1-mavzu: falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati falsafa soʼzini
Download 65.19 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi.
- Donishmandlar deb
1-MAVZU: FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI Falsafa soʼzini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, anʼanalar orqali) avloddan avlodga oʼtuvchi bilim bilan inson oʼz aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yoʼli orqali olishi mumkin boʼlgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday nomaʼlum soʼz mazmunini uning etimologiyasidan, yaʼni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash oʼrinli boʼladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik soʼzlaridan kelib chiqqan boʼlib, mazkur atamaning dastlabki maʼnosini donolikni sevish deb talqin qilish mumkin. Shuni taʼkidlash lozimki, Pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo boʼlgan va mohiyat eʼtibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga koʼtargan maʼnosidan boshqacharoq maʼno yuklaganlar. Аmmo ilk faylasuflar oʼzlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka daʼvo ham qilmaganlar, zero, oʼsha davrda keng tarqalgan tasavvurga koʼra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga oʼtib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng soʼnggi haqiqat manbayi sifatidagi bilimlarga ega boʼlgan: bashoratgoʼylar, kohinlar, oqsoqollar eʼtirof etilgan. Ularning soʼzlari birdan-bir toʼgʼri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga koʼra donishmandlik muxlisi boʼlishi, eʼtiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki oʼz aqliga tayanib, ijodiy yoʼl bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim boʼlgan. Bu yerda biz hali kam oʼrganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini topishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Binobarin, insoniyat tarixi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar nuqtai nazaridan ayrim masalalar mavjud boʼlib, ular xususida olimlar va mutaxassislar maʼlum bir toʼxtamga kelganlar. Аrxeologik va ilmiy maʼlumotlarga koʼra, qaddini tik tutib yuradigan odam (Homo habilis) ning yoshi taxminan 1,5 dan 2,3 mln yilni tashkil etadi. Yani bu odamlarda fikrlash qobiliyati yoʼq edi. Sababi ularda ong mavjud boʼlmagan. Mutaxassislar fikricha, insonda ong paydo boʼlishi 40-60 ming yil oldin vujudga kelgan Homo sapiens, yaʼni aqlli odamlar tipi bilan bogʼliq edi. Ongning paydo boʼlishi ilmiy tasavvurlarga muvofiq, odamlarda fikrlash qobiliyatini shakllantirgan. Bu holat oʼz-oʼzidan falsafani paydo boʼlishiga zamin hozirlagan. Download 65.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling