1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109
Bog'liq
opop

3.9. validatsiyalash (validation) 
Belgilangan talablar ehtimol qilingan foydalanish usuliga mos bo‘lgan 
tasdiqlash.MISOL. Odatda, suvda azotning yalpi kontsentratsiyasini o‘lchash uchun 
foydalaniladigan o‘lchash usuli, shuningdek inson qoni zardobida azot 
kontsentratsiyasini o‘lchash uchun ham zardob attestatsiyadan o‘tkazilishi 
mumkin.[MANBA: ISO/IEC 99:2007 Qo‘llanmasi, 2. 45] 
4. Umumiy talablar 
4.1. Xolislik 
4.1.1. Laboratoriyaning faoliyati xolislik asosida amalga oshirilishi, uning 
tuzilmasi va uni boshqaruv u xolislikni ta’minlashi kerak. 
4.1.2. Laboratoriya rahbariyati xolislik tarafdori bo‘lishi shart. 
4.1.3. Laboratoriya o‘z laboratoriya faoliyatining xolisligi uchun mas’ul 
bo‘lishi va xolislikni xavf ostiga qo‘yuvchi tijorat, moliyaviy va boshqa tarzda 
bosim o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaysligi shart. 
4.1.4. Laboratoriya xolislik bilan bog‘liq risklarni doimiy ravishda aniqlashi 
shart. Ular faoliyatni amalga oshirish davomida yuzaga keladigan risklarni yoki 
laboratoriyaning o‘zaro munosabatlaridan, shuningdek uning xodimlari o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlardan kelib chiqadigan risklarni o‘z ichiga olishi shart. SHu bilan 
birga, bunday munosabatlar doim ham laboratoriya uchun xolislik borasida risk 
keltirib chiqaravermaydi. 
ESLATMA. Laboratoriyaning xolisligiga xavf soladigan munosabatlar 
mulkchilik munosabatlari, boshqaruv, xodimlar, umumiy resurslar, moliya, 
shartnomalar, marketing (shu jumladan, brending), shuningdek sotuvlardan 
vositachilik haqi to‘lash va yangi buyurtmachilarni jalb qilganlik uchun boshqa 
rag‘batlantirish shakllari va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
4.1.5. Xolislik borasida risk aniqlangan taqdirda laboratoriya shu riskni qanday 
tarzda bartaraf etishini yoki kamaytirishini namoyish etishga qodir bo‘lishi kerak. 
4.2. Maxfiylik 
4.2.1. Laboratoriya faoliyat damomida olingan yoki yaratilgan axborotni 
boshqarish uchun javobgar bo‘lishi va uning bu javobgarligi yuridik 
mustahkamlangan majburiyat bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Laboratoriya ochiq 
manbalarda 
qanday 
axborotni 
joylashtirishni 
rejalashtirayotgani 
haqida 
buyurtmachini oldindan xabardor qilishi shart. Buyurtmachining o‘zi ochiq 
manbalarda joylashtiradigan axborot yoki laboratoriya va buyurtma oshkor etish 
haqida kelishib olgan (masalan, da’voga javob berish maqsadida) axborot hamda 


axborotning barchasi xizmat axboroti hisoblanadigan va maxfiy tutilishi kerak 
bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Tijorat siri hisoblanadigan boshqa har qanday 
axborot maxfiy axborot deb hisoblanishi kerak. 
4.2.2. Agar qonunga yoki shartnomada belgilab o‘tilgan kelishuvga asosan 
maxfiy axborotni oshkor etishi shart bo‘lsa vaqonunda man etilmagan bo‘lsa, u 
buyurtmachini yoki uning vakilini oshkor etilgan axborotdan xabardor qilishi shart. 
4.2.3. Buyurtmachi haqida undan emas (masalan, da’vogardan, tartibga 
soluvchi organlardan), balki boshqa manbalardan olingan axborot buyurtmachi va 
laboratoriya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar doirasida maxfiy saqlanishi shart. 
Ushbu axborot manbai haqidagi ma’lumotlar maxfiy saqlanishi va agar manba bilan 
kelishilgan bo‘lmasa, laboratoriya ularni mijozga ma’lum qilmasligi kerak 
4.2.4. Xodimlar, shu jumladan komitetning barcha a’zolari, pudratchilar, tashqi 
organlar xodimlari yoki laboratoriya nomidan ish ko‘radigan shaxslar laboratoriya 
faoliyati davomida olingan yoki yaratilgan axborotning maxfiyligini saqlashlari 
shart, qonunda ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling