1-mavzu: falsafaning prеdmеti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoharash. (2 soat)


Download 0.96 Mb.
bet28/37
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1554806
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
2.Ма`ruza mаtni фалсафа

2 masala. Ma'lumki, deduktiv hulosa chiharish aslida sillogizm shaklida bo'ladi. Sillogizm kushib hisoblash, degan ma'noni anglatadi. Bu termindan mantiqda, odatda, deduktiv hulosa chiharishning ko'proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy kat'iy sillogizmni ifoda qilish uchun foydalaniladi. Sillogizm hulosa chiharishning shunday shakliki, unda o'zaro mantiqiy boqlangan ikki kat'iy mulohazadan uchinchi-yangi kat'iy mulohaza zaruriy tarzda kelib chikadi. Bunda dastlabki mu­lohazalardan biri albatta yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza bo'ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mu­lohazalardan umumiyrok bo'lmaydi. Shunga ko'ra sillogizmni umumiylikka asoslangan hulosa chiharish, deb atasa bo'ladi. Masalan, quyidagi mulohazalar berilgan bulsin:
Hech bir hasis sahiy emas.
Ba'zi boylap hasisdir.
Bu mulohozalardan zaruriy ravishda - «Ba'zi boylar sahiy emas», degan uchinchi mulohaza kelib chikadi. Sillogizmning tarkibi oddiy kat'iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy kat'iy sillogizm deyiladi.
Sillogizmning tarkibi hulosa asoslari (praemissae) va hulo­sa (conclusio) dan tashkil topgan. Hulosa asoslari va hulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi. Hulosaning mantiqiy egasi - S - kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesim» - R -katta termin (terminus major) deb ataladi. Hulosa asoslari uchun umumiy bo'lgan, lekin hulosada uchramaydigan tushuncha - M -(terminus medius) o'rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni uz ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni uz ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi.
Terminlarning katta yoki kichik deb atalishi ular ifodalagan tushunchalarning hajmiga boqliq.
O'rta termin katta va kichik terminni mantiqiy boglovchi element hisoblanadi.
Sillogizm aksiomasi
Aksiomalar isbotsiz chin deb kabul qilingan nazariy mu­lohazalar bo'lib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi hulosalashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi.
Mantiqda aksioma bir necha marta amaliyotda isbotlangan fikrlar ma'nosida ishlatiladi. Bu ma'noda » insondan oldin er paydo bo'lgan»,
« butun uz bulagidan katta» kabi fikrlar aksiomalardir. Sillogizm aksiomasi inson amaliyotida million- million marta takrorlash asosida vujudga kelgan to'qri fikrlardan hulosa uz-o'zidan kelib chikishini kursatadi.
Masalan, A predmet V ning ichida bo'lsa, V predmet S ning ichida bo'lsa, demak, A predmet S ning ichida bo'ladi. Agar A predmet V predmet ichida bo'lsa, V predmet S ning ichida bulmasa, demak, A predmet S dan tashkarida bo'ladi.
Demak, sillogizm aksiomasida ma'lum gruppa predmet tasdiqlansa yoki inkor kilinsa, unga kiruvchi har bir predmet ham tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Inson bir necha bor narsalarning turlarini va bu turga kiruvchi guruhlarning kismlarini bilib boradi, ular o'rtasidagi aloqa va munosabatlarni urganib,ularning umumiy hususiyatlari qaqida fikr yuritadi, hulosa chikaradi.
Sillogizm aksiomalarida fikr shakli va mazmuni o'zaro uzluksiz, ob'ektiv boqlangan bir butunning ayrim tomonlarini ifodalaydi. Bu bir tomondan, hamma umumiylikka hususiylik, juz'iylik va yakkalik hos ekanligini va har bir yakkalik, juz'iylik, hususiylik umumiylik hislatiga ega bo'lishini ifodalasa, ikkinchi tomondan, buyum va belgining o'zaro uzviy boqlanganligini, ya'ni buyumlar jinsi ayrim o'ziga hos belgiga ega bo'lsa, albatta, bu belgi shu jinsdagi hamma buyumlar uchun ham hos belgi bo'lishini ifodalaydi. Bular esa uz navbatida yakkalik va umumiylik o'rtasidagi, mikdor va sifat o'rtasidagi dialektik aloqadorlikning tafakkur jarayonida o'ziga hos namoyon bo'lishidir.
Sillogizmning umumiy qoidalari
Hulosa asoslarining chin bo'lishi hulosaning chin bo'lishi uchun etarli emas. Hulosa chin bo'lishi uchun yana ma'lum qoidalarga amal qilish ham zarur. Bu sillogizmning umumiy qoidalari deb ataladi. Ular sillogizmning terminlari va asoslariga taalluqli bo'lgan qoidalar bo'lib, quyidagilardan iborat:
1. Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o'rta terminlar bo'lishi kerak. Ma'lumki, sillogizmning hulosasi katta va ki­chik terminlarning o'rta terminga bo'lgan munosabatiga asoslanadi; shu sababdan ham terminlar soni uchtadan kam yoki ortik bulmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bo'lsa, hulosasi yangi bilim bermaydi.
2. O'rta termin hech bo'lmaganda asoslardan birida tula hajmda olinishi kerak.
Agar o'rta termin hech bir asosda tulik hajmda olinmasa, chetki terminlarning boqlanishi noanik bo'ladi va hulosaning chin yoki hatoligini aniqlab bo'lmaydi.
3. Katta va kichik terminlar asoslarda qanday hajmda olingan bo'lsa, hulosada ham shunday hajmda bo'lishi kerak.
Bu qoidaning buzilishi kichik yoki katta termin hajmining nourin kengayib ketishiga olib keladi.
4. Ikki inkor hukmdan (asosdan) hulosa chiharib bo'lmaydi.
Masalan:
Ishsizlartadbirkoremas.
Talabalar ishsiz emas.
5. Ikki juz'iy hukmdan hulosa chiharib bo'lmaydi.Masalan:
Ba'zi ayollar tadbirkordir.
Ba'zi davlat arboblari ayollardir.
6. Asoslardan biri inkor bo'lsa, hulosa ham inkor bo'ladi.Masalan: Hech bir jinoyat jazosiz kolmaydi.
Vatanga hiyonat qilish jinoyatdir
Vatanga hiyonat qilish jazosiz kolmaydi.
7. Asoslardan biri juz'iy hukm bo'lsa, hulosa ham juz'iy hukm bo'ladi. Masalan:
Yahshi farzand ota-onasini hurmat qiladi.
Ba'zi yoshlar yahshi farzanddir.
Ba'zi yoshlar ota-onasini hurmat qiladi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling