mas’ul bo‘lgan davr mobaynida saqlanishi zarur. Tizim ob’ektlar jismonan yoxud
yozuvlarda yoki boshqa hujjatlarda ko‘rsatilganda adashtirilmasligini
kafolatlashi
kerak. Zarur bo‘lsa, bu tizimda ob’ekt yoki bir guruh ob’ektlar ajratilishi yoki
ob’ektlar ko‘chirilishi ko‘zda tutilishi lozim.
7.4.3. Sinash va kalibrlash ob’ekti qabul
qilib olingan paytdan boshlab,
belgilangan shartlardan og‘ishlar qayd etilishi shart. Ob’ekt sinash yoki kalibrlash
uchun yaroqli ekaniga gumon tug‘ilsa, yoki ob’ekt ilova qilingan tavsifga mos
bo‘lmasa, laboratoriya biror ishni boshlash uchun yo‘l-yo‘riq
olish maqsadida
buyurtmachi bilan maslahatlashishi va maslahatlashuvlarning natijalarini qayd etishi
zarur. Agar buyurtmachi, belgilangan shartlardan og‘ishni tan olib, ob’ekt sinalishi
yoki kalibrlanishini talab etsa, laboratoriya hisobotda javobgarlikni o‘zidan
soqit
qilishini qayd etishi kerak. Bu hol og‘ishlar natijalarga ta’sir qilgan bo‘lishi
mumkinligiga ishora qiladi.
7.4.4. Ob’ektlarni ma’lum muhitda saqlash talab etilganda,
bunday muhit
yaratilishi, kuzatilishi va qayd etilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: