8.2. Menejment tizimi hujjatlari (A variant)
8.2.1. Laboratoriya rahbariyati mazkur hujjatning maqsadlariga erishish uchun
siyosatlar va vazifalar ishlab chiqishi, ularni hujjatlashtirishi
va boshqarishi,
shuningdek ushbu siyosat va vazifalar laboratoriyaning barcha tashkiliy darajalarida
qabul qilinishi va bajarilishini kafolatlashi shart.
8.2.2. Siyosat va vazifalar laboratoriyaning kompetentligi,
xolisligi va lozim
tarzda ishlashi masalalariga doir bo‘lishi kerak.
8.2.3. Laboratoriya rahbariyati menejment tizimini ishlab chiqish va joriy etish
hamda unumdorligini doimo oshirish ishiga sodiqligini namoyish etishi shart.
8.2.4. Mazkur hujjatning talablarini bajarish bilan bog‘liq barcha hujjatlar,
jarayonlar,
tizimlar, yozuvlar va h.k. menejment tizimiga kiritilish,
u bilan
solishtirilishi yoki bog‘liq bo‘lishi shart.
8.2.5. Laboratoriya ishlarini bajarishda ishtirok etadigan barcha xodimlar
menejment tizimi hujjatlari va tegishli axborotning o‘zlari mas’ul bo‘lgan
ishda
qo‘llaniladigan qismidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: