1-mavzu: falsafaning prеdmеti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoharash. (2 soat)
Download 0.96 Mb.
|
2.Ма`ruza mаtni фалсафа
2-masala.Tushuncha uzining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaningmazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgila-ri yigindisi tashkil etadi. Masalan, «fan» tushunchasining
mazmunini fanning muhim belgilari, ya'ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning birorta soqasiga oidtushunchalar, qonunlar, principlar shaklidagi ob'ektiv chin (hakikiy) bilimlar sistemasidan iborat bo'lishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilartashkil qiladi. Tushunchaning hajmi esa unda fikr qilinayotgan predmetlar yigindisidan iborat. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o'zida hamrab oladi. Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy boqliq bo'lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o'rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushuncha- ning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha hajmitoraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «Fan» tushunchasining mazmunita «mantiqga oid bulish» belgisini kushish bi lan hajm jihatidan undan torroq bo'lgan «mantiq fani» tushunchasiga utiladi. «Fan» tushunchasining hajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan unga nisbatan torrok bo'lgan «ijtimoiy ong shakli «tushunchasi hosil qilinadi. Bunda faqat fanga hos bo'lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan san'atda bo'lmagan specifik belgilar tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi. Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan kator mantiqiy amallar asosida yotadi. Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo'yicha birkancha turlarga bulinadilar. Hususan, hajmiga ko'ra yakka vaumumiy tushunchalar farqqilinadi. Yakka tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Еr planetasi», o'zMU asosiy kutubhonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir. Umumiy tushunchalar predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubhona» tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning mikdori chegaralangan va chegaralanmagan bo'lishi mumkin. Masalan, «himiyaviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. Ularni hisobga olish mumkin. «Yulduz» tushunchasi hajmini tashkil kiluvchi predmetlar soni esa cheksiz, ularni hisobga olib bo'lmaydi. Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va tuplovchi tushunchalarni farqqilish hammuhim ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning qar bir predmetiga hosdir. Masalan, «UzMU talabalari ikkinchi chakirik Uzbekistan Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiya materiallarini urganmokda degan fikr UzMUning har bir talabasiga tegishli. Demak, «UzMU talabalari» tushunchasi bu erda ayiruvchi tushunchadir. «UzMU talabalari ikkinchi chakirik o'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi yakunlarini muqokama etishmokda» degan fikrda esa, «UzMU talabalari» tushunchasi tuplovchi tushuncha sifatida ishtirok qiladi, chunki fikr ularning tuplamiga nisbatan bildirilgan. Mazmuni bo'yicha tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret tushunchalarga bulinadilar. Konkret tushunchalarda predmet uzining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, aloqida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari-konkret tushunchalar, «kahramonlik» (insonga hos hususiyatni aks ettiradi), «Guzallik» (borliqdagi predmetlarga hos hususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir, Mazmuni bo'yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, aloqida mavjud bo'lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir. Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo'lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «Ukituvchi» va «Ukuvchi», «Ijobiy kahramon» va «Salbiy kahramon», «Sabab» va «Okibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar katoriga kiradi. Ba'zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farqqilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga hos belgilar orqali fikr kilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga hos bo'lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «Savodli kishi», «Vijdonli kishi» - ijobiy tushunchalar, «Savodsiz kishi», «Vijdonsiz kishi» - esa salbiy tushunchalardir Ob'ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o'zaro aloqada bo'lganligi uchun, ularni aks etiruvchi tushunchalar ham o'zaro maьlum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli hil bo'lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farqqilish lozim. Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo'lgan, mazmuni va hajmi jihatidan bir-biriga yakin turgan tushunchalardir. Masalan, «Metallurg» va «Ishchi» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi. Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa, bir-biri bilan uzoq aloqada bo'lgan, kup hollarda moddiy yoki ideal bulishdan boshqa umumiy belgiga ega bo'lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro yulduzi», «Ideal gaz» va «Go'zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb hisoblanadi. Mantiqda taqqoslanmaydigan tushunchalar o'rtasidagi mantiqiy munosabatlar urganilmaydi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sigishadigan va sirishmaydigan bo'ladi. Sigashadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, tulaligicha yoki kisman mos keladi.Ular o'rtasida uch hil munosabat mavjud: moslik, kisman moslik va buysunish. 1. Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo'lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farqqiladi. Masalan, «I.A.Karimov», «O'zbekiston Respublikasining Preziden ti» tushunchalari huddi shu munosabatda mavjuddir. Buni quyidagi shema yordamida kursatish mumkin. A-I.A. Karimov. V-O'zbekiston Respublikasi Prezidenti. 2. Kisman moslik munosabatidagi kisman umumiylikka ega. Masalan: A-Sportchi. V-Talaba.Doiralarning shtrihlangan kismi bir vaqtning o'zida ham sportchi, ham talaba bo'lganlarni bildiradi. 3.Buysunish munosabatida tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga tulik, kirib, uni tashkil kiluvchi kism hisoblanadi. Masalan: A-Fan. V-Mantiq. Bu munosabatdagi tushunchalardan biri buysundiruvchi (A), ikkinchisi (V) buysinuvchi bo'lib, ular jins-tur munosabatida bo'ladi. Jins tushuncha predmetlarning birorta sinfini, tur tushuncha esa shu sinfga mansub predmetlarning bir guruhini yoki bittasini aks ettiradi. Mantiqda u yoki bu tushunchaning jins yoki tur ekanligi nisbiy harakterga egadir. har bir tushuncha o'zidan umumiyrok tushunchaga nisbatan tur, kamrok umumlashgan tushunchaga nisbatan jinsdir. Masalan, milliy qoya, qoya, fikr tushunchalari o'rtasida quyidagi nisbat mavjud: «qoya» tushunchasi «Fikr» tushunchasiga nisbatan tur, «Milliy qoya» tushunchasiga nisbatan jins bo'ladi. Sigishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikka ega bo'lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har hil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar o'rtasida ham uch hil munosabat bor: birga buysunish, karama-karshilik, zidlik. 1. Birga buysunish munosabati quyidagi tushunchalar o'rtasida mavjuddir. A-Fan. V-Mantiq. S-Fizika. Bunda «Mantiq» va «Fizika» tushunchalari hajmlari jihatidan birgalikda «Fan» tushunchasining hajmiga buysunadi. 2.Karama-karshilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) harama-harshibelgilarini aks ettiradi, ya'ni biri predmetning ma'lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor kiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. Karama-karshilik munosabatidagi tushunchalar uzlari buysunadigan tushunchaning hajmini tulik egallay olmaydi. Masalan, «Baland buyli odam» va «Past buyli odam» tushunchalari «Odam» tushunchasining hajmini to'lik koplay olmaydi A-Odam. V-Baland buyli odam. S-Past bo'yli odam. 3.Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta hususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noanik bo'lib koladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, karama-karshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli ularok, buysundiruvchi tushunchaning hajmini tulik koplaydi. Masalan, A-Odam. V-Baland buyli odam, S-Baland buyli emas odam. Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash tushunchalar ustida olib boriladigani amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o'rtasidagi teskari mikdoriy nisbat qonuniga muvofiqqolda amalga oshiriladi. Tushunchani umumlashtirish- bilish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bu amal natijasida bizning fikrimiz yakkadan umumiyga, tarkok tushunchadan kengrok tushunchaga harab boradi. Hajmi kichikrok tushunchadan hajmi kattarok tushunchaga borish umumlashtirish deb ataladi. M. «botanika» va «biologiya»- Fan. Tushunchalarni umumlash natijasida umumiy tushunchadan eng umumiy tushunchalarga boradi.Eng umumiy tushunchalar kategoriyalar deb ataladi. Hajmi kattarok tushunchalarni, hajmi kichikrok tushunchaga keltirish chegaralash deb ataladi. Chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmiga tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran utiщdan iborat. Chegaralash amali yakka tushuncha hosil bulguncha davom ettirilishi mumkin. A - Jamiki mavjudot V- Hayvonot olami S - Umurtkalilar D - ot Е- kora bayir. Umumlashtirish va chegaralash fan va amaliy qayotda muhim ahamiyatga ega bo'lgan fikrlash operaciyasidir. Agar umumlashtirish orqali narsalar va hodisalarning muhim, bir- biriga o'hshash tomonlarini bilsak, chegaralash orqali har bir narsaning o'ziga hos, konkret tomonini bilamiz. Ularning ichki hususiyatini aniklaymiz. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling