1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.9. Rahbariyat tomonidan tahlil qilish (A variant)
8.8. Ichki auditlar (A variant)
8.8.1. Laboratoriya: a) boshqaruv tizimi: - laboratoriyaning o‘z menejment tizimiga, shu jumladan laboratoriya ishlariga qo‘yiladigan talablarga; - mazkur hujjat talablariga muvofiqligi; b) menejment tizimi unumli joriy etilganmi, yo‘qmi, va dolzarb holda saqlanadimi, yo‘qmi, shular haqida ma’lumot olish uchun rejalashtirilgan vaqt oralig‘ida ichki audit o‘tkazishi shart. 8.8.2. Laboratoriya: a) audit dasturini, shu jumladan rejalashtirish va hisobot chastotasini, usullarini, majburiyatlarini, ularga qo‘yiladigan talablarni rejalashtirishi, ishlab chiqishi, joriy etishi va saqlashi shart, ular tegishli laboratoriya ishlarining, laboratoriyaga ta’sir qiladigan o‘zgarishlarni va oldingi auditlar natijalarini ahamiyatini hisobga olishi shart; b) har bir audit uchun audit mezoni va hajmini belgilashi; c) audit natijalari tegishli rahbarlarga taqdim etilganini kafolatlashi; d) asossiz kechikmagan holda tegishli tuzatishlarni kiritishi va tuzatuvchi harakatlarni amalga oshirishi; e) audit dasturi amalga oshirilganligi va audit natijalari dalolati sifatida yozuvlarni saqlashi shart. f) Eslatma. ISO 19011 ichki audit o‘tkazish uchun rahbar ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan. 8.9. Rahbariyat tomonidan tahlil qilish (A variant) 8.9.1. Laboratoriya rahbariyati menejment tizimi yaroqliligini, mazkur hujjatning talablarini bajarish bilan bog‘liq belgilangan siyosat va maqsadlarga muvofiqligini va samaradorligini doimo kafolatlash uchun rejalashtirilgan vaqt oralig‘ida uni tahlil qilishi shart. 8.9.2. Rahbariyat tomonidan tahlil qilish uchun dastlabki ma’lumotlar qayd etilishi va quyidagilar bilan bog‘liq ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak: a) Laboratoriyaga taalluqli bo‘lgan tashqi va ichki omillardagi o‘zgarishlar; b) maqsadlar bajarilishi; c) siyosat va taomillarning yaroqliligi; d) rahbariyat tomonidan o‘tkazilgan oldingi tahlil natijalari bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar holati; e) yaqin orada o‘tkazilgan ichki auditlar natijalari; f) tuzatuvchi harakatlar; g) tashqi organlar tomonidan berilgan baholar; h) laboratoriya ishlarining hajmi va turlaridagi yoki nomenklaturadagi o‘zgarishlar; i) mijozlar bergan baho; j) shikoyatlar (da’volar); k) amalga oshirilgan har qanday yaxshilanishlarning samaradorligi; l) resurslar yetarliligi; m) risklarni identifikatsiya qilish natijalari; n) natijalarning haqqoniyligini ta’minlash natijalari; va o) boshqa muhim omillar, jumladan ishlarni monitoring qilish va o‘qitish; 8.9.3. Rahbariyat tomonidan tahlil qilish natijalari hech bo‘lmaganda quyidagilar bo‘yicha barcha qarorlar va chora-tadbirlarni qayd etishi shart: a) menejment tizimining va uning jarayonlarining samaradorligi; b) mazkur hujjatning talablarini bajarish bilan bog‘liq laboratoriya faoliyatini yaxshilash; c) talab etiladigan resurslar bilan ta’minlash; d) o‘zgarishlarga bo‘lgan har qanday ehtiyoj. A ilova (ma’lumot o‘rnida) Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling