1-mavzu: falsafaning prеdmеti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoharash. (2 soat)
Download 0.96 Mb.
|
2.Ма`ruza mаtni фалсафа
5 -masala. Mantiq ilmida isbotlash va dalillash tushunchalari o'zaro farqlanadi. Dalillash deb, biror fikr, mulohazani yoki mulohazalar tizimini voqelikka bevosita murojaat qilish yuli bilan (kuzatish, tajriba-eksperiment va hakazo asosida) yoki chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa mulohazalar yordamida asoslab berishga aytiladi. Dalillash bevosita yoki vositali bo'ladi. Bevosita dalillash hissiy bilishga, ya'ni kurish, tajriba-eksperiment orqali amalga oshiriladi. Vositali dalillash esa, chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa mulohazalarga asoslanadi va hulosa chiharish ko'rinishida namoyon bo'ladi. Dalillashning birinchi usuli empirik, ikkinchi usuli nazariy bilimlarga asoslanadi. Nazariy va empirik bilimlarning chegarasi nisbiy bo'lganligi kabi, dalillashning yuqoridagi ikki usulga ajratilishi ham nisbiydir.
Dalillashning hususiy ko'rinishi mantiqiy isbotlashdir. Mantiqiy isbotlash deb, biror fikr, mulohazaning chinligini, chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa mulohazalar orqali asoslashga aytiladi. Isbotlashdan maqsad-biror fikrning chinligini aniqlash bo'lsa, dalillashdan maqsad ham fikrning chinligini aniqlash, uning ahamiyatini va muayyan faoliyat uchun kullash mumkinligini asoslashdir. Isbotlash jarayonida qo'llaniladigan chin mulohazalar (asoslar) berilgan fikrning chinligini tasdiqlash uchun hizmat qilsa, dalillash, undan tashkari, dalillanayotgan fikrning boshqa shu kabi fikrlardan afzalrok ekanligini asoslash uchun ham hizmat qiladi. Dalillash uchun keltirilgan argumentlar (asoslar) isbotlash uchun keltirilgan argumentlarga nisbatan rang-barang bo'ladi. Dalillash shakllari bilan isbotlash shakllari bir-biriga aynan mos tushmaydi. Isbotlash hulosa chiharish ko'rinishida amalga oshadi. Dalillash ko'proq suhbat (dialog) ko'rinishida bo'lib, uning ishtirokchilaridan har biri uz fikrining chinligini isbotlashga, rakibining fikrini rad etishga va tinglovchilarning uzini ham fikr qilishga, uz fikrlariga ishontirishga harakat qiladi. Dalilillash jarayonida recipientlarga (lot - kabul kiluvchi) - tinglovchilarga biror fikrning to'qri yoki hatoligi asoslab beriladi va ularda shu fikrga nisbatan ishonch tuygusi shakllantiriladi. Dalillovchi shahsning so'z san'atini kay darajada egallaganligi, ya'ni notiklik mahorati tinglovchilarda ishonch-e'tiqodning shakllanishida muhim rol uynaydi. Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo'ladi, kishilarda ishonch-e'tiqodni shakllantiradi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo'lgan e'tiqodni yaratishdan iborat. Dalillash va isbotlash ishonch-e'tiqodni shakllantirish vositasidir. Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffakiyatlari ular kullayotgan bilimlarning kay darajada chin bo'lishiga, ya'ni bu bilimlarning voqelikni kanchalik to'qri aks ettirishiga boqliq. Hato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib kursatadi, bilishda kup chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun ham bilish jarayonida har bir fikrni to'qri kurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan kursata olish, hato fikrlarni esa rad kila bilish muhim ahamiyatga ega. Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni hodisaning (faktning) uzi bilan solishtirish mumkin. Lekin kup hollarda bilish jarayonida natijalarining chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan borlash orqali aniklanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlashdir. Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan boqlangan boshqa chin hukmlar yordamida asoslashdan iborat bo'lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli-demonstraciya. Tezis-chinligi asoslanishi lozim bo'lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun dikkat-e'tibor uning chinligini kursatishga karatiladi. Tezis bir mulohazaning o'zidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki anik faktlarni umumlashtirish natijalaridan yoki hodisalarning sababini kursatuvchi mulohazalardan va shu kabilardan iborat bo'ladi. Argumentlar-tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Argumentlar bo'lib faktlarni qayd kiluvchi hukmlar, ta'riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar hizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o'zaro borlangan va tezisning moqiyatiga aloqador bo'lishi lozim. Ta'riflar ham chin hukmlar bo'lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, «harakat - bu harqanday uzgarishdan iborat» degan ta'rif-chin hukmdir. Aksiomalar chinligi uz-o'zidan ravshan bo'lgan, isbotlashni talab kilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida kup martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas. Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo'ladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin. Isbotlash usuli-demonstraciya tezis bilan argumentlar o'rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U hulosa chiharish shaklida bo'ladi, ya'ni tezis argumentlardan hulosa sifatida mantiqan keltirib chikariladi. Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to'qridan-to'qri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo'lgan hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis kup hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va ma'lum bir umumiy bilimdan, masalan qonundan, argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan «O'zbekiston - mustaqil davlatdir» degan hukm (tezis) ning chinligi «O'zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon kilinishi, uning halkaro mikyosda e'tirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi. Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo'lgan hukmning (antitezisning) hatoligini kursatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo'lishiga harab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farqqilinadi. Apogogik isbotlashda tezis (a) va antitezis (a ) o'rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan «Materiya harakatsiz mavjud emas» degan hukmning chinligini asoslash uchun unga zid bo'lgan «Materiya harakatsiz mavjud» degan hukm olinadi. Raddiya-isbotni buzishga karatilgan mantiliy amaldir, Birorta fikrning chinligini rad etish unga zid bo'lgan fikrning hatoligini kursatishdan iborat bo'lganligi uchun, raddiyani isbotlashning hususiy ko'rinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad kilinishi lozim bo'lgan hukm), argumentlar (tezisni rad kiluvchi hukmlar) va demonstraciyadan (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo'ladi. Raddiya birorta masalani muqokama qilish ya'ni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs katnashchilaridan biri ma'lum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi unga karshi chikdi (opponent) hal kilinmagan, munozarali masalalar buiicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda harama-harshi tezislar asoslanibgina kolmay, balki tankdiy analiz hamqilinadi. Raddiya uch hil usul bilan amalga oshiriladi: 1) tezisni rad etish; 2) argumentlarni rad etish; 3) demonstraciyani rad etish. I. Tezisni rad etish Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud: 1. Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. 2. Tezisdan kelib chikkadigan natijalarning hatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) kursatish orqali rad etish. Rad etishning yuqorida kursatilgan usullari kupincha birgalikda, bir-birini tuldirgan qolda qo'llaniladi. Shunday qilib argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va bahs yuritish qoidalariga amal qilish tafakkur madaniyatini yuqori darajaga kutarish imkonini beradi. Takrorlash uchun savollar 1.Hulosa chiharish nimaq 2.Hulosa chiharishning strukturasi qandayq 3.Hulosa chiharishning qanday turlari mavjudq 4.Deduktiv hulosa chiharishning asosiy hususiyatlari nimalardan iboratq 5.Sillogizm figuralari va moduslari qanday qosil bo'ladiq 6.Ilmiy indukciya nimaq 7.Anologiyabo'yicha hulosa chiharishning asosiy hususiyatlari nimalardan iboratq Mavzuning tayanch tushunchalari Hulosa chiharish, mantiqan kelib chikish, asoslar, hulosa, asosdan hulosaga utish, zaruriy hulosa chiharish, ehtimoliy hulosa chiharish, deduktiv hulosa chiharish, induktiv hulosa chiharish, analogiya, bevosita hulosa chiharish, bilvosita hulosa chiharish, sillogizm, sillogizm figuralari, sillogizm figuralarining moduslari, sillogistik hulosa chiharish qoidalari, sillogizm aksiomasi, kuzatish, tajriba, eksperiment, tulik indukciya, tuliksiz indukciya, ommabop indukciya, ilmiy indukciya, sababiy aloqadorlik, o'hshashlik metodi, tafovut metodi, yuldosh uzgarishlar metodi, koldiklar metodi, hususiyatlar analogiyasi, munosabatlar analogiyasi, modellashtirish. Argumentlash, ishonch-e'tiqod, isbotlash, tezis, argumentlar, isbotlash usuli, bevosita isbotlash, bilvosita isbotlash, raddiya, rad etish usullari, isbotlash va rad etish qoidalari. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling