1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


 Resurslarga qo‘yiladigan talablar


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109
Bog'liq
opop

6. Resurslarga qo‘yiladigan talablar 
6.1. Umumiy qoidalar 
Laboratoriya laboratoriya faoliyatini amalga oshirish va boshqarish 
uchun zarur xodimlar, xonalar, anjomlar, tizimlar va yordamchi xizmatlarga 
ega bo‘lishi zarur. 
6.2. Xodimlar 
6.2.1. Laboratoriyaning laboratoriya ishlari bajarilishiga ta’sir qilishi mumkin 
bo‘lgan barcha, ya’ni o‘z shtatidagi va jalb qilingan xodimlari ishni xolisona 
bajarishi, malakaga ega bo‘lishi, ishlarni laboratoriyaning menejment tizimi 
talablariga muvofiq bajarishi shart. 
6.2.2. Laboratoriya laboratoriya ishlari natijasiga ta’sir qiladigan har bir 
funktsiya uchun kerakli kompetentsiyalarga, shu jumladan xodimlarning ma’lumoti, 
malakasi, tayyorgarligi, texnik bilimlari, ko‘nikmalari va tajribasiga qo‘yiladigan 
talablarni hujjatlashtirishi shart. 


6.2.3. Laboratoriya xodimlar o‘zlari mas’ul bo‘lgan laboratoriya ishlarini 
bajarish 
uchun 
va 
og‘ishlarning 
ahamiyatini 
baholash 
uchun 
yetarli 
kompetentsiyalarga egaligini ta’minlashi shart. 
6.2.4. Laboratoriya rahbariyati xodimlarni ularning lavozim vazifalari
mas’uliyati va vakolatlari bilan tanishtirishi shart. 
6.2.5. Laboratoriyaning: 
a) 
kompetentlikka qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
b) 
xodimlarni tanlab olish; 
c) 
xodimlarni tayyorlash; 
d) 
xodimlarni nazorat qilish; 
e) 
xodimlarga vakolat berish; 
f) 
xodimlarning kompetentligini monitoring qilish uchun taomillari 
bo‘lishi va yozuvlarni saqlashi shart. 
6.2.6. Laboratoriya laboratoriya ishlarining muayyan turlarini, shu jumladan: 
a) 
usullarni ishlab chiqish, o‘zgartirish, muvofiqligini tasdiqlash 
(verifikatsiya) va yaroqliligini tasdiqlash (validatsiya); 
b) 
natijalarni, shu jumladan muvofiqlik to‘g‘risidagi e’tiroflarni yoki 
fikrlar va talqinlarni tahlil qilish; 
c) 
natijalar haqida hisobot tuzish, ularni tahlil qilish va tasdiqlash uchun 
xodimlarga vakolatlar berishi, ammo ular bilan cheklanmasligi kerak. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling