hujjatda menejment tizimini joriy etish bilan bog‘liq talablarning
ikkita varianti
ko‘zda tutilgan.
V.2. A variant (8.1.2-bandga qaralsin) laboratoriyada menejment tizimini joriy
etish bo‘yicha minimal talablarni o‘z ichiga olgan. ISO 9001 standartining
laboratoriya faoliyatining menejment tizimi qamrab
olgan sohalariga daxldor
bo‘lgan barcha talablarini kiritishga ham urinib ko‘rildi. 4-7-bo‘limlarga muvofiq
hisoblangan va 8-bo‘limning A variantini amalga oshiradigan laboratoriyalar ham,
umuman olganda, ISO 9001 printsiplariga muvofiq faoliyat yuritadilar.
V.3. V varianti (8.1.3-bandga qaralsin) laboratoriyalarga ISO 9001 talablariga
muvofiq menejment tizimini 4-7-bo‘limlarning tegishli
qoidalari bajarilishi
ta’minlanadigan va tasdiqlanadigan tarzda joriy etish va dolzarb holatda saqlash
imkonini beradi. 8-bo‘limning V variantini amalga oshiradigan laboratoriyalar ham
ISO 9001 printsiplariga muvofiq faoliyat yuritadilar. ISO 9001 talablariga muvofiq,
laboratoriya faoliyat yuritayotgan menejment tizimining muvofiqligining o‘zi
laboratoriya texnik jihatdan to‘g‘ri ma’lumot
va natijalar olish uchun
kompetentligini kafolatlamaydi. Bunga 4-7-bo‘limlarga muvofiq bo‘lish orqali
erishiladi.
V.4. Ikkala variant menejment tizimi faoliyat yuritganda bir xil natijalarga va
4-7-bo‘limlar talablariga muvofiq bo‘lishga erishishlari uchun mo‘ljallangan.
ESLATMA. ISO 9001 va menejment tizimi bo‘yicha
boshqa standartlarda
belgilanganidek, hujjatlar, ma’lumotlar va yozuvlar
hujjatlashtirilgan axborot
elementlari hisoblanadi. Hujjatlarni boshqarish 8.3-bandda (Yozuvlarni boshqarish),
Yozuvlarni boshqarish 8.4 va 7.5-bandda va laboratoriya faoliyatiga taalluqli
ma’lumotlarni boshqarish 7.11-bandda ko‘rib chiqilgan.
V.5. V.1-rasmda laboratoriyadagi ish jarayonlari 7-bo‘limda bayon etilgandek
sxema tarzida ko‘rsatilgan.