1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109
Bog'liq
opop

7.3. Namuna olish 
7.3.1. Laboratoriya namuna olish rejasi va usuliga ega bo‘lishi kerak. Bu reja 
va usuldan sinov yoki kalibrlash uchun modda, material yoki mahsulotlardan 
namuna olishda foydalaniladi. Namuna olish usuli kelgusida o‘tkaziladigan sinov 
yoki kalibrlash natijalarining yaroqliligini kafolatlash uchun nazorat qilish zarur 
bo‘lgan omillarni hisobga olishi shart. Namuna olish rejasi va usulini namuna 
olinadigan joyda qo‘llash imkoniyati bo‘lishi kerak. Maqsadga muvofiq bo‘lsa, 
namuna olish rejasi tegishli statistika usullariga asoslangan bo‘lishi lozim. 
7.3.2. Namuna olish usuli: 
a) 
namunalarni olish tartibini yoki sinov o‘tkazish joyini tanlash; 
b) 
namuna olish rejasi; 
c) 
keyinchalik sinovdan o‘tkazish yoki kalibrlash uchun talab etiladigan 
ob’ektni olish maqsadida modda, material yoki mahsulot namunasi(lari)ni olish va 
ishlov berish tartibi. 
ESLATMA. Laboratoriyaga olib kelinganda, 7.4-bandda ko‘rsatilganidek, 
qo‘shimcha ishlov berish talab etilish mumkin. 
7.3.3. Laboratoriya bajarilgan sinov va kalibrlash jarayonining bir qismi 
hisoblanadigan namuna olish bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan 
yozuvlarni saqlab qo‘yishi zarur: 
a) 
foydalanilgan namuna olish usuliga havola
b) 
namuna olingan sana va vaqt; 
c) 
namunalarni identifikatsiya qilish va tavsiflash uchun ma’lumotlar 
(masalan, raqami, miqdori, nomi); 
d) 
namona olgan shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar; 
e) 
foydalanilgan asboblar to‘g‘risida ma’lumotlar; 
f) 
atrof muhit va transportda tashish chog‘idagi sharoit; 
g) 
zarur bo‘lganda, namuna topilganini aniqlash uchun sxemalar yoki 
biror o‘xshash vositalar; 
h) 
usuldan og‘ishlar, unga qo‘shimchalar yoki istisnolar va namuna olish 
rejasi. 


7.4. Sinov va kalibrlash ob’ektlarini ishlatish 
7.4.1. Laboratoriya sinov yoki kalibrlash ob’ektlarini transportda tashish, qabul 
qilish, ishlov berish, himoya qilish, saqlash, saqlash muddatini aniqlash va 
utilizatsiya qilish yoki qaytarish uchun, shu jumladan sinov yoki kalibrlash 
ob’ektlarining butunligini himoya qilish, shuningdek laboratoriya va 
buyurtmachining manfaatlarini himoya qilish uchun taomillarga ega bo‘lishi shart. 
Tavsiflar yomonlashishini, ifloslanishni, ishlov berish, transportda tashish, saqlash 
va sinov yoki kalibrlashga tayyorlash jarayonida ob’ekt yo‘qotilishi yoki zarar 
ko‘rishini istisno etishga alohida e’tibor berilishi shart. Ob’ektlarni ishlatish 
bo‘yicha yo‘riqnomalarga amal qilish zarur. Qo‘llanmalar ob’ektga ilova qilinadi. 
7.4.2. Laboratoriya sinash va kalibrlash ob’ektlarini uzil-kesil identifikatsiya 
qilish tizimiga ega bo‘lishi shart. Bu identifikatsiya ob’ekt uchun laboratoriya 
mas’ul bo‘lgan davr mobaynida saqlanishi zarur. Tizim ob’ektlar jismonan yoxud 
yozuvlarda yoki boshqa hujjatlarda ko‘rsatilganda adashtirilmasligini kafolatlashi 
kerak. Zarur bo‘lsa, bu tizimda ob’ekt yoki bir guruh ob’ektlar ajratilishi yoki 
ob’ektlar ko‘chirilishi ko‘zda tutilishi lozim. 
7.4.3. Sinash va kalibrlash ob’ekti qabul qilib olingan paytdan boshlab
belgilangan shartlardan og‘ishlar qayd etilishi shart. Ob’ekt sinash yoki kalibrlash 
uchun yaroqli ekaniga gumon tug‘ilsa, yoki ob’ekt ilova qilingan tavsifga mos 
bo‘lmasa, laboratoriya biror ishni boshlash uchun yo‘l-yo‘riq olish maqsadida mijoz 
bilan maslahatlashishi va maslahatlashuvlarning natijalarini qayd etishi zarur. Agar 
mijoz, belgilangan shartlardan og‘ishni tan olib, ob’ekt sinalishi yoki kalibrlanishini 
talab etsa, laboratoriya hisobotda javobgarlikni o‘zidan soqit qilishini qayd etishi 
kerak. 
7.4.4. Ob’ektlarni ma’lum muhitda saqlash talab etilganda, bunday muhit 
yaratilishi, nazorat qilinishi va qayd etilishi shart. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling