maris haqidagi afsonalarda aks etgan. Sak eposining ayrim belgilari О`zbek, qoraqalpoq, turkman va tojik xalqlari og’zaki ijodiyoti namunalarida saqlanib qolgan.
Milliy qadriyatlarimizning kО`p qirralarini О`zida mujassamlashtirgan eng muhim yozma yodgorliklardan biri «Avesto»dir. ZardО`shtiylik dinining muqaddas kitobi bО`lmish «Avesto»ning ilk sahifalari bundan uch ming yil ilgari Xorazmda yaratilgan. Eramizdan oldingi VII asrga kelib, uni Amudaryo sohilidagi tuya boquvchi qabilalar orasidan etishib chiqqan ZardО`sht qayta ishlab chiqqan. ZardО`sht ''Avestо`'ning qadimgi qismi bО`lgan «YAshtlar»dagi kО`pxudolik aqidalariga zid О`laroq, uning «Gohlar» qismida yakkaxudolik g’oyalarini targ’ib etgan.
Qadimgi yunon donishmandi Pliniy taobiri bilan aytganda «bir million qО`shiqdan iborat» bО`lgan ''Avestо`'da din nazariyasi, amaliyoti bilan bir qatorda Movarounnahr va qadimgi Eron xalqlari tarixi, madaniyatiga oid qimmatli dalillar mavjud.
«Avesto»da Markaziy Osiyo xalqlarining olam, kosmos nur sochuvchi sfera va jannatdan iboratdir, degan tasavvurlari О`rin olgan: koinot Er, okean, osmon bilan О`ralgan. Er etti qismdan iborat bО`lib, turlicha iqlim va yil fasllari bilan bog’langan. Osmon tО`rt sferadan iborat: birinchisi erga eng yaqin - yulduzlar (Katta Ayiq, Vega, Sirius, Kanopus). Ikkinchisi - Oy, uchinchisi - Quyosh sferasi, tО`rtinchisi - yorug’lik maydoni yoki jannat sferasi. Oy sferasi olti fazaga bО`linadi, ularning har biri besh kundan iborat. YUlduzlar, Oy va Quyosh xudo Axura Mazdaning tanasini О`zlarida gavdalantiradi.
ZardО`shtiylik ta’limoti diniy shaklda berilgan, kimki ZardО`sht ta’limotiga amal qilsa, u er, suv, yilqi uchun maydon, ayvonli uy, О`n besh yoshli kelinga muyassar bО`ladi; kimki О`z uyida xotini bilan tinch-osoyishta yashasa, kО`p farzand kО`rsa, oilasini mehnat qilib boqsa, u pokdomondir.
ZardО`shtiylikda axloqiy ta’limot uch asosga: “ezgu fikr” (gumata), “ezgu sО`z” (gukta), “ezgu amal” (gvarishta)ga tayanadi. Ezgu fikr - xudo Axura Mazdaning timsoli, yomon fikr esa yovuzlik timsoli Axrimanning belgisi. Ezgu fikr, ezgu sО`z, ezgu amal - inson butun umri davomida amal qiladigan tamoyillar bО`lib, shu uch xislatga ega bО`lgan halol mehnat sohibi inson oliy haqiqatga erishadi.
ZardО`shtiylikda huquqiy qarashlar ham О`z ifodasini topgan. Kishilarning jamiyatdagi munsabatlarini tartibga solib turuvchi urf-odatlar va axloqiy qoidalar Axura Mazda tarafidan ilohiy qonun darajasiga kО`tarilgan. Huquqiy sohalar jinoyat, fuqarolik, oila, er-suv huquqi kabilarga ajratilgan. Suv jazosi О`ta shafqatsiz bО`lgan. Jazolashda О`t, qizdirilgan temir, qamchidan keng foydalanilgan. Bosh hakam Axura Mazdaning О`zi bО`lgan.
Eramizning II-III asrlarida Markaziy Osiyo va unga qО`shni hududlarda iqtisodiy tanazzul va uning g’oyaviy ifodasi sifatida yangi mafkuraviy oqim bО`lgan moniylik ta’limoti vujudga keladi. Bu ta’limotning asoschisi 216 yilda Bobilda tug’ilgan, 25 yoshida Hindistonga borib О`z hamfikrlari jamoasini tuzgan va keyinchalik Fors va Suzada yashagan Moniydir. U bir necha diniy-axloqiy risolalar muallifi bО`lib, «moniylik yozuvi» nomi ostida yangi alifbo kashf etib, uni tavsiya etgan. Uning orzusi kО`pchilikni savodxon qilish va hammaga maoqul tushadigan umumiy yagona dinni yaratish edi. Moniy turmush tarzini О`zgartirish borasida ham islohotchi bО`lib, gО`shtni isteomoldan chiqarib, О`rniga sabzavotlardan tayyorlangan taomlarni kО`proq eyishni tavsiya etgan. U mayda hunarmandchilikni rivojlantirish bilan birgalikda kamtarona, faqirlikda yashashni targ’ib qiladi. Moniy ta’limotini targ’ib etish Eron, Markaziy Osiyo, Xitoy, Turkiston bО`ylab yoyilgan. Uning oshib borayotgan obrО`sidan hadiksiragan zardО`shtiy kohinlar Moniyni falsafiy bahsga chaqirganlar. Ammo bahs bilan chegaralanmay, uni zindonga solganlar va, nihoyat, 276 yili qatl etganlar.
Moniyning falsafiy-ilohiy ta’limotida ma’naviy qadriyatlarga katta О`rin berilgan. Uning fikricha, ikki dunyo - «zulmat va ziyo dunyosi» mavjud bО`lib, birinchisida adolatsizlik, zulm, zО`ravonlik hukm surgan, ikkinchisi abadiy, emirilmaydigan, doimiy qadriyatlar dunyosi bО`lgan. Moniy ta’limotida qadimgi zamonning asosiy qadriyatlari jamlangan. Ularning umumiy tizimi asotir tafakkur (mifologiya), falsafa, koinot haqidagi ilmlar va boshqa ijtimoiy-tabiiy bilim sohalari bilan bog’liqda bayon etilgan.
Moniy ta’limotining ozod dehqonlarga qaratilganligi va ular manfaatining g’oyaviy ifodasi bО`lganligidan III va undan keyingi asrlarda ham Eron, Markaziy Osiyo, Suriya, Misr va Rum imperiyasining sharqiy viloyatlarida uning g’oyaviy ta’siri keng yoyilgan edi. Buyuk ipak yО`li bО`ylab buddaviylik ta’limotining tarqilishiga qadar Eronda quvg’inga uchragan Moniyning maslakdoshlari Markaziy Osiyodan panoh topadilar.
Moniylik g’oyalari Markaziy Osiyoning О`troq, eng madaniy xalqlaridan bО`lgan uyg’urlar dunyoqarashiga katta ta’sir О`tkazgan. Moniylikning uyg’ur tiliga qilingan tarjimasi tarzida saqlangan diniy yodgorligi «Xua stuanift» (''Moniylikning tavba namozi'') aniq, tushunarli tilda yozilgan va bu asar qadimgi turkiy xalqlar tilida yaratilgan ilk adabiy yodgorlik hisoblanadi. Moniylik VII asrda Uyg’ur davlatining diniga aylangan.
Falsafiy qadriyatlar mavzusining izlari VI asrda yashagan Mazdak ta’limotida ham kО`zga tashlanib turadi. Mazdak aqidasiga kО`ra, dunyoda sodir bО`ladigan jarayonlar ongli maqsadga yО`naltirilgan ezgulik va uning manbai bО`lgan yorug’lik bilan kО`r-kО`rona va tasodifiy harakat qiluvchi qorong’ilik (johillik) О`rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bu kurash yaxshilikning yomonlik ustidan muqarrar g’alabasi bilan yakunlanadi. YAxshilikni barqaror qilish uchun ijtimoiy tengsizlikka barham berish lozim, asosiy yovuzlik - boylikka xirs qО`yishdir. Bunday ta’limotga asoslangan Mazdak boylarning mol-mulkini tortib olib, qambag’allarga bО`lib berishga boshchilik qilgan. Feodallarning markaziy davlatdan ajrab chiqib, О`zlaricha mustaqil yashash tamoyillari kuchayganligi sababli, ularning kuchini ommaviy harakat orqali singdirishdan manfaatdor bО`lgan Eron shohi Qubod I (488-581) avval boshda Mazdakni qО`llab-quvvatlab, uni butun Eronga qozi qilib tayinlaydi. Mamlakat bО`ylab xususiy mol-mulkni ijtimoiy tenglik asosida qaytadan bО`lib chiqish maqsadida talon-taroj qilish boshlanadi. Mamlakatdagi katta er egalari, amaldorlar va kohinlarning iqtisodiy va siyosiy hukmronligi barbod bО`lganidan sО`ng, shoh Qubod I Mazdak bilan aloqani uzadi. 529 yili mazdakiylarning inqilobiy harakati bostirilgach, Mazdak qatl etiladi. Ammo uning ta’limotidagi adovat va hasadni yО`q qilishga qaratilgan tadbirlar, ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashish muqaddas vazifa ekanligi haqidagi g’oyalar jozibakor mafkura sifatida uzoq vaqt yashab qoladi. Keyinchalik bu ta’limot g’oyalari Eron, Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi dehqon va shahar kambag’allarining feodallar zulmiga qarshi, keyinroq esa arab istilosiga qarshi kО`tarilgan Muqanna va Bobek qО`zg’olonlarida kurash g’oyasi bО`lib xizmat qilgan.
SHunday qilib, islomning Markaziy Osiyoga kirib kelishi arafasida, ya’ni VII-VIII asrlarda bu er aholisining aksariyat qismi zardО`shtiylikning rang-barang shakllariga, mazhablariga, shu jumladan moniylik, mazdakiylik, buddaviylik oqimlariga e’tiqod qО`yganlar. SHu bilan birga Xuroson va Movarounnahrning ma’lum hududlarida xristianlik, asosan uning nestorian tariqati ham keng tarqalgan.
Kishilarning dunyoqarashi, huquqiy va axloqiy meyorlari О`sha davrda yaratilgan diniy aqidalar va yozma yodgorliklarda bizgacha etib kelgan. Biroq bular hali sof falsafiy shaklda bО`lmagan. SHunday bО`lishiga qaramay, ular keyinchalik falsafiy ruhdagi ta’limotlarning kelib chiqishiga О`z ta’sirini О`tkazganligi ma’lum.



Download 307.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling