1-mavzu: falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati falsafa soʼzini


Falsafa va fanning mutanosibligi va farqi


Download 65.19 Kb.
bet4/5
Sana18.02.2023
Hajmi65.19 Kb.
#1210647
1   2   3   4   5
3.Falsafa va fanning mutanosibligi va farqi
Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa, sohalari: iqtisod, siyosat, ijtimoiyot, huquq, kabilar bilan ham uzviy bogʼliq. Biroq, biz falsafa va fan munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash maqsadida soʼz yuritamiz. Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor talqinlari shakllangan.
Keng (yigʼma) maʼnodagi fan – bu butun inson faoliyati sohasi boʼlib, uning vazifasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni oʼrganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu yerda “fan”, “olim” tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yigʼma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. “Fan” tushunchasi falsafaga tatbiqan koʼpincha ayni shu kontekstda qoʼllaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman oʼrinlidir.
Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani ifodalash uchun “fan” tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq maʼno yuklanadi. Bu yerda fanga aniq taʼrif berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Аyni holda fan muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu obyekti (hodisasi) haqidagi ilmiy bilimlarning qatʼiy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.
Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular:

  • avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi;

  • oʼrganilayotgan obyektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab moʼljal oladi;

  • kategoriyalar apparatini (oʼz tilini) yaratadi, oʼzlari ilgari surgan qoidalarni asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi.

Falsafa va fan oʼrtasidagi farq shunda namoyon boʼladiki:

  • falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bogʼlanadi, bunda uning gʼoyalari, asarlari oʼziga toʼq boʼlishi va ularga boshqa faylasuflar qoʼshilishi yoki qoʼshilmasligiga bogʼliq boʼlmasligi mumkin. Fan yesa, mohiyat yeʼtibori bilan, jamoa mehnati mahsulidir;

  • falsafada (muayyan fanlardan farqli oʼlaroq) yagona til va yagona tizim mavjud yemas. Bu yerda fikrlar rang-barangligi meʼyor sanaladi. Fanda yesa monizm hukm suradi, chunki hech boʼlmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi albatta mavjud boʼladi;

  • falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin yemas, zero ular asosan faylasuflarning subʼektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan yesa mohiyat yeʼtibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar olishga harakat qiladi, bunda olingan bilimlarni tekshirish yoki rad yetish imkoniyatining mavjudligi bu bilimlar haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar sharti hisoblanadi;

  • falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy bilimlarga aylanadi);

  • falsafa aniq prognoz bera olmaydi, yaʼni u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq yetishga qodir yemas, zero unda bunday bilimlar yoʼq. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u olim kabi prognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas. Fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat XVII-XVIII asrlarda toʼla shakllandi deyishimiz mumkin.



Download 65.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling