dunyoni sezish
Keng maʼnoda, dunyoqarash – insonning oʼzini qurshagan borliqqa va oʼz-oʼziga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, eʼtiqodlari,, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va moʼljallaridir. Shu tariqa taʼriflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos boʼlib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bogʼliqdir. Dunyoqarashning muhim elementi - shubha boʼlib, u insonni dogmatizm, yaʼni biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan asraydi. Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm boʼlib, bunda shubha mutlaqlashadi, fikrlashning asosiy omiliga aylanadi, bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida amal qiladi.
Dunyoqarashning tuzilishi
dunyoni idrok etish
dunyoni tushunish
Amaliy topshiriqlar
Dunyoqarashning muhim elementi ……… boʼlib, u insonni dogmatizm, yaʼni biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan asraydi. Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizmdir. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying?
A) Shubha B) Ishonch C) Hissiyot D) Loqaydlik
Dunyoqarashning funksiyalari
Dunyoqarashning tuzilishi
Dunyoqarashning shakllari
2. Quyida ko’rsatilgan tushunchalarni shakl ichidadagi atamalarga moslab joylashtiring. dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat; dunyoni sezish; mifologik; dunyoni tushunish; oddiy yoki kundalik; dunyoqarashning bilish; falsafiy; dunyoqarashninng xulq atvorni belgilash; dunyoni idrok etish; diniy.
3. Insonning biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat deb qabul qilishi ……… deyiladi. A) skeptitsizm B) sofistika C) dogmatizm D) pragmatizm Izoh – to’g’ri javob qoraytirilgan tartibda ko’rsatilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |