1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


 Jarayonlarga qo‘yiladigan talablar


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109
Bog'liq
opop

7. Jarayonlarga qo‘yiladigan talablar 
7.1. Talabnoma, tender takliflari va shartnomalarni tahlil qilish 
7.1.1. Laboratoriya talabnoma, tender takliflari va shartnomalarni tahlil qilish 
uchun taomilga ega bo‘lishi shart. Bu taomil:
a) 
talablar lozim tarzda belgilanganligi, hujjatlashtirilganligi va 
tushunarliligini; 
b) 
laboratoriya talablarni bajarish uchun imkoniyat va resurslarga 
egaligini kafolatlashi lozim; 
c) 
tashqi yetkazib beruvchilar jalb qilingan taqdirda 6.6-bo‘lim 
talablari qo‘llaniladi va laboratoriya buyurtmachini muayyan laboratoriya 
ishlaridan xabardor qiladiki, ular tashqi yetkazib beruvchi tomonidan 
bajarilishi va mijoz tomonidan ma’qullanishi kerak. 
1-ESLATMA. Quyidagi holatlarda laboratoriya ishlari tashqi yetkazib 
beruvchilar tomonidan bajarilishi mumkin: 
- laboraboriya ishlarni bajarish uchun resurslarga ega va kompetentli 
bo‘lgan, ammo ko‘zda tutilmagan sabablarga ko‘ra ularni amalga oshirishga 
qisman yok to‘liq qodir bo‘lmaganda; 
- laboratoriya ishlarni bajarish uchun resurslarga ega emas va kompetent 
bo‘lmaganda. 
d) 
tegishli usul yoki taomillar tanlangan va burtmachining 
talablarini qoniqtirishga qodir bo‘lganda. 


2-ESLATMA. Ichki yoki doimiy buyurtmachilarning talabnoma, tender 
hujjatlari va shartnomalari soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin. 
7.1.2. Buyurtmachi tomonidan talab etiladigan usullar nomuvofiq yoki eski 
bo‘lsa, laboratoriya buyurtmachini bundan xabardor qilishi kerak. 
7.1.3. Agar buyurtmachi sinov o‘tkazish yoki kalibrlash spetsifikatsiya yoki 
standartga muvofiqligi (masalan, muvaffaqiyatli / muvafaqiyatli emas, yo‘l 
qo‘yiladigan darajada / yo‘l qo‘yiladigan darajada emas) tasdiqlanishini talab qilsa, 
bu spetsifikatsiya yoki standart, shuningdek qaror qabul qilish qoidalari aniq 
belgilangan bo‘lishi kerak. Agar qabul qilish qoidalari spetsifikatsiya yoki 
standartning ajralmas qismi bo‘lmasa, ular buyurtmachiga ma’lum qilinishi kerak. 
ESLATMA. Muvofiqlik to‘g‘risida arizalar bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar 
ISO/IEC 98-4 qo‘llanmasida. 
7.1.4. Talabnoma, tender takliflari va shartnoma o‘rtasidagi har qanday farq 
laboratoriya ishlari boshlangunga qadar bartaraf etilishi kerak. Har bir shartnoma 
laboratoriya uchun ham, buyurtmachi uchun ham maqbul bo‘lishi shart. 
Buyurtmachi so‘ragan chetga chiqishlar laboratoriyaning xolisligi va natijalarning 
to‘g‘riligiga ta’sir qilmasligi kerak. 
7.1.5. Mijoz har qanday shartnomadan og‘ishlar haqida xabardor qilinishi 
kerak. 
7.1.6. Ish boshlanganidan so‘ng shartnomaga qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, 
shartnoma takror tahlil qilinishi va har qanday o‘zgarishlar ishda ishtirok etuvchi 
barcha xodimlarga ma’lum qilinishi kerak. 
7.1.7. 
Laboratoriya 
buyurtmachining 
talablarini 
tushuntirish 
va 
laboratoriyaning bajarilayotgan ishlar bilan bog‘liq ish-harakatlarini monitoring 
qilish borasida mijozlar va ularning vakillari bilan hamkorlik qilishi kerak. 
ESLATMA. Bunday hamkorlik quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: 
a) 
muayyan mijozga taalluqli laboratoriya ishlarini kuzatish uchun 
laboratoriyaning tegishli uchastkalariga borish uchun oqilona chegarada 
ruxsat berish; 
b) 
tekshirish uchun talab etiladigan narsani tayyorlash, qadoqlash 
va mijozga yuborish. 
7.1.8. Tahlil, shu jumladan biror jiddiy o‘zgarishlar to‘g‘risida yozuvlar saqlab 
qo‘yilishi shart. SHuningdek, mijoz bilan uning talablari yoki bajarilgan laboratoriya 
ishlari natijalarini muhokama qilishga doir yozuvlar saqlanishi shart. 



Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling