1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


A.3. Metrologik kelib chiqishni namoyish etish


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109
Bog'liq
opop

A.3. Metrologik kelib chiqishni namoyish etish
A.3.1. Laboratoriyalar mazkur hujjatga muvofiq metrologik kelib chiqish
uchun javobgar bo‘ladilar. Mazkur hujjat talablariga javob beradigan laboratoriya 
tomonidan bajarilgan kalibrlash natijalari metrologik kelib chiqishni ta’minlaydi. 
ISO 17034 talablariga mos standart namunalar ishlab chiqaruvchilarning 
attestatsiyadan o‘tgan standart namunalarining sertifikatlangan qiymatlari 
metrologik kelib chiqishini ta’minlaydi. Mazkur hujjatga muvofiqlikni 
tasdiqlashning turli usullari bor, masalan, uchinchi taraf (akkreditatsiya bo‘yicha 
organ kabi) tomonidan e’tirof etilishi, buyurtmachilar tomonidan tashqi baho berish 
yoki o‘zini o‘zi baholash. Xalqaro darajada tan olingan usullar quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi, ammo ular bilan cheklanmaydi: 
a) ekspertlar tomonidan baholash jarayonidan o‘tgan milliy metrologiya 
institutlari va vakolatli institutlar tomonidan ta’minlanadigan kalibrlash va o‘lchash 
imkoniyatlari. Bu kabi ekspertlar tomonidan baholash CIPM MRA hujjatiga 
(Xalqaro o‘lchov va tarozilar qo‘mitasining “Milliy etalonlarni va milliy 
metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarini 
o‘zaro tan olish to‘g‘isida kelishuv”) muvofiq o‘tkaziladi. CIPM MRA bilan qamrab 
olingan o‘lchovlar ro‘yxati bilan Xalqaro o‘lchov va tarozilar qo‘mitasi KCDB 
muhim solishtirishlar ma’lumotlar bazasida BIPM MRA hujjati bilan S ilovada 
tanishish mumkin. U sanab o‘tilgan har bir o‘lchov sohasi uchun o‘lchov diapazoni 
va noaniqligini ko‘rsatadi; 
b) ILAC (Laboratoriyalarni akkreditatsiyadan o‘tkazish xalqaro tashkiloti) 
Kelishuvi yoki ILAC tan oladigan mintaqaviy kelishuvlar tatbiq qilinadigan 
akkreditatsiya bo‘yicha organ tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan kalibrlash 
va o‘lchash imkoniyatlari metrologik kelib chiqish mumkinligini tasdiqlaydi. 
Laboratoriyani akkreditatsiyadan o‘tkazish sohalari bilan akkreditatsiya bo‘yicha 
tegishli organning resurslarida tanishish mumkin. 
A.3.2. Merologik kelib chiqish bo‘yicha BIPM, OIML (Qonunchilik 
metrologiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot), ILAC va ISO qo‘shma deklaratsiyasida 
metrologik kelib chiqish maqsadlari xalqaro miqyosda e’tirof etilganini namoyish 
etish zarurati bo‘lgan holatlar uchun maxsus ko‘rsatma berilgan. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling