1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.11. Ma’lumotlarni nazorat qilish va axborotni boshqarish
7.10. Nomuvofiq ishlarni boshqarish
7.10.1. Agar laboratoriya ishlarining biror qismi yoki shu ishlarning natijalari laboratoriyaning o‘z taomillari yoki mijoz bilan kelishilgan talablarga mos bo‘lmasa (masalan, asbob-uskuna yoki atrof muhit sharoiti belgilangan chegaradan chiqsa, monitoring natijalari belgilangan mezonlarga javob bermasa) bajarilishi kerak bo‘lgan taomilga ega bo‘lishi kerak. Bu taomillar: a) nomuvofiq ishlarni boshqarish uchun javobgarlik va vakolatlar belgilanganligini; b) choralar (shu jumladan ishlarni to‘xtatish va takrorlar, shuningdek, zarur bo‘lsa, hisobot shakllantirishni to‘xtatish) laboratoriya tomonidan belgilangan risk darajasiga mosligini; c) nomuvofiq ishning muhimligi baholanganligini, shu jumladan oldingi natijalarga ta’siri tahlil qilinganligini; d) nomuvofiq ishning maqbulligi maqbul emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligini; e) zarurat bo‘lganda, mijoz xabardor qilingan va ish bekor qilinganligini; f) ishlarni davom ettirishga ruxsat berish uchun javobgarlik begilanganligini kafolatlashi shart. 7.10.2. Laboratoriya 7.10.1-bandining b) – f) kichik bandlarida ko‘rsatilgan nomuvofiq ishlar va harakatlar bo‘yicha yozuvlarni saqlashi shart. 7.10.3. Agar baholash natijasida nomuvofiq ish takrorlanishi mumkinligi yoki laboratoriya bajarayotgan operatsiyalar laboratoriyaning o‘z menejment tizimiga muvofiqligi borasida shubha borligi ma’lum bo‘lsa, laboratoriya tuzatuvchi harakatlarni bajarishi shart. 7.11. Ma’lumotlarni nazorat qilish va axborotni boshqarish 7.11.1. Laboratoriya laboratoriya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ma’lumotlar va axborotdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 7.11.2. Laboratoriyaning ma’lumot to‘plash, qayta ishlash, qayd qilish, uzatish, saqlash va berish uchun foydalaniladigan axborotni boshqarish tizim(lar)ining funktsional yaroqliligi tasdiqlangan bo‘lishi, shu jumladan laboratoriyaning axborotni boshqarish tizimlari o‘zaro bog‘liqligi tizim joriy etilishiga qadar tekshirilishi shart. Har safar biror o‘zgartirish kiritilganda, xususan laboratoriyaning dasturiy ta’minoti konfiguratsiyasi yoki standart dasturiy ta’minotning modifikatsiyasi o‘zgarganda, o‘zgarishlar joriy etilishidan oldin ularga ruxsat berilgan, hujjatlashtirilgan va yaroqliligi tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 1-ESLATMA. Mazkur hujjatda “laboratoriyaning axborotni boshqarish tizim(lar)i” atamasi ham kompьyuterlashtirilgan, ham kompьyuterlashtirilmagan tizimlardagi ma’lumot va axborotni boshqarishni o‘z ichiga oladi. Ayrim talablar kompьyuterlashtirilmagan tizimdan ko‘ra ko‘proq kompьyuterlashtirilgan tizimga nisbatan qo‘llaniladi. 2-ESLATMA. Bozorda topish mumkin bo‘lgan tijorat maqsadida foydalaniladigan dasturiy ta’minot yetarli darajada tekshirilgan hisoblanishi mumkin. 7.11.3. Laboratoriyaga doir axborotni boshqarish tizim(lar)i: a) ruxsatsiz foydalanishdan himoyalangan bo‘lishi; b) yo‘qotish va o‘g‘irlanishdan himoyalangan bo‘lishi; c) etkazib beruvchi yoki laboratoriyaning talablariga javob beradigan muhitda ishlash, tizimlar avtomatlashtirilmagan bo‘lsa, qo‘lyozmalar va nusxa ko‘chirish to‘g‘riligini kafolatlaydigan sharoitni ta’milashi; d) ma’lumotlar va axborot butunligini kafolatlaydigan tarzda saqlanishi; e) tizimdagi uzilishlar va tegishli tezkor va tuzatuvchi harakatlar qayd qilinishi shart. 7.11.4. Laboratoriyaning axborotni boshqarish tizimi laboratoriyadan tashqarida yoki tashqi xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan boshqariladigan holatlarda laboratoriya xizmat ko‘rsatuvchi yoki tizim operatori mazkur hujjatning barcha qo‘llaniladigan talablariga javob berishini kafolatlashi shart. 7.11.5. Laboratoriya xodimlar laboratoriyaning axborotni boshqarish tizimi uchun muhim bo‘lgan yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar va ma’lumotnomalardan foydalanish imkoniyatiga egaligini kafolatlashi shart. 7.11.6. Hisob-kitoblar va ma’lumot uzatish tegishli va muntazam ravishda tekshirilishi shart. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling